UzAuto @uzauto_official Channel on Telegram

UzAuto

@uzauto_official


“O’zavtosanoat” AJ rasmiy kanali | Официальный канал АО "Узавтосаноат"
"O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 13
+998 (78) 141-77-77
Ishonch telefoni raqami: +998 (78) 140-76-66
E-mail: [email protected]

UzAuto_official (Russian)

Добро пожаловать на официальный канал "O’zavtosanoat" AJ! Здесь вы найдете самую актуальную информацию о производителе автомобилей в Узбекистане. "O’zavtosanoat" AJ - это ведущая компания, специализирующаяся на производстве автомобилей и автозапчастей. Мы предлагаем широкий ассортимент продукции высокого качества, которая соответствует самым современным стандартам безопасности и экологии. На нашем канале вы сможете узнать о последних новостях компании, а также о предстоящих мероприятиях и акциях. Присоединяйтесь к нам, чтобы быть в курсе всех событий "O’zavtosanoat" AJ! Доверьтесь профессионалам и выбирайте качество! Подписывайтесь на наш канал прямо сейчас и будьте в курсе всех новостей и акций от "O’zavtosanoat" AJ!

UzAuto

07 Feb, 15:40


🔺IBRO-2025 OLIMPIADASIGA START BERILDI!

Joriy yilning 7-fevral kuni Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Fan olimpiadalar markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda taʼlimni rivojlantirishda turli yoʻnalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilinib, Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, boshlangʻich professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilarning STEM fanlariga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash va ragʻbatlantirish maqsadida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan respublika miqyosidagi Iqtidorli Bolalar Respublika Olimpiadasini (IBRO-2025) tashkil etish bo'yicha qoʻshma qaror imzolandi va olimpiadaga start berildi.

🏆Olimpiada Testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda bo'lib o'tib, birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan yoshlar (jami 18 nafar) oʻquvchilar AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant, eng faol ishtirok etib yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga esa “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin - BYD Chazor avtomobili topshiriladi.

🔺IBRO-2025 OLYMPIAD HAS BEEN LAUNCHED!

On February 7 of this year, a meeting was held between representatives of Turin Polytechnic University in Tashkent, the Republican Scientific and Methodological Center for the Development of Education and the Science Olympiad Center.

🔹 During the meeting, discussions were held on collaboration in various areas for the development of education and a joint resolution was signed to organize the Republican Olympiad for Talented Children (IBRO-2025) in mathematics, physics, computer science, and information technology to enhance students' interest in STEM subjects, identify talented students, and encourage them and the Olympiad was officially launched.

🏆The Olympiad will take place in three stages on the Testbor.uz educational platform. The top three winners (a total of 18 students) will be awarded 100% scholarships to AKITA and Turin Polytechnic University in Tashkent. Additionally, the most active school team that achieves the highest rankings will receive the grand prize – a BYD Chazor car, awarded by "Uzavtosanoat" JSC.

Follow us on:
📱Facebook|📷Instagram|🌐web|📹Youtube

UzAuto_official

15 Jan, 10:18


🚘 Автомобильная промышленность Узбекистана:

📅 Данные производителей Узбекистана за январь-декабрь 2024 года.

➡️Всего за указанный период было реализовано 402 391 единиц автомобилей:

UzAuto Motors — 353 730
ADM Jizzakh — 30 329
BYD Uzbekistan Factory — 17 132
Asaka Motors —489
Jizzakh Auto — 394
SamAuto — 317


👉 Подробнее

UzAuto_official

15 Jan, 10:17


🚘 O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:

📅Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2024-yil yanvar-dekabr oylari bo‘yicha ma’lumotlari.

