my.gov.uz @mygovuz Channel on Telegram

my.gov.uz

@mygovuz


Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ [email protected]
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig

my.gov.uz (Uzbek)

Salom, do'stlar! Bugun sizlarga MyGovUz Telegram kanalidan so'z ochmoqchimiz. MyGov.Uz - bu rasmiy tarmoqda faoliyat yuritadigan Telegram kanali, Sizning fikrlaringiz uchun o'zimizga ahamiyat bergan joy. Agar siz ham qanday fikrlar va takliflaringiz bo'lsa, ushbu kanal orqali ularga yetkazing. Kanalda sizga bot yordam berish uchun @MyGovRasmiyBot nomli bot, qo'llab-quvvatlash bo'limi uchun 1242 raqami, elektron pochta orqali murojaat mumkin: [email protected]. Rasmiy veb-sayt: my.gov.uz, e-gov.uz. Shuningdek, eGovUz nomli Telegram akkaunti orqali ham bilanishib borishingiz mumkin. Kanalimizda YouTube, Facebook, va Instagram sahifalarimizga havola bor. Barcha so'nggi yangiliklarimizni, e'tibor qozonishlarimizni va tadbirlarimizni xabar qilmoqchi bo'lsangiz, MyGovUz kanaliga obuna bo'ling va bizning jamoamizga qo'shiling!

my.gov.uz

14 Feb, 10:42


#новаяуслуга #транспорт

🚘 Теперь установка газового баллона в автомобиль стала еще проще!

❗️Процесс получения разрешения на установку газового баллона через my.gov.uz стал более удобным и быстрым.

Не требуются дополнительные документы!

👨‍💻Вам нужно только заполнить заявку онлайн и отправить ее в Службу безопасности дорожного движения (СБДД). Все остальное сотрудники СБДД сделают за вас.

📲После рассмотрения вашей заявки, результат будет отправлен в ваш личный кабинет на my.gov.uz.

💰 Стоимость услуги - 112 500 сум (0,3 БРВ)

🎉 Поделитесь этой хорошей новостью с друзьями!

▶️ С новым упрощенным процессом получения разрешения на установку газового баллона можно ознакомиться в видеоруководстве!

▶️ https://youtu.be/ca2kX4rPcaY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Feb, 06:26


#yangixizmat #transport

🚘 Endi avtomobilga gaz ballon o‘rnatish yanada oson!

❗️my.gov.uz orqali avtomobilga gaz ballon o‘rnatish uchun ruxsatnomani olish jarayoni yanada qulay va tezkor bo‘ldi.

Hech qanday ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi!

👨‍💻Siz faqat onlayn tarzda ariza to‘ldirib, uni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga (YHXX) yuborsangiz kifoya. Qolganini YHXX xodimlari bajarishadi.

📲 Arizangiz ko‘rib chiqilgach, natijasi my.gov.uz dagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.

💰 Xizmat ko‘rsatilishi uchun to‘lov – 112 500 so‘m (0,3 BHM)

🎉Ushbu xushxabarni do‘stlaringizga ham ulashing!

▶️ Gaz ballon o‘rnatishga ruxsatnoma olishning yangi, soddalashtirilgan tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing!

▶️ https://youtu.be/ca2kX4rPcaY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Feb, 05:54


#kredit #xavfsizlik

🟡 Kredit tarixiga onlayn cheklov o’rnatish tartibi bilan tanishing!

Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida my.gov.uz orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklang! Shunda hech kim sizning nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/yEiZOGUEaz0

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Feb, 12:03


#talim

⚡️ Chet tili imtihoni (ko‘zi ojizlar) uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔 Ko‘zi ojiz talabgorlar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari 2025-yil 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Feb, 05:13


#транспорт

🚗 Если ты водитель!..

❗️На my.gov.uz есть удобные возможности для вас! Через данный портал можете воспользоваться государственными услугами онлайн! Без очередей, быстро и удобно!

🚘 Через Единый портал можно за 5 минут оформить разрешение на "тонировку".

🚍Также, чтобы получить доверенность на управление автотранспортом, вам не нужно искать нотариальную контору и стоять в длинных очередях.

🚖 Лицензию на перевозку пассажиров и грузов автомобильным транспортом также можно получить онлайн и по более низкой цене.

🪪 Если истекает срок действия водительского удостоверения, его можно обновить через my.gov.uz без проблем.

📱Другие услуги, которые вам могут понадобиться, вы найдете в разделе "Транспорт"!

▶️ https://youtube.com/shorts/Fas8ZXYAOHM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Feb, 17:32


#xavfsizlik #firibgarlar

🔔 Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang!

🔵Facebook tarmog‘ida chiroyli avtoraqamlarni bepul olishni taklif qiladigan e’lonlar tarqalmoqda. Unda MyGov.apk ilovasi orqali chiroyli avtoraqam olish mumkinligi ko‘rsatilgan. Ushbu ma’lumotlarga aslo ishonmang!

⌨️ Mazkur xabarlar mutlaqo asossiz bo‘lib, firibgarlar g‘arazli maqsadlarda bu usuldan foydalanishmoqda.

Bunday ilovalarni hech qachon yuklab olishga urinmang!

Eslatma❗️

🧑‍💻My.gov.uz ilovasini faqat rasmiy marketpleyslardan yuklab oling:

🔵 Google Play Store
🔵 Apple App Store

🟡 Biz hech qachon ilovani boshqa yo‘llar orqali tarqatmaymiz❗️

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) haqidagi ishonchli ma’lumotlarni faqat uning rasmiy sahifalaridan olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Feb, 13:21


#infografika #malumotnomalar

⚡️my.gov.uz: raqamlar o‘sishda davom etmoqda!

👨‍⚕️2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, tibbiyot sohasida toifa sertifikati olish uchun jami 136 483 ta ariza kelib tushgan. Shundan 28 964 tasiga sertifikat berilgan. Bundan sertifikat olishdagi muvaffaqiyat darajasi taxminan 21% ni tashkil etganini ko‘rish mumkin.

📶 Ariza topshirish bo‘yicha gender ko‘rsatkich:

👩‍💻Ayollar: 113 112 ta ariza
👨‍💻Erkaklar: 23 371 ta ariza

📍Qaysi hududlarda my.gov.uz orqali ariza topshirish ko‘proq?

🌐 my.gov.uz orqali ariza topshirish bo‘yicha Sirdaryo viloyati yetakchilik qilmoqda. Samarqand viloyati va Andijon shahri ham faol foydalanuvchilar qatorida.

📱Jarayonning ancha sodda va qulay bo‘lgani tibbiyot sohasida xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga xizmat qiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Feb, 10:08


📣Eʼlon!

⚙️ Kadastr agentligining "Rezerv ma'lumotlarni qayta ishlash markazi"da texnik nosozlik kuzatilmoqda. 

📱 Shu munosabat bilan my.gov.uz portali orqali kadastr sohasidagi davlat xizmatlarini ko'rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Tez orada tizim ish faoliyati odatdagi tartibda davom ettiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Feb, 06:14


#transport

🚗 Agar haydovchi bo‘lsangiz!..

❗️my.gov.uz da siz uchun qulay imkoniyatlar bor! U orqali davlat xizmatlaridan foydalanish – onlayn! Hech qanday navbatlarsiz, oddiy va qulay!

🚘 Yagona portal orqali “tonirovka”ga ruxsatnomani 5 daqiqada rasmiylashtirib olish mumkin.

🚍 Yana avtotransport boshqaruviga ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurmaysiz, uzundan-uzun navbatlarda turmaysiz.

🚖 Kira qilish uchun litsenziya varaqasini ham onlayn tarzda, arzonga olasiz.

🪪 Muddati o‘tayotgan haydovchilik guvohnomasini yangilashni ham bemalol my.gov.uz orqali hal qilasiz.

📱 Siz izlagan boshqa xizmatlarni "Transport" bo'limidan topasiz!

▶️ https://youtube.com/shorts/Fas8ZXYAOHM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Feb, 05:40


В честь 584-й годовщины со дня рождения Алишера Навои:

Предлагаем электронные государственные услуги для писателей
📚

📆 9 февраля — день рождения великого узбекского поэта и мыслителя Алишера Навои. Дорогие писатели и издатели, в честь этой даты хотим рассказать о современных возможностях, которые помогут вам донести свои произведения до широкой аудитории.

📖 Поднимите ваше творчество на новый уровень!

Если вы занимаетесь созданием книг или периодических изданий, следующие электронные государственные услуги могут быть для вас очень полезными:

📚 Индекс ББК (Библиотечно-библиографическая классификация)

Хотите, чтобы ваша книга заняла достойное место в библиотеках? Этот индекс помогает правильно классифицировать литературу и обеспечивает легкость ее поиска читателями.

📖 Индекс УДК (Универсальная десятичная классификация)

Эта система используется для систематизации научных и художественных публикаций по всему миру и является обязательной для научных изданий, учебников и других произведений.

📕 ISBN — «паспорт» вашей книги

Хотите, чтобы ваша книга была известна по всему миру? Получив международный стандартный книжный номер (ISBN), ваша книга будет официально зарегистрирована. Это облегчает ее распространение и продажу.

📰 ISSN — уникальный номер для периодических изданий

Если вы выпускаете журнал или другие сериальные издания, международный стандартный номер сериального издания (ISSN) подтверждает его официальный статус и облегчает регистрацию в каталогах.

📱 Современные технологии — помощники для творцов!

🔵Сегодняшние технологии предоставляют авторам возможность сосредоточиться на самом важном — на творчестве. Формирование книг и изданий становится еще проще благодаря электронным государственным услугам.

🟡 Пусть бесценное наследие Алишера Навои вдохновляет вас, а мы будем активно помогать донести ваши произведения до каждого читателя!

📝 Используйте онлайн-услуги и наслаждайтесь тем, как читатели наслаждаются вашим творчеством!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

09 Feb, 03:49


Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi!

2025-yil 9-fevral kuni biz buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligini nishonlaymiz. Uning asarlari nafaqat o‘zbek adabiyotining eng yirik yodgorliklari, balki butun dunyo madaniyatining qimmatli xazinasidir. Navoiy nafaqat adabiyotda, balki ilm-fan, falsafa va axloqda ham o‘zining chuqur izini qoldirgan.

Bugungi kunda Navoiy asarlari, uning g‘oyalari va ilmiy ishlanmalari internetda mavjud bo‘lib, ular har bir inson uchun oson va bepul foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

Yosh avlodni Navoiy merosi bilan tanishtirish, uning adabiy va ma’naviy qadriyatlarini anglatish uchun raqamli platformalar, onlayn kutubxonalar va virtual ekskursiyalar tashkil qilinmoqda. Navoiy singari buyuk mutafakkirlarning asarlari yordamida biz zamonaviy jamiyatni ma’naviy va ilmiy jihatdan yanada boyitishimiz mumkin.

Raqamli texnologiyalar yordamida Navoiy merosini asrash va unga ehtirom ko‘rsatish — bu bizning burchimiz. Uning g‘oyalari bugungi kunda ham dolzarb va ijobiy o‘zgarishlarni yaratishda davom etmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Feb, 11:12


📣Eʼlon!

⚙️Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimida texnik nosozlik kuzatilmoqda.

📱Shu munosabat bilan my.gov.uz portali orqali kadastr sohasidagi davlat xizmatlarini ko'rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

📱Tez orada tizim faoliyati tiklanib, odatdagi tartibda ishlaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Feb, 07:03


Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan:

Yozuvchilar uchun elektron davlat xizmatlarini taqdim etamiz 📚

📆 9-fevral — buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy tavalludi kuni. Ushbu sana munosabati bilan biz siz, aziz yozuvchilar va nashriyotchilarga o‘z asarlaringizni keng auditoriyaga yetkazishda ko‘maklashuvchi zamonaviy imkoniyatlar haqida so‘zlamoqchimiz.

📖 Ijodingizni yangi bosqichga olib chiqing!

Agar siz kitoblar yoki davriy nashrlar yaratish bilan shug‘ullansangiz, quyidagi elektron davlat xizmatlari siz uchun juda foydali bo‘lishi mumkin:

📚 BBK indeksi (Kutubxona-bibliografik tasnif)

Kitobingiz kutubxonalarda munosib o‘rin egallashini istaysizmi? Ushbu indeks adabiyotlarni to‘g‘ri tasniflashga yordam beradi va ularning o‘quvchilar tomonidan oson topilishini ta’minlaydi.

📖 UDK indeksi (Universal o‘nlik tasnif)

Butun dunyo bo‘ylab ilmiy va badiiy nashrlarni tizimlashtirishda qo‘llaniladigan ushbu tizim ilmiy nashrlar, darsliklar va boshqa asarlar uchun majburiy hisoblanadi.

📕 ISBN — kitobingiz "pasporti"

Kitobingiz butun dunyoga tanilishini xohlaysizmi? Xalqaro standart kitob raqamini (ISBN) olish orqali kitobingiz rasmiy ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu uni tarqatish va sotishni osonlashtiradi.

📰 ISSN — davriy nashrlar uchun noyob raqam

Agar siz jurnal yoki boshqa serial nashrlarni chiqarayotgan bo‘lsangiz, Xalqaro standart serial raqami (ISSN) uning rasmiy maqomini tasdiqlaydi va kataloglarda ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtiradi.

