O‘zbekiston tumani hokimligi @uzbaxborotxizmati Channel on Telegram

O‘zbekiston tumani hokimligi

@uzbaxborotxizmati


O‘zbekiston tumani hokimligining rasmiy kanali

Veb-sayt: www.yaypan.uz
El. pochta: [email protected]
Facebook: www.facebook.com/Ўзбекистон-тумани-ҳокимлиги-102653171083891
Instagram: www.instagram.com/uzbekiston_tumani_hokimligi/

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги (Uzbek)

Bu, 'Ўзбекистон тумани ҳокимлиги' rasmiy kanali bo'lib, bu kanal orqali O'zbekistonning turli viloyatlarida davlat hokimiyati to'g'risida eng so'nggi yangiliklarni olishingiz mumkin. Ushbu kanal orqali O'zbekistonning har bir tumanining hokimiyatining faoliyati, proyektlari, vaqtinchalik mashxurmi, hokimlik bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Agar siz O'zbekistonning davlat hokimiyati faoliyatiga qiziqqan bo'lsangiz, 'Ўзбекистон тумани ҳокимлиги' kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

O‘zbekiston tumani hokimligi

19 Feb, 15:58


O‘zbekiston tumanida bahorgi ishlarga tayyorgarlik ko‘rish, chigit ekishni sifatli tashkil etish va g‘alla parvarishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

19 Feb, 15:53


Bahorgi mavsum dehqonchilik yumushlari oldidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston tumanida bahorgi ishlarga tayyorgarlik ko‘rish, chigit ekishni sifatli tashkil etish va g‘alla parvarishiga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Farg‘ona viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Mirzobedil Nazarov, tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev boshchiligidagi sektor rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, paxta-to‘qimachilik va g‘allachilik klasteri mas’ullari, fermer, mexanizatorlar hamda nuroniylar qatnashdi.

Tadbir avvalida jonliq so‘yilib, Qur’on tilovati qilindi. Nuroniylar yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli va barokatli o‘tishini so‘rab duoga qo‘l ochdilar.

Bahorgi dala ishlarida qatnashadigan qishloq xo‘jaligi texnikalarini mavsumga tayyorlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Tumanda joriy yilda 4 ming 100 gektar maydonga chigit qadalishi rejalashtirilgan. Shu kunlarda 5 ming 600 gektar maydonda g‘alla parvarishlanmoqda. Chigit ekish ishlariga 120 ta chopiq traktorlari, 35 ta (shundan 20 tasi yuqori unumli) seyalka, 240 juft barana hamda boshqa turdagi texnika va agregatlar jalb qilinadi.

Seminarda tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘tgan yili erishilgan ijobiy natijalar bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni takrorlamaslik choralari haqida to‘xtalindi. Bunda soha xodimlari, xususan fermerlar oldida turgan dolzarb masalalar, lazerli texnikalar samarasi, chigitni 76 sm sxema asosida ekishga tayyorgarlik ko‘rish, maydonlarga o‘z vaqtida o‘g‘it berish va agrotexnik tadbirlarni to‘liq amalga oshirish orqali yuqori hosildorlikka hamda daromadga erishish imkoniyatlari to‘g‘risida so‘z bordi.

Fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida zamonaviy agrotexnika vositalaridan foydalanish, g‘allani parvarishlash, sug‘orish va oziqlantirish masalalari muhokama qilindi. Yangi mavsum oldida turgan dolzarb vazifalardan kelib chiqib, tuman mas’ullariga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir davomida ilg‘or mexanizatorlar va fermerlar sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

19 Feb, 10:52


Endi, tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi

Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi.

1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.

2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.

3. Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 14:23


Қува тумани “Каркидон” сув омбори ҳудудидаги 270 гектар майдонда “яшил белбоғ” лойиҳасига старт берилди. Шу муносабат билан ташкил этилган тадбирда вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров, вилоят секторлари раҳбарлари, бошқарма ва ташкилотлар мутасаддилари, нуронийлар, ёшлар ва кенг жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

В Кувинском районе на территории водохранилища «Каркидон» стартовал проект «Зелёный пояс», охватывающий 270 гектаров. В связи с этим состоялось торжественное мероприятие с участием хокима области Хайрулло Бозорова, руководителей областных секторов, представителей ведомств и организаций, старейшин, молодежи и широкой общественности.

The “Green Belt” project has officially commenced on a 270-hectare site adjacent to the Karkidon Water Reservoir in Kuva District. The launch ceremony was attended by Fergana Region Governor Khayrullo Bozorov, heads of regional sectors, representatives from various government bodies and organizations, members of the Nuroniy community, youth, and other civic leaders.

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 11:13


Giyohvandlik umr zavoli

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishini oldini olish” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasida O‘zbekiston tumanida yoshlar vakillari bilan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Shu mavzudagi yana bir uchrashuv-muloqot tumandagi 3-umumta’lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilar ishtirokida tashkillandi. Unda tuman hokimining chegara masalalari bo‘yicha yordamchisi, Milliy gvardiya, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi mas’ullari qatnashdilar.

Ochiq muloqotda giyohvand moddalarning inson sog‘lig‘i va jamiyatga keltiradigan og‘ir zararlari haqida suhbat borib, yoshlarni bu kabi zararli illatlarga aldanib qolmaslikka targ‘ibot qilindi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan javoblar oldilar.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 06:53


Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi 20 fevralga belgilandi

Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi 2025 yil 20 fevral, payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Sessiya kun tartibidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid va boshqa bir qator dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Sessiya o‘z ishini shu kuni soat 10:00 da tuman hokimligining majlislar zalida boshlaydi.

Xalq deputatlari O‘zbekiston tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi ham Kengash kotibiyatining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirga uzatiladi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 06:19


Prezident Shavkat Mirziyoyev: "Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratamiz"

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 06:14


Davlatimiz rahbari yoshlar tadbirkorligida yangi davrni boshlab beradigan uchta muhim hujjat haqida

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 06:12


"Bitta qizni o‘qitsak, butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz. Oila bilimli, ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi" - Prezident

O‘zbekiston tumani hokimligi

15 Feb, 06:03


Prezident: "Biz serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz"

O‘zbekiston tumani hokimligi

14 Feb, 17:27


Milliy liboslar – o‘zligimiz ramzi

O‘zbek milliy liboslari -  xalqimizning boy madaniy an’analari, millatimiz qiyofasi hisoblanib, turmush tarzimizning ham bir qismidir.

Uzoq tarixni bosib o‘tgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida so‘zlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish, targ‘ib etish va milliyligimizni unutmaslik esa barchamizning burchimizdir.

Ayniqsa, bugungi kunda milliy liboslar jozibasini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston tumanida “Milliy liboslar – milliy qadriyatlar ko‘rki” shiori ostida milliy liboslar va milliylikning ijobiy ahamiyatini targ‘ib qilishga qaratilgan chellenj davom etmoqda.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

14 Feb, 07:28


“Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi”da yigit-qizlar qo‘llab-quvvatlandi

O‘zbekiston tumanida yoshlarni har sohada qo‘llab-quvvatlash, ularning taklif va tashabbuslarini amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun tuman Madaniyat markazida o‘tkazilgan “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi”da ham shu haqida so‘z bordi. Tadbirda tuman sektor rahbarlari, yoshlar ishlari bo‘limi vakillari, “Yoshlar daftari”dagi yigit-qizlar va ularning ota-onalari, nuroniylar va yoshlar yetakchilari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, o‘tgan 2024 yilda “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan va boshqa manzilli dasturlar doirasida tumandagi 2 ming 100 nafardan ziyod yoshni qo‘llab-quvvatlash maqsadi uchun 1 mlrd 563 million so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.

Joriy yilda ham “Yoshlar daftari”dagi yigit-qizlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning orzu maqsadlarini ro‘yobga chiqarish yuzasidan aniq reja-tadbirlar belgilangan.

Tuman hokimi Sherzodjon Yuldashev ertamiz egalarining bandligini ta’minlash, ularni sifatli ta’lim bilan qamrab olish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi harakatlar tumanda kelgusida ham ishonchli davom etishini bildirdi.

Ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuv davomida 12 nafar yoshning o‘z-o‘zini band qilish uchun zaruriy asbob-uskunalar, oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan 44 talabaning to‘lov shartnoma pullari va 3 nafar yoshga davolanish xarajatlari o‘z egalariga topshirildi.

Yoshlar vakillari shu kuni shoh va shoir, buyuk davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-musiqiy kechada ham ishtirok etib, madaniyat bo‘limi ijodkorlari tomonidan tayyorlangan dasturdan bahramand bo‘ldilar.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

11 Feb, 13:31


Farg'onada Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Fargʻona ayoli" videoroliklar koʻrik-tanlovi o'tkaziladi

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramini viloyatimizda koʼtarinkilik va bayramona kutib olish maqsadida viloyatimizdagi ibratli, faol va ish faoliyatida oʼrnak koʼrsatgan xotin-qizlar haqida "Fargʻona ayoli" videoroliklar koʻrik-tanlovi tashkil etiladi.

“Fargʼona ayoli” videoroliklar koʼrik-tanlovi oʼz oldiga ayolning jamiyatdagi nufuzini yanada koʼtarish, uni ulugʼlashni maqsad qilgan.

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishing.

O‘zbekiston tumani hokimligi

11 Feb, 09:09


Tashqi yozuvlarni tartibga solishga doir nazorat tadbirlari olib borilmoqda

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevral kungi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi 104-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oʻzbekiston tumanidagi nazorat tadbirlarida hududdagi tashqi yozuvlar, xususan peshlavha, reklama, e’lon va boshqa axborot matnlarining davlat tilida, xatolarsiz yozilganlik holatlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Tuman hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi va mutasaddi idoralar hamkorligida хorijiy tillarda yozib tayyorlangan tashqi yozuvlar egalari – tadbirkorlik subektlari bilan belgilangan tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko'rilyapti.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

11 Feb, 08:43


⚠️ Ogoh bo‘ling Feyk!
——
Telegram messenjeri orqali noma’lum akkauntlardan yoki tanishingizdan, turli kanal va guruhlarda kishini o‘ziga jalb qiluvchi so‘zlar bilan zararli dastur oxiri ".APK" yozuvli xabarlar tarqatilmoqda, ushbu xabarlar YOLGʻON va aslo ilovani yuklab olmang.

🟢 Unutmang! Firibgarlarning maqsadi Sizning pul mablag‘laringizni o‘zlashtirish!

❗️❗️❗️ Hurmatli yurtdoshlar agar Sizda ham shunday holat kuzatilib, pullaringiz talon-toroj qilingan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 qisqa raqamlariga murojaat qiling!