➡️Qayd etilgan davrda jami 402 391 dona avtomobil sotilgan:

UzAuto Motors —353 730
ADM Jizzakh — 30 329
BYD Uzbekistan Factory — 17 132
Asaka Motors — 489
Jizzakh Auto — 394
SamAuto — 317

👉 Batafsil

UzAuto_official

14 Jan, 04:53


"O‘zavtosanoat" AJ jamoasi barchangizni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlarga mustahkam sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt, Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi sharafli hamda mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

UzAuto_official

11 Jan, 18:46


Сегодня в социальных сетях широко распространился фрагмент письма с комментариями, что UzAuto отклонило поручение Кабинета Министров о реализации автомобилей через коммерческие банки, учителям на льготных условиях сроком на 60 месяцев и первоначальным взносом 30 процентов.

АО «Узавтосаноат» сообщает, что информация об отклонении поручения Кабинета Министров не соответствует действительности и является фейком.

АО «Узавтосаноат» готово реализовать автомобили по льготным автокредитам, выдаваемым коммерческими банками в рамках исполнения поручения Кабинета Министров (коммерческие банки не имеют иного механизма кроме кредита для финансирования покупок физических лиц).

Кроме того, в оригинале письма сообщается, что через Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yo‘li Bank, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Alliance Bank и Tenge Bank внедрены различные механизмы для приобретения автомобилей, в том числе на льготных условиях.

АО «Узавтосаноат» просит администраторов различных групп в социальных сетях не распространять недостоверную и непроверенную информацию.

UzAuto_official

11 Jan, 18:45


Bugun ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Vazirlar Mahkamasining o‘qituvchilar uchun avtomobillarni tijorat banklari orqali 60 oy muddatga va 30 foiz dastlabki to‘lov bilan imtiyozli shartlar asosida xarid qilish bo‘yicha topshirig‘ini rad etgani haqida xabarlar keng tarqaldi.

“O‘zavtosanoat” AJ Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini rad etgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini hamda feyk xabar ekanligini ma’lum qiladi.

“O‘zavtosanoat” AJ tijorat banklari tomonidan Vazirlar Mahkamasining topshirig‘i ijrosi doirasida beriladigan imtiyozli avtokreditlar orqali avtomobillarni sotishga tayyor (tijorat banklarida jismoniy shaxslarning xaridlarini moliyalashtirish uchun kreditdan boshqa mexanizm mavjud emas).

Bundan tashqari, xatning asl nusxasida avtomobil xarid qilish uchun Asakabank, Aloqa Bank, Ipak Yo‘li Banki, InfinBANK, Biznesni Rivojlantirish Banki, Asia Allince Bank va Tenge Bank orqali turli mexanizmlar, jumladan, imtiyozli shartlarda joriy etilganligi ma'lum qilinadi.

“O‘zavtosanoat” AJ ijtimoiy tarmoqdagi guruh adminstratorlaridan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘raydi.

UzAuto_official

31 Dec, 05:44


Hurmatli yurtdoshlar!

“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi Siz va yaqinlaringizni kirib kelayotgan Yangi — 2025- yil bilan chin dildan samimiy tabriklaydi!

Sizlarga mustahkam sog'lik-salomatlik, oilaviy baxtu saodat, tinchlik va osoyishtalik, shuningdek, barcha orzularingiz ro‘yobini tilaymiz. Har bir kuningiz hayotning eng go'zal va unutilmas lahzalari bilan to'lsin.

Yangi yil Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yangi imkoniyatlar, yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin.

Yangi yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
“O’zavtosanoat” AJ jamoasi

UzAuto_official

27 Dec, 12:56


Генеральный директор АО «UzAuto Motors» и «UzАuto Motors Powertrain» Бо Андерсон завершает свою деятельность

Известный специалист в международной автомобильной промышленности Бо Андерсон завершает свою деятельность на посту Генерального директора АО «UzAuto Motors» и АО «UzAuto Motors Powertrain», который занимал последние три года.

По этому случаю состоялось торжественное мероприятие, на котором отметили заслуги и вклад г-на Андерссона в развитие автомобильной промышленности Узбекистана.

