Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari @sputnik_lotin Channel on Telegram

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

@sputnik_lotin


Sputnik O‘zbekiston saytining rasmiy kanali

Mahalliy va jahonning tezkor yangiliklari

Sayt: sputniknews.uz
Кириллда: @Sputnikuzbek
Русская версия: @sputnikuzbekistan

Foto/videolar, hamkorlik takliflari yuborish uchun👉 @SputnikUz_feedbackbot

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari (Uzbek)

Sputnik O‘zbekiston yangiliklari kanalini tanishing! Bu kanal Sputnik O‘zbekiston saytining rasmiy kanali bo‘lib, mahalliy va jahonning eng so‘nggi va tezkor yangiliklarini eng muhim maqolalar bilan birgalikda sizlarga taqdim etadi. Kanalda sputniknews.uz saytiga o‘tib kirishingiz mumkin va yangiliklarni kuzatishingiz uchun @Sputnikuzbekcha kanaliga ham a’zo bo‘lishingiz mumkin. Agar rus tilida yangiliklarni o‘qishni istasangiz, @sputnikuzbekiston kanaliga obuna bo‘ling. Foto va videolar, shuningdek, hamkorlik takliflari uchun @SputnikUz_feedbackbot ga murojaat etishingiz mumkin. Sputnik O‘zbekiston kanali sizning eng yaxshi manzillaringizdan biri bo‘ladi! Qo‘shiling va yangiliklar bilan doimiy ravishda tanishing!

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 16:13


🐈 Dog‘istonda 7-yil davomida egasining qabri yonida yashagan mushuk Sankt-Peterburgga olib ketildi

Mushuk ilk bor 2018-yilda topilgan. Mahalliy aholi mushukni uyga olib ketishga harakat qilgan. Lekin u doim ko‘chaga chiqishni xohlab, egasining qabriga qaytib kelgan.

Ko‘ngillilar mushukning taqdiriga befarq qolmay, uni Dog‘istondan Sankt-Peterburgga olib ketishdi.

Veterinarlarning aytishicha, uning tishlari singan, bundan tashqari unda o‘pka yallig‘lanishi (pnevmoniya), buyrak va jigar muammolari bor.

Barcha muammolarga qaramay, uni davolash va sog‘lig‘ini tiklash maqsad qilindi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 15:48


🇷🇺 Migratsiya agentligi Rossiyada noqonuniy yurgan fuqarolarga huquqiy maslahat beradi

Rossiya prezidentining 1126-sonli farmoniga muvofiq, mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan xorijliklar o‘z maqomini 30 aprelga qadar qonuniylashtirishi kerak, aks holda ularga 1 maydan mamlakatdan chiqarib yuborish chorasi qo‘llaniladi.

Migratsiya agentligi O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam berish maqsadida maxsus shtablar tashkil qilgan.

Shtab bilan bog‘lanish uchun:
📞+74992300076
📞+74992300032

Bot: @huquqiyyordamuzbot

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 14:57


🇺🇸🇪🇺Vens Yevropa rahbarlarini tanqid qildi

AQSH vitse-prezidentining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi o‘nlab yillar davomida Yevropa rahbariyati o‘z saylovchilari ishonchiga putr yetkazib, Ittifoqqa ko‘plab migrantlarning kirib kelishiga imkon yaratgan.

Buning oqibatida mahalliy aholi zarar ko‘rmoqda. Kecha ulardan biri odamlar ustiga mashina haydadi. Yana necha kishi qurbon bo‘lishi kerak, dedi Vens.

“Yevropa uchun eng katta tahdid bu Xitoy yoki Rossiya emas. Tahdid ichkarida", dedi Vens.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 13:51


1945 yil 14 fevralda AQSHning 62 ta bombardimonchi samolyoti Drezden o‘rniga Pragani bombardimon qilgandi

Keyinroq amerikaliklar buni “navigatsiya xatosi" deb izohladilar. Besh daqiqa davom etgan portlashda 701 kishi halok bo‘ldi, 1184 kishi jarohatlandi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 13:39


🇷🇺🇺🇦 Ukraina bilan do‘stlik Rossiyaga qanchaga tushdi?

▪️ 1991 yildan 2013 yilgacha Rossiya Ukrainaga turli imtiyozlar ko‘rinishida 250 milliard dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

▪️ 2013 yilda Ukraina Rossiyaga Yevrobondlar bo‘yicha 3 mlrd dollar qarzni to‘lashi kerak edi, ammo buni amalga oshirishdan bosh tortdi.

▪️ Ukraina Rossiya oldida tan olgan qarzi 610 million dollar.

▪️ Rossiya SSSRning 104 milliard dollar umumiy qarz majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi. Shartnoma doirasida Ukraina o‘ziga tegishli xorijiy aktivlarni Rossiyaga berishi kerak edi, lekin Kiyev buni bajarmadi.

Endi bo‘lsa, Tramp Kiyev qarzlarini Yevropa bo‘yniga ilmoqchi. AQSH Yevropani nafaqat Ukrainaga qurol yetkazib berishga balkim mojaro tugaganidan keyin Ukrainani qayta tiklashga majburlashi mumkin. Bu haqida Yevropa rasmiylari Финансиал Timesga bergan intervyusida aytib bergan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 13:04


🐟 Namanganda tabiatga 225 mln so‘m zarar yetkazgan "baliqchi" qo‘lga olindi

Viloyat Ekologiya boshqarmasi tezkor guruhi Pop tumanida tungi reyd o‘tkazib, taqiqlangan usulda baliq ovlayotgan shaxsni qo‘lga oldi.

Huquqbuzarga nisbatan dalolatnoma va ma’muriy bayonnoma tuzilib, tabiatga yetkazilgan zarar 225 mln so‘m deb baholandi.

Hodisa bo‘yicha hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 12:36


Sirdaryodagi maktabda o‘qituvchini urgan ayol uzr so‘rab chiqdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ma’lum qilishicha, unga nisbatan chora ko‘rilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 12:12


🚗 Avtomobilga gaz uskunasi o‘rnatish uchun ruxsatnomani endi onlayn tarzda olish mumkin

Ushbu xizmat YAIDXPda ishga tushirilgan bo‘lib, pullik xizmat hisoblanadi – to‘lov miqdori 112,5 ming so‘m.

Xizmatdan foydalanish uchun onlayn ariza topshirish lozim. Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqib, natijasi bo‘yicha elektron ma’lumotnoma taqdim etadi.

Agar avtomobil yangi bo‘lsa, hisob-fakturani ilova qilish talab etiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 11:49


🚇 Toshkent metrosida ilk bor ayol mashinistlar ish boshlaydi

Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK Chilonzor elektr deposi rahbari Rustam Shafiqov @SputnikUzbek matbuot markazida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, hozirda ikki guruh o‘quv kurslarini tamomlash arafasida. Ular bahor va yozda keladilar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 11:26


🇺🇿 🇷🇺 📚 O‘zbekiston va Rossiya axborot-kutubxona sohasida hamkorlikni kengaytiradi

A.N. Kosigin nomidagi Rossiya davlat universiteti, "Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma’rifiy memorial majmuasi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzoladi.

Hujjat qo‘shma madaniy va ta’lim tadbirlarini tashkil etish, shuningdek, ilmiy va o‘quv yutuqlar almashinuvini rivojlantirishga qaratilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 11:03


💸Rubl kursi yana ko‘tarildi, dollar esa arzonladi

Markaziy bank valyutalarning so‘mga nisbatan 17-fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini ma’lum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 10:49


🎓 Xususiy o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari "2+6" shaklida qoplab beriladi

Ya’ni, dastlabki 2 oyi o‘quvchilar tomonidan, qolgan 6 oyi esa davlat hisobidan qoplanadi.

Shuningdek, "C1" darajasiga ega yoshlar tashabbus ko‘rsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochsa, 120 mln so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.

Bundan tashqari, "Bir million dasturchi" loyihasiga qo‘shimcha 300 ming yosh jalb etiladi. "Coursera" platformasida 3 mingdan ortiq kurslar sun’iy intellekt yordamida o‘zbek tilida ta’lim olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 10:37


🚍 Toshkentga 200 ta elektrobus olib kelinadi

Mazkur tashabbus "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili" davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda, deyiladi "Toshshahartransxizmat" xabarida.

Shuningdek, hukumat qaroriga muvofiq, elektrobuslar uchun quvvatlash stansiyalari ham tashkil etiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 10:27


🇷🇺 🇺🇿 Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2024-yilda $10 mlrd.dan oshdi

Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 6-yilda qariyb ikki barobar o‘sib, shu yil yakuniga ko‘ra $10 mlrd.dan oshdi.

Ta’kidlanishicha, 2030-yilga qadar bu ko‘rsatkichni $30 mlrd.gа yetkazish maqsad qilingan. Shuningdek, Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma ishlab chiqarish korxonalarini yaratish masalasi ham rejalashtirilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 10:17


🇷🇺💰 Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 21% darajasida saqlab qoldi

Bu rekord darajadagi stavka oktyabr oyi oxiridan beri o‘zgarmagan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

14 Feb, 10:02


⚡️Endi tadbirkor yoshlarga 2,5 mlrd so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi

Prezident yoshlar tadbirkorligida yangi davrni boshlaydigan 3 ta muhim hujjatga imzo chekkanini e’lon qildi.

Birinchi qaror:
🔸Yoshlar agentligi huzurida Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi;
🔸Jamg‘armaga $100 mln ajratiladi;
🔸Startap loyihalarga 2 mlrd so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Ikkinchi qaror:
🔸Oliygoh bitiruvchilarining bandligini ta’minlash uchun Milliy bank'ga $100 mln ajratiladi;
🔸Bank, Oliy ta’lim vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda bitiruvchilar tashabbuslarini loyihaga aylantirish uchun yangi xizmatlar joriy etadi.

Uchinchi qaror:
🔸Aloqabank "Yoshlar banki"ga aylantirilib, $200 mln ajratiladi;
🔸O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun 100 mln so‘mgacha 7-yillik imtiyozli mikroqarz beriladi;
🔸20 nafar yoshni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga 5 mlrd so‘mgacha 7-yil muddatga imtiyozli kredit taqdim etiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 15:21


🇺🇿 Toshkent aeroportida Alisher Navoiy tavallud kuni keng nishonlandi

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet katta teatri bilan hamkorlikda aeroportning uchib ketish zalida tematik spektakl tashkil qilindi.

Spektakl Sharja, Tehron, Sharm al-Shayx, Moskva, Olmaota, Dushanbe, Bishkek, Istanbul va boshqa shaharlarga uchayotgan mingdan ortiq yo‘lovchilarni qamrab oldi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 13:25


🇺🇿 🇹🇯 Tojikistonning So‘g‘d viloyati delegatsiyasi “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida bo‘ldi

So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda boshchiligidagi delegatsiya Toshkent viloyatida bo‘lib turibdi.

Delegatsiyaga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev hamrohlik qilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 12:28


🎵 Ilon Mask TikTok'ni sotib olishga qiziqishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi

Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Maskning ta’kidlashicha, u ushbu ijtimoiy tarmoqdan foydalanmaydi va kompaniyalarni noldan qurishni afzal ko‘radi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 11:31


💐 Toshkentda Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi

Adiblar xiyobonida Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Unda Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlari, diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 09:35


🇷🇺 Rossiya harbiylari DXRdagi Orexovo-Vasilevkani ozod qildi

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 08:32


🇺🇿 🇷🇺 Rus tili imtihonlarini o‘tkazish va sertifikat berish tizimi O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Migratsiya agentligi mas’ullarining Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan uchrashuvida ushbu masala muhokama qilindi.

Bu Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruhsatnomani rasmiylashtirishda talab qilinadigan sertifikat olish jarayonlarini yengillashtiradi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 07:16


🇷🇺 🇺🇸 Tramp Putin bilan telefonda Ukrainadagi mojaro haqida gaplashganini ma’lum qildi

AQSH prezidenti bu haqda “New York Post”ga bergan intervyusida gapirdi.

Kreml hozircha bu ma’lumotga izoh bermadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 06:22


🔸Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida an’anaviy “Art Bazar” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 170 dan ortiq ustalar o‘z san’at asarlari bilan ishtirok etmoqda, deb xabar berdi @SputnikUzbek muxbiri.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

09 Feb, 04:33


🌧 Bugun ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat +5...+10° iliq, shimolda -0...-5° sovuq bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 15:43


⚡️1-maydan import elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi oshiriladi, Tramp G‘azo sektorini buzib tashlashga chaqirdi

Yakuniga yetayotgan hafta qanday yangiliklar bilan yodda qoldi?

Batafsil Sputnik’ning haftalik dayjestida tinglang!

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 14:31


🇺🇸 Tramp muhojirlarni deportatsiya qilish hajmi kamligiga "jahli chiqmoqda" — NBC News

Manbalarga ko‘ra, u bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori bo‘lishi kerakligini va hozirgi vaziyat uni "achchiqlantirayotganini" aytgan.

Bir yilda 1 mln noqonuniy muhojirni chiqarib yuborish uchun har kuni kamida 2,7 ming kishi deportatsiya qilinishi kerak.

Hozircha esa AQSH prezidenti inauguratsiyasidagi eng yuqori ko‘rsatkich kunlik 1,1 ming hibsga olish bilan cheklangan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 13:28


⚡️ Toshkentda 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagan MCHJ fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabariga ko‘ra, "K.Y." MCHJ mas’ullari hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, 2 mln kVt/s elektrdan noqonuniy foydalangan.

Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 12:31


🪕O‘zbek cholg‘u asboblari qanday yaratiladi?

Bu savolga javobni 25-yildan buyon bu kasbga bel bog‘lagan usta Hamidulla Rahmatovdan eshitish mumkin.

Bu davr mobaynida u mingdan ortiq asbob yasagan, uning dutorlari esa butun dunyoda yangramoqda.

Nega cholg‘ularga qiziqish ortib bormoqda, biroq hunarmandlar soni kamaymoqda? Rossiyada dutor chalish kurslarini qanday ochishmoqda? Qo‘l mehnati bilan yasalgan dutor qancha turadi?

Bu haqda usta @SputnikUzbek lavhasida so‘zlab berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 11:23


HAMAS uch nafar asirni ozod qildi

Ular Isroil harbiylariga topshirildi va hozir mamlakat hududiga yo‘l olmoqda, deb xabar beradi SAXAL.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Feb, 10:56


❗️ 2025-yil oxirigacha O‘zbekistonda AI-80 yonilg‘isidan voz kechiladi

Bu haqda "Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili"ga mo‘ljallangan davlat dasturida keltirilgan.

Farmon bilan, mamlakatdagi barcha issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqarish korxonalarida mazutdan foydalanish butunlay to‘xtatiladi.

Bundan mazutni avariyaviy yoqilg‘i sifatida ishlatish mustasno.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 15:03


⚡️Mirziyoyevning BAAga tashrifi, G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv, Baydenning xayrlashuv nutqi

Yakuniga yetayotgan hafta qanday yangiliklar bilan yodda qoldi?

Batafsil Sputnik'ning haftalik dayjestida tinglang!

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 14:02


🔸“Qayta yasashning iloji yo‘q”: daraxt ildizlariga jon baxsh etayotgan yangiyo‘llik usta

Yog‘och ustalari ko‘p, ammo “ildiz usta”lari kam. Yangiyo‘llik Behzod Madraimov esa bu sohada katta inqilobni amalga oshirdi.

U Rossiyada o‘rgangan bu hunarini vatanda katta daromadli biznesga aylantirishga erishdi.

Usta hikoyasini videolavhada tomosha qiling.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 12:21


🇷🇺 🇧🇾 Putin Lukashenkoga 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi

Rossiya va Belarus prezidentlari telefon orqali muloqot qildi.

Ular ikki mamlakat o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga o‘zaro sodiq ekanliklarini tasdiqladi va shaxsiy aloqalarni davom ettirishga kelishib oldi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 10:01


❗️Isroil G‘azo sektorida soat 11:15 (Toshkent vaqti bilan 14:15) dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish rejimi joriy etilganini e’lon qildi

Isroil HAMASdan garovga olinganlar ro‘yxatini oldi, deya ma’lum qildi Netanyaxuning idorasi maslahatchisi RIA Novostiga.

HAMASning harbiy qanoti almashuv kelishuvi doirasida yakshanba kuni uch nafar garovga olinganlar ozod etilishini ma’lum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 09:29


🇷🇺 “Markaz” guruhining faol hujum harakatlari natijasida DXRdagi Vozdvijenka aholi punkti ozod etildi

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 08:22


⚡️G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish HAMAS ozod qilinishi kerak bo‘lgan garovga olinganlar ro‘yxatini topshirmaguncha boshlanmaydi – Netanyaxu

Buni SAXAL ham tasdiqladi.

HAMAS kechikishni “texnik qiyinchiliklar” bilan izohladi.

Isroil harbiy-havo kuchlari hali kuchga kirmagan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi sharoitida G‘azo sektoridagi nishonlarga zarbalar bermoqda.

OAVning qutqaruvchilarga tayanib xabar berishicha, G‘azo sektoridagi ikkita hudud o‘qqa tutilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 25 kishi yaralandi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 06:06


🇮🇱 Isroil armiyasi texnikasini olib, G‘azo sektori janubidagi Rafah shahrini tark etmoqda

Bu haqda “Al Jazeera” xabar bermoqda.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Misr va G‘azo sektori chegarasida joylashgan “Filadelfiya yo‘lagiga chekinmoqda”.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 05:14


🇺🇿 ⚽️ Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi valiahd shahzodasi bilan uchrashuvda futbolchi Abduqodir Husanov haqida suhbatlashdi

Shayx Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bunday futbolchini ulg‘aytirgan o‘zbek xalqiga hurmatini bildirdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

19 Jan, 04:20


🌧 Bugun O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kuzatiladi

Yog‘ingarchilik Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryoda kuzatiladi.

Harorat +3...+8° iliq bo‘ladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

18 Jan, 15:17


💵O‘zbekistonda qaysi pullar ko‘proq muomalada?

Masalan, 1 000 so‘mlik kupyuralar muomalaning bor-yo‘g‘i 0,6%ini tashkil etadi — ular juda kam.

Qolgan banknotlar haqida infografikada tanishing.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

18 Jan, 14:11


🐺AQSHda do‘kon rastalari ichiga koyot kirib oldi

Buni ko‘rgan do‘kon egalari darhol politsiyani chaqirishgan.

Politsiya xodimi kelgach, bir necha urinishdan so‘ng uni dumidan ushladi, lekin hayvon yana qochib ketdi.

Oxir-oqibat hayvonlar nazoratchisi kelib, uni qo‘lga oldi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

18 Jan, 13:03


🚗Sankt-Peterburgda haydovchi qiz gaz bilan tormozni adashtirib suvga tushib ketdi

Buni ko‘rgan guvohlar uni darhol qutqarishga shoshilgan.

Mahalliy OAVlarning yozishicha, voqea joyiga FVV xodimlari yetib kelib, guvohlar bilan birgalikda qizni suvdan eson-omon qutqarib olishgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

18 Jan, 11:19


💻Internetda narsa xarid qilganda ogoh bo‘ling!

Hozirda firibgarlar e’lon saytlarida mahsulot narxini arzon ko‘rsatib, oldindan to‘lov qilishga undashmoqda.

To‘lov qilinganidan so‘ng esa aloqa uzilib, qora ro‘yxatga tushasiz.

Batafsil Toshkent shahar IIBB videosida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 17:12


☑️YEOIIga a’zo davlatlar va Eron o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $12 mlrd.dan oshishi mumkin

Bu haqda Trend nashriga YEOII komissiyasi vakili Kira Danilcheva ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YEOII va Eron o‘rtasida to‘liq formatdagi erkin savdo to‘g‘risidagi bitim nafaqat liberallashtirish ko‘lamlarini kengaytiradi, balki avvalgi Vaqtinchalik bitimda belgilangan tarif imtiyozlarini ham sifat jihatidan yaxshilaydi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 16:48


🚗Kislovodskda haydovchi zinadan mashinada tushishga qaror qildi

Natijada u bir necha zinapoyalarni sindirib bo‘lsa ham, tushishga muvaffaq bo‘ldi. So‘ng maysazor ustidan yurib, yo‘lini davom etdi.

Shahar hokimi Yevgeniy Moiseev ma’lum qilishicha, ular hozir kameralar orqali qidirilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 16:24


⚡️Bo‘sh turgan yaylovlar nazoratga olinadi

Hukumat qarori bilan "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, yaylovlardan oqilona foydalanish uchun quyidagi choralar ko‘zda tutilgan:

🔸yaylovlar almashinishi va suv manbalarini hisobga olgan holda foydalanish;

🔸chorva mollarini o‘tlatishda yo‘l qo‘yiladigan maksimal me’yorlarni belgilash;

🔸 yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq harakat qilish;

🔸yerlarning qishloq xo‘jaligi aylanmasidan chiqib ketishining oldini olish, shu jumladan, begona o‘tlar bilan qoplanishini va chiqindilar bilan ifloslanishini oldini olish.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 15:58


👶🏻🇰🇿 Qozog‘istonda qariyb 6 kilogrammlik chaqaloq tug‘ildi

SSV ma’lumotiga ko‘ra, pahlavon chaqaloq Jambil viloyatida dunyoga keldi.

Shifokorlar bolaning kattaligi sababli kesarcha amaliyoti o‘tkazishdi. Lekin bu ona va bola salomatligiga jiddiy ta’sir qilmadi — ular hozir o‘zlarini yaxshi his qilmoqda, deb xabar beradi @SputnikKz.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 15:48


🤝 🇺🇿 Endilikda mehnat shartnomalari elektron shaklda tuziladi

Hukumat qaroriga muvofiq, ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi mehnat shartnomalari "Yagona milliy mehnat tizimi" (YMMT IDAK) orqali elektron shaklda tuziladi.

Mehnat shartnomalari ish beruvchi tomonidan shakllantiriladi va elektron raqamli imzo (ERI) yordamida imzolanadi.

Imzolangan shartnomani xodim o‘zining my.gov.uzdagi shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 15:09


🇺🇿💰2024-yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 264 mlrd so‘mlik noqonuniy davlat xaridlarini bekor qildi

Agentlik 2024-yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridni o‘rganib, 234 holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalarini bekor qildi.

Hamda:
🔸 257 ta taqdimnoma kiritildi;
🔸 273 ta so‘rovnoma yuborildi;
🔸 104 nafar shaxs ma’muriy, 44 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 15:04


Taniqli Yevropa nashri Abduqodir Husanovning kamchiligi va yutuqlarini sanab o‘tdi

Yevropaning taniqli "Football" nashrida ayni damda Yevropaning top klublari e’tiborida bo‘lib turgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida maqola chop etildi.

Maqolada 20 yoshli himoyachining eng ustun jihati nima ekanligi aytilgan.

Abduqodirning yutuqlarini uchun quyidagi havolaga o‘ting:

https://t.me/medianews7/5040

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 14:49


🐘🇮🇳Hindistondagi festivalda g‘azablangan fil odamlarga hujum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa oqibatida kamida 17 kishi jabrlandi, ulardan biri og‘ir ahvolda.

Biroq, ko‘pchilikning jarohati fildan emas, balki yuzaga kelgan g‘ala-g‘ovur sababli sodir bo‘lgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 14:06


🐴 Qrimda chuqurga tushib ketgan ot qutqarildi

To‘rt metrlik o‘raga tushib ketgan ot tortqichlar va avtokran yordamida chiqarib olindi.

"Yaxshiyamki, ot jabr ko‘rmadi", — deyishdi qutqaruvchilar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 13:51


Qoraqalpog‘iston Respublikasida iqtisodiyot va moliya vaziri tayinlandi

Mazkur lavozimga tegishli qarorga asosan Nurullan Umirzakovich Erlepesov tayinlandi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 13:38


🇷🇺 2024-yilda migratsiya qoidalarini buzgani uchun 80 mingdan ortiq muhojir Rossiyadan chiqarib yuborilgan

Bu haqda RF sud ijrochilari federal xizmati xabar berdi.

Bu 2023-yildagi 44,2 mingga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘pdir. 2022-yilda bu ko‘rsatkich 26,6 ming kishini tashkil qilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 13:13


🌲Belgiya rasmiylari odamlarni Yangi yil archalarini yemaslikka chaqirmoqda

Bu murojaat Gent shahri saytida archalarni qayta ishlash bo‘yicha maslahatlar chop etilgandan keyin paydo bo‘ldi.

Ularning orasida archani ovqatga aylantirib iste’mol qilish orqali chiqindilarni kamaytirish taklifi ham bor edi.

Shahar ma’muriyati Skandinaviya davlatlari tajribasidan ilhomlanganini aytmoqda. U yerda go‘yo archa ildizlarini quritib, buterbrodlar uchun pasta tayyorlashadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 12:49


⚛️“O‘zatom” agentligi ishlatilgan yadro yoqilg‘isini boshqarish strategiyasi loyihasini ishlab chiqdi

Hujjat, shuningdek, radioaktiv chiqindilar bilan ishlash va yadroviy inshootlarni foydalanishdan chiqarish rejasini o‘z ichiga oladi.

Hozir loyiha O‘zbekistonning tegishli idoralari bilan kelishish jarayonida, dedi “O‘zatom” direktori Azim Ahmadxo‘jayev Trend’ga bergan intervyusida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 12:25


🇺🇸 Tramp Panama kanali va Grenlandiya uchun harbiy kuch ishlatishi mumkin

Oq uyning yangi rahbari Grenlandiya va Panama kanali ustidan nazorat o‘rnatish uchun iqtisodiy va harbiy bosimdan foydalanmasligiga “va’da bermaydi”.

Matbuot anjumani chog‘ida u bu hududlar ustidan nazorat AQSHning iqtisodiy xavfsizligi uchun zarurligini ta’kidladi.

Bunday bayonotlar endi bo‘sh tahdidga o‘xshamayapti, chunki Grenlandiyaning rasmiy rahbari orolning Daniyadan mustaqillikka erishish rejalari haqida gapirgan va qirollik Trampning so‘zlaridan keyin mudofaa xarajatlarini $1,5 mlrd.ga oshirdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 12:06


O‘zbekistonda taqiqlangan manbaa va kontentlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ushbu ro‘yxatdagi materiallar Oliy sud tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan.

Yaqinlarga yuborib qo‘ying!


Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 11:53


🚙☃️"Amirsoy"ga ketaverishda yo‘l qanday?

Toshkent viloyati hokimligi @SputnikUzbek’ga ma’lum qilishicha, tog‘-chang‘i kurortiga olib boruvchi yo‘llar to‘liq tozalangan va reagentlar bilan qayta ishlangan.

"Qishki shinalar bo‘lsa va ehtiyotkorlikka amal qilinsa, kurortga bemalol yetib borish mumkin", — deyiladi xabarida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

08 Jan, 11:26


💸 Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi 2024 yilda 31,9 mlrd. so‘mlik huquqbuzarliklarni aniqladi

👉78 ta holatda 75,8 kg giyohvandlik vositalari musodara qilindi;

👉69 mlrd. 484 mln. so‘mlik tovarlarning noqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi;

👉1,9 mlrd. so‘mlik 69 593 dona aksiz markasisiz tamaki mahsulotlari olib qo‘yildi;

👉5,9 mlrd. so‘mlik sifatsiz dori vositalari muomalasi to‘xtatildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Jan, 04:46


😷Metapnevmovirus yangi kasallik emas. Ortiqcha xavotirga hojat yo‘q! – SSV

OAVda go‘yoki COVID-19 dan xavfliroq bo‘lgan “yangi” infeksiya haqida ma’lumotlar tarqatmoqda.

Sanitariya-epidemiologiya va aholi salomatligini muhofaza qilish qo‘mitasi rahbari Rustam Ikromov metapnevmovirus 2001 yilda aniqlanganini ta’kidladi.

Har yili, ayniqsa kuz va qishda, butun dunyoda ushbu virus bilan kasallanish holatlari qayd etiladi. ORVI va gripp kabi davolanadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Jan, 03:57


🇷🇺 Rossiya IIVda kimlarga chet elliklarni chiqarib yuborish huquqi berilishi ma’lum bo‘ldi

RFda migrantlar uchun yangi talablar bir oydan keyin kuchga kiradi. Shu vaqtgacha mamlakatdan chiqarib yuborish vakolati faqat sudyalar va chegara xizmatida bo‘ladi.

5-fevraldan xorijliklarni chiqarib yuborish bo‘yicha:

🔸hududiy politsiya organlari;
🔸giyohvand moddalarni nazorat qilish bo‘limlari;
🔸transportdagi politsiya bo‘limlari;
🔸migratsiya xizmati rahbar va o‘rinbosarlari ham qaror qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Jan, 03:32


🚅 1-fevraldan tezyurar poyezdlar chiptalari qimmatlashadi

"Afrosiyob" poyezdlari chipta narxlari 20-25% ga, "Sharq", "Nasaf" va "O‘zbekiston" poyezdlari chipta narxlari 30% ga oshirilmoqda.

Xususan, "Afrosiyob" poyezdlari chipta narxlari quyidagicha:

Toshkent — Buxoro
VIP – 994 000 so‘m
Biznes – 751 000 so‘m
Ekonom – 484 000 so‘m
Toshkent — Qarshi
VIP – 854 000 so‘m
Biznes – 634 000 so‘m
Ekonom – 406 000 so‘m
Toshkent — Samarqand
VIP – 619 000 so‘m
Biznes – 450 000 so‘m
Ekonom – 294 000 so‘m.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Jan, 03:06


🌤Bugun havo harorati +13° gacha ko‘tariladi

Kechga tomon faqat Qoraqalpog‘istonda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kutilmoqda.

Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat +5...+10°, ba’zi joylarda +13° iliqqacha bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 12:56


⛽️Qashqadaryo va Farg‘onada suyultirilgan gaz “bunker”lari faoliyatiga chek qo‘yildi

“Ko‘kdalatumangaz” GTB ta’minotchisi va haydovchisi “Chorvador” MFYda aholiga mo‘ljallangan 110 ta maishiy gaz ballonidan 34 tasini mahallada yashovchi B.A. xonadoniga tushirayotgani aniqlangan.

Qo‘qoning Bodomzor ko‘chasida yashovchi S.U. xonadonida ham maishiy gaz balloni saqlanayotgan “bunker” aniqlangan. Xonadon ko‘zdan kechirilganda 35 dona to‘ldirilgan va 48 dona bo‘sh maishiy gaz ballonlari topilgan.

Holatlar yuzasidan dalolatnomalar tuzilib, barcha hujjatlar FVB va huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 11:58


⛽️Samarqandda 1,3 mlrd. so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Toyloq tumanida novvoyxona egalari tarmoqqa noqonuniy ulanib, gazdan foydalanib kelgani aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgazta’minot” AJ.

Holat bo‘yicha yetkazilgan zarar 1,329 milliard so‘m miqdorida hisoblandi.

Barcha daliliy ashyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 11:01


🧍‍♂️ Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalari Toshkent ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi

Harbiy bo‘linmalar “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasidan boshlab “Magic City” maydoniga qadar shahdam qadamlar va jangovar qo‘shiqlar bilan harakatlandi.

Marsh O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 10:04


💸 Xorijiy til sertifikati bor davlat xizmatchilariga ustama to‘lash to‘xtatildi

Bu haqda 2025 yilgi davlat byudjeti to‘g‘risidagi qonun ijrosini ta’minlashga oid prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

Ustama miqdori xodimning lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha deb belgilangan edi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 09:14


🇺🇿 🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi temir yo‘l paydo bo‘ladi

Bu mavjud Sariyog‘och-Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi liniyaga yo‘naltirish imkonini beradi, bu esa O‘zbekistonga eksport tashish hajmini oshiradi, deb xabar beradi Kazinform.

Uning uzunligi 203 km bo‘ladi. Qurilish 2027 yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 08:05


🇷🇺 RF IIV mansabdorlari 5 fevraldan xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega bo‘ladi

Ilgari faqat sudyalar bunday vakolatlarga ega edi.

Rossiyaga kirish qoidalariga rioya qilmaslik, mamlakatda bo‘lish yoki yashash rejimini buzish deportatsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 06:16


🌋Indoneziyada Merapi vulqoni uyg‘ondi

Balandligi deyarli 3 ming metrga yetadigan vulqon mamlakatdagi eng faollardan biri hisoblanadi. Uning oldingi otilishi 300 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.

Dahshatli go‘zallik.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 05:23


🚩 Botir Tursunov Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi

“Dunyo” xabariga ko‘ra, u 2023 yildan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi maslahatchi-vakili, SHHT kotibiyati huzuridagi doimiy vakil vazifasini bajargan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

05 Jan, 04:33


😷Bugun ertalabdan Toshkent havosi changli bo‘lib turibdi

Ifloslanish darajasi JSSTning tavsiyaviy me’yoridan qariyb 10 barobar ortiq.

Respublikaning boshqa shaharlaridagi havo sifati – @SputnikUzbek infografikasida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 11:46


🇺🇿 🎥 Buxoroda quyosh pannelarida ishlaydigan radarlar o‘rnatiladi

YHXX ma’lum qilishicha, mazkur radarlar viloyatning uzoq cho‘l hududlaridagi avtomobil yo‘llarida joylashtiriladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 11:07


💸Rubl kursi tushdi, dollar esa qimmatladi

Markaziy bank valyutalarning so‘mga nisbatan 4-yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini ma’lum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 10:19


🇰🇿 Qozog‘istonda noqulay ob-havo sabab 40 dan ortiq mashina bir-biriga urildi

Yo‘l muzlashi va kuchli bo‘ron haydovchilar uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

@SputnikKz xabariga ko‘ra, trassa hozirda yopiq.
Sputnik kanali👉
lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 09:16


🎄Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari orasida eng katta bayram archasi qayerda o‘rnatilgani ma’lum bo‘ldi

Aytish joizki, bu reytingda O‘zbekiston yetakchilar qatorida bo‘ldi.

Qolgan davlatlardagi bayram archalari haqida videoda bilib oling!

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 08:09


🇦🇪🎉 BAAda dunyodagi eng yirik mushakbozlik o‘tkazildi

Uzluksiz o‘tgan mushakbozlik 53 daqiqadan ortiq davom etdi.

Unda, shuningdek, 6000 ta dron ishtirokida 20 daqiqalik tomosha ham tashkil etildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 07:23


🚙🔋Elektromobilni uyda quvvatlantirish uchun farqli tariflar joriy etiladi

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda uyda elektromobilni quvvatlantirish narxi kunning vaqtiga bog‘liq ravishda arzonroq yoki qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Ertalab 6:00–10:00 va kechki 17:00–22:00 orasida tariflar yuqori bo‘ladi.

Lekin tungi vaqtda quvvatlantirish 50 foizgacha arzonlashishi mumkin.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 06:18


🛫🇺🇸 Kaliforniyada samolyot omborxonaga qulab tushdi

Hodisa Fullerton shahri aeroporti yaqinida sodir bo‘ldi.

Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan, 20 ga yaqin kishi jarohat olgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 05:04


😷Toshkent havosi zaif guruhlar uchun zararli bo‘lib turibdi

IQAir portaliga ko‘ra, poytaxt havosida PM2.5 zarrachalari miqdori JSST tavsiya qilganidan 9,6 baravar ortib ketgan.

Qator hududlardagi havo sifati @Sputnikuzbek infografikasida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Jan, 04:14


⚡️Bloger ekologik zarar keltirgani uchun jarimaga tortildi

Jasurbek Shodiyevga BHMning 5 baravari miqdorida jarima belgilandi.

U bu kabi holatni avval ham sodir etgani sabab, voqeaga huquqiy baho berilib, qat’iy choralar ko‘rilishi aytilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 15:26


🪜👨🏻‍🔧Izlagan imkon topar

Elektrosamokatda o‘zi bilan narvon olib ketayotgan odamning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Ayrimlar bu holatni xavfli deb baholagan bo‘lsa, boshqalar uning muvozanatni qanday saqlaganiga hayrat bildirmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 14:23


🌧🇬🇧 Buyuk Britaniyada kuchli yomg‘ir tufayli toshqinlar yuzaga keldi

Toshqinlar Manchester va uning atrofidagi bir necha hududda sodir bo‘ldi.

Uylar suv ostida qolgani sababli ayrim oilalar evakuatsiya qilindi.

AP News xabariga ko‘ra, bu holat ikki kun davomida oylik yomg‘ir me’yori yog‘gani sababli yuzaga kelgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 13:11


🏘O‘zbekistonda 11 oyda ijara xizmatlari qanchalik o‘sgani ma’lum bo‘ldi

2024-yil yanvar-noyabr oylarida ijara xizmatlari hajmi 8 683,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4% ga o‘sgan.

Eng yuqori o‘sish Sirdaryo (118,9%) va Samarqand (110,3%) viloyatlarida kuzatilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 12:07


⚡️ Bloger yo‘l qismida bajargan xavfli harakatlari uchun uzr so‘radi

Internetda "JASJAN" taxallusi bilan tanilgan bloger yo‘lning qatnov qismida hayot uchun xavfli harakatlarni amalga oshirib, uni videoga olib o‘z sahifasiga joylagan.

So‘ng, qilar ishni qilib, u o‘zidan keyin chiqindilarni ham qoldirib ketgan.

YHXX bundan xabar topgach, yigitga nisbatan tegishli choralar ko‘rdi, "tryuk"da ishlatilgan mashina esa jarima maydoniga joylashtirildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 10:16


🚔 🇰🇿 Qozog‘istonda narkotiklar ishlab chiqarish va sotish uchun endilikda umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin

To‘qayev imzolagan yangi qonunga ko‘ra, aybdorlar 15–20-yilgacha qamoq yoki mol-mulki musodara qilingan holda umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

"Zakladka" qo‘yuvchilar uchun jazo yengillashtirildi: avval 5–10-yil berilgan bo‘lsa, endi 5–8-yil etib belgilandi.

Bu o'zgarish, asosan, yoshlar va o‘smirlarni narkotik savdosi uchun qo‘llanilishi holatlari inobatga olinib qabul qilingan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Jan, 09:21


⚡️Tadbirkorlarga elektr limiti bo‘yicha yengillik berildi

Endi O‘zbekistonda tadbirkorlar elektr energiyasi limitini 20% ga oshirsa ham, qo‘shimcha sarf uchun katta xarajat qilmaydi.

Masalan, agar bir oyda 100 ming kVt/soat elektr limiti belgilangan bo‘lsa, 120 ming kVt/soatgacha to‘lov hech qanday oshirilmaydi.

Ammo 120 mingdan ortiq sarf qilinsa, qo‘shimcha qism uchun 20% yuqori narx to‘lanadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 14:33


🔸🇺🇿🏃‍♂️Toshkentda Yangi yil marafoni bo‘lib o‘tdi

Tadbir Kosmonavtlar bog‘idagi "SUM" xiyobonida "THE FIRST TASHKENT NEW YEAR'S MARATHON" nomi ostida o‘tkazildi, deb xabar beradi @SputnikUzbek muxbiri.

Unda taxminan 300 kishi qatnashdi va har bir ishtirokchiga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 13:28


⚡️Zelenskiy Yangi yil tabrigida Janubiy Koreya raketasini Ukrainaniki deb ko‘rsatdi

Bu haqda ukrainalik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari yozmoqda.

Prezident o‘z chiqishida Ukrainaning "Sapsan" ballistik raketaci haqida gapirdi. Ammo uning uchirilishi aks etgan kadrlar olti yil avval Janubiy Koreya harbiy platformalaridan birida joylashtirilgan videoga o‘xshab qolgan.

Ushbu videoda Hyunmoo-2A va MGM-140 ATACMS raketalari tasvirlangan. Zelenskiy esa bu kadrlar fonida ularni Ukraina raketalari deb atagan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 12:36


🇺🇸⚡️Yangi Orleanda haydovchi Yangi yilni nishonlayotgan bir guruh odamlarni bosib ketdi

CBS News xabariga ko‘ra, kamida 10 kishi halok bo‘lgan, 30 nafari yaralangan.

Haydovchi odamlarni bosib o‘tgandan so‘ng mashinadan tushib ularga o‘q uzgan. Politsiya ham javob o‘ti ochgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 11:47


🔸Millat portretini chizgan rassom: O‘rol Tansiqboyevni eslab

Bugun Markaziy Osiyo rassomchilik san’atining rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan xalq rassomi - O‘rol Tansiqboyev tug‘ilgan kun.

Tansiqboyev 23 yoshga to‘lganida birinchi "O‘zbek portreti"ni yaratib, o‘sha davrdagi eng katta rus rassomlarni lol qoldirgan edi.
Keyinchalik bu yosh rassom o‘zining yuzlab noyob asarlari bilan dunyoga tanildi.

Batafsil – @SputnikUzbek videosida.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 10:42


💰♻️Chiqindilar uchun to‘lovlar elektr to‘lovi bilan birga undiriladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish xizmatlariga doir yangi to‘lov mexanizmini joriy etishni ko‘zda tutuvchi qonunni qabul qildi.

Yangi qonun loyihasiga muvofiq, "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi, "Raqobat to‘g‘risida"gi va "Elektr energetikasi to‘g‘risida"gi qonunlarga o‘zgartishlar kiritiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 10:16


🇺🇿 💸2024-yilda O‘zbekistonda inflyatsiya 9,8% ni tashkil etdi

Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida iste’mol narxlari indeksi (INI) 1% ga oshgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich yilning o‘rtacha oylik darajasidan 0,2 punktga yuqori.

Yil oxirida esa inflyatsiya darajasi rekord darajada pasayib, 7% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 08:41


🎄🔥Xabarovskda Yangi yil girlyandasi sabab uyda yong‘in chiqdi

FVV ma’lumotiga ko‘ra, ko‘p qavatli uyda girlyandadan chiqqan uchqun sabab archa yonib ketgan.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 07:39


🟠⚡️O‘zbekistonda bugundan kuchga kirgan o‘zgarishlar:

🟠milliy vaqt shkalasi (UTC UZ) joriy etildi;

🟠sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlandi;

🟠bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etildi;

🟠Toshkentda avtobus va metroda naqd pul shakldagi yo‘lkira narxi oshdi;

🟠kambag‘al oilalar farzandlari davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi;

🟠tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilindi;

🟠umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50%ga kamaytirildi;

🟠davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi 20%ga oshiriladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 06:48


🇹🇷❗️Istanbulda G‘azodagi vaziyatga qarshi katta norozilik namoyishi o‘tmoqda

Odamlar ertalabki namozdan so‘ng Galat ko‘prigida to‘planib, G‘azo sektoridagi genotsidga qarshi norozilik bildirishdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 06:07


⚡️Tog‘ga dam olishga bormoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

"Amirsoy", "Chimyon" va "Bildirsoy" kabi dam olish maskanlariga borishda 4R6 avtomobil yo‘lida "Yusufxona" chorrahasigacha harakat bir tomonlama tashkil etildi.

Bu tartib 2025-yil 12-yanvarigacha amal qiladi.

Batafsil ma’lumot videoda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 05:38


🇦🇪🎉Dubayda Yangi yil shunday kutib olindi

Bayram an’anaga muvofiq, Burj Xalifada yorqin mushakbozliklar bilan o‘tdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 05:16


🚙🌫"Qamchiq" dovonida qalin tuman tushdi

Haydovchilardan ob-havo sharoiti hamda yo‘lning holatini inobatga olib, qoidalarga rioya etib harakatlanish so‘ralmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

01 Jan, 04:12


⛅️2025-yilning birinchi kunidagi ob-havo ma’lumoti

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kunduzi +3...+8°, shimoliy hududlarda -3...+2° bo‘ladi. Ayrim joylarda yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin.

Poytaxtda shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, harorat +4...+6° bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 12:43


🇺🇿 Prezident Bo‘stonliq tumanida "Ugam-1" kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi

Mazkur kichik GES quvvati 1,48 megavatt bo‘lib, u yiliga 11,8 mln kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Stansiya Chorbog‘, Xumson va Ugam mahallalaridagi 5 ming xonadon hamda turizm va dam olish maskanlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Shuningdek, u yiliga 4 mln kub metr gaz tejalishiga xizmat qiladi

Rejaga ko‘ra, 2028-yilgacha Respublikada umumiy quvvati 2 ming 400 megavatt bo‘lgan, qiymati $4,8 mlrd.lik 23 ta yangi loyiha amalga oshirilishi kutilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 12:27


⛽️ Turkmaniston Oʻzbekistonga gaz eksportini oshiradi

Shavkat Mirziyoyevning Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon muloqotida hamkorlik istiqbollari qatorida gaz masalasi ham muhokama qilingan.

Suhbat chogʻida yetakchilar turkman gazini Oʻzbekistonga eksport qilish hajmini oshirishga kelishib oldilar.

Bundan tashqari, tomonlar yaqin kelajakda boshlanishi rejalashtirilgan qoʻshma gaz loyihalarini amalga oshirishning katta istiqbollarini belgilab oldilar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 12:11


🇺🇿 Prezident yiliga 200 ming turistga xizmat ko‘rsatadigan majmuani borib ko‘rdi

Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Ugam River" turistik majmuasi Ugam daryosi bo‘yidagi 14 gektar maydonda qurilmoqda.

Hozirda bu yerda 5, 6 va 7 qavatli 17 ta uy barpo etilmoqda, ular jami 870 xonadonni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, 16 ta kottej, 3 ta restoran, 20 dan ortiq savdo va xizmat markazlari, bolalar o‘yingohlari, yopiq havza, sport maydonchalari, amfiteatr, avtoturargoh va sohil bo‘ylab yo‘laklar quriladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 11:46


🇷🇺 Novosibirskda uch nafar oʻzbekistonlik majburlab beton zavodda ishlatilgani aniqlandi

TIV rasmiy vakili xabariga koʻra, hozirda fuqarolar J.K (22 yosh), T.A. (25 yosh) va X.A. (19 yosh) bilan aloqa oʻrnatilgan.

Ular qonuniy huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish maqsadida politsiya boʻlimiga arizalarni taqdim etgan.

Ushbu holatni Novosibirskdagi Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi nazoratiga olgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 11:19


😅 IIBBdan navbatdagi ichak uzdi mem

Boshqarma yangi memini ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini "tezyurar" deb ko‘rsatib, haydovchilik mahoratini ko‘z-ko‘z qilayotganlarga bag‘ishladi.

Mem kulgili, holat esa qayg‘uli, deb shuni aytishsa kerak.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 11:03


💸Rubl, dollar va yevro kursi yana koʻtarildi

Markaziy bank valyutalarning soʻmga nisbatan 10-dekabr kuni amalda boʻladigan qiymatini maʼlum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 10:49


❗️Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqoti 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi — Peskov

Unga ko‘ra, muloqot matbuot anjumani bilan birlashtiriladi va unda bir necha G‘arb ommaviy axborot vositalari ham ishtirok etadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 10:12


Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga 10% ulush bilan qoʻshiladi

Bu haqda bank boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov YEOTBning Olmaotadagi anjumanida maʼlum qildi.

Hozirda Rossiya, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston va Tojikiston YEOTB aʼzosi hisoblanadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 09:46


🇺🇿 🇨🇳 Guanchjoudagi koʻrgazmada Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etildi

Mahalliy kompaniyalar vakillari, jumladan “Guangdong Imported Food Association” aʼzolari Oʻzbekiston mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirishdi.

Oʻzbekiston va Xitoy tomonlari CATF-2025 uchun Oʻzbekiston milliy pavilyonini yaratishga kelishib oldilar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 09:19


🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida bo‘ldi

U "Chorvoq darvozasi" turizm majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Umumiy maydoni 25 gektar bo‘lgan majmuada ko‘p qavatli uylar, mehmonxonalar, savdo markazlari, akvapark va shishali ko‘prik kabi zamonaviy obyektlar quriladi. Majmua 2 500 ish o‘rni yaratilishi bilan ahamiyatli.

Tashrif davomida prezident bunday majmualarni boshqa tumanlarda ham tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, ekologiya va yashillikka e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 08:25


🇺🇿 🇷🇺 O‘zbekistonlik yigit Rossiyaning #MЫVMESTE mukofotining finalchisi bo‘ldi

Jasurbek Komilov avval "Rossiyani bilib ol" va "Yevroosiyo yetakchilari" dasturlarida ishtirok etgan.

Eng qizig‘i, "Yevrosiyo" ANT uning bolalik orzusini ro‘yobga chiqardi. U Moskvaga borib, mashhur "GUM"da muzqaymoq yeyish baxtiga erishdi.

Mukofot topshirish marosimida Jasurbek Vladimir Putin bilan birga sahnada turdi. Keyin esa prezident bilan yopiq uchrashuvda bo‘lib, orzusining qanday amalga oshganini aytib berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

06 Dec, 07:58


🚈Shavkat Mirziyoyev yangi elektropoyezdda Xoʻjakentga bordi

Safar chogʻida davlat rahbari temir yoʻl tizimidagi oʻzgarishlar boʻyicha mutasaddilar hisobotlarini tingladi.

Toshkent va Xojikent oraligʻidagi temir yoʻlga tutash maydonlarni 2025-yilgi renovatsiya dasturiga kiritib, ularni tartibga keltirishga koʻrsatma berildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 15:01


🏆O‘zbekistonlik sablyachilar Jahon kubogi bosqichining barcha dasturlarida tengsiz bo‘ldi

Bugun kechgan jamoaviy dasturdagi bellashuvlarda yigitlar finalda Qozog‘iston, qizlar esa Bolgariyani mag‘lub etib, oltin medallarga sazovor bo‘lishdi.

Yigitlar:
🥇 O‘zbekiston;
🥈 Qozog‘iston;
🥉 Vengriya.

Qizlar:
🥇 O‘zbekiston;
🥈 Bolgariya;
🥉 Ruminiya.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 14:03


🇷🇺 Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy-sanoat kompleksi faoliyatini ta’minlovchi muhim energetika infratuzilmasi obyektlariga zarba berdi

Harbiy mahsulotlar ishlab chiqariladigan korxonalarga ham zarba berildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 13:11


🚩 O‘zbekiston YeOIIda intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha forumga taklif etildi

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, Qozog‘iston Adliya vazirligi va Xalqaro kontrafaktga qarshi assotsiatsiya 5-6-dekabr kunlari Ostona shahrida kontrafaktga qarshi XII xalqaro forumni o‘tkazadi.

Tadbir kontrafakt mahsulotlar tarqalishiga qarshi kurashda asosiy muammolarni muhokama qilish va samarali yechimlarni topish uchun maydonga aylanadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 12:22


O‘zbekiston parlamenti vakillari Bokuda O‘zbekiston milliy paviloniga tashrif buyurdi

СОР29 sammitida namoyish etilgan O‘zbekiston milliy pavilonida Orol mintaqasini tiklashga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, “yashil” o‘rmonlar barpo etish va mahalliy aholi turmush darajasini oshirish kabi keng ko‘lamli dasturlar taqdim etilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 11:25


🇨🇳 Xitoy dunyodagi eng yirik suzuvchi quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi

Ushbu loyiha quvvati 1 GVt bo‘lib, 2934 ta platformaga ega, umumiy maydoni esa 1223 gektarni tashkil qiladi.

Loyihaning yakunlanish muddati hozircha noma’lum.

Stansiya ishga tushirilgandan keyin yiliga 1,78 mlrd kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 10:29


Muxolifat afzal ko‘rayotgan Abxaziyadagi vaziyatni kuch bilan hal qilish yanada beqarorlashuvga, iqtisodiy yo‘qotishlarga va gumanitar inqirozga olib keladi

Abxaziya prezidentining axborot markazida shunday bayonot berildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 09:38


🇰🇿 Qozog‘istonda sobiq masjid binosida gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Sputnik Qozog‘istonga ko‘ra, yana 17 kishi jarohat olgan.

Oqmo‘la viloyati Sabinidi qishlog‘idagi bino butunlay vayron bo‘lgan, biroq yong‘in sodir bo‘lmagan.

Vayronalar ostidan erkak, ayol va 12 yoshli bolaning jasadi topilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 08:49


Rossiyaning “Na-Na” pop guruhining sobiq solisti Vladimir Levkin vafot etdi

U 57 yoshda edi.

Uning vafoti haqida rafiqasi xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 07:24


🇨🇳 🇺🇸 Si Szinpin va Jo Bayden Peruda uchrashdi

Uchrashuv Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida bo‘lib o‘tdi.

Xitoy rahbari Pekin AQSHning yangi ma’muriyati bilan ishlashga tayyorligini va Vashington bilan “sog‘lom va barqaror” munosabatlarni saqlab qolish tarafdori ekanini aytdi.

Bu ularning Bayden prezidentligi davridagi uchinchi uchrashuvi hisoblanadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 06:19


🏆Ikki o‘zbek sablyachisi Jahon kubogining finalida bellashishdi

Toshkent mezbonlik qilayotgan qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi bosqichida yakkalik bellashuvlari yakunlandi.

Islombek Abdazov va Zuhriddin Qodirov o‘rtasidagi bellashuvda Abdazov bosh sovringa ega chiqdi.

🥇 Islombek Abdazov (O‘zbekiston);
🥈 Zuhriddin Qodirov (O‘zbekiston);
🥉 Adem Kupeli (Turkiya);
🥉 Oskar Vajda (Vengriya).

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

17 Nov, 05:12


🚩 Tanzila Narbayeva Bokuda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasida nutq so‘zladi

Senat raisi O‘zbekistonda prezident boshchiligida qator tashabbuslar ilgari surilayotganini, dunyo hamjamiyatini bir bo‘lishga chorlovchi xalqaro takliflar bildirilganini ta’kidladi.

Shuningdek, birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va hukumatlarga taqdim etish amaliyotini keng joriy etish maqsadga muvofiqligi bildirildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 16:56


🐼☃️Moskvadagi hayvonot bog‘ida Katyusha nomli panda qorbobo bilan o‘ynamoqda

Bugun Moskvada XXI asrdagi ikkinchi eng qorli 4-noyabr bo‘ldi. Qor qoplamining balandligi 6 santimetrga yetdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 16:27


YeOII rezidentlari uchun Rossiyaga kirish boshqa chet elliklarga qaraganda ancha oson

▪️Ularga xorijga chiqish pasporti kerak emas va uzoqroq muddat migratsiya uchun roʻyxatdan oʻtmasdan yurish mumkin.

▪️Belarus fuqarolari va RFga 30 kungacha kiruvchi shaxslarga migratsiya kartasi kerak boʻlmaydi. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti bilan kelgan har bir kishi uchun uni toʻldirish shart emas.

▪️YEOII mamlakatlari fuqarolari uchun ishga joylashish osonroq – ularga patent kerak emas. Ular oʻz oilalari bilan kelishlari va RFda mehnat shartnomasi amal qilgan vaqtda yashashlari mumkin.

▪️Ish topishda majburiy tibbiy sugʻurta polisi va bir qator imtiyozlarni qoʻlga kiritish mumkin.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 16:03


❗️🇺🇸 AQSHda prezidentlik saylovi oldidan Oq uy, Kapitoliy va Harris qarorgohi atrofiga himoya to‘siqlari o‘rnatilmoqda

Mahalliy OAVning xabar berishicha, yaqin atrofdagi ofislar, kafe va do‘kon egalari ham ertaga bo‘lib o‘tadigan saylovdan keyin yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklardan qo‘rqib, eshik va oynalarini yopib, xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 15:50


🇺🇿💡2024-yil energetika korxonalari uchun samaradorlik va tejamkorlik yili bo‘ladi — Shavkat Mirziyoyev

Bu haqda prezident elektr energetikasini transformatsiya qilish va xususiy operatorlarni jalb etish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi.

Unda elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonlarini alohida kompaniyalarga ajratish, shuningdek, $4,3 mlrd investitsiya jalb qilish orqali yangi 5,7 gigavatt quvvat yaratish rejalari muhokama qilindi.

Kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda xususiy operatorlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 15:42


Namanganda aholiga ajratilgan 4,1 mlrd. soʻmlik koʻmir talon-toroj qilindi

Aniqlanishicha, “Koʻmir taʼminot” MCHJning Namangan shahar koʻmir ombori masʼullari 13,3 ming tonna koʻmirni 4,1 mlrd soʻmga boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

Koʻmir kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga yetkazib berish uchun ajratilgan boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 15:24


🚍Farg‘onada 48 ta yangi avtobus yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, avtobuslar shahar ichidagi 4 ta yo‘nalishda harakatlanmoqda.

Barcha avtobuslarda elektron to‘lov tizimi joriy etilgan, naqd pulda yo‘l kira narxi 3000 so‘m, elektron shaklda (ATTO) kartalari orqali esa 2400 so‘m deb belgilangan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 15:03


Surxondaryodagi Sina va Omonxona qishloqlariga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi

Sina Denov tumanida, Omonxona esa Boysun tumanida joylashgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 14:42


🇺🇿 🇨🇳 Shanxayda Abdulla Aripov Xitoy Bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi

Uchrashuv 5-10-noyabr kunlari o‘tkaziladigan yettinchi Xitoy xalqaro import mahsulotlari ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki davlatning strategik hamkorligi, savdo aloqalari va iqtisodiy ishbilarmonlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, 2023-yilda savdo aylanmasi $14 mlrd.gа yetgani va bu raqamni $20 mlrd.gа ko‘tarish maqsad qilinayotgani ta’kidlandi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 14:25


🌧O‘zbekistonga sovuq va nam havo oqimi kirib kelmoqda

"O‘zgidromet" ma’lumotiga ko‘ra, havo harorati asta-sekin pasayadi. 7-8-noyabrda kechalari 0-5 daraja, kunduzi esa 5-10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

5-6-noyabr kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda qorga aylanishi mumkin. Shu bilan birga, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli bor.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 13:52


🚨Ayni paytda Toshkent ko‘chalarida 10 balli "probka"lar kuzatilmoqda

Yandeks ma’lumotlari shundan darak bermoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 13:38


🟠 🇺🇿 Prezident tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi

🔸Unga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab, bitta huquqbuzarlik uchun faqat bitta javobgarlik chorasi joriy etiladi;

🔸Tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat olib borgani uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

🔸Raqamli markirovka va fiskal belgilarni buzish, hamda xodimlar sonini yashirish uchun ma’muriy javobgarlik bekor etiladi;

🔸2025-yil 1-martdan sudda ishni kelishuv orqali tugatgan holda, davlat bojining bir qismini qaytarish imkoniyati yaratiladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

04 Nov, 13:11


🔬🇺🇿 Farg‘onada vodiyda yagona bo‘lgan DNK sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi ochildi

Viloyat hokimiyati ma’lumotiga ko‘ra, laboratoriya $600 minglik zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

Endi mahalliy huquq-tartibot idoralari kelib tushayotgan dalillarni to‘liq va aniq tahlil qilish uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 14:04


🇮🇷 Tehronda Amerika elchixonasi eronlik talabalar tomonidan bosib olinganining 45 yilligi munosabati bilan ommaviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 13:02


🚩 YeOII: “Cheksiz tranzit” loyihasi 2025-yilning birinchi choragida Xitoy-Qozog‘iston-Rossiya-Belarus yo‘nalishi bo‘yicha ishga tushiriladi

YeOIIda yagona transport makonini yaratish uchun raqamli texnologiyalarga o‘tish masalalari tegishli idoralar vakillari tomonidan muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari raqamli platformani ishlab chiquvchilarga loyihani YeOII doirasida avtomobil tashuvlari uchun kengaytirish imkoniyatlarini baholash istagini bildirdilar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 12:11


“Qamchiq”da yuk avtomobili yonib ketdi

Hodisa bugun soat 14:30 larda dovon hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 226-kilometrida sodir bo‘ldi.

Yong‘in yuk avtomobilida qisqa tutashuv sababli yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan va transport vositalarining harakati tiklangan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 11:05


🔸Xayriya poygasi - buyuk ishga hissa qo‘shish imkoniyati

Marafonda qatnashish uchun yig‘ilgan mablag‘ xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.

Rossiyaning “M Cosmetic” kompaniyasi bosh direktori Denis Kosachenko @Sputnikuzbek muxbiriga nima uchun u va uning xodimlari Samarqand marafonida ishtirok etgani haqida so‘zlab berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 10:07


❗️Rossiya harbiylari Donetsk Xalq Respublikasidagi Vishnevoye aholi punktini ozod qildi

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 09:28


🇺🇿 🇨🇳 Abdulla Aripov Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etadi

Tadbirda Qozog‘iston, Mo‘g‘uliston, Serbiya va boshqa davlatlar hukumat rahbarlari ham ishtirok etadi, deya xabar beradi Xitoy TIV.

Ko‘rgazma 5-10-noyabr kunlari Shanxayda bo‘lib o‘tadi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 08:21


🔸Samarqand marafonida hatto “dinozavr”lar ham ishtirok etdi

Xalqaro xayriya poygasining eng yorqin lahzalarini videolavhamizda ko‘ring.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 07:02


🥊Boks: Chernogoriyadagi JCHda O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili oltin medal qo‘lga kiritdi

Boks bo‘yicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida dastlabki finallar ortda qoldi.

Unda O‘zbekiston vakillari Sayfiddin Sobirov va Akmaljon Isroilov oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

4 nafar bokschi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bugun kechki dasturda yana 4 nafar O‘zbekiston vakili oltin medal uchun bahs olib boradi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 06:00


🔸Samarqandda yugurish oson kechdi – rossiyalik marafon ishtirokchisi

29 yoshli IT mutaxassisi Aleksandr Lapin Samarqand marafonida ilk bor ishtirok etdi.

U o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, deb xabar bermoqda @Sputnikuzbek muxbiri.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 05:05


🔸🏃🏻‍♂️‍➡️Samarqandda Samarkand Marathon xalqaro xayriya marafoni bo‘lib o‘tmoqda

Bu yil marafonda 43 davlatdan 5,5 mingdan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda, deb xabar bermoqda @Sputnikuzbek muxbiri.

“Elita” toifasida Leonard Mukung (Keniya), Zikrullo Mamatqulov (O‘zbekiston), Yelena Tolstix (Rossiya) kabi atletlar ishtirok etmoqda.

Qizig‘i shundaki, marafonning eng yosh ishtirokchisi 4 yoshda, eng yoshi kattasi esa 85 da.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

03 Nov, 04:40


🌤3-noyabr uchun ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi.

Harorat +20...+25° iliq bo‘ladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Nov, 17:02


Moskvada haydovchisiz tramvay sinovdan o‘tmoqda

Tramvay sunʼiy ong tomonidan boshqariladi. U vaziyatni lidarlar yordamida baholaydi. Lidar — lazer nuri yordamida 360 gradus atrofda va 200 metr masofada joylashgan har bir obyektning harakatini aniqlashga qodir. Sunʼiy ong ushbu maʼlumotlar asosida vaziyatni baholash va prognoz qilishni, yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni biladi.

Dastlabki bosqichda haydovchisiz tramvay harakatlari haqiqiy haydovchi tomonidan nazorat qilib turiladi.

Ayni damda u 2 ming km masofa bosib o‘tdi, 2025 yil oxirida haydovchisiz tramvayni to‘liq ishga tushirish rejalashtirilgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

02 Nov, 13:54


AQSHlik Deniyel Martindeyl 2 yil davomida Ukrainada olgan fotosuratlarini ko‘rsatdi

Shuningdek u AQSHda yashayotgan ota-onasida xavotirda ekanini va agar ular bilan biror kor-hol bo‘lsa AQSH hukumatidan ko‘rishini maʼlum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 11:57


🔸MDH missiyasi kuzatuvchisi Buxoro viloyatidagi saylov uchastkalarida bo‘ldi

Rossiya Davlat Dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Artyom Turov viloyatdagi 5 ta saylov uchastkasida bo‘lganini ta’kidladi.

Xalqaro kuzatuvchi jarayon amaldagi qonunchilik doirasida kechayotgani, saylovchilar unda faol ishtirok etayotganini qayd etdi, deb xabar berdi @Sputnik_lotin muxbiri.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 11:36


Parlament saylovlari paytida qonunbuzarliklar sodir etilgani haqidagi OAV xabarlari tasdiqlanmadi – BP

Bosh prokuratura saylov uchastkalarida qonunbuzarliklar sodir etilgani haqida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 16 ta xabarni oʻrgandi.

Bosh prokuror oʻrinbosari Shohrux Aminov xabarlarning birortasi ham tasdiqlanmaganini maʼlum qildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 11:11


Oybek Usmonov O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi etib tayinlandi

Elchi bugun Afg‘oniston poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Diplomat 62 yoshda.

U Misr va Pokistondagi elchi, 2011-2012-yillarda esa O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 11:07


❗️Soat 15:00 holatiga O‘zbekistondagi parlament saylovida saylovchilarning 62,70 foizi ishtirok etdi

Jami ovoz berganlar soni: 12 mln 504 ming 688 nafar.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 10:48


🔸🗳Oʻzbekiston parlamentiga saylovlar: Moskvada ovoz berish faol davom etmoqda

Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasida 31-saylov uchastkasi ochildi.

@SputnikUzbek muxbirining xabar berishicha, 5 mingga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etishi kutilmoqda.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 10:22


🔸🇧🇾 Belarus Milliy Majlisi Kengashi raisi oʻrinbosari Chirchiqdagi saylov uchastkalarida boʻldi

@SputnikUzbek muxbirining yozishicha, Sergey Xomenko saylovchilar, ayniqsa, yoshlar faolligini qayd etgan.

Xalqaro kuzatuvchi yangi saylanadigan deputatlar ham Oʻzbekiston va Belarus parlamentlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik ishlarini davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 09:58


🔸Avval saylov: samarqandlik yangi turmush qurgan juftlik oilaviy hayotini ovoz berishdan boshladi

Shu soatgacha Samarqandda kamida 3 nafar yosh juftlik saylov berdi, deb xabar beradi @SputnikUzbek muxbiri.

Bulungʻur, Urgut va Nurobod tumanlaridan yangi turmush qurgan yoshlar FHDYO boʻlimiga borishdan oldin oʻz saylov huquqidan foydalangan.

Soat 11:00 holatiga koʻra, viloyat boʻyicha 647 ming 310 nafar fuqaro yoki roʻyxatga kiritilgan saylovchilarning 30,02 foizi ovoz berishda ishtirok etdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 09:34


🔸Qozog‘istonlik xalqaro kuzatuvchi Ikrom Hoshimjonov Toshkentdagi 575-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi

Bu haqda @Sputnik_lotin muxbiri xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 09:08


❗️Soat 13:00 holatiga O‘zbekistondagi parlament saylovida saylovchilarning 47,62 foizi ishtirok etdi

Jami ovoz berganlar soni: 9 498 589 nafar.

Saylov “bo‘lib o‘tdi” deb topildi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 09:06


🔸Toshkent shahridagi 575-saylov uchastkasida birinchi marta ovoz berayotgan yigit-qizlar uchun sovg‘alar tayyorlandi

Bu haqda @Sputnik_lotin muxbiri xabar berdi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 08:56


🥈Figurali uchish bo‘yicha Gran-pri turniri: O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kumush medal qo‘lga kiritdi

Yekaterina Geynish hamda Dmitriy Chigirev Kanadaning Galifaks shahrida o‘tayotgan musobaqada 189.65 ball to‘pladi.

Bu juftlik yo‘nalishida o‘zbekistonlik sportchilarning Gran-pri turnirlarida qo‘lga kiritgan ilk medali bo‘ldi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 08:25


🔸MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev Toshkentdagi 575-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi

Xalqaro kuzatuvchilar saylovchilar bilan suhbatlashdi, birgalikda suratga tushdi va ovoz berish jarayoni bilan tanishdi, deb xabar berdi @Sputnik_lotin muxbiri.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 08:11


🇺🇿 Mirziyoyev oila a’zolari bilan saylovda ovoz berdi va saylov uchastkasiga kelgan fuqarolar bilan muloqot qildi

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 07:51


🔸Samarqandlik 18 yoshli talaba muhim siyosiy jarayonda birinchi marta qatnashdi

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi Sevinch Murodullayeva saylov uchastkasiga birinchilardan bo‘lib keldi, deb xabar berdi @Sputnik_lotin muxbiri.

U mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarning dasturlarini diqqat bilan o‘rganganini ta’kidladi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari

27 Oct, 07:32


🔸Biz nafaqat ovoz berish qanday o‘tayotganini, balki uchastkalar qanday ochilayotganini ham ko‘rib chiqdik – MDH PA Kengashi Bosh kotibi

Xalqaro kuzatuvchilar guruhi Toshkent shahridagi 577-saylov uchastkasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi @Sputnik_lotin muxbiri.

Dmitriy Kobitskiyga ko‘ra, guruh 63 kishidan iborat bo‘lib, ularning 30 dan ortig‘i bevosita O‘zbekistonda ishlaydi.

Sputnik kanali👉lotin 👉 кирилл

1,351

subscribers

9,714

photos

5,729

videos