KREDITNIKI @kreditniki Channel on Telegram

KREDITNIKI

@kreditniki


TATU Kredit tizimi talabalari hayoti, yangilik va maʼlumotlar
Rasmiy kanalda chiqmaydigan norasmiy xabarlar

Donation: tirikchilik.uz/kreditniki
@tuitfm 👉TUIT-FM
@tuitmarket 👉 TUIT Savdo

Reklama t.me/joinchat/bj3l_2XmGNc0N2Yy



12.06.2019 уil

KREDITNIKI (Uzbek)

Assalomu alaykum, aziz mijozlar! Bugun sizlarga TATU Kredit tizimi talabalari hayoti bo'yicha yangiliklar va ma'lumotlar taqdim etish uchun eng zamonaviy Telegram kanalimizni tavsiya qilamiz. Kanalimizda rasmiy kanalda chiqmaydigan norasmiy xabarlar bo'lmasdan, faqat mos keladigan yangiliklar va ma'lumotlar o'rin oladi. Bu kanal orqali siz, TATU Kredit tizimi talabalari hayoti haqida eng so'nggi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. nnQaysi kanal bu? Ushbu kanal TATU Kredit tizimi talabalari uchun eng so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar bilan taqdim etiladi. Bu orqali, siz yangi amaliyotlardan, malakani oshirish va o'qish jarayoni bo'yicha eng so'nggi o'zgarishlar bilan tanishingiz mumkin. nnKanalda nima bor? Kanalda sizga TUIT-FM va TUIT Savdo bilan bog'liq kanallarga havolalar berilgan. Bular orqali siz barcha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va o'z kompyuter va texnologik vositalarni sotib olishingiz mumkin. nnKanalga qanday obuna bo'lish mumkin? Kanalga osonlik bilan obuna bo'lish uchun pastdagi havolani bosing va eng so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. nnAgar sizga reklama berishga qiziq bo'lsa, kanalda reklama berish imkoniyati mavjud. Buning uchun belgilangan havolani bosing va reklama bo'limiga kirib, sizga kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin. nn12.06.2019 yilida ochilgan TATU Kredit tizimi talabalari hayoti Telegram kanali sizni yangiliklar va ma'lumotlar bilan har soat, harda qiziqarli yangiliklar bilan taqdim etishga tayyor. Kanalga obuna bo'ling va hayotingizni bosqichdan bosqich yanada rivojlantiring!

KREDITNIKI

07 Dec, 19:21


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni muborak boʻlsin


Sizga qoʻshimcha dam olish kunini bergan bayram muborak
)

@kreditniki

KREDITNIKI

07 Dec, 10:45


Nima oʻlyapti?

@kreditniki

KREDITNIKI

06 Dec, 08:10


Ayni kunlardagi aktual mavzu: Stipendiya qachon tushadi?

@kreditniki

KREDITNIKI

05 Dec, 07:31


❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til 2024-yilning 25-dekabridan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi.

Darslar 8-yanvar, chorshanbadan boshlanadi.


Aytib qoʻyay, 20-dan ketib qolishimga yoʻq😁

@kreditniki

KREDITNIKI

04 Dec, 06:40


Qish kelishi bilan TATUda......

Jumlani oʻzingiz biladigan variant bilan davom ettiring. Qani koʻramiz kimda qanday variant chiqar ekan....


@kreditniki

KREDITNIKI

02 Dec, 15:04


💸 600 000 000 SO'MLIK GRANT! 💰

🎓 IT Time Akademiyasi 150 nafar talabaga dasturlash kurslariga GRAND asosida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi!

📍 Kimlar qatnasha oladi?
Toshkentda yashovchi yoki o'qiyotgan bo'lsangiz, aynan SIZ ham g'olib bo'lishingiz mumkin!

🔥 Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va Grand asosida dasturlash kurslarida o'qing!