P.s. Tekin pishloq qopqonda bo‘ladi, begona shaxs Sizga to‘satdan mo‘maygina daromad keltirishni taklif qildimi, bilingki bu - firibgar.

O'zbekiston Respublikasi IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi

O‘zbekiston tumani hokimligi

10 Feb, 04:10


GO‘ZAL FARGʻONAMIZGA BUNYODKORLIK, YASHIL MAKONLAR VA OBODLIK YARASHADI!

FARGʻONA VILOYATI FAOLLARINING VILOYAT AHOLISIGA MUROJAATI

Aziz farg‘onaliklar!

Yurtni obod qilish, tabiat ne’matlarini ko‘z qorachig‘idek avaylab-asrash qadimdan xalqimizning eng ezgu fazilatlari sirasiga kiradi. Xalqimizning “Vatan – mahalladan boshlanadi”, degan purma’no o‘giti zamirida ham, eng avvalo, o‘zimiz istiqomat qilayotgan mahalla, ko‘cha va oilani obod, fayzli hamda farovon maskanga aylantirishdek ezgu maqsadlar mujassamdir. Dilbar tabiati, mehnatkash va samimy insonlari bilan tanilgan Farg‘ona ahli azaldan bu boradagi sa’y-harakatlar jarayonida faolligi va fidoyiligi bilan ajralib turadi.

Batafsil

O‘zbekiston tumani hokimligi

08 Feb, 17:06


O‘zbekiston tumanida "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

Tumandagi ta’lim muassasalari o‘rtasida besh bosqichli "Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" respublika tanlovining tuman bosqichi qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tkazildi. 

Tanlovning sektorlar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 5 ta umumta’lim maktablari o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar tuman bosqichida o‘zaro bellashdilar.

Tadbir tuman prokuraturasi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi hamda boshqa hamkor muassasalar tashabbusi bilan tashkil etildi. 

Tabiat himoyachilari 4 ta shart bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishdi.

O‘zbekiston tumani hokimligi

08 Feb, 10:51


Ikki buyuk siymoga ehtirom

O‘zbekiston tumanida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda yirik davlat arbobi, yetuk sarkarda va hassos shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi keng nishonlanmoqda.

Bugun Yaypandagi 23-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan madaniy-ma’rifiy kecha xam har ikki bobokalonimiz tavalludiga bag‘ishlanib, ularning siymosiga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosarlari Zulfiyaxon Sarimsoqova, Muslimbek Ahmedov, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, jamoatchilik va yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Adabiy kechada buyuk mutafakkirlarimizning boy ijodiy merosi va uning beqiyos ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Badiiy jamoalar va yoshlar tomonidan tayyorlangan dastur, o‘qilgan g‘azallar va kuylangan qo‘shiqlar ishtirokchilar uchun yana bir bor chinakam ma’naviy ozuqa bo‘ldi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

07 Feb, 12:18


#Milliy_liboslar_milliy_qadriyatlar_bezagi

O‘zbekiston tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimalari bugungi ish faoliyatlarini faxru iftihor bilan milliy liboslarda davom ettirishdi

O‘zbekiston tumani hokimligi

07 Feb, 04:53


🎬🎬🎬

Maxsus reportaj: Respublika ishchi guruhining O‘zbekiston tumanidagi o‘rganishlari doirasida aholi muammolarini aniqlash va hal etish bilan birgalikda turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanmoqda

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

07 Feb, 04:05


#Milliy_liboslar_milliy_qadriyatlar_bezagi

Milliyligimiz - bizning g‘ururimiz: O‘zbekiston tumani hokimligi mutasaddilari milliy liboslar chelenjida ishtirok etdi


Milliy liboslar xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniyati va urf-odatlarining yaqqol timsoli hisoblanadi. O‘zligimizni asrab-avaylab, zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirish o‘z qo‘limizda.

Kelajak avlod uchun milliy liboslarimizni asraylik va qadrlaylik!

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

06 Feb, 12:33


O‘zbekiston tumanida aholi bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishda mahalla bankirlari yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqda

O‘zbekiston tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishda yangicha tizimda yo‘lga qo‘yilgan mahalla bankirlari ham yaqindan ko‘makchi bo‘lmoqdalar.

Tashkillangan “xonadonbay” ishlari natijasida tadbirkorlik faoliyati bilan ishlash istagidagi fuqarolarga tayyor loyihalar taklif etilib, banklarning imtiyozli kreditlari ajratilmoqda.

“Yakkatut” mahallasida istiqomat qiluvchi Ilxomjon Olimov ham bugun ana shu imkoniyatdan unumli foydalangan mirishkor tomorqachiga aylandi. U o‘z xonadonidagi jami 5 sotixli tomorqasida issiqxona tashkil etib, gidroponika usulida qulupnay yetishtirmoqda. Buning uchun tomorqa yer egasiga mahalla bankirining amaliy ko‘magida tijorat banki tomonidan ajratilgan 50 million so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘i asqotdi.

“3 sotixli issiqxonamizda gidroponika usulida, alohida 2 sotixli issiqxonada esa biogomus qo‘llagan holda mahsulot yetishtiryapmiz. Koreyaning “solxyan” navli qulupnay ko‘chatlarini o‘tgan yilning 15 avgustida ekkan edik, ilk hosilini noyabrning ikkinchi yarmidan olishni boshladik. Serdaromad soha ekan, uch oy to‘lmasdan 42 mln so‘mdan ziyod daromad oldik. Kundan kunga mo‘l hosil tugyapti, faoliyatimizni yanada rivojlantiramiz. Qiziqqan qo‘ni-qo‘shnilarimizga ham bu yo‘nalishning sir-asrorlarini o‘rgatishga tayyorman”, deydi Ilxomjon Olimov.

“Qo‘shqo‘noq” mahallasida yashovchi Lochinbek Mamatoxunov ham o‘z xonadonida tikuvchilikka ixtisoslashgan oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Xonadonda tikilib, sotuvga yo‘naltirilayotgan chaqaloqlar kiyimlari o‘z sifati bilan bozorda xaridorgir. Mazkur tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ham oilaga “Asakabank” Qo‘qon filiali tomonidan 100 mln so‘mlik imtiyozli kredit ajratilgan.

Bevosita xonadonning o‘zida mahalladagi 10 nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan bo‘lsa, yana o‘ndan ziyod qo‘shni xonadonlar ham kasanachilik asosida uy sharoitida mazkur yumushga jalb etilgan. Ularning har biriga munosib oylik maoshi to‘lab boriladi. Tadbirkor kelgusida o‘z faoliyatini yanada kengaytirib, mahsulotlarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha ham aniq reja-maqsadlarni oldiga qo‘ygan.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

06 Feb, 07:13


#Milliy_liboslar_milliy_qadriyatlar_bezagi
#mushoira

Tibbiyot birlashmasining egnida milliy libosli hamshiralari mushoira o‘tkazdilar

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

06 Feb, 04:51


Tibbiyot birlashmasining egnida milliy libosli hamshiralari mushoira o‘tkazdilar

O‘zbekistonda ko‘p yillik tarixga ega, o‘ziga xos milliy liboslar shakllangan. Milliy liboslarimiz nafaqat millatimiz ko‘rki, balki ma’naviy mafkuramiz va dunyo tamaddunida tutgan o‘rnimizni ham namoyon etadi.

Ana shu milliy liboslar va qadriyatlarimizning ijobiy ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, yoshlarda milliy liboslarga mehr uyg‘otish maqsadida O‘zbekiston tumanida ham turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

“Milliy liboslar” loyihasi doirasida tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli davolash muassasalari hamshiralari ishtirokida mushoira o‘tkazildi.

Yaypandagi axborot-kutubxona markazida tashkillangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Shokirov Shoxruxbek, tibbiyot birlashmasi mutasaddilari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘linmasi mas’ul xodimlari qatnashdilar.

Mushoirada Vatanga muhabbat, ona, mehr va sadoqatni madh etuvchi she’rlar yod olindi. Ijod va kitobxonlik yuzasidan davra suhbati, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

29 Jan, 04:51


O‘zbekiston tumanidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida O‘zbekiston tumanidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

Xususan,
▪️Yoshlar ishlari agentligi O‘zbekiston tumani bo‘limi:

- "Ziyo Nursux" mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi

❗️Arizalar 01.02.2025 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

▪️ Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

28 Jan, 13:00


Channel name was changed to «O‘zbekiston tumani hokimligi»

O‘zbekiston tumani hokimligi

28 Jan, 12:48


Shoxruxbek Shokirov O‘zbekiston tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyrug‘i bilan Shokirov Shoxruxbek Baxtiyorjon o'g'li O‘zbekiston tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bugun tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Shoxruxbek Shokirov jamoatchilikka tanishtirildi.

Shoxruxbek Shokirov 1989 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Qo'qon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2013 yilda O'zbekiston agrosanoat kasb-hunar kollejida tarix fani o'qituvchisi vazifasidan boshlagan. 2015-2019 yillar davomida O'zbekiston agrosanoat kasb-hunar kollejida bo'lim boshlig'i, O'zbekiston qishloq xo'jalik kasb-hunar kolleji direktor o'rinbosari vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

2019 yildan tayinlovga qadar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston tuman bo'linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

28 Jan, 09:25


Ўтган 2024 йилнинг 11 ойида Ўзбекистон туманининг ташқи савдо айланмаси ҳажми 36 млн доллардан ошди

2024 йилнинг январ-ноябр ойларида Ўзбекистон туманининг ташқи савдо айланмаси ҳажми 36,4 миллион АҚШ долларини ташкил этди.

⬇️Шундан:
✈️Экспорт – 11,5 миллион АҚШ доллари
🛩Импорт – 24,9 миллион АҚШ доллари миқдорида қайд этилди.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

28 Jan, 03:41


“Ташаббусли бюджет”нинг 1-мавсуми 1 февралдан бошланади

“Ташаббусли бюджет” жараёнларининг 2025 йилги 1-мавсуми 1 февралдан бошланиб, 20 мартга қадар давом этади.

Бунда:

⁃ Лойиҳа киритиш босқичи — 1–20 февраль;
⁃ Саралаш босқичи — 21 февраль–7 март;
⁃ Тарғибот бисқичи — 8–10 март;
⁃ Овоз бериш босқичи — 11–20 март кунлари ўтказилади.

Жорий йилдаги 1-мавсум ғолиблари 21 март — Наврўз байрами куни эълон қилинади.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

27 Jan, 14:04


🪪 Фақат паспорт билан пенсияга чиқиш учун маълумотлар РАҚАМЛАШГАН бўлиши лозим

Ҳурматли фуқаролар!