Отмечено, что под руководством г-на Андерссона были значительно увеличены производственные показатели. Так, на заводах АО «UzAuto Motors» в Андижанской и Хорезмской областях зафиксирован рост выпуска легковых автомобилей, повышено качество продукции и расширен модельный ряд автотранспортных средств.

Подробнее...

@uzautomotorscom

UzAuto_official

27 Dec, 12:56


“UzAuto Motors AJ” va “UzAuto Motors Powertrain” bosh direktori Bo Andersson oʻz faoliyatini yakunlamoqda

Xalqaro avtomobil sanoatining yetuk mutaxassisi hisoblangan Bo Andersson soʻnggi uch yil davomida egallab turgan “UzAuto Motors” AJ va “UzAuto Motors Powertrain” AJ bosh direktori lavozimidagi faoliyatini yakunlamoqda.

Ushbu munosabat bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda janob Anderssonning Oʻzbekiston avtomobilsozlik sanoati rivojiga qoʻshgan hissalari va koʻrsatgan xizmatlari qayd etib oʻtildi.

Taʼkidlanganidek, janob Andersson rahbarligida ishlab chiqarish koʻrsatkichlari sezilarli darajada oshirildi. Shuningdek, “UzAuto Motors” AJ ning Andijon va Xorazm viloyatlaridagi korxonalarida yengil avtomobillar ishlab chiqarish miqdorining oʻsishi kuzatildi, mahsulot sifati yaxshilandi va avtomobil modellari roʻyxati kengaytirildi.

Batafsil....

@uzautomotorscom

UzAuto_official

27 Dec, 12:20


На заводе UzAuto Motors Powertrain открылся новый литейный цех

На заводе UzAuto Motors Powertrain состоялась официальная церемония запуска нового литейного цеха, специализирующегося на производстве блоков двигателя методом литья под высоким давлением (HPDC). Этот проект стал важным шагом в развитии автомобильной индустрии, позволив снизить зависимость от импорта и укрепить позиции отечественного производства.

Эти блоки будут использоваться для сборки новых двигателей CSS Prime, устанавливаемых на автомобили Chevrolet Onix и Chevrolet Tracker. Кроме того, компания наладила экспорт блоков цилиндров LIH объемом 1,2 литра для двигателей CSS Prime на сборочные линии завода GM в городе Рамос (Мексика). В рамках подписанного контракта компания экспортирует до конца февраля 2025 года 20 000 блоков цилиндров.

Новый литейный цех охватывает все этапы переработки алюминия: плавку, литье под высоким давлением (HPDC), окраску, первичную механическую обработку и обработку с высокой точностью. Организация процесса плавки алюминиевых блоков цилиндров и их высокоточной механической обработки позволит компании снизить объем импорта на 24,7 млн долларов в год и уменьшить общую себестоимость годового производства на 4,7 млн долларов.

В 2022-2023 годах UzAuto Motors Powertrain освоила сборку и механическую обработку атмосферных двигателей CSS Prime 1.2 LIF мощностью 66 кВт (89 л. с.) и турбированных двигателей мощностью 99 кВт (131 л. с.). В проект CSS Prime было инвестировано 160 млн долларов, что позволило достичь годового объема производства двигателей внутреннего сгорания в 415 тысяч единиц.

Инженерное сопровождение проекта локализации блоков цилиндров полностью поддержано компанией KS Huayu AluTech GmbH, входящей в состав Rheinmetall AG (Германия) и Huayu Automotive Systems Co. Ltd. (HASCO, Китай).

UzAuto_official

27 Dec, 12:19


“UzAuto Motors Powertrain” zavodida yangi quyish sexi ochildi

2024-yilning 24-dekabr sanasida “UzAuto Motors Powertrain” zavodida yuqori bosimda quyish (HPDC) yordamida dvigatel bloklarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi quyish sexini rasmiy ishga tushirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu loyiha avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, importga bogʻliqlikni kamaytirish va mahalliy ishlab chiqarish mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Ushbu bloklar Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker avtomobillariga oʻrnatilgan yangi CSS Prime dvigatellarini yigʻish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, kompaniya CSS Prime dvigatellari uchun 1,2 litrli LIH silindrli bloklarini Meksikaning Ramos shahridagi GM zavodining konveyerlariga eksport qilishni yoʻlga qoʻydi. Imzolangan shartnomaga koʻra, kompaniya 2025-yilning fevral oyi oxiriga qadar 20,000 silindrli bloklarni eksport qiladi.

