Farg'ona politexnika instituti @farpiyoshlar Channel on Telegram

Farg'ona politexnika instituti

@farpiyoshlar


www.ferpi.uz
www.facebook.com/farpiyoshlar/
www.instagram.com/farpilive

Farg'ona politexnika institutining axborot kanali / новостной канал ФерПИ

Kanallar: @farpimedia

Murojaat: @yoshlarqabulxonasi_bot

Farg'ona politexnika instituti (Uzbek)

Farg'ona politexnika instituti axborot kanali, yoki qisqacha aytganda FarPI, Farg'ona shahridagi eng yuqori texnik yangiliklar va tajriba bo'lgan o'quvchilari uchun eng muhim ma'lumotlarni taqdim etadi. Kanalda yangiliklar, tadbirlar, va so'nggi institutga oid ma'lumotlar bo'lishi mumkin. FarPI talabalarining qiziqarli va foydali dasturlar haqida ham ma'lumotlar paydo bo'ladi. nnFarPI kanalining rasmiy internet sayti www.ferpi.uz orqali ham o'z muhiti bilan aloqada bo'lishingiz mumkin. Shuningdek, @farpimedia kanali orqali yangiliklarni tezda olishingiz mumkin. FarPI talabalari va o'qituvchilari orasida muloqot va fikr almashish uchun @yoshlarqabulxonasi_bot bilan bog'lanishingiz mumkin. nnFarPI kanali Instagram va Facebook sahifalari @farpilive va @farpiyoshlar orqali ham kuzatib boring. FarPI - bu sizning texnik yangiliklar va tajribalaringizni ulashish uchun eng yaxshi manzil! Sizni FarPI kanalida ko'rishni kutib qolamiz!

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 14:21


#Huquqiy_savodxonlik_va_madaniyat_oyligi
#Mehr_saxovat
#mahallabay

🎗 "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" deb eʼlon qilingan. Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan, jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir. Bu orqali ularni, jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy hayotidagi faolligini taʼminlashga erishish mumkin.
Shu maqsadda bugun institutimizda ham bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan,
🌱Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori Qutlug'bek Hayitov Farg'ona viloyati imkoniyat cheklangan bolalar muruvvat uyida "3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni" munosabati mehr saxovat tadbirlarini amalga oshirdi.

🌱Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutorlari D.Ortiqov va Z.Mingboyevalar fakultetning faol talabalari bilan birgalikda saxovat ulashildi.

🌱Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti tyutorlari, faol talabalar hamda Kimyogar MFY Yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda “Qaynoq qalblar” loyihasi doirasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarning holidan xabar olindi.

🌱Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti tyutori M.Axmedovaga biriktirilgan 69-24 M guruh talabalari bilan birgalikda saxovat ulashdi.


🌱Kimyo-texnologiya fakulteti hamda “Harbiy vatanparvarlik” yo’nalishi koordinatori bilan faol talabalar Farg’ona shahrida joylashgan “Muruvvat” uyida bo‘lishdi.

🌱Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori Yoqutxon Xolikjonova o'ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan Farg'ona shahar imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabida bo'lishdi.

@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 13:54


#marifat_ulashib
#Muhammad_Ismoil
#Javlon_Jovliyev

Ma'lumki, 2024-yil 4-dekabr kunida 3-davra “Ma’rifat ulashib” loyihasi tadbirlari doirasida institutimizga O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zolari #Muhammad_Ismoil hamda #Javlon_Jovliyevlar tashrifi kutilmoqda.
Ushbu dastur asosida birgalikda qizg'in tarzda o'tkazish nasib etsin.
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 10:07


https://forms.gle/DB3REmRESMAumB3c8

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 09:54


#natija
#olimpiada
#konstitutsiyakuni
Bugun 2-shartda ishtirok etadigan lar soat 15.00dan boshlab 1-galereyaga kirishlari kerak.
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 09:39


#hafta_yangiliklari
#KLT_NEWS
🔰KLT NEWS🌐
25.11.2024-01.12.2024
gacha bo'lib o'tgan hafta yangiliklari
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 07:56


#konstitutsiyakuni
#olimpiada
#test
Konstitutsiya bilimdoni olimpiadasining 1-sharti 30 ta test e'lon qilindi.
Ushbu havola orqali kirib ishlashingiz mumkin.
Eng tezkor va aniq javob bergan nomzodlar (90-71 ball) 2-shartga yo'l oladilar
👉https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfH0ZBxP4wFoHvFMl8CU6ftLaPRrwtoxcSGEOkdb1H7xn5c8A/viewform?usp=sf_link
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 06:55


#Tanishing

🔰OʻZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI FARGʻONA POLITEXNIKA INSTITUTI BOSHLANGʻICH TASHKILOTI KOMPYUTERLASHGAN LOYIHALASH TIZIMLARI FAKULTETI KOORDINATORI

SUNNATOV BOBURBEK
MIRZOVOXIDOVICH

Murojaat uchun:
📞+998937974117
Telegram: @Boburbek774
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 06:48


https://t.me/Farpi_mexanika
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 06:19


Soat 13.00da boshlanadi.
Olimpiadada omad tilaymiz

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 05:14


#Meningkonstitutsiyam
#Konstitutsiyakuni

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi» mavzusida fakultetlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. Xususan,

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti 8-dekabr qomusimiz qabul qilingan kun munosabati bilan fakultet binosi oʻzgacha bezatildi.

Mexanika - mashinasozlik fakulteti tyutorlari M.Raximova hamda A.Turliyevlar TTJ da istiqomat qilayotgan talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida 8-dekabr - "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi" qabul qilinganligining 32 yilligi munosabat bilan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini, uning hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning bosh omili ekanligi to'g'risida davra suhbati tashkillandi.