📱 Zamonaviy texnologiyalar — ijodkorlarga yordamchi!

🔵Bugungi texnologiyalar mualliflarga eng muhim jihat — ijodkorlikka e’tibor qaratish imkonini beradi. Kitoblar va nashrlarning shakllanishi esa elektron davlat xizmatlari tufayli yanada osonlashadi.

🟡 Alisher Navoiyning bebaho merosi sizga ilhom bersin, biz esa sizning asarlaringizni har bir o‘quvchiga yetkazishda yaqindan ko‘maklashamiz!

📝 Onlayn xizmatlardan foydalaning va kitobxonlar ijodingizdan bahramand bo‘lishidan zavqlaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Feb, 04:23


#семья_и_дети #справки

⚡️ Меньше бумаги и больше времени с ребенком!

🤱🏻Теперь молодым родителям не нужно тратить время на посещение государственных органов для получения справки о рождении и свидетельства. Все можно удобно оформить онлайн без очередей через my.gov.uz.

📱С помощью my.gov.uz не выходя из дома, вы можете легко и просто получить:

💬 Справку о рождении
💬 Свидетельство о рождении
💬 Справку о рождении на основании заявления матери-одиночки.

В чем удобство?

Экономит ваше время и силы
Все документы можно получить в одном месте
Оформление без очередей онлайн

👨‍👩‍👧‍👦 Используйте my.gov.uz, чтобы проводить больше времени с вашими детьми!

📱Чтобы быть в курсе новостей и полезных советов, продолжайте следить за нами!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Feb, 12:34


#oila_va_bolalar #malumotnomalar

⚡️Kamroq qog‘oz sarflab, ko‘proq vaqtni farzandingiz bilan o‘tkazing!

🤱🏻Endi yosh ota-onalar chaqaloqqa tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma va guvohnoma olish uchun alohida vaqt ajratib, davlat idoralariga yugurishlari shart emas. Hammasini my.gov.uz orqali qulay tarzda, navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirish mumkin.

📱 my.gov.uz yordamida siz uydan chiqmasdan turib:

💬 Tug‘ilish haqidagi ma’lumotnoma
💬 Tug‘ilish haqidagi guvohnoma
💬 Yolg‘iz ona arizasiga asosan qayd qilingan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani oson va tez olsangiz bo‘ladi.

Buning qulayligi nimada?

Avvalo, vaqtingiz va kuchingizni tejaydi
Hamma hujjatlarni bir joydan olasiz
Navbatlarsiz onlayn rasmiylashtirasiz

👨‍👩‍👧‍👦 Farzandlaringiz bilan birga ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun my.gov.uz'dan foydalaning!

📱Yangiliklar va foydali maslahatlardan doimiy xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

▶️https://youtube.com/shorts/EZRtQcYGAmc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Feb, 09:12


#коммунальные #новаяуслуга

❗️Внимание физическим лицам, желающим продать дом в городе Ташкент!   
   
🏠 Теперь гражданам, которые хотят купить или продать недвижимость в Ташкенте, не нужно лично обращаться в "VEOLIA ENERGY TASHKENT" МЧЖ для получения справки о том, что дом не подключен к централизованной системе отопления! 
   
Эту справку можно получить онлайн через портал my.gov.uz, в любое время и из любого места всего за несколько минут.  
   
📱 Для этого нужно выбрать услугу «Получение справки о наличие объекта в списке подключенных к тепловой сети» на портале my.gov.uz, указать кадастровый номер и отправить запрос!  
   
🔵 Справка будет готова мгновенно!  
   
🧑‍💻 Сэкономьте время! Пользуйтесь государственными услугами онлайн!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Feb, 05:43


⚡️data.egov.uz: O‘zbekiston haqidagi barcha ma’lumotlar bir joyda!

🌐 Siz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini chuqur tahlil qilmoqchimisiz?

🧑‍💻 Unda albatta data.egov.uz portaliga tashrif buyuring!

💻 Ochiq ma’lumotlar portalidan siz aholi statistikasidan tortib, davlat xaridlarigacha bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni topasiz.

🟡 Ushbu ma’lumotlardan foydalanib, Siz:
Tadqiqot olib borish orqali demografik trendlar, iqtisodiy ko‘rsatkichlar, ijtimoiy muammolarni tahlil qilishingiz;
Dashboard va vizualizatsiyalarni ishlab chiqib, interaktiv hisobotlar va taqdimotlar yaratishingiz;
Yoshlarga bilim berish uchun ta’lim maqsadlarida foydalanishingiz;
Insonlar uchun innovasion mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqib, ochiq ma’lumotlar asosida yangi ilovalar va xizmatlar yaratishingiz mumkin.

⌨️Portalning afzalliklari:
💬 Ochiqlik tufayli barcha ma’lumotlardan bepul foydalanasiz.
💬 Ma’lumotlarning doimiy ravishda yangilanishi aktuallikni oshiradi.
💬 Kerakli ma’lumotni topish hamda tahlil qilishda qulay interfeys va maxsus formatdan foydalanasiz.

❗️data.egov.uz portaliga kiring va mamlakatimiz haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Feb, 04:44


#Гражданство

❗️ ОВИР придет к вам домой!

🚐 Подразделения Министерства внутренних дел по вопросам миграции и оформления гражданства (ОВИР) теперь предоставляют государственные услуги на дому!

🧑‍💻 Данной услугой могут воспользоваться лица, которые не могут самостоятельно передвигаться или у которых нет времени посетить какое-либо учреждение из-за плотного рабочего графика.

💻 Чтобы воспользоваться услугой, отправьте заявку через Единый портал (my.gov.uz).

🪪 Предоставляемые виды услуг включают в себя:
Оформление ID-карты
Постоянная и временная регистрация

💰 При использовании выездных услуг в зависимости от удаленности места, указанного в заявке, может взиматься дополнительная плата.

📱 Для подачи заявки необходимо указать:
Цель подачи заявки
Количество лиц, для которых будут предоставлены услуги
Вид необходимой услуги
Адрес и дата, когда сотрудник ОВИР должен прийти.

❗️ My.gov.uz — просто, быстро и удобно!

▶️ https://youtu.be/T5R9dcYZWJE

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

06 Feb, 14:37


#infografika #malumotnomalar

❗️my.gov.uz orqali yuklab olingan “bolnichniy”lar soni 675 mingdan oshdi  

📆 2025-yilning yanvar oyiga qadar fuqarolar tomonidan "my.gov.uz" portali orqali jami 675 964 ta mehnatga layoqatsizlik varaqalari yuklab olindi.  
 
📱 Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini onlayn taqdim etish hisobiga aholining 3 mlrd. so'mlik transport va qog'oz xarajatlari va 6,7 tonna qog'oz iqtisod qilinishiga erishildi.   
 
🔴 Gender tahlil 
 
📈 Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuklab olishda erkaklar ayollarga nisbatan ko'proqni tashkil etgan:  
 
👩‍💼 289 ming nafar ayol  
👨‍💼 386 ming nafar erkak 

 
👉 Bu ko’rsatkich erkaklar salomatligiga bo'lgan e’tiborni ham kuchaytirish kerakligini eslatadi. 
 
📍Hududlar kesimida eng ko'p mehnatga layoqatsizlik varaqalarining yuklab olinishi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan (99 055 ta). Keyingi o'rinlarda: Toshkent (82 578) va Farg'ona viloyatlari (67 124).

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

06 Feb, 05:04


#fuqarolik

❗️ OVIR bo‘linmalari uyingizga keladi

🆕 IIVning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish, ya’ni OVIR bo‘linmalari davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun uyingizga keladi!

🧑‍💻Bu xizmatdan yura olmaydigan yoki o‘z ishlaridan ortib biror joyga borishga vaqti bo‘lmaydigan shaxslar foydalanishlari mumkin.

💻 Xizmatdan foydalanish uchun Yagona portal orqali ariza yuboring.

🪪 Ko‘rsatiladigan xizmat turlariga quyidagilar kiradi:

ID kartani rasmiylashtirish
Doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish

💰 Sayyor xizmatlardan foydalanishda arizada belgilangan masofaning uzoq-yaqinligidan kelib chiqib, qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

📱Bu xizmatdan foydalanishda arizachidan:

ariza yuborish maqsadi
necha nafar shaxsga xizmat ko‘rsatilishi
ko‘rsatiladigan xizmat turlari
OVIR xodimi kelishi lozim bo‘lgan manzil va sanasini belgilash talab etiladi.

❗️My.gov.uz oson, tez va qulay!

▶️ https://youtu.be/T5R9dcYZWJE

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

05 Feb, 10:24


#OAV_biz_haqimizda

▶️ «O‘zbekiston 24» telekanali my.gov.uz portali imkoniyatlari haqida reportaj tayyorladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

30 Jan, 04:16


#talim

⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2025-yil 12-yanvardan 22-yanvarga qadar bo‘lib o‘tgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻 Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 30-yanvardan 3-fevralga qadar my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

29 Jan, 06:03


#transport

🚗 800 000 ga yaqin haydovchi onlayn litsenziya oldi❗️

📱 my.gov.uz portali orqali yo‘lovchi va yuk tashish uchun litsenziya olish jarayoni oson va qulay ekaniga siz ham guvoh bo‘ling!

🪪 2024-yil yakuniga qadar 800 000 ga yaqin litsenziya onlayn tarzda rasmiylashtirildi.

📍 Eng ko‘p litsenziya olgan hududlar: Toshkent shahri, Buxoro va Andijon viloyatlari bo‘ldi.

🚘 Eslatma: 2030-yil 1-yanvarga qadar elektromobil va gibrid avtomobillarda yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya varaqalari bepul beriladi!

👉 litsenziya olish uchun:

1️⃣. my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘ting;
2️⃣. "Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya" xizmatini tanlang va ariza bering.

▶️Litsenziya olish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing: https://youtu.be/PtmXBQF6BkA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Jan, 06:29


#oneid

Oson parol qoʻymang
❗️

⌨️Xakerlar vaqti-vaqti bilan millionlab parollarni oʻz ichiga olgan maʼlumotlar bazasini ommaviy e'lon qilib yuborishmoqda. Mutaxassislar parollarni imkon qadar tez-tez oʻzgartirib turishni va murakkabini tanlashni tavsiya etishadi.

🔐Oʻz navbatida, One ID tizimi uchun ham murakkab parol tanlash kerak!

⌨️ Chunki oson parol egasi firibgarlarning eng asosiy oʻljasiga aylanadi.

▶️ Ushbu videoni koʻring va xulosa chiqaring!

🎬 https://youtu.be/yfFpgVfkcqM

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

27 Jan, 08:25


#talim

⚡️Oʻzbekistonda xalqaro imtihonlarga bo'lgan qiziqish ortib bormoqda

👨‍🏫 Ayniqsa, yoshlar xorijda ta’lim olishni, zamonaviy kasblarni o'rganishni istashmoqda. Davlatimiz ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, xalqaro imtihon xarajatlarini qoplash imkoniyatini yaratmoqda.

📈 2024-yil statistikasi:

Xalqaro imtihonlar uchun jami 24 534 ta ariza topshirilgan boʻlib, bu 2023-yilga nisbatan 10% oʻsishni koʻrsatadi.

Bunda IELTS eng talabgir imtihonga aylandi – 14 782 ta ariza kelib tushdi. Shundan 11421 tasi davlat tomonidan moliyalashtirildi.

Hududlar kesimida Toshkent shahri yetakchi boʻldi: 5043 ta arizachiga xarajatlar qoplab berildi. Imtihon xarajatlarini qoplash uchun 10 milliard 596 million soʻm mablagʻ ajratildi.

IELTS'dan tashqari, TORFL/ТРКИga – 5774 ta, TOEFL iBTga – 293 ta ariza topshirildi.

Akademik imtihonlarga ham talab yuqori bo'ldi: SATga – 2922 ta, GREga – 54 ta, GMATga – 36 ta ariza kelib tushdi.

Osiyo tillari boʻyicha imtihonlar (TOPIK, HSK, JLPT) ham oʻz oʻrniga ega boʻlib, jami 235 ta arizani tashkil etdi.

💬 Muvaffaqiyatli yoshlar safiga siz ham qo‘shiling!

📱 Хizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/413

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

27 Jan, 06:34


#семья_и_дети #справки

❗️Удобство для родителей! 

📱 Через портал my.gov.uz можете скачать справки о нахождении или об отсутствии на учете в психиатрическом или наркологическом диспансере. Такая информация может потребоваться для предоставления в иностранные посольства, при поступлении в частные образовательные учреждения или в других случаях. 

💻Использование услуги абсолютно бесплатно, а также безопасно и конфиденциально!

🟡 my.gov.uz – легче, быстрее и удобнее, чем когда-либо!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

27 Jan, 06:07


#oila_va_bolalar #malumotnomalar

❗️Ota-onalar uchun qulaylik! 

📱 my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

💻 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!

🟡 my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

24 Jan, 15:08


#kommunal #yangixizmat

❗️Toshkent shahrida uy sotmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar diqqatiga!   
   
🏠 Endi Toshkent shahrida ko‘chmas mulkini oldi-sotdi qilmoqchi bo‘lgan fuqarolar uyning markazlashgan issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish uchun "VEOLIA ENERGY TASHKENT" MChJ XKga borishi shart emas!  
   