Сиз пенсия ёшига яқинлашдингиз ва ортиқча оворагарчиликларсиз пенсияга чиқишни хоҳлайсиз. Бунинг учун нима қилиш керак дейсизми?

🔍 Жавоб: Дастлаб, албатта меҳнат фаолият даврларингиз тўлиқ рақамлашганини текширишингиз керак. Буни my.gov.uz портали орқали ҳам текшириб олсангиз бўлади.

Агарда Сиз ҳозирда ишлаётган бўлсангиз ўз иш берувчингиздан олдинги меҳнат фаолият даврларингизни рақамлаштирилгани ёки йўқлигини сўраб билишингиз мумкин.

Сизнинг ҳисобингиз бўйича меҳнат фаолиятингизнинг бирор бир даври рақамлаштирилмаган бўлса, бу масалада Сиз шу ташкилотга мурожаат қилсангиз ҳам бўлади.

Ишламаётган фуқаролар меҳнат фаолиятидаги даврларни қандай рақамлаштиришлари мумкин?

📖 Бугунги кунда ҳудудларда Камбағалликни қисқартириш ва банликка кўмаклашиш бўлимлар (биржалар) мавжуд бўлиб,
ишламаётган фуқаролар мазкур биржаларга мурожаат қилиб, рақамлаштириш хизматларидан бепул фойдаланишлари мумкин.

Юқоридагилар тўлиқ бажарилган тақдирда фуқароларга пенсия муаммосиз тайинланади.

➡️ Батафсил

➡️ РУС

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube |📱 X

O‘zbekiston tumani hokimligi

27 Jan, 03:35


🇩🇪  Germaniyada bepul kasbiy ta'lim (Ausbildung) olib oyiga 1200€ gacha stipendiya olishni, oliy o'quv yurtlarida o'qishni yoki qonuniy eng kami 2.500€ kafolatlangan maosh olib ishlashni hohlaysizmi?

Unda sizni O'zbekiston tumani hokimligi tashabbusi bilan yo'lga qo'yilgan Nemis tilini o'qitish markazimizga taklif etamiz.

Siz bilan qonuniy migratsiyani tashkil etishimiz uchun Sizdan bor yo'g'i til bilish darajasi B1 yoki B2 sertifikati kerak bo'ladi.

Intensiv darslar davomiyligi:
haftada 5 kun 3 soatdan.

Standart darslar davomiyligi: haftada 3 kun 1.5 soatdan.

B1 darajagacha bor yo'g'i 6 oy, B2 darajagacha esa 8 oy.

B1 yoki B2 sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilarga Germaniyada Ausbildung va Ishga joylashishingizda amaliy yordam beriladi.

Batafsil ma'lumot uchun:
☎️: +998-90-852-29-88
Tg: @sherali_juraev_1
Sahifamiz: @germaniya_ls

📍 Manzilimiz:
Yaypan shahar, Emperial o'quv markazi.

Darslar tumandagi 1- va 2-son politexnikumlarida ham (Dushanba, chorshanba va juma kunlari) yo'lga qo'yilgan.

O‘zbekiston tumani hokimligi

24 Jan, 11:55


Ўзбекистон туманидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталида Ўзбекистон туманидаги қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилинди:

Хусусан,
▪️Ёшлар ишлари агентлиги Ўзбекистон тумани бўлими:

- "Қайқуобод" маҳалла фуқаролар йиғини ёшлар етакчиси

❗️Аризалар 28.01.2025 йил соат 23:59 гача қабул қилинади.

▪️ Мурожаат учун бот — @vacancy_argos_bot

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

24 Jan, 10:17


Таълим муассасалари раҳбарлари билан очиқ мулоқотда соҳа ривожига оид муҳим масалалар муҳокама қилинди

Ўзбекистон туманидаги умумтаълим мактаблари ҳамда профессионал таълим муассасалари раҳбарлари билан очиқ мулоқот бўлиб ўтди.

Туман ҳокимининг ўринбосари Муслимбек Аҳмедов ва дахлдор ташкилотлар мутасаддилари иштирок этган учрашувда таълим соҳасида туманда ўтган 2024 йилда эришилган натижалар таҳлилий ва танқидий муҳокама қилди.

Жорий ўқув йилининг қолган қисмида амалга оширилиши лозим бўлган муҳим вазифалар, туманда таълим соҳасини ривожлантириш ва бунда барча масъулларнинг шахсий жавобгарлигини янада оширишга оид масалалар келишиб олинди.

Шунингдек очиқ мулоқот давомида ўқувчиларни хорижий тил ва касб-ҳунарга ўқитиш амалиётини самарали тадбиқ этиш, профессионал таълим муассасаларида меҳнат бозори эҳтиёжлари асосида кадрларни ишдан ажралмаган ҳолда ўқитиш, дуал таълим тизимини қўлланиши натижадорлигини ошириш борасидаги вазифалар ижроси кўриб чиқилди. Айни йўналишлар ривожи юзасидан қўшимча аниқ чора-тадбирлар белгиланди.

@uzbaxborotxizmati

O‘zbekiston tumani hokimligi

24 Jan, 04:08


Ўзбекистон туманилик ёшларни немис тилини ўрганиш имкониятлари янада кенгаймоқда

Ёшларнинг чет тилларини ва касб-ҳунар ўрганишга бўлган эҳтиёжини қондириш мақсадида Ўзбекистон туманида немис тили курслари ташкил этилди.

Туман ҳокимлиги ҳамкорлигида йўлга қўйилган мазкур ташаббусни ёшлар орасида кенг тарғиб қилиш, уларни мазкур ўқув марказига кўпроқ жалб этиш мақсадида тумандаги 1- ва 2-сонли политехникумларида йигит-қизлар ҳамда уларнинг ота-оналари иштирокида учрашувлар ташкилланди.

Туман ҳокимининг ўринбосари Муслимбек Аҳмедов, немис тили ўқитувчилари ва дахлдор мутасаддилар иштирок этган очиқ мулоқотларда ўқув марказининг фаолияти ҳақида тақдимотлар қилинди. Мазкур ташаббус хорижда муносиб шароитларда меҳнат қилиш истагида бўлган ёшларни чет тили ўрганишлари ва касбий кўникмаларга эга бўлишларини қўллаб-қувватлаш мақсадида ҳам йўлга қўйилганлиги таъкидланди. Дарсларда фаол иштирок этиб, салмоқли натижаларни қайд этган тингловчиларга тавсияномалар асосида ўқув курслари тўловларида имтиёзлар қўлланиши ҳақида аниқ маълумотлар берилди.

Қайд этиш жоиз, немис тилини ўрганиш ўқув курслари ҳар иккала техникумда ҳафтада 3 кун: душанба, чоршанба ва жума кунлари соат 14:00 дан фаолият олиб боради.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

13 Jan, 11:21


Байрам арафасида билан Мудофаа ишлари бўлими ходимларининг хизматлари эътироф этилди

Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ва 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни олдидан Ўзбекистон тумани Мудофаа ишлари бўлими ходимларининг шарафли хизматлари яна бир бор эътироф этилди.

Шодиёна муносабати билан ташкилланган учрашувда туман ҳокимининг ўринбосарлари Абдулатиф Имомназаров ва Муслимбек Аҳмедов бўлим ходимларини байрам билан самимий қутлаб, уларнинг келгуси ишларида улкан зафарлар тилади.

Мамлакат таянчи ва халқимиз фахри бўлган миллий армиямизни янада такомиллаштириш бўйича олиб борилаётган янги босқичдаги ислоҳотларни ҳудудларда самарали тадбиқ этишда туман Мудофаа ишлари бўлими ходимларининг ҳам меҳнатлари таҳсинга лойиқлиги қайд этилди.

Барча фидоий хизматчи ва ходимларга туман ҳокимлигининг эсдалик совғалари топширилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

13 Jan, 06:48


E-auksion.uz савдо платформасида Фарғона вилояти бўйича 6100 дан ортиқ мулк ва ижара ҳуқуқи билан савдога чиқарилган тадбиркорлик учун ер участкалари билан танишинг!

▪️
Фарғона шаҳридан 252 та (кўриш)
▪️ Марғилон шаҳридан 85 тa (кўриш)
▪️ Қувасой шаҳридан 333 тa (кўриш)
▪️ Қўқон шаҳридан 18 тa (кўриш)
▪️ Бағдод туманидан 380 тa (кўриш)
▪️ Бешариқ туманидан 689 тa (кўриш)
▪️ Бувайда туманидан 135 тa (кўриш)
▪️ Данғара туманидан 100 тa (кўриш)
▪️ Ёзёвон туманидан 179 тa (кўриш)
▪️ Олтиариқ туманидан 1853 тa (кўриш)
▪️ Қўштепа туманидан 89 тa (кўриш)
▪️ Қува туманидан 231 тa (кўриш)
▪️ Риштон туманидан 672 тa (кўриш)
▪️ Сўх туманидан 18 тa (кўриш)
▪️ Тошлоқ туманидан 221 тa (кўриш)
▪️ Учкўприк туманидан 114 тa (кўриш)
▪️ Фарғона туманидан 379 тa (кўриш)
▪️ Фурқат туманидан 134 тa (кўриш)
▪️ Ўзбекистон туманидан 273 тa (кўриш)

Савдоларда қатнашинг ва ер участкаси мулкдорига айланинг!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

13 Jan, 04:59


Ўзбекистон туманида Ватан ҳимоячилари кунига бағишланган ҳарбий-ватанпарварлик ва маданий-маърифий тадбир бўлиб ўтди

Ўзбекистон тумани Яйпан шаҳридаги маданият марказида Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда 14 январь – Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.

“Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри” шиори остидаги тадбирда туман ҳокимлиги, мудофаа ишлари бўлими, давлат ва жамоат ташкилотлари мутасаддилари, жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

Тадбирда табрик учун сўз олганлар Қуролли Кучларимиз бугунги кунда нафақат юртимиз тинчлиги ва осойишталигининг таянчи, балки ўзбек халқи ватанпарварлиги, бирлиги ва қудратининг ҳақиқий рамзига айланганини қайд этдилар.

Маданият бўлими ва ёш ижодкорларнинг ватанпарварлик мавзусидаги куй-қўшиқ ва чиқишлари, ҳарбийлик касбини эгалламоқчи бўлган йигит-қизларнинг кўргазмали намойишлари йиғилганларга кўтаринки руҳ ва байрамона кайфият улашди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

13 Jan, 03:50


Хотин-қизлар муаммолари эътиборда: Ўзбекистон туманида "Аёллар дафтари"нинг 6-босқичи жараёнларига киришилди

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

09 Jan, 12:00


2025 йил учун Очиқ бюджет (open budjet) лойиҳалари тақвими эълон қилинди.

