Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi @navoiyyoshlari_yi Channel on Telegram

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

@navoiyyoshlari_yi


Navoiy yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

©️ O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi



📝 @yoshlargayordamchi_bot

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi (Uzbek)

Navoiy yoshlari hayotiga oid so'ngi yangiliklar va foydali ma'lumotlarni bizning sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi o'z faoliyatini keng doimiy ravishda rivojlantirib kelmoqda. Yoshlar ittifoqi Navoiy yoshlariga oid yangiliklar, tadbirlar, va foydali ma'lumotlar bilan ta'minlash maqsadida bu kanal yaratilgan. Kanalimiz orqali siz Navoiy viloyati yoshlarining hayoti va faoliyati haqida eng so'nggi malumotlarni olishingiz mumkin. Ayni paytda, @yoshlargayordamchi_bot orqali sizga qiziqarli savollar berish va yordam bermoqda. Sizga yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashining faoliyatini kuzatish va ularga qo'shilish imkoniyatini beruvchi bu kanaldan foydalanishni maslahat beramiz.

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:55


#G'azalxonlik_tanlovi
#25_ishtirokchi

🗣Najmiddinova Nastarin

🏢Navoiy shahar Thompson School oʻquvchisi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:53


#G'azalxonlik_tanlovi
#24_ishtirokchi

🗣Ergasheva Eʼzoza

🏢Navoiy shahar Thompson School oʻquvchisi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:50


#G'azalxonlik_tanlovi
#23_ishtirokchi

🗣Tolibova Shahzoda

🏢Navoiy shahar Thompson School oʻquvchisi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:47


#G'azalxonlik_tanlovi
#22_ishtirokchi

🗣Abdullaeva Ruxshona

🏢Navoiy shahar Thompson School oʻquvchisi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:43


📚# Chellenge
#Navbahor_tuman

Navbahor tuman MMTBga qarashli 37-AFCHO'IMI o'quvchilari tomonidan shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan tayyorlagan chellenji.

#boburday

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

15 Feb, 04:16


#YoshlarBilanMuloqot

🙋 Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bilan uchrashuv yoshlarimiz salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi tarixiy voqea bo‘ldi

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Feb, 12:52


"Diyor 24". “Yosh qutqaruvchi“ ko‘ngillilar klubini tashkil etish yuzasidan tadbirlar o‘tkazilmoqda.
@Navoiy_trk

🔵OAV biz haqimizda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Feb, 12:50


«Assalom, yangi kun!” NDU san’atshunoslik fakulteti o‘qituvchilari va iste’dodli yoshlar dastur mehmoni.

@Navoiy_trk

🔵OAV biz haqimizda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Feb, 12:45


“Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji: Navoiy yuridik texnikumi ham ishtirok etmoqda

🔵Respublikamiz bo‘ylab milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash maqsadida “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji keng miqyosda o‘tkazilmoqda. Ushbu tashabbus milliy liboslarimizning go‘zalligini targ‘ib qilish, ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan hurmatni yana bir bor namoyon etish hamda milliy o‘zligimizni his etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

🔵Navoiy yuridik texnikumi jamoasi – o‘qituvchilar, xodimlar va o'quvchilar ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, chellenjni davom ettiradi!

🔵Har bir milliy libos – bu bizning tariximiz, madaniyatimiz va faxrimiz timsolidir! Keling, milliy g‘ururimizni birgalikda ulug‘laylik!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Feb, 12:34


“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining Navoiy shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🗣NDKTU akademik liseyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi hamkorligida yoshlar orasida ekomadaniyatni targ‘ib qilish, respublikamiz ekologiyasini asrab avaylashga qaratilgan “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?” respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

👥Tanlovda Navoiy shahar politexnikumining "Konchilar" jamoasi ham ishtirok etdi va faxrli
3- o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏆G'olib jamoalar O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Feb, 11:19


#MilliyLiboslarMilliyGʻurur

Respublikamiz bo‘ylab “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji o‘tkazilmoqda. Milliy liboslarimizni targ‘ib qilish va xalqimizning ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyish etish maqsadida Navoiy innovatsiyalar universiteti xodimlari ham ushbu chellenjda ishtirok etdi.

#Chellenjnidavomettiramiz

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Feb, 05:50


#KUN_TALABASI

🗣Olamgirova Gulshan Saidali qizi - 20 yosh

🔵Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanida istiqomat qiladi.

📣Gulshan bugunga qadar bir qancha yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqda

2024-yil Navoiy Innovatsiyalar Universiteti "Rektor stepindiyasi" sohibasi bo'lgan

2024-yil Oliy Ta'lim muassasasida o'tkazilgan "Kitobxonlik" ko‘rik tanlovining 3-o'rinni qo'lga kiritgan

Navoiy Innovatsiyalar Universitetida tashkil etilgan "Zakovat intellektual " ko'rik tanlovi faxrli jamoaviy 1-oʻrin sohibi

4 ta OAK jurnallarda" chop etilgan ilmiy maqolalar va Tezislar muallifi.

2022- yil "Insholar tanlovi" ning 2-o'rin sohibasi bo'lgan.

