Tez_yordam_Samarqand_103 @tez_yordam_samarqand_103 Channel on Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

@tez_yordam_samarqand_103


Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali va uning hududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali!!!

Tez_yordam_Samarqand_103 (Uzbek)

Tez_yordam_Samarqand_103 kanali - Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali va uning hududiy stansiyalari rasmiy matbuot kanali! Bu kanal Samarqand viloyati hududida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam markazining eng yangi va rasmiy kanalidir. Kanalda Samarqand viloyati filiallari va ularning hududiy stansiyalari to'g'risidagi yangiliklar, xizmatlari, va boshqa foydali ma'lumotlar ommaga taqdim etiladi. Bu kanal orqali, aholi tez va sifatli tibbiy yordam xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Tez_yordam_Samarqand_103 kanaliga obuna bo'lib, siz ham yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin! Sizning va oilangizning sog'lik holatini muhokama qilish va muhim masalalarda yordam olish uchun bu kanal siz uchun to'liq yordamni taqdim etadi. Sog'lik - eng qimmat havo, uni saqlab qolish uchun Tez_yordam_Samarqand_103 kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

Tez_yordam_Samarqand_103

31 Jan, 06:37


@SamTvr

Tez_yordam_Samarqand_103

29 Jan, 11:04


#Islohot

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Ishtixon tuman tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari tomonidan “Tashabbusli byudjet” 2024 yil 2 mavsumi doirasida ochiq tanlov asosida yutib olingan 1 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘lari asosida tumanda yangi binoning qurilish ishlari boshlandi.

Unda tuman hokimi F.Ro‘ziyev, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.Gafurov hamda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.Xudoyberdievlar qurilish boshlanishini ko‘zdan kechirib, tuman tez tibbiy yordam xizmati xodimlari tomonidan aholiga sifatli tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Respublika markazi direktori tomonidan Ishtixon tumaniga “Volks Wagen Caddy” rusumidagi yangi avtomashinasi topshirildi.

Ishtixon tuman tez tibbiy yordam stansiyasida jami 21 ta tez tibbiy yordam avtomashina mavjud bo‘lib, 7 tasi Volks Wagen Caddy 1 tasi NISSAN 13 tasi Damas avtomashinasi 2024 yil 3 ta Volks Wagen Caddy avtomashinasi topshirilgan.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

29 Jan, 10:17


Samarqand tuman tez tibbiy yordam stansiyasi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida Sog‘liqni saqlash vazirligi va viloyat boshqarmasi mas’ullari, tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Qayd etish kerakki, Samarqand tuman tez tibbiy yordam stansiyasi 2024-yil birinchi mavsum “Tashabbusli byudjet” loyixasi asosida 1 milliard 350 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta’mirdan chiqarildi.

Bugungi kunda tuman tez tibbiy yordam stansiyasi 272 ming aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Bunda 22 ta brigada bo‘lib, shundan 16 ta vrachlik posti, 5 ta feldsherlik posti va 1 ta maxsus psixiatrik birigadalar mavjud.

Stansiya markazida 3 vrachlik brigada, 4 ta feldsherlik brigada va 1 ta maxsus psixiatrik brigada faoliyat olib bormoqda. Tuman tez tibbiy yordam 9 ta shaxobchadan tashkil topgan. Xozirda 1 ta “Nissan”, 8 ta “Volkswagen” va 13 ta “Damas” avtomashinalar aholiga tez tibbiy yordam xizmati ko‘rsatib kelmoqda.

Kanalga qo‘shiling:👇
Veb-sayt | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

25 Jan, 14:01


Самарқанд вилояти соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғи Суҳроб Зайниевнинг вилоят аҳолиси ва тиббиёт ходимларига
МУРОЖААТИ


Батафсил: https://telegra.ph/Samarқand-viloyati-soғliқni-saқlash-boshқarmasi-boshliғi-Suҳrob-Zajnievning-viloyat-aҳolisi-va-tibbiyot-hodimlariga-MUROZHAATI-01-25

Tez_yordam_Samarqand_103

24 Jan, 13:02


#Ilm_zlab

📖 Kitob – insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir.