Унга кўра, биринчи мавсумга 1 февраль куни старт берилади.

Иккинчи мавсум 15 июлдан бошланади.

Ташаббусли бюджет жараёни натижалари 1-мавсум 21 март куни, 2-мавсум 1 сентябрь куни эълон қилинади.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

09 Jan, 07:29


Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

09 Jan, 03:58


"Ўзбекистон – 2030" стратегиясини "Атроф-муҳитни асраш ва "яшил иқтисодиёт" йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

Давлат дастури лойиҳасида 5 та устувор йўналиш бўйича 2025 йил учун амалий чора-тадбирлар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати ва мақсадли кўрсаткичлар назарда тутилмоқда.

Лойиҳа 2025 йил 22 январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

"Тараққиёт стратегияси" маркази жамоаси барча юртдошларимиздан 2025 йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиб, ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришларини сўрайди.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

09 Jan, 03:36


Прокуратура органлари ходимлари куни муносабати билан Мажбурий ижро бюроси Ўзбекистон тумани бўлими бошлиғи эътироф этилди

8 январь-Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни муносабати билан хизмат вазифасини виждонан бажариб, қонун устиворлигини таъминлаш, қонунийликни мустаҳкамлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини, жамият ва давлатнинг қонун билан қўриқланадиган манфаатларини ҳимоя қилиш, шунингдек ёш мутахассисларга иш ўргатиш, уларни Ватанга садоқат руҳида тарбиялаш ишига салмоқли ҳисса қўшганлиги сабабли Мажбурий ижро бюроси Ўзбекистон тумани бўлими бошлиғи 1-даражали юрист Абдухафиз Саттаров Республика Бош прокурорининг буйруғига асосан муносиб эътироф этилди.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Jan, 12:11


Олий суд томонидан интернетдаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши таъқиқланган манба ва контентлар рўйхати эълон қилинди

Ҳурматли фуқаролар, қадрли ота-оналар ва ёшлар!

Диний ақидапарастлик, экстремизм ва терроризм тузоғига тушиб қолишдан доимо сақланинг. Улар ҳаётингиз ва орзуларингизни барбод қилишига асло йўл қўйманг.

Суд томонидан тақиқланган интернет манбалардан йироқ бўлинг.


@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Jan, 10:19


Диққат! Ўзбекистон тумани ҳокими соврини учун навбатдаги киберспорт мусобақалари ўтказилади!

Қадрли ёшлар, киберспорт ихлосмандлари!

Ўзбекистон тумани ҳокими соврини учун навбатдаги киберспорт мусобақалари жорий йилнинг 18 январ куни ўтказилади!

Туман ҳокимлиги ташаббуси билан SNJ.CYBER клуби ва тумандаги АйТи маркази ҳамкорлигида ташкилланаётган навбатдаги мусобақада ҳам ёшларнинг бўш вақтларини мазмунли ўтказиш, улар орасидан иқтидорлиларни аниқлаш ва профессионал киберспортга йўналтириш, рақамли технологиялар соҳасини оммалаштириш мақсад қилинган.

Мусобақа киберспортнинг Counter Strike 1.6, PlayStation да футболнинг PES2013 ва BLUR йўналишлари бўйича бўлиб ўтади.

Якунда ғолиб ва совриндорлар ташкилотчилар томонидан махсус кубок ҳамда пул мукофотлари билан тақдирланади.

Мусобақада қатнашиш ва қўшимча маълумот олиш учун SNJ.CYBER клубининг инстаграмдаги саҳифаси ёки +998916228888 га боғланишингиз мумкин.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Jan, 10:01


Фарғонада Ўзбекистон Қирғизистон Тожикистон Бош вазирлари учрашди

Бугун, 8 январь куни Фарғона вилоятининг Ўзбекистон, Қирғизистон, Тожикистон давлат чегаралари туташган нуқтада уч мамлакат ҳукуматлари раҳбарлари бошчилигидаги делегациянинг учрашуви бўлиб ўтди.

Томонлар ушбу учрашув уч мамлакат Давлат раҳбарлари – Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев, Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаров ва Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмон ўртасида ҳамкорлик ва минтақавий интеграцияни мустаҳкамлаш мақсадида давлат чегараси масалалари бўйича аввал эришилган келишувлар доирасида ўтказилаётганини таъкидлади.

Мазкур учрашув халқларимизни бирлаштирувчи уч давлат чегараси туташган ҳудудда ўтказилгани рамзий маънога эга.

Боиси, Давлатларимиз раҳбарларининг кучли сиёсий иродалари ва конструктив муносабатларга асосланган сиёсатлари туфайли минтақада дўстлик ҳамда яхши қўшничилик, кўп қирали алоқалар мустаҳкамланиб, янги поғонага кўтарилди.

Батафсил: https://gov.uz/oz/news/view/32192

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Jan, 05:15


Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Jan, 03:34


Бугун, 8 январь-Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни!

Шу муносабат билан, Ўзбекистон тумани ҳокимлиги прокуратура органлари ходимларини бугунги касб байрами билан самимий муборакбод этади.

Жамиятда қонунийликни мустаҳкамлаш, қонун устуворлигини таъминлаш, жиноят ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, фуқароларимизнинг барча ҳуқуқлари ҳамда эркинликларини таъминлашдек шарафли ва масъулиятли фаолиятларида тизим фидоийларига куч-қувват ва ғайрат-шижоат тилаймиз.

Барчангизга мустаҳкам соғлик, оилавий бахт-саодат, юртимиз равнақи йўлидаги ишларингизда улкан зафарлар ёр бўлсин.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

07 Jan, 04:38


Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

06 Jan, 05:51


❗️ССВ: Метапневмовирус янги касаллик эмас. Ортиқча хавотирга ҳожат йўқ!

🖥 Сўнгги кунларда ОАВ ва ижтимоий тармоқларда дунёнинг қатор мамлакатлари бўйлаб метапневмовирус инфекцияси авж олаётгани ҳамда ушбу хасталик COVID-19дан ҳам хавфлироқ эканлиги ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Хўш, бу ахборотлар қанчалик асосли? Умуман, метапневмовирус ўзи қандай инфекция? У қайси белгилар билан намоён бўлади? Муолажа жараёни қандай кечади?

➡️ ССВ Матбуот хизматининг ушбу саволларига Санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги қўмитаси бошқарма бошлиғи Рустам Икрамов жавоб берди.

💬 - Метапневмовирус аввалдан маълум инфекция бўлиб, биринчи марта 2001 йилда аниқланган, - дейди мутахассис. - Касаллик асосан ҳаво-томчи йўли орқали ёки баъзи ҳолатларда ифлосланган юзалар билан алоқа натижасида юқади ҳамда тарқалади.

Батафсил

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

06 Jan, 05:48


Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Jan, 05:24


2025 йил январ ойи пенсия тўловлари учун маблағлар молиялаштирилди

Шунингдек, банк пластик картаси орқали пенсия олувчиларнинг пластик карталарига маблағлар тўлиқ юкланди.

Бу ҳақда Пенсия жамғармаси Фарғона вилояти бошқармаси маълум қилмоқда.

Қайд этилишича, пенсияларни нақд пул шаклида олаётганларга АТ "Халқ банки"нинг сайёр кассалари орқали 4-январ кунидан амалга оширилмоқда.

Маълумот учун: ☎️ 12-71, 📞 73-226-35-26

Пенсия жамғармаси Фарғона вилояти бошқармасининг телеграм ижтимоий тармоғидаги манзили: https://t.me/fergana_pensiya

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Jan, 05:05


E-auksion.uz савдо платформасида Фарғона вилояти бўйича 5200 дан ортиқ мулк ва ижара ҳуқуқи билан савдога чиқарилган тадбиркорлик учун ер участкалари билан танишинг!

▪️
Фарғона шаҳридан 318 та (кўриш)
▪️ Марғилон шаҳридан 32 тa (кўриш)
▪️ Қувасой шаҳридан 273 тa (кўриш)
▪️ Қўқон шаҳридан 2 тa (кўриш)
▪️ Бағдод туманидан 319 тa (кўриш)
▪️ Бешариқ туманидан 706 тa (кўриш)
▪️ Бувайда туманидан 158 тa (кўриш)
▪️ Данғара туманидан 90 тa (кўриш)
▪️ Ёзёвон туманидан 42 тa (кўриш)
▪️ Олтиариқ туманидан 1327 тa (кўриш)
▪️ Қўштепа туманидан 92 тa (кўриш)
▪️ Қува туманидан 263 тa (кўриш)
▪️ Риштон туманидан 695 тa (кўриш)
▪️ Сўх туманидан 29 тa (кўриш)
▪️ Тошлоқ туманидан 196 тa (кўриш)
▪️ Учкўприк туманидан 226 тa (кўриш)
▪️ Фарғона туманидан 267 тa (кўриш)
▪️ Фурқат туманидан 206 тa (кўриш)
▪️ Ўзбекистон туманидан 237 тa (кўриш)

Савдоларда қатнашинг ва ер участкаси мулкдорига айланинг!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Jan, 05:02


Янги Ўзбекистон армияси - мамлакат таянчи, халқимиз фахри!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Jan, 04:41


“Мен Ғолиб” мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланди

3 январь кунидан Yugur.uz платформасида “Мен Ғолиб” ҳарбий-ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақасига рўйхатдан ўтиш бошланади.

“Мен Ғолиб” югуриш мусобақасининг ўзи 12 январь куни “Янги Ўзбекистон” боғида бўлиб ўтади, у ерда мамлакат қуролли кучларининг мингдан ортиқ вакиллари, куч тузилмалари ходимлари, профессионал спортчилар ва ҳаваскор югурувчилар тўпланишади.

Тадбирнинг асосий ташкилотчиси Ўзбекистон енгил атлетика федерацияси ҳамда Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардияси, Мудофаа вазирлиги, Ички ишлар вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, Давлат божхона қўмитаси ва Тошкент шаҳар ҳокимлиги кўмагида ўтказилмоқда.

Ватанпарварлик оммавий югуриш мусобақаси 3 км ва 10 км масофада ўтказилади.

Иштирокчилар учун слотларни 8 январгача Yugur.uz платформасидаги ҳавола орқали сотиб олиш мумкин.

