URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI @urganch_iu Channel on Telegram

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

@urganch_iu


🎓 URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI
☎️ Murojaat uchun:🔽
(91) 436-20-22
(90) 436-20-22
Youtube Manzil 🔽
https://www.youtube.com/channel/UC2pBZvmx-qq-0xM24YtdOIQ
Instagram Manzil 🔽
https://www.instagram.com/p/Cp78wulMMiU

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI (Uzbek)

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI, Telegramdagi "urganch_iu" kanali orqali sizga O'zbekistondagi yangi innovatsion universitet haqida eng so'nggi yangiliklarni taqdim etadi. Ushbu kanal orqali siz akademik boshqaruv, talabalik hayotidan videolar, yangi ilmiy o'quv ishlar va boshqalar bilan tanishishingiz mumkin. URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI, o'zingizni malakangizni oshirishingizga yordam beradi. Kanal orqali siz ma'qullangan dasturlar, o'quv kurslari va seminarlar haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Murojat uchun 91 436-20-22 yoki 90 436-20-22 raqamlariga qo'ng'iroq qiling. Bundan tashqari, URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI YouTube va Instagramda ham mavjud. YouTube kanalimizga quyidagi manzil orqali kirishingiz mumkin: https://www.youtube.com/channel/UC2pBZvmx-qq-0xM24YtdOIQ. Instagramda esa bizga quyidagi manzil orqali qo'shilishingiz mumkin: https://www.instagram.com/p/Cp78wulMMiU. Sizni URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI Telegram kanaliga obuna bo'lishni unutmang!

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

16 Feb, 14:02


Arda Xiva majmuasiga info-tur tashkil qilinadi

Ertaga 17-fevral kuni Xiva shahrida joylashgan Arda Xiva turizm markazida ekskursiyalar kuni deb e'lon qilindi. Shu munosabat bilan turistik majmua bo'ylab info-tur tashkil qilinadi.

Tashrif buyuruvchilar mazkur info-tur doirasida yangi majmuada yaratilgan sharoitlar, madaniy dasturlar, hunarmandchilik buyumlari ko'rgazmalari hamda gastronamik turizm namoyishi bilan tanishishlari mumkin.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

16 Feb, 08:44


O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “Urganch yoshlar texnoparki” davlat muassasasi hamda 😀 Urganch innovatsion universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi

Tadbir avvalida “Urganch yoshlar texnoparki” bo‘lim boshlig‘i M.Bekiyev hamda markaz yetakchi mutaxassisi Y.Soliyev “Urganch yoshlar texnoparki” davlat muassasasining faoliyati haqida ma'lumotlar keltirib, talabalar tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob berdilar.
Memorandumga ko'ra universitetimizning professor-o‘qituvchi hamda talaba-yoshlari Innovatsion ishlanmalar, G‘oyalar, Robototexnika, IT sohasida bilim olishlari, o'zlarining innovatsion g'oyalarini mazkur muassasa ko'magida amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.

Qo'shimcha m'lumotlar uchun: https://t.me/urganch_texnopark


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

13 Feb, 11:32


😀 Urganch innovatsion universiteti
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida navbatdagi shaxmat hamda stol tennisi
sport mashg'ulotlari tashkil etildi

Universitet Sport klubi rahbari Sh.Xudayberganova tomonidan o'tkazilgan mashg’ulotlar jarayonida talaba-yoshlar qizg'in o'yinlarni namoyish etmoqdalar.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

13 Feb, 11:13


😀 Urganch innovatsion universitetida “Internet maydonidagi maʼnaviy tahdidlar va ularga qarshi kurashishning usullari” mavzusida uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi

Tadbirda Xorazm viloyati IIB TQX TKQB xodimi A.Xudayberganov, IIB TQX mayor M.Qabulov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X.Davletov, universitet profilaktika inspektori mayor M.Berdiyevlar so'zga chiqib, hozirgi kunda sodir etilayotgan fuqarolarning bank plastik kartalarida mavjud boʻlgan mablagʻlarning jinoiy tajovuzlaridan himoya qilish, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va unga qarshi kurashishni samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning natija berishi uchun, har birimiz ogohlikni qo'ldan boy bermasligimiz lozimligini, kibermakonda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar boʻyicha huquqiy tushunchalar va fuqarolarni bank plastik karta kodlarini begona shaxslarga bermaslik, ushbu plastik kartani ishonchli bank mobil ilovasiga ulashlari lozimligini alohida ta'kidladilar.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarga IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tayyorlangan “Oʻzingiz va yaqinlaringizni firibgarlar tuzogʻiga tushib qolishidan himoya qiling”, “Shaxsiy ma'lumotlaringiz va parollaringizni oʻgʻirlovchi virus” nomli video materiallar ham namoyish qilindi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

08 Feb, 15:14


#Alisher_Navoiy_584

😀 Urganch innovatsion universitetida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirdan videolavha

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

08 Feb, 09:02


#Navoiyga_ehtirom
#Alisher_Navoiy_584

😀 Urganch innovatsion universitetida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirdan lavhalar

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Feb, 11:58


#Navoiyga_ehtirom
#Alisher_Navoiy_584

Anjuman oliy ta'lim dargohimizning bakalavriat hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi iqtidorli talabalari ham ishtirok etdi va ular Navoiydek buyuk ijodkor yaratagan asarlarni o'qib-o'rganish hamda uning avlodlarimiz deya olish biz uchun faxr va g'urur tuyg'usini baxsh etishini e'tirof etdilar.

Zero, muhtaram yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek "Jonajon Vatanimiz “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh
tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qoʻyib, yangi
Uygʻonish davri – Uchinchi Renessans poydevorini yaratayotgan, bugungi kunda
Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida oʻzbek adabiyoti va madaniyatini
chuqur oʻrganish, ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi"


📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Feb, 11:57


😀 Urganch innovatsion universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti tomonidan buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi

Tadbirni Urganch innovatsion universiteti rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich ochib berib, Navoiy dahosiga ehtirom, uning boy ijodiy merosini o'rganish va tadqiq qilish bizning kelajak avlod oldidagi burchimiz ekanligini alohida ta'kidladi.

Anjuman avvalini "Alisher Navoiy ijodida turkiy ruhiyat ifodasi" nomli ma'ruzasi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti "O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori professor Jabborov Nurboy Abdulhakimovich boshlab berdi.
Shuningdek, anjumanda Respublikamiz va viloyatimizning eng nufuzli oliygohlarida faoliyat olib borayotgan o'nlab professor-o'qituvchilarimiz o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, ular o'z so'zida Navoiy ijodini o'rganish hech qachon o'z dolzabrligini yo'qotmasligiga alohida urg'u berdilar.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

18 Jan, 14:54


😀 Urganch innovatsion universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika" fakulteti dekani Satimov Bahodir Mangliboy o‘g‘lini dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan universitetimiz rahbariyati va jamoasi, professor-o’qituvchilarimiz hamda talaba-yoshlarimiz nomidan muborakbod etamiz.

Bahodir Satimovning keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatida ham zafarlar yor bo’lishini tilab qolamiz!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

18 Jan, 14:54


😀 Urganch innovatsion universitetida
Ingliz tili fanidan ichki olimpiada bo'lib o'tdi


Ingiliz tili yo'nalishida tahsil oluvchi hamda chet tillarini mukammal o'rganishga harakat qilayotgan talabalarimiz ishtirok etgan ushbu olimpiada natijalariga ko'ra:

🥇1-o'rin Sh. Bozorov (23/05 ingliz guruhi talabasi)

🥈2-o'rin X.Qadamova (23/05 ingliz guruhi talabasi)

🥉3-o'rin G.Otaxonova (24/06 ingliz guruhi talabasi) ga nasib etdi.