🧬Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo‘tabar va muqaddas deb hisoblagan.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

18 Jan, 06:59


🇺🇿🇷🇺 Moskva viloyati tez tibbiy yordam stansiyasining hamkasblar bilan hamkorlik

Joriy yilning 17-yanvar kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari va Moskva viloyati tez tibbiy yordam stansiyasining hamkasblar oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Gafurov A.X. va Moskva viloyati tez tibbiy yordam xizmati bosh shifokori Maslov K.V. ishtirok etdilar.
Uchrashuvda tashkilotlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari va yoʻnalishlari muhokama qilindi.

Rossiyalik hamkasblar Moskva viloyati tez tibbiy yordam stansiyasining rivojlanish tarixi, shuningdek, Call-markazi darajasida chaqiruvlarni saralashni tashkil etish, tez, shoshilinch va maslahat chaqiruvlarini aniqlashga imkon beruvchi algoritmlar, shuningdek tibbiy maslahatlarni tashkil etish va tez tibbiy yordam tizimini tibbiyot muassasalari bilan integratsiyasi, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash uchun onlayn platforma va boshqa masalalar bilan bogʻliq qiziqarli masalalar toʻgʻrisida maʼlumotlar taqdim etildi.

Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish boʻyicha tegishli meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish boʻyicha hamkorlikdagi ishlar yana bir muhim yoʻnalishi boʻldi.

Uchrashuv ishonchli va doʻstona muhitda oʻtdi.

#tez_tibbiy_yordam #Rossiya #hamkorlik #islohot

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

16 Jan, 08:35


PAXTACHI TUMAN TEZ TIBBIY YORDAM STANSIYASIGA YANGI BINO QURILISH ISHLARI BOSHLANDI.

▪️Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Paxtachi tuman tez tibbiy yordam stansiyasi xodimlari tomonidan “Tashabbusli byudjet” 2024 yil 2 mavsumi doirasida ochiq tanlov asosida yutib olingan 1 mlrd. 300 mln. so‘m mablag‘lari asosida tumanda yangi binoning qurilish ishlari boshlandi.

▪️Unda tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i U.Suvonov hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mudiri X.Yuldoshevlar qurilish boshlanishining ilk tamal toshini qo‘yib, kelgusida ushbu bino Paxtachi tuman aholisiga tez tibbiy yordam ko‘rsatishda qulay sharoitlar yaratilishi bo‘yicha gapirib o‘tdi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

14 Jan, 03:49


Hurmatli Vatan himoyachilari! Yurtimizning mard va jasur oʻgʻlonlari!

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Siz borki, hayot yoʻlimiz charogʻon, tinch osmon ostida baxtli bolalar kulgusi jarang sochadi.

Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, biz sizlar kabi botir va dovyurak ona yurt farzandlari – Vatanimizning haqiqiy posbonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar yor boʻlsin.

Yurtimiz taraqqiyoti va tinchligi yo‘lida amalga oshirayotgan zaxmatli mehnatingiz yo‘lida hamisha sobit qadam bo‘ling!

Hurmat bilan,
Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tez_tibbiy_yordam #tabrik #14yanvar #himoya

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

14 Jan, 02:02


— Aziz va qadrdon Vatan himoyachilari – barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” bayrami muborak bo‘lsin!
— Hurmatli hamkasblar, shu kunlarda butun xalqimiz mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya’ni, Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
— Ana shu qutlug‘ ayyom bilan o‘z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug‘ va olijanob ishga bag‘ishlagan butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Respublika tez tibbiy yordam markazi
Samarqand viloyati filiali direktori
M.A.Eshbekov

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

13 Jan, 08:19


Aziz va qadrdon Vatan himoyachilari – barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami muborak bo‘lsin!

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

08 Jan, 04:07


*8 январь - Прокуратура органлари ходимлари куни

Бош мезон - “халқ прокуратураси” мақомига эришиш

———

*8-yanvar - Prokuratura organlari xodimlari kuni

Bosh mezon - “xalq prokuraturasi” maqomiga erishish

Tez_yordam_Samarqand_103

31 Dec, 18:57


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

—————

Новогоднее
поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

31 Dec, 10:09


🚨Янги йилда қайси тезкор хизматлар ишлайди?

Инфографикада байрамни байрам демасдан ишлайдиган ташкилот ва тезкор хизматлар рўйхати билан танишинг.