🔗 https://forms.gle/D54iAEWt2VtQGRAL6

👉 @it_time

KREDITNIKI

02 Dec, 10:03


Kar-soqovlar uchun bunday ko‘zoynak qanchalik qadrli ekanini tasavvur qiling 💔

Hearview ko‘zoynagi tovushlar va so‘zlarni "eshitib," ularni foydalanuvchi uchun yuguruvchi satrga aylantiradi. Shu tufayli kar odam imo-ishora tilidan foydalanmay, "teng huquqli" muloqot qilishi, suhbatdoshini "eshitishi" mumkin. Oddiy hayot kechirishi: kino tomosha qilishi, do‘stlar davrasida suhbatlashishi mumkin. Aytishlaricha, ko‘zoynakning tanib olish aniqligi 97 foizga yetarkan.

Faqat, bunday ko‘zoynakning narxi 1700$ 💔🌚

Nima deb o‘ylaysiz?

@kreditniki

KREDITNIKI

01 Dec, 17:07


Qaraqalpaq tiline mámleket tili mártebesi berilgen kún muborak bolsın jerleslerim 🤩 🥳

@kreditniki

KREDITNIKI

19 Nov, 09:48


Nukus filialidan ajoyib video. Kreativlik va trendlardan faol foydalanganliklari uchun 5 baho
Trendni boshqa filiallarga topshiramiz😊

Manba: https://www.instagram.com/reel/DCUA7O8NZmV/?igsh=MzRlODBiNWFlZA==


@kreditniki

KREDITNIKI

18 Nov, 10:27


Uzum Market bitta meni bezor qilib yubordimi bildirishnoma, SMS yuborib?

KREDITNIKI

17 Nov, 19:23


​​​​А вы знаете какой у нас был флаг до 1991 года?

Встречаете: Вот такой у нас был флаг с 29 августа 1952 года до 18 ноября 1991 года

