Ona tili va adabiyot @repetitoronatilii Channel on Telegram

Ona tili va adabiyot

@repetitoronatilii


Ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Shaxrinoz Jamshidovnaning shaxsiy kanali!
🔥DTM darajasidagi testlar.
✍️test tahlillari
chat @onatilirepetitor
Reklama uchun @shaxrinozJamshidovna

Ona tili va adabiyot (Uzbek)

Ona tili va adabiyot kanali - bu Shaxrinoz Jamshidovnaning shaxsiy kanali! Kanalda DTM darajasidagi testlar va test tahlillari bilan tanishishingiz mumkin. Ushbu kanalda ona tili va adabiyot fanlari bo'yicha foydali ma'lumotlar, darsliklar va savol-javoblar mavjud. Shaxrinoz Jamshidovna sizga o'z dasturlari va tajribalaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Agar Siz ona tili va adabiyotda yaxshi natijalarga erishishni istasangiz, bu kanal siz uchun! Kanaldagi chat bo'limida ham faol muloqotlar olib boriladi. Agar siz reklama berish niyatida bo'lsangiz, @ShaxrinozJamshidovna bilan bog'lanishingiz mumkin. Ona tili va adabiyotni o'rganishning keyingi bosqichi uchun bu kanalga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Ona tili va adabiyot

22 Jan, 13:36


#MILLIY_SERTIFIKAT_NATIJALAR_CHIQDI

my.gov.uz sayti orqali shaxsiy kabenitingizdan natijangizni ko`rishlariz mumkin

Ona tili va adabiyot

22 Jan, 13:32


⚡️Milliy sertifikat natijalari e‘lon qilina boshlagan emish!

Ona tili va adabiyot

22 Jan, 08:28


🌱70%lik ustama shartlari

🌱Bahorgi attestatsiya imtihoni qanday oʻtadi

🌱Bu faqat oliylar uchunmi?

🌱 Attestatsiya imtihoniga zoʻr tayyorlanish

🌱 ATTESTATSIYA imtihoniga 💯 foiz yaqinlashtirilgan test

Ona tili va adabiyot

20 Jan, 07:35


ESSE Darslarini o'rganmoqchimisiz siz uchun aynan @REPETITORONATILII kanalida 22 -yanvar kuni esse darsi o'tib beriladi

https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

19 Jan, 18:16


Qòshimchalar jadvali
Qòshimchalar
Qòshimchaning vazifasi
Qòshimchaning turi


@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

18 Jan, 04:28


⚡️ Ikki nuqtaning qo‘llanishi
(5-holat)

📌Bog'lovchisiz qo'shma gapda keyingi qism oldingi qismda ifodalangan voqea-hodisaning sababini bildirsa (ikki gap orasiga chunki bog'lovchisini qo'yish mumkin bo'lsa), oldingi qismdan keyin ikki nuqta qo'yiladi.

🔻Masalan:

◽️Soat 12 da institutda bo'lishim kerak: (chunki ) darsim bor. (Sh.Xolmirzayev)
◽️O'zingga qiyin bo'ladi: uchta bolang bor, qo'lingda hunaring yo‘q... (A.Qahhor)
◽️Pakavira quvonib ketdi: ikki man oltin hazilakam boylik emas, bunga yangi bir kema sotib olish mumkin! (P.Qodirov)
◽️Lekin ancha vaqt shaharda qolib ketdim: Yakkachinorga boradigan bironta ham mashina yo‘q edi. (O'.Umarbekov)
◽️Yanglishasiz: men ko'klarga berkingan Yer qizidan xayolimni olmaymen. (Cho'lpon)

@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

17 Jan, 06:35


Bepul esse guruhiga qo'shilishni xohlaysizmi?

Ushbu Guruhda 10 kun dars o'tiladi. Yopiq guruhda


Ushbu xabarni 5 ta guruhga ulashing skrenshortini bizga jo'nating, keyin sizga yopiq guruh linki beriladi


Joylar soni 10 ta. Qani shoshilamiz


@onlinekurs3 ga jo'natasiz skrenshortlarni

@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

16 Jan, 14:47


G'azal tahlili bo'yicha zo'r tahlilchi bormi?


@shaxrinozJamshidovna ga yozing

Ona tili va adabiyot

15 Jan, 06:36


ATTESTATSIYA - 2025

70% ustama olmoqchimisiz? unda darslarimizga marhamat. Dars davomida nimalar o'rgatiladi.

✏️ Grammatika noldan boshlab

✏️5-11-ga bo'lgan yangi adabiyot va ona tili darsliklari

✏️ARUZ darsi alohida o'tib beriladi va g'azal tahlili uchun alohida qo'shimcha darslar o'tib beriladi

✏️Har dars mavzulashtirilgan test, hafta oxirida diagnostik test olinadi.

✏️Darslar videochatda jonli efirda bo'lib o'tadi har bir ustoz bilan individual shug'ullaniladi


🔺 Darslarimiz 20-yanvardan boshlanadi.

Haftada 5 kun dars bo' lib o'tadi.

💸 narxi xamyonbop. 120-ming

Guruhda 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

14 Jan, 17:55


6-sinf adabiyot 1-50 betgacha Hech kim javob bermadi
🩷@shaxrinozJamshidovna
🖊 18 ta savol · 30 soniya · aralashtirilmaydi

External sharing link:
t.me/QuizBot?start=r97OpoF3

Ona tili va adabiyot

13 Jan, 15:18


Morfemika

@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

13 Jan, 14:59


Live stream finished (29 minutes)

Ona tili va adabiyot

13 Jan, 14:30


Live stream started

Ona tili va adabiyot

13 Jan, 14:17


Qani tezlashamiz

Ona tili va adabiyot

13 Jan, 04:26


Bugun bepul darslar marafonida MORFEMIKA BO'LIMI O'TIB BERILADI

@REPETITORONATILII kanalida dars bo'lib o'tadi


✏️Soat 19.30 da

Qatnashish uchun ushbu xabarni 5ta fanga oid guruhga tarqatib skrenshortni shu post ostiga qoldiring

@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

12 Jan, 15:06


Skrenshortlarni shu post ostiga qoldiring

Ona tili va adabiyot

12 Jan, 15:05


Live stream finished (33 minutes)

Ona tili va adabiyot

12 Jan, 15:04


Ko'makchi fe'lli so'z qo'shimasi

@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

09 Jan, 16:51


Fe'lning davomi ertaga 20.00da o'tib beriladi

Ona tili va adabiyot

09 Jan, 15:00


Dars boshlandi bepul darslar marafoni

Ona tili va adabiyot

09 Jan, 11:48


Bugun dars bor 20.00da

Ona tili va adabiyot

08 Jan, 18:09


ATTESTATSIYA - 2025

70% ustama olmoqchimisiz? unda darslarimizga marhamat. Dars davomida nimalar o'rgatiladi.

