Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat markazida mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi ham bo‘lib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda 100 nafardan ziyod mehnat migratsiyasidan joriy yil boshida qaytgan yoshlar ham ishtirok etishdi.
Yarmarkada qatnashgan yoshlarning 5 nafariga bo‘sh ish o‘rinlari mavjud korxona va tashkilotlarga ishga joylashishga yo‘llanma berilgan bo‘lsa, 1 nafarining kasb-hunarga o‘qitish choralari ko‘rildi.