2022- yil "Besh tashabbus" doirasida o'tkazilgan she'rxonlik tanlovining 2-o'rin sohibasi

2024-yilda Talabalar o'rtasida o'tkazilgan "Rasmlar tanlovida" Tashakkurnoma bilan taqdirlangan.

📣Hayotdagi shiori — "Har bir muvaffaqiyatning orqasida omadsizlikni yenggan qadamlar turadi"

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Feb, 05:08


#MilliyLiboslarMilliyGʻurur

Respublikamiz bo‘ylab “Milliy liboslar – milliy g‘urur!” chellenji o‘tkazilmoqda. Milliy liboslarimizni targ‘ib qilish va xalqimizning ulug‘ ajdodlarimizga bo‘lgan hurmatini yana bir bor namoyish etish maqsadida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi xodimlari ham ushbu chellenjda ishtirok etdi.

#Chellenjnidavomettiramiz

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

11 Feb, 04:50


#iqtibos

Yaxshi yozadigan mualliflarning kitobini o‘qib chiqsangiz, yaxshi gapirishga odatlanasiz.

✍️ F.Voltaire

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Feb, 13:10


Mir Alisher Navoiy bobomizning 584 yilligi hamda Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗣 Navoiy garnizoni 20022 harbiy qismda muddatli harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ma'naviy-ma'rifiy ongini oshirish, bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish maqsadida Mir Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi hamda "Zulfiyaxonim" hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

👥Ushbu tadbirda Navoiy Innovatsiyalar universiteti tarix fani o'qituvchilari ishtirok etdi va mavzu borasida o'z bilim ko'nikmalarini yetkazib o'tdi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

09 Feb, 12:46


🗣Navoiy arxitektura va qurilish texnikumida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Buyuk Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

⚡️Tadbirda texnikum oʻquvchilari tomonidan buyuk mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari, shoir qalamiga mansub gʻazallar, ruboiylar va qoʻshiqlar ijro etildi. Navoiy bobomizning hayot yoʻli barchamiz uchun ibrat maktabi ekanligi oʻquvchilar onggi va shuuriga yana bir-bor singdirildi. 

🔰Tadbir davomida oʻquvchilarda Navoiy bobomizning buyuk siymosiga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻulari yanada kuchaytirildi. Tadbir juda koʻtarinki ruhda tashkil qilindi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

09 Feb, 12:43


#Men_buyuk_ajdodlar_avlodiman
#Alisher_Navoiy_584

📌Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "NKMK" AJ Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 2-sonli Gidrometeorologiya zavodi ishchi-xodimlari va yoshlari oʻrtasida "Biz Alisher Navoiy izdoshlarimiz!" shiori ostida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Ushbu intellektual oʻyinda boʻlinma ishchi-xodim va yoshlaridan tashkil topgan 9 ta jamoa oʻzaro Alisher Navoiy boʻyicha olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Yakuniy natijalariga koʻra;
1-oʻrinni "Kranlar uchastkasi" jamoasi,
2-oʻrinni "Ohaktosh kuydirish sexi” jamoasi
3-oʻrinni "Ma’danni tayyorlash sexi" jamoasi qoʻlga kiritdi.

🏆Gʻolib jamoalar MKB yoshlar yetakchilari Kengashi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

09 Feb, 11:56


#Soʻz_mulki_ichra_shohdir_Navoiy
#Navoiy_faxrim_gʻururim

"NKMK AJ Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Zarafshon ta'mirlash mexanik zavodi ishchi-xodimlari va yoshlari oʻrtasida, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Soʻz mulki ichra shohdur Navoiy" shiori ostida tarğibot xeshtegi oʻtkazildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 07:07


«Diyor 24». Navoiy shahridagi Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

@Navoiy_trk

🔵OAV Biz haqimizda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 06:40


🖼NAVOIY TEXNIKUMIDA ALISHER NAVOIYGA BAG‘ISHLANGAN RASMLAR TANLOVI O‘TKAZILDI

➡️Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

➡️Tanlov texnikum talabalari orasida ijodiy muhitni rivojlantirish, Alisher Navoiy merosini chuqurroq o‘rganish va milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi. Unda ishtirokchilar buyuk shoirning hayoti, ijodi va falsafiy g‘oyalarini aks ettiruvchi san’at asarlarini taqdim etdilar.

➡️Hakamlar hay’ati tomonidan eng yaxshi ishlar saralanib, tanlov g‘oliblari 2025-yil 8-fevral kuni Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlab tashkil etiladigan tantanali tadbirda taqdirlanadi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 06:33


#KUN_TALABASI

🗣Mo'minqulov Rahmatulloh O'tkirovich-20 yoshda

📌Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiladi

📌Navoiy Innovatsiyalar Universiteti biologiya yo'nalishi 2- kurs talabasi

📌Ayni paytda O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi koordinatori

🔵Rahmatulloh Mo'minqulov bugunga qadar bir necha yutuqlarni qo'lga kiritgan:

2018-yil sportning taekvando yo'nalishi bo'yicha Toshkent viloyati 36 kg vazn toifasida qora belbog' sohibi