✏️ Grammatika noldan boshlab

✏️5-11-ga bo'lgan yangi adabiyot va ona tili darsliklari

✏️ARUZ darsi alohida o'tib beriladi va g'azal tahlili uchun alohida qo'shimcha darslar o'tib beriladi

✏️Har dars mavzulashtirilgan test, hafta oxirida diagnostik test olinadi.

✏️Darslar videochatda jonli efirda bo'lib o'tadi har bir ustoz bilan individual shug'ullaniladi


🔺 Darslarimiz 10-yanvardan boshlanadi.

Haftada 5 kun dars bo' lib o'tadi.

💸 narxi xamyonbop. 120-ming

Guruhda 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

08 Jan, 15:00


Boshlandi kiringlar 5 daqiqa kutamiz.

Ona tili va adabiyot

08 Jan, 14:48


Shu Guruhda o'tiladi dars

Ona tili va adabiyot

08 Jan, 14:48


https://t.me/onatilirepitetor

Ona tili va adabiyot

08 Jan, 14:48


Tezlashamiz shartni bajarib 20.00da darsga marhamat

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:48


Ertaga fe'l mavzusi @REPETITORONATILII kanalida bepul dars o'tib beriladi.

Ishtirok etish uchun ushbu xabarga 5 ta guruhga ulashib skrenshort tashlang.


@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:26


Live stream finished (22 minutes)

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:25


Ona tili va adabiyot oʻqituvchisi Shaxrinoz Jamshidovnaning shaxsiy kanali!
🔥DTM darajasidagi testlar.
✍️test tahlillari
chat @onatilirepetitor
Reklama uchun @shaxrinozJamshidovna
https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:05


Barcha kirsin 5 daqiqa kutamiz

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:04


Live stream started

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 15:00


Live stream scheduled for

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 14:36


36-savol. Ma'nodosh bo'la oladigan so'z...
Quruq idish
Bekor vaqt
Zaif asar

Ona tili va adabiyot

07 Jan, 13:57


Bugun barcha chatga kirsin savol tiplari haqida suhbat bo'ladi va bepul darslar haqida

Ona tili va adabiyot

06 Jan, 16:14


Ona tili va adabiyot pinned «Attestatsiya darslari uchun shu kanalda chat bo'lib o'tadi ertaga soat 20.00da. Kirsangiz yangiliklarni bo'lishamiz @REPETITORONATILII»

Ona tili va adabiyot

06 Jan, 16:14


Attestatsiya darslari uchun shu kanalda chat bo'lib o'tadi ertaga soat 20.00da. Kirsangiz yangiliklarni bo'lishamiz

@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

06 Jan, 14:33


❇️ 70 foizlik ustama kimlarga beriladi?

Attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to‘plagan o‘qituvchilarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Rahimboyev maʼlum qilishicha, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berilishi mumkin.

Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatiga ega bo‘lgan pedagoglarga 70 foizlik ustama berish yo‘lga qo‘yilmoqda. Hozirda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik boshlangan. Tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganidan keyin ushbu talablar asosida 86 ballik natija bilan malaka sertifikatini olgan pedagoglar 70 foizlik ustama olishlari mumkin bo‘ladi.

Ona tili va adabiyot

05 Jan, 17:47


Attestatsiya uchun bepul darslar o'tilishini xohlaysizmi? Shunday marafon boshlansinmi? Fikringizni kamentariyada qoldiring.

Ona tili va adabiyot

03 Jan, 08:21


✏️ DIQQAT

MILLIY SERTIFIKAT UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT darslarimiz 5- yanvardan boshlanadi. Bunda siz:

✏️ Tilshunoslik nazariyasi
✏️Adabiyot nazariyasi va tarixi
✏️Badiiy va ilmiy matn
👌Esse
Darslarini chuqur o'rganasiz

Har bir dars jonli chatda o'tib beriladi.

Murojaat uchun 🩷@shaxrinozJamshidovna

https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Jan, 16:16


Savolning javobi soʻz ,chunki morfologiya soʻzni oʻzini ayrim olib oʻrgansa sintaksisda u birlashtirib oʻrganiladi

Ona tili va adabiyot

31 Dec, 04:39


Qiziqarli va oʻylantiruvchi savollar 🤨🧐
Bilamizki, grammatika morfologiya va sintaksisga ajratiladi. Endi savol ular birlashtirib grammatika qilib turuvchi narsa nima???

@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 20:30


Personal blog

By @shaxrinozJamshidovna
https://t.me/Qalbimizhori2

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 15:33


Toʻgʻri javob
Yaʼnikim biz sifat bilan ravishni morfologik jihatdan soʻz turkumlariga ajratdik, uni sintaksisda tahlil qilish esa xato narsa .
Misol uchun berilgan birikma esa chalgʻitish uchun edi

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 15:33


Sifat va ravishning ot yoki fe'lning belgisini bildirishi ularning leksik-morfologik xususiyati sanalsa, gap bo'lagi sifatidagi vazifasi sintaktik sathda yuzaga chiquvchi xususiyatidir. Buni o'quvchilarimga bir shaxsning turli vazifa va mavqega ega bo'lishi mumkinligi bilan izohlab tushuntiraman. Masalan, men ota-onam uchun farzand, aka-ukalarim uchun opa-singil, maktabda o'qituvchi, shogirdlarimga ustoz, tengdoshlarimga dugona, farzandlarimga onaman. Xuddi shunday sifat va ravish ham leksik jihatdan belgi bildirsa, morfologik sathda esa ko'pincha sifat ismlarning belgisini, ravish harakatning belgisini ifodalaydi. Sintaksisda bu so'zlar o'zi bog'langan so'zga qarab gap bo'lagi vazifasini bildiradi, menimcha.

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 10:24


Grammatiknagizni sinab koʻringchi bir 😉

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 08:54


Qiziqarli va oʻylantiruvchi savollar🤨🧐

Nima uchun sifat va ravish boshqa boshqa soʻz turkumi axir ikkalasiyam belgini ifodalashga xizmat qiladiku??

