Jahon Insights @jahon_insights Channel on Telegram

Jahon Insights

@jahon_insights


Jahon moliya bozorida sodir bo'layotgan voqealar tahlili va har kunlik qaynoq yangiliklar.

Reklama va Murojaat uchun: @JaHon_Insights_bot

Boshqa kanallarimiz:

👉 UPLIFT: t.me/upliftuz

👉 MUFEED: t.me/chiroylimoliya

Jahon Insights (Uzbek)

Salom va xush kelibsiz! Sizga moliya bozorida sodir bo'layotgan voqealar tahlili va har kunlik qaynoq yangiliklar taqdim etadigan Jahon Insights kanalini taklif qilamiz. Bu kanalda dunyo bo'ylab sodir bo'layotgan moliyaviy voqealar haqida keng ma'lumotlar, tadbirlar, va analizlar paydo bo'ladi. Jahon Insights, ilmiy yondashuvlar va obyektivlik asosida yangiliklarni taqdim etadi, moliya sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Sizni beklaydi

Jahon Insights kanali bilan birga siz, global moliyaviy olaylar yuzaga kelgan paydo bo'layotgan voqealar haqida eng so'nggi ma'lumotlardan xabardor bo'lasiz. Kanalimizni kuzatib borish orqali, moliya sohasidagi eng yangi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Jahon Insights, moliyaviy sohalardagi rivojlanishlarni kuzatish va analiz qilishda sizning yordamingizga ko'ra hal qiladi

Agar siz reklama yoki murojaat qilmoqchi bo'lsangiz, assotsiatsiya uchun @JaHon_Insights_bot kanaliga murojaat qilishingiz mumkin. Boshqa yoki qiziqarli moliya kanallarimiz ham mavjud:nn👉 UPLIFT: t.me/upliftuzn👉 MUFEED: t.me/chiroylimoliyannJahon Insights kanali sizning moliya sohasidagi bilim va ma'lumotlarizni oshirishga yordam beradi. Sizni global moliyaviy yangiliklar bilan taqdim etuvchi Jahon Insights kanaliga obuna bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling!

Jahon Insights

07 Feb, 13:32


#Tezkor_Xabarlar #Makro_Korsatkichlar #Ishsizlik_Darajasi
⚡️⚡️⚡️Bandlik ma'lumotlari

AQSH mehnat statistikasi byurosi ma'lumotlariga ko'ra, ishsizlik darajasi yanvar oyida 4.0%ni tashkil etdi (prognoz 4.1%).

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Feb, 10:01


#Savdo
Yevropa AQSHning yirik texnologiya kompaniyalariga qattiq zarba berishi mumkin.

Ittifoq vazirlari "Bazuka" deb atalmish yondashuv vositasidan o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bir imkoniyat sifatida ko‘rib chiqishayotganligi xabar berilmoqda.

Ushbu yondashuv 2023 vujudga kelgan bo‘lib, YIga intellektual mulk huquqlarini himoya qilishni bekor qilish yoki ularni tijorat maqsadlarida ishlatish, masalan, dasturiy ta’minotni yuklab olish va oqim xizmatlari kabi keng ko‘lamli javob choralarini tanlash imkonini beradi.

Yevropa komissiyasi AQSH bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizoda bu yondashuvni ishga solishligi mumkin. Bu Yevropa Ittifoqiga AQShning xizmat ko‘rsatish sohalariga, jumladan, yirik texnologiya kompaniyalariga ta’sir etish imkonini beradi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Feb, 06:42


#Elektromobil
Tesla Model X avtomobillari narxini oshirdi

Payshanba kuni Teslaning saytida AQSH uchun sotiladigan Model X avtomobillari narxini $5000ga oshgani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yilning dekabr oyida ham Tesla AQSHda sotiladigan Model S avtomobillari narxini $5000ga ko‘targan edi, Kanadada esa 1-fevraldan boshlab barcha modellarining narxlarini oshirgan. Biroq, kompaniya bu haqida hech qanday izoh bermagan.

Kompaniya avtomobil ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish ustida ishlayotganligini va yanvar oyida o‘z avtomobillarini ishlab chiqarish uchun materiallar va ishchi kuchining o‘rtacha narxi xomashyo narxlarining pasayishi tufayli to‘rtinchi chorakda eng past darajaga yetganini aytgan edi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Feb, 04:45


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Feb, 17:08


#Energiya
Toza energiya texnologiyalari arzonlashadi

Butun dunyo bo‘ylab shamol, quyosh va akkumulyatorlarni saqlash kabi toza energiya texnologiyalarining narxi bu yil yanada pasayishi kutilmoqda.

Yangi shamol va quyosh elektr stansiyalari allaqachon dunyodagi deyarli barcha bozorlarda yangi ko‘mir va gaz zavodlarining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan arzonroqqa ishlamoqda.

Arzonroq qayta tiklanadigan energiya mamlakatlarga iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda qazib olinadigan yoqilg‘idan voz kechish imkonini beradi.

Xitoyning arzon toza energiya texnologiyalari jahon bozordagi o‘rtacha narxni tushirishga yordam berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan shunday texnologiyalar 2025-yilda narxni yana 2-11% ga pasaytirishi mumkin. Garchi, ushbu texnologiyalarga nisbatan savdo to‘siqlari mavjud bo‘lsa-da, 2035 yilga borib bu narx 22-49% tushishi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Feb, 11:03


#Fond_Bozori #Choraklik_Hisoboti
Qualcomm choraklik hisoboti.

Qualcommm navbatdagi choraklik hisobotida tahlilchilarning prognozini muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘ldi va kutilganidan ham yuqoriroq, ya’ni, $10.75 mlrd. daromad qildi (prognoz $10.34 mlrd. edi). Biroq, shunga qaramay aksiyalari post-market davrida pastga ketib qoldi, chunki kompaniya xabar berishicha litsenziyalash segmentidagi daromad kamayishi kutilmoqda ekan.

Qualcomm xabar berishicha bu holat Huawei Technologies bilan kelishuv muddati tugagani sabab bo‘lib bu siz ushbu segmentida o‘sishiga erishmasligini aytdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Feb, 06:36


#Fond_Bozori
Amerikaning eng arzon 25 ta shaharlari

Ro‘yxatda keltirilgan shaharlar uy xo‘jaliklarining ehtiyojida bo‘lgan 10 ta  o‘rtacha oylik sarf-xarajatlari asosida Amerikaning 50 ta eng yirik shaharlari orasidan eng arzon 25 tasi saralanib olingan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Feb, 04:56


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Feb, 16:23


#Suniy_Intellekt
2024-yildagi eng yirik sun’iy intellektga venchur investitsiyalar:

1. Databricks - $10.0 mlrd.
2. OpenAI - $6.6 mlrd.
3. X - $6.0 mlrd.
4. X - $6.0 mlrd.
5. Anthropic - $4.0 mlrd.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Feb, 12:44


#Qiziqarli_Malumotlar
"Investitsiyalardan keladigan daromad sizni boy qilishi mumkin, ammo sizning investitsiya strategiyangiz ish beradimi, u qancha vaqt davomida ishlashi mumkin, bozorlar o‘zini qanday tutadi, degan savol doimo shubha uyg‘otadi. Yakuniy natijaga noaniqlik omili ta’sir ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, ehtiyotkorlik va tejamkorlik, moliyaviy masalalardagi konservatizm va mavjud mablag‘lardan foydalanish samaradorligi - bu siz nazorat qila oladigan va kelajakda 100% ishonch bilan bugungi kun bilan solishtirganda moliyaviy holatingizni yaxshilaydigan tenglamaning bir qismidir" - Pul Psixologiyasi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Feb, 10:04


#Texnologiya #Daromad
Apple mahsulotlarining choraklik daromadi

Applening asosiy daromad manbai iPhone sotuvi bo‘lib qolmoqda.

1. Iphone - $69.1 mlrd.
2. Xizmatlar - $26.3 mlrd.
3. Aksesuarlar - $11.7 mlrd
4. Mac - $9.0 mlrd.
5. ipad - $8.1 mlrd.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Feb, 06:23


#Foiz_Stavkasi
Morgan Stanley foiz stavkalari bo‘yicha kutilmalarini qayta ko‘rib chiqdi. 


Bank xabar berishicha, endi ular Mart oyida stavka pasayishini umuman kutmayotgan ekan. Buning sababi savdo urushi va importga bo‘lgan yuqori boj tariflari narx bosimini haddan tashqari kuchaytirishi va oqibatda inflyatsion fon yana yomonlashishini keltirib chiqarishi mumkinligini takidlamoqda.

Morgan Stanley prognoziga ko‘ra, foiz stavkasi 2025 yilda 1 marotaba tushirilishi mumkin ekan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Feb, 05:20


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Feb, 13:28


#Infografik
Dunyo mamlakatlarida ma’lumot markazlari soni

Goldman Sachs Research takidlashicha, ma’lumotlar markazlari AQSHda elektr energiyasiga bo‘lgan kelajakdagi talabning eng yirik drayveriga aylanadi. 2030-yilga kelib, ular 2022-yildagi 3%ga nisbatan umumiy talabning 8%ini tashkil qiladi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Feb, 09:58


#Mashhur_Investorlar
"Hamma aqlli bo‘lishga harakat qiladi, men esa shunchaki ahmoq bo‘lmaslikka harakat qilaman" - Charlie Munger.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Feb, 07:28


#Infografik #Fond_Bozori
S&P500 tarkibidagi indeksdan yaxshiroq o'suvchi kompaniyalar ulushi.


Ushbu surat AQSH fond bozorida pufak mavjudligi va yuqori o‘suvchan kompaniyalar soni indeks tarkibida kamayib borayotganligiga dalolat beradi: so‘nggi bir necha yil davomida indeksning yillik o‘sishiga nisbatan yuqoriroq ko‘tarilayotgan aksiyalar ulushi rekord darajada past bo‘lib kelmoqda. Shunga o‘xshash manzara dotkom-pufakning cho‘qqisida kuzatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Feb, 05:34


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Feb, 12:55


#Prognoz
Goldman Sachs ogohlantirishicha Trump tariflari S&P500 indeksi pasayishini keltirib chiqaradi.

Aytilishicha, ushbu tariflar S&P500ga kiruvchi kompaniyalarining tahlilchilar qilgan daromad prognozlariga salbiy ta’sir etadi va yaqin kelajakda AQSH indeksi sezilarli korreksiyani qayd etishiga yo‘l ochib beradi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Feb, 10:01


#AQSH
AQSHning savdo urushi

AQSH mamlakati Meksika, Kanada va Xitoy mahsulotlariga yangi import tarif bojlarini joriy etdi. Ushbu masalaga yaqinroq qaraladigan bo‘lsa, Meksika va Kanadaning AQSHga bo‘lgan eksporti ularning umumiy yillik eksportining taxminan mos ravishda 78% va 77% ni tashkil qilar ekan (ularning Yalpi Ichki Mahsuloti o‘lchamida qarasak bu 20-30% ekan). Xuddi shuning aksi esa, ya’ni AQSHning Meksika va Kanadaga eksporti - yillik umumiy taxminan 16% va 17% ni tashkil etar ekan (ya’ni AQSH Yalpi Ichki Mahsulotining 2.5%).

Ushbu qarama-qarshilikda, Meksika va Canada bu qarorga qarshi o‘z choralarini ko‘rib bunga javoban xuddi shunday tariflarni e’lon qildi. Biroq, Xitoy hukumati 10% tarifga hali hech qanday javob bermadi. Bu voqealar DeepSeek sun’iy intellekt poygasida yetakchilikni da’vat qilib, AQSH Xitoyning potensial noqonuniy chip xaridlarini tekshirayotgan muhim paytda sodir bo‘lmoqda. Ushbu savdo urushi va potensial yangi chip taqiqlarining kombinatsiyasi texnologik aksiyalarga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Yuqori boj tariflari mamlakatdagi tovarlar narxini osmonga chiqarib yuborish oqibatiga ega. Bu esa yuqori foiz stavkalari kamida 2025-yilning 3-choragigacha saqlanib qolishidan darak berishi mumkin. Qo‘shimchasiga AQSH prezidenti BRIKS mamlakatlariga (30 dan ortiq davlatni o‘z ichiga olishi mumkin) 100%lik tariflar joriy etish bilan tahdid qilmoqda..