2019-yil sportning taekvando yo'nalishi bo'yicha Samarqand viloyati 39 kg vazn toifasida viloyat chempionligini qo'lga kiritgan

2024 yilda o'tkazilgan "Quvnoqlar va Zukkolar" ko'rik tanlovi jamoaviy faxrli 3-o'rin sohibi

2024-yil "Aniq texnika va tabiiy fanlar" kafedrasi bo'yicha "Yilning eng fol talabasi"

2025- yil 14- yanvar " Vatan himoyachilar kuni" munosabati bilan o'tkazilgan "Balli yigitlar" ko'rik tanlovida 2-o'rinni egallagan.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 04:53


🎶San’atshunoslik fakulteti tomonidan hisobot konsert tashkil etildi

🎼Buyuk shoir va mutafakkir Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda joriy - 2025-yil viloyatimizda – “Alisher Navoiy yili” munosabati bilan Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Navoiy davlat universiteti Sanʼatshunoslik fakulteti “Musiqa taʼlimi” kafedrasi tomonidan “El netib topg’ay menikim” nomli jonli ijrodagi hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konsert dasturida jonli ijro va Navoiy ijodidan g’azallar, xor jamoalari, maqom ansambli, cholg’u orkestri, yakka ijrochilar, opera va estrada xonandalari oʻzlarining bir-birida ajoyib musiqiy chiqishlari bilan unutilmas taassurot qoldirishdi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 04:39


Assalomu alaykum. Bugun 3-fevral, dushanba

⛅️ Bugun Navoiy hududida havo harorati kunduzi +9...+10°C, kechasi 0...+1°C bo‘lishi kutilmoqda!

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

03 Feb, 04:31


#KUN_HIKMATI

“Vaqt, soʻz va imkoniyatni ortga qaytarib boʻlmaydi. Shu bois vaqtni yoʻqotmang, soʻz tanlashda ehtiyot boʻling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang”.

📝Konfutsiy

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 12:35


Hazrat Navoiy dahosiga talabalar tomonidan yuksak ehtirom

🗣Bugun Navoiy viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida Navoiy davlat iniversiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti Qoraqalpoq tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan “Navoiyning nurli izlari” nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✍️Buyuk mutafakkir, g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi oldidan o‘tkazilgan ushbu kechada Qoraqalpoq tili va adabiyoti rivojiga A.Navoiy tomonidan qo‘shilgan buyuk hissa, shoirning betakror iste’dod mahsuli bo‘lmish asarlari talabalar tomonidan namoyish etilgan sahnaviy chiqishlar, jozibador raqslar, maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlar va she’riy bag’ishlovlar orqali yoritib berildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 10:56


🔼Avval xabar berganimizdek, “Yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganish” yuzasidan oʻtkazilayotgan UCHRASHUVda Konimexlik yoshlar turli yoʻnalishdagi oʻz murojaatlariga ijobiy javob olish barobarida, bir qator takliflarni ham mas’ullarga bildirishmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 10:53


👥Ayni paytda Konimex tumanidagi Bolalar musiqa va san’at maktabida “Yoshlarning muammo va takliflarini oʻrganish” yuzasidan UCHRASHUV boʻlib oʻtmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 10:44


Axborot 24 | Yosh chavandozlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi
#23jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

▶️OAV biz haqimizda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 10:27


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

muxbir: Aziza Abdurasulova

#Navoiy viloyati

12:00 23.01.2025

@hududtv

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Jan, 09:01


#YoshlarOvoziGazetasi

🖋 “Yoshlar ovozi” gazetasining yangi soni bilan tanishing

➡️ Yoshlar bandligida katta oʻsish

➡️ Xitoy universitetida oʻqish osonmi?

➡️ Tilimizning ichki imkoniyatlari pasaymoqda

➡️ Doʻppi yoʻqmi boshga loyiq, yo ...

➡️ Quvonchi yoʻq bolalar maydonchasi

➡️ Ayiqlar mehrga muhtoj

⬇️ Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi muassisligidagi “Yoshlar ovozi” gazetasi va telegram sahifasida yoshlar hayotidagi muhim yangiliklar va ijtimoiy-siyosiy xabarlarni kuzatib boring.

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Jan, 11:16


https://uza.uz/uz/posts/vatan-himoyasi-muqaddas-burch_677171

Vatan himoyasi-muqaddas burch sarlavhasida

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Jan, 06:40


#Bayram_tabrigi
#NDKTU_KF

14-yanvar —  Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakulteti jamoasining bayram tabrigi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Jan, 06:26


#Vatanparvarlikfestivali

Fotolavhalar

#14yanvarVatanhimoyachilarikuni

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Jan, 06:20


Bugun tavallud kun!

Bugun Navoiy davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti yoshlar koordinatori BEKBOYEV ZAFAR ZAVQIDDIN O'G'LIning tavallud topgan kuni.

Hurmatli Zafar Zavqiddin o'g'li!

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi jamoasi, sizni tavallud kuningiz bilan samimiy muborakbod etadi va Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi hamda yoshlarga oid davlat siyosati yo’lidagi olib borayotgan sharafli va mas'uliyatli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi.