Югуриш ишқибозлари якка тартибда, идоравий тузилмалар учун жамоавий мусобақалар ташкил этилади.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

03 Jan, 16:29


“Хавфсиз тун” тадбири: мақсад-жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларни олдини олиш

Ўзбекистон туманида жиноятчилик ва ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш, жамоат тартибини сақлаш, фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида туман ИИБ томонидан ҳамкор муассасалар билан биргаликда кенг қамровли профилактик тадбирлар ўтказилмоқда.

Хусусан, навбатдаги ана шундай тунги рейд тадбирлари олдидан хизматга жалб қилинган профилактика инспекторлари ва соҳавий хизмат ходимлари иштирокида хизмат олди йўл-йўриқ жараёни ўтказилди.

Бу каби тадбирлар туман бўйлаб давом этмоқда.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

03 Jan, 10:26


2025 йил 1 февралга қадар туман банклари филиалларида маҳаллабай ишлаш бўлимлари ташкил этилиб, уларга “маҳалла банкирлари” тайинланади. Шунингдек, ҳар бир маҳаллада улар билан бирга ишлайдиган “ёрдамчи-агентлар” танлаб олинади.

“online-mahalla.uz”, “bank-kredit.uz” ва “soliq.uz” ахборот тизимлари интеграция қилиниб, масъулларга юклатилган вазифалар ижроси кунлик таҳлил қилиб борилади. Фаолияти қониқарсиз бўлган раҳбарларга чора кўрилади.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

03 Jan, 10:14


🎬🎬🎬

Ўзбекистон24: Инсон қадри учун|Ўзбекистон туманида барпо этилган 300 мегаваттли электр энергиясини сақлаш тизимининг ишга туширилиши йил воқеаларидан бири бўлди

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

03 Jan, 09:46


🎬🎬🎬

Янги йил арафасида Ўзбекистон тумани "Бўстон" маҳалла фуқаролар йиғини аҳолиси оғирини енгил қилиш, уларга чинакам байрам кайфиятини улашиш мақсадида қатор ижтимоий аҳамиятга эга тадбирлар ташкилланди

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

03 Jan, 03:39


Янги Ўзбекистон армияси - мамлакат таянчи, халқимиз фахри!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Dec, 19:01


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Dec, 10:26


“Мурувват” уйида Янги йил шукуҳи

Ўзбекистон туманидаги Қудаш “Мурувват” ногиронлиги бўлган шахслар учун аёллар интернат уйида Янги йил байрами тадбири ўтказилди.

360 нафар бемор аёллар Президентимиз ғамхўрлиги ва давлатимиз эътиборида даволанаётган муассасадаги байрам кечасида туман сектор раҳбарлари ва жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

Туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев “Мурувват уйи”да яшовчиларни байрам билан табриклаб, барчага энг эзгу тилаклар ва мустаҳкам саломатлик тилади.

Ёзилган байрамона дастурхон, Қорбобо ва қорқизнинг ташрифи, концерт дастури намойиши, улашилган байрам совғалари ва энг муҳими кўрсатилган самимий меҳр қалбларга илиқлик бахш этди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Dec, 09:58


Беморларга байрам кайфияти улашилди

Янги йил байрами муносабати билан Ўзбекистон тумани ҳокимлиги ташаббуси билан кўплаб хайрли ишлар амалга ошириляпти.

Ана шу эзгу тадбирлар доирасида бугун туман марказий шифохонасида даволанаётган беморлар йўқланиб, уларга байрам кайфияти улашилди.

Туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев бошчилигидаги сектор раҳбарлари ва мутасаддилар муассасанинг турли бўлимларида даволанаётган юртдошларимиз ҳолидан хабар олиб, уларга байрам табриклари ва совғаларини етказди.

Дошқозонда ош дамланиб беморларга тортиқ қилинди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Dec, 04:02


Ўзбекистон тумани ҳокими Шерзоджон Юлдашевнинг Янги йил табриги

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

30 Dec, 11:29


Ҳурматли истеъмолчилар!

"Фарғона сув таъминоти" АЖ диспетчерлик хизмати 24/7 режими асосида иш фаолиятини олиб боради.

Бу ҳақида “Фарғона сув таъминоти” АЖ Ахборот хизмати маълум қилмоқда.

Таъкидланишича, барча филиалларда 150 нафар ишчи-ходимлардан иборат навбатчи таъмирлаш гуруҳлари шакллантирилган ва ичимлик суви истеъмолчиларга туну кун хизмат қилади.

"Янги йил байрамини кўнгилли ва беталофат ўтказишингиз тарафдоримиз. Байрамингиз муборак бўлсин!" дейилади АЖ хабарида.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

30 Dec, 07:46


🎄Янги йил шодиёналарига марҳамат! 🎉

Азиз тумандошлар ва туманимиз меҳмонлари!


Энг завқли байрамлардан бири-Янги йил тантаналари Ўзбекистон туманида юқори кўтаринкиликда давом этмоқда.

Туман марказида безатилган кўркам арча атрофида 30-31 декабр кунлари соат 17:00 дан бошланадиган завқли байрам дастурлари Сизларга янада кўтаринки байрам шукуҳи ва юқори кайфият улашади!

Байрам муносабати билан ўтказиладиган мусиқий концерт, театрлаштирилган томошалар ва чинакам кўнгилочар дастурларга барчангизни чорлаб қоламиз!

Оилангиз ва яқинларингиз билан байрам шодиёналарига ташриф буюринг ва Янги йилни ажойиб кайфиятда кутиб олинг!

📍🌲 Манзил:
Яйпан шаҳар, Зиёкор кўчаси, мактабгача ва мактаб таълим бўлими биноси ёнида

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

30 Dec, 05:09


🇩🇪  Германияда бепул касбий таълим (Ausbildung) олиб ойига 1200€ гача стипендия олишни, олий ўқув юртларида ўқишни ёки қонуний энг ками 2.500€ кафолатланган маош олиб ишлашни ҳоҳлайсизми?

🔰Унда Ўзбекистон тумани ҳокимлиги ташаббуси билан йўлга қўйилган Немис тилини ўқитиш марказларимизга таклиф қиламиз.

Сиз билан қонуний миграцияни ташкил этишимиз учун сиздан бор йўғи тил билиш даражаси B1 ёки B2 сертификати керак бўлади.

Интенсив дарслар давомийлиги: ҳафтада 5 кун 3 соатдан

Стандарт дарслар давомийлиги: ҳафтада 3 кун 1,5 соатдан

B1 даражагача бор йўғи 6 ой, B2 даражагача эса 8 ой

🎁 B1 ёки B2 сертификатини қўлга киритган ўқувчиларга Германияда Ausbildung ва ишга жойлашишингизда амалий ёрдам берилади.

Батафсил маълумот учун:
📱 +998-90-852-29-88
Тг: @sherali_juraev_1
Саҳифамиз: @germaniya_ls

📍Манзилимиз: Яйпан шаҳар, "Emperial" ўқув маркази

Дарслар Ўзбекистон туманидаги 1- ва 2-сонли касб-ҳунар мактабларида ҳам йўлга қўйилган

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

30 Dec, 04:59


Янги Ўзбекистон армияси – мамлакат таянчи, халқимиз фахри

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

28 Dec, 14:35


“Президент арчаси”: шодлик ва ҳаяжонга бой байрам

Янги йил болажонлар учун унутилмас таассуротлари билан ҳар доим бетакрор бўлган байрамдир.

Ўзбекистон тумани маданият марказида юқори кайфиятда ўтказилган “Президент арчаси” байрам тантаналари болажонларга бир олам шодлик бахш этди.

Туман ҳокимлиги ва дахлдор ташкилотлар ҳамкорлигида ташкилланган тадбирга кам таъминланган ва эҳтиёжманд оилалар фарзандлари таклиф этилди.

Шодиёнада туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев бошчилигидаги сектор раҳбарлари иштирок этиб, болажонларни Янги йил билан табриклади.

Тадбир давомида 400 нафарга яқин болажонларга байрам совғалари улашилди.

Театрлашган саҳна кўринишлари, Қорбобо, Қорқиз ва эртак қаҳрамонлари иштирокидаги байрам томошаси болажонларга унутилмас қувончли лаҳзаларни ҳадя этди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

28 Dec, 13:35


Ўзбекистон туманида Янги йил шукуҳи: қорбоболар паради байрам арчаси атрофида болажонлар ва уларнинг яқинлари иштирокидаги катта тантаналарга уланиб кетди

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

28 Dec, 11:52


#Овоз_беринг
Фарғона вилоятида энг яхши фаолият олиб бораётган ҳоким ким? Анъанавий, расмий сўровнома

Vodiy1.uz сайти анъанага содиқ қолиб йил якунида “Фарғона вилоятидаги энг яхши туман(шаҳар) ҳокими ким?” сўровномасини ўтказади.

Сўровномада овоз бериш йўли билан Фарғона, Наманган ва Андижон вилоятлари туманлари ҳокимлари орасида энг яхши фаолият олиб бораётган ҳоким аниқланади.
Сўровномада энг кўп овоз олган уч нафар туман ҳокимига “Халқ эътирофи” соврини топширилади.

Изоҳ: Овоз бериш 5 январь соат 23:00 гача

Овоз бериш бу жойда

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Dec, 18:06


Мактаб директорлари ва унинг жамоаси ўртасидаги “Ватан - ардоғимдасан!" танлови ғолиблари аниқланди

Фарғона вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ҳамда Vodiy1.uz интернет нашри ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кунга бағишлаб вилоятдаги умумтаълим мактаблари директорлари ва унинг жамоалари ўртасида “Ватан – ардоғимдасан!” шиори остида видеороликлар танловини эълон қилганди.

Овоз бериш натижаларига кўра, 1-ўринни Ўзбекистон тумани 49-мактаб, 2-ўринни Риштон тумани 42-мактаб, 3-ўринни Фарғона шаҳар 8-мактаб ва 4-ўринни Бешариқ тумани 54-ИДУМ эгаллади.

Ғолиб видеороликлар муаллифлари 1-ўрин Фарғона ҳокимлиги соврини ва диплом, 2- ўрин Фарғона вилоят ММТБ бошлиғи соврини ва диплом ҳамда 3-4-ўринлар Vodiy1.uz нашрининг 1 миллион сўмдан мукофотига эга бўладилар.

8 декабрь соат 22:00дан кейин берилган овозлар ҳисобга олинмайди.