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Feb, 06:15


#Qiziqarli_Malumotlar
Boylikning foydali shaklaridan biri shundaki, siz har kuni ertalab uyg‘onganingizda o‘zingizga: "Bugun men xohlagan (yoqtirgan) ish bilan shug'ullana olaman," deyishingiz mumkin - Pul psixologiyasi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Feb, 05:13


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:


Dushanba (03.02):
20:00 - Ishlab chiqaruvchi narx indeksi ***
22:30 - Raphael Bostic nutqi

Seshanba (04.02):
20:00 - AQSH Mehnat statistikasi byurosining vakansiyalar soni ***
21:00 - Raphael Bostic nutqi
23:15 - Mary Daly nutqi

Chorshanba (05.02):
05:30 - Philip Jefferson nutqi
19:00 - Thomas Barkin nutqi
20:00 - Noishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi ***
23:00 - Austan Goolsbee nutqi

Payshanba (06.02):
01:00 - Michelle Bowman nutqi
05:30 - Philip Jefferson nutqi

Juma (07.02):
00:30 - Christopher Waller nutqi
01:30 - Mary Daly nutqi
18:30 - Nofermerlik ish haqi (NFP) ***
18:30 - AQSH ishsizlik darajasi ***
19:25 - Michelle Bowman nutqi
22:00 - Adriana Kugler nutqi

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Feb, 13:56


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Aloqa xizmatlari  +2.57%
🔼Birlamchi iste'mol  +1.98%
🔼Sog'liqni saqlash  +1.36%
🔼Moliya  +1.04%
🔼Ikkilamchi iste'mol  +0.96%
🔽Ko'chmas mulk  -0.05%
🔽Xomashyo  -0.24%
🔽Sanoat  -1.99%
🔽Kommunal xizmatlar  -2.24%
🔽Energiya  -2.98%
🔽Texnologiya  -3.69%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Feb, 13:56


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Feb, 13:56


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Feb, 07:11


#Fond_Bozori
Trump va Biden davrida eng yaxshi S&P500 sektorlari

Ushbu suratda Trump (2017-2021) va Biden (2021-2025) prezidentligi davridagi turli sektorlarning faoliyati bir-biriga taqqoslangan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Feb, 04:51


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

31 Jan, 07:16


#Federal_Zaxira_Tizmi
FOMC matbuotidan qisqa lavha

So‘nggi ma’lumotlar iqtisodiy faollikning ishonchli o‘sish sur’atlaridan dalolat bermoqda. Ishsizlik darajasi barqarorlashgan, mehnat bozoridagi vaziyat esa muvozanatga kelmoqda. Inflyatsiya biroz yuqoriligicha qolmoqda.

Iqtisodiy istiqbollar noaniq va Qo‘mita o‘zining ikki mandatining har ikki tomoni bilan bog‘liq xatarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Biz davlat siyosati doirasida yangi administratsiya qanday chora va amaliyotlarni olib borishini kuzatib kutib turamiz.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

31 Jan, 05:05


#Fond_Bozori
BUGUNGI KUTILAYOTGAN MAKROIQTISODIY YANGILIKLAR (2025-YIL 31-YANVAR, JUMA):

Bugun AQSh iqtisodiyoti bo‘yicha muhim ma’lumotlar e’lon qilinadi:

1️⃣ PCE indeksi (Core PCE Price Index, YoY va MoM, Dekabr) – Federal Rezerv tomonidan kuzatib boriladigan muhim inflyatsiya ko‘rsatkichi.

2️⃣ Chikago PMI (Chicago PMI, Yanvar)
– ishlab chiqarish sektorining o‘sish yoki pasayish darajasini ko‘rsatuvchi muhim indikator.


Ushbu natijalar AQSh dollari, fond bozori va Federal Rezerv siyosatiga bevosita ta’sir qilishi mumkin.

🔣 Batafsil: https://www.uplift.uz/iqtisod/bugungi-kutulayotgan-makroiqtisodiy-yangiliklar-2025-yil-31-yanvar-juma/

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

31 Jan, 04:59


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Jan, 09:38


#Ikkilamchi_Istemol #Choraklik_Hisoboti
Teslaning 4-ichi chorak hisoboti.

https://www.uplift.uz/investitsiya/tesla-2024-yil-4-chorak-moliyaviy-natijalari-uplift-analytics-tahliliy-xulosasi/

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Jan, 08:43


#Mashhur_Investorlar
Fond bozori - bu odamlar, sotib olish o‘rniga, sotuv paytida (ya'ni bozorlar qulaganida) vahimaga tushadigan yagona joy.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Jan, 06:16


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Jan, 19:00


#Tezkor_Xabarlar  #Federal_Zaxira_Tizimi #Foiz_Stavkasi
⚡️⚡️⚡️Foiz stavkasi

Federal Zaxira Tizmi amaldorlari navbatdagi yeg'ilishida foiz stavkasini o'zgarishsiz (4.5%) darajasida saqlab qolishga qaror qilishdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Jan, 12:38


#Texnologiya #Suniy_Intellekt
Big Techlarning sun’iy intellekt infratuzilmasiga xarajatlarining o‘sishi.

Amazon, Google, Meta, Microsoft va Oracle kompaniyalarining jami xarajatlar dasturi joriy yilda rekord darajadagi 274 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Jan, 12:38


#Suniy_Intellekt
Prezident Tramp OpenAI kompaniyasining "Stargate" sarmoyasi ish o‘rinlari yo‘qolishiga olib kelmasligini aytdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Jan, 09:39


#Fond_Bozori #Pufak
AQSH fond bozori pufak vujudga kelishi arafasida - UBS.

UBS strategi aytishicha, 10-yillik obligatsiyalar daromadligi 5%dan yuqoriga o‘tib oladigan bo‘lsa, fond bozoridan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Ularning aytishicha bu strukturaviy buqa bozorining tugashidan darak berishi mumkin.

Shuningdek, kompaniyalarga xavf tug‘dirayotgan foyda o‘sishining pasayishi, bozorda kenglikning yo‘qolishi (ya’ni Magnificent 7 aksiyalari o‘sib, qolganlar judayam orqada qolishi), oxirgi pufak sodir bo‘lganiga 25 yil bo‘lgani, "bu safar boshqacha" degan shiorlar (investorlar sun’iy intellektga haddan tashqari ko‘p ishonib yubormoqda), chakana savdolar avjiga chiqishi (treyderlar Chakana mem aksiya/kriptovalyutadagi savdolarga haddan tashqari ko‘p berilib ketmoqda) va hokazo.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

23 Jan, 10:27


#Fond_Bozori
S&P 500 indeksiga kiruvchi kompaniyalar daromadining 41%i xorijdan kelar ekan.

Yevropada retsessiya boshlanib, Xitoyda sekinlashish davom etsa, bu S&P 500 indeksiga kiruvchi kompaniyalar daromadiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Jahon Insights

23 Jan, 06:32


#Fond_Bozori
Texnologik aksiyalar tepaga harakatini davom etmoqda.

Nasdaq 100 indeksi 467 sessiya davomida 200 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib, rekord darajadagi ikkinchi eng uzun "uptrend" seriyasini qayd etdi. So‘ngi yillarda bu kabi eng uzun sessiya 2016-2018-yillarda sodir bo‘lib va u ~580 sessiyadan tashkil topgan.

2000-yilgi Dot-Com pufak davrida ko‘z tashlanadigan bo‘lsa, bozorning 200 kunlik o‘rtacha ko‘rsatkichdan tepaga ko‘tarilish davomiyligi 400 savdo kuni tashkil etgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

23 Jan, 04:57


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

22 Jan, 12:58


#Mashhur_Investorlar #Suniy_Intellekt
Ilon Musk sun’iy intellekt haqida:


"Qiziq, agar siz 10-15 yil orqaga qaytsangiz, men bu eng aqlli odamdan ham aqlliroq, chuqur aql-idrokka ega bo‘lgan ulkan narsa bo‘ladi, deb aytganman. Odamlar meni hazillashyapti deb o‘ylashardi. Ular buni imkonsiz deb o‘ylashgan, garchi kompyuter odamdan aqlliroq va biz uchun murakkab bo'lgan vazifalarni oson bajarishga qodir bo'lgan bo'lsa ham.

Endi ular sun’iy intellekt tizimlari ko‘pchilikdan ko‘ra murakkab testlardan yaxshiroq o‘tishini aytishmoqda. Masalan, sun’iy intellekt tibbiy tekshiruvda 80% shifokorlardan yaxshiroq o‘tishi yoki rentgenogrammani butun umri davomida shug‘ullanadigan odamlardan yaxshiroq o‘qishi mumkin. Va, bu hali boshlanishi.."

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

22 Jan, 09:42


#Texnologiya
Global yarimo‘tkazgichlar sanoatining kompaniyalar bo'ylab bozor kapitalizatsiyasi

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

22 Jan, 05:54


#Fond_Bozori #Suniy_Intellekt
Trump sun’iy intellekt infratuzilmasiga 500 milliard dollarlik investitsiyani e’lon qildi.


AQSH prezidenti Donald Tramp sun’iy intellekt infratuzilmasini moliyalashtirish uchun xususiy sektorga 500 milliard dollargacha sarmoya kiritilishini e’lon qildi, bu biznes uchun muhim bo‘lgan texnologiyalar bo‘yicha raqobatchi davlatlardan o‘zib ketishni maqsad qilgan.

Trampning aytishicha, OpenAI, SoftBank va Oracle "Stargate" deb nomlangan qo‘shma korxona yaratishni rejalashtirmoqda, u ma’lumotlar markazlarini qurib, Qo‘shma Shtatlarda 100 000 dan ortiq ish o‘rinlari yaratadi.

Ushbu kompaniyalar, Stargate’ning boshqa kapital homiylari bilan birgalikda, zudlik bilan ishni boshlash uchun 100 milliard dollar ajratdilar, qolgan investitsiyalar esa keyingi to‘rt yil ichida kiritib borilishi kutilmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

22 Jan, 04:29


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Jan, 11:50


#Fond_Bozori #SP500
Qiziqarli holat!

S&P500 ro‘yxatidagi Top-5 kompaniya bozor kapitalizatsiyasi keyingi turgan 407ta kompaniyaning bozor kapitalizatsiya bilan tenglashdi.

Apple, Nvidia. Microsoft, Google va Amazon kompaniyalarining jami kapitalizatsiyasi hozirda 15,3 trillion dollarni tashkil etmoqda. Ushbu kompaniyalar o‘tgan yilli jami olganda 5 trillion dollarga kengayganlar.

Bundan tashqari, shuni nazarda tutish kerakki, ushbu Top-5  hozirda Xitoy va Gonkong fond bozorlarining birga hisoblaganda bir xil ushbu Top 5 ta kompaniya AQSH fond bozorining rekord darajadagi 24%ini aks ettiradi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Jan, 08:32


#Byudjet
AQSH byudjeti defitsiti inqiroz darajasida.

AQSH byudjeti defitsiti 2025-moliya yilining dastlabki 3 oyida 711 milliard dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200 milliard dollar yoki 39%ga ko‘proq.

Mamlakatning 2024 yil defitsitiga nazar tashlaydigan bo‘lsak bu 2,0 trillion dollarga yetdi, va yillik 248 milliard dollar o‘sishni qayd etdi.

Iqtisodiyotlardagi bunday katta defitsit odatda urushlar yoki yirik iqtisodiy inqirozlardan tashqarida hech qachon kuzatilmagan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Jan, 05:45


#Fond_Bozori
2024-yilda eng yuqori daromad qilgan Top-50 kompaniyalar


1. Saudi Aramco - $120.7 mlrd.
2. Apple - $97 mlrd.
3. Berkshire Hathaway - $96.2 mlrd.
4. Alphabet - $73.8 mlrd.
5. Microsoft - $72.4 mlrd.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Jan, 17:14


#AQSH
Donald Tramp qasamyod qilib, AQShning 47-prezidenti bo‘ldi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Jan, 12:39


#Forbes
Forbes Top-10 milliarderlarining umumiy boyligi 2 trillion dollarga yaqinlashdi.

Ilon Musk ro‘yxatdagi eng boy inson o‘rnini mustahkam egallamoqda, u o‘z kapitalini ikki baravar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bernard Arnault esa aksincha birinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Bill Geyts Top-10 talikni tark etdi va uning o‘rniga Nvidia asoschisi Jensen Huang  kirdi.

Top 10 milliarderlarning 2025-yil 19-yanvar holatiga ko‘ra boyligi:

1. Ilon Muskning — $433,9 mlrd.
2. Jeff Bezos — $239,4 mlrd.
3. Mark Zuckerberg— $211,8 mlrd.
4. Larry Ellison — $204,6 mlrd.
5. Bernard Arnault — $181,3 mlrd. 
6. Larry Page — $161,4 mlrd.
7. Sergey Brin — $154,0 mlrd.
8. Warren Buffet— $146,2 mlrd.
9. Steven Ballmer — $126,0 mlrd.
10. Jensen Huang — $120,2 mlrd.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Jan, 09:05


#Qarz
AQSH qarzi yana chegarasiga yetdi

AQSH moliya vaziri Janet Yellen, hukumat seshanba kuni qonunda o‘rnatilgan qarz olish chegarasiga yetishi haqida va chegarani buzmaslik va potensial halokatli defoltga yo‘l qo‘ymaslik uchun "favqulodda choralar" qo‘llashni boshlashini aytdi.

"Favqulodda choralar davom etishi mumkin bo‘lgan muddat katta noaniqlikka, jumladan, AQSH hukumatining kelgusi oylardagi to‘lovlari va tushumlarini prognoz qilish kabi muammolarga ega," - dedi Yellen Kongress rahbarlariga yo‘llagan maktubida.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Jan, 06:14


#Fond_Bozori #Mag7
"Magnificent 7"dan oltitasi ajoyib yilni o‘tkazdi.

Ushbu suratda yirik texnologiya kompaniyalari  2024-yilda qanday muvaffaqiyatga erishgani ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Jan, 05:21


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:


Dushanba (20.01):
Martin Lyuter King kuni
Donald Trampning inauguratsiyasi

***AQSH bozori yopiq kun***

Seshanba (21.01):
-

Chorshanba (22.01):
23:00 - 20 yillik obligatsiyalar auksioni

Payshanba (23.01):
18:30 - Dastlabki ishsizlar da’vosi ***

Juma (24.01):
20:00 - Ikkilamchi uy-joy savdosi ***

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Jan, 09:36


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Moliya  +5.91%
🔼Xomashyo  +4.95%
🔼Ko'chmas mulk  +4.73%
🔼Sanoat  +4.61%
🔼Kommunal xizmatlar  +4.48%
🔼Energiya  +4.45%
🔼Ikkilamchi iste'mol  +3.88%
🔼Texnologiya  +2.00%
🔼Aloqa xizmatlari  +1.70%
🔼Birlamchi iste'mol  +1.22%
🔽Sog'liqni saqlash  -0.17%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Jan, 09:36


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Jan, 09:35


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

18 Jan, 15:02


#Bozorlar
2024-yilda asosiy aktivlar toifasidagi daromadlar tasviri.