Uzoq-umr, oilaviy baxt, mustahkam sog'lik, omad va baxt hamrohingiz bo'lsin.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

14 Jan, 05:40


🗣 O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, 20022 harbiy qism garnizoni, Milliy gvardiya Navoiy viloyat bo'limi hamda Navoiy viloyati maktabgacha va Maktab ta'lim boshqarmasi hamkorligida Navoiy shahar maktabgacha va Maktab ta'limi bo'limiga qarashli 25-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan viloyatdagi  barcha Kuch tuzilmalar hamkorligida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi

👥Bayramona tadbir davomida Vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlari yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, harbiylik kasbiga hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 18:48


«Diyor 24». Ot sporti bo‘yicha o‘tgan musobaqa tafsiloti.

@Navoiy_trk

🔵OAV BIZ HAQIMIZDA

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 10:58


«Diyor 24». Vatanparvar yoshlarni tarbiyalash muhim jarayon.

@Navoiy_trk

🟢OAV biz haqimizda

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 07:13


🗣Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan harbiylar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

👥Uchrashuv jarayonlarida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi raisi, 20022 harbiy qism komandirining o‘rinbosari, Karmana tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi boshlig’i, viloyat IIB Kinologiya xizmati boshlig‘i, 87214 harbiy qism harbiy xizmatchilari, 20022 harbiy qism solisti hamda orkestr jamoasi, faxriy qorovul qo‘shinlari, Navoiy viloyati viteran jangchi faxriylar kengashi raisi ishtirok etdi. Uchrashuv jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilib 70 nafar talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 06:26


❗️O'zbekistonda "10 ming qadam" loyihasi yana qaytmoqda

Bu bo'yicha Prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida maxsus platforma ishga tushirilib, u orqali bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi hamda ularga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi:

davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʼlgan banklarda isteʼmol kreditini olishda chegirma;
oilaning barcha voyaga yetgan aʼzolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobildan birini yutish imkoniyatini taqdim etish.

❗️Eslatma: bundan avval, 2021-yildan boshlab bir sutkada 10 ming qadam yurganlarga har kuni 3000 so‘mdan pul to‘lash yo‘lga qo‘yilgan edi. 2022-yil yanvar oyida esa piyoda yurganlarga pul berish to‘xtatilib, o‘rniga yangicha rag‘batlantirish tizimi (har hafta 100 million so‘m va mingta velosiped berish) yo‘lga qo‘yilishi va'da qilindi. Oradan uch oy o‘tib esa piyoda yurganlarni rag‘batlantirish tizimi imi-jimida butunlay bekor qilib yuborildi. Muhokamaga qo‘yilgan Prezident farmoni loyihasi bilan ushbu tizim yana qaytadigan bo‘lyapti.

Shuningdek, aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʼtkazilib, g'olib mahallalar jamg'armasiga quyidagi maqsadlar uchun 500 million so'm ajratiladi:

🔹bolalar maydonchasini qurish;
🔹yashil bogʼ yaratish;
🔹chiqindi yigʼish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʼrnatish.

Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 06:14


🗣Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Kimyo-metallurgiya fakulteti talabalari Navoiy shahridagi harbiy qismda o‘tkazilgan “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” mavzusidagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga harbiy xizmatchilarning faoliyati, yaratilgan sharoitlar va qurol-aslahalar haqida ma’lumot berildi.

👥Tadbir yoshlar o‘rtasida milliy armiyamiz kuch-qudratini namoyon etish va harbiy-vatanparvarlik ruhini oshirishga xizmat qiladi. Bu kabi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlarining davomidir.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

10 Jan, 05:11


#KUN_TALABASI

🗣Fayzullayev Fayozbek Alisher o'g'li - 18 yoshda

📌Navoiy innovatsiyalar universiteti
"Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari" kafedrasi Iqtisod yo’nalishi:1-kurs 3-guruh talabasi

📌Navoiy viloyati Navoiy shahrida istiqomat qiladi

2017-yil maktablar o’rtasida milliy kurash bo’yicha 2-o’rinni qo’lga kiritgan
2021-yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan "Verified Certificate of participation" 1 million o'zbek kodchilari sertifikatini 2 marotaba qo’lga kiritgan
2022-yil matematik boshqotirma va savollar "Pisa" olimpiadasi 2022 sertifikati bilan taqdirlangan
2020-yil Kangaru xalqaro matematika olimpiadasida ishtiroki uchun sertifikatga ega
2017-yil "Umid nihollari" musobaqasida milliy kurash bo'yicha 3-o'rinni egallagan
2018-yil maktablar o'rtasida "Shoirlar va hikoyalar" tanlovida yozgan she'ri uchun 2-o'rinni egallagan

Shiori: "Yaxshi niyatlar bilan boshla, katta ishlar bilan tugat".

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 15:03


Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir jarayonidan videolavha

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 14:55


Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.

🟢Tadbirda Navoiy viloyat
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Markaziy harbiy okrugiga qarashli 20022 harbiy qism, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'mondonligiga qarashli 99368 harbiy qism, 47960 harbiy qism, Navoiy viloyati veteran jangchi faxriylar Kengashlari ishtirok etishdi.