Глядя на это фото, я понял насколько красив наш флаг 🇺🇿😍🇺🇿

~~~~~

1991-yilgacha bizning bayrog‘imiz qanday bo‘lganini bilasizmi?

Tanishing: 1952-yil 29-avgustdan 1991-yil 18-noyabrgacha bizning bayrog‘imiz mana bunday edi

Bu suratni ko‘rib, hozirgi bayrog‘imiz qanchalik go‘zal ekanligini anglab yetdim 🇺🇿😍🇺🇿

@kreditniki

KREDITNIKI

17 Nov, 19:19


Channel photo updated

KREDITNIKI

17 Nov, 04:15


Xitoyda 4 ta talaba qo‘shni shaharga chuchvara yegani bordi va tasodifan 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan ommaviy velomarafonini tashkil etib yuborishdi.

Yigitlar tanbao chuchvarasini yeyish uchun kechasi velosipedda 50 kilometrlik safarga chiqishdi. Ularning sayohati "Yoshlik bebaho" xeshtegi bilan mashhur bo‘lib, bir hafta ichida minglab ishtirokchilarni jalb etdi.

Sayyohlar Kayfin shahriga ommaviy ravishda kela boshladi va bir hafta ichida ishtirokchilar soni 100-200 mingga yetdi. Bu tirbandlik, chiqindi va shaharning haddan tashqari gavjum bo‘lishiga olib keldi. Hokimiyat yo‘llarni yopdi, ammo vaziyat yomonlashib, velosiped safari chinakam tartibsizlikka aylandi.

Bayramingiz muborak boʻlsin🤪

@kreditniki

KREDITNIKI

11 Nov, 13:23


Bugun 11.11. Dunyoning koʻp mamlakatlarida maxsus takliflar, chegirmalar kuni. Bugun koʻp onlayn marketpleyslar mahsulotlariga 10% dan 80% gacha chegirma qoʻyadigan kun, shu jumladan Uzum Market ham.

Lekin Uzumning Aliexpress, 1488, Pinduoduoʼdan bir farqi bor. Uzumda chegirmadan oldin sotuvchilar tomonidan narxlar 90% ga oshiriladi va 11.11 sanasiga 50-80% chegirma bilan sotishadi. Tasavvur qilyapsizmi, chegirmalar kuni sotuvchilar tovarlarini oddiy kundagidan ham qimmatroq sotishadi.

Bunda Uzumning aybi yoʻq, Uzum shunchaki savdo rastasi. U rastaga tovar qoʻyib sotgani uchun sotuvchidan haq oladi xolos. Aybdor sotuvchi, sellerlar! Ular orasida insofsizlar shu qadar koʻpki, xayron qolasan.

Misol uchun, bolalar shapkasini 249.000 soʻm yozib 60-70% chegirma bilan 89.000 soʻmdan sotishyapti. Karl, qayerda koʻrgansan Xitoy yoki Qoʻqonning bolalar shapkasini 250.000 turganini?

Buni faqat men koʻrganim yoʻq. Uzum Market telegram kanalidagi izohlarga kirsangiz, izohlarning 80-90% shu haqda.

Bu taʼlim sohasiga oid mavzu emas, lekin boʻlgan ishlarni koʻrib, dardimni kimgadur aytgim keldi, qarshimdan aynan siz chiqdiz, dardlashay dedim. Siz ham fikringizni izohda yozishingiz mumkin! Gaplarimga qoʻshilasizmi?

@kreditniki

KREDITNIKI

06 Nov, 08:01


Tramp g'alaba qozondi. U AQSHning 47-prezidenti bo'ldi.

Bir narsaga hayron qolaman, AQSHda prezidentlik kasb sifatida ko'rilar ekan.

@kreditniki

KREDITNIKI

31 Oct, 04:56


Doim darsga kechikib kelib, "NB" oladigan kursdoshinga, kech qolmaslik uchun ertaroq tur deganingda, seni satang doʻsting:


@kreditniki

KREDITNIKI

29 Oct, 08:42


Kimga qancha PAWS berdi?
Menga 27.000 berdi. Telegramda 2481 kundan beri bor ekanman. WoW

Siz ham oʻzingizni skrinshotingizni izohlarga yuboring. Koʻramiz kimda koʻp ekan)

@kreditniki

KREDITNIKI

29 Oct, 08:30


PAWS bilan Blum pul boʻlishi 100%. Perspektivasi bor

KREDITNIKI

29 Oct, 08:23


Dogs kabi yangi tanga: PAWS

Hech narsa qilish shart emas. Oldingi tangalardagi droplaringiz qiymatiga qarab tanga beradi. Shunchaki tangani olasiz, dropni kutasiz, yoʻq joydan 200-300ming pul. Menincha undan koʻp boʻlmasa kerak.