👉 Vodiy1.uzга уланиш учун   https://t.me/Vodiy1uzofficial.  Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

08 Dec, 02:10


Ўзбекистон тумани ҳокими Шерзоджон Юлдашевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 32 йиллиги муносабати билан байрам табриги

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

07 Dec, 17:48


Сектор раҳбарларининг ёшлар билан навбатдаги учрашуви бўлиб ўтди

Ўзбекистон туманида сектор раҳбарларининг ёшлар билан навбатдаги учрашуви ўтказилди.

Ёшларни қийнаётган муаммоларни тезкор ҳал этиш, уларнинг таклиф ва ташаббусларини ўрганиб, амалий кўмак кўрсатилишини таъминлаш мақсадида ташкилланган навбатдаги очиқ мулоқот ҳам самарали ўтди.

Учрашув иштирокчиларининг масала, муаммо ва таклифлари асосида бажарилиши керак бўлган муҳим вазифалар белгилаб олинди.

Тадбир давомида “Ёшлар дафтари”даги 40 нафардан зиёд йигит-қизларнинг олий таълим муассасаларидаги таҳсили учун жами 170 миллион сўмлик шартнома пуллари тўловини тасдиқловчи сертификатлар ҳам топширилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

07 Dec, 17:04


🟢 Диққат! Ўзбекистон тумани ҳокими соврини учун маънавий маърифий ишлар бўйича директор ўринбосарлари ўртасида “Юртим билан фахрланаман" танлови

🟣 Ўзбекистон туман ҳокимлиги ҳамда Vodiy1.uz интернет нашри ҳамкорликда Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган кунга бағишлаб тумандаги умумтаълим мактабларининг Маънавий-маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари ва унинг жамоалари ўртасида “Юртим билан фахрланаман" шиори остида видеороликлар танловини эълон қилади.

🟣Танловга жўнатилган энг сара видеороликлар овозга қўйилмоқда.

Ғолиб видеороликлар муаллифлари 1-2 ўрин Ўзбекистон тумани ҳокимлиги соврини ва диплом, 3 - ўрин туман ММТБ бошлиғи соврини ва диплом ҳамда 4 ўрин Vodiy1.uz нашрининг 1 миллион сўм мукофотига эга бўладилар.

🟣Овоз бериш 15 декабрь соат 22:00гача

Овоз бериш бу жойда

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

07 Dec, 16:57


Байрамга муносиб туҳфа: Бош қомусимиз шодиёнаси арафасида Меҳрибонлик уйининг яна бир собиқ битирувчиси ўз хонадонига эга бўлди

Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан юртимизда ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар ва Меҳрибонлик уйлари битирувчилари ҳам давлат томонидан уй-жой билан таъминланиб, жамиятда ўз ўрнини топиши учун шароит яратилмоқда.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 32 йиллиги байрами арафасида Ўзбекистон туманида Меҳрибонлик уйининг яна бир собиқ битирувчиси Рахмонбек Асқаров ўз уй-жойига эга бўлди.

Туман сектор раҳбарлари, туман ҳокимининг ўринбосарлари, “Инсон” ижтимоий хизматлар маркази масъуллари ва нуронийлар 20 ёшли йигитнинг ҳаётидаги ушбу унутилмас кунда унинг шодлигига шерик бўлдилар.

Шинам ва кўркам хонадон калити ҳамда янги маиший техника жиҳозлари, мебел жамланмалари ўз эгасига топширилди. Рахмонбекни кўплаб тенгдошлари каби келажакда юрт тараққиёти учун ўз ҳиссасини қўшувчи инсон бўлиб етишишига эзгу тилак ва дуолар қилинди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

23 Nov, 08:49


Қўшқўноқдаги 700 нафардан зиёд ўқувчи таҳсил оладиган билим даргоҳи капитал таъмирланиб, фойдаланишга топширилди

Бунёдкорона ислоҳотлар самарасида Ўзбекистон туманидаги таълим муассасалари замонавий кўринишга келтирилмоқда.

"Қушқўноқ" маҳалласидаги 61 йиллик тарихга эга 20-умумий ўрта таълим мактабида инвестиция дастури доирасида 3 млрд 900 млн сўм эвазига кенг кўламдаги бунёдкорлик ишлари амалга оширилди. Айни пайтда масканда таҳсил олувчи 717 нафар ўғил-қизлар учун замонавий шароитлар яратилди.

Кўркам қиёфага эга бўлган муассасанинг фойдаланиш топшириш маросимида сўз олганлар ўқувчи ва ўқитувчиларни табриклаб, келгуси фаолиятларига зафарлар тилади.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

23 Nov, 08:04


Фарғонада "Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг очиқлиги ва ошкоралиги, уларнинг ОАВ билан ҳамкорлиги масалалари" мавзусида давра суҳбати ўтказилди

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

22 Nov, 16:21


Туман прокуратураси ходимлари “Яшил макон” лойиҳасида фаол иштирок этмоқда

Жорий йил кузида Ўзбекистон туманида “Яшил макон” лойиҳаси доирасида 400 минг тупга яқин кўчат экилиши мўлжалланган.

Президентимиз ташаббуси билан юртимизда умуммиллий ҳаракатга айланган ушбу хайрли тадбирларда туман прокуратураси ходимлари ҳам фаол иштирок этиб, ўзларининг муносиб ҳиссасини қўшмоқда.

Бугун ташкилланган навбатдаги ана шундай кўкаламзорлаштириш акциясида ҳам туман прокуратураси, департамент ва мажбурий ижро бюроси ходимлари қатнашиб, дарахт кўчатларини экдилар.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

22 Nov, 15:41


Сектор раҳбарларининг навбатдаги оммавий қабулида 60 нафардан зиёд фуқаронинг мурожаатлари ўрганилди

Бугун Ўзбекистон тумани сектор раҳбарларининг галдаги оммавий сайёр қабули ўтказилди.

Аҳоли билан тўғридан-тўғри мулоқот қилиш, уларни қийнаб келаётган муаммоларни аниқлаш ва ҳал этиш мақсадида ташкилланган навбатдаги қабулида Ўзбекистон Президентининг тумандаги Халқ қабулхонаси мутасаддилари, туман ҳокимининг ўринбосарлари, тегишли ташкилот ва муассасалар раҳбарлари ҳам иштирок этди.

Қабул давомида фуқаролар томонидан уй-жой олиш ёки мавжудини таъмирлаш, ишга жойлашиш, моддий ёрдам, даволаниш, тадбиркорликни ривожлантириш, кадастр, банк кредитлари ва маҳалла инфратузилмасини яхшилаш каби масалаларга оид таклиф ҳамда мурожаатлар билдирилди.

Шу куни қабул давомида қатнашган 60 нафардан зиёд жисмоний ва юридик шахслар томонидан билдирилган турли йўналишдаги масалалар ҳар томонлама кўриб чиқилди.

Муаммоларнинг аксариятига қабул чоғида ижобий ечим топилди. Ижроси маълум муддат ва қўшимча ўрганишни талаб қиладиган мурожаатлар бўйича мутасадди раҳбарларга кўрсатма ва топшириқлар берилди. Қонуний ечимга эга бўлмаган масалаларга эса жойнинг ўзида жавоб қайтарилиб, ҳуқуқий маслаҳатлар берилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

22 Nov, 15:07


Ўзбекистон туманида яшил майдонлар ҳудуди кенгаймоқда

Ўзбекистон туманида “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида куз мавсумидаги дарахт экиш тадбирлари кенг қулоч ёйди.

Бугун “Шакаробод” маҳалла фуқаролар йиғини ҳудудида навбатдаги кўчат экиш акцияси ташкил этилди. Тумандаги капитал қурилиш, коммуникациялар ва коммунал хўжалик мажмуи ташкилотлари ташаббуслигида ўтказилган тадбирда туман сектор раҳбарлари, маҳалла нуронийлари ва жамоатчилиги иштирок этди.

Тадбирда туман миқёсида, хусусан, марказий ва ички кўчалар, муассасалар, маҳаллаларда дарахт кўчатлари экиш, яшил заминлар яратиш, бунда барчанинг фаоллик ва ташаббускорлигини янада ошириш ҳақида сўз борди.

Нуроний отахонлар дуога қўл очиб юртимизга тинчлик, халқимизга фаровонлик ва бошланган эзгу ишларга барака тилади. Эзгу саъй-ҳаракат давомида шу куннинг ўзида тизим фаоллари томонидан беш минг тупдан зиёд терак ва манзарали дарахт кўчатлари ўтқазилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

22 Nov, 12:15


Озиқ-овқат маҳсулотларидан оммавий заҳарланиш ҳолатларини олдини олишга бағишланган тактик ўқув машқи ўтказилди

Ўзбекистон туманида “Озиқ-овқат маҳсулотларидан оммавий заҳарланишлар билан боғлиқ касалликлар (ботулизм)ни олдини олишда фавқулодда вазиятлар давлат қуйи тизим хизматларининг ҳамкорликдаги ҳаракатлари” мавзусида махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди.

Вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси, туман тиббиёт бирлашмаси ҳамда санитария-эпидемиологик осойишталик ва жамоат саломатлиги бўлими ҳамкорлигида ташкилланган тадбирда тизим мутасаддилари ва жамоатчилик вакиллари иштирок этди.

Махсус-тактик ўқув машқининг назарий қисмида мазкур касалликларни келтириб чиқарувчи омиллар, юзага келиши мумкин муаммолар ва уларни бартараф этиш чоралари юзасидан соҳа мутахассисларининг маърузалари тингланди. Иштирокчиларни қизиқтирган саволларга батафсил жавоблар берилди.

Амалий қисмда эса касаллик ўчоғида олиб бориладиган зарурий тадбирлар, хусусан овқатдан заҳарланганда жабрланганларга биринчи тиббий ёрдам кўрсатиш борасида ўқув машқи ўтказилиб, фуқаро муҳофазаси тузилмаларининг ҳамкорликдаги ҳаракатлари амалда кўриб чиқилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

21 Nov, 12:34


“Қудашобод” маҳалласи еттилиги янгиланган масканда иш бошлади

Ўзбекистон туманидаги “Қудашобод” маҳалла фуқаролар йиғини ҳудуддаги таъмирланиб, қулай шароитлар яратилган янги масканда иш бошлади.

Ташкил топганига уч йил бўлган ва 2 минг 450 нафардан зиёд аҳоли вакиллари истиқомат қиладиган маҳалланинг идораси шу кунга қадар замон талабларига мос бўлмаган шароитдаги бинода фаолият кўрсатиб келаётган эди.

Ҳудудда бўш турган масканда йиғин учун бинолар ажратилиб, ҳомийлик маблағлари асосида таъмирланди. Маҳалласи еттилигини муносиб иш олиб бориши учун зарур барча шароит яратилди.