🟢Tadbir davomida soʻzga chiqqan mehmonlar Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini ta’kidlab, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhimligi haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shu bilan birga, tadbirda universitet jamoasi hamda ikki mingga yaqin talabalar faol ishtirok etishdi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Jan, 13:01


"Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

🟢2025-yil 8-yanvar kuni universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan "Vatan himoyasi – muqaddas burch!" mavzusida Navoiy innovatsiyalar universiteti, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy villoyati Kengashi hamda viloyatdagi barcha Kuch tuzilmalar hamkorligida vatanparvarlik festivali oʻtkazildi.

🟢Tadbirda Navoiy viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Navoiy viloyati bo'yicha Milliy gvardiya boshqarmasi, Markaziy harbiy okrugiga qarashli 20022 harbiy qism, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'mondonligiga qarashli 99368 harbiy qism, 47960 harbiy qism, Navoiy viloyati veteran jangchi faxriylar Kengashlari ishtirok etishdi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

28 Dec, 04:28


❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️

🛷DIQQAT, E’LON!!!

🎆NAVOIYLIK YOSHLAR DIQQATIGA!

🚩❄️28-dekabr soat 19:00da Navoiy shahridagi MARKAZIY ARCHA oldida “MASKARAD SHOU” otkaziladi.

🎄🎏
O'zingiz yoqtirgan qahramonlar ko'rinishida ushbu shouga ishtirok eting va bayram tashkilotchilarining sovg'alariga🧸🧸🧸 ega bo`ling.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

28 Dec, 04:14


#Yil_sarhisobi
#Yoshlar_forumi

#Taqdirlash_koordinatorlar

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

28 Dec, 04:10


#Yil_sarhisobi

🗣O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti hamkorligida "Mo'jizaviy yangi yil" loyihasi o'tkazildi.

💫Yil davomida iqtidorini, iste'dodini namoyish etgan fidokor, namunali sardorlar viloyat Kengashi raisi hamda O'zbekiston bolalar tashkiloti rahbari tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🎉Loyiha davomida sardorlar tomonidan kuy-qo'shiqlar, raqslar namoyish etildi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Dec, 06:25


https://uza.uz/uz/posts/navoiy-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_665252

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Dec, 06:24


Konstitutsiya bayrami bilan tabriklaymiz!

🗣Hurmatli vatandoshlar, bugun biz mamlakatimizning asosiy huquqiy hujjati – Konstitutsiyaning qabul qilingan kunini nishonlayapmiz. Bu kun biz uchun yurtimizning erkinligi, adolati va tinchligi ramzi bo‘lib, fuqarolarimizning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi ahamiyatini anglatadi.

🇺🇿Yurtimizdagi barcha fuqarolarga tinchlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar tilayman. Konstitutsiya bizni birlashtiruvchi mustahkam asos bo‘lib, har birimizning huquq va burchlarimizni yanada mukammal ta’minlaydi. Bugungi kunni yuksak g‘urur va faxr bilan nishonlaylik!

Bayramingiz muborak bo‘lsin! Hurmat bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi raisi Jonibek Jumayev

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

08 Dec, 04:30


#8Dekabr #BayramTabrigi

🖋 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

🇺🇿 Davlat va jamiyat hayoti, uning barqaror taraqqiyoti kafolati Konstitusiya hisoblanadi. Unda millat birligi va hamjihatligi, har bir fuqaroning haq-huquqlari hamda burch va majburiyatlari, insonparvar huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish asosi ekanligini koʻrsatilgan.

🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasi sana munosabati bilan yurtdoshlarimizni samimiy qutlaydi!

🎉 Yurtimiz hamisha tinch, xalqimizning hayoti farovon boʻlsin!

Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

07 Dec, 11:14


Teatr - ruhiyatni boyitish manbai!

🗣Navoiy innovatsion universiteti talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida, Navoiy viloyat bolalar teatrida tashkil etilgan madaniy tadbirga tashrif uyushtirildi. Talabalar taniqli yozuvchi Farmon Toshevning asari asosida sahnalashtirilgan “Tazarru” nomli spektaklni tomosha qilish baxtiga muyassar bo‘lishdi.

➡️Spektakl davomida talabalar chuqur ma’noli, hayotiy va hissiy jihatdan boy sahna ko‘rinishlarini tomosha qilib, adabiyot va san’atning go‘zalligiga yaqinlashdilar. “Tazarru” spektakli insonning ichki kechinmalari, sabr, iymon va hayotga bo‘lgan qarashlarini aks ettirib, yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.

➡️Mazkur tashrif talabalarning madaniy dunyoqarashini boyitish, san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish va jamoa bilan vaqt o‘tkazish uchun ajoyib imkoniyat yaratdi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

07 Dec, 11:10


🇺🇿O’zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Boshlang’ich tashkiloti faol yoshlar hamda Energo-mexanika fakulteti tashabbusi bilan 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” nomli tadbirdan videolavhalar.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

07 Dec, 10:51


#NavDU
#Konstitutsiya_kuni

🗣Navoiy davlat universiteti 1-kurs talabalariga 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi davlat konstitutisiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Xalq Konstitutsiyasi – xalq irodasining ifodasidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

➡️Unda Tarix fakulteti o'qituvchisi M.Jalilov tomonidan O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, davra suhbatida faol ishtirok etgan talabalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

07 Dec, 05:34


🔥 Yoshlar uchun super imkoniyat! 🔥

U-Report volontyori bo‘lishni xohlaysizmi? 🫶
Endi bu siz uchun haqiqatga aylanishi mumkin! Ro‘yxatdan o‘ting va U-Report loyihasining 2 kunlik eksklyuziv treningida ishtirok eting (12-13 dekabr, tushlikdan so’ng)!