Yangi quyish sexi alyuminiyni qayta ishlashning barcha bosqichlarini qamrab oladi: eritish, yuqori bosimli quyish (HPDC), boʻyash, birlamchi ishlov berish va yuqori aniqlikda ishlov berish. Alyuminiy silindrli bloklarni eritish jarayonini tashkil etish va ularga yuqori aniqlikda ishlov berish kompaniyaga importni yiliga 24,7 million dollarga kamaytirish va yillik ishlab chiqarishning umumiy qiymatini 4,7 million dollarga kamaytirish imkonini beradi.

2022-2023 yillarda UzAuto Motors Powertrain 66 kvt (89 ot kuchi) CSS Prime 1,2 LIF atmosfera dvigatellari va 99 kvt (131 ot kuchi) Turbo dvigatellarni yigʻish va qayta ishlashni yoʻlga qoʻydi. CSS Prime loyihasiga 160 million dollar sarmoya kiritildi, bu yillik 415 000 ichki yonuv dvigatellarini ishlab chiqarish hajmiga erishish imkonini beradi.

Shu oʻrinda ta'kidlash kerakki, Silindr bloklarini lokalizasiya qilish loyihasining muhandislik koʻmagi Rheinmetall AG (Germaniya) va Huayu Automotive Systems Co. Ltd. qismi KS Huayu AluTech GmbH tomonidan toʻliq qoʻllab-quvvatlanadi (HASCO, Xitoy).

UzAuto_official

20 Dec, 11:38


Inno Innovatsion o‘quv va ishlab chiqarish texnoparkida ochiq muloqot

2024-yil 20-dekabr kuni “Toshkent traktor zavodi” MCHJ Bosh direktori Azizbek Muxitdinov muhandislik yo‘nalishida tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Ushbu tadbirda 200 ga yaqin Turin politexnika universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti hamda Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti talabalari ishtirok etdi.

📌 Uchrashuv doirasida muhokama qilingan mavzular:
• O’zbekiston qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarixi, bugungi kuni va kelajak istiqbollari;
• Muhandislarning sanoat va zamonaviy texnologiyalarni o’zlashtirishdagi o’rni;
• Yangi innovatsion yechimlar va ularni ishlab chiqarishda qo‘llash imkoniyatlari;
• Yosh mutaxassislar uchun mavjud ish o‘rinlari va professional rivojlanish imkoniyatlari.

📌 Muloqotning asosiy maqsadi:
Yoshlarni ilm-fan va texnikaviy rivojlanishga jalb etish, ularning kasbiy o‘sishini rag‘batlantirish hamda zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish jarayonlariga muvaffaqiyatli integratsiya qilish yo‘llarini muhokama qilish.

▶️ Tadbirning ahamiyati:
Mazkur ochiq muloqot zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va sanoat rivoji sohasida yosh mutaxassislarning rolini oshirish, ularni yangi g‘oyalar va tashabbuslarga ilhomlantirishga qaratilgan bo‘lib, bilim va tajriba almashish uchun muhim imkoniyat yaratdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘z qiziqishlari bilan o‘rtoqlashib, savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.

💬 Telegram 🌐 Instagram

UzAuto_official

13 Dec, 13:17


🚘 O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:

📅Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2024-yil yanvar-noyabr oylari bo‘yicha ma’lumotlar.