Bitkoindan AQSH dollarigacha, 2024-yilda aktivlar sinfining daromadliligi yuqori stavka va mustahkam AQSH iqtisodiyoti bilan ajralib turgan yulduzli bo‘ldi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

18 Jan, 09:46


#Fond_Bozori #Indekslar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

09 Jan, 15:53


#Qiziqarli_Malumotlar #Federal_Zaxira_Tizmi
FOMCning 2025-yildagi tarkibi:

Ovoz beruvchilar:
Jerome Powell - Chairman
Philip Jefferson - Board
Michael Barr - Board
Michelle Bowman - Board
Christopher Waller - Board
Lisa Cook - Board
Adriana Kugler - Board
John Williams - New York
Austan Goolsbee - Chicago
Susan Collins - Boston
Alberto Musalem - St. Louis
Jeffrey Schmid - Kansas City

Ovoz bermaydigan a’zolar:
Sushmita Shukla - New York VP
Beth Hammack - Cleveland
Patrick Harker - Philadelphia
Lorie Logan - Dallas
Neel Kashkari - Minneapolis
Thomas Barkin - Richmond
Raphael Bosric - Atlanta
Mary Daly - San Francisco

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

09 Jan, 15:50


#Federal_Zaxira_Tizmi
Federal Zaxira Tizimining (FZT) yig‘ilishining bayonotidan asosiy tezislar (17-18-dekabr 2024-yil)

- FZT yumshash sur’atlarini sekinlashtirish yoki ushbu maqsadga muvofiq bo‘lgan nuqtaga yaqin turibdi.

- Bandlik va inflyatsiya maqsadlari uchun risklar muvozanatga ega.

- Deyarli barcha ishtirokchilar inflyatsiyaning o‘sish xavfini ko‘rishmoqda.

- Foiz stavkasi pasayishiga qaramay, kredit shartlari cheklovchi rolga ega.

- Ba’zi ishtirokchilar inflyatsiya barqarorligi xavfi tufayli stavkani joriy darajada saqlab qolish tarafdori bo‘ldilar.

- Kuchli iste’mol xarajatlari mustahkam mehnat bozori va ish haqining o‘sishi bilan qo‘llab-quvvatlanadi.

- Iste’molchilar tomonidan narx bosimi oshishi haqida xabarlar kelib tushmoqda.

- Aksiyalar narxining o‘sishi saylovdan keyingi korporativ ma’lumotlarga nisbatan optimizm bilan asoslangan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

09 Jan, 10:59


#Infografik
BYD eng yirik elektromobil ishlab chiqaruvchisi bo‘lish uchun Teslaga yetib olgan

Ushbu surat bozor yetakchilari bo‘lgan "Tesla" va "BYD"ning yillik elektromobil ishlab chiqarishi ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

09 Jan, 07:02


#Qiziqarli_Malumotlar
"Investorlarning 2008-yil oxiri va 2009-yil boshida bir necha oy davomida investitsiyalarga bo'lgan munosabati, 2000-yildan 2008-yilgacha qilgan mehnatini va uning kelajagini o'zgartirishi mumkin" - The Psychology of Money.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

09 Jan, 05:30


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

08 Jan, 16:49


#Fond_Bozori
S&P 500 daromadlilik piramidasi (1874-2024)

O‘tgan yili S&P 500 o‘sishining yarmini "Magnificent 7" ta’minlab berdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

08 Jan, 13:05


#Fond_Bozori
Morgan Stanley strateglarining fikriga ko‘ra, AQSH aksiyalari olti oylik qiyinchiliklarni boshdan kechirishi mumkin, chunki g‘aznachilik obligatsiyalarining daromadligi oshib bormoqda va inflyatsiya xavotirlari dollar mustahkamlashishini keltirib chiqarmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

08 Jan, 10:26


#Dollar
Qiziqarli o‘xshashlik: 2016-yilda AQSHda bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin dollar mustahkamlanib, 2017-yil yanvarida Trampning inauguratsiyasidan oldingi cho‘qqisiga yetdi. Ushbu grafik tarix takrorlanishiga yana bir misol bo‘lib, endilikda voqealar qanday rivoj topishi muhim hisoblanadi: ya’ni eski ssenariy bo‘ladimi yoki yangi tarix yaraladimi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

08 Jan, 06:10


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Jan, 14:27


#Oltin
Goldman Sachs xabar berishicha, oltin yil oxiriga kelib bir unsiya uchun 3000 dollarga yetishini endi kutmayotganini aytdi va Federal zaxira stavkalarni kamroq pasaytirishini kutgan holda prognozni 2026-yil o‘rtalariga qoldirdi. Oltin narxining rekord darajada o‘sishi bu yil sekinlashadi. Markaziy banklar tomonidan talab uzoq muddatli asosiy omil bo‘lib qoladi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Jan, 10:10


#Xitoy
Xitoy yangi iqtisodiy bosqichga qadam qo‘ymoqda.

Xitoyning 30 yillik davlat obligatsiyalari rentabelligi birinchi marta Yaponiyaning 30 yillik rentabelligidan pastga o‘tib oldi. Ushbu holat Xitoy iqtisodiyoti sekinlashgani va 1999-yildan beri eng uzoq davom etgan deflyatsiyaning 6 choragini boshdan kechirayotgani bilan bog‘liq.

Shu bilan birga, Yaponiyaning obligatsiyalar rentabelligi mamlakatda inflyatsiyaning oshishi bilan 160 bazis punktga oshdi. O‘tmishda Yaponiya 30 yillik iqtisodiy turg‘unlikni (stagflyatsiyani), 1990-yillardan boshlab 25 yil davomida deflyatsiyani boshdan kechirgan.

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Jan, 06:57


#Qiziqarli_Malumotlar #Fond_Bozori
"Bir kun, bir hodisa yoki bitta bitim butun karyeringizni buzishga hech qachon yo‘l qo‘ymang. Falsafa shundan iboratki: har bir kun - bu yangi imkoniyat, lekin har bir kun xavf-xatarni ham o‘z ichiga oladi. Xavfni shunday boshqaringki, hayotingiz shunga bog‘liq bo‘lsin. Chunki treydingda u haqiqatan ham bog‘liq." - Paul Tudor Jones.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Jan, 05:17


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Jan, 12:47


#Fond_Bozori
Bloomberg ma'lumotlariga ko'ra 2024 yilda eng yuqori daromad ko'rgan Top-10 Hedje fondlar:

1. DE Shaw: +36.1%
2. Bridgewater China: +35.0%
3. Statar: +25.3%
4. Broad Reach: +24.3%
5. Marshall Wace: +22.6%
6. Schonfeld: +21.1%
7. Walleye: +18.0%
8. Dymon Asia: +17.0%
9. Millennium: +15.0%
10. Balyasny: +13.6%

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Jan, 10:25


#Fond_Bozori
Mega kapitalizatsiya (mega-cap) texnologiya kompaniyalarning spekulyativ call option hajmi dekabr oyida so‘ngi 7 yillik minimumlariga, ya’ni ~4,5 millionga tushdi. Ushbu ko‘rsatkich hozirda 2022-yil ayiq bozorining oxiriga yaqin ko‘rilgan darajaga joylashgan bo‘lib, 2020-yildagi keskin harakatlar davridagi hajmidan bir necha bor kam.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Jan, 07:53


#Dollar
AQSH dollari misli ko‘rilmagan qudratni namoyish etmoqda.

Bank of America (BofA) ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH dollari o‘zining adolatli qiymatidan ~23% yuqori savdo qilinayotgan bo‘lishi mumkin deb ta’kidlamoqda.

So‘nggi 4 yil ichida ushbu farq 18%ga o‘sgan. Shu vaqt ichida AQSH dollarining DXY indeksi 21%ga o‘sib, 2022 yil noyabr oyidan beri o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan.

Birgina 2024-yilda ushbu indeks 7%ga ko‘tarilishi, bozorlar FZT siyosati uzoqroq davom etishi tufayli uni yuqoriroq narxda baholashi bilan bog‘liqligi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Jan, 05:08


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:


Dushanba (06.01):
19:30 - Lisa Cook nutqi
23:00 - 3 yillik obligatsiyalar auksioni

Seshanba (07.01):
18:00 - Thomas Barkin nutqi
20:00 - AQSH Mehnat statistikasi byurosining vakansiyalar soni ***
20:00 - Noishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi ***

Chorshanba (08.01):
19:30 - Christopher Waller nutqi
23:00 - 10 yillik obligatsiyalar auksioni

Payshanba (09.01):
00:00 - FOMC meeting minutes
***AQSH bozori yopiq kun***
19:00 - Patrick Harker nutqi
22:40 - Thomas Barkin nutqi
23:00 - 30 yillik obligatsiyalar auksioni
19:30 - Michelle Bowman nutqi

Juma (10.01):
18:30 - Nofermerlik ish haqi (NFP) ***
18:30 - AQSH ishsizlik darajasi ***

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Jan, 10:23


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Energiya  +3.65%
🔼Kommunal xizmatlar  +1.02%
🔽Ko'chmas mulk  -0.49%
🔽Sog'liqni saqlash  -0.55%
🔽Moliya  -0.89%
🔽Sanoat  -1.05%
🔽Aloqa xizmatlari  -1.23%
🔽Xomashyo  -1.64%
🔽Texnologiya  -1.67%
🔽Birlamchi iste'mol  -1.92%
🔽Ikkilamchi iste'mol  -2.93%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Jan, 10:23


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Jan, 10:23


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Jan, 12:14


#Fond_Bozori #Yil_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining yillik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Texnologiya +34.05%
🔼Aloqa xizmatlari +32.21%
🔼Moliya +25.63%
🔼Ikkilamchi iste'mol +21.26%
🔼Kommunal xizmatlar +19.15%
🔼Birlamchi iste'mol +12.42%
🔼Sanoat +11.90%
🔼Energiya +0.86%
🔼Ko'chmas mulk +0.68%
🔽Sog'liqni saqlash -0.95%
🔽Xomashyo -7.82%

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Jan, 12:14


#Fond_Bozori #Yil_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Jan, 12:13


#Fond_Bozori #Yil_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Jan, 06:53


#Fond_Bozori
Yangi cho‘qqilar zabt etilmoqda.

AQSH fond bozori yangi rekordlarni yozishda davom etib, 63,8 trillion dollarga yetdi. Ushbu mamlakatning fond bozori kapital qiymati atigi 4,5 yil ichida ikki barobarga kengaydi, so‘ngi yilning o‘zida esa bu 10 trillion dollardan ortiq qiymat oshgan.

Buni hatto Xitoy, Gonkong va Yevropa bozorlari birgalikda qo‘shgandayam AQSHnikiga qaraganda taxminan 50%ga kamroq bo‘lar ekan. "Magnificent 7" aksiyalarining bozor kapitalining o‘zi esa Yevropa fond bozoridan kattaroq.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Jan, 04:40


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Jan, 13:17


#Iqtisod
AQSHda defitsit kengayib bormoqda

AQHS mamlakatidagi defitsit prognozi YaIMga (Yalpi Ichki Mahsuloti) kelgusi 10-yilda 6.3%ni tashkil etishi kutilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yildagi 6,7% yetganidan keyin, 2021-yildan beri eng katta ko‘rsatkichga aylandi. Bunday yuqori defitsit urushlar va jiddiy iqtisodiy inqirozlardan tashqarida hech qachon sodir bo‘lmagan.

Bundan tashqari, defitsit 2025-yilda YaIMning 7,1%ni tashkil etishi taxmin qilinmoqda, bu dunyoning yirik iqtisodiyoti orasida uni Hindiston va Xitoydan keyin 3-o‘ringa qo‘yadi. Shu bilan birga, 2025-moliya yilining dastlabki 2 oyi uchun byudjetdagi tafovut rekord darajadagi eng katta ko‘rsatkich - 624 milliard dollarga yetdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Jan, 08:37


#Fond_Bozori
Tesla elektromobillarini yetkazib berishi tahlilchilar kutkandan kamroq chiqdi.

Tesla kompaniyasi kecha ma’lum qilishicha, 2024 yilning so‘nggi choragida 495.6K dona elektromobil yetkazib bergan. Kompaniyaning bunga izoh berishicha bu yuqori foiz stavkasi davrida uning eskirgan modellariga bo‘lgan qiziqish kamayishi, hamda uning yangi Cybertruck pikapi ko‘proq yangi mijozni jalb qilolmaganligi ushbu natijaga olib keldi.

Elektromobillar bozorida qattiq raqobat va unga bo‘lgan talabning pasayishi, Musk e’tiborini boshqa, ya’ni o‘ziyurar taksi biznesini yaratishga olib keldi. U, shuningdek, saylangan prezident Donald Trampni saylovoldi tashviqoti uchun millionlab dollar xayriyalar bilan qo‘llab-quvvatlashi, Muskning mavqeyi va boyligini oshirishga sabab bo‘ldi.

Ammo o‘z-o‘zini boshqarish texnologiyasi hali oxirigacha ishlab chiqilmagani va tijoratlashtirishga talab qilinadigan vaqt (bir necha yil), tahlilchilarning fikricha, Teslaning 2025-yilda sotuvlarni 20% - 30% gacha o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun Muskdan joriy avtomobillarning arzonroq versiyalarini va Cybertruckning muvaffaqiyatga erishishini talab qiladi.