Hozirda faol tangalar:

Blum: 100.000 tanga 100$ boʻlishi kutilmoqda. Tangani yigʻish uchun har kuni beriladigan kartochkalardan tangani yigʻish va har 8 soatda kirib tangalarni olish kifoya. Keyingi oyda drop kutilyapti.

WeMINE: Maynerlar uchun tanga. Mayning fermani kuchaytirib boraverasiz. Har 4 soatda yigʻilgan tangalarni olib turasiz, tamom. Drop dekabrga moʻljallangan.



@kreditniki

KREDITNIKI

26 Oct, 20:49


Xa azizlar. Dushanba kuni darsga qaysi kursdoshingiz kasal boʻlib kelmasa biling-ki, shu kursdoshingiz real muxlisi. Aniq Real muxlisi.

Realni anchadan beri bunaqa xoʻrlashmagan edi.........

@kreditniki

KREDITNIKI

23 Oct, 06:56


Hammada boʻlgan va hammaning asabini yegan holatlardan biri

Yechim: Alt tugmasini bosib turib sursak, joyiga tushadi)

@kreditniki

KREDITNIKI

21 Oct, 11:31


Bugun 21-oktabr O'zbek tili kuni (bayrami emas). Juda muhim, ammo yetarlicha e'tibor berilmagan kun bilan barchangizni tabriklayman.

Tilga e'tibor - millatga e'tibor

@kreditniki

KREDITNIKI

18 Oct, 05:00


Xatolarni topish va o‘rtacha 500$ daromad qilish, yomon emas-a?

QA (sifat nazorati) sohasi O‘zbekistonda ommalashishni boshladi. Bu soha nisbatan osonligi bilan ajralib turadi va boshqa IT yo‘nalishlariga o‘tish uchun tramplin vazifasini o‘tashi mumkin.

Najot Ta'lim markazida QA bo‘yicha ustoz va Belissimo pizza kompaniyasida product manager bo‘lgan Zuxriddin Xusanov navbatdagi onlayn shogirdlik kurslarini tashkil qilmoqda. Ushbu kurs 40% nazariya va 60% amaliyotga asoslangan bo‘lib, shu kungacha o‘quvchilarining 94% qismi ish topishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular hozirda Agrobank, Udevs, UIC, Imkon, Unical Solution kabi mashhur kompaniyalarda faoliyat yuritishmoqda.

Kurslar guruhli va individual shaklda o‘tkaziladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan oʻquvchilarga kurs to‘lovining 20% qismi qaytariladi va ustozdan amaliyotchi so'ragan kompaniyalarda amaliyot o‘tash imkoniyati taqdim etiladi.

Kurs haqida batafsil ma'lumotni @khusanovs_blog yoki @xusanov_zuxriddin orqali olishingiz mumkin.

KREDITNIKI

14 Oct, 05:07


Avtomobilini universitet oldiga notoʻgʻri joylarga parkovka qilganlar, tez boshqa joyga qoʻyinglar. Jarima yozishyapti.

@kreditniki

KREDITNIKI

11 Oct, 06:58


Bollar kimda 15-kunga Oʻzbekistond-BAA oʻyiniga bilet bor? Yonma-yon 3 ta kerak.

@boonee666

KREDITNIKI

08 Oct, 15:06


- Dada: Oʻgʻlim 4 yil universitetda nimani oʻrganding?

- Oʻgʻil: Salom berishni

@kreditniki

KREDITNIKI

01 Oct, 03:58


Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat koʻkka ham chiqolgan inson.
Ne ajab sizlarni bahtiyor etib,
O'rnidan dast turib, bosh egsa shu on.

Bir sharif tingladim yop-yorugʻ kunda,
Angladim lymon ne, ne erur Ixlos.
Biron bir dunyoviy da'vo yoʻq menda,
Sizni Alloh uchun suydim, ey, ustoz.



KREDIT TIZIMI TALABALARI👨‍🏫👨‍💻
@kreditniki

KREDITNIKI

27 Sep, 08:16


Rostdan ham qoʻshiqlar pleylistini oʻzgartirish kerak

@kreditniki

KREDITNIKI

22 Sep, 06:00


Hamster Kombat premarketdagi taxminiy narxi: $0.01

Uch oylik tun-u kun yigʻgan tangalaringiz bir oylik abonent toʻloviga yetadimi?

Qancha tanga yigʻganingizni scrinshot bilan izohlarda kutaman!

@kreditniki

KREDITNIKI

18 Sep, 12:09


Бойсун туманидаги “Мустақилликнинг 25 йиллиги” газ конида содир бўлган янги авария оқибатида 4 нафар одам ҳалок бўлди

