Uz Auto Motors 24/7 @uzautomotorsoficial Channel on Telegram

Uz Auto Motors 24/7

@uzautomotorsoficial


24/7 Rejimidagi barcha yangiliklar faqat shu kanalda

Uz Auto Motors 24/7 (Uzbek)

Uz Auto Motors 24/7 kanali avtomobil sohasida eng eng yangi va maqbul yangiliklarni taqdim etadi! Bu kanalda Siz avtomobillar haqida eng so'nggi malumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Kanalimizga obuna bo'lib, avtomobil sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Uz Auto Motors 24/7 kanalida siz avtomobil modellari haqida ma'lumotlarni olish, yangi texnologiyalar va modellarning xususiyatlarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Endi avtomobil sohasidagi barcha yangiliklar faqat shu kanalda ekanligini eslab qoling! Uz Auto Motors 24/7 kanalida sizga har kuni 24 soat davomida eng so'nggi va maqbul avtomobil yangiliklari taqdim etiladi. Avtomobil sohasida eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun, @uzautomotorsoficial kanaliga obuna bo'ling va avtomaqol sohasidagi eng so'nggi malumotlardan xabardor bo'ling!

Uz Auto Motors 24/7

17 Jan, 11:48


🚗 @UzavtoMarkaz - Yangi va ikkinchi qo'l avtomobillarni eng yaxshi narxlarda toping!

Yangi takliflar
Maxsus aktsiyalar
Avtomobil tanlashda yordam

E'lon joylashtirish uchun adminga yozing: @Ixtiy0rx0n

@UzavtoMarkaz
@UzavtoMarkaz

🔗 Kanalga obuna bo‘ling va eng yangilarni bilib oling!
#UzavtoMarkaz #AvtoReklama

Uz Auto Motors 24/7

08 Jan, 08:12


#Диққат #Яхши_хабар

Энди шахсни тасдиқловчи ва бошқа ҳужжатларнинг электрон шакли ҳам расман тан олинади

Права ва паспортларни телефондаги расмини кўрсатиб юраверамиз👍

2025 йил 1 июлдан бошлаб, шахсни тасдиқловчи ва бошқа ҳужжатларнинг my.gov.uz платформасидаги электрон шакллари расман тан олинади. Бу дегани, банклар, нотариуслар, аэропортлар, вокзаллар ва бошқа ташкилотларда қоғоз нусхаларни тақдим қилиш шарт бўлмайди.

Яқинларга хабарни биринчи бўлиб юбориб қўямиз

@uzautomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

08 Jan, 06:49


#Диққат

‼️Тошкент вилоятида иссиқлик ва иссиқ сув нархи оширилмоқда

Айрим ҳудудларда 1 Gkal иссиқлик нархи бюджет ташкилотлари учун 140 минг сўмдан 560 минг сўмгача қимматлайди. 

@uzautomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

07 Jan, 14:52


Rasmiy xabar

Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun savdo.uzavtosanoat.uz platformasi va UzAvtoSavdo mobil ilovasida onlayn kontraktatsiya jarayoni yakunlandi.

Jami 50 017 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, shundan 49 858 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 159 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Jami 9 255 dona Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va 40 762 dona Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobili realizatsiya qilindi.

@uzautomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

06 Jan, 08:19


Hurmatli mijozlar!

“UzAuto Motors” AJ 7-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar faqat savdo.uzavtosanoat.uz veb-sayti va UzAvtoSavdo ilovasi orqali onlayn tarzda tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Telegram-bot navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Agar sizda savollar bo‘lsa, kompaniya Call- markazi +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

03 Jan, 08:54


#Диққат

📸Энди радарлар умуман ўчмасдан 24/7 ишлайди, электр сабаб ўчиб қолмайди

Ўзбекистонга қуёш панелли радарлар келмоқда!

Тезлик билан боғлиқ йўл-транспорт ҳодисаларининг олдини олиш мақсадида қуёш нурлари орқали қувватланувчи янги 10 та радар мосламалари ўрнатилмоқда.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

29 Dec, 13:18


#Диққат

‼️🔥Табиий газ, электр энергияси учун тўловлар 2025 йил 1 апрелдан яна ошади

Ҳозирги ва ошиши кутилаётган нархлар жадвали ижтимоий тармоқларда тарқалмоқда. Ушбу жадвал расман тасдиқлангани бўйича маълумот мавжуд эмас.

@uzautomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

26 Dec, 18:14


#Диққат

⚡️⚡️⚡️Тошкент шаҳри ва вилоятидаги метан заправкалар тўлиқ ишга тушгани айтилмоқда

Маълумотларга кўра, Тошкент шаҳри ва вилоятидаги метан заправкалар бугундан 24/7 режимида ишлашга ўтган.