Бугун қудашободликлар ушбу хайрли ташаббус ижобати муносабати билан янги масканда жам бўлдилар. Тадбирда туман сектор раҳбарлари ва жамоатчилик иштирок этди. Унда сўзга чиққан туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев сўнгги йилларда маҳалла фуқаролар йиғинлари жамиятнинг қуйи бўғини сифатида барча инсоний фазилатларни кенг намоён этиб, оилаларда тинчлик-тотувликни таъминлайдиган, жиноятчиликнинг олдини олиб, фаровон ва обод турмушни кафолатлайдиган серфайз гўшага айланганини алоҳида таъкидлади.

Маҳалла фаолларининг жонкуярликлари, фидоийлиги алоҳида эътироф этилиб, эзгу амаллар бардавом, обод масканлар кўпайишига тилаклар билдирилди. Яхши ниятлар билан дарахт кўчатлари экилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

21 Nov, 11:21


Ўзбекистон туманидаги мактабгача таълим ташкилоти ташаббус натижасида замонавий ва кўркам қиёфа касб этди

“Ташаббусли бюджет” лойиҳаси фуқароларнинг ижтимоий фаоллигини ошириш ва жойлардаги муаммоларни қисқа муддатда ҳал этишнинг самарали ечими сифатида хизмат қилмоқда.

Ўзбекистон тумани “Даштхасан” маҳалласидаги 37-давлат мактабгача таълим ташкилотининг бино-иншоатлари ҳам айни дастур доирасида мукаммал таъмирланиб, фойдаланишга топширилди.

Шу муносабат билан бугун бўлиб ўтган тадбирда туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев ва сектор раҳбарлари, вилоят мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси ҳамда унинг тумандаги бўлими мутасаддилари, муассаса жамоаси, МТТ директорлари, маҳалла аҳли ва ота-оналар вакиллари иштирок этди.

1979 йилда қурилган ва ўтган давр мобайнида кўзга кўринарли таъмирлаш ишлари олиб борилмаган боғча инфратузилмасини яхшилашга оид илгари сурилган таклиф энг кўп овозлардан тўплаб, лойиҳа ғолиблигига эришди.

Бюджетдан ажратилган 1 миллиард 200 миллион сўмдан зиёд маблағ эвазига пудратчи ташкилот “Бешариқ идеал” масъулияти чекланган жамияти томонидан масканда таъмирлаш-бунёдкорлик ишлари амалга оширилди. Натижада таълим даргоҳи буткул янгича ва замонавий кўринишга эга бўлиб, унда таълим-тарбия олувчи 230 нафар болалар ва устоз-мураббийлар учун муносиб шароитлар яратилди.

Тадбирда сўз олган туман раҳбари барча йиғилганларни янгиланган муассаса билан самимий қутлади. Мазкур эзгу ташаббус атрофида бирлашиб, юрт ободлиги учун ҳисса қўшаётган барча фаолларга миннатдорлик билдирилди.

Шу куни “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида муассаса ҳовлисига эзгу ниятлар билан мевали ва манзарали дарахт кўчатлари ҳам қадалди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

06 Nov, 14:08


Бугун Халқ депутатлари Фарғона вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.

Унда вилоят Ҳудудий сайлов комиссияси раиси Эркинжон Нуралиевнинг жорий йил 27 октябрда бўлиб ўтган сайлов якунлари тўғрисидаги ахбороти тингланди.

Сессияда 44-Тошлоқ округидан сайланган депутат Комилов Холматжон Одилович халқ депутатлари Фарғона вилояти Кенгаши раиси этиб сайланди.

Шунингдек, сессияда халқ депутатлари Фарғона вилояти Кенгашига сайланган депутатларнинг партия гуруҳлари рўйхатдан ўтказилиб, вилоят Кенгашининг Регламенти ва доимий комиссиялар тўғрисидаги Низом тасдиқланди.

Маслаҳатлашувда Президент томонидан Фарғона вилояти ҳокими лавозимига Бозоров Хайрулло Ҳайитбоевич номзоди кўрсатилганлиги билдирилди.

Халқ депутатлари Фарғона вилояти Кенгаши қарорига мувофиқ Бозоров Хайрулло Ҳайитбоевич Фарғона вилояти ҳокими лавозимига бир овоздан тасдиқланди.

Fergana.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

06 Nov, 10:38


Маърифатли жамият жаҳолатни қоралайди

Ёшлар ўртасида ижтимоий-маънавий муҳитни янада соғломлаштириш, миллатлараро тотувлик ва диний бағрикенглик руҳида тарбиялаш, она Ватанга муҳаббат ва юртга садоқат туйғуларини мустаҳкамлаш мақсадида Ўзбекистон туманида муайян тадбирлар ўтказиб келинмоқда.

"Жаҳолатга қарши маърифат" номли маънавий-маърифий тарғибот тадбирларига аҳоли, айниқса ёшларнинг кенг қатламини қамраб олишга эътибор қаратилмоқда.

Ана шундай тадбирлардан навбатдагилари тумандаги 1 ва 2-сонли касб-ҳунар мактабларида ташкилланди.

Туман ҳокимлиги, дин ишлари бўйича қўмитанинг туман бўлими ҳамда маънавият ва маърифат маркази каби ҳамкор муассасалар ташаббуси билан ўтказилган давра суҳбатларида маърузачилар томонидан тинчлик-осойишталик улуғ неъмат эканлиги ҳақида, интернет ва ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш маданияти, мафкуравий иммунитетни мустаҳкамлаш, жаҳолатга қарши фақат маърифат билан курашиш мумкинлиги ҳақида ибратли мисоллар билан тушунчалар берилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

06 Nov, 09:42


Осойишталик посбонлари эътироф этилди

Ўзбекистон туманидаги “Жаҳон” тантаналар мажмуасида Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан байрам тадбири бўлиб ўтди.

Туманда хизмат қилаётган тинчлигимиз посбонлари, фахрийлар ва жамоатчилик вакиллари иштирок этган тадбирда туман ҳокими Шерзоджон Юлдашев сўзга чиқиб, соҳа фидойилари ва фахрийларини байрам билан қутлади. Туман раҳбари ўз табрик сўзида соҳа ходимларининг жамоат тартиби ва осойишталигини сақлаш, фуқароларнинг ҳуқуқ ва эркинликларини ҳимоя қилиш борасида амалга ошираётган фидокорона хизматлари доимо қадрланиши ва алоҳида эъзозланишини таъкидлаб ўтди.

Байрам тадбирида шундай масъулиятли вазифаларни бажариб келаётган бир гуруҳ соҳа вакиллари ташаккурнома ва эсдалик совғалар билан тақдирланди.

Тадбир хушовоз хонандаларнинг концерт дастури билан янада файзли бўлди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

05 Nov, 06:54


Яйпанлик 56 ёшли спортчи яна бир халқаро югуриш марафонида маррага биринчи бўлиб етиб келди

Самарқандда “Samarkand Marathon” анъанавий халқаро хайрия марафони бўлиб ўтди. Қайд этилишича, марафонда 40 га яқин давлатдан уч минг нафардан зиёд иштирокчи 2, 5, 10, 21 ва 42 километр масофани босиб ўтган.

Ушбу марафонда ҳам иштирок этган Ўзбекистон туманилик Ғайратжон Махмудов 55-59 ёш тоифасида 10 километр масофага югуриш баҳсларида маррани биринчи бўлиб забт этди.

Ғолибларга сертификат, пул мукофоти ва эсдалик совғалари топширилди.

Таъкидлаш жоизки, 56 ёшни қаршилаган спорт ихлосманди ва тарғиботчиси Ғайратжон Махмудов 44 йилдан буён мунтазам равишда спорт билан шуғулланиб келади. Бир неча йилдан буён юртимизнинг кўплаб шаҳарларида ўтказиб келинаётган турли халқаро марафонларда салмоқли натижаларни қўлга киритиб, қатор соврин ва медалларни қўлга киритган.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Nov, 15:43


2024 йил ноябрь ойи пенсия тўловлари учун маблағлар молиялаштирилди.

Банк пластик картаси орқали олувчиларнинг пластик карталарига маблағлар тўлиқ юкланди ҳамда нақд пул шаклда олаётганларга АТ Халқ банкининг сайёр кассалари орқали тўловлар амалга оширилмоқда.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Nov, 10:32


Ис гази: ҳеч ким хавфдан холи эмас

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Nov, 08:49


ДИҚҚАТ, ТАНЛОВДА ИШТИРОК ЭТИНГ!

Табиатнинг ҳар фасли ўзига хос гўзал ва бетакрор. Тилларанг жилоси билан кўзни қамаштирувчи кузнинг таровати ўзгача. Бу фаслда табиат ажиб тусга бурканади, кўнгилларга ҳузурбахш туйғулар бахш этади.

Фарғона вилояти ҳокимлиги томонидан кузнинг ўзига хос таровати, манзаралари акс этган энг яхши видео ва расмлар танлови эълон қилинади. Унда вилоятимизнинг турли ҳудудларидаги бу фаслнинг фусункорлиги очиб берилган бўлиши керак.

Танловга ижодий ишлар 20 ноябрь кунигача қабул қилинади.


Танлов иштирокчилари видеоролик ва фотолавҳаларни @kuz_tarovati_tanlov га жўнатишлари мумкин.

Танлов низоми билан танишиш

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

04 Nov, 06:27


Рақамли технологиялар соҳаси билимдонлари муносиб рағбатлантирилди

Ўтган октябр ойининг иккинчи ярмида Ўзбекистон туманидаги Рақамли технологиялар ўқув марказида "IT Days: IT-кунлари" тадбирлари ташкилланган эди. Унда туман ёшлари "IT-билимдон", “Zakovat Quiz” интеллектуал ўйини, шахмат-шашка ҳамда киберспорт каби мусобақаларда фаол иштирок этди.

IT-кунлари интилувчан ёшларнинг ўз билимларини амалда синаб, янги тажрибалар орттиришига, амалий кўникмаларини янада мустаҳкамлашига хизмат қилди.

Куни-кеча ана шу мусобақалар ғолибларини тақдирлашга бағишланган якуний тадбир бўлиб ўтди. Унда туман ҳокимининг ўринбосарлари Муслимбек Аҳмедов ва Жахонгир Акрамов, билимдон ёшлар ва уларнинг яқинлари иштирок этди.

Тадбирда сўз олганлар томонидан ёшларга келгусида ҳам замонавий билимларни пухта эгаллаб, ўз соҳаларининг етук мутахассислари бўлиб етишларига эзгу тилаклар билдирилди.