Agar siz:
🔹 Yoshlar manfaatini himoya qilishni orzu qilsangiz;
🔹 Jamoatchilik uchun foydali tashabbuslarda ishtirok etishni istasangiz;
🔹 Yoshlar ovozini jamiyatga yetkazishga yordam bermoqchi bo‘lsangiz — biz aynan sizni qidiryapmiz!

📅 Kun tartibi:
🟢 U-Reportning maqsadi va yoshlar ishtirokining ahamiyati.
🟢 UNICEF mandati.
🟢 Volontyorlikdan nima olaman.
🟢 Notiqlik san’ati va taqdimot layfhaklari.
🟢 Jamoa bilan ishlashning interaktiv mashg‘ulotlari.
☕️ Ha, kofe-breyk ham bor!

💡 Trener: Jamila Tashtemirovna Nurjanova, UNICEFning O‘zbekistondagi U-Report loyihasi rahbari.

Nega aynan siz ishtirok etishingiz kerak?

🔸 Bu trening — faqat U-Report volontyorlari uchun maxsus tayyorlangan va yilda atigi bir marotaba o‘tkaziladi.
🔸 Faqat U-Report uchun emas, hayotingizning barcha jabhalarida kerak bo‘ladigan ko‘nikmalarni rivojlantirasiz!

📌 Qabul muddati: 9 dekabrgacha. Birinchi kelganlarning imkoniyati ko’proq!
📌 Ro‘yxatdan o‘tish: 👇
👉 https://forms.gle/KvV8ov3bahWK6gVCA

Imkoniyatlaringizni qo‘ldan boy bermang! 🎉 Biz sizni kutamiz!

Qo'shimcha savollar uchun: @BMedia_Admin

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Nov, 07:31


Yashil_makon

🌳Ayni paytda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyati Kengashi, viloyat, tuman va shaharlar mas’ullari, Oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida Qiziltepa tumanining "Malikobod" mahallasi hududida jami 101 gektar maydonda "Alisher Navoiy" bog‘i uchun tamal toshlari qo‘yildi, ya’ni bog‘ning ilk ko‘chatlari qadaldi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

23 Nov, 07:26


#Kun_hikmati

Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va g‘azabdir.

✍️Abu Ali ibn Sino

O'zbekiston yoshlar itfifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

22 Nov, 12:01


#GrantVaStipendiya

🗣 Gollandiya: Dunyodagi 73-raqamli universitetda magistraturani o‘qish uchun qisman grantlar

🙋 Gollandiyadagi Leiden universiteti magistraturada o‘qishni xohlovchi xorijlik nomzodlarga Leiden University Excellence Scholarship grantlarini taklif etadi.

🗒 Grantlar universitetda mavjud deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

🎓 Grantni qo‘lga kiritganlar quyidagi imkoniyatlardan biriga ega bo‘ladi:

➡️ Shartnoma summasiga 10 000 yevro chegirma;
➡️ Shartnoma summasiga 15 000 yevro chegirma;
➡️ Shartnoma summasi yiliga 2601 yevro chegirma;

🖋 Arizalar 2025-yil 1-fevralgacha qabul qilinadi.

➡️ Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

22 Nov, 11:31


➡️Navoiy davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi hamda U-Report jamoasi a’zolari tomonidan Birlashgan millatlar tashkiloti modeli - inson huquqlari Kengashi loyihasi bo'lib o'tdi.

➡️Loyiha talabalarning siyosiy savodxonligi va notiqlik mahoratini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

➡️Tanlov g'oliblari "The best" speaker "Eng yaxshi position xat" egasi "Eng faol" speaker nominatsiyalari orqali taqdirlandi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

16 Nov, 08:49


#LIVE

Ayni damda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi To‘dakul hududida joylashgan Xalqaro Shaxmat maktabida “Navoiy viloyati hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichiga start berildi.

Final musobaqasida butun viloyat bo‘yicha turli yosh toifalaridagi professional va havaskor shaxmatchilar ishtirok etmoqda.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

16 Nov, 07:57


#LIVE

Xalqaro Shaxmat maktabida “Navoiy viloyati hokimi kubogi” musobaqasining final bosqichiga START berildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

16 Nov, 06:13


#Bayrogimiz33yoshda

18-noyabr O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog'i qabul qilingan kun.

#NIU
#chellenj

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

16 Nov, 04:24


KOMBINAT YOSHLARI BILAN UCHRASHUV

➡️ 14-noyabr kuni Navoiy shahridagi “NKMK tarixi” muzeyida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport ishlari bo‘yicha qo‘mitasi va NKMK yoshlar yetakchilari Kengashi hamkorligida uchrashuv tashkil etildi.

