Vashington kundaligi @bmamadiev Channel on Telegram

Vashington kundaligi

@bmamadiev


Amerikada yashovchi jurnalist, yozuvchi va dasturchi Behzod Mamadievning kundaligi

Vashington kundaligi (Uzbek)

Vashington kundaligi Telegram kanali Behzod Mamadiev tomonidan boshlangan mahsulotlar va xabarlar to'plash uchun mahsulotlar to'g'risida so'rovlar va qiziqarli faktlar bilan sizni ta'minlaydi. Kanal har kuni yangi maqolalar, intervyular va yangiliklar bilan to'ldiriladi. Bu kanal yozuvchilar, jurnalistlar va dasturchilar uchun kurslar, tavsiyalar va ko'rsatmalardan ham tashkil topadi. Behzod Mamadievning tajribasi va bilimlari bilan, kanal sizga so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingizga yordam beradi. Agar siz jurnalistika sohasida yuqori darajada bo'lishni istasangiz, Vashington kundaligi kanaliga obuna bo'ling va yangi ma'lumotlar bilan bilib oling!

Vashington kundaligi

16 Nov, 23:29


13 va 11 yoshli ikki qizim o'zlari yozgan kitoblarni chop etdi. Illyustratsiyalarini ham katta qizim Iymona o'zi qilgan. Kitoblar fantastik janrdagi qissalardan iborat.

Xarid qilishga qiziqqanlar bo'lsa, pochta orqali jo'natishga tayyormiz, dedi mualliflar. 🙂

Narxlari:

The Lost Realm (116 bet) - $20
Cats Vs. Dogs (39 bet) - $20
The Queen of Candyland (38 bet) - $15

@bmamadiev

Vashington kundaligi

10 Nov, 15:08


Tezaklar jangi

Hindistonda an’anaviy tezaklar jangi bo’lib o’tdi. Unda odamlar bir-birini mol go’ngi bilan “toshbo’ron” qildi.

Qatnashchilarning aytishicha, bu udum ularga sog’lik, farovonlik va mo’l-ko’l yomg’ir olib kelar ekan.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

09 Nov, 18:25


Tramp birinchi kunda amalga oshirishni va'da qilgan ishlar

Donald Tramp Oq uyga kirishi bilan quyidagi ishlarni amalga oshirishini bot-bot ta'kidlagan.

1. Ommaviy deportatsiya

Tramp AQShda yashayotgan noqonuniy muhojirlarni yoppasiga deportatsiya qilishini, Meksika bilan janubiy chegarani migrantlar uchun taqa-taq yopishini aytib keladi.

Buni amalga oshirish oson emas; chunki bunga juda katta mablag' kerak. Hisob-kitoblarga ko'ra, bitta noqonuniy immigrantni deportatsiya qilish AQSh hukumatiga o'rtacha 20 ming dollarga tushadi.

Bu degani, bir millionta odamni tutish va mamlakatdan chiqarib yuborish uchun 20 milliard dollar kerak. Noqonuniy muhojirlar soni kamida 11 million ekani taxmin qilinsa, uyog'ini endi o'zingiz tasavvur qilavering.

Tramp bu sohada amalda nima qila olishi mumkin? Meksika orqali noqonuniy o'tuvchilar yo'lini maksimal darajada to'sadi; qo'lga tushganlarni o'sha yerning o'zida deportatsiya qilishi mumkin. Chegara bo'ylab devor qurish davom etadi.

AQShga immigratsiyani cheklovchi yangi qonun taklif qilinishi ham mumkin.

2. Ukraina urushini to'xtatish

Bu, ehtimol, Trampning eng mashhur va'dasi. U Ukraina urushini 24 soat ichida to'xtatishga va'da bergan.

Bu ham imkonsiz ish. Bir kunda Kiyevga va Kremlga ma'qul keladigan kelishuvga erishish mumkinligini tasavvur qilib bo'lmaydi.

Tramp amalda nima qilishi mumkin? Rossiya bilan muzokaralarni boshlash bo'yicha Zelenskiy hukumatiga bosimni kuchaytiradi. Qurol-yarog' kelishi kamaysa, Ukraina Trampning ba'zi shartlariga rozi bo'lishi mumkin.

Rossiyaga esa Ukrainaning hech qachon NATOga a'zo bo'lmasligi va'da qilinishi mumkin. Ammo Rossiya shu paytgacha egallab turgan Ukraina hududlarining taqdiri nima kechadi? Kiyev ulardan voz kechishga rozi bo'ladimi? Ko'p ehtimol bilan, yo'q. Mojaro hozirgi front chiziqlarida muzlatilishi mumkin. Menimcha, bundan ortig'ini, ya'ni Rossiya egallangan hududlardan chekinishini kutmaslik kerak.

3. Bojlarni oshirish

Tramp xorijdan AQShga kirib keladigan barcha tovarlar uchun bojlarni oshirishni va'da qilgan. Ayniqsa, Xitoy mollariga. Buni prezident farmon orqali osonlikcha amalga oshirishi mumkin. Kongress tasdig'ini olish shart emas.

4. Neft qazib chiqarishni ko'paytirish

AQSh dunyoda eng katta neft zaxirasiga ega mamlakatlardan biri. Atrof-muhitni himoya qilish vaji bilan avvalgi ma'muriyatlar mamlakatda neft qazishni ko'paytirishga taqiq qo'ygan. Tramp bu taqiqlarni bekor qilmoqchi.