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Jan, 06:12


#Yalpi_Ichki_Mahsuloti
Xitoyning Yalpi Ichki Mahsuloti (YaIM) o‘sishi Osiyoning qolgan qismidan ortda qolmoqda

Xitoy iqtisodiyoti bir qator jiddiy muammolarga duch kelishi, jumladan, ko‘chmas mulk inqirozi va yoshlar orasidagi yuqori ishsizlik, o‘nlab yillab davom etib kelgan jadal o‘sishni uzilishiga sabab bo‘ldi.

Aksincha, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari esa 2023-2026-yillar davomida YaIM o‘rtacha 6,5%ga o‘sishiga erishishi prognoz qilinmoqda.

Ushbu iqtisodiyotlarning aksariyati yoshlar demografiyasi, o‘sib borayotgan o‘rta sinf, kuchli xorijiy va ichki xususiy investitsiyalar oqimi va rivojlanayotgan texnologiya sektori bilan qo‘llab-quvvatlanishi kutilmoqda.

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Jan, 06:12


#Fond_Bozori #Xitoy
Xitoy fond bozoriga bosim davom etmoqda.

Xitoyning CSI 300 indeksi yanvar oyining dastlabki savdo sessiyada 2,9%ga tushish bilan yopilib (Gonkongning Hang Seng indeksi esa -2.2%), so‘ngi 10 yil ichida yilning birinchi savdo kunidagi eng katta pasayishi bilan tarixda kirdi. 

Bu hodisaga Xitoyning Manufacturing PMI (Ishlab chiqarish xarid menejerlari) indeksi dekabr oyida 50,5ga tushib ketgani sabab bo‘ldi. Statistika ko‘rsatishicha mamlakat eksporti so‘nggi 5 oy ichida 4 oy kamaygan. Shu bilan birga, Xitoyning 10 yillik obligatsiyalari rentabelligi rekord darajadagi 1,60%ga tushib ketgan.

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Jan, 04:17


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Jan, 10:11


#Prognoz
Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2025-yilda Osiyoda o‘sish sekinlashishini prognoz qilmoqda.

Ushbu diagrammada tanlangan mamlakatlar uchun YaIMning real o‘sish prognozlari ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Jan, 06:19


#Fond_Bozori
Navbatdagi korporativ yangilik: Teslaning 4-chorak yetkazib berish ma’lumotlari.


Kalshi ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla 2024-yilning 4-choragida 504 000 dona (transport vositasi) yetkazib bergani haqida xabar berishi kutilmoqda. Ushbu miqdor 3-chorak (462 890 ta transport vositasi yetkazib berilgan) bilan taqqoslaganda ~8.9%ga ko‘proq.

Endi, Tesla agar haqiqatan ham 500 000 dan ortiq (transport vositasini) yetkazib berganini xabar beradigan bo‘lsa, bu kompaniya uchun yangi choraklik rekord bo‘ladi. Tesla esa hozirda bozor kapitali bo‘yicha dunyodagi 8-yirik kompaniya bo‘lib, qiymati taxminan 1,3 trillion dollarga teng.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Jan, 05:05


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

31 Dec, 11:29


#Import
Amerikaning Osiyodan asosiy import mahsulotlari.

Smartfonlar, noutbuklar, litiy-ionli batareyalar, o‘yinchoqlar va video o‘yin pristavkalari 2023-yilda Osiyodagi barcha importning 27%ini tashkil etibdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

31 Dec, 08:06


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Dec, 13:49


#Import
AQSH Kanada va Meksikadan nimalarni import qiladi (2023-yilda 893 milliard dollarlik umumiy import asosida).

Top-3 mahsulotlar ro‘yxatida:

1. Texnika va transport - 402 milliard dollar
2. Mineral yoqilg‘ilar va lubrikantlar - 145 milliard dollar
3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar - 85 milliard dollar

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Dec, 09:48


#Texnologiya
Apple bozor kapitalizatsiyasi 4 trillion dollar chizig‘ini zabt etish uchun atigi 90 milliard dollar qoldi.

Ushbu kompaniya yil davomida taxminan 1 trillion dollarga oshgan va dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniya sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlagan.

Hozirda, Apple Nvidia 500 milliard, Microsoftdan esa 600 milliard dollarga kattaroq. Apple aksiyasi, shuningdek, S&P 500 bozor kapitalining rekord darajadagi 7,6%ni tashkil etadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Dec, 09:01


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Texnologiya +2.25%
🔼Energiya +2.11%
🔼Moliya +2.01%
🔼Ko'chmas mulk +1.84%
🔼Kommunal xizmatlar +1.84%
🔼Sog'liqni saqlash +1.42%
🔼Aloqa xizmatlari +1.31%
🔼Ikkilamchi iste'mol +1.05%
🔼Sanoat +1.01%
🔼Xomashyo +0.80%
🔽Birlamchi iste'mol -0,34%

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlarу

Jahon Insights

29 Dec, 09:01


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Dec, 09:01


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Dec, 17:13


#Fond_Bozori
Chakana treyderlar ushbu asrdagi eng yomon yilni bo‘shdan o‘tkazdilar.

JPMorgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha chakana investor ushbu yilda atigi 9,8% daromad ko‘rgan. Shunga qaramay, S&P500 indeksi 26,6% ga ko‘tarilib, ushbu asrning eng yaxshi yillaridan birini boshdan kechirgan.

Bu yilgi chakana investorlar ko‘rsatkichlari 2015-yildan beri indeks ijobiy daromad qayd etgan har qanday yil ichida ikkinchi eng zaif ko‘rsatkichdir. Bundan tashqari, chakana investorlari S&P500 o‘sishiga nisbatan ketma-ket to‘rtinchi yil past o‘sish ko‘rsatkichga erishmoqdalar.

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bu hodisa avgust oyida ularning eng samarali aktivlari hisoblangan Nvidia va Tesla aksiyalarini sotib yuborishlari bilan ham bog‘liq.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Dec, 12:18


#Infografik
Ishda Suniy Intellektdan foydalanadigan aqliy mehnat xodimlari ulushi.

So‘rovda ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan vositalar emas, balki shaxsiy suniy intellekt vositalari hisobga olingan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Dec, 05:55


#Kochmas_Mulk
AQSH uy-joy bozori to‘xtab qoldi.

AQShda ikkilamchi uy-joy savdosi 2024-yilda 4,04 millionni tashkil etib, 1995-yildan beri eng yomon yilni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkich hatto 2008-yilgi moliyaviy inqiroz davridagiga qaragandan ham pastroq.

Ikkilamchi bozordagi uylarga talabning pasayib ketishi 2020-yildan beri uy-joy narxlari 50%dan ortiq oshib ketgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, xuddi shu vaqt oralig‘ida ipoteka stavkalari deyarli uch baravar oshdi, bu esa vaziyatni yanada yomonlashtirdi.

Qo‘shimchasiga, 30 yillik ipoteka stavkalari sentyabr oyidan beri 100 bazis punktga ko‘tarilib, 7,1 foizni tashkil etdi, Fed stavkalarini 100 bazis punktga pasaytirganiga qaramay.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Dec, 15:11


#Qiziqarli_Malumotlar #Mashhur_Investorlar
Milliarderlar hikoyasi.

Siz investorlar dueti - Warren Buffett va Charlie Munger haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Ammo 40 yil oldin bu guruhga uchinchi ishtirokchi - Rick Guerin ham kirgan.

Warren Buffett: "Biz Charlie bilan doim juda boy bo‘lishimizni bilardik va boyishga shoshilmasdik, chunki bu albatta sodir bo‘lishiga ishonardik. Rick ham, lekin, ahmoq emasdi, lekin u shoshardi."

Shunday bo‘ldiki, 1973-1974-yillardagi inqiroz paytida Rick brokerdan qarzga olingan aksiyalar bilan birja o‘yinini boshladi. Shunda birja deyarli 70% ga qulab tushdi va broker kafolat summasini ko‘paytirishni talab qildi. O‘sha payt Rick Berkshiredagi o‘z ulushlarini Warrenga ancha arzonroqqa sotishga majbur bo‘lgan.

Warren Buffetning o‘zi ham buni shunday hikoya qilgan: "Men Rickdan Berkshire aksiyalarini sotib oldim. To‘g‘ri, bir donasi $40 dan ham past narxga. Rick qarzga botgani uchun shunday qilishga majbur bo‘ldi ...

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Dec, 09:46


Jahon Insights pinned «Qaysi turdagi ma’lumotlar (kontent) siz ko‘proq qiziqtiradi? (Bir nechta variantni tanlash mumkin)»

Jahon Insights

27 Dec, 09:46


#Fond_Bozori
AQSH fond bozori yanada zichlashmoqda:

AQSHning Top-10 aksiyalari endi S&P500 bozor kapitalining rekord darajadagi 40%ini tashkil etmoqda. Bu 2000 yildagi Dot-Com pufakcha darajasidan ~14%ga yuqori.

Ushbu aksiyalar 2024-yilda bozor kapitalizatsiyasi 7 trillion dollarga ortib, hozirda rekord darajadagi 20,9 trillion dollarga yetdi. Shuni nazarda tutish kerakki, butun Yevropa fond bozori taxminan 16 trillion dollarga teng, shunda ushbu Top-10 butun Yevropadan 4,9 trillion dollarga ko‘proq ekan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Dec, 06:19


#AQSH #Bozorlar
2024-yilda AQSH aktiv bozorlari hajmi:

1. Kapital bozori- 64.4 trillion dollar.
2. Uy-joy ko‘chmas mulki - 59.8 trillion dollar.
3. G‘aznachilik qimmatli qog‘ozlari - 26.9 trillion dollar.
4. Tijoriy ko‘chmas mulki - 21.8 trillion dollar.
5. Investitsiya darajasidagi korporativ obligatsiyalar - 7.8 trillion dollar.
6. Qishloq xo‘jaligi - 3.5 trillion dollar.
7. Yuqori daromadli va reytingsiz korporativ obligatsiyalar - 1.6 trillion dollar.
8. Qarz leverage - 1.4 trillion dollar.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Dec, 05:02


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

26 Dec, 14:02


#Suniy_Intellekt
Nvidia qattiq raqobatga duch keldi.

Broadcom xabariga ko‘ra, sun’iy intellekt chiplaridan bo‘lgan daromadi sezilarli o‘sishini kutmoqda va sotuvlar 2024-yildagi 12,2 milliard dollardan 2027-yilga kelib 90 milliard dollargacha yetishini prognoz qilmoqda. 

Bunga ko‘ra, tahlilchilar Broadcomning chiplari bo‘lgan ASICs 2027 yilga kelib, bozorning 13%ini egallashi taxmin qilinmoqda, bu esa Nvidianing Sun’iy Intellekt borasidagi hukmronligiga tahdid soladi.

Bundan tashqari, Broadcom yangi mijozlarni, jumladan Apple va OpenAIni qo‘lga kiritishi mumkin, va natijada Nvidia yanada qiyinroq vaziyatga solib qo‘yadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

26 Dec, 10:43


#Kun_Iqtibosi
"Muvaffaqiyatli treydingning mohiyati bozorni prognoz qilish emas, balki qoidalarga rioya qilishdir. Men chuqur bilim va texnik ko‘nikmalarga ega bo‘lgan odamlarning intizomsizlik tufayli halokatga uchraganini ko‘rganman. Savdo qoidalari ko‘pincha oddiy, lekin ularga rioya qilish eng qiyin. His-tuyg‘ular, qo‘rquv va ochko‘zlik sizning ashaddiy dushmanlaringizdir." - Edward Seykota.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

26 Dec, 07:41


#Qiziqarli_Malumotlar
Chrome brauzer ustunlikka erishish yoli

Ushbu suratda 2009-yilning I choragidan 2024-yilning IV choragigacha tanlangan internet-brauzerlarning jahon bozoridagi ulushi ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

25 Dec, 13:42


#Xitoy
Xitoyning 30-yil davomida ishlab chiqarish ustunligiga erishishi.

Xitoy 2000-yildagi 6%dan 2030-yilda global ishlab chiqarish qo‘shilgan qiymatining deyarli yarmini egalashni rejalashtirgan.

Arzon ishchi kuchi va hukumat tashabbuslari Xitoyni ishlab chiqarish qudratiga aylantirishda asosiy drayver rolini o'tib beradi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

25 Dec, 10:07


#Kochmas_Mulk
Ko‘chmas mulk ijarasiga talab tarixiy minimumlarga tushib ketdi.

AQSHda ijaraga bo‘lgan takliflar soni noyabr oyida 6,8%gacha ko‘tarilib ketdi, bu 2020-yil iyul oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkich (ushbu ko‘rsatkich 2017-yil sentyabr oyida qayd etilgan ko‘rsatkichlar bilan ham mos keladi).

Bunday sezilarli pasayishdan so‘ng, so‘nggi 3 yil ichida ijara uchun bo‘sh joylar soni 3%ga oshgan.

Ijara uchun bo‘sh yotgan joylarning eng yuqori ko‘rsatkichlari Janubiy va O‘rta-g‘arbiy hududlarda mos ravishda 8,5% va 6,9% ni tashkil etar ekan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

25 Dec, 06:28


#Qarz
2024-yilda 102 trillion dollarlik global qarzni vizual ko‘rinishi.

Global miqyosda davlat qarzi 2015-yilda 49,7 trillion dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirga kunga kelib bu 42,4 trillion dollarga oshgan.

36 trillion dollardan ortiq davlat qarzi bilan AQSH qarzi (globaldan 34.55%) keyingi eng yuqori mamlakat qarzining ikki baravaridan ko‘prog‘ini tashkil qiladi (Xitoy 16,5 trillion dollar).