Эртадан водий вилоятларида ҳам заправкалар чекловларсиз фаолият юритиши айтилмоқда.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

23 Dec, 05:04


InfinBank orqali Chevrolet avtomobilini xarid qilish endi yanada oson!

Chevrolet va InfinBankdan maxsus taklif bilan orzuingizdagi Chevrolet avtomobilini tanlang va hayotingizni yanada qulayroq qiling.

Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse: (jismoniy va yuridik shaxslarga):

Boshlang‘ich to‘lov:
yuridik shaxslarga – 15 % dan boshlab;
jismoniy shaxlarga – 50 % dan boshlab.

Foiz stavkasi:
yuridik shaxslarga- 5.0 % dan dan boshlab;
jismoniy shaxlarga -5.99 % dan boshlab.

Muddati:
yuridik shaxslarga - 36 oygacha;
jismoniy shaxslarga - 24 oy.

Chevrolet Onix*, Tracker*, Captiva, Malibu va Traverse: avtomobillariga uzoq muddatli xarid uchun qulay shartlar:

Boshlang‘ich to‘lov - 15% dan boshlab;
Foiz stavkasi - 16.99% dan boshlab;
Muddati - 48 oygacha.

Shoshiling, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Chevrolet avtomobillaridan biriga ega bo‘ling.

Batafsil ma’lumot olish uchun Chevrolet.uz saytiga tashrif buyuring.

*Chegirmasiz narxlarda amalga oshiriladi.

Uz Auto Motors 24/7

18 Dec, 07:54


Hurmatli mijozlar!

“UzAuto Motors” AJ Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun avvalgi kontraktatsiyada tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lovi belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagan hajmlar qayta kontraktatsiyaga qo‘yilishini ma’lum qiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar 19-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab savdo.uzavtosanoat.uz onlayn platformasi va UzAvtosavdo ilovasi orqali tuzilishi mumkin bo‘ladi.

Telegram-bot navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Agar sizda savollar bo‘lsa, kompaniya Call- markazi +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

12 Dec, 09:30


Cobalt

UzAutoMotors 22 ноябрь куни жисмоний шахсларга Cobalt русумидаги автомобиль хариди учун 55 минг 322 та шартнома берган.

11 декабрь куни ўша шартномалар бўйича пул тўланмаган 22 мингта машина учун яна контрактация очилган. Қарийб 40% шартномаларга пул тўланмаган.

***

21 июнь куни жисмоний шахсларга Cobalt русумидаги автомобиль хариди учун 24 минг 931 та шартнома берган.

4 июль куни ўша шартномалар бўйича пул тўланмаган 14 минг 250 та машина учун яна контрактация очилган. Тахминан 57% шартномаларга пул тўланмаган.

@uzautomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

08 Dec, 04:33


Автомобилни қишга қандай тайёрлаш керак?

Ўзбекистонда қиш қаттиқ бўлмаса-да, лекин совуқ об-ҳаво ҳайдовчилар учун кутилмаган қийинчиликлар келтириб чиқариши мумкин.

Эшик қулфлари музлаб қолиши, ўт олдириш қийинлашиши, эрталаб ойналарни муз қоплаши ёки йўллар кутилмаганда сирпанчиқ бўлиб қолиши — тажрибали ҳайдовчи учун ҳам муаммолар келтириб чиқариши мумкин.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

06 Dec, 17:02


Bayramlar yaqin — Chevrolet’ni oʻzingiz va yaqinlaringizga sovgʻa qiling!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni va Yangi yil bayramlari arafasida UzAuto Motors mijozlariga avtomobillarni qulay shartlarda xarid qilish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etib, ularni xursand qilishda davom etadi!

Endi sevimli Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari yanada hamyonbop. Zamonaviy, texnologik va har jihatdan qulay avtomobillar chegirma bilan taklif etilmoqda!

5-dekabrdan boshlab Chevrolet Onix xarid qilganingizda chegirma miqdori 15 million so‘m o‘rniga 19 million so‘m bo‘ladi. Chevrolet Tracker xaridida esa chegirma 22 million so‘m oʻrniga 29 million so‘mni tashkil etadi!

O‘tib borayotgan yil yakunida Chevrolet egasi bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Qishki bayramlarni orzuingizdagi avtomobil rulida qarshi oling!

Shoshiling, avtomobillar soni cheklangan!

Ma’lumot uchun telefon: (78) 141-77-77.

Uz Auto Motors 24/7

22 Nov, 15:52


Rasmiy xabar

Savdo.uzavtosanoat.uz platformasida Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari xaridi uchun onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi.