M/n : chiroyli yozdi
Bu yerda u aniqlovchi vazifasini bajargan sifat boʻlib kelgan lekin nega sifatni otni belgisini bildira deb oʻrganganmiz

@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

30 Dec, 08:29


#Badiiy_asar_vaqti

ULUĞBEK XAZINASI

📌Ilm yõlida uylanmoq, farzand kõrmoq baxtidan maxrum bõlgan obraz?
Ali Qushchi
📌40dan oshgan obraz?
Ali Qushchi
📌Ali Qushchi qanday ta'riflangan?
Rindona kayfiyatlar oğushuda qolgan osiy banda deb ta'riflangan
📌Xoja Salohiddin kim?
Zargar
📌Qop-qora saqoli kõksiga tushgan kõzlari yonib turgan, barvasta darvesh kim?
Qalandar qarnoqiy
📌Uluğbekning Baroqxon bilan kurashida jasorat kõrsatib Uluģbekni õlimdan saqlab qolgan obraz?
Qalandar qarnoqiy
📌Qalandar qarnoqiy qaysi madrasaga õqigan?
Madrasayi Uluğbekka
📌Sipohiy kiyimlarini madrasa toliblarining sarpolariga almashtirib, boshga dastor õragan, sal õtmay madrasani tark etib gadolikka yuz tutgan obraz?
Qalandar qarnoqiy
📌Ustozning qiziga kõngil qõygan shogird kim?
Qalandar qarnoqiy
📌Qarnoqiy va Xurshida bonuning tõylariga kim qarshilik qiladi?
Xurshida bonuning bobosi Salohiddin zargar
📌Kim bõsh vaqtida hunarmandlar rastalarini tomosha qilishni ular bilan suhbat qurushni yoqtiradi?
Ali Qushchi
📌70 ga borgan, bu cholning qaddi-qomati, uzunchoq oppoq yuzi, hatto kiyinishida qandaydir pinhoniy gõzallik bor õzi ham mushdekkina bõlsa ham zuvalasi pishiq,nigohi õtkir obraz kim?
Xoja Salohiddin
📌Kõzlari ohuning kõzlariday katta-katta, serkiprik deb ta'riflangan obraz?
Xurshida bonu
📌Movlono Muhiddin necha yoshda?
45 yosh
📌Qosh-kõzlari qizining kõzlariday qop-qora, oq-sariqdan kelgan nozikkina bõychang obraz?
Movlono Muhiddin

@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

22 Dec, 15:52


2-smena esse mavzusi:


Anʼanaviy toʻylar xorijiy toʻylar kabi ixcham va zamonaviy tarzda oʻtkazilishiga qanday qaraysiz?

Ona tili va adabiyot

22 Dec, 15:46


1-smena!!!
1. mutasaddi, muarrix muassasa
2. unlilar imlosi va - bilan yozish bilan xatolik
qadiriyat , reklama-rolik xato yozilgan
3.yarasha,muvofiq,monand
4.Oson soʻzi haqida XATO  fikr:
sinonimi ravshan, antonimi ogʻir
5.qorlik togʻ ( li )
6.koʻy soʻzi kuy deb qoʻllangan
7.taqlid soʻzga sintaktik qoʻshimcha qoʻshilgan
Xato fikr: qahqahasi ( otga qoʻshilgan)
8.sof feʼllar xabar maylida
9.Tarkibida lugʻaviy va sintaktik qoʻshimcha mavjud ot qoʻllangan ( tanqidchilarning)
10.Kiritma ( bilsangiz kerak)
11.fiziologlarining biri oʻrtaga tashladi
12.Vergul 1,5 Kiritma munosabati
13."Otamdan qolgan dalalar"
Ta'limdan ortda qolayotganiga befarqlik
14." Tushda kechgan umrlar" haqidagi XATO HUKMni toping.
1,2,3
15."Molxona" haqida TOʻGʻRI FIKR. Boksyor.
16."Temir xotin" haqida
Mustabid tuzumning deb boshlanadi
17.O‘zbeklar hikoyasi.
Ilmiy matn.  Paxta.
Uslubiy xato 3-qismda edi.
Badiiy matn. Noyob mikrob
28.Ishtiqoq
29.Yorning ko‘zi oshiq ko‘nglini ovladi
30.Faqat sifatlash
31. Yorning og'zi qimmatbaho toshga(yoqut) o'xshatilgan
32.
33.Atov gap
34. Undalma
35.
Dedi: Nedur senga olamda pesha?
Dedi: Ishq ichra majnunliq hamesha.  To‘liqsiz gap
36. Past
37. Tinish
38. Li uslubiy xato qo‘shimcha
39.Ajratilgan undalma
40. a)
       b)
41.a) Husni ta'lil
      b) Azroil
42. a)
       b)
43. a) esa
       b) qiyoslash
44. a) tuyuq
       b) tajnis

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

21 Dec, 10:52


Ikkinchi smenadagi ESSE

Ba’zilar matbuotlar , ijtimoiy tarmoqlarda jinoiy faoliyatlarning oshkora yoritilishini qo’llab-quvvatlasa, ayrimlar keskin e’tiroz bildiradi!

@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

21 Dec, 10:50


Ba'zan o'quvchilar murojaat qilib, to'lovni keyinroq qilish sharti bilan guruhga olishimni iltimos qiladi.
Moddiy sharoitini tushuntiradi, oylik olmaganini aytadi. O'zimam oddiy oilada katta bo'lganim uchun sharoitlarini tushunib, imkon beraman.
Oy oxirida esa to'lov xabarlariga javob yozmay, xabarlarni ochib javobsiz qoldirishadi. Ba’zilari chatni o’chirib yuboradi, ba’zilari mani bloklaydi.

Bu holat mani ranjitardi, lichkam bunaqa insonlarga to'la. Biror marta ularni ommaga e'lon qilmaganman har doim ularga : "Haqqim sizda qolyapti, bersangiz bu dunyoda, bermasangiz qiyomatda olaman", - deb ogohlantirib qo'yardim.
Chunki qiyomatda uzilmagan qarzlar yelkadagi savoblar bilan to'lanadi...

Ona tili va adabiyot

20 Dec, 19:19


- - - - - - - - - - - Tire - - - - - - - - - -
💥 Dialoglardagi har bir gapning boshida.
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?
— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q.

💥 Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:
Til — millatning qalbi.