Президент матбуот котиби Шерзод Асадов оммавий ахборот воситаларига ушбу маълумотни тасдиқлади. Унинг маълум қилишича, президент реал вақт режимида вазият ҳақида маълумот олиб турибди.

Шерзод Асадовнинг сўзларига кўра, ҳалок бўлганлар конда ишлаган пудратчи ташкилот ходимлари бўлган. Уларнинг шахсига аниқлик киритилган.

Бир кун аввал Бойсун туманидаги бир нечта манбалар, жумладан, шифохона ходимлари тўрт киши ҳалок бўлгани ҳақида хабар берган эди. Жабрланганлар сони аниқлаштирилмоқда.

Маълумот учун, Бойсунда 1 сентябрь куни “Мустақилликнинг 25 йиллиги” конига қарашли қудуқда бурғилаш ишлари вақтида технологик жараённинг бузилиши оқибатида олтингугурт гази чиқиши кузатилган эди. Аҳоли хавфсизлигини таъминлаш мақсадида кон яқинида яшовчи фуқаролар хавфсиз ҳудудга эвакуация қилинган.

🔥@fayzboguz

KREDITNIKI

18 Sep, 10:35


Hamster Kombat ortidan yana ikkita coinlar ham listing eʼlon qilishdi. Bular X Empire hamda Blum.

X Empire hammaga maʼlum Ilon Mask shafeligida ochilgan va 12 kundan soʻng, yaʼni 30-sentyabr kuni listing boʻladi. Hali ham yotoqxona uchun 2-3 oylik pulni chiqarib olishga kech emas.

Blum Binancening sobiq menejerlaridan birining loyihasi va uning listingi ham oktyabr oyining oxiriga moʻljallangan. Blum ham Dogs kabi qimmat boʻlishi aniq. Chunki unda Hamster yoki X Empiredagi kabi millionlab coin yigʻishning iloji yoʻq. Unda biletlar beriladi va har bitta biletdan maksimum 250 tagacha coin ishlash mumkin.

Ikkita coin uchun ham havola qoldiraman. Hali boshlamagan boʻlsangiz, hozir ayni vaqti. Oʻqish yoki kundalik harajatlaringiz uchun oʻzingiz boʻsh vaqtingizda pul topishingiz yaxshiku.

X Empire - koʻk yozuv ustiga bosing
Blum - koʻk yozuv ustiga bosing

Eslatib oʻtaman, Oʻzbekistonda faqat litsenziyaga egalargina kriptovalyuta bilan savdo qilishlar mumkin!


@kreditniki

KREDITNIKI

18 Sep, 07:09


Mobiuz барчани 17-20-сентябрь кунлари АКТ ҳафталиги, шу жумладан ихтисослаштирилган кўргазма бўлиб ўтаётган CAEx мажмуасига таклиф қилмоқда!

Mobiuz ўз стендида янги 5G Calling ва VoWiFi технологияларини намойиш этмоқда. Алоҳида кўнгилочар зонада MobiGames (мобил ўйинлар), MobiCinema (телевидение ва кино), MobiMusic (мусиқа) каби маҳсулотлар ва хизматлар экотизими тақдим этилган.

Кўргазма давомида ташриф буюрувчилар Mobiuzнинг махсус сюрпризига ҳам гувоҳ бўлишлари мумкин.

Кўргазмадан жонли эфирлар ва “Reels”ларни Mobiuz Инстаграм-аккаунтида томоша қилинг.

CAEx манзили: Мирзо Улуғбек тумани, Миллий Боғ кўчаси, 1-уй (“Central Asian University” ёнида).

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi

Реклама

KREDITNIKI

18 Sep, 05:53


⚡️Илон Маск смог победить слепоту — его Neuralink выпустила революционное устройство Blindsight, способное вернуть зрение, даже если вы слепы от рождения.

Blindsight уже получил одобрение от FDA — Министерство здравоохранения США в шоке от возможностей устройства.

Зрение будут возвращать постепенно, чтобы не нагружать мозг и глаза.

-------

Ilon Mask ko‘rlikni yengishga muvaffaq bo‘ldi - uning Neuralink kompaniyasi hatto tug‘ma ko‘r bo‘lsangiz ham ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan inqilobiy Blindsight qurilmasini chiqardi.

Blindsight allaqachon FDA tomonidan tasdiqlangan - AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligi qurilmaning imkoniyatlaridan hayratda.