Ushbu ma’lumotnomani my.gov.uz orqali istalgan joydan turib, bir necha daqiqada onlayn olsangiz bo‘ladi.  
   
📱 Bunda my.gov.uz portalidagi "Ob’yektning issiqlik tarmog‘iga ulanmaganligi haqida ma’lumotnoma olish" xizmati tanlanib, kadastr raqami ko‘rsatilsa va so‘rov yuborilsa kifoya!  
   
🔵Ma’lumotnoma bir zumda tayyor bo‘ladi!  
   
🧑‍💻 Vaqtingizni tejang! Davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

24 Jan, 05:59


⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratilgan. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
 Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/erugs14mhiA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

23 Jan, 09:11


⚡️Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilgan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fani bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📱Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

💻 Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:

70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 - 69,9 ball — A daraja;
60 - 64,9 ball — B+ daraja;
55 - 59,9 ball — B daraja;
50 - 54,9 ball — C+ daraja;
46 - 49,9 ball — C daraja.

👉 Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:

A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball;
A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fandan maksimal ball.

❗️Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

23 Jan, 06:09


#transport

🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️
❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi

🧑‍💻 Yangi mashina sotib olish, ishonchnoma rasmiylashtirish yoki jarimalar yuzasidan shikoyat yoʻllash – bularning barchasini onlayn amalga oshirish mumkin.

📱 my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan turib:

💬 Yangi avto sotib olish uchun navbatni tekshiring (GM avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha)
💬 Avto boshqaruvi uchun ishonchnoma rasmiylashtiring
💬 Avtomobilingiz oynalari tusini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma oling
💬 Sugʻurta polisingizni tekshiring

👉 Shuningdek, boshqa koʻplab xizmatlardan foydalaning:

💬 Yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya
💬 Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish
💬 Transport vositalarini majburiy sugʻurtalash
💬 Yoʻl harakati jarimalari yuzasidan shikoyat

▶️ https://youtu.be/BGpAQOEYVJs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Jan, 09:58


#kredit

Rasmiy xabar
❗️

💰 "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi 2025-yil 1-yanvardan boshlab kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmatini bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 0,03 baravarida (QQSni hisobga olmagan holda) to‘lov tartibiga o‘tkazganini ma'lum qilamiz.

📱 Shu munosabat bilan endi my.gov.uz portalidagi "Kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatish" xizmatidan foydalanish pullik bo‘ladi.

🧑‍💻 Ammo my.gov.uz foydalanuvchilari uchun 10% chegirma o‘z kuchida qoladi!

🔐 Kredit tarixingizni himoya qilish va uning uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ravishda olinishining oldini olish uchun ushbu xizmatdan foydalanishni tavsiya etamiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Jan, 06:43


#Qulay_hayot

🟡 Raqamli transformatsiya: Statistika sohasidagi yangi imkoniyatlar

🌐 Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari jadal rivojlanib, hayotimizning barcha jabhalariga kirib bormoqda. Davlat boshqaruvi ham bundan mustasno emas. O‘zbekistonda raqamli hukumatni shakllantirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish va aholiga qulayliklar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonlari ham raqamlashtirilmoqda. Statistika agentligi bu borada qanday ishlarni amalga oshirmoqda? Raqamli texnologiyalar sohadagi jarayonlarni qanday o‘zgartirmoqda? Ma’lumotlar xavfsizligi va maxfiyligi qanday ta’minlanmoqda?

🎙 Shu va boshqa savollarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev bilan bo‘lib o‘tgan intervyumizda javob topishingiz mumkin.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/raqamli-transformatsiya-statistika-sohasidagi-yangi-imkoniyatlar-1608

▶️ Video: https://www.youtube.com/watch?v=maXA2p2TPzk

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

21 Jan, 05:25


#транспорт #туризм #новаяуслуга

⚡️Железнодорожные услуги на my.gov.uz!

📱Теперь упрощен порядок государственной регистрации и получения свидетельства о регистрации подвижного состава железных дорог и объектов железнодорожной инфраструктуры, принадлежащих юридическим и физическим лицам.

💬 Регистрация подвижного железнодорожного состава

🚂 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снять с учета, временное прекращение использования) локомотивов и моторвагонов, пассажирских и грузовых вагонов, также специального подвижного состава.

💬 Регистрация объектов железнодорожной инфраструктуры

🛃 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снятие с учета, временное прекращение использования) станций, расстояния между остановками, подъездных путей.

▶️https://youtube.com/shorts/g4aV35y2T0A?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

20 Jan, 13:36


#malumotnomalar

⚡️2024-yilda Kadastr pasportini rasmiylashtirganlar soni 520 000+dan oshdi

🏠 2024-yilda koʻchmas mulk sohasida 529 453 ta kadastr pasporti rasmiylashtirildi!

📈 Talabning keskin ortishi, avvalo, koʻchmas mulk haqidagi aniq maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, hujjatlarni tez va qulay rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq boʻldi.

📆 2024-yil yakuni holatiga koʻra:
💬 450 616 ta kadastr pasporti jismoniy shaxslar;
💬 78 837 ta kadastr pasporti yuridik shaxslar uchun rasmiylashtirilgan.

🧑‍💻 Ikkala usul ham fuqarolar manfaati va qulayligi uchun yoʻlga qoʻyilgan.

❗️Kadastr pasportlarining:
💬 389 410 tasi turar joy;
💬 140 043 tasi noturar joy obyektlari uchun rasmiylashtirilgan.

📍Turar joy obyektlari boʻyicha eng koʻp kadastr pasporti rasmiylashtirilgan hudud - Toshkent viloyati (60 075 ta pasport) boʻldi. Butun respublika boʻyicha noturar joy obyektlari boʻyicha esa - Toshkent shahri (19 420 ta pasport) yetakchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

20 Jan, 09:11


#transport #turizm #yangixizmat

⚡️my.gov.uz'da temir yo‘l xizmatlari!

📱Endilikda Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma olish tartibi osonlashdi.

💬 Harakatdagi temir yo‘l tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazish

🚂 Mazkur xizmat orqali lokomotiv va motorvagonlar, yo‘lovchi va yuk vagonlar va maxsus harakatdagi tarkibni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

💬 Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish

🛃 Ushbu xizmat orqali stansiya, bekatlar oralig‘i hamda shahobcha yo‘llarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

💰Xizmatlardan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma mavjud.

▶️https://youtube.com/shorts/g4aV35y2T0A?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Jan, 07:16


#elektronimzo #mobililova

⚡️Elektron raqamli imzo olishni bir kun kutish shart emas!

✏️ my.gov.uz orqali "Elektron raqamli imzo olish" juda qulay bo'lib qoldi.

👉 Buning uchun:

💬 Kompyuteringizga yangilangan E-imzo modulini;
💬 Mobil qurilmangizga MyID ilovasini o'rnatishingiz (iOS yoki Android) shart!

🔐 Shunda xizmat natijasi qisqa muddatda taqdim etiladi.

💰 Vazirlar Mahkamasining 348-son qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26 250 so'm) yig'im undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig'imga 10 foiz chegirma (23 625 so'm) taqdim etiladi.

❗️My.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️Xizmatdan foydalanish tartibi bilan videoqo’llanmada tanishing:

▶️ https://youtu.be/QT2gCCW_tEo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Jan, 05:29


#talim

⚡️ Chet tili imtihoni uchun ruxsatnomalar taqdim etildi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

imtihonning yozma qismi — 19-yanvar kuni;
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 20-yanvardan 31-yanvarga qadar bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Imtihon o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-01-15

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

16 Jan, 09:17


#kredit #xavfsizlik

❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

👉 Yagona portal orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklab qoʻyish uchun:

my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar boʻlimiga oʻting
Tegishli xizmatni tanlang
SMS-xabarnoma xizmatini yoqing
Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtiring

👍Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!

▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

15 Jan, 12:38


🆕 Отличная новость для молодых людей с инвалидностью!

💰 Прием заявок на субсидии снова начался!

📱 Лица с инвалидностью могут совершенно бесплатно подать онлайн-заявку через портал my.gov.uz и получить субсидии по следующим направлениям:

💬 Субсидия на приобретение оборудования и рабочих инструментов: теперь вы можете получить финансовую поддержку от государства на приобретение оборудования, необходимого для начала или продолжения своего бизнеса!

💬 Субсидия на проживание и транспортные расходы: вы можете получить субсидию для покрытия расходов на проживание и транспортные во время учебы.

💬 Субсидия на оплату обучения по контракту: субсидия на оплату обучения по контракту предоставляется с целью облегчения финансовых проблем во время получения образования.

▶️ Подробно можно ознакомиться, с порядком пользования услугами, через видеоурок:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=AocDRCYCnlI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Jan, 06:58


#subsidiya

🆕 Nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ajoyib yangilik!

📝 Subsidiyalar uchun ariza qabul qilish yana boshlandi!

📱 Nogironligi bo‘lgan shaxslar my.gov.uz portali orqali mutlaqo bepul tarzda onlayn ariza topshirib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha subsidiya olishlari mumkin:

💬 Asbob-uskuna va mehnat qurollari xaridi uchun subsidiya: Endi ish faoliyatingizni boshlash yoki davom ettirish uchun zarur bo‘lgan jihozlarni xarid qilishda davlatdan moddiy yordam olishingiz mumkin!

💬 Yashash va transport xarajatlari uchun subsidiya: O‘qish davrida yashash va transport xarajatlaringizni qoplash uchun subsidiya olish imkoniyati mavjud.

💬 O‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplash uchun subsidiya: Ta’lim olishdagi moliyaviy qiyinchiliklarni yengillashtirish maqsadida o‘qish uchun to‘lov-kontraktni qoplashga subsidiya ajratiladi.

▶️ Xizmatlardan foydalanish tartibi bilan videoqo‘llanmada batafsil tanishing:

▶️ https://www.youtube.com/watch?v=AocDRCYCnlI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Jan, 04:51


Aziz Vatan himoyachilari❗️

🇺🇿 Sizlarni 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 33 yilligi bilan Raqamli hukumat markazi jamoasi nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz!

🟡 Bugungi qutlug‘ ayyomda Sizlarning timsolingizda xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida tunu kun xizmat qilayotgan barcha harbiy xizmatchilar, Vatan sarhadlarini mardonavor qo‘riqlayotgan jasur o‘g‘lonlarimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mardlik, jasurlik va fidoyilik kabi oliyjanob fazilatlarni o‘zida mujassam etgan Siz azizlarning xizmatlaringiz har qanday tahsin va olqishlarga loyiqdir.

🎉 Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xotirjamlik va farovonlik tilaymiz. Yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli xizmatingizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Jan, 11:47


🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

⌨️ Qo‘riqlash xizmatlari esa shartnomada keltirilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi qo‘riqlash turlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlaydi.

📝 Qo‘riqlash turlari quyidagilarga bo‘linadi:

📶 Signalizatsiya vositalari orqali;
🔈 Tashvish tugmalari orqali;
🔊 Saf bo‘linmalari orqali.

❗️Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladi.

📱 Uy-joyingiz hamda ko‘chmas mulkingizni asrash uchun ushbu xizmatdan foydalaning!

▶️ https://www.youtube.com/shorts/iUmYRKuS398

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Jan, 06:41


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi!

🟡 Hukumat qaroriga muvofiq ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) orqali elektron tarzda rasmiylashtiriladi.

🧑‍💻Xodimlar imzolangan elektron mehnat shartnomasini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin.

Barcha ish beruvchilar YAMMT platformasi orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzishi va unda qog‘oz shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

❗️Davlat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi hamda shtat jadvali maxfiy bo‘lgan ish beruvchilar bundan mustasno.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Jan, 04:09


🔵Узнать размер пенсии можно не выходя из дома!

📲 Воспользуйтесь возможностью онлайн-подключения номера телефона к услуге «SMS-ПЕНСИЯ» через портал my.gov.uz (если ваш номер изменился, введите новый).

🚀После подключения номера мобильного телефона к данной услуге, вы можете получить информацию о размере своей пенсии через бот @pensiyauzbot.

📱 Ссылка для использования услуги: https://my.gov.uz/ru/service/1139

🧑‍💻Напоминаем, что воспользоваться данной услугой могут только граждане пенсионного возраста.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Jan, 05:12


#pensiya #nafaqa

🔵Uydan chiqmagan holda pensiya miqdorini bilish mumkin!

📲my.gov.uz portali orqali "SMS-PENSIYA" xizmatiga telefon raqamini onlayn ulash imkoniyatidan foydalaning (raqamingiz o‘zgargan bo‘lsa, yangisini kiriting).

🚀Mobil raqamingizni mazkur xizmatga ulagach, @pensiyauzbot boti orqali pensiyangiz miqdori to‘g‘risida ma’lumot olsangiz bo‘ladi.

📱 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1139

🧑‍💻Eslatib o‘tamiz, mazkur xizmatdan faqat pensiyaga chiqqan fuqarolargina foydalana olishadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Jan, 10:29


📣E'lon!

📱 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali axborot tizimlarida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalining Mobil ilovasidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

⚙️ Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Jan, 05:34


📣Eʼlon!