ESLATMA: Ichki olimpiadamizning ikkinchi bosqichI joriy yilning 22-yanvar sanasida bo'lib o'tadi.
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun https://t.me/Teacherr_nurr ga murojaat qilishingiz mumkin.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

18 Jan, 14:53


😀 Urganch innovatsion universiteti Talabalar turar joyida navbatdagi shaxmat-shashka sport musobaqasi tashkil etildi

Universitet tyutori B.Mavlonov tomonidan muntazam o'tkazib kelinayotgan mashg'ulotlar va musobaqalar jarayonida sportga qiziquvchi talaba-yoshlar faollikni qo'ldan boy bermagan holda ishtirok etmoqdalar.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

18 Jan, 14:53


😀 Urganch innovatsion universiteti
Talabalar turar joyida "Yosh chevarlar" to’garagi aʼzolari ishtirokida uchrashuvlar
va amaliy mashg'ulotlar davom etmoqda

Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi To'garaklar faoliyati rahbari G.Umirova, tarbiyachi pedagog D.Jumaniyozova hamda talaba yoshlar ishtirokida o'tkazilgan bu galgi amaliy mashg'ulotda chevar qizlarimiz sohaga oid o'zlari bilgan va endi o'rganayotgan bilimlarini bir-birlari bilan o'rtoqlashdilar.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

18 Jan, 14:53


ASSALOM, XORAZM!

17.01.2025

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/+Sc_gfY0E_0jvYofu

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

04 Jan, 05:17


#URiU_sport
#sport_musobaqalari

😀 Urganch innovatsion universiteti professor-o'qituvchilari va xodimlari diqqatiga

Joriy yilning 6-yanvar sanasida oliygohimiz o'qituvchi va xodimlari o'rtasida 🏆 sportning stol tennisi hamda voleybol turlari bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tishini ma'lum qilamiz.
Qatnashish istagida bo'lganlar 99-073-00-43 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

ESLATMA: Musobaqalar universitet sport zalida soat 10:00 da boshlanadi.


📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

03 Jan, 10:58


😀 Urganch innovatsion universiteti navbatdagi Rektor oldi Kengashi bo'lib o'tdi

Universitet rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich raisligida o'tkazilgan yig‘ilishda quyidagi:

1. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Matyakubov Nurbek Rayimberganovich dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan;

2. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Matnazarov Murodbek Maxsudbekovich filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi munosabati;

3. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Maxmudov Umrbek Baxtiyorovich tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi munosabati bilan;

4. Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Karimova Mahliyo Ataboyevna O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Taskin” nomli she’riy to‘plami nashr etilganligi munosabati bilan rag'batlantirish masalalari ko'rib chiqildi va qaror qilindi.

Ularning keyingi ilmiy va ijodiy hamda padagogik faoliyatida ulkan zafarlar yor bo'lishiga tilak bildirildi.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

03 Jan, 10:58


😀 Urganch innovatsion universiteti
"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri Maxmudov Umrbek Baxtiyorovichni tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganliklari munosabati bilan oliygohimiz rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari nomidan qutlaymiz!

Uning keyingi ilmiy izlanishlarida hamda pedagogik faoliyatida ham yana yangi marralarni zabt etishini tilab qolamiz!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

31 Dec, 18:59


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

31 Dec, 08:24


#bayram_tabrigi

Muhtaram yurtdoshlar, qadrli universitetimiz jamoasi, hurmatli prafessor-o’qituvchilarimiz hamda aziz talaba-yoshlar!

Ortda qolayotgan yil hayotimizga yangi tajribalar, yangicha fikrlar va oldimizga qo‘yilgan maqsadlarga erishishning qimmatli saboqlarini olib keldi. Endi esa, bizni yangi imkoniyatlar, kutilmagan yutuqlar va ijodiy yondashuvlar bilan boyitadigan yangi yil kutib turibdi.
Yangi yil – bu nafaqat bayram, balki o‘zimizni qaytadan anglash va yangi qirralarni kashf etish davri. Bu yil sizlarga nafaqat ilmiy yutuqlar, balki o‘z yo‘lingizni topish, o‘z imkoniyatlaringizni to‘liq ochish va yangi marralarni egallash uchun ilhom bag‘ishlasin!