👉 http://t.me/UzbekistanSadosi

Tez_yordam_Samarqand_103

31 Dec, 03:51


#Yangi_yil

Hurmatli yurtdoshlar!

🎄Sizni qutlug‘ qadamlar bilan kirib kelayotgan Yangi – 2025 yil bilan chin dildan tabriklayman!

El-yurtimiz farovonligi yo‘lidagi barcha ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Yil davomida yaxshi kayfiyat va omad sizni aslo tark etmasin! Oilangizda baxt-saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzi-baraka arimasin!

2024 yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuqlar va marralar ko‘p bo‘ldi.

Shu o‘rinda kirib kelayotgan Yangi – 2025 yilda sizga va oila a’zolaringizga mehnat faoliyatida, o‘qishda, jamoat ishlarida hamisha omad hamroh bo‘lishini tilab qolaman!

Ijodiy, ishlaringizdagi yutuqlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman! Sihat-salomatlik, shod-xurramlik, baxt-saodat yo‘ldosh bo‘lsin!

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,

Respublika tez tibbiy yordam markazi
Samarqand viloyati filiali direktori
Murod Abdimusayevich Eshbekov


Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

26 Dec, 06:10


Klinik o'limda birinchi yordam (Yurak-o'pka reanimatsiya)

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

26 Dec, 04:12


Channel photo updated

Tez_yordam_Samarqand_103

24 Dec, 14:21


Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида соғлиқни сақлаш соҳасида қилинган ишлар ва 2025 йилга мўлжалланган устувор вазифалар кўриб чиқилди.

На совещании при Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрена проделанная работа в сфере здравоохранения и определены приоритетные задачи на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Tez_yordam_Samarqand_103

18 Dec, 07:31


#Tashrif

Turkiya davlati delegatsiya a’zolarining Samarqandga tashrifi

17-dekabr kuni Turkiya davlati delegatsiyasi aʼzolari Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialidagi markaziy stansiyasiga tashrif buyurib, dispetcherlik xizmati, qoʻngʻiroqlarni saralash, shuningdek, Call-markaz faoliyati ishi bilan tanishdi.

Tashrifdan maqsad viloyatimizdagi tez tibbiy yordam xizmatining yagona dispetcherlik markazi faoliyati va tez tibbiy yordam brigadalari bilan integratsiya usullari, oʻquv va ilmiy faoliyati, Raqamlashtirish va boshqaruv faoliyati bilan yaqindan tanishdan iborat.

Shuningdek, filial mas`ullari delegatsiya a’zolariga filial tizimidagi tez tibbiy yordam brigadalari, transport xizmatlari hamda maʼmuriy boshqaruv faoliyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Raqamlashtirish va boshqaruv faoliyati boʻyicha alohida maʼlumotlar taqdim etdi.

Kelgusida delegatsiya a’zolari bilan birga hamkorlikda ishlash bo‘yicha rejalar tuzildi.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

17 Dec, 07:54


#Tashrif

Xitoy halq Respublikasi delegatsiya a’zolari Samarqandda

Joriy yilning 15 dekabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialiga Xitoy halq Respublikasidan delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi.

-Delegatsiya a’zolari tez tibbiy yordam xizmatining faoliyati, tez tibbiy yordam avtotransport vositalari hamda o‘quv simulyatsion bo‘limi, filiali Call markazi faoliyati bilan tanishishdi.

- Tashrif jarayonida filial rahbariyati va delegatsiya a’zolari tomonidan, 2025 yilda xodimlarning Xitoy halq Respublikasida malaka oshirish bo‘yicha rejalari kelishib olindi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

07 Dec, 12:16


“Битта бригада кунига 25 тагача чақириққа чиқяпти” — Тез ёрдам қишда қандай ишлаяпти?

Тошкент шаҳар тез ёрдам хизмати 5 миллиондан ортиқ кишига хизмат кўрсатяпти. Реанимация бригадаси шифокори Алишер Бозоров олдин кунига 3-3,5 минг чақириқ тушган бўлса, мавсумий касалликлар авж олган ҳозирги пайтда 5 минггача чақирувга чиқилаётганини айтади.