Xitoyning davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 90%ini tashkil etadi, bu o‘n yil oldingi 40%dan 2 barobar yuqori.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

25 Dec, 04:10


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

24 Dec, 17:32


Jahon Insights pinned «Real treyding (investitsiyada) tajribangiz qanday?»

Jahon Insights

24 Dec, 09:54


Ma'lumotlarga (kontentga) oid qo‘shimcha takliflaringiz bormi? (izohlarda yozing)

Jahon Insights

24 Dec, 09:54


Kanalda nimani yaxshilashimizni xohlaysiz? (izohlarda yozing)

Jahon Insights

07 Dec, 08:41


🕯 23 - dekabrda boshlanadigan Treyding o'quv dasturimizga 30% chegirmada qo'shilish uchun bugun oxirigi imkoniyat!

Bugungi kundagi moliyaviy muammolarga to'g'ri yechim berib undan qutilish o'rniga ertagalikga qoldiramiz. Lekin bu bilan muammo yo'q bo'ldi degani emas, ertaga ham baribir shu muammoga javobgar shaxs bu - o'zimiz (Faqat ertaga bu muammo kattaroq bo'ladi)

🔣 Joy band qilish
Ma'lumot uchun: trading.uplift.uz

Jahon Insights

07 Dec, 08:40


#Energiya
Chevron kelgusi yilda slanes qazib olishni kengaytirish bo‘yicha rejalarini qisqartirib, pandemiya davridan beri eng yirik kapital xarajatlarni qisqartirishini ma’lum qildi. Kompaniyaning bu qarori neft narxi pasayishi va jahon bozorida taklifning oshib ketishi xavotirlari tufayli sodir bo‘lmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

07 Dec, 06:22


'Hafta aksiyasi'
90 soniyada yangi aksiya bilan tanishing~


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

Jahon Insights

07 Dec, 06:21


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 13:31


#Tezkor_Xabarlar #Makro_Korsatkichlar #Ishsizlik_Darajasi
⚡️⚡️⚡️Bandlik ma'lumotlari

AQSH mehnat statistikasi byurosi ma'lumotlariga ko'ra, ishsizlik darajasi noyabr oyida 4.2%ni tashkil etgan (prognoz 4.2%).

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 12:18


#Prognoz #Makroiqtisodiy_Malumotlar
Bugun (18.30da) 2024-yilda eng so‘nggi muhim ma’lumotlar e’lon qilinadi, ular Federal Zaxira Tizimining dekabr oyida stavkani pasaytirishi yoki saqlab qolishini hal qiladi. Quyida ehtimoliy ssenariylar berilgan:

- Kuchli hisobot (NFP > 250K, Ishsizlik darajasi < 4.0%).
Federal zaxira dekabr oyida stavkani saqlab qoladi. Aksiyalar va oltinning (ya’ni riski baland aktivlar) tushishi, obligatsiyalar va dollarning o‘sishi.

- Ideal hisobot (NFP 50-250K, Ishsizlik darajasi 4.0-4.3%)
Federal zaxira dekabr oyida stavkani pasaytiradi. Aksiyalar va oltinning me’yorda o‘sishi, dollarning biroz pasayishi.

- Kuchsiz hisobot (NFP < 50K, Ishsizlik darajasi  > 4.3%)
Dekabr oyida stavkaning pasayishi kafolatlanadi, "qattiq qo‘nish" ehtimoli ortadi. Aksiyalar, obligatsiyalar va dollarning pasayishi, oltinning o‘sishi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 10:16


#Qiziqarli_Malumotlar
Topdown Charts ma’lumotlariga ko‘ra, investorlarning kayfiyatini o‘lchaydigan Euphoriameter ko‘rsatkichi rekord darajadagi 1,1 punkt chizig‘ini kesib o‘tibdi.

Ushbu ko‘rsatkich S&P500ning Forward P/E, Volatility Index, va investorlarning buqa sentimentini ifodalaydi. Euphoriameter so‘nggi ikki yil ichida bozor kayfiyati retsessiya tubidan eyforiya darajasigacha ko‘tarilganini ko‘rsatmoqda.

Bunga S&P500ning ikki yil ichida 50%ga o‘sishi va 56 marotaba yangi cho‘qqilarni o‘rnatishi dalil bo‘loladi. Buning natijasida Euphoriameter keskin o‘sishni va 2000-yilgi Dot-Com pufakchasidagi rekord nuqtasidan oshib ketishini ko‘rishimiz mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 10:16


#Fond_Bozori
Bank of America strategi Michael Hartnettning so‘zlariga ko‘ra, AQSH aksiyalari va kriptovalyutalaridagi kuchli ralli "ko‘pikli" ko‘rinishga kelib qoldi.

Ushbu strategning fikricha, 2025-yil boshida "overshoot" xavfi juda yuqori. "Bloomberg" ma’lumotlari esa, S&P500 aksiyalari narxining balans qiymatiga nisbati joriy yilda 5,3 gacha ko‘tarilib, 2000-yil mart oyida texnologik pufakning cho‘qqisida erishilgan 5,5 nuqtasiga juda ham yaqin kelganini xabar bermoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 06:18


#Suniy_Intellekt
Jeff Bezos Amazon Sun’iy Intellekt (SI) salohiyatini oshirish maqsadida kompaniyaga qaytib, vaqtining 95% shu ishga sarflayotganini ma’lum qildi. Amazon asoschisi ta’kidlashicha "SI bu hamma narsani yaxshilash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan imkon beruvchi qatlam, U hamma narsada bo‘ladi."

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

06 Dec, 05:18


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Dec, 15:01


🤔 Siz treyding bilan shug'ullanishni istaysiz lekin qayerdan boshlashga ikkilanyapsiz.. Balki treydingni boshlagansiz lekin juda ko'p ma'lumotlardan chalkashib ketgansiz yoki aniq yo'nalish topa olmay daromadga chiqa olmayotgandirsiz. Halollik bo'yicha ham savollaringiz bo'lsa kerak...

Siz 90 kunlik treyding dasturimiz bilan bu muammolarning hammasiga javob topasiz. Aksiyalar bilan halol treyding qilishni batafsil o'rganib, o'zingizga ishonch bilan qo'shimcha daromad qilishni boshlay olasiz.

Batafsil ma'lumot uchun:
📞 TEL: 78-113-72-73
✍️ Zayavka qoldirish
🌎 SAYT: trading.uplift.uz


↗️ @upliftuz

Jahon Insights

05 Dec, 14:33


#Fond_Bozori #Qiziqarli_Malumotlar
Kechki (overnight) savdosida ko‘proq daromad olish mumkinligini bilarmidingiz?


AQSH Fond bozorida aksariyat daromad kechki (overnight) paytki savdolarda sodir bo‘lar ekan. Umumiy statistika qilinadigan bo‘lsa, AQSH indeksi 1993-yildan beri kechki savdolarda ko‘rilgan daromadlar qiyoslaganda o‘rtacha 1090,2%ni, shu bilan bir paytda, odatiy bozor paytida bu 15.9%ni tashkil etgan ekan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Dec, 11:06


#Fond_Bozori #Atamalar
Market timing.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Dec, 06:43


#Qiziqarli_Malumotlar
Bigtech CEOlari shaxsiy xavfsizligiga sarf-xarajatlari (2023-yilda):


1. Mark Zuckerberg (Meta rahbari) - 23.4 million dollar
2. Sundar Pichai (Alphabet rahbari) - 6.8 million dollar
3. Ilon Musk (Tesla rahbari) - 2.4 million dollar
4. Jensen Huang (Nvidia rahbar) - 2.2 million dollar
5. Tim Cook (Apple rahbari) - 800 ming dollar

Ushbu raqamlar real emasdek tuyulishi mumkin, ammo, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda ikki shaxsiy qo‘riqchining kecha-yu kunduz qo‘riqlashi yiliga 1 million dollarga aylanishi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Dec, 04:56


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Dec, 13:46


#Xomashyolar #Taqiq
Navbatdagi tijorat cheklovlari

Xitoy yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishda va harbiy maqsadlarda ishlatiladigan bir nechta minerallar va "ikki maqsadli" metallarni AQShga yetkazib berishni taqiqladi, bu Pekinning Vashington tomonidan eksport cheklovlariga tezkor javobi bo‘ldi.

Ushbu royhatga ko'ra endilikda galliy, germaniy, surma va o‘ta qattiq materiallarni eksport qilish taqiqlangan, shuningdek, Pekin grafit mahsulotlaridan foydalanish ustidan ham qattiqroq nazorat o‘rnatmoqchi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Dec, 10:14


#Infografik
Amerikaliklar bayram kunlari qayerda xaridlarni amalga oshirishadi


Ushbu suratda 2024-yilgi ta’til mavsumida AQSH iste’molchilari qayerda xarid qilishni rejalashtirayotgani ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Dec, 07:29


#Makroiqtisodiy_Malumotlar #Mehnat_Statistikasi
JLOTS malumotlari

Oktyabr oyida AQSh bo‘sh ish o‘rinlari soni kuchli o‘sish suratiga (7.744 millionni tashkil etgan), shu bilan birga ishdan bo‘shatishlar 1,5 yildan beri eng kichik ko‘rsatkichiga ega bo‘lib, AQSH mehnat bozorining tartibli ravishda ravonlashayotganiga ishora berdi.

JOLTS hisobotiga ko‘ra, ish beruvchilar, shunga qaramay, yangi ishchilarni yollashda ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda ekan. Past darajadagi ishdan bo‘shatishlar iqtisodiyotni va mehnat bozorini barqaror ushlab turishda kuchli fundament bo‘lib beradi, yuqori maoshlar esa iste’molchini xarajatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mehnat ma’lumotlari iqtisodiyot, shuningdek, Federal Zaxira Tizimi (FZT) uchun muhim rol o‘ynaydi. Undagi xar qanday o‘zgarish, rasmiylarning kechiktirilmagan harakatiga asos bo‘ladi va u hozirgi o‘lib borilayotgan murakkab monetar siyosatida eng ustuvor ko‘rsatkichdan biri hisoblanadi va FZT maqsad qilgan 2% inflyatsiya ko‘rsatkichiga yetib borishda to‘g‘riman to‘g‘ri ta’sirga ega.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Dec, 05:09


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Dec, 12:41


#Texnologiya
Supermicro kompaniyasi moliya bo'limini qayta tashkillashtirmoqchi.

Super Micro Computer kompaniyasi (SMCI), moliya rahbari (CFO) lavozimiga yangi nomzod izlashni boshladi. Bu qaror, kompaniyaning hisobot va moliyaviy nazorati bo‘yicha o‘tkazilgan mustaqil tekshiruv natijalariga asoslangan. Tekshiruvda firibgarlik yoki boshqaruvda xatoliklar aniqlanmagan bo‘lsa-da, qo‘mita CFOning mas’uliyatidagi ba’zi kamchiliklarni topgan, masalan, ba’zi eski xodimlarning qayta yollanishi haqida auditorni tezda xabardor qilmaslik. Xabarlar natijasida kompaniyaning aksiyalari kechagi savdo sessiyasida deyarli 29% o‘sish bilan yopildi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Dec, 09:59


#Makroiqtisodiy_Korsatkichlar #PMI
Ishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi 8 oy pasayib kelganidan so‘ng ko‘tarildi.


Ta’minotni boshqarish instituti ma’lumotlariga ko‘ra, ishlab chiqarish xarid menejerlari indeksi noyabr oyida prognozdan yaxshiroq natijaga ko‘rsatgan, so‘ngi 5 oylik maksimumigacha ko‘tarilib 48.4ni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich so‘ngi 9 oy ichidagi eng yaxshi natijaga bo‘lishiga qaramay, 50 chizig‘idan pasti mamlakatda ishlab chiqarishda pastligidan darak beradi.

Bunga ko‘ra, so‘ngi oyda atigi 3ta sanoat o‘sish suratini taqdim etgan, bular kompyuter va elektron uskunalar, asboblar va butlovchi qismlar, biroq transport uskunalari, mashinalar, boshqa turdagi ishlab chiqarishlar, kimyoviy mahsulotlar va birlamchi metallar aksincha natija ko‘rsatgan.

Ba’zi jihozlar ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, qurilishning sekinlashishi "tayyor mahsulotning ortiqchasini yaratib va Milod bayrami davrida qo‘shimcha ikki haftalik to‘xtash zaruratini keltirib chiqardi." Qayta ishlangan metall buyumlar ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, mijozlar ombordagi zaxira darajalarini qisqartirmoqdalar va "2025-yil uchun dastlabki prognoz sezilarli darajada pasaytirmoqdalar."


@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Dec, 06:10


#Sud_Davosi #Tesla
Sud yana rad etdi.


Delaver sudi Elon Muskning Tesla kompaniyasidagi $56 milliardlik maoshini yana rad etdi. Sudya Kathaleen McCormick, Tesla aksiyadorlari iyun oyida kompaniya rahbarining mukofot paketini qayta tiklashga ovoz bergan bo‘lsa-da, uni hali ham haqqoniy emas deb hisoblamoqda. Sud qaroriga ko‘ra, Muskning maoshi haddan tashqari katta va kompaniya boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan.

Musk, bu qarorni "aksiyadorlar kompaniya qarorlarini qabul qilishi kerak, sudyalar emas", deb tanqid qildi. Tesla esa suddan bu qarorni bekor qilishni so‘radi, chunki aksiyadorlarning katta qismi bu paketni tasdiqlagan. Biroq, sud kompaniyaning tasdiqlagan yangi ovozlarni qabul qilmaslikka qaror qildi, chunki bu tasdiqlash jarayoni suddan oldin bo‘lishi kerak edi deya javob berdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Dec, 04:46


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Dec, 11:42


#Infografik
Startaplar yakkashox bo‘lishi uchun necha raund kerak bo‘ldi.