Jami 55 494 ta shartnoma tuzilgan bo‘lib, shundan 55 322 tasi One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslarga, 172 tasi esa yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keladi.

Jami 27 201 dona Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va 28 293 dona Chevrolet Cobalt GX-MIDNIGHT AT avtomobili realizatsiya qilindi.

Onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo tizimida 22,8 ming kiberhujum amalga oshirildi. Platforma faoliyatida uzilishlar kuzatilmadi. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 520 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 3 mingdan ortiq ulanishlar qayd etildi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 6000 Mbit dan oshdi.

Kontraktatsiya jarayoni davrida kompaniya Call-markazi orqali 1 872 mijoz murojaati qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.

Fursatdan foydalanib, UzAuto Motors fuqarolardan firibgarlardan ehtiyot bo‘lishlarini, jumladan, e’lonlar joylashgan saytlar (doskalar) va boshqa tashqi servislar orqali “shartnoma sotib olish” bo‘yicha shubhali takliflarga rozi bo‘lmasliklarini qat’iy so‘raydi. Shuningdek, UzAutoSavdo platformasida xaridor yoki diler mijozning ma’lumotlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega emasligini ta’kidlashni zarur deb hisoblaydi.

UzAuto Motors oʻz mijozlariga Chevrolet brendini tanlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

Uz Auto Motors 24/7

22 Nov, 06:04


Rasmiy xabar

Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan boshlab, soat 10:30 holatiga ko‘ra, UzAutoSavdo platformasidan foydalangan holda jami 6058 ta shartnomalar muvaffaqiyatli tuzilgan.

UzAutoSavdo onlayn-savdo tizimi 7000 ga yaqin kiberhujumga uchragan. Umuman olganda, tizimda ushbu vaqt oralig‘ida 279 mingdan ortiq faol seanslar va soniyasida 3,1 mingdan ortiq yangi seanslar qayd etildi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 6000 Mbit dan oshdi.


Ushbu davr mobaynida kompaniyaning Call-markazi tomonidan 300 dan ziyod murojaatlar qabul qilinib, ko‘rib chiqildi.

UzAuto Motors jamoasi foydalanuvchilar uchun onlayn platformaning muntazam ishlashini taʼminlash boʻyicha faol ish olib bormoqda.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

22 Nov, 03:00


Diqqat shartnoma ochildi

Hurmatli mijozlar,

“UzAuto Motors” AJ 22-noyabr kuni soat 10:00 da Chevrolet Cobalt GX-STYLE AT PLUS va GX-MIDNIGHT AT avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlanishini ma’lum qiladi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomani savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali tuzishingiz mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Agar sizda  savollar bo‘lsa, kompaniya Call- markazi +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

21 Nov, 09:50


Kimda dogs, notcoin, xEmpire, hamster, toncoin bo'lsa sotib olamiz.

@dogs_shouse_bot ga yozing

Uz Auto Motors 24/7

03 Oct, 05:49


@Auto_olam_bot - O'zbekistondagi(GM) balki dunyoga mashhur avtomobillar haqida to'liq ma'lumot beruvchi bot.

Uz Auto Motors 24/7

27 Aug, 12:19


@dogshouse_bot da kimda dogs bo'lsa sotib olaman. Kimda bo'lsa coinlaringizni skrinshotini quyidagi botga yuboring o'zimiz a'loqaga chiqamiz ➡️ @dogs_shouse_bot

DOGS | NOTCOIN savdo kanali: https://t.me/+5gTsx3xaO9ZiMTNi

Uz Auto Motors 24/7

17 Jul, 12:21


Informatsion xabar

Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 26 700 dona Chevrolet Cobalt avtomobili  uchun  boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni yakunlandi.

26 603 ta tuzilgan shartnomalar One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi. 97 ta shartnoma yuridik shaxslar ulushiga to‘g‘ri keldi.

UzAuto Motors o‘z mijozlariga  Chevrolet brendini tanlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

16 Jul, 12:26


17-iyul kuni soat 10:00 da savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali
avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzishingiz mumkin.


Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim.

Agar sizda qandaydir savol bo‘lsa, kompaniya +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

05 Jul, 09:19


Informatsion xabar

Savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali 14 250 dona Chevrolet Cobalt avtomobili xaridi uchun onlayn kontraktatsiya jarayoni yakuniga yetdi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

04 Jul, 12:15


Hurmatli mijozlar!

5-iyul, juma kuni soat 10:00 da Cobalt uchun sotuv jarayonlari boshlanadi. Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

21 Jun, 06:56


Informatsion xabar

Savdo.uzavtosanoat.uz saytida 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun  boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni davom etmoqda.