Sizning har bir muvaffaqiyatingiz bizning universitetimiz g‘ururi, sizning orzu va rejalar esa bizning kalajakka qo’ygan ildam qadamlarimizdir!
Kelayotgan 🎄2025-yilda har biringiz hayotingizning eng yorqin sahifalarini yozishingizni tilayman. Qalbingizda ishonch, aqlingizda ziyraklik, yuragingizda esa jasorat hech qachon so‘nmasin!
Keling, bu yilni yanada ko‘proq orzu qilish, intilish va birgalikda yuksaklikka erishish uchun bir qadam oldinga tashlab kutib olaylik!

🎊 Yangi yil barchamiz uchun omadli, barakali va zafarli bo‘lsin!

Mamnuniyat bilan, Ishmuratov Madamin Jumabayevich
Urganch innovatsion universiteti rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

30 Dec, 16:45


⚡️Qaysi yo'nalishni bitirib qanday kasblarda ishlash mumkin?

Quyidagi yo'nalishlardan istalgan birining ustiga bossangiz, o'qish tamomlagandan so'ng ishlash mumkin bo'lgan kasb va sohalar haqida ma'lumotlar berilgan:

➡️ Tarix
➡️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
➡️ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Pedagogika
➡️ Musiqa ta’limi
➡️ Texnologik ta'lim
➡️ Dasturiy injiniring
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
➡️ Kimyo
➡️ Bilogiya
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Matematika va informatika
➡️ Fizika va astronomiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)
➡️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
➡️ O‘zbek tili va adabiyoti
➡️ Rus tili va adabiyoti
➡️ Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

30 Dec, 12:29


😀 Urganch innovatsion universiteti "Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash" boʻlimi boshligʻi Matnazarov Murodbek Maxsudbekovichni filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganliklari munosabati bilan oliygohimiz rahbariyati, professor-o’qituvchilari va talabalari nomidan qutlaymiz!

Uning keyingi ilmiy izlanishlarida hamda pedagogik faoliyatida ham yana yangi marralarni zabd etishini tilab qolamiz!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

30 Dec, 12:29


😀 Urganch innovatsion universiteti ma'naviy-ma'rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Matyakubov Nurbek Rayimberganovichni dotsent ilmiy unvonini olganliklari bilan universitetimiz rahbariyati, butun jamoamiz, professor-o’qituvchilarimiz va talaba-yoshlarimiz nomidan qizg‘in muborakbod etamiz.

Ularning keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatida yuksalishlar hamda parvozlar yor bo’lishini tilab qolamiz!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

08 Dec, 04:22


Hurmatli professor-o‘qituvchilar, talabalar va universitetimiz jamoasi!


Bugun biz mamlakatimizning mustahkam huquqiy asoslarini belgilab bergan, jamiyatimiz hayotining demokratik tamoyillarini kafolatlagan muhim sanani —
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni nishonlayapmiz.
Baxtimiz qomusi — Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 32 yil to'ldi!

Konstitutsiya – bu nafaqat qonunlarimizning asosi, balki milliy mustaqilligimiz, erkin va farovon jamiyat barpo etish yo‘lidagi bosh mezonimizdir. Har birimiz ushbu muqaddas kitobda belgilangan tamoyillar va qoidalarni hurmat qilgan holda, jamiyatimizning rivoji va taraqqiyoti yo‘lida o‘z hissamizni qo‘shishda davom etishimiz zarur.
Ushbu qutlug‘ kunda barchangizni samimiy tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, baxt, yurtimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Ishmuratov Madamin Jumabayevich
Urganch innovatsion universiteti rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi



📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Dec, 09:32


Respublikamiz bo’ylab “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida bo’lib o’tayotgan bayram tadbirlari Xorazm viloyati markaziy istirohat bog’ida ham yuqori kayfiyat va saviyada tashkil etilmoqda

😀 Urganch innovatsion universitetining iqtidorli talaba-yoshlari ham ushbu tadbirlarda faollikni qo’ldan boy bermay ishtirok qilmoqdalar!