Ўтказилган мусобақаларнинг ғолиб ва совриндорлари туман ҳокимлиги ва Рақамли технологиялар ўқув марказининг эсдалик совғалари билан тақдирланди. Шу куни марказда октябр ойида таҳсил олган битирувчиларга ҳам сертификатлар топширилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

01 Nov, 18:07


Ўзбекистон туманида тунги хизматга жалб этилган ходимлар билан йўриқнома ўтказилди

Туманда олиб борилаётган профилактик тадбирлар олдидан туман ИИБ раҳбарияти томонидан ходимлар, масъул ташкилотлар ва жамоатчилик вакиллари иштирокида йўриқнома ўтказилди.

Тадбирда, ички ишлар органлари ходимларининг асосий мақсади юртимиздаги тинчлик ва осойишталикни сақлаш, фуқаролар хавфсизлигини таъминлаш эканлигини алоҳида таъкидланди. Бу борада эътибор қаратиш зарур бўлган энг устувор вазифалар белгилаб олинди.

Тунги хизматни ҳушёр ва намунали  олиб бориш, фуқаролар билан хушмуомалада бўлишлик, хизмат интизоми ва қонунчиликка амал қилган ҳолда айниқса аҳоли гавжум жойлар ва криминоген вазияти оғир бўлган маҳаллаларга эътибор қаратиш юзасидан зарур  кўрсатма ва тавсиялар берилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

01 Nov, 05:17


Ўзбекистон туманилик 11 нафар хотин-қизлар “Йил аёли” миллий танловининг вилоят босқичига йўлланма олди

Юртимизда жамият ривожига муносиб ҳисса қўшиб келаётган, юксак маънавиятли, оилада ва фарзанд тарбиясида ибрат ва фаоллик кўрсатаётган хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, илғор тажрибаларини оммалаштириш мақсадида “Йил аёли” миллий кўрик-танловининг Ўзбекистон туман босқичи бўлиб ўтди.

Унда туман ҳокимининг ўринбосари – туман Оила ва хотин-қизлар бўлими бошлиғи Зулфияхон Саримсоқова иштирок этиб, мамлакатимизда хотин-қизларни қўллаб-қувватлаш, уларнинг жамиятдаги ўрни, роли ва нуфузини оширишга кенг кўламли ишлар ҳақида тўхталди.

Танлов иштирокчилари, туманнинг турли жабҳаларида фаолият олиб бораётган иқтидорли ва фаол аёллар миллий танлов низомига кўра 3 та: таништирув, савол ва жавоб ҳамда “Замонавий ўзбек аёли” мавзусидаги видеоролик намойиши шартлари асосида беллашди.

Ҳакамлар ҳайъати аъзолари ҳамда экспертларнинг хулоса ва эътирофига кўра ўз соҳасида намунали иш олиб бораётган аёллар “Йилнинг энг ватанпарвар аёли”, “Йилнинг энг фаол олима аёли”, “Йилнинг энг илғор тадбиркор аёли”, “Йилнинг энг яхши ижодкор аёли” сингари 11 та номинация бўйича ғолиб деб топилди ва улар танловнинг вилоят босқичига йўлланмани қўлга киритдилар.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

01 Nov, 03:10


Фарғона вилояти Миллий гвардия бошқармаси огоҳлантиради!

Жамоат жойларида совуқ қурол олиб юриш қонунан тақиқланади.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Oct, 13:39


"Жадидлар изидан" республика танловининг Ўзбекистон тумани босқичи ўтказилди

Ўқувчиларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, китобхонликни ҳамда буюк мутафаккирларимизнинг бой маънавий меросини кенг тарғиб қилиш, ёшларнинг маънавий дунёсини бойитиш, уларда мустақил ва танқидий фикрлаш ҳамда ватанпарварлик кўникмасини шакллантириш мақсадида "Жадидлар изидан" республика танловининг Ўзбекистон тумани босқичи ўтказилди.

Юқори кўтаринкилик билан ташкилланган танловда 4 та сектор доирасида юқори натижаларни қайд этган ўқувчи ёшлар 24-умумтаълим мактабида бўлиб ўтган туман босқичида ўз билимларини яна бир бор синовдан ўтказдилар.

Тест ва оғзаки савол-жавоблар шартларида 6-8 синфлар ўртасидa 8-мактаб ўқувчиси Мухаммадазиз Нўмонов, 9-10 синфлар ўртасида эса 18-ихтисослаштирилган мактаб ўқувчиси Жасурбек Қодиров ғолиб деб эътироф этилди ва танловнинг вилоят босқичига йўлланма олди.

Ғолиб ва совриндорлар ташкилотчилар томонидан муносиб рағбатлантирилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Oct, 11:55


Ноябрдан табиий газнинг ижтимоий норма миқдори оширилиши маълум қилинди

Жорий йилнинг 1 ноябридан бошлаб табиий газнинг ижтимоий норма миқдори 100 метр кубдан 500 метр кубгача оширилади. Бу ҳақда “Ҳудудгазтаъминот” АЖ ахборот хизмати хабар бермоқда.

Ноябрь, декабрь, январь ва февраль ойларида бир ойлик меъёрлар қуйидаги тартибда бўлади:

500 м3 гача — 650 сўм (1 м3 газ учун)
501 м3 дан 2500 м3 гача — 1500 сўм
2501 м3 дан 5000 м3 гача — 1950 сўм
5001 м3 дан 10000 м3 гача — 2275 сўм
10001 м3 ва ундан юқори — 2600 сўм.


@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Oct, 06:30


Ўзбекистон туманидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ порталида Ўзбекистон туманидаги қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилинди:

Хусусан,

- Аграсаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси Ўзбекистон тумани бўлими бошлиғи

❗️Аризалар 03.11.2024 йил соат 23:59 гача қабул қилинади.

▪️Танлов жараёнлари юзасидан мурожаатлар учун Агентликнинг Фарғона вилояти филиали
- 73-243-92-28, 73-243-92-34

▪️ Мурожаат учун бот — @vacancy_argos_bot

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Oct, 06:06


Катта ҳажмдаги маълумотлар янги серверларга миграция қилинмоқда

Солиқ қўмитаси маълум қилишича, шу муносабат билан жорий йилнинг 30 октябрь соат 18:30дан 5 ноябрь соат 23:59 га қадар онлайн NKT чекларини таҳрирлаш имконияти вақтинчалик чекланади.

Шунингдек, жорий йилнинг 31 октябрь соат 23:00дан 5 ноябрь соат 23:59га қадар жисмоний шахслар ва якка тартибдаги тадбиркорлар томонидан солиқларни тўлаш, солиқ ҳисоботи ва декларацияларни тақдим этиш, солиқ қарздорлиги ҳақида маълумотларни электрон тарзда олиш ҳамда бошқа электрон хизматлардан фойдаланиш вақтинча тўхтатилади.

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

31 Oct, 04:56


Зулфияхоним издошлари ўз иқтидорларини намойиш этдилар

Мамлакатимизда 1999 йилда таъсис этилган Зулфия номидаги Давлат мукофоти баркамол, оқила хотин-қизларни аниқлашда муҳим аҳамият касб этмоқда.

Ўзбекистон туманидаги 23-сонли болалар мусиқа ва санъат мактабида Зулфия номидаги давлат мукофоти танловининг туман босқичи ўтказилди.

“Зулфияхоним издошлари” деб номланган тадбир давомида мактаб фойесида ушбу мукофотга талабгор истеъдодли қизларни турли соҳалардаги ижодий намуналари кўргазмаси ташкил этилди.

Қайд этилишича, танлов низомига кўра жорий йилги туман тадбирида ҳам 14 ёшдан 30 ёшгача бўлган 60 нафардан зиёд қизлар 7 та йўналиш бўйича ўз билим, истеъдод ва иқтидорларини намойиш этди.

Комиссия аъзолари томонидан номзодларнинг ижодий ишлари, ютуқлари белгиланган меъзонлар асосида баҳоланиб, иштирокчилар орасидан юқори кўрсаткичларга эришган, эътирофли ютуқ ва марраларни қўлга киритган, ибратли жамоатчилик ишлари билан тенгдошларига ўрнак бўлаётган, ноёб истеъдоди ва иқтидори билан ном қозонган ёшлар сараланди. Энг муносиб 7 нафар номзод эса вилоят комиссиясига тавсия этилди.

Тадбир якунида унинг фаол иштирокчиларига туман ҳокимлигининг эсдалик совғалари ҳам топширилди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 10:33


🗳 Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловида муддатидан олдин овоз беришда иштирок этган сайловчилар тўғрисида ахборот

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 09:57


Чемпионлар мамлакати - Янги Ўзбекистон учун овоз берамиз!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 09:43


Чемпионлар устозлари сайловда фаол қатнашадилар

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 07:04


Меҳнатдан бахт топган фарғоналиклар ёруғ истиқбол учун овоз берадилар!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 06:27


Фарғоналик ҳунармандлар сайловда фаол иштирок этадилар!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 06:05


Бағри кенг Ўзбекистон тараққиёти учун овоз берамиз!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 06:00


Ўзбекистон - умумий уйимиз! Шу юртда яшаётган барча фуқаролар унинг келажаги учун овоз берадилар!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 05:53


Биринчи марта овоз бераётган фарғоналик ёшлар сайловда фаол иштирок этадилар!

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 04:50


Мурувват уйида яшовчилар соғломлаштириш ва маданий-маърифий тадбирлардан завқ олдилар

Ўзбекистон туманидаги Қудаш “Мурувват” ногиронлиги бўлган шахслар учун аёллар интернат уйида соғломлаштириш ва маданий-маърифий тадбирлар ўтказилди.

Тумандаги спорт мактаби билан ҳамкорликда ташкилланган тадбир доирасида дастлаб, Мурувват уйи ходимлари ва яшовчилар спортчи ёшлар ҳамда мураббийлар билан биргаликда соғломлаштириш машғулотларида иштирок этдилар.

Шу куни маданий-маърифий кеча ҳам бўлиб ўтди. Ундаги спортчи ёшларнинг кўргазмали чиқишлари, шунингдек, куй-қўшиқлардан иборат бадиий дастур намойиши барчага завқ-шавқ улашди.

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 04:09


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 2 кун қолди

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 03:27


Ўзбекистон туманидаги "Қораёзбобо" ва "Сочтепа" маҳалла фуқаролар йиғинларида электр энергияси таъминоти яхшиланди

@uzbaxborotxizmati

Ўзбекистон тумани ҳокимлиги

24 Oct, 03:18


Сайловларда ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳуқуқлари тўлиқ таъминланмоқда