5. Transgenderlarning ayollar sportida qatnashishini taqiqlash

Tramp jinsni o'zgartirish uchun beriladigan federal yordam dasturlarni bekor qilmoqchi; keyinchalik jinsini o'zgartirganidan qat'i nazar, tug'ilgan vaqtida berilgan biologik jinsni tan olish masalasini qonunlashtirmoqchi. Shuningdek, transgender shaxslarning ayollar sporti bilan shug'ullanishini taqiqlash tarafdori.

Bular - Tramp saylovchilarga bergan ayrim va'dalar. Mahalliy siyosatga oid yana boshqa ko'plab qilmoqchi bo'lgan ishlari bor. Ular bu ro'yxatga kiritilmadi.

Kongressda Senat ham respublikachilar nazoratiga o'tdi. Vakillar palatasi bo'yicha hali ba'zi o'rinlar taqdiri aniq emas, lekin ko'p ehtimol bilan u ham respublikachilar qo'liga o'tishi kutilyapti.

Bu degani, Tramp o'z siyosatini amalga oshirishi ancha osonlashadi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

09 Nov, 15:47


Donald Trampning 2 ta kuyovi bor: biri yahudiy, ikkinchisi livanlik arab.

Trampning Yaqin Sharq siyosati qanday bo’lishi qiziq.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

08 Nov, 12:29


Ilon Mask Tramp saylov kampaniyasi uchun 185 million dollar sarfladi. Saylovning ertasiga bu investitsiya 15 milliard dollar bo’lib qaytib keldi. 🙂

@bmamadiev

Vashington kundaligi

08 Nov, 00:53


Kamala Harrisning mag'lubiyatida musulmonlarning hissasi bor. Amerika-Islom aloqalari kengashi o'tkazgan so'rovga ko'ra, 2020-yilda AQSh musulmon saylovchilarining 70 foizi Jo Baydenga ovoz bergan bo'lsa, 2024-yilgi saylovda Harrisni yoqlagan musulmonlar soni 50 foizdan pastga tushib ketgan.

Byulletenda Harrisni tanlamaganlar yo Trampga yoki uchinchi partiya nomzodiga ovoz bergan.

Musulmonlarning demokratlardan yuz o'girishi, albatta, G'azodagi urush bilan bog'liq. Ular Trampni qanchalik yomon ko'rmasin, shu yo'l bilan Bayden ma'muriyatini jazolamoqchi bo'lishgan.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 22:19


Donald Tramp saylangan kunning ertasiga "Tesla" aksiyalari narxi 14 foizga o'sdi. Tramp davrida Ilon Mask kompaniyalari rosa yayraydiganga o'xshaydi.

Tramp va Mask hozir hamtovoq. Tongga yaqin qilgan g'alaba nutqida Tramp Ilon Maskni uzoq alqadi. Maskning o'zi ham saylov oqshomida Tramp bilan birga edi.

Umuman, fond bozori Tramp g'alabasini katta o'sish bilan qarshi oldi. "Bitcoin" narxi ham rekord darajaga yetdi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 12:09


RASMAN: Prezidentligi davrida ikki marta impichment qilingan, soliqdan bo’yin tovlash, firibgarlik kabi 34 ta jinoyatda aybdor deb topilgan va yana ko’plab jinoyat ishlarida ayblanayotgan hamda yaqinda suiqasddan omon qolgan Donald Tramp yana AQSh prezidenti etib saylandi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 06:06


Hali rasman so'nggi natijalar e'lon qilinmadi. Lekin Tramp yutdi deb bemalol aytaversak bo'ladi.

Tramp erasiga xush kelibsiz.

Uxlaymiz endi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 04:24


“Nyu-York Tayms” bashoratiga ko’ra, Trampning yutishi ehtimoli 91 foizga chiqdi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 04:10


Qizig’i - Kongressning har ikki palatasi ham respublikachilar qo’liga o’tishi kutilyapti.

Agar Tramp yutsa, mamlakatda Respublikachilar partiyasining mutlaq hukmronligi boshlanadi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 04:04


So’nggi raqamlar: Tramp prezident bo’lishi uchun yana 56 ta ovoz to’plashi kerak.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 03:42


Bu orada Trampning Oq uyga qaytishi ehtimolidan ilhomlangan "Bitcoin"ning narxi 75 ming dollarga sapchidi.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 03:22


“Nyu-York Tayms” nashrining taxmini: Trampning yutishi ehtimoli 80 foiz.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 02:44


So'nggi raqamlar: Tramp yirik hisobda oldinda.

Lekin hali g'olibni aniqlashga erta. Saylov taqdirini hal qiladigan bir necha muhim shtatda kimning yutishi hozircha noma'lum.

@bmamadiev

Vashington kundaligi

06 Nov, 00:22


AQShdagi saylov tizimi haqida qisqacha

Amerikada prezident to'g'ridan to'g'ri ommaviy ovoz berish yo'li bilan saylanmaydi, balki uni elektorat hay'ati (electoral college) saylaydi. Oddiy fuqarolar saylov byulletenida prezidentlik uchun nomzodga ovoz bersa ham, aslida delegatlarni, ya'ni prezidentni tanlovchi vakillarni saylayotgan bo'ladi. Aholisi soniga qarab, shtatlarga turli miqdordagi delegatlar taqsimlangan.

Odatda, shtatda ko'pchilik ovozni olgan nomzod shu shtatga ajratilgan barcha elektoratni qo'lga kiritadi. Ayrim shtatlarda delegatlar ikki nomzod o'rtasida taqsimlanishi ham mumkin.

Prezident bo'lish uchun nomzodlardan biri kamida 270 ta delegat ovozini qo'lga kiritishi kerak.

Bugungi saylovga oid raqamlarni jonli va o'zbek tilida kuzatib borishni xohlasangiz, "Amerika ovozi" tayyorlagan shu sahifaga kiring.

@bmamadiev