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Dec, 09:31


Respublikamiz bo’ylab “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida bo’lib o’tayotgan bayram tadbirlari Xorazm viloyati markaziy istirohat bog’ida ham yuqori kayfiyat va saviyada tashkil etilmoqda

Bayram tadbirida viloyatimizning barcha oliy ta’lim dargohlari, xususan,
😀 Urganch innovatsion universiteti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar.


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Dec, 07:20


Respublikamiz bo’ylab “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida bo’lib o’tayotgan bayram tadbirlari Xorazm viloyati markaziy istirohat bog’ida ham yuqori kayfiyat va saviyada tashkil etilmoqda


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Dec, 07:20


Respublikamiz bo’ylab “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida bo’lib o’tayotgan bayram tadbirlari Xorazm viloyati markaziy istirohat bog’ida ham yuqori kayfiyat va saviyada tashkil etilmoqda

Bayram tadbirida viloyatimizning barcha oliy ta’lim dargohlari, xususan,
😀 Urganch innovatsion universiteti jamoasi va talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Tadbirda turli xil viktorinalar va tanlovlar o’tkazilib g’olib bo’lgan ishtirokchilar taqdirlanmoqda.
Shuningdek, tadbirga Viloyat hokimi o'rinbosari San'at Salayev hamda mas'ullar, oliygohimiz rektori Madamin Ishmuratov ham tashrif buyurib professor-o’qituvchilarimiz va talabalarimiz tomonidan bezatilgan pavilionda tashkil etilgan jarayonlar bilan tanishdilar.
Baxtimiz qomusi — Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida yurtdoshlarimiz ham yuqori kayfiyatda ishtirok etmoqdalar.


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

07 Dec, 07:20


😀 Urganch innovatsion universitetida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan profilaktik davra suhbati o’tkazildi


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

06 Dec, 14:06


😀 Urganch innovatsion universitetida 9-dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan profilaktik davra suhbati o’tkazildi

Tadbirda Xorazm viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi mas’ul xodimi P.Ro‘ziboyev, Xorazm viloyati oliy ta‘lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi bosh mutaxassisi B.Kobulov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektor N.Matyakubov, rektor maslahatchisi G’.Matsapayev, Korrupsiyaga qarshi “komplaens - nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i F.Jumaboyev, bo‘lim bosh mutaxassisi Y.Jumaniyozov hamda universitet profilaktika inspektori mayor M.Berdiyevlar ishtirok etib, milliy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik mafkurasini ongga singdirish orqali milliy taraqqiyotga erishish, biz ham shu nurli yo‘ldan yurishga munosibligimiz haqida, shuningdek, korrupsiya muammosi yechilishiga barchamiz munosib ravishda qarshi kurashishimiz kerakligini, Vatan istiqboli o’z bilimiga ishongan dadil va harakatchan, faqat olg’a intiladigan yoshlar qo’lida ekanligini alohida e’tirof etdilar.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

03 Dec, 13:19


Prezidentimizning 2023-yil 22-dekabrdagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishidagi ma’naviyat va ma’rifat sohasida 9 ta yo‘nalishda muhim tashabbuslarni ilgari surgan edi.
Shular ijrosini ta'minlash maqsadida Ogahiy musiqali drama teatrida bo'lib o'tgan Filarmoniya arkestorlari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturiga
😀 Urganch innovatsion universiteti talaba-yoshlari ham tashrif buyurdilar

Tadbir davomida talabalar taqdim etilgan badiiy chiqishlar, yangragan kuy va qo'shiqlarni tinglash orqali madaniy hordiq chiqarish imkoniga ega bo'ldilar.