❗️Yagona billing tizimi server qurilmalari koʻchirilmoqda

📆 2025-yilning 12-yanvar kuni soat 00-00 dan 06-00 ga qadar Yagona billing tizimi server qurilmalarini Raqamli hukumat tizimining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullari, “Notarius” axborot tizimi, FHDY, kadastr, favqulodda vaziyatlar, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bilan bog‘liq axborot tizimlari (E-Fuqaro, E-Mehmon, Passport-Visa) va boshqa sohalardagi pullik xizmatlarni ko'rsatish, to'lovlarni amalga oshirish vaqtinchalik cheklanadi.

📱Qoʻshimcha ma'lumot olish uchun 1242 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Jan, 10:01


2024-yil natijalari

🟡 Yil yakuni bizni yangi yutuqlar bilan xursand qildi!

🚀 Yurtdoshlarimiz qo‘llab-quvvatlashi tufayli my.gov.uz kanali davlat xizmatlari haqidagi eng mashhur axborot manbalaridan biriga aylandi.

📈 211 029 nafar obunachi – bu o‘tgan yilga nisbatan 63 700 nafarga ko‘p!

🔵Ko‘rishlar soni 46,5 milliondan oshdi – bu juda quvonarli natija!

👍Postlarimiz 122,2 ming marta ulashildi va 60,9 ming marta layk to‘plandi.

Bizga bildirilgan bu ishonch va qiziqish uchun har biringizdan minnatdormiz.

🔴 2025-yilda sizlarga yanada foydali ma’lumotlar ulashishda davom etamiz!

💬💬💬

Итоги 2024 года

🟡 Конец года порадовал нас новыми достижениями!

🚀 Благодаря поддержке наших соотечественников, канал my.gov.uz стал одним из самых популярных источников информации о государственных услугах.

📈 211 029 подписчиков – это на 63 700 больше по сравнению с прошлым годом!

🔵 Количество просмотров превысило 46,5 миллионов, что не может не радовать!

👍Нашими постами поделились 122,2 тысячи раз, также они собрали 60,9 тысяч лайков.

Мы благодарим каждого из вас за оказанное нам доверие и интерес.

🔴 В 2025 году мы продолжим делиться с вами еще более полезной информацией!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Jan, 04:49


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uz da raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi

📝 Hukumat qarori bilan 2025-yil 1-iyuldan boshlab "Raqamli hukumat" tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi doirasida hujjatlarning unifikatsiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

📱 Bunda my.gov.uz da ushbu raqamli servislardan foydalanish imkoniyati yaratiladi va ular O‘zbekiston Respublikasi hududida majburiy tartibda qabul qilinadi.

🗂 Raqamli servislarning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroportlarda ichki reyslarni ro‘yxatdan o‘tkazishda va O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi poyezdlarga chiqishda, davlat, korporativ va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish, shu jumladan, elektron xizmat ko‘rsatish hamda fuqarolarni qabul qilishda tegishli hujjatlarni taqdim etishni talab qiladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarda talab etilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Jan, 11:19


❗️Не допускайте насилия! Защитите себя!

📱Теперь появилась новая возможность для женщин, пострадавших от домогательств и насилия. Они могут подать онлайн-заявление на «Охранный ордер» через портал my.gov.uz.

👮‍♂️Заявление будет рассмотрено в течение 24 часов с момента предоставление его инспектору по профилактике. Охранный ордер налагает ряд ограничений на лицо, совершившее насилие.

👉 К ним относятся: Запрет на применение домогательства и насилия; Запрет на контакт насильника с жертвой; Запрет на пребывание жертвы и насильника в одном помещении; Обязанность насильника возместить причиненный жертве материальный и моральный ущерб; Ограничение права насильника на хранение и ношение оружия.

👤 Дорогие женщины, не допускайте насилия! Защитите себя!

🧑‍💻 Портал my.gov.uz вам в этом поможет!

▶️https://youtube.com/shorts/FrgqjeJAXMI?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Jan, 06:33


❗️Zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

📱 Endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat yaratildi. Ular my.gov.uz portali orqali "Himoya orderi"ni olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin.

👮‍♂️Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi. Himoya orderi zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qo‘yadi.

👉 Bunga: Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash; Zo‘ravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash; Jabrlanuvchi va zo‘ravonning bir xonada bo‘lishini taqiqlash; Zo‘ravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararini qoplash majburiyatini yuklash; Zo‘ravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar kiradi.

👤 Aziz ayollar, zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang! O‘zingizni himoya qiling!

🧑‍💻 Bu borada my.gov.uz portali sizga yaqindan yordam beradi!

▶️https://youtube.com/shorts/FrgqjeJAXMI?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

06 Jan, 11:45


👨‍🏫Продолжается выделение субсидии на открытие образовательного центра!

💻Заявители могут воспользоваться услугой «Выделение субсидии негосударственным образовательным организациям на организацию работы по обучению иностранным языкам в сельской местности» до 10 января.

👉 Данный вид субсидии выделяется на следующие цели:

⏺️оснащение здание и учебные классы современными информационно-коммуникационными технологиями, мебелью, оборудованием, техническими средствами обучения и другим оборудованием;
⏺️обеспечение необходимыми учебниками, учебно-методической литературой и другими библиотечно-информационными ресурсами и средствами, оплата заработной платы педагогам, участвующих в организации учебного процесса.

🗂 Требуются следующие документы:

🔵бизнес-план на 2 года;
🔵 хозяйственные договора, заключенные на поставку продукции или выполнение работ, оказание услуг;
🔵трудовые договора, заключенные с педагогическими кадрами;
🔵сертификаты, подтверждающие уровень владения иностранным языком педагогических кадров;
🔵договор аренды здания или учебных помещений, используемых в образовательном процессе (для негосударственных организаций образования, осуществляющих свою деятельность на условиях аренды недвижимого имущества).

👍Использование услуги абсолютно бесплатно.

▶️Можно ознакомиться с порядком пользования в видео-уроке:

📺https://youtu.be/M_e3Lczq34U

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

06 Jan, 06:24


#subsidiya

👨‍🏫O'quv markazi ochish uchun subsidiya ajratish davom etmoqda!

💻 Talabgorlar 10-yanvarga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin.

👉 Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

⏺️bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga;

⏺️zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

🗂Quyidagi hujjatlar talab etiladi:

🔵 2 yilga mo'ljallangan biznes reja;
🔵 mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari;
🔵 pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari;
🔵 pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari;
🔵 ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun).

👍Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

▶️Foydalanish tartibi bilan videoyo'riqnomada tanishing:

📺https://youtu.be/M_e3Lczq34U

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

04 Jan, 12:58


⚡️"Регистрация по месту постоянного проживания" стало удобнее через my.gov.uz!

📱Сокращены этапы обслуживания, а информация о недвижимости, относящаяся к владельцу, стала проверяться автоматически.

❗️Цифровая экономия – с национальным порталом!

▶️https://youtu.be/Q14WhVE13QQ

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

04 Jan, 04:55


#fuqarolik

⚡️my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

📱 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

❗️Raqamli tejamkorlik – milliy portal bilan!

▶️https://youtu.be/Q14WhVE13QQ

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

02 Jan, 05:02


#malumotnomalar

🧑‍💻 Issiq uyingizda qolib, my.gov.uz dan foydalaning!

❄️Qish kelib, sovuq kunlar ham boshlandi. Endi siz qalin kiyimlarda turli idoralarga qatnab, navbat kutib, ma’lumotnomalar olishingiz shart emas!

Bugun aksariyat ma’lumotnomalarni uydan chiqmasdan turib olishingiz mumkin! Bilasizmi, 2024-yilda 7 milliondan ortiq ma’lumotnoma onlayn tarzda taqdim etilgan!

📱 my.gov.uz portali orqali 65 dan ortiq, bank va to‘lov tizimlari ilovalarida esa 30 dan ortiq ma’lumotnomalarni osongina olish mumkin.

Masalan, eng talabgir bo‘lgan mehnat daftarchasidan ko‘chirma, doimiy yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma, sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma va boshqalarni istalgan paytda tezkor yuklab olaverasiz!

🟡 Vaqtingizni tejang, sovuqda ko‘chada yurmang! Issiq uyingizda qolib, my.gov.uz dan foydalaning!

❗️Kerakli ma’lumotnomalarni onlayn oling va, eng muhimi, salomat bo‘ling!

🧑‍💻https://youtube.com/shorts/R6zZ738wdyE?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

31 Dec, 15:00


2️⃣0️⃣2️⃣5️⃣🚩🚩🚩

❄️ Yangi yil – bu yangi boshlanishlar vaqti! ❄️Qordek oppoq orzular va sof niyatlar qilish, qalblarni qizdiruvchi iliq tilaklar bildirish oni!

📱Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi barchani mana shunday go‘zal bayram bilan qutlaydi! 2025-yil yorqin taassurotlar, yutuqlar va ijobiy o‘zgarishlar yili bo‘lsin.

🇺🇿Raqamli O‘zbekistonni yaratishda bizga ishonch bildirayotgan hamda my.gov.uz xizmatlaridan foydalanayotgan yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz.

🎉 Yangi yilda barcha ezgu niyatlar amalga oshsin, xonadonlarimizdan fayzu baraka arimasin! 2025-yil oilalarimizga salomatlik, baxt va omad, muvaffaqiyatlar olib kelsin, har bir kunimiz quvonchu shodliklarga to‘lsin!

Bayram muborak, azizlar!

▶️https://youtu.be/WoMHNPanHx4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

31 Dec, 10:48


2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣🚩🚩🚩 sarhisobi❗️

☄️ Raqamli xizmatlar joriy yilgi marraga yetdi!

📱 my.gov.uz portalidagi elektron davlat xizmatlari soni joriy yilgi marraga yetdi — 700 tadan ortdi! Bu endi aholimiz yanada ko‘proq hujjat ishlarini uydan chiqmasdan hal qila oladi degani.

👩‍💻 10 milliondan ortiq foydalanuvchi xizmatlarimizning qulayligini qadrlab, bizni tanladi.

📈 32 milliondan ortiq murojaat – Yagona portalning ommabopligiga yaqqol isbot.

📱530 ga yaqin xizmatni bevosita mobil qurilmaga MyGov ilovasini yuklash orqali olish mumkin.

💻Biz Raqamli hukumat markazi jamoasi esa davlat xizmatlarini yanada qulay va barcha fuqarolar uchun qulay qilish ustida ishlashda davom etamiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

30 Dec, 04:40


#mobililova

💬 my.gov.uz – millionlar tanlovi❗️

📱mobil ilova foydalanuvchilari 4 mln.dan oshdi ❗️

📱MyGov ilovasi (Google Play va AppStore) tobora ommalashib bormoqda. So'nggi bir necha oy ichida ilova foydalanuvchilari soni 4 milliondan oshdi!

525 ta xizmatdan onlayn foydalanish mumkin – hech qayerga borish shart emas!
Foydalanuvchilarning 98 foizi ilovadan mamnun – chunki oson, tez va qulay!
15 dan ortiq hayotiy vaziyatlarda elektron xabarnomalar (PUSH-notification), 3,8 mingdan ortiq onlayn to‘lovlar, kommunal, soliq to‘lovlari va jarimalarni onlayn kuzatish, foydalanuvchining raqamli hujjatlari kabi qulayliklarning takomillashtirib borilishi – mobil ilovaning doimiy rivojlanib borayotganidan dalolat!
24/7 tartibidagi qo'llab-quvvatlashning mavjudligi – siz bilan doimiy aloqada ekanligimizni anglatadi!

👍 Foydalanuvchilarimiz fikri biz uchun muhim. Ilovaning qulay va foydali ekanligi ular tomonidan yuqori baholanmoqda: Androidda 4,7 va iOSda 4,8 ball!

🟡 my.gov.uz bilan hayotingizni osonlashtiring!

▶️https://youtu.be/m_U1CV9eXis

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Dec, 11:11


⚡️“Raqamli hukumat”: 2024-yil sarhisobi

❗️Zamonaviy dunyoda inson qadrining ulug‘lanishi, tadbirkorlikka keng yo‘l ochish va odamlar turmushi darajasi yaxshilanishida “Raqamli hukumat”ning o‘rni tobora ortib bormoqda.

🟡 Quyidagi videoda keltirilgan ma’lumotlar buning yaqqol isbotini ko‘rsatadi.

▶️https://youtu.be/QDah_IIIf7Y

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Dec, 04:37


Yangi yil bayramida ketma-ket dam olish kunlari bo’ladi❗️

📆 Prezident qaroriga binoan, quyidagi kunlar dam olish kuni bo’ladi:

28-dekabr, shanba — 6 kun ishlovchilar uchun odatiy ish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun odatiy dam olish kuni;
29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;
30-dekabr, dushanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 14 dekabr (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni;
31-dekabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami;
2-yanvar, payshanba — 6 kun ishlovchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kun ishlovchilar uchun 4 yanvar (shanba) kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni.

💻 Demak, davlat muassasalari ham yoppasiga bir necha kun ishlamaydi.

📆 Aynan shu kunlarda davlat xizmatlaridan foydalanishga yoki to‘lov qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, Yagona portalda mavjud imkoniyatlarni tavsiya etamiz.

Unutmang❗️
👨‍💻 my.gov.uz – haftaning 7 kunida 24 soat davomida siz bilan birga.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

26 Dec, 09:02


❄️2️⃣0️⃣2️⃣4️⃣🚩🚩🚩❄️

☄️ 700 dan ortiq davlat xizmatlari endi bir joyda!