💥 Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

💥 Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida:
«Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N. Tolstoy.
- - -

Ona tili va adabiyot

19 Dec, 09:35


❗️ #MS_IMLO eslab qoling!


multiilova, kiberxavf, avtoyo'l
hazmi taom, gina-kudurat, bir narsa
to'q qizil, qip-qizil, qizil rang
multimedia, radioeshittirish,videokuzatuv
rang-ro'y, rango-rang, rangtasvir
umumxalq, jumlayi jahon, har zamon
oz-ozdan, kamdan kam, oyma-oy
yildan yilga, rang-barang, binafsharang
ultrabinafsha, avtoulov, kinoteatr
bir tekis, olib chiqdi, gapirdi-qo'ydi, kela oladi
muammo, mutlaqo, layoqat
talafot, nazokat, dam-badam
nanotexnologiya, hammaslak, nuqtayi nazar
darbadar, ro'baro', qop-qorong'i

Kanalga obuna bo'lish:👇👇


@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

19 Dec, 09:02


#Ehtimoliy_esse_mavzulari


ENG BAHSLI MAVZULAR!!!

1.Bugungi kunda ba'zi insonlar davlat byudjetidagi mablag'lar sportga ko'proq sarflanishi kerakligini aytmoqda, ayrimlar esa ta'limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda.

2.Bugungi kunda yonilg'i narxining oshirilshiga ko'pchilik qarshi fikr bildirayotgan bo'lsa, ayrimlar bu ekologik mumammolarga yechim deb qaramoqda.

3.Bugungi kunda elektromobillarga bo'lgan talab ortib bormoqda, shunga qaramasdan yonilg'i bilan harakatlanuvchi avtomobillarga bo'lgan qiziqish ham kamaygani yo'q.

4.Hozirgi kunda ko'pchilik insonlar o'smirlar jinoyatini oldini olishda davlat mas'ul bo'lishi kerak deb hisoblashsa, ba'zilar ota-onalar javobgar bo'lishi kerakligini ta'kidlashmoqda.

5.Bugungi kunda ba'zi  yoshlar an'anaviy sport turlari bilan shug'ullanishni ma'qul ko'rmoqda, ba'zilar kibersportni afzal deb bilmoqda.

6.Bugungi kunda ko'pchilik insonlar zamonaviy kasblarni o'zlari uchun ma'qul ko'rishmoqda, ayrimlar esa an'anaviy kasblarni ustun hisoblashmoqda.

7.Bugungi kunda ba'zi insonlar ixtiyoriy xarajatlar miqdorining o'sishi insonlarning yashash tarzini o'zgartiryotganini ta'kidlashmoqda, ba'zilar bunday xarajatlarni kamaytirish insonlar uchun manfaatli ekanligini aytishmoqda.

8.Ba'zi insonlar ortiqcha mablag'larini banklarda saqlashni ma'qul ko'radi, ba'zilar qimmatbaho buyum va ko'chmas mulk tarzida jamg'arib borishni afzal hisoblaydi


Kanalga obuna bo'ling👇👇👇

  @repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

18 Dec, 16:45


@repetitoronatilii


Mana sizlar uchun

Ona tili va adabiyot

17 Dec, 16:58


#Milliy_sertifikat
#Badiiy_matn

⚡️ 21-22-dekabr sanasidagi Milliy sertifikat imtihonida tushish ehtimoli bo'lgan badiiy matn mavzulari:

😘 "Hushtak afandim" matni;
😘 "Shaxsiy fikrim qani?" matni;
😘 "Dahshat tush" matni;
😘 "Adabiyotsevar" matni (bu noyabrdagisida tushgan edi);
😘 "Uch kunda ingliz tilini o'rgandim" matni;
😘 "Maymun yetaklagan odam" matni;
😘 " Xiyonat" matni (bu noyabrdagisida tushgan edi);
😘 "Nazokat va nafosat" matni.

📚 Shu hikoyalarni bir o'qib chiqsangiz, zarar qilmaysiz.

💌 MS imtihoniga tayyorlanayotgan yaqinlarga yuborib qo'ying!

@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

17 Dec, 15:56


Har uchala gapda ishtirok etgan fe'l shakllariga oid bòlgan testlarda, asosan, gaplar she'riy shaklda beriladi. Bu esa o'quvchini chalg'itib qo'yadi.

Bunday testlarni shoshmasdan, diqqat va e'tibor bilan bajarish kerak.

Sizlarga yengillik bo'lishi uchun :

1. Inversiyaga uchragan gap  bo'laklarini odatiy tartibga solib olish kerak;

2. Odatiy tartibga solingach, fe'l shakllarini to'g'ri tahlil qilish foizi oshadi;

3. Asosan, fe'lning zamon shakllari, fe'lning vaziifa shakllari, fe'lning shaxs-son va fe'l nisbatlariga oid variantlar beriladi va  siz fe'l mavzusidagi bu shakllarni  juda yaxshi o'zlashtirgan bo'lishingiz kerak.



@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

16 Dec, 04:12


Badiiy san'atlar bo'yicha ajoyib qo'llanma

Maktab darsliklari asosida tuzilgan


@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

14 Dec, 07:54


ISTIXROJ she'riy san'ati

ISTIXROJ she'riy san'ati KITOBAT san'atining murakkab shakli hisoblanadi. ISTIXROJ so'zini arabchadan to'g'ridan to'g'ri tarjima qiladigan bo'lsak, "keltirib chiqarmoq", "so'z yasamoq" degan ma'nolarni anglatadi.

Ushbu she'riy san'atda arab harflarini inson a'zolariga qiyoslash bilan bir qatorda, qiyoslangan so'zlar jamlanmasidan yana bir so'zni hosil qilish mumkin bo'ladi.

Masalan:

Ikki "lom"-u zulfdek ko'rgach "alif"dek qaddini
Tong emas, ey ahli dark bo'lmas tilimning nutqi lol

Ijodkor ushbu baytda yorning sochlarini ikki 📎-📎 (lom) harfiga o'xshatmoqda va uning orasidagi qomatini 1️⃣"alif" ga o'xshatmoqda. Endi kitobxon o'zining "ZEHNIYAT"ini ishga solib ushbu ikki "lom"ning o'rtasiga "alif" harfini joylab ko'radi. Natijada (📎+1️⃣+📎 ) ya'ni "lol" so'zi kelib chiqadi va oshiq yorni ko'rib, unga lol qolganini ushbu ISTIXROJ san'ati orqali shakllantirmoqda.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

13 Dec, 17:57


1. Qo'shma fe'l - sanoqli.

📌sotib olmoq
📌borib kelmoq
📌olib kelmoq

2. Kfsq - soni ko'p.

📌aytib qo'ymoq
📌o'qib tashlamoq
📌qo'yib yubormoq

3. Mustaqil fe'l + mustaqil fe'l
Ravishdosh/ hol + fe'l / xohlagan gap bo'lagi


📌miriqib uxlamoq
📌kulib gapirmoq
📌yaxshilab o'qimoq

Bir xillik: shakliy bir xillik - ib ravishdosh shakli

Qanday farqlaymiz?