➡️Qayd etilgan davrda jami 374 989 dona avtomobil sotilgan:

UzAuto Motors —331 746
ADM Jizzakh — 26 786
BYD Uzbekistan Factory* — 15 442
Jizzakh Auto* — 380
Asaka Motors — 375
SamAuto — 260

🔗Batafsil

UzAuto_official

13 Dec, 13:06


🚘 Автомобильная промышленность Узбекистана:

📅 Данные производителей Узбекистана за январь-ноябрь 2024 года.

➡️Всего за указанный период было реализовано 374 989 единиц автомобилей:

UzAuto Motors — 331 746
ADM Jizzakh — 26 786
BYD Uzbekistan Factory* — 15 442
Jizzakh Auto* — 380
Asaka Motors — 375
SamAuto — 260


🔗Подробнее

UzAuto_official

11 Dec, 12:58


Axborot 24 | Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan sanoat yarmarkasidan reportaj
#10dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

UzAuto_official

11 Dec, 06:40


Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi: Avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyishi

Joriy yilning 10-dekabr kun o‘z ishini boshlagan Respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uchun so‘nggi texnik yutuqlarini namoyish etishda samarali maydonga aylandi. Unda mehmonlar hududlardagi yetakchi sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahalliy mahsulotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bilan bir qatorda avtomobilsozlik sanoati korxonalarni bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tayotgan yarmarkaga “O’zavtosanoat” AJ va tarkibiy korxonalar tomonidan alohida tayyorgarlik ko’rildi. Jumladan, mashinasozlik stendida 30 turdan ziyod mahsulotlar namoyish qilinmoqda. Shundan, 13 turdagi mahsulotlar yangi texnologiyalarni jalb qilish va mahalliy korxonalari “shatakka olish” orqali o‘zlashtirilgan. Xususan, plastik yoqilg‘i baklari “YAPP UBK Auto Systems”, avtomobil o‘rindiq sun'iy charm va mato qoplamalari “Egida-Simaks” tomonidan mahalliylashtirilgan.

Shuningdek, yarmarkaning 5-pavilyoni ham avtomobilsozlik tarmog‘iga yo‘naltirilgan bo‘lib, Bektemir tumanida joylashgan bo'lib, “Oʼzavtosanoat” АJning doimiy faoliyat olib boruvchi “Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi” da tashkil qilingan. O‘zexpomarkaz hududidan 5-pavilyonga doimiy “shuttle bus” qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. “Mahalliylashtirishga ko‘maklashish markazi” yarmarka qatnashchilarida alohida qiziqish uyg‘otmoqda.
Ushbu markazda tadbirkorlar uchun 30 ta tarmoq korxona tomonidan import butlovchi qism va xom ashyolari mahalliylashtirish uchun taklif qilinmoqda.

Tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari ko’rgazmada namoyish etilgan mahsulotlarni ko’zdan kechirish bilan birga, o’zaro hamkorlikni mustahkamlash borasida muzokaralar o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. Unda turli yo’nalishlardagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilinmoqda va manfaatli kelishuvlarga erishish yo’lida qadamlar tashlanmoqda.

Yarmarka joriy yilning 13-dekabriga qadar davom etadi.

UzAuto_official

19 Nov, 07:54


➡️ 2024-yil 30-31-oktyabr kunlari Navoiy viloyatidagi korxonalarga tashrif amalga oshirildi

➡️Avtomobil sanoatida mahalliy korxonalarning salmog‘i va tarmoqlararo kooperatsiya yildan-yilga oshib bormoqda.

➡️Navoiy viloyatida joylashgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida ‘‘O‘zavtosanoat’’ AJ Boshqaruvi raisi Ulug‘bek Rozukulov boshchiligidagi delegatsiya “Akfa Extrusions” MChJ (BENKAM), ‘‘Gidro-stanko-servis’’ MChJ,“NAVPROMLITMASH” MChJ korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️Uchrashuv davomida delegatsiya a'zolari korxonalarda ishlab chiqarish jarayoni, investitsion salohiyati va tayyor mahsulotlar sifati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda avtomobilsozlik sohasini rivojlantirishga qaratilgan kooperatsion aloqalarni kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha loyihalarini yo‘lga qo‘yish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Jumladan, avtomobil sanoati tarmoq korxonalari uchun 30 dan ortiq import butlovchi qismlar va xomashyolarni o‘zlashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