❗️ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ko'rsatiladigan xizmatlar soni 700 turdan oshdi. Bu o'tgan yilga nisbatan 23% o'sish degani.

🔴 Joriy qilinayotgan deyarli barcha pullik elektron davlat xizmatlarining to‘lov jarayonlari Yagona billing tizimiga ulandi.

📈 my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 10 milliondan oshdi.

📊 Portal va uning mobil ilovasidagi xizmatlardan yil boshidan beri jami 32 mln marotaba foydalanildi.

❄️ Yagona portalning MyGov mobil ilovasi orqali ko'rsatiladigan 530 ga yaqin (2023-yil 265 ta, o‘sish 80%) elektron davlat xizmatlari aholiga barcha zarur ishlarini istalgan joyda va vaqtda amalga oshirish imkoniyatini taqdim etmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

24 Dec, 09:57


❗️2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

💻 Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.

🧑‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

21 Dec, 08:30


#talim

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2024-yil 23-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 23–25-dekabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

20 Dec, 10:45


#kochmas_mulk #yangixizmat

🪳Uyingiz termit yoki boshqa hasharotlar tufayli yaroqsiz holga kelib qoldimi?

❗️Biz sizga ushbu muammoli vaziyatdan chiqish yoʻlini aytamiz.

🧑‍💻 Hoziroq my.gov.uz portaliga kiring. Termit va boshqa hashoratlardan zararlangan uy-joylarni aniqlash va yashash uchun yaroqsiz deb topish xizmatidan foydalanib, uyingizni bepul tekshirtiring.

🏠Mazkur xizmatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomad qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.

🔍 Agar tekshiruv natijasida uyingiz haqiqatan yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, xulosani tegishli tashkilotlarga topshiring. Chunki bu sizning davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlanishingiz uchun asos hisoblanadi.

📱 my.gov.uz bilan vaqtingizni tejang va davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

▶️https://youtube.com/shorts/AyGgmM-wg8o?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

20 Dec, 04:30


#Qulay_hayot

💻 my.gov.uz — hamma uchun oson va qulay bo‘ladi!

▶️"Qulay hayot" loyihasida bu gal inklyuziv raqamli xizmatlarni loyihalashda muhim yutuqlarga erishayotgan mutaxassis bilan suhbatlashdik.

💬 Ushbu loyihada qahramonimiz inklyuziv texnologiyalar olamiga yo'l, ishlab chiquvchilar duch keladigan qiyinchilik va muammolar haqida gapirib berdi, shuningdek, foydalanish mumkin bo'lgan davlat xizmatlari kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🧑‍💻Qanday qilib texnologiyalar, masalan, ovozli interfeyslar va ekranni oʻqish dasturlari nogironlarga davlat xizmatlari bilan oson tillashishga yordam beradi? Dizayn interfeysini ular uchun qanday moslashtirish mumkin? Shu kabi savollarga Yagona portalni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi Abdulaziz Salimovdan javob oldik!

👉 Videoni tomosha qiling:

▶️https://www.youtube.com/watch?v=T925viVvXPo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

19 Dec, 12:21


#infografika #malumotnomalar

📱my.gov.uz orqali Avtomobil transportida yo'lovchi va yuklarni tashishga litsenziya olish qanchalik oson va qulay ekanligini minglab fuqarolar sinab koʻrishdi.

🚗 Joriy yilning dekabr holatiga jami 400 000 dan ortiq litsenziyalar rasmiylashtirildi.

📍Top-3 hududga: Toshkent shahri, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari kirdi.

❗️Eslatib oʻtamiz! 2030-yil 1-yanvarga qadar elektromobil va gibrid avtomobillarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlarini ko‘rsatishda litsenziya varaqalari bepul beriladi

👉Litsenziya olish uchun:

1️⃣ Ro'yxatdan o'ting!
2️⃣ my.gov.uz orqali Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya oling!

▶️Yo‘lovchi tashish faoliyati uchun litsenziya olish tartibi bilan videoqo‘llanmada tanishing:

▶️https://youtu.be/PtmXBQF6BkA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

18 Dec, 09:31


#новаяуслуга #гражданство #семья_и_дети

🟡 Ордер на охрану: Новая возможность для женщин, пострадавших от домогательств и насилия!

👤Каждая женщина имеет право на безопасную и счастливую жизнь. К сожалению, даже в нашем обществе некоторые женщины сталкиваются с домашним насилием, домогательствами и жестоким обращением.

🆘 На портале my.gov.uz запущена услуга, помогающий защитить женщин.

🆕 Теперь женщины, ставшие жертвами домогательств и насилия, могут подать онлайн-заявку на получение охранного ордера. Обращение будет рассмотрено в течение 24 часов с момента его поступления инспектору по профилактике.

Охранный ордер защищает жертву, налагая ряд ограничений на лицо, совершившее насилие.

💫 Какие ограничения включает в себя ордер?

Запрет на совершение домогательств и насилия;
Запрет контакта обидчика с жертвой;
Запрет на пребывание жертвы и насильника в одной комнате;
Возложение на насильника обязанности по лечению, возмещению причиненного материального и морального вреда потерпевшему;
Ограничение права насильника на хранение и ношение оружия и др.

Напоминание: В охранном ордере запрещается устанавливать иные ограничения, не предусмотренные законодательством.

❗️Не допускайте насилия! Защитите себя!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Dec, 14:13


#yangixizmat #fuqarolik #oila_va_bolalar

🟡 Himoya orderi: Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan ayollar uchun yangi imkoniyat!

👤Har bir ayol xavfsiz va baxtli hayot kechirishga haqli. Afsuski, bizning jamiyatda ham baʼzi ayollar oilaviy zoʻravonlik, tazyiq va haqoratlarga duch kelmoqda.

🆘 My.gov.uz portalida ayollarni himoya qilishga yordam beruvchi xizmat ishga tushirildi. 🆕 Endi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar himoya orderini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Murojaat profilaktika inspektoriga taqdim etilgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida koʻrib chiqiladi.

Himoya orderi zoʻravonlik sodir etgan shaxsga nisbatan bir qator cheklovlar qoʻyish orqali jabrlanuvchini himoya qiladi.

💫 Order qanday cheklovlarni oʻz ichiga oladi?

Tazyiq va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
Zoʻravonning jabrlanuvchi bilan aloqasini taqiqlash;
Jabrlanuvchi va zoʻravonning bir xonada boʻlishini taqiqlash;
Zoʻravon zimmasiga jabrlanuvchining davolanish, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararini qoplash majburiyatini yuklash;
Zoʻravonning qurol saqlash va olib yurish huquqini cheklash kabilar.

Eslatma: Himoya orderida qonunchilikda belgilanmagan boshqa cheklovlarni qoʻyish taqiqlanadi.

❗️Zoʻravonlikka yoʻl qoʻymang! Oʻzingizni himoya qiling!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Dec, 05:48


#транспорт

🚗 Вниманию автовладельцев❗️

❄️Знаете ли вы, как легко и удобно закончить работу в холодную зиму

🧑‍💻 Покупка нового автомобиля, оформление доверенности или подача жалобы на штрафы – все это можно сделать онлайн.

📱Через my.gov.uz не выходя из дома:

💬 Проверьте очередь на покупку нового автомобиля (для приобретения автомобилей GM)
💬 Оформляйте доверенность на управление автомобилем
💬 Получайте разрешение на установку тонировки (затемнения) на стекла вашего автомобиля
💬 Проверьте свой страховой полис

👉 Также воспользуйтесь множеством других услуг:

💬 Лицензия на перевозку пассажиров и грузов
💬 Проверка запрета на автотранспортное средство
💬 Обязательное страхование автомобиля
💬 Жалоба на штрафы ПДД

▶️ https://youtu.be/BGpAQOEYVJs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

16 Dec, 11:22


#transport

🚗 Avtomobil egalari diqqatiga❗️
❄️Sovuq qishda ishni oson va qulay bitirish yoʻlini bilasizmi

🧑‍💻 Yangi mashina sotib olish, ishonchnoma rasmiylashtirish yoki jarimalar yuzasidan shikoyat yoʻllash – bularning barchasini onlayn amalga oshirish mumkin.

📱 my.gov.uz orqali uydan chiqmasdan turib:

💬 Yangi avto sotib olish uchun navbatni tekshiring (GM avtotransport vositalarini xarid qilish boʻyicha)
💬 Avto boshqaruvi uchun ishonchnoma rasmiylashtiring
💬 Avtomobilingiz oynalari tusini oʻzgartirish uchun ruxsatnoma oling
💬 Sugʻurta polisingizni tekshiring

👉 Shuningdek, boshqa koʻplab xizmatlardan foydalaning:

💬 Yoʻlovchilarni va yuklarni tashishga litsenziya
💬 Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish
💬 Transport vositalarini majburiy sugʻurtalash
💬 Yoʻl harakati jarimalari yuzasidan shikoyat

▶️ https://youtu.be/BGpAQOEYVJs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

16 Dec, 09:17


#новаяуслуга #транспорт #туризм

⚡️Благодаря my.gov.uz железнодорожные услуги стали более удобнее!

🆕Еще две новые услуги доступны онлайн!

📱Теперь упрощен порядок государственной регистрации и получения свидетельства о регистрации подвижного состава железных дорог и объектов железнодорожной инфраструктуры, принадлежащих юридическим и физическим лицам.

1️⃣ Регистрация подвижного железнодорожного состава

🚂 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снять с учета, временное прекращение использования) локомотивов и моторвагонов, пассажирских и грузовых вагонов, также специального подвижного состава.

2️⃣ Регистрация объектов железнодорожной инфраструктуры

🛃 С помощью данной услуги возможна регистрация (перерегистрация, снятие с учета, временное прекращение использования) станций, расстояния между остановками, подъездных путей.

💰 При использовании услуг через my.gov.uz действует скидка в размере 10%.

Регистрация (перерегистрация) подвижного состава железных дорог и объектов железнодорожной инфраструктуры – 0,09 БВР;

Снятие с учета и временное прекращение использования действующего железнодорожного состава и объектов железнодорожной инфраструктуры - Бесплатно.

👉 Данные услуги запущены в соответствии с постановлением Кабинета Министров №668 от 15 декабря 2023 года.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Dec, 11:33


#кредит

❗️Ограничьте проверку своей кредитной истории с помощью my.gov.uz! Тогда никто не сможет подать заявку на кредит на ваше имя!

⌨️ В целях предотвращения различных случаев мошенничества на Едином портале запущена услуга ограничения проверки кредитной истории. Естественно, если проверка вашей кредитной истории ограничена, никто не сможет оформить кредит на ваше имя!

👉 Чтобы ограничить проверку вашей кредитной истории через Единый портал:

На портале my.gov.uz зайдите в раздел услуг в тестовом режиме
Выберите соответствующую услугу
Включите услугу SMS-уведомление
Активируйте ограничение кредитной истории

👍Пользоваться услугой очень легко и абсолютно бесплатно!

▶️ Ознакомьтесь с процедурой использования услуги:

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Dec, 10:05


#kredit #xavfsizlik

❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklang! Shunda hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

⌨️ Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

👉 Yagona portal orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklab qoʻyish uchun:

my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar boʻlimiga oʻting
Tegishli xizmatni tanlang
SMS-xabarnoma xizmatini yoqing
Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtiring

👍Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!

▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Dec, 07:14


#transport #turizm #yangixizmat

⚡️my.gov.uz orqali temir yo‘l xizmatlari yanada qulay bo‘ldi!

🆕Yana ikkita yangi xizmatdan onlayn foydalanish mumkin!

📱Endilikda Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan harakatdagi temir yo‘l tarkibi hamda Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tganligi haqida guvohnoma olish tartibi osonlashdi.

1️⃣ Harakatdagi temir yo‘l tarkibini ro‘yxatdan o‘tkazish

🚂 Mazkur xizmat orqali lokomotiv va motorvagonlar, yo‘lovchi va yuk vagonlar va maxsus harakatdagi tarkibni ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

2️⃣ Temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish

🛃 Ushbu xizmat orqali stansiya, bekatlar oralig‘i hamda shahobcha yo‘llarini ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish, foydalanishni vaqtincha to‘xtatish) mumkin.

💰Xizmatlardan my.gov.uz orqali foydalanganda 10% chegirma mavjud.

Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish - 0.09 BHM;

Harakatdagi temir yo‘l tarkibi va temir yo‘l infratuzilmasi obyektlarini ro‘yxatdan chiqarish hamda foydalanishni vaqtincha to‘xtatish - Bepul.

👉 Mazkur xizmatlar Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-son qaroriga muvofiq ishga tushirildi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

12 Dec, 07:22


🟡 Выведите свой туристический бизнес на новый уровень!

⚡️Вы работаете в сфере туризма в Узбекистане? Тогда отличные новости! Правительство создает широкие возможности для развития туристического бизнеса!

📱 Через портал My.gov.uz можно получить субсидии по следующим направлениям:

Строительство и оборудование нового отеля
Реконструкция существующих гостиниц
Развитие гостиничного бизнеса на основе франчайзинга
Строительство модульных отелей
Строительство и оборудование новых пассажирских канатных дорог
Адаптация отелей для людей с ограниченными возможностями

❗️Подать заявку очень просто! Посетите портал my.gov.uz прямо сейчас и развивайте свой бизнес!