➡️Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator Diloram Tashmuxamedova, kombinat rahbariyati hamda korxonaning faol yoshlari ishtirok etishdi.

➡️Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari eshitildi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

16 Nov, 04:21


🗣O'zbekiston Respublikasi bayrog'ining 33 yilligi

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligi munosabati bilan Navoiy shahar 20022 harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar uchun "Bayrog'imiz g'ururimiz orimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🌐Ushbu davra suhbatida tinchlik, osoyishtalik, belgisi bayroq to'g'risida ma'lumotlar berildi.

#Bayroq33yilligi

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 13:52


Bugun Navoiy shahridagi Yoshlar markazida bo'lib o'tgan uchrashuvda Yoshlar ishlari Agentligi direktori A.Sa’dullayev, Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi raisi, "Yoshlar - kelajagimiz" jamgʻarmasi ijrochi direktori X.Sattarov ishtirok etib, yoshlarning taklif va muammolarini o‘rgandilar.

Uchrashuvda 100dan ortiq yoshlar ishtirok etib, o‘zlarining tadbirkorlik, zamonaviy kasblar, chet tillarini rivojlantirish, shuningdek, Oliy ta'lim muassasalari talaba yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan takliflarini bildirib o‘tdilar.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 11:57


#Live

Ayni paytda Navoiy shahar Yoshlar markazida iste'dodli yoshlar, yosh tadbirkorlar, zamonaviy kasblarga qiziquvchi yoshlar, Oliy ta'lim muassasalari yetakchi hamda koordinatorlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazilmoqda.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 10:05


Келгуси йилда Навоий вилоятига 500 минг нафар хорижий туристни жалб қилиш топшириғи берилди

Батафсил: https://uza.uz/posts/652660

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 10:05


Президент озиқ-овқат хавфсизлиги масалаларига эътибор қаратди

Батафсил: https://uza.uz/posts/652668

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 10:05


Яйловларнинг 43 фоизи Навоийда жойлашгани билан республикадаги чорва маҳсулотининг 5 фоизини ҳам бермайди

Батафсил: https://uza.uz/posts/652678

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 10:05


Zarafshon shahridagi eski aeroport qayta tiklanishi mumkin

Ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Xususan:

🔰 Zarafshon shahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oshishini hisobga olgan holda, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi;

🔰 Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida yashovchi 200 ming aholi Toshkent shahriga borish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga borishiga to‘g‘ri kelishi, keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayotgani qayd etildi.

❗️Shu sababli, Zarafshon shahrida o‘tgan asr 80-yillarida qurilgan va ayni paytda ishlamayotgan aeroport aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

01 Nov, 10:05


📹#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🖥🖥🖥| Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi tafsilotlari

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

📹#ОАВ_БИЗ_ҲАҚИМИЗДА

🖥🖥🖥| Президентнинг Навоий вилоятига ташрифи тафсилотлари

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

31 Oct, 05:06


#Yangilik

NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETIDA “MUSHOIRA KLUBI” OCHILDI!

➡️Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Mushoira klubi” tashkil etildi. Bu klub milliy va jahon adabiyotini targ‘ib qilish, ijodkorlarning me’rosini qadrlash hamda taniqli ijodkorlarning tavallud kunlarini nishonlashga bag‘ishlangan.

➡️Klubning ilk chiqishlarida viloyat ijodkorlari, xususan Odil Hotamning “Xirmon” saylanmasi va yosh tarjimon Feruzshohning asarlari namoyish etildi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

31 Oct, 04:53


#Kun_hikmati

Yer yuzi bir dashtu sahro boʻlsa, gulzori ilm,
Sahnai olamni boʻlmoqda namudori ilm.
Ilmu fan birla qurollanmoqda sardori ilm,
Ilm oʻqi, hech bir jonga yetkurmaydi ozor ilm.

✍️ Oraziy

Kuningiz xayrli oʻtsin!

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

30 Oct, 09:58


🗣Kutib olish jarayonidan fotolavhalar

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

30 Oct, 07:51


#Live

Ayni paytda Navoiy viloyati To'dako'l Xalqaro shaxmat maktabida Yoshlar ishlari agentligi kubogi musobaqasiga start berildi. 14 ta viloyatdan musobaqa ishtirokchilari tantanali kutib olindi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

30 Oct, 06:58


➡️Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi hamda Navoiy viloyat yosh turizm elchilar Kengashi tomonidan "Birlashgan millatlar tashkiloti modeli - inson huquqlari Kengashi loyihasi" bo'lib o'tdi.

➡️ Loyiha talabalarning siyosiy savodxonligi va notiqlik mahoratini rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.

➡️Tanlov g'oliblari "The best" speaker "Eng yaxshi position xat" egasi "Eng faol" speaker nominatsiyalari orqali taqdirlandi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

27 Oct, 10:05


#jarayon
#Kelajagimgabefarqemasman

"Har bir talaba, har bir fuqaro - jamiyatning kelajagini belgilaydi. Saylov - bu imkoniyat."