➡️Shu bilan birga, Navoiy viloyatidagi tarmoq korxonalari - ‘‘O'ZERAEALTERNATOR" MChJ va ‘‘UZMINDA’’ MChJdagi mavjud muammoli masalalari o‘rganilib, ularga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

UzAuto_official

14 Nov, 08:07


🏭 Avtomobilsozlik sanoati uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi “Technologies of real time” O‘zbekiston – Singapur qo‘shma korxonasi faoliyati

🎬 Batafsil Youtube'da

UzAuto_official

13 Nov, 04:34


➡️ "UzAuto Motors" AJda OTM vakillari bilan uchrashuv

➡️Sanoat va Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik kun sayin rivojlanib bormoqda. Bunga yorqin misol sifatida, kuni kecha Oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvni keltirish mumkin.

➡️Mazkur tadbirga Toshkent Texnika Universiteti, Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Namangan Muhandislik-Qurilish Instituti, Andijon Mashinasozlik Instituti, Farg‘ona Politexnika Instituti va Farg‘ona Axborot Texnologiyalar Instituti vakillari ya’ni professorlar va talabalar jalb etildi.

➡️Uchrashuvda "UzAuto Academy" rahbari B.Uraimov sanoat tarmog‘ida mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlar va OTMlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, qolaversa, o‘quv jarayoniga sanoat tajribasini kiritish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi.

➡️Muloqot davomida Toshkent Texnika Universiteti vakillari tomonidan ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlarni oldini olish mavzusidagi 3 ta taqdimot namoyish etildi.

➡️Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti vakillari sanoat jarayonlarini texnologik yangilash va raqamlashtirishga qaratilgan loyihalari bilan o‘rtoqlashdilar.

➡️Yig‘ilish yakunida tadbir mehmonlari ishlab chiqarish liniyalari bilan tanishib, texnologik jarayonlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

➡️OTMlar bilan hamkorlik sanoat uchun malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Bu kabi tadbirlar ikki tomonlama manfaatli aloqalarni kuchaytirib, yurtimizning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🎬 Youtube'da tomosha qiling

UzAuto_official

12 Nov, 05:44


🚘 O‘zbekistonning avtomobilsozlik sanoati:

📅Oʻzbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning 2024-yil yanvar-oktabr oylari bo‘yicha ma’lumotlar.

➡️Qayd etilgan davrda jami 342 812 dona avtomobil sotilgan:

UzAuto Motors —304 980
ADM Jizzakh — 23 335
BYD Uzbekistan Factory* — 13 583
Jizzakh Auto* — 361
SamAuto — 234
Asaka Motors — 319

🔗 Batafsil

UzAuto_official

12 Nov, 05:44


🚘 Автомобильная промышленность Узбекистана:

📅 Данные производителей Узбекистана за январь-октябрь 2024 года.

➡️Всего за указанный период было реализовано 342 812 единиц автомобилей:

UzAuto Motors — 304 980
ADM Jizzakh — 23 335
BYD Uzbekistan Factory* — 13 583
Jizzakh Auto* — 361
SamAuto — 234
Asaka Motors — 319

🔗 Подробнее

UzAuto_official

04 Nov, 05:43


Korrupsiyaga qarshi kurashish — burchimizdir!

Agar siz “O‘zavtosanoat” AJ tizimida korrupsiyaviy holatlarga yoki xodimlarning suiste'molliklari va nojo'ya xatti-harakatlariga duch kelsangiz Komplayens, ishlab chiqarish va moliyaviy xavflarni monitoring qilish departamentining quyidagi aloqa kanallari va ishonch telefoni orqali murojaat etishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +(99878) 140-76-70
Elektron pochta manzili: [email protected]
Telegram bot: UzAutoSanoat_compliance_bot

UzAuto_official

24 Oct, 05:44


Chevrolet avtomobillarining yangi imkoniyatlari “UzAuto Motors” stendida

Central Asian Expo markazidagi xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi o‘zining yorqin va qiziqarli stendlari namoyishi bilan davom etmoqda.