1. So'roq berish orqali
2. Gap bo'lagini aniqlash orqali
3. Atash ma'nosiga qarab


@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

13 Dec, 15:07


#Leksikologiya

▶️Qat'i nazar yoki qat'iy nazar?

Qat'i nazar - shunday boʻlgan taqdirda ham.

Kim boʻlishingizdan qat'i nazar maktabga formada keling.

Qat'iy nazar

Qat'iy --- (sifat).
Dugonam soʻzida qat'iy turadigan qiz.


@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

11 Dec, 08:02


#savol-javob
📚Alisher Navoiy📚

1. Tazkirachilikka oid asari?
"Majolis un-nafois"

2. Ikki til muhokamasiga oid asari?
"Muhokamat ul-lug'atayn"

3. Lug'atshunoslikka oid asari?
"Sab'at-u abhur"

4. Umrining oxiridagi asari?
"Mahbub ul-qulub"

5. Aruzga doir asari?
"Mezon ul-avzon"

6. Shayxlar, so'fiylar hayoti haqida ma'lumot beruvchi asari?
"Nasoyim ul-muhabbat"

7.Umr bo'yi xayolini band etgan asar?
"Lison ut-tayr"

8. Xatlarini to'plab yozgan asari?
"Munshaot"

9. Tarixga oid asarlari?
"Tarixi muluki ajam", "Tarixi anbiyo va hukamo".

10. Diniy mavzulardagi asarlari?
"Siroj ul-muslimin", "Arba'in", "
@Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

07 Dec, 15:22


Dars boshlanadi bugundan

Ona tili va adabiyot

06 Dec, 06:09


ESSE DARSLARIGA MARHAMAT!

7-DEKABRDAN 10 kunlik esse guruh ochilyapti.

💯bunda esse yozish texnikasi oʻrgatiladi(JONLI CHATDA)

💯Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi.

💯Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻladi.


💸 narxi xamyonbop. 60-ming

Guruhda 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

05 Dec, 15:16


ESSE DARSLARIGA MARHAMAT!

7-DEKABRDAN 10 kunlik esse guruh ochilyapti.

💯bunda esse yozish texnikasi oʻrgatiladi(JONLI CHATDA)

💯Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi.

💯Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻladi.


💸 narxi xamyonbop. 60-ming

Guruhda 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

04 Dec, 18:11


- - - - - - - - - - - Tire - - - - - - - - - -
💥 Dialoglardagi har bir gapning boshida.
— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?
— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q.

💥 Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida:
Til — millatning qalbi.

💥 Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

💥 Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida:
«Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N. Tolstoy.
- - -

Ona tili va adabiyot

02 Dec, 18:15


#Milliy_sertifikat

📚 Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun tavsiya etilgan "Asror bobo" asari.

❗️ Ushbu asardan milliy sertifikat imtihonida savol tushadi. Shu sababli yaxshilab oʻqib chiqing!

📲 Yaqinlarga yuborib qoʻyamiz!





@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Dec, 16:35


ESSE DARSLARIGA 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤❗️

5️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🌹🔤🔤🔤10 kunlik esse guruh ochilyapti.

💯bunda esse yozish texnikasi oʻrgatiladi(JONLI CHATDA) 🤩

💯Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi.

💯Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻladi.


💸 narxi xamyonbop. 6⃣0⃣-🔤🔤🔤🔤💕

Guruhda 1️⃣0️⃣ 🔠🔠oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: 📞@shaxrinozJamshidovna🤩





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Dec, 05:01


🔤🔠🔠🔠🔠

🔠🔤🔠🔤🔠🟢🔠


Esse darsi @repetitoronatilii kanalida o'tib beriladi.


Qatnashish uchun 5ta fanga oid guruhga ushbu xabarni ulashing dars 8- dekabr kuni
2️⃣0️⃣🔣3️⃣0️⃣da o'tib beriladi


🌹Yozgan essengiz tekshirib beriladi




https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

01 Dec, 08:13


#kerakli
🕯Ayrim lugʻatlar 🕯

Ushshoq - oshiqlar
Yalla - ashula
Tilla - qimmatbaxo metall
Chinni - oq laydan yasalgan idish
Silla - mador
Qattiq - mustahkam
Saltanat - mamlakat
Cherik - qoʻshin
Sipoh - askar
Raiyat - xalq
Dorugʻa - shahar hokimi
Ziroat - dehqonchilik
Rabot - karvonsaroy
Suvoriy - otliq askar
Paygʻom - xabar
Bogʻot - boogʻlar, bogʻli joylar
Gisu - soch
Degrez - choʻyandan qozon quyuvchi
Yorgʻichoq - donni maydalash va un qilish uchun ishlatiladigan tosh asbob
Hojib - eshik pasti
Ulus - xalq
Muhoraba - jang
Handasa - geometriya
Riyozoyot - matematika
Buxoro - tangri jamoli
Toshkent - toshli shahar,
Xorazm - quyoshli yurt
Shahrisabz - yashil shahar
Samarqand - semiz, boy shahar
Anvar - nurli yili tolei porloq
Akmal - yetuk, barkamol, kuchli
Iroda - istab ilingan, irodali qiz
Feruza - baxtli, iqboli baland, koʻzlari moviy rang qiz
Xurshida - baxti quyosh kabi porloq
Choʻlpon - tong yulduzi
Fitrat - tugʻma istedod
Akkaunt - ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchining nomi
Bloger - oʻz qarashlarini internetdagi ma'lum bir platformada doimiy ravishda e'lon qiladigan kishi
Avatarka - foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm
Fayl - kampyuterda ma'lumot saqlovchi disk nomi
Mem - mashhur boʻlib bahsga aylangan gʻoys yoki rasm
Xeshteg - ijtimoiy tarmoqlarda mavzu boʻyicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq
Veb-sahifa - internetdagi hujjat va ma'lumotlar zaxirasi
Vebinar - toʻgʻridan-toʻgʻri mashgʻulot
Dayjest - ma'lum bir mavzu boʻyicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola
Juzlab - kutib varaqlarini mahkamlab tikmoq
Resurs - Zaxira, saqlab qoʻyilgan narsa
Tadbirkor - iqtisodiy resurslarning bir-biriga qoʻshilishini ta'minlovchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy xavf-xatardan, javobgarlikdan qoʻrqmaydigan shahslar
Astma - nafas siqishi
Havas - aqlni yoʻqotish, ehtiros
Hasad - rashk, koʻrolmaslik, qizarish
Qavm - bir urugʻlar mansub, mahalla