21-iyun soat 11:25 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 4 280 ta shartnoma tuzildi.

Onlayn kontraktatsiya bo‘yicha ma'lumotlar to‘ldirilib boriladi.

@uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

21 Jun, 06:16


Informatsion xabar

Savdo.uzavtosanoat.uz saytida 25 ming dona Chevrolet Cobalt avtomobilining 2024-yilgi ishlab chiqarish hajmi uchun  boshlangan onlayn kontraktatsiya jarayoni davom etmoqda.

21-iyun soat 10:50 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 1 557 ta shartnoma tuzildi.

Onlayn kontraktatsiya bo‘yicha ma'lumotlar to‘ldirilib boriladi.

Tezkor habarlar: https://t.me/+dKLjQZf5f6VlODli

Uz Auto Motors 24/7

21 Jun, 05:54


Hurmatli mijozlar,

UzAuto Motors mutaxassislari texnik nosozliklarni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishganligini ma’lum qilamiz.

Chevrolet Cobalt avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya tuzish uchun tizim faoliyati qayta tiklandi.

10:15 holatiga ko‘ra, Chevrolet Cobalt avtomobili uchun 29 shartnoma tuzildi.

Onlayn kontraktatsiya natijalari qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Tushunganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Tezkor habarlar: https://t.me/+dKLjQZf5f6VlODli

Uz Auto Motors 24/7

21 Jun, 05:16


Hurmatli xaridorlar!

UzAutoSavdo platformasi faoliyatida texnik nosozlik sababli uzilishlar kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda  mutaxassislar tomonidan ularni bartaraf etish uchun amaliy ishlar  olib borilmoqda.

Ma’lumot to‘ldirilib boriladi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. Tushunganligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Tezkor yangiliklar: https://t.me/+dKLjQZf5f6VlODli

Uz Auto Motors 24/7

16 Jun, 07:38


Hayit munosabati bilan Uzum dan sovg'a.

Uzum Tezkor’da birinchi 3 ta 70 000 dan ortiq buyurtma uchun 25 000 chegirma REFZDISF promokodi bilan. Ilovani bu yerdan yuklab olish mumkin.

Play market: Uzum market
App store: Uzum market

Uz Auto Motors 24/7

14 Jun, 11:54


Hurmatli mijozlar!

Quyida sizlarga foizsiz muddatli to‘lovga Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini xarid qilish mumkin bo‘lgan dilerlik markazlarining ro‘yxati va manzillarini taqdim etamiz.

Shuningdek,  dilerlik markazlari ro‘yxati yangilanib borishi sababli kompaniya ijtimoiy tarmoq sahifalari va rasmiy saytlarida chevrolet.uz  va uzautomotors.com ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda taqdim etilishini ma’lum qilamiz.

Уважаемые клиенты!


Предоставляем вам список и адреса дилерских центров, где можно приобрести автомобили Chevrolet Onix и Tracker в рассрочку!

Сообщаем, что по мере обновления списка дилерских центров, информация будет предоставляться дополнительно на нашем Telegram-канале и сайтах chevrolet.uz и uzautomotors.com.

Batafsil telegram sahifamizda 👉   @uzavtomotorsoficial

Uz Auto Motors 24/7

21 May, 05:56


10:15 holatiga ko‘ra, Chevrolet Lacetti avtomobili uchun 3 200 ta shartnoma tuzildi.

Tuzilgan shartnomalarning 99.7 %i One ID tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va 1 ta dan ko‘p bo‘lmagan avtomobil uchun shartnoma tuzgan jismoniy shaxslarga to‘g‘ri keladi.

Uz Auto Motors 24/7

08 May, 08:34


Informatsion xabar

Chevrolet Lacetti avtomobili uchun onlayn kontraktatsiya jarayonida UzAutoSavdo platformasida 1 sekund ichida 170 mingdan ortiq murojaat bilan ulkan ulanishlar soni qayt etildi. Taqqoslash uchun, Internet Live Stats ma’lumotlariga ko‘ra, Google qidiruv tizimi bir soniyada 99 000 ga yaqin qidiruvlarni amalga oshiradi.

Ushbu vaqt ichida UzAutoSavdo tizimi 120 dan ortiq kiberhujumga uchradi, ammo ko‘rilgan choralar tufayli barcha kiberhujumlar oldi olindi.

Kontraktatsiya yakuniga ko‘ra, Chevrolet Lacetti avtomobilini xarid qilish uchun 4 500 ta shartnoma tuzildi.

Bundan tashqari, kompaniya yana bir bor mijozlarni ogoh va hushyor bo‘lishga va uchinchi shaxslar tomonidan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmaslikni” ta’kidlaydi.

@uzavtomotorsoficial