“UzAuto Motors” AJ O‘zbekistondagi yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi kompaniya sifatida ko‘rgazmada eng yangilangan modellarini keng jamoatchilikka taqdim etmoqda.

Stendga tashrif buyuruvchilar, haydovchilar va avtomobil ixlosmandlari uchun qiziqarli bo‘lgan metan gaz balloni o‘rnatilgan Chevrolet Tracker va Onix modellarini, shuningdek, tashqi ko‘rinishi yangilangan Chevrolet Cobalt Midnight avtomobilini birinchilardan bo‘lib ko‘rishmoqda.

Ko‘rgazma davomida “UzAuto Motors” kompaniyasining vakillari mehmonlarni samimiy kutib olishmoqda. Ular tashrif buyuruvchilarni avtomobillar bilan yaqindan tanishtirib, ularning ehtiyot qismlari, maxsus jihozlari va innovatsion yechimlari haqida batafsil ma’lumot berishmoqda.

Mehmonlar, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatidan foydalanishlari, shuningdek, avtomobillarni yaqinroq ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, Chevrolet Onix va Cobalt modellarining konstruksion sochma marketlari bilan yaqindan tanishishlari mumkin. Bu modelar, o‘zining ergonomik dizayni, yuqori sifatli materiallari va zamonaviy texnologiyalari bilan alohida e’tiborni tortmoqda.

Avtomobil sanoatining o‘zgacha muhitidan bahramand bo‘lish va ushbu modellar bilan bevosita tanishish tashrif buyuruvchilar uchun unutilmas tajriba bo‘ladi.

Keling, avtomobil sanoatidagi yangiliklardan birga bahramand bo‘laylik!

UzAuto_official

23 Oct, 16:06


23- oktabr kuni start olgan “Automechanika Tashkent”da “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan milliy avtomobilsozlik sanoati yutuqlari namoyish etilmoqda!

“O‘zavtosanoat” stendida “UzAuto Motors Powertrain” AJ, “Avtooyna” MChJ, “Autofortis” MChJ, “Auto Rubber” MChJ, “Avtokomponent” MChJ, “Avtooyna” MChJ, “Uz chasys” MChJ QK hamda “Avto Climat Control” MChJ kabi 20 dan ziyod mahalliy ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning 50 turdagi mahsulotlarini ko‘rishingiz mumkin!

Shuningdek, “Automechanika Tashkent” doirasida o‘tkazilayotgan Komtrans Tashkent korgazmasida SamAuto korxonasi tomonidan LE70 Gazli avtobusining prototipi hamda yangilangan SAZ HC45 avtobusi taqdim etilmoqda.

Tashkent International Auto Show ko‘rgazmasidan so‘nggi vaqtda haydovchilar va avto ixlosmandlar qiziqishiga sabab bo‘layotgan metan gaz balloni o‘rnatilgan va unda 75 ming km masofani bosib o‘tgan Chevrolet Tracker va Onix modellari o‘rin olgan. Qolaversa, Cobalt Midnight avtomobilini ham “UzAuto Motors” povilyonida birinchilardan bo'lib ko'rish imkoniyati mavjud.

“O‘zavtosanoat” faoliyatiga doir eng so‘nggi yangiliklarni “Automechanika Tashkent” ko‘rgazmasida kuzating!

Yirik tadbir 25-oktyabrga qadar davom etadi.

UzAuto_official

22 Oct, 04:39


Tashkent international Auto Show - "O‘zavtosanoat"ning yirik "UzAuto Motors", "SamAuto", "UzTBM" kabi korxonalari o'zinining eng ommabop modellari, maxsus texnikalari, yuk avtomobillari hamda rasmiy dilerlar tomonidan tyuning qilingan avtomobillar namoyishini o’tkazib yubormang.