▶️https://youtube.com/shorts/mM29pWC6nec?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

12 Dec, 04:20


#turizm

🟡 Turizm biznesingizni yangi bosqichga olib chiqing!

⚡️Oʻzbekistonda turizm sohasida faoliyat yuritasizmi? Unda ajoyib yangilik! Hukumat tomonidan turizm biznesini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda!

📱 My.gov.uz portali orqali quyidagilar uchun subsidiya olishingiz mumkin:

Yangi mehmonxona qurish va jihozlash
Mavjud mehmonxonalarni rekonstruksiya qilish
Franchayzing asosida mehmonxona biznesini rivojlantirish
Modulli mehmonxonalar qurish
Yoʻlovchi tashuvchi yangi dor yoʻllarini qurish va jihozlash
Mehmonxonalarni nogironligi boʻlgan shaxslarga moslashtirish

❗️Ariza berish juda oson! Hoziroq my.gov.uz portaliga tashrif buyuring va biznesingizni rivojlantiring!

▶️https://youtube.com/shorts/mM29pWC6nec?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Dec, 03:51


🇺🇿 Konstitutsiya bayrami muborak bo‘lsin!

Bugun fuqarolar erkinligi, tinch va osoyishta hayotimiz kafolati — Konstitutsiyamiz qabul qilinganligiga 32 yil to‘ldi.

Vatanimiz mustaqilligining yorqin ramzi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchi va huquqiy kafolati hisoblangan Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun barchangizga muborak bo‘lsin!

▶️https://youtu.be/yRX4Nrce_HI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Dec, 11:44


📣Eʼlon!

⚙️Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob maʼlumotlar bosh markazi serverlarida 7-dekabr soat 20:00 dan 8-dekabr soat 23:59 ga qadar texnik va profilaktik ishlar olib boriladi.

📱Shu munosabat bilan my.gov.uz portali orqali sudlanganlik yoki sudlanmaganlik to’g’risida ma’lumotnoma olish xizmatidan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

06 Dec, 06:19


Haydovchilik guvohnomasini oson yangilang❗️

🪪 Haydovchilik guvohnomangizni uydan chiqmagan holda oʻzingiz my.gov.uz portali orqali yangilang.

▶️Videoqoʻllanmamizda hammasi oson va sodda qilib tushuntirilgan.

▶️ https://youtu.be/5d2bRyHpRLU

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

05 Dec, 14:45


Eʼlon❗️

⚙️ Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 7-dekabr soat 00:00 dan 10-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

05 Dec, 10:19


⚡️MyGov mobil ilovasida oliy ta’limga oid xizmatlar soni 11 taga yetdi

📱 my.gov.uz portali va uning mobil ilovasi orqali quyidagi xizmatlardan onlayn foydalanishingiz mumkin:

🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (oliy ta’lim muassasasidan);
🔠 O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish (litsey va kasbiy ta’lim);
🔠 Bakalavriat talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
🔠 Magistratura bosqichi talabalari uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
🔠 Tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun davlat stipendiyalariga onlayn ariza yuborish;
🔠 Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish;
🔠 Talabalar turar joyiga navbatni tekshirish;
🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun akademik ma’lumotnoma (transkript) olish;
🔠 Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborish;
🔠 Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida davlat namunasidagi hujjatlarning dublikatini olish;
🔠 Talabaning hisoblangan stipendiyalari haqida ma’lumot olish.

📲 Smartfonimiz har doim yonimizda bo‘lgani uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda my.gov.uz mobil ilovasi eng qulay tanlovdir!

📱 Ilovani yuklab oling: Google Play va AppStore.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

03 Dec, 06:32


🏠Ваш дом подвергся разрушению из-за термитов или других насекомых?

🧑‍💻Новая государственная услуга на портале my.gov.uz поможет вам решить эту проблему.

🪳Если ваш дом стал непригоден для проживания из-за нашествия термитов или других насекомых, у вас есть выход из этой ситуации!

Что делать?

📱 Бесплатно оценить состояние вашего жилья и получить соответствующее заключение поможет государственная услуга на портале my.gov.uz.

🔍Получить данную госуслугу могут все, кто проживает в доме, даже если они не являются его владельцами.

🔵 Если по заключению комиссии будет установлено, что ваше жилое помещение непригодно для проживания, это станет основанием для предоставления вам государственного жилья.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

02 Dec, 11:34


❗️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🧑‍💻 2024-yil 2-dekabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 8-dekabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️9-dekabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 21–22-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

02 Dec, 06:04


🔐 ONE ID login va parolingizni eslay olmayapsizmi?

▶️ Bugungi videoqoʻllanmada sizga 60 soniya ichida uni qanday qilib oson tiklash mumkinligini hamda tizimdan xavfsiz foydalanish qoidalarini tushuntirib oʻtamiz!

➡️ Ushbu foydali qoʻllanmani yaqinlarga ulashishni unutmang!

▶️ https://youtu.be/g7Sd78jsxmw

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Nov, 14:43


Eʼlon❗️

⚙️Soliq qoʻmitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasini yangi serverlarga bosqichma-bosqich koʻchirish ishlari davom etayotgani munosabat bilan, 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz orqali koʻrsatiladigan ayrim elektron soliq xizmatlari (soliq toʻlovlari, deklaratsiya, quyoshli xonadon va h.k.) faoliyatida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Nov, 07:02


🌳 Markaz xodimlari “Yashil makon” umummiliy loyihasida faol ishtirok etishdi

💬 Bugun yurtimizda atrof-muhitni asrashga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shunday xayrli harakatlardan biri “Yashil makon” umummilliy loyihasidir.

📆 Joriy yilning 27-noyabr kuni Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari 100 ta archa va 140 ta mevali daraxt koʻchatlarini ekishdi.

❗️Bu nafaqat tabiatga gʻamxoʻrlik, balki kelajak avlod uchun sogʻlom muhit yaratishga qoʻshilgan hissa!

▶️ https://youtu.be/_35AatlErfc?si=qPQaBG0fuD4VjnBL

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

27 Nov, 09:27


⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 1-dekabr (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

26 Nov, 09:21


⚡️ my.gov.uz orqali “Doimiy yashash joyiga roʻyxatga qoʻyish” yanada qulaylashdi!

🟡 Xizmat qadamlari qisqartirildi va mulkdorga tegishli koʻchmas mulk maʼlumotlari avtomat ravishda tekshiruvdan oʻtkaziladigan boʻldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Shuningdek, farzandni doimiy roʻyxatingiz boʻyicha roʻyxatga qoʻyish imkoniyati ham yaratildi. Bunda mulkdorning roziligi – shaxsiy kabinetga yuboriladigan soʻrov orqali tasdiqlanadi.

🔔Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻyish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida uy sotib olinganida, mulkdor oʻzini doimiy roʻyxatga qoʻya oladi.
 Mulkdor oʻz farzandlarini Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati boʻylab doimiy roʻyxatga qoʻya oladi (agar farzandlarining manzil maʼlumotlari Ichki ishlar vazirligi “Manzil” axborot tizimida mavjud boʻlsa).
Avval Toshkent shahar yoki Toshkent viloyatida doimiy roʻyxatdan oʻtgan va qaytib ushbu shahar yoki viloyatga doimiy roʻyxatga turmoqchi boʻlsa.

❗️ Boshqa holatlarda shahar va tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga murojaat etish lozim.

▶️ Videoqoʻllanmada xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/erugs14mhiA

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Nov, 05:43


⚡️Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra:

✏️test sinovining yozma qismi — 23–24-noyabr kunlari;

🎤gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 25-noyabrdan 13-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari).

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-11-20

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

20 Nov, 04:55


🔑 Endi Elektron raqamli imzo olishni bir kun kutish shart emas!

❗️my.gov.uz orqali "Elektron raqamli imzo olish" xizmati takomillashtirildi.

👉 Mazkur xizmatdan foydalanishda bilishingiz kerak bo'lgan ma'lumotlar:

📱Kompyuteringizga yangilangan E-imzo moduli oʻrnatilganmi? Agar boʻlmasa, ushbu havola orqali yuklab oling.

📱Mobil qurilmangizda MyID ilovasi o'rnatilgan bo'lishi kerak:
iOS operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;
Android operasion tizimiga ega qurilmalar uchun;

🔐 Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

💰Vazirlar Mahkamasining 348-son qaroriga asosan elektron raqamli imzo olish uchun jismoniy shaxslardan BHMning 7 foizi miqdorida (26 250 so'm) yig'im undiriladi. my.gov.uz orqali topshirilganda ushbu yig'imga 10 foiz chegirma (23 625 so'm) taqdim etiladi.

⚡️My.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtu.be/mqvTKzB0jpE?si=qu6FM1sv7w2i1DcP

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

19 Nov, 09:54


Ilmiy unvon va darajalar bo‘yicha hujjatlar my.gov.uz'da❗️

💻 Yagona portalda "Ilmiy unvon va darajalar (PhD, DSc, professor, dotsent va katta ilmiy xodim) bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish" xizmati ishga tushirilgan.

Mazkur xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, yana hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Xizmat natijasi esa bir zumda taqdim etiladi.

📆 Hozircha xizmatdan 2023-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja va ilmiy unvonlar olgan shaxslar foydalanishi mumkin.

🪪 Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan elektron ma’lumotlar bazasi to‘liq shakllantirilganidan so‘ng ushbu xizmatdan boshqa yillarda ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

▶️https://youtube.com/shorts/Gw6oO37FZKU?si=T6qgFP-mM54LSzeT

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

18 Nov, 06:26


📣 Eʼlon!

📱O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining "Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza" elektron axborot tizimi (VTEK) server qurilmalarida texnik ishlar olib borilayotganligi sababli my.gov.uz orqali nogironlik bo'yicha ko'rsatiladigan elektron xizmatlarda uzilishlar kuzatilishi mumkin.
 
⚙️ Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram

my.gov.uz

16 Nov, 06:39


❗️OneID tizimidan foydalanuvchilar diqqatiga!  
 
Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi?  
 
👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson! 
 
🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos. 
 
📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi. 
 
Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang!
  
📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang!
 
▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling: 
 
https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

15 Nov, 18:51


🟡 “Digital inclusion” tamoyili asosida trening

Bugun, 15-noyabr kuni “Raqamli hukumat” loyihalarini boshqarish markazi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni my.gov.uz portalidan foydalanishga o‘rgatishga qaratilgan amaliy seminar tashkil etildi.

Shu kabi amaliy mashg‘ulotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘liq inklyuzivlik va ulardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, barcha toifadagi fuqarolar uchun raqamli xizmatlardan foydalanishni yanada qulay va xavfsiz qilish maqsadida portal takomillashtirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Mutaxassislar portalning asosiy funksiyalarini namoyish etdilar va ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berishdi.

👉 Batafsil: https://egov.uz/news/digital-inclusion-tamoyili-asosida-trening-1554

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

15 Nov, 10:26


🆕 “SMS-PENSIYA” xizmatiga onlayn ulanish ishga tushirildi

📱 Endilikda siz my.gov.uz portali orqali onlayn “SMS-PENSIYA” xizmatiga ulanishingiz, telefon raqamingiz oʻzgargan boʻlsa yangi raqamingizni kiritishingiz mumkin.

🪙 Telefon raqamingizni mazkur xizmatga ulaganingizdan soʻng @pensiyauzbot boti orqali oʻz pensiyangiz miqdori toʻgʻrisida maʼlumot olishingiz mumkin.

🧑‍💻 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1139

❗️ Eslatma: Mazkur xizmatdan faqatgina pensiyaga chiqqan fuqarolar foydalanishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

13 Nov, 07:16


⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

📆 2024-yil 21-oktabrdan 5-noyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨‍💻Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 13–15-noyabr kunlari my.gov.uz portali orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

12 Nov, 07:49


🚗 Avtomibilingiz bormi? Unda OSAGO sug’urtasini onlayn tarzda my.gov.uz orqali oson rasmiylashtiring!

🔐Bunda Siz avtomobilingizni 1 yil yoki 6 oy muddatga uydan chiqmagan holda sug’urta qildirishingiz mumkin.

🟡 Hozircha mazkur xizmat orqali “Alskom sug‘urta kompaniyasi”, “O‘zagrosug‘urta”, “Hamkor Sug‘urta” AJ kompaniyalarining sug’urta xizmatlaridan foydalana olasiz.

🔵 My.gov.uz fuqarolar qulayligi uchun harakat qilmoqda!

▶️https://youtube.com/shorts/SCfqBNgHbuo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Nov, 04:50


💰Kredit olish niyatingiz yoʻqmi? Lekin kimdir sizning nomingizdan kredit olishi mumkinligidan xavotirdamisiz?

❗️Endi bunday xavotirga oʻrin yoʻq! Chunki my.gov.uz portali orqali kredit tarixingizni tekshirishlarini cheklab qoʻya olasiz!

📱Faqat buning uchun my.gov.uz portaliga kirasiz, SMS-xabarnoma xizmatini yoqib, “Kredit tarixi olishni cheklash” tugmasini bosasiz.

🔐 Boʻldi, endi shaxsiy maʼlumotlaringiz va kredit tarixingiz toʻliq himoya ostida!

📱My.gov.uz – oson, tez, qulay va ishonchli!

▶️https://youtube.com/shorts/-tU12vY_-5c?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Nov, 14:09


⚡️2024-yilning 10 oyi davomida my.gov.uz portaliga kelib tushgan arizalar soni 28 milliondan oshdi!