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti Konchilik fakulteti faol talabalari.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

27 Oct, 07:58


#Kelajagimgabefarqemasman
#Saylov2024

Bugun O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi xodimlari o'z kelajaklariga befarq bo'lmagan holda o'zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berishdi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

27 Oct, 07:56


#Navoiy_yoshlar
#Saylov_2024
#befarq_emasman
#ovoz_berdim
#kelajak_uchun

🇺🇿 O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchilari hamda koordinatorlari va faol talaba yoshlari erta tongdan o'z kelajagi uchun ovoz berdilar.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

27 Oct, 07:35


#Navoiy_yoshlar
#Saylov_2024
#befarq_emasman
#ovoz_berdim
#kelajak_uchun

🇺🇿O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyatidagi oliy ta'lim muassasalari yoshlar yetakchilari hamda koordinatorlari va faol talaba yoshlari erta tongdan o'z kelajagi uchun ovoz berdilar.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

27 Oct, 07:32


Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman Kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

26 Oct, 11:45


#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi
#Yosh_turizm_elchilar_Kengashi

Navoiy davlat pedagogika instituti yoshlar ittifoqi BT Kengashi hamda Navoiy viloyat turizm boshqarmasi hamkorligida
"Milliy qadriyatlarimizni turistlarga ko‘rsatamiz" shiori ostida videoroliklar tanlovini e'lon qiladi

Tanlov g'oliblari like 👍🏻 belgisi bilan aniqlanadi.

Ijodiy ishlaringizni
@Akmal_Najmiddinovich ga yuborishingiz mumkin. Agar sizga viloyat bo'yicha video materiallar kerak bo‘lsa ham tashlab beramiz

Tanlov 3-noyabr soat 24:00 gacha ovoz beriladi va 4-noyabr kuni g'oliblar taqdirlanadi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

26 Oct, 06:32


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

#navoiy
#NTV

YOSHLAR SAYLI

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

26 Oct, 05:38


#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko‘ra, uy sharoitida yoki kasanachilik asosida daraxt va buta ko‘chatlarini (nihol) yetishtirish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) hisoblanadi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

21 Oct, 18:11


“Ona tilim - ko’ksimda urayotgan yuragim, tanamda oqayotgan qonim”

21-oktabr O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

21 Oct, 17:42


21-oktabr - O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun.

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda "Tilimizni ardoqlash va uning har sohada keng qo'llanilishiga har birimiz mas'ulmiz" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, harbiy xizmatchilar, Yozuvchilar uyushmasi, Navoiy davlat Konchilik va texnologiyalar universiteti o'qituvchi va talabalari hamda faol yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida Madaniyat markazi xushovoz xonandalari tomonidan bayramga bag'ishlangan kuy qo'shiqlari ijro etildi.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

21 Oct, 13:10


Октябрь-ноябрь ойларида маҳаллаларда 40 миллион дона манзарали ва мевали дарахт янги тизим асосида экилиши белгиланди.

“Маҳалла еттилиги” ҳар бир маҳаллада 30 тадан камбағал оила хонадонига 20 тупдан, 20 минг якка ёлғиз кексалар хонадонига 10 тупдан мевали дарахтлар тарқатади. Шунингдек, еттилик ўзига бириктирилган кўчаларда жами 6 миллион дона манзарали дарахт, кўчалар, уйлар, кўп қаватли уйлар атрофига жами 3 миллион мевали ва манзарали дарахт экишни ташкиллаштириши муҳимлиги қайд этилди.

Таълим тизими раҳбарларига 20 мингдан зиёд боғча, мактаб, олийгоҳ ва шифохоналар ҳудудида 2,5 миллион дона кўчат экишни ташкил қилиш топширилди. Ёшлар ишлари агентлиги 155 минг ёшларга бўлиб берилган 60 минг гектар ерда жами 1,5 миллионта мевали дарахт экишга кўмаклашади.

Барча маҳаллаларда кўчат ярмаркасини ташкил қилиб, 30 миллионта кўчат етказиб бериш муҳимлиги таъкидланди.

Телевидение, радио, газета ва ижтимоий тармоқларда дарахт экиш нуронийлар, маҳалла фаоллари, жамоат арбоблари, санъаткор ва спортчилар иштирокида кенг тарғиб қилинса, ишларнинг самараси бундан-да юқори бўлиши таъкидланди.

Президентимиз аҳолини дарахт экишга жалб қилиш бўйича яхши тажрибалар кўпаяётганини қайд этиб, тўлов ташкилотлари ва электрон савдо платформаларининг бундай лойиҳаларини қўллаб-қувватлаш зарурлигига эътибор қаратди.

Facebook|Instagram|X

Navoiy yoshlari | Yoshlar ittifoqi

21 Oct, 12:17


“QALQON” jamoatchilik guruhi 2024-yil 27-oktabr kuni bo’lib o’tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, viloyat va mahalliy kengashlar deputatlari saylovlarida faol ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Ushbu jarayonda ular xalqning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol bo‘lish, adolatli va shaffof saylov o‘tkazilishiga hissa qo‘shish maqsadida birlashmoqda.

Bizning sahifa:
@navoiyyoshlari_yi