"8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun" munosabati bilan Kimyo-texnologiya fakulteti binosining old qismiga targ'ibot materiallari joylashtirildi.

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakulteti talabasi tomonidan targ‘ibot videoroligi taqdim etildi.

8-dekabr Konstitutsiya kuni munosabati bilan Energetika fakulteti binosining oldi qismiga targ'ibot materiallari joylashtirildi.

@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 05:09


#konstitutsiyakuni
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqida batafsil ma'lumotlarni https://constitution.uz/uz sayti orqali bilishingiz mumkin!
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

03 Dec, 04:50


#Huquqiy_savodxonlik_va_madaniyat_oyligi
#OITSga_qarshimiz
#Soglom_hayot_tarafdorimiz
#aksiya
Ma’lumki, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni sifatida dunyo bo‘ylab ushbu kasallik profilaktikasi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aksiya va loyihalar o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan bizning oliygohda ham fakultetlar tomonidan turli tadbirlar davom etmoqda. Xususan,
🔗OITS kasalligiga sabab bo‘luvchi omillar qanday?

🔖Kasallik belgilari, yuqish yo‘llari va oldini olish choralari haqida mutaxassislarimiz tomonidan tayyorlangan yuqoridagi infografika orqali bilib oling👆


💫 2024-yil 2-dekabr kuni Kimyo-texnologiya fakulteti tyutori Sh.Eraliyev o‘ziga biriktirilgan 104-23 guruh talabalar bilan "OITS -xatarli hastalik" mavzusida tadbir oʻtkazdi.


Energetika fakulteti tyutorlari O‘.Qo‘ldashev. SH.Valiyevlar o‘zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida chellenj o‘tkazildi.


🖇2024-yil 2-dekabr kuni Qurilish fakulteti tyutorlari o'zlariga biriktirilgan guruh talabalari bilan birgalikda talabalarni tibbiy savodxonligini rivojlantirish maqsadida OIV infeksiyasi va uning salbiy oqibatlari to'g'risida chellenj o‘tkazdilar.


🩸Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti tyutorlari tomonidan fakultet talabalari o'rtasida Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan OIV infeksiyasi haqida umumiy tushunchalar, virusni yuqish yo'llari va qanday holatlarda yuqmasligi, klinik belgilari haqida umumiy tushunchalar berildi.


2024-yil 2-dekabr kuni Energetika fakulteti 44-23 guruh talabalari tomonidan “OIV infeksiyasi va uning salbiy oqibatlari” mavzusida chellenj o‘tkazildi.


Joriy yilning 2-dekabr kuni Qurilish fakultetida “Biz OITSga qarshimiz” mavzusida maʼnaviy - maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
♻️Tadbirda, Farg'ona viloyat narkologiya dispanseri vrach narkoligi J.M.Qodirova, fakultet YBIB dekan o'rinbosari Z.Umirzaqov, fakultet tyutorlari hamda talabalar ishtirok etishdi.


@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

02 Dec, 12:56


#anons
#olimpiada
#konstitutsiyakuni
Ertaga Konstitutsiya bo'yicha olimpiada bo'ladi.
Olimpiada
2 ta shartda bo‘ladi
1- shart 30 ta test onlayn ishlanadi.
2-shart savol javob
Test 13.00da savol-javob 14.30da 1g da bo‘ladi
@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

02 Dec, 09:57


#Meningkonstitutsiyam #Konstitutsiyakuni
#Koordinator_tashabbusi

«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi» mavzusida fakultetlarda targ'ibot tadbirlari davom etmoqda. Xususan,
2024-yil 1-dekabr kuni Ishlab chiqarishda boshqaruv fakulteti koordinatori F. Sobirov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag'ishlab talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o'yini o‘tkazildi.

2024-yil 1-dekabr kuni Energetika fakulteti koordinatori Ilhomjon Ayupjonov tomonidan 8-DXSH da istiqomat qilayotgan talabalar bilan “8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Yengil sanoat va to'qimachilik fakulteti koordinatori S.Sobirjonov TTJda istiqomat qiladigan talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida sportning "Armrestling", "Minifutbol" hamda "Shaxmat" turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazdi.

2024-yil 1-dekabr kuni Energetika fakulteti koordinatori Ilhomjon Ayupjonov tomonidan Talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va “8-dekabr Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni” ga bagishlab talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa o‘tkazdi.

30.11.2024 yil kuni Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari fakulteti TTJda istiqomat qiluvchi talabalar uchun qavat sardorlari tomonidan sportning shaxmat, shashka turlari bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.

Yengil sanoat va to‘qimachilik fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

02 Dec, 09:52


#Atrof_muhit_muhofazasi_oyligi
#Tyutor_faoliyati
#TTJ
#Epli_qizlar_to'garagi
#togarak

🥙 Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan qizlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil qilish uchun bugun Yengil sanoat va toʻqimachilik fakulteti tyutori Sh.Ubaydullayeva qizlar bilan birgalikda tayyorlanishi oson va kamxarj boʻlgan "Kuz neʼmati" deb nomlangan salat tayyorlashdi.

@farpiyoshlar

Farg'ona politexnika instituti

02 Dec, 09:44


#Meningkonstitutsiyam, #Konstitutsiyakuni
Ma’lumki, 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bayrami arafasida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi» mavzusida talabalar o‘rtasida Konstitutsiya darslari o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, bugun Ijtimoiy fanlar va sport kafedrasi mudiri A.Komilov tomonidan madaniyat saroyida targ‘ibot darsi bo‘lib o‘tdi.
@farpiyoshlar