Spirel startupi 1857-yil tashkil topganini inobatga olgan holda, uning 18ta raundi unchalik katta raqam deb hisoblamasa ham bo‘laveradi. Ushbu startup iste’molchilarga tabiiy gazni yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Dec, 10:20


#Fond_Bozori #Atamalar
Return on Investment (ROI)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Dec, 07:16


90 kun ichida aksiyalar bilan treydingni 0 dan o‘rganib, mustaqil va muvaffaqiyatli treyd qilish darajasiga erishing

↗️ Uplift Trading 90 kunlik dasturi sizga fond bozorida muvaffaqiyatli bo‘lish uchun barcha kerakli bilim va ko‘nikmalarni beradi:

Faqat halol aksiyalar bilan treyding strategiyalari;
Bosqichma-bosqich olib boriladigan interaktiv va tizimli darslar;
Onlayn+oflayn formatidagi masterklasslar, real vaqtdagi savdolar;
Riskni minimallashtirib barqaror daromad olish.

💥 Endilikda bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!

🏆 Asosiy maqsadimiz – Riskni minimallashtirgan holda halol yo’llar bilan sizni jozibador daromadga olib chiqish.
Moliyaviy mustaqillik sari birinchi qadamni bugundan tashlang!

🌐 Batafsil: trading.uplift.uz

Kurs boshlanishi: 23-dekabr. Joylar soni cheklangan, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

Jahon Insights

02 Dec, 06:17


#Indeks #SP500
S&P500 o‘tgan oyda (noyabr) 12 oydan beri eng katta o‘sishni qayd etdi va deyarli 6%ga ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich, so‘nggi 4 oylik osish natijasidan ham ko‘proq va 2023-yil noyabridan keyin bo‘lgan eng katta o‘sish. Ushbu AQSH fond indeksi 2023 yil oktyabr oyidan olib qaraganda esa 47% ga o‘sgan, so‘nggi 2 yilda esa 25% dan yuqori yillik o‘sish sur’atiga ega. Shuningdek, indeks ilk bor $50 trillion bozor kapitalizatsiyasini yengib o‘tdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Dec, 05:04


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:

Dushanba (02.12):
20:00 - Ishlab chiqarishdagi xarid menejerlari indeksi ***

Seshanba (03.12):

01:15 - Christopher Waller nutqi
02:30 - John Williams nutqi
20:00 - AQSH Mehnat statistikasi byurosining vakansiyalar soni ***
22:35 - Adriana Kugler nutqi

Chorshanba (04.12):
01:45 - Austan Goolsbee nutqi
20:00 - Noishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi ***
23:45 - Jerome Powell nutqi ***

Payshanba (05.12):

00:00 - Bej kitobi
02:30 - Thomas Barkin nutqi

Juma (06.12):
16:30 - Nofermerlik ish haqi (NFP) ***
16:30 - AQSH ishsizlik darajasi ***
17:15 - Michelle Bowman nutqi
18:30 - Austan Goolsbee nutqi
21:00 - Mary Daly nutqi

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Dec, 12:37


#Moliya_Bozorlari #Hafta_Yakuni
Bizning navbatdagi moliya bozorlari haqidagi haftalik sharhimiz Kun.uz da chop etildi.

https://kun.uz/kr/73591491

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Dec, 08:53


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Ikkilamchi iste'mol +3.08%
🔼Sog'liqni saqlash +2.85%
🔼Ko'chmas mulk +2.70%
🔼Birlamchi iste'mol +2.53%
🔼Sanoat +2.33%
🔼Moliya +2.23%
🔼Aloqa xizmatlari +1.34%
🔼Kommunal xizmatlar +0.98%
🔼Xomashyo +0.78%
🔼Texnologiya +0.21%
🔽Energiya -1.05%

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Dec, 08:52


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

01 Dec, 08:52


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Nov, 15:14


🎞 Jonli efirga quyidagi havola orqali qo'shiling. Efir Youtubeda bo'ladi:

https://www.youtube.com/live/hJDw1gPpK6I?si=KxwH8FnA4vw6W31_

Jahon Insights

30 Nov, 10:18


🎤Bugun jonli efir bo'lib o'tadi!
Soat 20:00 da boshlanadi.

Jonli efir mavzulari:
🔹Sotib olishga nomzod aksiyalarni topish usullari;
🔹Aksiyadan daromadni maksimal olib qolish yo'llari;
🔹Treydingni kichik summa bilan boshlash;
🔹Prop schetlar va alternativlar;
🔹Sizning savollaringizga javoblar.

Jonli efirda javob olmoqchi bo'lgan savollaringizni ushbu post ostida yozib qoldiring~


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

Jahon Insights

21 Nov, 12:49


#Goldman_Sachs #SP500
Goldman Sachsning so‘nggi prognoziga ko‘ra, bank tahlilchilari S&P500 indeksining 2025-yilga kelib 6500 punktgacha o‘sishini prognoz qilmoqda. Bunday optimistik prognoz uchun asos indeksga kiruvchi kompaniyalar korporativ daromadlarining kutilayotgan barqaror o‘sishi hisoblanmoqda deyishdi bankdagilar.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Nov, 10:32


📘 "2025-yilda yuqori o'sishi kutilayotgan top 7 aksiyalar" elektron kitobini quyidagi bot orqali bepul olishingiz mumkin:

BOT ➡️ @uplift_trading_bot


↗️ @upliftuz

📹 Javlon Otaqulov

Jahon Insights

21 Nov, 08:29


#Fond_Bozori #Atamalar
Price target (Maqsadli narx)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Nov, 06:07


#Choraklik_Hisoboti
Nvidia choraklik hisoboti.

Kompaniya navbatdagi chorakda 35.1 milliard dollar daromad qilganini bayon qildi (sof foydasi esa rekord darajadagi 19,3 milliardga yetdi, bu bir yil avvalgi 9.2 millilardan 2 barobar ko‘p). Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning barcha segmentlari hayratlanarli o‘sishni taqdim etishda davom etmoqda.

Kompaniya rahbari ma’lum qilishicha kompaniyaning yangi yo‘nalishlarga investitsiyalar, jumladan robototexnika, Blackwell va boshqa muntazam kengayib bormoqda, bu bo‘yicha yaqin kelajakda katta natijalar kutayotganini aytdi.

Shunga qaramay kompaniya aksiyalari biroz pasaydi, bunga sabab yalpi foydasi bir necha ketma-ket pasayishi va kelgusi chorakka bo‘lgan prognoz bozor ishtirokchilarning kutilmalaridan biroz farq qilgani.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

21 Nov, 04:40


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 14:30


#Fond_Bozori
Muhim korporativ xabar, Nvidianing choraklik hisoboti!

Bugun kechasi, asosiy bozor vaqtidan so‘ng, Nvidia 3-ichi chorak hisobotini taqdim etishi kutilmoqda. Hammaga ma’lum, Sun’iy Intellekt haypidan eng katta manfaat topgan Nvidia hozir fond bozorida eng muhim kompaniya hisoblanadi va ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra uning aksiyasining narx harakati S&P500 ko‘rsatkichining 20% tashkil etishi mumkin. Buni inobatga olgan holda, navbatdagi choraklik hisobotining natijasi AQSH fond bozorining yaqin kelajakdagi harakatini belgilab berishi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 11:30


#Oltin
Oltin fondlar o‘tgan haftada rekord darajadagi pul oqimi chiqib ketishini qayd etdi.

Bunga ko‘ra, fondlar 2022-yil iyul oyidan beri eng ko‘p, ya’ni 1,6 milliard dollarlik chiqib ketishni qayd etgan. Bu, so‘nggi o‘n yil ichida eng katta haftalik pul chiqishlardan biri deyilmoqda xabarlarda.

Natijada, texnik korreksiya oqibatida ikki hafta ichida oltin narxi ~7%ga tushib ketdi. Shunga qaramay, Oltin hanuzgacha yil boshidan 24%lik natijaga ega va bu ko‘rsatgich asrning eng yaxshi yillaridan birini qayd etish arafasida.


@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 08:04


#Fond_Bozori
Bozor kayfiyati: chakana investorlar o‘n yilliklar ichida eng yuqori buqasimon qarashga ega.

So‘rovnomaga ko‘ra so‘ngi 12 oylik buqa/ayiq spredi noyabr oyida ~20 punktga ko‘tarilib, 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Buni 2023-yil boshidan olib qaraganda u 40 punktga o'sganini ko‘rishimiz mumkin.

So‘rovnomada aytilishicha buqalar kayfiyatining bu kabi tez o‘sishini oxirgi 36 yil ichida bunchalik kuchli hali bo'lmagan. Bu, bozor asrning eng keskin pasayishlaridan birini boshdan kechirganidan keyin sodir bo‘ldi, va S&P 500 2023-yil boshidan beri 54% ga ko‘tarildi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 06:09


#Infografik #Qiziqarli_Malumotlar
Avtomobillar, dori-darmonlar, neft va texnologiya: Amerikaning asosiy importi

Ushbu suratda 2023-yilda Qo‘shma Shtatlarga eng ko‘p import qilingan 10 ta tovarning import qiymati ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 06:08


#Infografik #Qiziqarli_Malumotlar
Amerikaning asosiy import hamkorlari

Ushbu suratda 2023-yilda AQShning eng muhim import hamkorlaridan importi ko‘rsatilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

20 Nov, 05:07


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Nov, 12:52


#Fond_bozori
S&P500 ETFiga (ya’ni $SPY) so‘nggi 9 kun davomida 2014-yildan beri eng uzun pul oqimi kirib kelishi kuzatildi, investorlar saylovdan keyingi xaridlar davomida $SPY ga jami 18 milliard dollar sarmoya kiritganligi xabar berilmoqda. Bu 2000 yildan beri $SPY faqat 9-10 kun davomida pul oqimi ko‘paygan 4 ta davrni boshdan kechirdi: 2007, 2013, 2014 va 2016 yillarda. So‘nggi 13 oy ichida esa S&P 500 bozor kapitalizatsiyasi 15 trillion dollarga oshdi, bu haqiqatan ham misli ko‘rilmagan holat.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Nov, 10:20


#Fond_Bozori
JPMorganning ma’lumotlariga ko‘ra, chakana investorlar tang ahvolda.

2024-yil boshidan beri o‘rtacha chakana investor faqat 3,7% foyda ko‘rgan, bunga nisbatan esa, S&P 500 indeksi 25% o‘sib, 88 yil ichida eng yaxshi saylov yili ko‘rsatkichiga erishishga muvaffaq bo‘ldi. Bu chakana investorlarning, 2015-yildan beri indeks ikki xonali rentabellikni ko‘rsatgan har qanday yil uchun, eng yomon yillik natijasi hisoblanadi. Bozorning pasayishi paytida noto‘g‘ri vaqtda amalga oshirilgan operatsiyalar esa bu chakana investorlar uchun potensial foydaning aksariyat qismini yo‘qotishga olib keldi. Ushbu yil chakana investorlar S&P 500 ga nisbatan to‘rtinchi yil ketma-ket kam rentabellikni ko‘rsatmoqda. Institutsional investorlar esa bu o‘sishdan foyda olisda davom etmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Nov, 06:29


#Goldman_Sachs #Oltin
Oltin, avgust oyidan beri, eng keskin bir kunlik ko'tarilishni qayd etdi. Bunga sabab Goldman Sachsning bu aktivga nisbatan buqasimon qarashi va kelgusi yilda bir unsiya narxi 3000 dollarga yetishi haqidagi prognozi, bozor ishtirokchilariga o'sish uchun yangi to'lqinini taqdim etdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

19 Nov, 04:46


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

18 Nov, 14:51


#Infografik #Qiziqarli_Malumotlar
Yaponiyaning Top-8 yillik daromadi bo‘yicha kompaniyalar ro‘yxati.

Ushbu suratda kompaniyalar moliyaviy yili 2024 yil mart oyida tugagan kompaniyalar ko‘rsatilgan va undagi raqamlar milliard dollarda nazarda tutilgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

18 Nov, 12:31


#Oltin
Trump g‘alabasi oltinga talabni so‘ndirmoqda.

Donald Trumpning g‘alabasi bozorlarni ko‘tardi, Bitcoin va aksiyalarni o‘sishiga yordam berdi biroq bu oltin ko‘tarilishini qo‘llab-quvvatlamadi.

Saylovdan keyin ikki kun ichida oltinning narxi 7% ga tushib, so‘nggi 13 ta prezidentlik saylovlaridagi eng katta pasayishni qayd etdi. Oltin saylovlardan oldin 30% ga o‘sib, rekord yangilab kelayotgan edi, ammo Trumpning g‘alabasi va uning siyosiy kursi oltinning xavfsiz aktiv sifatidagi jozibasini kamaytirdi.

Trumpning qayta saylanishi bilan dollar kuchaydi va AQSH iqtisodiyotiga katta umidlarni taqdim etib, shu orqali investorlarni oltindan uzoqlashtirdi. Federal Zaxiraning foiz stavkalarini pasaytirishga shoshilmasligi ham oltinning narxini pasaytirishga ta’sir ko‘rsatdi.

Biroq, Trumpning soliq va tarif siyosati inflyatsiyani oshirish ehtimoliga ega, va kelajakda oltinga talabni qaytarishi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

18 Nov, 09:33


#Fond_Bozori #Atamalar
Intrinsic value (Ichki qiymat)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

15 Nov, 08:38


#Soliq_imtoyozlari #elektromobillar
Trump jamoasi Bidenning elektromobillarga soliq imtiyozini bekor qilmoqchi.