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

03 Dec, 13:18


😀 Urganch innovatsion universitetida o’tkazilayotgan “Bir haftada bir kitob" loyihasining bu galgi soni uchun Iqbol Mirzoning “Bonu” romani tanlab olingan edi

Berilgan muddat davomida asarni mutolaa qilgan talabalar roman qahramoni, buxorolik yosh qiz Bonuning hayoti misolida ifoda etilgan hayotiy o'rnaklarni chuqur tahlil qilish imkoniga ega bo'lganliklarini alohida ta'kidladilar.

Shuningdek, davra suhbati davomida talabalar tomonidan shoirning eng dilbar she'rlari ifodali o'qib eshittirildi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

03 Dec, 13:18


O'zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati partiya tashkiloti a'zolari
😀 Urganch innovatsion universitetiga tashrif buyurdilar

Ular "Yangilangan Konstitutsiya — ekologik huquqlarning kafolati" shoiri ostida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, jamiyatda ekologik madaniyatning munosib rivojlanishida har birimiz va alohida yoshlarning ham o'rni va roli katta ekanligini alohida ta'kidladilar.
Talaba-yoshlarga mavzuga doir muhim ma'lumotlani yetkazdilar va ular tomonidan berilgan savollarga ham atroflicha javob berdilar.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

01 Dec, 07:49


1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni

🩺 1988-yildan boshlab, 1-dekabr Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.

Ushbu kunning asosiy maqsadi:
• Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) haqida jamoatchilikni ogoh qilish;
• Xabardorlik va profilaktika choralari bo‘yicha bilimlarni oshirish;
• Ushbu kasallikka chalingan insonlarga tibbiy, moddiy va ruhiy ko‘mak berishni targ‘ib qilish.

🩸Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaylik va birgalikda bu dardga qarshi kurashaylik!

#OITSgaQarshiKurash


📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

01 Dec, 04:36


😀 Urganch innovatsion universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi professor-o'qituvchisi, Rossiyaning Emanuil Kant nomidagi Kaliningrad davlat universiteti professori Tarix fanlar doktori, Olga Nikolayevna Naumenko

Olga Nikolayevna mazkur o'quv yilidan e'tiboran oliygohimizda o'z ish faoliyatini boshladi.
O'quv yilining o'tgan davri mobaynida Tarix fanini o'rganish borasida egallagan bilimlarini talaba-yoshlarga ham ulashib, ularning bu boradagi ko'nikmalarini yanada mustahkamlash uchun tinimsiz harakat qilmoqda.

Ma'lumot o'rnida Olga Nikolayevna
"Ko'p yillik vijdonli mehnati va samarali ilmiy faoliyati uchun" hamda "Mehnat faxriysi" ko'krak nishoni sohibasi,
O'qituvchilik faoliyati davomida tarix va boshqa gumanitar fanlar bo'yicha 20 dan ortiq o'quv kurslari ishlab chiqqan.
250 dan ortiq nashrlar va ilmiy maqolalar muallifi.

Albatta, Olga Nikolayevna va ular kabi professor-o'qituvchilarimizning oliygohimizda dars-mashg'ulotlarini olib borishi universitetimizda xalqaro aloqalarning ham namunali yo'lga qo'yilganidan dalolat beradi.

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

30 Nov, 11:57


ASSALOM, XORAZM!

29.11.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

Telegram kanalga ulanish⤵️
https://t.me/+Sc_gfY0E_0jvYofu

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

29 Nov, 12:58


😀 URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI REKTORI FILOLOGIYA FANLARI NOMZODI,
TURON FANLAR AKADEMIYASI AKADEMIGI ISHMURATOV MADAMIN JUMABAYEVICH BILAN “XORAZM MANBALARIDA DAVLATCHILIK TARIXI” MONOGRAFIYASI XUSUSIDA SO’Z YURITDIK!