Hozirgi kunda yagona portalda 670 dan ortiq davlat xizmatlari mavjud. Portaldan kuniga oʻrtacha 250 ming kishi foydalanadi.

📱 my.gov.uz – bu davlat xizmatlaridan foydalanishning eng qulay va tezkor usuli!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Nov, 10:10


❗️Sizdan nikoh qayd etilganligi, nikohda turmaslik yoki ajrashganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma soʻrashdimi?

🗂 Har oyda minglab yurtdoshlarimizdan mana shu maʼlumotnoma soʻraladi.

🤷‍♂️ Lekin koʻpchilik uni oson va qulay tarzda olish imkoniyatidan bexabar.

👩‍💻Hozirgi kunda buning uchun FHDYO boʻlimlariga borish va navbatlarda turish umuman shart emas. Uni hatto uydan chiqmagan holda olish mumkin.

📱Shunchaki, my.gov.uzda roʻyxatdan oʻtib, tegishli xizmatni tanlaysiz, soʻrovnomani toʻldirasiz va belgilangan toʻlovni amalga oshirasiz.

💰my.gov.uz orqali ariza yuborganingiz hisobiga10% arzon ham toʻlaysiz – 16 875 soʻm (0.045 BHM)

📆 Maʼlumotnoma uzogʻi 3 ish kunida qoʻlingizda boʻladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

05 Nov, 11:11


📱 Bolani maktabdan maktabga onlayn koʻchirish mumkin

👨‍🏫Maktablarda kuzgi ta'til davom etmoqda. Turli sabablar bilan farzandini boshqa maktabga ko’chirish istagida bo’lgan ota-onalar bu jarayonni ayni ta'til vaqtida, II chorak darslari boshlanmasidan hal qilishni rejalashtirishadi.

📱 My.gov.uz da joriy etilgan xizmat tufayli ota-onalar oʻz farzandlarini yurtimizning istalgan hududidagi maktabdan Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat markazlaridagi maktablarga onlayn koʻchirish imkoniyatiga ega.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va qulay! Hech qanday toʻsiqlar yoʻq!

▶️ Batafsil videoyo'riqnomada tanishing:

▶️ https://youtu.be/CxFIaUB3p5s

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

04 Nov, 04:18


❗️Ota-onalar uchun ajoyib qulaylik! 

📱Endilikda my.gov.uz portali orqali farzandingizning ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanseri hisobida turish-turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni yuklab olishingiz mumkin. Bu turdagi maʼlumot xorijiy elchixonalarga taqdim etish, xususiy taʼlim muassasalariga oʻqish kirishda yoki boshqa holatlarda talab qilinishi mumkin. 

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul, shuningdek, xavfsiz va maxfiy!
my.gov.uz – har qachongidan ham oson, tez va qulay!

▶️https://youtube.com/shorts/jHINDMFEUqY

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

01 Nov, 11:02


#OAV_biz_haqimizda

💰Kredit tarixingizni bilmay turib “katta boylarning mashinasi“ni orzu qilmang!

Siz ham Boy otaning holiga tushib qolishni istamasangiz, yangi kredit olishdan avval kredit tarixingizni tekshirib oling!

Bu borada esa sizga my.gov.uz portali yordam beradi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

01 Nov, 05:29


📣Eʼlon!

⚙️ Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan “Toza Makon-billing” dasturiy kompleksi ishga tushirilishi munosabati bilan joriy yilning 5-noyabr kuni soat 23:50gacha texnik-profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz orqali chiqindi xizmati uchun shaxsiy hisob raqamdagi mavjud maʼlumotlarni olish va abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘zgartirishda vaqtinchalik texnik uzilishlar kuzatilishini mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

31 Oct, 06:29


Ko'chmas mulkga oid yangiliklardan xabardormisiz❗️

🏠 Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (O'RQ-937-son, 05.08.2024-y.) e'lon qilindi hamda mazkur Qonunga asosan fuqarolar hech qayerga murojaat qilmagan holda oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga bo'lgan huqularni e'tirof etishlari mumkin. Bunda, Kadastr agentligi xodimlari va ishchi guruh tasdiqlangan reja grafikka asosan fuqaroni uyiga o'zlari kelishadi. Bu jarayonlar joriy yilning 5-noyabridan boshlanadi.

📱 Bu jarayonda sizga kerak bo'ladigan hujjatlarni my.gov.uz portali yordamida masofadan turib olishingiz mumkin.

👉 Jumladan:

Mulkdorga tegishli ko'chmas mulk ma’lumotlarini:

🧑‍💻 Fuqaro o'ziga tegishli bo'lgan Kadastr pasporti va mulk huquqi ma'lumotlarini shaxsiy kabinetdagi "Ko'chmas mulk obyektlari" bo'limidan yuklab olishlari mumkin.

🟡 Doimiy ro‘yxatda turgan yashash joyi hamda uning mulkdori haqidagi ma'lumotlarini my.gov.uz portali shaxsiy kabinetdagi “Doimiy ro'yxat ma'lumoti” bo'limidan tekshirib olishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

31 Oct, 05:11


📣Eʼlon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish hamda katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilish munosabati bilan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar tegishli axborot tizimlarida tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi elektron davlat xizmatlaridan foydalanish vaqtincha cheklanishini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

31 Oct, 03:40


my.gov.uz: Ijtimoiy masalalarni hal qilishda ishonchli yordamchingiz!

🟡 Bugun yurtimizda ijtimoiy himoyaga muhtojlar va nogironlar faol qoʻllab-quvvatlanmoqda.

📱 Ular uchun my.gov.uz portalida ham koʻplab imtiyoz va imkoniyatlar yaratilgan.

👉 masalan, ular uydan chiqmagan holda:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirish
Kam taʼminlanganlarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash
Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish
Ijtimoiy nafaqa tayinlash
Nogironligi boʻlgan yoshlarga mehnat qurollari xaridi,
Oʻqish davrida yashash va transport, oʻqish xarajatlari uchun subsidiya ajratish kabi koʻplab xizmatlardan foydalanishi mumkin.

🧑‍💻Bunda my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish va ariza toʻldirish kifoya.

📱Qolgan jarayonlarni portalning oʻzi, sizning vaqtingiz va kuchingizni tejagan holda shaffof va xavfsiz hal qiladi.

❗️Davlat ijtimoiy himoyaga muhtoj va nogironlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar ham beradi. Jumladan, my.gov.uz xizmatlaridan foydalanishda 50% chegirma taqdim etiladi.

💰Bu tufayli 2023-yilda ushbu toifadagi aholining 7,16 mlrd. soʻm mablagʻi tejalibdi.

🟡 Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirganlar va ularning farzandlari oliy taʼlimga kirish imtihoni toʻlovlaridan ham ozod etilgan.

🏛Yana ularga Ipoteka kreditiga davlat subsidiyasi ajratishda va taʼlim krediti olishda, yotoqxonaga joylashishda ham imtiyozlar beriladi.

Xullas, keyinga qoldirmang! my.gov.uz ning millionlab foydalanuvchilari safiga siz ham qoʻshiling va yana qanday imtiyozlar borligini oʻzigiz bilib oling.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=9YTreaD0U34

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

29 Oct, 14:21


👉 So‘rovnoma

🟡 Sizning fikringiz davlat xizmatlaridan foydalanishni yengillashtirishga sabab bo‘lishi mumkin.

📱 Bugun raqamlashtirish tufayli aholiga 670 dan ortiq davlat xizmatlari onlayn shaklda ko‘rsatilmoqda.

❗️ Shunga qaramay, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan ishlar ko‘p. Bu jarayonda har bir yurtdoshimizning ishtiroki juda muhim. 

🧑‍💻 Ushbu maqsadlarga erishish uchun Sizni qisqa so‘rovnomamizda ishtirok etishga taklif etamiz.

💬💬💬💬💬💬

👉 Опрос

🟡 Ваше мнение может облегчить пользование госуслугами.

📱  Сегодня, благодаря цифровизации, более 670 государственных услуг предоставляются населению онлайн.

❗️Однако, вместе с тем, необходимо проделать большую работу в плане сокращения бюрократических барьеров и обеспечения открытости государственных органов. Участие каждого гражданина в этом процессе очень важно.

🧑‍💻В целях достижения поставленных задач мы приглашаем Вас принять участие в нашем небольшом опросе.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

29 Oct, 10:41


📣Eʼlon!

⚙️ Notarius axborot tizimida rejali profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 29-oktyabr kuni soat 19:00dan 30-oktyabr soat 09:00ga qadar my.gov.uz orqali notarius sohasi bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔔Noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

29 Oct, 04:44


🗂 Arxiv ma’lumotlarini onlayn oling!

🧑‍💻Arxiv ma’lumotlari (Mavzuli so‘rovlarni ijro etish)ni my.gov.uz va uning mobil ilovasi orqali onlayn olish mumkinligidan xabardormisiz?

🌐 Ushbu xizmatga yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turar joy, meros, vorislik, 1941-1945-yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqida ma’lumotlar olish va boshqalar qamrab olingan.

💰Yagona portal orqali foydalanilganda xizmatlar narxi 10% chegirmasi bilan quyidagicha bo‘ladi:

Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 168750 so‘m;
Turar joylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 168750 so‘m;
Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 168750 so‘m;
Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 337500 so‘m.

Xizmatlardan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi. Barchasi oddiy va oson.

📲 Agar Sizda yuqoridagi xizmat bo‘yicha takliflar bo‘lsa, murojaatingizni ish kunlari soat 9 dan 18 gacha yuborishingiz mumkin.

▶️https://www.youtube.com/watch?v=JwGlXk3qJLc

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Oct, 17:14


❗️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 2-3-noyabr (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 13:00 dan boshlab (test sinovi 14:30 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Oct, 11:27


🔔 2024-yilda Kadastr pasportini rasmiylashtirganlar soni 390 000+dan oshdi

🏠 2024-yilning oktyabr oyigacha koʻchmas mulk sohasida 390 782 ta kadastr pasporti rasmiylashtirildi!

📈 Talabning keskin ortishi, avvalo, koʻchmas mulk haqidagi aniq maʼlumotlar bazasi shakllantirilib, hujjatlarni tez va qulay rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgani bilan bogʻliq boʻldi.

📆 Joriy yil oktyabr oyi holatiga koʻra aholi tomonidan:
285 529 ta kadastr pasporti davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda
105 253 ta kadastr pasport my.gov.uz portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirilgan.

🧑‍💻 Ikkala usul ham fuqarolar manfaati va qulayligi uchun yoʻlga qoʻyilgan.

❗️Kadastr pasportlarining:
284 407 tasi turar joy;
106 375 tasi noturar joy obyektlari uchun rasmiylashtirilgan.

📍Turar joy obyektlari boʻyicha eng koʻp kadastr pasporti rasmiylashtirilgan hudud - Toshkent viloyati (43 582 ta pasport) boʻldi. Butun respublika boʻyicha noturar joy obyektlari boʻyicha esa - Toshkent shahri (14 531 ta pasport) yetakchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

28 Oct, 09:06


❗️ Restorandami? Kafedami? Yoki shifoxona?! Qayerdaligimizdan qatʼi nazar sogʻligimiz xavf ostida boʻlishi mumkin!

💻 Lekin endi biz my.gov.uz portali orqali istalgan tashkilotning sanitariya meʼyorlariga mosligini masofadan turib tekshira olamiz.

📝 Buning uchun tashkilot STIR raqamini kiriting va natijalarni kuzating:

Qizil - Xavfdan
Sariq - Ehtiyot boʻlishdan ogohlantiradi.
Yashil esa xavfsizlikdan darak beradi.

🧑‍💻 Sogʻligingizni oʻylang! My.gov.uz portalidan foydalaning va faqat xavfsiz joylarni tanlang!

▶️https://youtube.com/shorts/ri2sq2UnkLo?feature=share

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

26 Oct, 08:05


📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 26-27-oktabr kunlari profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi ayrim elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

25 Oct, 05:44


❗️ Qogʻozsiz bir kun!

🌐 25-oktyabr - butun respublika boʻylab “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi.

🌳 Har yili millionlab daraxtlar qogʻoz ishlab chiqarish uchun kesiladi. Tabiatni asrashga hissa qoʻshish uchun davlat xizmatlaridan onlayn foydalaning!

🧑‍💻 my.gov.uz portali orqali 670 dan ortiq davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan olish mumkin!

📱 Yaqin 7 yillikda Yagona portal tufayli:

🟢 3 000 tonna qogʻoz tejaldi!
🟢60 000 ta daraxt kesilishining oldini olindi!

👉 my.gov.uz - vaqtingizni tejang, tabiatni asrang!

▶️ https://youtu.be/6Og4R7Xg5Eo

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

24 Oct, 14:28


🪪 Elektron ishonchnoma: raqamlar qulaylikni tasdiqladi!

📱my.gov.uz orqali elektron ishonchnoma rasmiylashtirish qanchalik oson va qulay ekanligini millionlab fuqarolar sinab koʻrishdi.

🚗 Joriy yilning 1-oktyabr holatiga jami 810 000 dan ortiq elektron ishonchnomalar rasmiylashtirildi.

📍Top-3 hududga: Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlari kirdi.