Prezidentlik saylovlarda g'alaba qozongach, Donald Trumpning jamoasi kengroq soliq islohoti doirasida elektromobillar uchun $7,500lik soliq kreditini (imtiyozini) bekor qilishni rejalashtirmoqda.

Soliq kreditining bekor qilinishi AQSHda elektromobillarga o‘tishni sekinlashtirishi mumkin. Biroq, Tesla vakillari Trump jamoasiga subsidiya bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlashlarini aytgan.

Tesla rahbari Ilon Musk bu borada iyul oyida subsidiya bekor qilinsa, Tesla savdosiga ozgina zarar yetishini aytgan, ammo bu shu tarzda General Motors kabi raqobatchilar uchun "halokatli" bo‘lishini ta’kidlagan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

15 Nov, 06:13


#Federal_Zaxira_Tizmi
Jerome Powell: Kuchli iqtisodiyot sharoitida Federal Zaxira Tizmi (FZT) stavkalarni pasaytirishga shoshilmasligi kerak.

FZT raisi Jerome Powell, AQSh iqtisodiyoti kuchli o‘sishda davom etayotgani, mehnat bozori barqarorligi va inflyatsiyaning 2%dan yuqori bo‘lishi sababli, FZTning foiz stavkalarini tezda pasaytirishga hojat yo‘qligini aytdi. Uning aytishicha, inflyatsiya 2% ko‘rsatkichi sari to‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda va qaysidir paytga kelib FZT monetar siyosatini asta-sekin neytral holatga o‘tkazishiga ishonadi.

Shuningdek, Powell iqtisodiyotda hozircha Fedni stavkalarni pasaytirishga majbur qiladigan xavf yo‘qligini, aksincha, agar iqtisodiy ma’lumotlar sekinlashishni ko‘rsatsa, bu holatda sekinroq yondashish maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidladi.

Biroq, shunga qaramay, Trump yangi ma’muriyatining iqtisodiy siyosatlari, xususan tariflar va immigratsiya bo‘yicha qarorlar iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini kuzatish kerak dedi Jerome Powell o‘z nutqida.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

15 Nov, 04:44


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

14 Nov, 13:54


#Infografik #Tesla
Teslaning energiya ishlab chiqarish va saqlash segmentidagi daromadi.

Ko‘pchilik bilmasligi mumkin, lekin elektromobillardan tashqari, Tesla turli iste’molchilar uchun - zavodlardan tortib xususiy uylargacha - energiya omborlarini ishlab chiqarish biznesiga ega.

Eng qizig‘i shundaki, bu biznes elektromobillar sotishdan ko‘ra ko‘proq daromad keltiradi. Uning yalpi foyda marjasi 31%, elektromobillar savdosida esa marja hozir 16%ni tashkil etadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

14 Nov, 10:38


#Federal_Zaxira_Tizmi
Federal Zaxira Tizmi balans qisqarishda davom etmoqda.

Federal Zaxira Tizmi (FZT) balansining balansi 2020 yil avgustidan beri birinchi marta 7 trillion dollar chizig'idan pastga o'tib oldi. So'ngi hisobotda aytilishicha, oktyabr oyida FZT aktivlar portfelini 53 milliard dollarga qisqargan ( va endilikda 6,99 trillion dollarni tashkil etgan).

Endilikda, FZT balansi 2022-yil mart oyidagi eng yuqori cho‘qqisida 1,97 trillion dollarga qisqartirgan, biroq bu hali ham pandemiyadan oldingi darajadan, ya'ni 2,85 trillion dollardan kam.

Pandemiya davridagi rag‘batlarntirish effektini tuzatish ishlari hali uzoq davom etishi mumkin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

14 Nov, 06:38


#Suniy_Intellekt
AQSHda ma’lumot markazlari qurilishiga investitsiyalar ikki yil ichida ikki baravarga oshdi. Bu o‘sish 2022-yil oxirida, ChatGPT shov-shuvidan keyin boshlangan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

14 Nov, 04:35


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

13 Nov, 15:55


#Indeks #SP500
S&P500da yana bir rekord.

AQSH indeksi so‘nggi 88 yildagi eng yaxshi saylov yilini e’lon qilish arafasida turibdi, bunga ko‘ra S&P500 yil boshidan bugungi kungacha 26%ga ko‘tarilib, avvalgi 3ta saylov natijalarini birlashtirgandanam ko‘proq o‘sishga sazovor bo‘ldi.

Bu, shuningdek, S&P tarixdagi uchinchi saylov yili bo‘lib, undagi o‘sish ko‘rsatkichlari 1936 va 1980-yillar kabi 20% dan oshgan. Shu bilan birga, S&P 500 2024-yilda 50dan ortiq cho‘qqilarini yangilashga muvaffaq bo‘lgan, bu 2017-yildan beri ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

13 Nov, 13:32


#Tezkor_Xabarlar #Makro_Korsatkichlar #Inflatsiya
⚡️⚡️⚡️ Inflyatsiya ma'lumotlari

AQSH iqtisodiy statistikasi byurosi malumotlariga ko'ra, Consumer Price Index (CPI) oktyabr oyida 2.6% ni tashkil etdi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

13 Nov, 10:23


#Fond_Bozori #Atamalar
IPO (Dastlabki ommaviy taklif)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

13 Nov, 06:12


#Kun_Iqtibosi
"Hayotda va fond bozorida qiyin paytlarda xotirjamlikni saqlash, eng katta mukofotga olib keladi"

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

13 Nov, 05:04


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

12 Nov, 13:06


#Xitoy
Xitoy investorlar pulini rekord darajada yo‘qotmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilning 3-choragida investorlar Xitoydan 8,1 milliard dollar mablag‘ini olib chiqib ketgan. Shunga qaramay, yillar davomida Xitoyda chiqib ketgan investorlar mablag‘i jami 12,8 milliard dollarni tashkil etmoqda, bu 1998-yildan beri eng ko‘p.

Xitoy 1990-yildan beri to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning yillik sof chiqishi va iqtisodiyoti 2008-yilgi moliyaviy inqirozdan keyingi eng katta pasayishni boshdan kechirmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

12 Nov, 10:05


#Qiziqarli_Malumotlar
Pul psixologiyasi (The Psychology of Money):

"Ishlar hayratlanarli darajada yaxshi ketayotgan bo‘lsa, bu hali katta xursandchilik uchun sabab emasligini tushunishingiz kerak. O‘zingizni yengilmas deb hisoblamang. Agar muvaffaqiyatingizga omad sabab bo‘lganini bilsangiz, u egizak akasi borligini unutmang - xavf, u bir zumda hayotingizni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

To‘g‘ri, bu qoida teskari tomonga ham ishlaydi. Muvaffaqiyatsizlik yomon o‘qituvchi bo‘lishi mumkin, chunki u odamlarni avvalgi qarorlarini noto‘g‘ri deb hisoblashga majbur qiladi, aslida esa hamma gap faqat omadsizlikda"

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

12 Nov, 06:49


#Qiziqarli_Malumotlar
Tabiiy resurslar qiymati bo‘yicha yetakchi mamlakatlar.

Suratga ko‘ra Rossiya 1 o‘rini egallab uning taxminiy zaxiralari 75 trillion dollarga baholangan va boshqalarga nisbatan katta farq bilan yetakchilik qiladi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

12 Nov, 04:21


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

11 Nov, 12:57


#Ikkilamchi_Istemol
Audi ish o‘rinlarini qisqartirish haqida e’lon qildi.

Kompaniya xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha shoshilinch choralar maqsadida xodimlarning 15%i, ya’ni 4,5 mingga yaqin ish o‘rinlarini yo‘q qilishi  haqida xabar berdi.

Kompaniyaning bu agressiv qarori choraklik daromadlar keskin (91%ga) qulashi bilan bog‘liq. Bunga ko‘ra, Audi joriy yilning 3-ichi choragida 106 million daromad ko‘rgan, taqqoslash uchun 2023-yilda (ya’ni oldingi yil) bu 1,2 milliardni tashkil etgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

11 Nov, 09:53


#Fond_Bozori #Atamalar
Bozor Kayfiyati (Market Sentiment)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Nov, 14:25


#Makroiqtisodiy_Korsatkichlar #Inflyatsiya
Inflyatsiya AQSHda farzand katta qilishni hashamatga aylantirib yubordi.

So‘nggi 40-yil ichida bolalarni parvarish uchun bo‘lgan xarajatlar 873% ga oshgan, bu boshqa asosiy yashash xarajatlari toifalaridan sezilarli darajada yuqori. Taqqoslash uchun uy-joy, oziq-ovqat va transport inflyatsiyasi mos ravishda 350%, 332% va 268% ga oshgan. Shu bilan birga, ushbu davrda butun mamlakat bo‘ylab iste’mol narxlari indeksi 315%ga oshgan, bu bola parvarishi inflyatsiyasidan yarmiga kam.

Natijada, AQSHning aksariyat hududlarida kunlik bola parvarishi yillik xarajatlarini uy xo‘jaliklarining o‘rtacha daromadining 15%ini talab qiladi, ba’zilarida esa 25%ga yaqin.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Nov, 10:15


#Texnologiya
Alphabet (Google/Youtube) daromadi va sarf-xarajatlarining infografikasi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Nov, 07:15


#Makroiqtisodiy_Korsatkichlar
Ishlab chiqarish sektori zaiflashib bormoqda.

Ta’minotni boshqarish institutining ishlab chiqarishning xarid menejerlari indeksi shuni ko'rsatmoqdaki oktyabr oyida bu 47,2 dan 46,5 punktgacha qisqardi. Indeks kutilgan natijani 47,6 punktdan sezilarli darajada ortda qoldi.

AQSH ishlab chiqarishi so‘nggi 23 oydan 22 oyida qisqarib, tarixdagi ikkinchi eng uzoq pasayishni davom ettirdi. Shu bilan birga, xarajatlar sentyabr oyida 48,3 punktdan 54,8 punktgacha ko‘tarildi, so‘nggi 10 oy ichidagi 9-oy kengayishi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

05 Nov, 04:54


#Fond_Bozori #Indekslar
📌Eslatib o'tamiz, bugun AQSH prezidentlik saylovlari bo'lib o'tadi. Bu moliya bozorlarida yuqori tebranuvchanlikni keltirib chiqarishi mumkin!

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Nov, 14:37


#Fond_Bozori #Mashhur_Investorlar
Warren Buffet:

"Boshqalar ochko‘zlik qilayotganini ko‘rsangiz ehtiyot bo‘ling. Boshqalar qo‘rqayotganida esa, ochko‘z bo‘ling"

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Nov, 11:55


#Fond_Bozori
Warren Buffett aksiyalar portfelini jadallik bilan bo‘shatib bormoqda.

Berkshire Hathaway holding portfelidagi 25% Apple va 23% Bank of Amerika aksiyalarini sotib yuborganidan so‘ng uning naqd pul zaxira rekord darajadagi 325,2 milliard dollarga yetdi.

Pastda, Berkshire Hathaway sotuvlarda keyin, 3-ichi chorak oxiri portfeldagi aksiyalar ulushlari ko‘rsatilgan:

Apple - 25.7%
American Express - 15.1%
Bank of America - 11.7%
Coca-Cola - 10.6%
Chevron - 6.4%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Nov, 09:21


#Fond_Bozori #Atamalar
Volatility Index (VIX)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Nov, 07:08


#Oltin #Qiziqarli_Malumotlar
Bloomberg oltin haqida

Oltin shiddat bilan qimmatlashib borishi, AQSH tarixidagi eng qizg‘in saylovoldi qarama-qarshilik bilan bog‘liq. Chunki u boshpana-aktiv hisoblangani tufayli shov-shuvli talabni keltirib chiqaradi.

Bozorlar noaniqlik sharoitida oltinni yaxshi ko‘radi, ayniqsa bu geosiyosiy muammolar bilan bog‘liq bo‘lsa. Oq uyni kim egallashidan qat’iy nazar, ko‘pchilik "oltin yutqazishi mumkin emas", deb hisoblaydi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

04 Nov, 05:05


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:


Dushanba (04.11):
23:00 - 3 yillik obligatsiyalar auksioni **

Seshanba (05.10):

📌AQSH Prezidentlik saylovi kuni
20:00 - AQSH Noishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi (Oktyabr) ***
23:00 - 10 yillik obligatsiyalar auksioni **

Chorshanba (06.11):
23:00 - 30 yillik obligatsiyalar auksioni **

Payshanba (07.11):

23:00 - AQSH Federal Zaxira Tizmining foiz stavkasi qarori ***

Juma (08.11):
00:00 - FOMC bayonoti ***
00:30 - FOMC matbuot anjumani ***
21:00 - Michelle Bowman nutqi **

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Nov, 14:24


#Moliya_Bozorlari #Hafta_Yakuni
Bizning navbatdagi moliya bozorlari haqidagi haftalik sharhimiz Kun.uz da chop etildi.

https://kun.uz/kr/76295132

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Nov, 10:34


Lifestyle (hayot tarzi) inflyatsiya qopqoni

🎞 https://youtu.be/bpmd8OuKKJg


↗️ @upliftuz

Jahon Insights

03 Nov, 09:29


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Aloqa xizmatlari  +1.97%
🔼Ikkilamchi iste'mol  +0.18%
🔽Moliya  -0.20%
🔽Sog'liqni saqlash  -0.75%
🔽Sanoat  -0.77%
🔽Birlamchi iste'mol  -1.47%
🔽Xomashyo  -1.65%
🔽Kommunal xizmatlar  -2.51%
🔽Energiya  -2.58%
🔽Ko'chmas mulk  -2.72%
🔽Texnologiya  -2.83%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Nov, 09:28


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Nov, 09:28


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

03 Nov, 04:44


#Qiziqarli_Malumotlar #Aloqa_Xizmati
1 GB internet turli mamlakatlarda necha pul turadi?