📹 YOUTUBE'да томоша қилинг

Tez_yordam_Samarqand_103

07 Dec, 10:11


8-dekabr O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

07 Dec, 10:08


Тиббий суғурта нима? Ўзбекистонда, хусусан, Самарқандда бундан фойдаланиш қачондан йўлга қўйилади? Тиббий суғурта олиш тартиби қандай, пули ким томонидан қопланади? У бизга нималар беради?

Шу каби саволларга Давлат тиббий суғурта жамғармаси вилоят ҳудудий бўлими бош мутахассиси Даврон РАЗЗОҚОВ жавоб беради.

———-

Tibbiy sugʻurta nima? Oʻzbekistonda, xususan, Samarqandda bundan foydalanish qachondan yoʻlga qoʻyiladi? Tibbiy sugʻurta olish tartibi qanday, puli kim tomonidan qoplanadi? U bizga nimalar beradi?

Shu kabi savollarga Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi viloyat hududiy boʻlimi bosh mutaxassisi Davron RAZZOQOV javob beradi.

@Zarnews_uz

Tez_yordam_Samarqand_103

07 Dec, 10:00


Конституция куни муносабати билан Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана по случаю Дня Конституции

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Tez_yordam_Samarqand_103

05 Dec, 14:52


DIYOR YANGILIKLARI | "ZAKOVAT" INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI
#5dekabr #SamarqandMTRK

https://t.me/SamTvr

Tez_yordam_Samarqand_103

05 Dec, 12:24


SAMARQANDDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINI O‘TKAZILDI

📖Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali hamda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashii bilan birgalikda shahar va tuman tez tibbiy yordam stansiyalarida ishlovchi xodimlar uchun «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bilimdonlar baxsida 18 ta stansiya jamoalari ishtirok etdi.

O‘yin yakunida 20-savoldan to‘plangan eng yuqori ballar natijasiga ko‘ra, Samarqand shahar 3-son tez tibbiy yordam stansiyasi jamoasi 1-o‘rinni, Ishtixon tuman tez tibbiy yordam stansiyasi zakovatchilari 2-o‘rinni hamda Jomboy tuman tez tibbiy yordam stansiyasi jamoaси xodimlari 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika final o‘yinida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalarga Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

02 Dec, 14:30


Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori forumda maʼruza qildi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30-noyabr kunlari Respublika tez tibbiy yordam markazi delegatsiyasi Moskva shahrida boʻlib, u yerda “Tez tibbiy yordam: zamonaviy strategiyalar va innovatsiyalar” xalqaro forumda ishtirok etdi.

29-noyabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.X. Gafurov forumda “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam. Kecha-bugun-ertaga” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruza mamlakatimizda XX asr boshidan hozirgi kungacha tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, maʼruzachi Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejalar ham taqdim etdi.

#tez_tibbiy_yordam #tashrif #Moskva #forum

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

23 Nov, 05:47


Samarqand tumanida ikki kunlik qo'mondonlik-shtab o'quv mashqlari yakuniga yetdi.

Unda faol ishtirok etgan korxona va tashkilot vakillari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kanalga qo‘shiling:👇

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

21 Nov, 05:29


Ayni paytda Respublika tez tibbiy yordam markazi xamda "BePro" dasturchilar markazi xodimlari tomonidan Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialida MedData-2 tizimida "Dorixona" modulini ishga tushirish bo‘yicha seminar o‘tkazmoqda.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

20 Nov, 12:55


JABRLANGANLARNI QABUL QILISH ISHLARI KUZATILDI

Navbatdagi o‘quv mashqida viloyat kuzatuv guruhi a’zolari Samarqand tumanidagi 10-sonli maktab binosida tashkil etilgan tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadini yoyish va koʻp sonli jabrlanganlarni qabul qilish bo‘yicha bosqichma-bosqich amaliy harakatlarini kuzatishdi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ko‘p sonli shikastlangan va jabrlangan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, turli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish va davolash amaliyotlarni amaliy tarzda bajarishdi.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

20 Nov, 08:58


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

Tez_yordam_Samarqand_103

19 Nov, 03:07


Gripp va uning oldini olish profilaktikasi.