Ko‘z va miyaga og‘irlik qilmasligi uchun ko‘rish asta-sekin tiklanadi.


@kreditniki

KREDITNIKI

17 Sep, 09:27


Shunaqasidan kerak ekanda

Yoqdimi?

@kreditniki

KREDITNIKI

12 Sep, 16:17


ByBit va OKX ortidan Binance ham Hamster listingini eʼlon qildi.

ByBit va OKX listing eʼlon qilganiga 10 kun ham oʻtmasdan kriptovalyutalarning eng katta onlayn bozori Binance ham Hamster Kombatning listingini eʼlon qildi.

Yangilikda aytilishicha, listing 26-sentyabrga moʻljallangan. Hamster Kombat esa listing oldidan yana ham koʻproq oʻyinchilarni jalb qilish uchun listing oldidan koʻproq faolliklar va oʻyinlar qoʻshilishini maʼlum qildi.

Agar hali ham oʻyinni boshlamagan boʻlsangiz, quyidagi havola orqali buni boshlashingiz mumkin: HAMSTER COMBAT

Hamsterdagi milliardlariga Tashkent Citydan 4 xona kvartira olishni reja qilganlar bittadan layk😁😁😁

Eslatib oʻtaman, Oʻzbekistonda faqat litsenziyaga egalargina kriptovalyuta bilan savdo qilishlar mumkin!


@kreditniki

KREDITNIKI

07 Sep, 14:14


Taʼmirdan chiqqan binolarni koʻrdingizmi?

Taʼmirga gap yoʻq, juda chiroyli, zamon talablariga mos. Oppoqqina, chiroyli. Devorlarda stendlar, fotosuratlar. Qisqasi yangi kelgan talabalar uchun xursandman.

Keling endi salbiy tarafini ham aytsam. Toshboʻron qilmaysiz degan umiddaman 😊
Binolar hozirgi ana shunday holatida ham huddi "Jentraga Malibu rul va bar qoʻygandek" boʻlib qolgan. Nimaga bunday deyabman? Ayniqsa C binodagi xonalar juda tor. Fanlarni 2 guruhga boʻlib oʻtsak ham, hammaga joy yetmas edi. Imkoniyati cheklanganlar uchun lift yoʻq. Bilaman buning iloji yoʻq, lekin birinchi qavatdagi barcha xonalar dars xonalari qilib berilmagan. Xonalar dekanga, buxgalteriyaga va yana qandaydir xodimlarga (aniq kimlar bilmayman) boʻlib berilgan. Xonalar yetarli elektr uyalari bilan taʼminlanmagan.

Shunday kamchiliklari boʻlsa ham, binolarning xozirgi holati biz oʻqigan vaqtdagi holatdan ming karra yaxshi. Malibu rul bilan bar baribir boshqachada. Odam oʻzini "уверенно" his qiladi.


@kreditniki

KREDITNIKI

06 Sep, 07:20


⚡️Talabalar uchun eslatma: Oʻzbekiston talabalari oladigan stipendiyalar miqdori maʼlum boʻldi:

Aʼlochi oʻquvchilar: 621 456 soʻm;
Yaxshi oʻquvchilar: 517 880 soʻm;
Prezident stipendiyasi sohiblari: 1 461 027 soʻm;
Davlat stipendiyasi sohiblari: 1 461 027 soʻm.

@kreditniki

KREDITNIKI

01 Sep, 05:02


🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33-yilligi muborak boʻlsin🎉

🎊Mustaqillik bayramingiz muborak boʻlsin aziz vatandoshlar🎊

•••••••••••••••••••

🇺🇿Поздравляем с 33-й годовщиной независимости Республики Узбекистан🎉

🎊С днём независимости, дорогие соотечественники🎊


@kreditniki

KREDITNIKI

30 Aug, 07:10


Yandex ilk bor O'zbekistonda loyallik dasturini ishga tushirdi.

Endi Plus obunasi borlar Yandex Go'dan foydalanganda har bir ishlatgan so'mi uchun 1 balldan oladi. 10,000 so'm=10,000 ball

Ballardan taksi va yetkazib berish xizmatidan foydalanish uchun ishlatish mumkin.

Shu munosabat bilan Yandex kanalimiz obunachilari va TUIT talabalari uchun 60 kunlik bepul Yandex Plus obunasini taqdim etishdi.

Eslatib o'taman obuna faqat birinchi 10 kishi uchun amal qiladi va avval akkauntdan obuna faollashtirilmagan bo'lishi kerak

Yandex Plus 60 kunlik bepul obuna

@kreditniki