Monografiyada o’zbek davlatchiligi tarixining muhim va boy qatlamini tashkil etgan Xorazmdagi davlatchilik tarixi yozma manbalar asosida tadqiq qilinib, uning xulosa va natijalari berilgan.



📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

29 Nov, 12:52


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi
2024-yil 17-oktabrdagi F-53-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida
😀Urganch innovatsion universitetida talabalar uchun Konstitutsiya darslari davom etmoqda

Bugungi dars mashg’ulotlarini PhD. S.Babajonov olib borib,
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati va alabatta, Konstitutsiyamizda inson qadri naqadar aziz ekanligiga alohida urg’u berilganini ta’kidladi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

01 Nov, 10:46


4-NOYABR 😀 URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI TASHKIL ETILGANLIGIGA 2 YIL TO‘LISHI MUNOSABATI BILAN OLIYGOHIMIZDA BAYRAM TADBIRI BO‘LIB O‘TISHINI MA’LUM QILAMIZ!

Shu munosabat bilan Urganch innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari hamda talaba-yoshlarimizni bayram shodiyonamizga taklif qilamiz.

ESLATMA!
Bayram tadbiri 4-noyabr sanasida soat 10:00da universitet faollar zalida boshlanadi.


📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

01 Nov, 04:02


😀 Urganch innovatsion universitetida talabalar o‘rtasida “Milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Matyakubov, rektor maslahatchisi G’.Matsapayev, profilaktika inspektori mayor M.Berdiyevlar hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etib, milliy qonunchilikdagi diniy faoliyatni tartibga soluvchi ayrim huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, O‘zbekistonda din va davlat munosabatlari to‘g‘risida keng tushunchalar berib o‘tdilar.
Tadbirda, shuningdek, o’zbek xalqi azal-azaldan turli millat, din vakillariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari hamda ular bilan Vatan taraqqiyoti yo‘lida yelkadosh bo‘lib mehnat va harakat qilishlari alohida ta'kidlandi.

📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

24 Oct, 15:22


😀 Urganch innovatsion universitetida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha prorektor N.Matyakubov, rektor maslahatchisi G‘.Matsapayev, universitet profilaktika inspektori mayor M.Berdiyevlar so'zga chiqib giyohvandlikning inson salomatligi uchun naqadar jiddiy xavf solishini, insonni ham aqlan, ham jisman majruh boʻlishiga olib kelishini va bunday oqibatlardan o'zimiz hamda yaqinlarimizni asrash uchun har birimiz mas'ul ekanligimizni alohida ta'kidladilar.
Tadbir yakunida talabalar e'tiboriga huquq-tartibot idoralari tomonidan tayyorlangan maxsus videorolik havola qilindi.


📍Manzil: Xorazm viloyati Urganch shahri  Mustaqillik MFY Gurlan ko'chasi 2-uy

📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

24 Oct, 12:59


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “БРИКС плюс” форматидаги саммитда сўзлаган нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите в формате «БРИКС плюс»

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the “BRICS plus” format

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

24 Oct, 07:25


Президентимиз Татаристон Раиси Рустам Минниханов билан учрашув ўтказди ҳамда "Дўстлик" ордени билан тақдирланди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

24 Oct, 04:46


27 октябрь. Сайловда иштирок этинг!

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

23 Oct, 16:24


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозондаги БРИКС саммити доирасида Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев на полях саммита БРИКС в городе Казани провел встречу с Президентом Турецкой Республики Реджепом Тайипом Эрдоганом.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

23 Oct, 16:24


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозон шаҳрига ташрифи доирасида Ҳиндистон Республикаси Бош вазири Нарендра Моди билан учрашув ўтказди.

В рамках программы пребывания в городе Казани Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с Премьер-министром Республики Индия Нарендрой Моди.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Hindiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI

23 Oct, 16:16


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X