Instagram I 💬Facebook I 🖥You tube I📱 Telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

19 Nov, 00:42


#Teatr_ibratxona

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan viloyat Musiqali drama teatrida "Imom al-Buxoriy va Sukarno" spektakli namoyish etildi.

🎭 Spektaklda viloyat hokimining oʻrinbosarlari Rustam Qobilov va Xusan Toʻxtayev, Indoneziyadan tashrif buyurgan mehmonlar, viloyatdagi boshqarma va tashkilot rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

🇺🇿🇲🇨 Spektakl oʻzbek va indoneys ijodkorlari bilan hamkorlikda tayyorlangan boʻlib, bobomiz Imom al-Buxoriy hayoti haqida hikoya qiladi.

Tez_yordam_Samarqand_103

25 Oct, 03:39


25-oktabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari! Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash borasidagi mashaqqatli va fidokorona mehnatingizga ulkan zafarlar tilaymiz!

Bayramingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori
Murod Abdimusayevich Eshbekov


instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

24 Oct, 05:58


❗️Куз мавсумида болаларни нафас аъзолари касалликларидан қандай ҳимоя қилиш керак?

📌 Маълумки, кузда аҳоли орасида ўткир респиратор вирусли инфекцияларга чалиниш ҳолатлари кўпаяди. Айниқса, бу фасл ёш болалар ўртасида шамоллаш ва грипп хасталиклари авж оладиган палла.

👨‍👨‍👧‍👦 Албатта бундай пайтда ота-оналар фарзандларини вирусли касалликлардан ҳимоялаш учун янада эътиборли бўлиши жуда муҳим.

Хўш, бунда нималарга аҳамият бериш керак?

👨🏻‍⚕️Ушбу саволга тиббиёт фанлари доктори, профессор Фурқат Шамсиев батафсил жавоб берди.

— Ёмғирли кунлар ва салқин об-ҳаво шароитида организмнинг вирус ва инфекцияларга қарши курашиш қобилияти пасаяди, — дейди мутахассис. — Яъни, ҳавода намлик миқдорининг ортиши сабабли организм касалланишга мойил бўлиб қолади. Бу ҳолат, айниқса, ёш болаларда яққол намоён бўлади.

🧼 Уларнинг бундай инфекцияларга дуч келмаслиги учун, энг аввало, оилада ўқил-қизларни гигиеник қонун-қоидаларга ўргатиш, қўлни совунлаб ювиш ёки тез-тез антисептик воситалар билан дезинфекция килишни уқтириш зарур. Чунки бу — мавсумий вирусли инфекциялардан ҳимояланишнинг энг муҳим омили ҳисобланади.

🪟 Юзларни қўл билан кўп ушламаслик, хоналарни доимий шамоллатиш, фарзандларга йўталганда ёки акса урганда оғиз ва бурунни салфетка ёки тирсак билан ёпишни ўргатиш зарур.

🤧 Шунингдек, болаларга касал бўлган тенгқурлари олдига яқин келмасликни айтиш, ҳимоя ниқобларидан фойдаланишни тушунтириш лозим. Агар фарзандлар касал бўлиб қолган бўлса, мактабгача таълим муассасасига ёки мактабга юбормаслик керак.

🤒 Иситмаси юқори боланинг томоғини йод ёки зелёнка билан артиш кўп кузатиладиган янглиш хатти-ҳаракат. Чунки кичик ёшли беморнинг нафас йўли шиллиқ қавати жуда нозик, қолаверса, вирусдан яллиғланган ва шишган бўлади.

😮‍💨 Агар юқорида айтилган суртмалар билан ишлов берилса, шиллиқ қават жароҳатланиб, шиш катталашиб, ларингит юзага келиши ва бошқа асоратлар кузатилиши хавфи бор.

💊 Боланинг фибрил тутқаноғи бўлмаса, касаллик туфайли тана ҳарорати 38-38,5 даражадан паст бўлганда иситмани туширишга ҳожат йўқ. Шундан ортсагина “Парацетамол” ёки “Ибупрофен” (болалар учун эритма) бериш мумкин.

🧒🏻 Шуни унутмаслик керакки, тана ҳароратининг 37 С° даража экани иситма кўтарилганини англатмайди. Қайта-қайта иситмани туширувчи дориларни ичириш эса ундаги терморегуляция марказига салбий таъсир этади.