Ona tili va adabiyot

28 Nov, 16:27


✏️ DIQQAT

MILLIY SERTIFIKAT UCHUN ONA TILI VA ADABIYOT darslarimiz 1-dekabrdan boshlanadi. Bunda siz:

✏️ Tilshunoslik nazariyasi
✏️Adabiyot nazariyasi va tarixi
✏️Badiiy va ilmiy matn
👌Esse
Darslarini chuqur o'rganasiz

Har bir dars jonli chatda o'tib beriladi.

Murojaat uchun 🩷@shaxrinozJamshidovna

https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

24 Nov, 16:10


Baytda omonim sozlardan foydalanish qaysi san'atga xos ?

Ona tili va adabiyot

21 Nov, 06:39


Assalomu alaykum, mana shu odamni kim taniydi? Bu bola haqida ma'lumot yozinglar taniganlar. Sudga beraman.❗️

Kanal sotaman deb 500 ming so‘mdan Xasanov Xudoybergan nomidagi kartaga pul tashlatgan. Hozir qora ro‘yxatga tiqqan.

"
4073420010397176  shunga toʻlov qilaversInlar meni kartam visa tashay olmaydilar."

Bu kabi holatlar boshqa kuzatilmasligi uchun ona tili kanallari yoki guruhlariga ushbu ogohlantirishni tarqating. Aldanib qolishmasin. Bu kanalga spam berib yuborsangiz ham bo'laveradi.

@Abdusaid0511 ga murojaat qiling.
Bu manba Online dars beruvchi ustozlar kengashi orqali taqdim etildi.

Ona tili va adabiyot

19 Nov, 18:17


https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

11 Nov, 16:25


Xato: «Na..., na» soʻzini bogʻlovchi yoki yuklamaga ajrata olmaslik.

❗️ «Na..., na» haqida maʼlumotlar:

«Na..., na» bir oʻrinda inkor bogʻlovchisi, bir oʻrinda inkor yuklamasi hisoblanadi. Agar kesimlar boʻlishli shaklda boʻlsa, u – bogʻlovchi, bil'aks, kesimlar boʻlishsiz shaklda boʻlsa, u – yuklama.
Masalan, a) Na oʻqidim, na yozdim. (bogʻlovchi); b) Na oʻqimadim, na yozmadim. (yuklama)

⚠️ Istisno: baʼzan «Na..., na» ishtirok etgan gapning birinchi qismi boʻlishli, ikkinchi qismi boʻlishsiz (inkor) shaklda boʻladi. Bu holda «Na..., na» ayiruv bogʻlovchi oʻrnida keladi. Bilamizki, ayiruv bogʻlovchisi ishtirok etgan gapning ikkinchi qismida ish-harakat yoki holat amalga oshmaydi.
Masalan, Na oʻqidim, na oʻqimadim.

Yechim:

1. Kesimlar boʻlishli shaklda boʻlsa, «Na..., na» inkor bogʻlovchisi hisoblanadi.
Masalan, Na oʻqidim, na yozdim.

2. Kesimlar boʻlishsiz shaklda boʻlsa, «Na..., na» inkor yuklamasi hisoblanadi.
Masalan, Na oʻqimadim, na yozmadim.

3. Birinchi kesim boʻlishli, ikkinchi kesim inkor shaklda boʻlsa, «Na..., na» ayiruv bogʻlovchisi hisoblanadi.
Masalan, Na oʻqidim, na oʻqimadim.

💎
  

Ona tili va adabiyot

07 Nov, 15:50


-ni ishlatish kerakmi yoki -ning?

Biz -ni tushum kelishigini o'timli fe'llar bilan birgalikda ishlatamiz, ya'ni u har doim fe'lga bog'lanadi: gulni hidlamoq, nonni tishlamoq kabi.

-ning qaratqich kelishigi esa qarashlilikni ifodalaydi. Shuning uchun har doim egalik qo'shimchasini olgan so'z bilan birgalikda keladi: gulning hidi, noning ushog'i kabi.

Ona tili va adabiyot

05 Nov, 18:03


❗️Nutqimizning sof, toza bo‘lishiga xalaqit beradigan lingvistik birliklar jadvali

1️⃣ Dialektizm - shevaga xos so‘z, ibora, grammatik shakllar, urg‘u va
talaffuz.

2️⃣  Varvarizm  - o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari.

3️⃣ Kanselarizm - rasmiy-idoraviy uslubga xos bo‘lgan so‘z va iboralar.

4️⃣ Parazit so‘zlar - Nutqda odat tusiga kirib qolib, ko‘p qaytariladigan so‘z va birikmalar.

5️⃣ Vulgar so‘zlar - dag‘al, haqorat so‘z va iboralar.


 

Ona tili va adabiyot

03 Nov, 08:08


Esse mavzusi
Xususiy oliy taʼlim muassasalarining faoliyati haqida.
Toʻgʻrimi yoki notoʻgʻri deb soʻralgan

@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 17:54


Badiiy matn uchun ehtimoliy matnar.


  @repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 17:54


Badiiy matn uchun ehtimoliy matnar.