Yirik operatorlar o‘rtasidagi kuchli raqobat past narxlarni keltirib chiqaradigan asosiy omil hisoblanadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Nov, 14:38


#Fond_Bozori #Qiziqarli_Malumotlar
Intel Dow Jones indeksdagi 25 yillik ishtirokidan so‘ng o‘z o‘rnini Nvidiaga bo‘shatib berishi ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra o‘zgarish 8-noyabrdan kuchga kiradi.

Intel kompaniyasi indeksga 1999-yilda qo‘shilganidan beri Intel salbiy o‘zgarishda hayot kechirib kelayotgan edi, NVIDIA esa xuddi shu davrda o‘sish hayratlanarli 338 000% ni tashkil etgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Nov, 10:24


#Fond_Bozori #Choraklik_Hisoboti
MAG7ning 5 ta aksiyasi shu haftadagi choraklik natijalari to‘g‘risida hisobot berdi. Har bir kompaniyaning daromad o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan):

Apple - 94,9 mlrd dollar (+6,1%)
Microsoft - $65,6 mlrd (+16,1%)
Alphabet - $88,3 mlrd (+15,1%)
Amazon - $158,9 mlrd (+11,0%)
Meta - $40,6 mlrd (+18,9%)

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

02 Nov, 05:01


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 15:12


#Texnologiya #Choraklik_Hisoboti
Microsoft 3-ichi chorak hisobotini e’lon qiladi.

Microsoft bugun joriy yilning navbatdagi choraklik hisobotini topshirishi kutilmoqda. Bozor ishtirokchilarining fikriga ko'ra (Morgan Stanley) bu safardagi hujjatda daromad o'sish sekinlashgan bo'lishi mumkin, bunga sabab Suniy Intellektga bo'lgan katta talab va qiziqish fonida kompaniya amalga oshirgan haddan tashqari katta investitsiyalar o'zini juda sekin oqlashi bilan bo'gliq.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 12:30


#Tezkor_Xabarlar #Makro_Korsatkich #YaIM
⚡️⚡️⚡️ Yalpi Ichki Mahsulot (YaIM) ma'lumotlari

AQSH Iqtisodiy tahlil byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, YaIM o‘sish ko‘rsatkichi joriy yilning 3-ichi chorakda 2.8% ni tashkil etdi.

@jahon_insights
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 11:04


#Texnologiya #Choraklik_Hisoboti
Viza daromadi barqaror iste’mol xarajatlari fonida ajoyib hisobotni taqdim etdi.

Visa kompaniyasi sekinlashayotgan iqtisodiyotga qaramay so‘ngi chorakda to‘lovlar hajmi 8%ga o‘sib Wall-Streetning kutilmalaridan yaxshiroq natija taqdim etishga qodir bo‘ldi. "Visa" bosh moliyaviy rahbari Chris Suh aytishicha barcha segmentlarda iste’mol xarajatlari uchinchi chorakka nisbatan barqaror bo‘lganini aytdi.

Biroq, shunga qaramay, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi to‘lovlar hajmining o‘sishi hozirgi iqtisodiy muhit, birinchi navbatda, zaif biznes kayfiyati va uzoq davom etgan ko‘chmas mulk inqiroz bilan kurashayotgan Xitoy tufayli kutilganidan past bo‘lib qoldi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 11:04


#Texnologiya #Choraklik_Hisoboti
Advanced Micro Device hisoboti Wall-Streetni hayratda qoldirolmadi.

AMD kompaniyasi 3-ichi chorak hisobotida ma’lumotlar markazi biznesining daromadi 122% ga oshib, ya’ni, 3,5 milliard dollarni tashkil etganiga qaramay, kelgusi chorakda bo‘lgan chiplar sotuvi bo‘yicha prognozini pasaytirganidan so‘ng, kompaniya aksiyalari post marketda 8%gacha tushib ketdi.

Microsoft, Meta va Google kabi yirik texnologik kompaniyalari tomonidan sun’iy intellekt chiplariga bo‘lgan katta talabga qaramay, AMD va uning raqobatchisi Nvidia chiplar ta’minotini qondirolmayotganligi to‘g‘risida xabar berilmoqda. AMD rahbari Lisa Su ta’kidlashicha, bunday holat kelasi yil katta ehtimol bilan davom etar ekan. Shunga qaramay, AMD hali ham Sun’iy Intellekt yarimo‘tkazgichlar bozorining qariyb 80%ini egallagan Nvidia kompaniyasidan ortda qolmoqda.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 09:00


#Fond_Bozori #Indeks
S&P500ga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 27/10/2023 minimumidan - 28/10/2024 maksimumgacha, ya’ni so'ngi 1 yil ichida, sal kam 43% o‘sishga sazovor bo‘lgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 09:00


#Fond_Bozori #Indeks
Nasdaq Composite indeksi cho‘qqilarini yangilamoqda.

AQSH fond bozorida hukm surayotgan ijobiy kayfiyat, AQSH aksiyalarining rallisini qo‘llab-quvvatlamoqda va natijada indeksni tepaga qarab harakatlanish muvaffaqiyatli ta’minlamoqda. Uzoq muddatlik miqyosni olib qaraydigan bo‘lsak, AQSH indeksi 1971-yil fevral oyida ishga tushirilganidan beri, statistika o‘tkazadigan bo‘lsak, uning o‘rtacha yillik daromadi 10,8% ni tashkil etgan ekan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 05:59


#Fond_Bozori
Schwab 24 soatlik broker xizmatini ishga tushiradi.

Charles Schwab korporatsiyasi treyd imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, brokerlik xizmatini 24 soatlik savdo rejimiga o‘tishi haqida xabar berdi. Kompaniyaning bu qarori chakana investorlarning uzaytirilgan treyd imkoniyatlariga ortib borayotgan qiziqishi bilan asoslangan.

Schwabning ta’kidlashicha, uzaytirilgan savdo imkoniyatlari mijozlar uchun bosqichma-bosqich ruxsat beriladi va dastlab, bunday salohiyat eng faol treyderlar tomonidan testdan o‘tkaziladi.

Aytilishicha, buni to‘liq ishga tushirish bosqichlarining yakuni taxminan 2025 yilning 1-ichi chorak o‘rtalariga to‘g‘ri keladi va bu vaqtga borib Schwab mijozlari DOW JONES, S&P500 va Nasdaq 100 Indexiga kiradigan barcha aksiyalar, shuningdek, yuzlab ETFlarni uzaytirilgan savdo paytida olib sotishi mumkin bo‘ladi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

30 Oct, 04:17


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Oct, 13:39


#Texnologiya #Choraklik_Hisoboti
Alphabet 3-ichi chorak hisobotini e’lon qiladi.

Bugun Alphabet joriy yilning navbatdagi choraklik hisobotini e’lon qilishi kutilmoqda va umumiy fikrlarga ko‘ra o‘sish sekinlashishi kutilmoqda, bunga sabab uning asosiy biznesi Google Qidiruvga nisbatan katta bosim, hamda YouTube reklamalariga xarajatlarini kamayishi hisobotda o‘z aksini ko'rsatishi nazarda tutilmoqda.

Raqamli reklama bozorida kattalashib borayotgan qattiq raqobat (ya’ni, Amazon va TikToklar kabi gigantlar), Alphabetning raqamli reklama bozorida uzoq vaqtdan beri egallab kelayotgan hukmronligiga tahdid solmoqda. Yana bir muammo regulyatorlar tomonidan qo‘zg‘atilgan Googlening potensial parchalanishi kompaniyani qiyin ahvolga solmoqda, chunki bu onlayn qidiruvda "noqonuniy monopoliya" deb ataladigan narsani yumshatish kompaniyani zaiflashtiradi.

Tahlilchilar uchinchi chorakda kompaniyaning umumiy o‘sish surati 11,6% ga o‘sishini kutmoqdalar, bu Visible Alpha ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi chorakdagi 13,8%ga o‘sishdan sekinroq.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Oct, 12:20


#Fond_Bozori #Atamalar
Risk Menejmenti

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Oct, 10:33


#Dollar
AQSH dollarining jahon pul o‘tkazmalaridagi ulushi 12 yillik eng yuqori ko‘rsatkichiga yetdi.

SWIFT ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, AQSH dollarining jahon to‘lovlaridagi ulushi 49%ga yetgan. So‘nggi ikki yilda xalqaro to‘lov operatsiyalarida AQSH dollaridan foydalanish 9%ga oshgan.

Shu bilan birga, yevroning ulushi 39% dan 21% gacha tushib ketdi, bu o‘n yil ichidagi eng past ko‘rsatkich.

Xitoy yuaniga to‘xtaladigan bo‘lsak, uning ulushi 2023-yildagi 2% dan hozirgi kunda 5% gacha oshgan.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Oct, 05:55


#Sanoat #Ikkilamchi_Ommaviy_Taklif
Boeing ikkilamchi ommaviy taklif orqali $22 mlrd. jalb qilishini e’lon qildi.

Boeing dushanba kuni 22 milliard dollargacha yig‘ishi mumkin bo‘lgan aksiya taklifini ma’lum qildi. Kompaniya bu yol orqali o‘z xodimlarining bir oydan ortiq davom etgan ish tashlashidan aziyat chekkan moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va kredit reytingini "investitsiya" darajasida saqlab qolishga harakat qilmoqda.

Kompaniya 90 million dona oddiy aksiya va 5 milliard dollarlik ayirboshlanadigan aksiyalar (convertible stock) taklif qilishni rejalashtirmoqda edi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

29 Oct, 04:26


#Fond_Bozori #Indekslar
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Oct, 14:24


#Xazil
O‘sha yigitday bo‘lmang😄..

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Oct, 12:24


#Oltin
Markaziy banklar jahon oltin zaxiralarini egallab borishda davom etmoqdalar.

Hozirgi paytga ko‘ra, markaziy banklar jahon oltin zaxirasining 12,1%ini  egallab turishibdi, bu 1990-yillardan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblandi. Markaziy banklarning qimmatbaho metall zaxirasidagi ulushi so‘ngi yil keskin oshdi, so‘nggi o‘n yil ichida esa ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi.

Xitoy, Hindiston, Turkiya va Polsha Markaziy banklari global oltin xaridlarida eng katta hissaga egalar. Oltin hozirda Xitoy valyuta zaxirasining 5,4%ini tashkil etadi va 2024-yilda rekord darajadagi 2264 tonnaga yetdi.

Buning natijasida, oltinga bo‘lgan katta talab uning rallisini keltirib chiqarib, yil boshidan 33% ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Oct, 08:36


#Fond_Bozori
Nyu-York fond birjasi o‘zining Arca Equities (qimmatli qog‘ozlar) birjasida savdolarni kuniga 22 soatgacha uzaytirish rejasini e’lon qildi.

Agar o‘zgarish tasdiqlansa, bozor federal bayramlardan tashqari barcha ish kunlarida soat Toshkent vaqti bilan 13:00 dan 11:00 gacha savdo amaliyotlarini amalga oshirsa bo‘ladi.

Arca Equities - bu NYSE Arca Inc tomonidan boshqariladigan elektron aksiyalar savdosi platformasi. U aksiyalar, birja fondlari (ETF), shuningdek, boshqa qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish uchun elektron muhitni taqdim etadi.

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

28 Oct, 05:25


#Fond_Bozori
Joriy hafta AQSH bozori bilan bog‘liq tadbirlar jadvali:


Dushanba (28.10):
20:30 - 2 yillik obligatsiyalar auksioni **
22:00 - 5 yillik obligatsiyalar auksioni **

Seshanba (29.10):

19:00 - AQSH Iste’molchilar ishonchi (Oktyabr) ***
19:00 - AQSH (JOLTS) Bo‘sh ish o‘rinlari (Sentyabr) ***
22:00 - 7 yillik obligatsiyalar auksioni **

Chorshanba (30.10):
17:30 - AQSH Yalpi Ichki Mahsuloti (3-ichi chorak) ***

Payshanba (31.10):

17:30 - AQSH Shaxsiy iste’mol xarajatlari (Sentyabr) ***

Juma (01.11):
17:30 - AQSH Nofermerlik ish haqi (Oktyabr) ***
17:30 - AQSH Ishsizlik darajasi (Oktyabr) ***
19:00 - AQSH Ishlab chiqarish xaridlari menejerlari indeksi (Oktyabr) ***

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Oct, 05:44


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
🔖AQSh sektorlarining haftalik ko'rsatkichlari:📈📉

🔼Ikkilamchi iste'mol  +0.16%
🔼Aloqa xizmatlari  +0.10%
🔽Texnologiya  -0.01%
🔽Energiya  -0.53%
🔽Birlamchi iste'mol  -1.05%
🔽Kommunal xizmatlar  -1.43%
🔽Ko'chmas mulk  -1.79%
🔽Moliya  -2.29%
🔽Xomashyo  -2.72%
🔽Sanoat  -2.85%
🔽Sog'liqni saqlash  -3.16%

@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar

Jahon Insights

27 Oct, 05:43


#Fond_Bozori #Hafta_Yakuni
@jahon_insights      
📊Investitsion va moliyaviy insaytlar