❇️ Бундан ташқари, аллергик йўтал, астма, юқори нафас йўлларининг яллиғланиши кузатилаётган болалар бор хоналарда исириқ тутатиш мумкин эмас. Чунки тутун кичкинтой органлари спазмини кўпайтириб, йўтални янада кучайтириши мумкин.

🫙Шамоллаш чоғида ва тана ҳарорати кўтарилганда кўп суюқлик ичиш касалликни тезроқ енгишга ёрдам беради. Қолаверса, болани тўғри ва рационал овқатланиши, сурункали инфекция ўчоқларини бартараф этиш ҳамда чиниқтириш бундай мавсумий касалликларни олдини олишга кўмаклашади.

🔶 Болага қўшимча D витаминининг сувли эритмаси (Аквадетрим), аскорбин кислотаси, руҳ (цинк) ва селен моддалари, камқонликни даволаш мақсадида темир препаратлари тавсия этилса, нафас йўллари касалликларига қарши курашиш кучини оширишга ёрдам беради.

💉Шамоллаш мавсумида вакцинация ишларини олиб бориш ҳам касалликдан ҳимояланишда яхши самара беради.

Соғлиқни сақлаш вазирлиги
Матбуот хизмати.


@ssvuz | @ssvmatbuotkotibi | Facebook | Instagram

Tez_yordam_Samarqand_103

21 Oct, 05:01


O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!

🇺🇿Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til bor ekan millat barhayot. Tilni mo‘tabar zot-onaga qiyoslanishi bejiz emas, inson o‘z onasini ko‘rmasdan, uning sof muhabbatini, mehrini to‘ymasdan yashay olmaydi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan Siz azizlarni samimiy muborakbod etaman!
Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Xalqmiz dasturxoniga fayz-baraka, barchangizga sogʻliq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Murod Abdimusaevich Eshbekov
Respublika tez tibbiy yordam markazi
Samarqand viloyati filiali direktori


instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

20 Oct, 10:48


#Faoliyat.

Қарийб 48 йилдан буён тез тиббий ёрдам соҳасида меҳнат қилиб, ҳамкасбларии билан эл дардига дармон бўлаётган РТТЁМ Самарқанд вилояти филиали шифокори Мардонова Мавжуда Мардоновнанинг шарафли фаолияти тўғрисида.

Республика тез тиббий ёрдам маркази Самарқанд вилояти филиали ахборот хизмати

instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

19 Oct, 14:29


#Saylov_2024

27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni


@SamTvr

Tez_yordam_Samarqand_103

18 Oct, 10:29


Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099 sonli Farmoni asosida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialining shahar va tuman stansiyalarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bir gurux tez tibbiy yordam xodimlari o‘rtasida sportning “Mini futbol” turi bo‘yicha Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori kubogi musobaqa o‘tkazildi.

instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

15 Oct, 14:17


#Direktor_kubogi

⚽️Aholi salomatligini mustahkamlash Davlat rahbarining doimiy e’tiborlarida bo‘lgan masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2024 yilning 15 oktyabr kuni ilk marotaba Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialida “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

“Direktor kubogi” mini-futbol musobaqasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali tuman va shahar tez tibbiy yordam stansiyalari vakillaridan iborat terma jamoalar a’zolari ishtirok etishdi.

Batafsil 👇👇👇👇
(https://www.facebook.com/profile.php?id=100091978235598)

instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

15 Oct, 11:15


⚽️ Respublika tez tibbiy yordam markazi Samararqand viloyati filiali tizimida faoliyat olib borayotgan tez tibbiy yordam xodimlari orasida mini-futbol, sport turi bo‘yicha Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori kubogi musobaqasining final bosqichlari boshlandi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati

instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram

Tez_yordam_Samarqand_103

15 Oct, 06:37


#Bugun

⚽️Ayni paytda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samararqand viloyati filiali tizimida faoliyat olib borayotgan tez tibbiy yordam xodimlari orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va rag‘batlantirish maqsadida mini-futbol, sport turlari bo‘yicha Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori kubogi musobaqasining viloyat hududlarida saralash bosqichlari boshlandi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali axborot xizmati

instagram I 💬facebook I 🖥youtube I📱 telegram