  @repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 17:16


Bugun tushgan savollar:
1) Imlo
akkaunt, kislorod, kompozitor
2)dam-badam, darbadar,roʻbaroʻ
3)Oʻchmoq feʼli haqidagi xato hukmlarni aniqlang:
-shakldoshi feʼl xato fikr
-antonimi miltillamoq xato
-maʼnodoshi  soʻnmoq toʻgʻri
4)
yuzaki,tor, kalta
5)sermulozamatli  uslubiy xato
6)xayol soʻzi tasavvur maʼnosida kelgan soʻz:
Xayolida tasvirlab koʻrdi....
7) Qoʻshimchalar haqidagi notoʻgʻri maʼlumotni aniqlang:
-otdan yasalgan sifat gʻamli
-barcha feʼllar sifatdan yasalgan xato fikr (ilgariladi)
8)sof feʼl va oʻtimli
9)Ot haqida toʻgʻri fikr
Shaxs va faoliyat-jarayon oti
(Ayrim kanallarda xato talqin qilinmoqda)
Koʻrgazma faoliyat-jarayon
Gap: Muzey va koʻrgazmalarda...
10.Kesimlar bir xil turkum bilan ifodalangan xato fikr ya'ni
11.Tabiat jilolanadi, daryolar va togʻlar,
12.Ega va ot kesim (1,4)
13."Garov" fikr:
Inson tirik ekan, oʻzligini anglashga , kamol topishga imkoni boʻladi.
14."Asrorbobo" xato fikr:
Ikkinchi jahon urushining sabablari berilgan( xato fikr)
15."Garov " xato fikr:
Mutolaa orqali ....
16.Bayt haqidagi toʻgʻri maʼlumot:
n raviy vazifasida kelgan
17.Ikki zulf
2 hinduga qiyoslangan
18.Qunduz yarim metrdan uzunroq
19.Xato fikr:
Goʻshti uchun ovlanadi
20.Qunduzlar yirik baliqlarni quruqlikka olib chiqib yeydi.
21.Qunduzchalarga ma’lum muddat ona qunduz qaraydi.
22.Uslubiy xatolik 3qism
23.Adabiyotni bilmaslik jaholat
24.Koʻchib kelgan inson yolgʻonini mehmon qayerdan biladi?
Oʻz kitobini koʻrsatish orqali
25.Mehmon Naimaning kitobini koʻrsatishdan maqsadi?
Kimligini bildirmoqchi edi
26.Komissar haqida:
Adabiyotni bilmasligi
27. Qahramon xarakterini ochishda:
Nutqi orqali
28.Matla haqida
Ishq iztiroblari bois lola gulining sariq tusga kirgani tashxis orqali ifodalangan.
29.3-bayt haqida
Gulzordagi gullarning tebranishi tashxis sanʼati asosida
30.Maqta haqid
Yor labi sabab oshiq koʻz yoshi qizil tus olgan
31.Dunyoning pufakchadek omonat ekanligi
32.Tasbe,Tasdir
33.Vatan. Atov gap
34.Uyushiq boʻlak
35.Shaxsi nomaʼlum
36.Sovuq
37. " " : " , ".
38. -ser
39.a)yashaganlar
      b)vodiylar
40.Kiritma
41.Lekin,  zidlik
42.Tasbe, tasdir
43.n muqayyad
44.a)til tiyish
      b)behuda qichqirish

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 14:15


Esse uchun mavzular:

1. Bugungi kunda ba'zi insonlar davlat byudjetidagi mablag'lar sportga ko'proq sarflanishi kerakligini aytmoqda, ayrimlar esa ta'limga pul ajratish manfaatliroq deb hisoblashmoqda.

2. Bugungi kunda yonilg'i narxining oshirilshiga ko'pchilik qarshi fikr bildirayotgan bo'lsa, ayrimlar bu ekologik mumammolarga yechim deb qaramoqda.

3. Insonlar qayerda o'zini baxtli his qilishsa, o'sha joyni Vatan deb bilishmoqda. Ayrimlar esa kindik qoni to'kilgan joyni Vatan deb bilishadi.

4. Bugungi kunda ba'zi  yoshlar an'anaviy sport turlari bilan shug'ullanishni ma'qul ko'rmoqda, ba'zilar kibersportni afzal deb bilmoqda.

Nima yozish mumkinligi haqida o‘ylab qo‘yavering. Kerak bo‘lib qolishi mumkin.

@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 14:08


ONA TILI PLATON (boshi bu yerda
12.
Ega va ot kesim

1,4

13.
N raviy

14. Yorning sochi hinduga o‘xshatilgan

15. "Asror bobo"
A) urushning kelib chiqish sabablari

16. "Garov"
O‘zligini anglashning  imkoni bo‘lishi mumkin

17. "Garov"  xato so‘ralgan
B) tutqunlik va mutolaa orqali boylikka va obro‘ga ega bo‘lish

Ilmiy matn
Qunduz

Badiiy matn
"Adabiyotsevar" Aziz Nesin

33. Atov gap
34. Uyushiq bo‘lak
35. Shaxsi noma'lum gap

36 sovuq

37  " " : "  ,  " .

38.    ser-

39. Kiritma

40.
A)Yashaganlar
B) vodiylarda

41.
A) lekin [ammo, biroq]
B) zidlash

Ona tili va adabiyot

02 Nov, 08:49


PEDAGOGIKADAN Kalit soʻzlari bn YODLANG!!

Oʻqiganda esga keladi.
Oʻrgatish- 🗝tartiblangan faoliyat
Oʻrganish - 🗝anglash, mashq qilish
Oʻqitish-🗝oʻzaro harakat
Taʼlim- 🗝tizim
Bilim- 🗝yigʻindi
Koʻnikma-🗝amaliyotga qoʻllash usuli
Malaka- 🗝avtomatlashgan
Kompetensiya - 🗝qoʻllay olish layoqati
Maqsad -🗝 safarbar etilish
Mazmun-🗝ilmiy bilim, amaliy konikma
Tashkil etish- 🗝tartiblangan didaktik jarayon
Shakl-🗝 qobiq
Metod- 🗝vazifalarga erishish yo'li parollash



@REPETITORONATILII

Ona tili va adabiyot

29 Oct, 15:47


Live stream finished (15 minutes)

Ona tili va adabiyot

23 Oct, 17:18


https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

23 Oct, 17:12


🔴Rash modelida esse qanday baholanadi???

🔵☝️JAVOB faylda


https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

23 Oct, 16:55


Gap bo‘laklarini o‘xshatish orqali tushuntirmoqchi bo‘lsangiz, kesim bu - podshoh, ega bu - malika. Aniqlovchi,hol,to‘ldiruvchi esa xizmatkorlardir. Podshoh hech kimga bo‘ysinmaydi , demak, u faqat hokim bo‘lak bo‘lib keladi, malika bo‘lsa podshohnigina tan oladi va unga bo‘ysinadi.


@repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

23 Oct, 09:41


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💟💟💟💜💜💙❗️


1️⃣bunda esse yozish texnikasi õrgatiladi 💯


2️⃣Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi 💯


3️⃣ Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻldi 💯

❤️❤️❤️ 5️⃣0️⃣-ming

Guruhda 1️⃣0️⃣ta oʻquvchi qabul qilinadi.


🩷@shaxrinozJamshidovna


Shoshiling õrinlar cheklangan.💡😇

Ona tili va adabiyot

17 Oct, 15:43


💻🤔🙂🕗🔠🔠🔠🔠🔠🔠

1️⃣8️⃣-oktabrdan ⏯️0️⃣kunlik esse guruh ochilyapti.

💯bunda esse yozish texnikasi oʻrgatiladi🕗

💯Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi.🤔

💯Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻladi.😇


💸narxi xamyonbop. 5️⃣0️⃣-ming

Guruhda 1️⃣0️⃣ta oʻquvchi qabul qilinadi.

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

15 Oct, 18:44


🧑‍💻👩‍💻

18-oktabrdan 10 kunlik esse guruh ochilyapti.

💯bunda esse yozish texnikasi oʻrgatiladi

💯Har bir esse tahlil qilib, tekshirib beriladi.

💯Ustoz bilan birgalikda jonli chatda muloqot boʻladi.


💸 narxi xamyonbop. 50-ming

Guruhda 10 ta oʻquvchi qabul qilinadi.

murojaat uchun: @shaxrinozJamshidovna





https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

15 Oct, 18:29


⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan malaka toifasi sinoviga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar ro‘yxati



https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

10 Oct, 17:21


@Uztilim

AKA-UKA GRIMMLAR

📘Ismlari: Yakob(1785-1863), Vilgelm(1786-1859)

📘Makdeburg(Germaniya) universitetida o'qigan

📘Gettingen, Berlin universitetlarining profeesorlari bo'lgan

📘 Kitobi: "Bolalar va oilaviy ertaklar" uch jildlik

📘Ertaklari: hayvonlar haqida, maishiy, afsonaviy

📘Dunyoga mashhur ertaklari: "Zolushka", "Qor qiz"

📘O'zbek bolalariga sevimli bo'lgan ertaklari: "Botir tikuvchi", "Yosh pahlavon", "Bremen musiqachilari"

📘Ertaklarining boshqa ertaklardan farqi: ertak oxirida qahramonlar katta boyliklarga ega bo'lmaydi, aksincha o'sha kambag'al holida ham baxtli yashashadi; ertaklarining bosh qahramonlari shahzodalar emas, oddiy odamlar


BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ


https://t.me/Repetitoronatilii

Ona tili va adabiyot

03 Oct, 18:17


TAJOHILUL ORIF

Qish edi. Oʻttiz jon sovuq xonada,
Adabiyot darsin tinglar edik jim.
Muallim savollar berar gohida:
“Xamsa”ni kim yozgan,
“Jangchi Tursun” kim?

Qoʻllar koʻtarilar basma-basiga,
Aytmasang, koʻksingdan chiqib ketar jon.
Oʻttiz ovoz yangrar qasdma-qasdiga,
“Navoiy”, “Navoiy”, “Hamid Olimjon!”

Shunday chanqoq edik, darsdan qolmasdik,
“Paskal”ni bilardik, daho “Nyuton”ni.
Ammo baʼzi doʻstlar topa olmasdi,
Dunyo kartasidan Oʻzbekistonni.

Ular koʻp pand yedi koʻz oʻngimizda,
Bosh egib, burchakda tik turdi magʻrur.
Biz esa maqtandik oʻz-oʻzimizcha,
Buning-chun joʻralar, ming bora uzr.

Eslayman, bu eʼlon “Uchinchi “B”ga:
– Ertaga oʻn soʻmdan keltiring, tamom.
Parta jildga denglar, keyin “bayram”ga,
Yana “kraska”ga, soʻngra “metallom”.

Oʻshanda pulim yoʻq, ichim yonardi,
Nazoratchi qistar, qarab roʻyxatga.
Adabiyot. Ustoz taʼrif berardi,
“Tajohilul orif” degan sanʼatga.

Uyimda qolgandi oʻsha kun ovqat,
Qornim och, soʻmkamda non yoʻq yegani.
Ustoz takrorlardi tinmay bu sanʼat:
“Bilib bilmaslikka olish” degani.

Yodimdan oʻchmaydi hech qachon bu hol,
Muallim yelkamga asta qoʻydi qoʻl.
Hech kimga bildirmay, hech kimga, alhol,
Choʻntagimga buklab soldi oʻn soʻm pul.

Oʻttiz qora koʻzga izza boʻlish, voh,
Sezdingiz, koʻnglimni yomon oʻrtardi.
Doʻstlar, urib turgan yuragim guvoh,
Bir inson oʻksishdan meni qutqardi.

Oʻsha dars haliyam berar koʻp saboq,
Qornim och, soʻmkamda non yoʻq yegani.
“Tajohilul orif” – ey aziz ustoz:
“Bilib bilmaslikka olish degani”.

Garchi oʻzingiz ham maoshga yashab,
Baʼzan yetkazolmay boʻlgansiz abgor.
Yurmas edingiz hech toʻkinga oʻxshab,
Sizda yoʻq edimi bolalar, roʻzgʻor?

Na ehson edi u, na qarz edi u,
Oʻylasam, bu holning yoʻqdir javobi.
Bir murgʻak qalbiga sajda edi bu,
Bir koʻngil uyining pinhon tavofi.

Sheʼr bitdi. Men hamon qidirib taskin,
Olis maktabimga yoʻl olaman jim.
Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?

Bobur ELMUROD

Ona tili va adabiyot

01 Oct, 16:37


TABRIK

Assalomu alaykum, aziz murabbiylar.

Barchangizni bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman. Alloh ushbu mashaqqatli yoʻlda doim sizga YOR boʻlsin. Beminnat Ilm berishdan charchamang.

Men qat'iy ishonamanki, sizlardek ulug' insonlarni nafaqat bugun, balki doim, hamma vaqt ulugʻlab kelganmiz...

Yana bir bor bayramingiz muborak...

Ona tili va adabiyot

21 Sep, 15:21


1. b 2. c 3. a 4. c 5. b 6. a 7. c 8. d 9. b 10. b 11. c 12. c 13. d 14. b 15. d 16. b 17. a 18. c 19. d 20. a 21. c 22. b 23. b 24. a 25. b 26. c 27. d 28. c 29. b 30. c 31. d 32. a 33. c 34. d 35. a