Shuningdek, rasmiy diler tomonidan sifatli gaz uskunalarini o'rnatish jarayonlari hamda kapot osti gaz uskunalarini ommaga namoyish etilishi ham rejalashtirilgan.

Avtomobil sanoatining eng yirik tadbiri ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Havola orqali ro'yhatdan o'ting.

🗓23-25 oktyabr
📍CAEx, Toshkent

UzAuto_official

21 Oct, 05:13


⚡️АО «Узавтосаноат» примет участие на самой крупной автомобильной выставке в Центральной Азии - Automechanika Tashkent! ⚡️

На стенде автомобильной промышленности Узбекистана будут представлены:
🔶 свыше 20 местных предприятий;
🔶 более 50 видов запасных частей для автомобилей

Получите позитивные эмоции от участия на выставке!
Не упустите шанс стать участником самого масштабного события в автомобильной индустрии!

Пройдите регистрацию по ссылке (https://eventregister.uz/automechanika/registration?tab=registration)

🗓23-25 октября
📍CAEx, Ташкент

UzAuto_official

21 Oct, 05:12


⚡️“O‘zavtosanoat” AJ Markaziy Osiyodagi eng yirik avtomobil ko‘rgazmasi - Automechanika Tashkent'da ishtirok etadi!⚡️

O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati stendida:
🔶20 dan ortiq mahalliy korxonalari
🔶50 dan ortiq turdagi avtomobil ehtiyot qismlari

namoyishidan bahramand bo'ling!

Avtomobil sanoatining eng yirik tadbiri ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Havola orqali ro'yhatdan o'ting.

🗓23-25 oktyabr
📍CAEx, Toshkent

UzAuto_official

21 Oct, 04:21


Aziz yurtdoshlar!

“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktabr - O’zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklaydi.

Chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
“O‘zavtosanoat” AJ jamoasi

UzAuto_official

18 Oct, 10:12


⚡️АО «Uzavtosanoat» примет участие на самой крупной автомобильной выставке в Центральной Азии - Automechanika Tashkent! ⚡️

На стенде автомобильной промышленности Узбекистана будут представлены:
🔶 свыше 20 местных предприятий;
🔶 более 50 видов запасных частей для автомобилей

Получите позитивные эмоции от участия на выставке!
Не упустите шанс стать участником самого масштабного события в автомобильной индустрии!

Пройдите регистрацию по ссылке (https://eventregister.uz/automechanika/registration?tab=registration)

🗓23-25 октября
📍CAEx, Ташкент

UzAuto_official

17 Oct, 05:52


⚡️“O‘zavtosanoat” AJ Markaziy Osiyodagi eng yirik avtomobil ko‘rgazmasi - Automechanika Tashkent'da ishtirok etadi!⚡️

O'zbekiston avtomobilsozlik sanoati stendida:
🔶20 dan ortiq mahalliy korxonalari
🔶50 dan ortiq turdagi avtomobil ehtiyot qismlari

namoyishidan bahramand bo'ling!

Avtomobil sanoatining eng yirik tadbiri ishtirokchisiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Havola orqali ro'yhatdan o'ting.

🗓23-25 oktyabr
📍CAEx, Toshkent

UzAuto_official

14 Oct, 12:17


Президент Зангиота туманида автомобиллар учун эҳтиёт қисмлар ишлаб чиқарувчи йирик корхонага ташриф буюрди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

UzAuto_official

14 Oct, 10:42


Давлатимиз раҳбари Тошкент вилояти Зангиота туманидаги “Technologies of real time” Ўзбекистон–Сингапур қўшма корхонаси фаолияти билан танишди.

Глава государства ознакомился с деятельностью узбекско-сингапурского совместного предприятия "Technologies of real time" в Зангиатинском районе Ташкентской области.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #korxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X