#хушхабар
* * * *да салкам 7 кг лик ўғил чақалоқ туғилди
Chaqaloqni bunaqa katta vazn bilan tug'ilishini shaxsan man xushxabar deb hisoblamagan bo'lardim. Tibbiyotda chaqaloq vaznining 4-4.5 kg dan ortiqcha ekanligi makrosomiya deb nomlanadi va bir nechta kasallik asorati bo'lishi mumkin.
Bunday chaqaloq tug'ilishining eng ko'p tarqalgan sabablaridan biri onadagi gestatsion diabetni nazorat qilinmasligi hisoblanadi (makrosomiya gestatsion diabetning eng keng tarqalgan asoratidir)
Onadagi insulinorezistentlik hisobiga rivojlangan giperglikemiya natijasida homilada ham giperglikemiya kuzatiladi, bu esa giperinsulinemiyaga va shu orqali ortiqcha glukozaning yog' sifatida to'planishiga sabab bo'ladi va homila vazni ortib boraveradi.
Bundan tashqari giperglikemiyaga javoban yuqori darajada insulin sekretsiya qilishga moslashgan homila tug'ruqdan keyin onadan keladigan glukoza taminoti bo'lmasa ham katta miqdorda insulin sekretsiya qilishda davom etishi mumkin va bu neonatal gipoglikemiya rivojlanish xavfini oshiradi.
Shuning uchun makrosomiya holatini oldini olish va tug'ruqdan keyingi asoratlar rivonlanmasligi uchun ona va bola qonidagi qand miqdorini doimiy kuzatib borish juda muhumdir!
Hurmat bilan Endokrinolog Husan Ilxomovich
Manba: Medicine with DJ