💻484 000 dan ortiq haydovchi 1 oyga moʻljallangan ishonchnomani tanladi va bu eng ommabop muddat boʻldi.

❗️Eslatib oʻtamiz! my.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalanilganda 10 foiz chegirma mavjud.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

23 Oct, 10:15


📥 Saylovga sanoqli kunlar qoldi

📥 Siz o'z saylov uchastkangizni bilasizmi?

📍 Videoqo’llanmada “Saylov uchastkasi manzilini aniqlash” tartibi keltirilgan.

👉🏻 Mazkur xizmatdan my.gov.uz orqali ham foydalanish mumkin.

my.gov.uz

22 Oct, 11:39


🆕 Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar uchun yaxshi yangilik!

📱 my.gov.uz da joriy qilingan yangi xizmat tufayli endi nogironligi boʻlgan shaxs va uning oila aʼzolariga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

👉 Buning uchun quyidagi mezonlarga javob berish kerak:

Oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi;
Yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.

💰Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Oct, 08:58


⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

🟡 Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz portali orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.

🧑‍💻 Mazkur xizmat sinov tariqasida ishga tushirilgan!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

22 Oct, 04:49


❗️Yagona portalda qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari uchun qulayliklar

💻 my.gov.uz portalida qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida bir nechta davlat xizmatlari ishga tushirilgan.

👉 Jumladan:

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish;

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari uchun texnikaning ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida ma'lumotnoma olish;

Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yo‘qolgani o‘rniga yangisini olish;

Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish
kabi davlat xizmatlaridan ham onlayn foydalaning.

🔵 Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq pullik davlat xizmatlarini my.gov.uz orqali 10% chegirma bilan olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

17 Oct, 06:47


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uzʻda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizga yetkaziladi

🆕 “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

👉 Unga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

16 Oct, 04:02


⚡️Milliy sertifikat imtihonlariga ro‘yxatga olish boshlandi

🧑‍💻 2024-yil 14-oktabrdan ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat test sinovi uchun talabgorlarni my.gov.uz portali orqali ro‘yxatga olish boshlandi. Ro‘yxatga olish 20-oktabr 23:59 ga qadar davom etadi.

❗️21-oktabr – to‘lov qilishning so‘nggi muddati.

📆 Test sinovlari 2–3-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan/

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

15 Oct, 06:48


🥇 O‘zbekiston: Sport yulduzlari vatani!

🇺🇿Yurtimiz jahonga ko‘plab sport yulduzlarini taqdim qilmoqda. Olimpiya o‘yinlaridagi shohsupalar, jahon chempionatlaridagi g‘alabalar, shaxmat olamidagi mutlaq hukmronlik... Bularning barchasi O‘zbekiston sportining yuksak salohiyatini namoyish etayotgani shubhasiz.

🌟 Siz ham ushbu yulduzlar qatoridan joy olishni orzu qilasizmi? Yoki bo‘lg‘usi chempionlarni tarbiyalashni maqsad qilganmisiz? Unda my.gov.uz portali sizga ko‘makchi bo‘ladi!

📱 Portalda sport sohasiga oid ko‘plab xizmatlardan foydalanishingiz mumkin!

🏆 Sportchilar uchun:

🟢Sport unvonlari va razryadlarini olish: Mahoratingizni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarga ega bo‘ling!

🟢Sport pasportini olish: Faoliyatingizni rasmiylashtiring va imtiyozlardan foydalaning!

🟢Sport unvonini tekshirish: Unvoningizning haqiqiyligini osongina tekshirib ko‘ring.

🟢Sport imtiyozlarini tekshirish: Qonuniy imtiyozlaringiz haqida ma’lumotga ega bo‘ling.

❗️Murabbiylar va hakamlar uchun:

🟢Hakamlarga malaka toifasini berish: Professional hakam sifatida faoliyat yuritish uchun ariza topshiring.

🟢Trener-o‘qituvchilar uchun oliy malaka toifasini olish: Malakangizni oshiring va yuqori darajadagi mutaxassisga aylaning!

🥇Yosh sportchilar uchun:

🟢Sport maktablariga onlayn ariza berish: O‘zingizga mos sport maktabini tanlang va onlayn ariza topshiring!

🟡 my.gov.uz orqali orzularingiz sari qadam tashlang!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Oct, 09:29


🏆My.gov.uz ikki yo‘nalishda TAF!2024 tanlovi sovrindori bo‘ldi

TAF!2024 doirasidagi “2024-yil reklamasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

🎉My.gov.uz jamoasi tanlovning ikki yo‘nalishida — “2024-yil sayti” hamda “2024-yilgi mobil ilova” nominatsiyalarida sovrindor bo‘ldi.

📱Shunday qilib, yagona portal ushbu tanlovning ikki bronzasini qo‘lga kiritdi!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

14 Oct, 07:06


📣 E'lon!

⚙️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining "Yagona milliy mehnat tizimi"da navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan Yagona portalda talabgorlarning mehnat faoliyati ma'lumotlari bilan tanishishda va mehnat sohasidagi davlat xizmatlaridan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Oct, 15:21


⚡️Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

🧑‍💻2024-yil 22-sentabrdan 4-oktabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

📱Test natijalari my.gov.uz portalida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📱Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz portali orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

❗️O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

11 Oct, 05:18


🔐 Mulkingizni qo’riqlash xizmatiga topshirmoqchimisiz?

🧑‍💻Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z mulklarini qo‘riqlash xizmatiga topshirish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishlari mumkin. Buning uchun to‘lov undirilmaydi.

⌨️ Qo‘riqlash xizmatlari esa shartnomada keltirilgan shartlar asosida ko‘rsatiladi. Ariza beruvchi qo‘riqlash turlarini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tanlaydi.

📝 Qo‘riqlash turlari quyidagilarga bo‘linadi:

📶 Signalizatsiya vositalari orqali;
🔈 Tashvish tugmalari orqali;
🔊 Saf bo‘linmalari orqali.

❗️Mazkur xizmat O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan koʻrsatiladi.

📱 Uy-joyingiz hamda ko‘chmas mulkingizni asrash uchun ushbu xizmatdan foydalaning!

▶️ https://www.youtube.com/shorts/iUmYRKuS398

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

10 Oct, 08:56


❗️Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz yordamida cheklab, oʻzgalar nomingizga kredit rasmiylashtirishining oldini oling!

📱 Turli firibgarlik holatlarining oldini olish maqsadida Yagona portalda kredit tarixi tekshirilishini cheklash xizmati ishga tushirildi. Tabiiyki, agar sizning kredit tarixingiz tekshirilishi cheklangan boʻlsa, hech kim nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi!

👉 Yagona portal orqali kredit tarixingiz tekshirilishini cheklab qoʻyish uchun:

my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar boʻlimiga oʻting
Tegishli xizmatni tanlang
SMS-xabarnoma xizmatini yoqing
Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtiring

👍Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!

▶️ Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️ https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

09 Oct, 14:41


“ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan “Oʻz omadingizni sinab koʻring!” sovrinli oʻyinining soʻnggi - yettinchi gʻolibiga ham sovrin yetkazildi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Oct, 11:02


⚡️Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆 2024-yil 12-oktabr (shanba) kuni bo‘lib o‘tadigan matematika, fizika, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” bo‘limidan olishlari mumkin.

📍Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da), 2-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.

❗️Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

08 Oct, 07:09


🏠Davlat fondidagi uy-joyni my.gov.uz orqali xususiylashtiring!

🚶🏻Endi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish uchun davlat tashkilotlariga borish shart emas! Buning uchun my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirsangiz boʻladi.

📱 Mazkur xizmat yordamida talabgorlar davlat uy-joy fondidagi ular tomonidan egallab turilgan alohida uy (uyning bir qismi) yoki kvartirani xarid qilish, imtiyoz asosida sotib olish yoki mulk qilib berilishi uchun ariza topshirishlari mumkin.

Qulayligi nimada?

Arizani tez va oson topshirish imkoniyati
Vaqtingizni tejashi
Navbat kutishga ehtiyoj yoʻqligi

🟡 Xususiylashtirish mumkin boʻlgan obyektlar:

Koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar
Bir kvartirali uylar
Yangi qurilgan uylardagi kvartiralar
Taʼmirlangan va boʻsh turgan kvartiralar
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylardagi kvartiralar (ayrim hollarda)

❗️Eslatma:
👉 Arxitektura, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari xususiylashtirilmaydi.

📝 Ikki va undan ortiq ijarachi yashaydigan kvartiralar faqat barcha yashovchilarning roziligi bilan xususiylashtirilishi mumkin.

💰 Xizmat narxi: BHMning 1 baravari miqdorida

📱 Xizmatdan foydalanish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/1084

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 10:24


🟡 Tashkilotlarning sanitariya meʼyorlariga muvofiqligini tekshiring!

📱 Endi my.gov.uz portali orqali tashkilot yoki tadbirkorlik subyektining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligiga rioya qilishini onlayn tekshirish mumkin!

Buning uchun tegishli tashkilotning STIR raqami kerak boʻladi.

🍱 Mazkur imkoniyat orqali umumiy ovqatlanish joylari (restoran, kafe, oshxona va hokazo), tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, dorixona va hokazo), maishiy xizmat koʻrsatish sohasi (sartaroshxona, goʻzallik saloni va hokazo) tashkilotlari sanitariya talablariga qay darajada rioya etishlarini tekshirish mumkin.

Natijalar qanday koʻrsatiladi?

🔴 Qizil: Obyektning sanitariya meʼyorlariga javob bermasligi va xavfsiz emasligini anglatadi.
🟡 Sariq: Obyektning sanitariya meʼyorlariga toʻliq javob bermasligi, lekin xavfsiz ekanligini bildiradi.
🟢 Yashil: Obyektning sanitariya meʼyorlariga toʻliq javob berishi va xavfsiz ekanligini koʻrsatadi.

👉 Xizmatdan foydalanish tartibi quyidagicha:

📱 my.gov.uz portaliga kirasiz.
🧑‍💻 “Tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi shartlariga muvofiqligini tekshirish” xizmatini topasiz.
📲 Tashkilotning STIR raqamini kiritasiz.
Natijalarni kuzatib, xavfsiz joylarni tanlaysiz!

Sogʻligingizni oʻylang va xavfsiz xizmatlardan foydalaning!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 07:11


E'lon❗️

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining Yagona billing tizimida navbatdan tashqari profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan my.gov.uz portalidagi pullik xizmatlardan foydalanishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

07 Oct, 05:34


❗️Noutbuklar egalariga yetkazildi

💻 Avvalroq “ICT WEEK UZBEKISTAN 2024” haftaligi doirasida boʻlib oʻtgan “Oʻz omadingizni sinab koʻring!” sovrinli oʻyini gʻoliblarining bir guruhiga sovgʻalar topshirilgani xabar qilingan edi. Yaqinda gʻoliblarning qolganlariga ham sovrinlar yetkazildi.

📱 Eslatib oʻtamiz, shart juda oddiy edi: oʻyinda MyGov mobil ilovasi orqali maxsus QR-kodni skaner qilib, ID raqam olganlar ishtirok etishdi.

▶️Gʻoliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi.

🎉 Omadli 7 nafar ishtirokchi qimmatbaho sovgʻa – zamonaviy noutbuk sohibi boʻlishdi!

📱Shu kabi qiziqarli tanlovlarda ishtirok etish va yangiliklarimizdan xabardor boʻlish uchun bizni kuzatishda davom eting!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

04 Oct, 06:54


❗️OneID tizimidan foydalanuvchilar diqqatiga!

Login yoki parolingizni unutib qoʻydingizmi?

👉Xavotirga oʻrin yoʻq! Endi uni tiklash juda ham oson!

🌐 Yangi qulaylik tufayli bu jarayon yanada soddalashdi. Sizga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami va telefon raqam kerak boʻladi xalos.

📱Bunda JSHSHIRga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanish talab etiladi.
Ogoh boʻling! SIM-kartangizni hech kimga bermang!
📱Qoʻl telefoningizni begonalar qoʻliga topshirmang, qarovsiz ham qoldirmang!

▶️Login va parolni oson tiklash tartibini videoqoʻllanma orqali bilib oling:

📺 https://youtu.be/hqabRIFI0Q4

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

03 Oct, 10:37


❗️Muhim qulaylik! Kredit tarixingiz tekshirilishini my.gov.uz orqali cheklab qo'ying!

📱 my.gov.uz portalida yangi xizmat hozircha sinov tartibida ishga tushirildi!

🔐 Endi siz o'z kredit tarixingizga kirishni cheklab qo‘yishingiz mumkin! Bu degani, hech kim sizning ruxsatingizsiz nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi.

👉 Buning uchun:

my.gov.uz portalida sinov tarzidagi xizmatlar bo'limiga o'tasiz
Tegishli xizmatni tanlaysiz
SMS-xabarnoma xizmatini yoqasiz
Kredit tarixi olishni cheklashni faollashtirasiz

📱Xizmatdan foydalanish juda oson va mutlaqo bepul!

Bu nima uchun muhim?

Avvalo, shaxsiy ma'lumotlaringiz himoya ostida bo‘ladi.
Kredit tarixingizni o'zingiz nazorat qilasiz.
Firibgarlik va noqonuniy harakatlarning oldini oladi.

▶️Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/AmWQ7h_cBPs

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

my.gov.uz

02 Oct, 12:01


⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot