Pharmacology.uz @pharmacology_uz Channel on Telegram

Pharmacology.uz

@pharmacology_uz


Ушбу каналда фармакологияга оид материаллар ва дорилар хакида
маълумотлар бериб борилади.

Хамкоримиз: @Hd_Reklama_Agentlik

👨‍⚕️ Мурожаат учун: @Bekhzod_Usmonov

Pharmacology.uz (Uzbek)

Bu kanalda farmakologiya bilan bog'liq ma'lumotlar va dori haqida malumotlar taqdim etiladi. Kanalda farmakologiya sohasidagi so'nggi yangiliklar, tadqiqotlar va tadqiqotlar mavjud. Farmatsevtika sohasining mutaxassislarining izohlari, fikrlari va tavsiyalarini topish mumkin

Pharmacology.uz kanali sizga farmatsevtika sohasida eng so'nggi va foydali ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu kanal orqali siz farmakologiya sohasidagi rivojlanishlardan, yangiliklardan va huquqlardan xabardor bo'lishingiz mumkin

Kanalda har bir maqola, darslik va ma'lumot eng yangi farmakologiya sohasidagi yangiliklarni o'rganishingizga yordam beradi. Farmatsevtika sohasida yangi rivojlanishlardan xabardor bo'lish, so'nggi dori haqida malumotlarni olish uchun Pharmacology.uz kanaliga obuna bo'ling

Kanalimiz: @pharmacology_uznnHamkorimiz: @Hd_Reklama_Agentlik nn👨‍⚕️ Murojaat uchun: @Bekhzod_Usmonov

Pharmacology.uz

11 Jan, 14:43


​​🚨 Миртел

❇️ Дори шакли: таблетка

♻️ Таркиби:
• фаол модда: миртазапин

💠 Фармакотерапевтик гурухи: Психоаналептик. Антидепрессант

Қўлланилиши:

турли этиологияли депрессив ҳолатларни даволашда қўлланади.
 
Қўллаш усули ва дозалари:

Суткалик доза, одатда 15 дан 45 мг гачани, бошланғич доза – 15 ёки 30 мг ни ташкил этади.

🚷 Қўллаш мумкин бўлмаган ҳолатлар:

– Фаол моддага ёки компонентлардан бирига юқори сезувчанлик
– Ҳомиладорлик, лактация даври
моноаминооксидаза (МАО) ингибиторлари билан бир вақтда қабул қилиш
– 18 ёшгача бўлган болаларда қўллаш мумкин эмас.


🚫 Ножўя таъсирлари:

Иштаҳани ошиши, тана вазнини ошиши
– Уйқучанлик, седация, бош оғриғи, оғизни қуриши
– Тез-тез: летаргия, онгни чалкашиши, уйқусизлик, тунги даҳшатлар, безовталик бош айланиши, толиқиш тремор, кўнгил айниши, қусиш, диарея, экзантема, артралгия, миалгия, белда оғриқ, ортостатик гипотензия, периферик шиш


🚨👉 @Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

11 Jan, 14:05


🟢Dofamin jamoasi Online Fiziologiya kurslariga qabul boshlandi!

❤️ Kurs davomida:
- har bir dars uchun video, ppt, konspekt, testlar beriladi
- qo‘shimcha qiziqarli materiallar taqdim etiladi
- har bir o‘tilgan dars yozib olinib, guruhga tashlab boriladi
- guruhlar kurs tugagandan keyin ham o‘chirilmaydi!

• Kursdoshlar aksiyasi!

📥Biz sizga hammasini qulay formatda o‘rgatamiz!

💬Batafsil ma'lumot olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun: @dofamin_admin

🎙Dofamin jamoasi

Pharmacology.uz

09 Jan, 15:09


​​💊 Folat kislotasi

❇️ Dori shaklitabletkalar

♻️Tarkibi:
faol modda: folat kislotasi
yordamchi moddalar: glyukoza monogidrati, stearin kislotasi

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Antianemik vositalar. Folat kislotasi
va uning hosilalari.


Qoʻllanilishi:

homiladorlarda makrotsitar anemiyalar, xususan, megaloblast anemiyasi
– gemopoezni normallashtirish, kasallikning klinik kòrinishlarini bartaraf qilish yoki kamaytirish maqsadida
– Ionlanuvchi radiatsiya, kimyoviy moddalar, shu jumladan dori vositalari ta'sirida yuzaga kelgan anemiya va leykopeniya
– me'dani yoki ichakning bir qismini rezeksiya qilish natijasidagi anemiyalar
– ichak tuberkulozi va surunkali gastroenteritlar oqibatida rivojlangan anemiya (bu kasalliklarda anemiya rivojlanmasa ham ko'rsatilgan)
– pernitsioz anemiya
– pellagrada qo'llaniladi.
– depressiyalarda va havotirlik oshganida yordamchi modda sifatida foydalaniladi.
– bachadon bo'yni displaziyasini davolashda qo‘llanadi

Qoʻllash usuli va dozalari:

🔺Folat kislotasi odatda ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Preparatning dozasi va davolash davomiyligi shifokor tomonidan kasallik kechishiga qarab belgilanadi.

🚷 Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlik
– xafli oʻsmalar
B12 vitamini tanqisligi 👈
– xavfli anemiyalar
– kobalaminning davolanmagan
tanqisligi

3 yoshgacha bo'lgan bolalarda

🚫 Nojoʻya taʼsirlari:

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan:
anoreksiya, koʻngil aynishi, qusish, qorin dam boʻlishi, ogʻizda achiq taʼm sezish.
Immun tizimi tomonidan:
allergik reaksiyalar: eritrema, toshmalar, qichishish, eshakemi, hansirash, anafilaktik reaksiyalar, arterial gipotoniya, anafilaktik reaksiyalar
MNT tomonidan: isitma, tungi uyqu buzilishi, tirishishlar.
Siydik chiqarish sistemasida:
buyrak naychalarida epitelial hujayralarni gipertrofiyasi va ularning buzilishi.


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

06 Jan, 14:08


⚡️HAR BIR MEDIK BILISHI ZARUR BO'LGAN MA'LUMOTLAR
• Tibbiyot talabalari uchun eng muhim TOP 100 kasalliklar
• Hozirgi kunda tibbiyotda eng ko'p qo'llaniladigan TOP-100 dori preparatlari ro'yxati
• Amaliyotda ko’p qo’llaniladigan Inyeksiya va Dorilar
• Gastroentrologiyada qo'llaniladigan dorilar
• Yurak yetishmovchiligida ishlatiladigan preparatlar
• O’tkir respirator virusli infeksiyalar (ORVI) va ular keltirib chiqaradigan simptomlar
• ORVI (o'tkir respirator virusli infeksiyalar) davolash
• Gormonlar haqida ma’lumot
• Sariqlik simptomini differensial diagnostika qilish
• Isitma (o‘tkir): differensial diagnostika
• Aritmiyalarning uchrash sohalari
• Gipertonik KRIZ nima va birinchi yordam?
• Surunkali bronxit
• Reyye (Reya) sindromi
• Reyno sindromi
• Ko‘ruv yo‘llari haqida ma’lumot
• Epitimpanit
• Kindik churrasi haqida bilishingiz muhim bo‘lgan ma’lumotlar
• Ichak tutilishi haqida bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar
• Terminal xolatlar
• Kollaps
• O‘tkir nafas yetishmovchiligi

🔥 HIGH-YIELD KONSPEKTLAR
• Pediatriyaga oid barcha ma’lumotlar
• Anestiziologiya va Reanimatologiya
• Yurak tug’ma nuqsonlari
• Qandli diabet: 1- va 2-tur
• Qiziloʻngach rivojlanish nuqsonlari

💥 MEDICAL ENGLISH
• Miokard infarkti - Myocardial Infarction (Heart Attack)
• Bronxit – Bronchitis
• Peptic ulcer disease (Oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi)
• Astma – Asthma
• Gipertenziya - Hypertension (High Blood Pressure)
• O’SOK - Chronic Obstructive Pulmonary Disease (COPD)
• Nafas olish bilan bog'liq tibbiy atamalar

✈️https://t.me/Apikal_med

Pharmacology.uz

31 Dec, 05:35


🚨👉@Pharmacology_uz

5 ta tom xohlovchilar uchun

Pharmacology.uz

31 Dec, 05:34


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

31 Dec, 05:34


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

31 Dec, 05:34


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

31 Dec, 05:34


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

14 Dec, 15:04


​​💊 MAGNE B6

❇️ Dori shakli: tabletka

♻️ Tarkibi:

• faol moddalar: magniy laktat digidrati, piridoksin gidroxloridi
yordamchi moddalar: saxaroza, ogʻir kaolin, akatsiya yelimi karboksipolimetilen, talk (magniy gidroksilikati), magniy stearati, karnaub mumi (kukun), titan dioksidi.


💠 Farmakoterapevtik guruhi:
 Vitamin-mineralli majmua

Qoʻllanilishi:

asabiylik, taʼsirchanlik
– kuchsiz xavotirlik, oʻtkinchi toliqish
– uyquni buzilishi
– meʼda-ichak spazmlari
– yurakni tez-tez urishi (sogʻlom
yurakda) shaklidagi bezovtalik
koʻrinishlari
– mushak tirishishlari, sanchilish hissi

Qoʻllash usuli va dozalari:

Bir stakan suv bilan birga qabul qilish kerak.
Kattalar: 2-3 qabulga boʻlingan sutkada 6-8 tabletkadan, ovqat qabul qilish vaqtida
Bolalar: sutkada 10-30 mg/kg, yaʼni 6 yoshdan oshgan bolalarga (tana vazni taxminan 20 kg) 2-3 qabulga boʻlingan sutkada 4-6 tabletka, ovqatlanish vaqtida. Odatda davolashning davomiyligi bir oyni tashkil qiladi. Qondagi magniyning darajasi normallashganidan keyin davolashni toʻxtatish kerak.


🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
– ogʻir buyrak yetishmovchiligi
– 6 yoshdan kichik bolalarga

❗️Homiladorlikda va laktatsiya davrida ehtiyotkorlik bilan qo'llash tavsiya etiladi.

🚫 Nojòya ta'sirlari:

diareya
qorinda ogʻriqlar
teri reaksiyalari
allergik reaksiyalar


🚨👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

14 Dec, 10:08


#Карсил таблетка
🔱TARKIBI :
 silimarin moddasi
TA'SIRIGA KO'RA 🙄
Jigar kasalliklarida qo'llaniladi. Gepatoprotektor.
QO'LLANILISHI
-- jigarning toksik zaharlanishida
-- Jigar kasalliklarida
-- Surunkali jigar kasalliklarida va jigar sirrozida qabul qilinadi
--Jigar ishi faoliyatini normallashtiradi
-- Giyohvandli va alkogolli vositalarni ko'p qabul qilish oqibatida kelib chiqqan jigar zaharlanishlari kabi holatlarda qabul qilinadi.
-- O'tkir gepatitdan keyingi holatda
QABUL QILISH USULI
12 yoshdan katta va katta yoshdagilar uchun buyuriladi.
Kuniga 1 tabletkadan 3 mahal qabul qilinadi.
Shifokor belgilab bergan dozada qabul qilganingiz ma'qul. 

🔴⛔️NOJO'YA TA'SIRI

-- Diareya
-- Ko'ngil aynish va qusish
-- Teri toshmalari 
-- Teri qichishishi 

QO'LLASH MUMKINMAS
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda
-- Homiladorlik va emizish davrida 
-- 12 yoshdan kichik bo'lganlarga mumkin emas.

Pharmacology.uz

11 Dec, 13:58


🚨 Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga mushak orasiga yuborish mumkin boʻlgan baʼzi dorilar roʻyxati!

Bilsangiz bilarsiz 😅

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

08 Dec, 14:32


💊Магний етишмовчилигида қабул қилинадиган препаратлар!!!

⭕️Магний(Мг) етишмовчилигининг белгилари

Бармоқлардаги санчиш ва увушиш
Грипп ҳолати(ҳолсизлик ва чарчоқ)
Мушаклардаги тунги титроқ
Мушаклардаги оғриқ
Эмоционал ўзгаришлар(депрессияга мойиллик)
Юрак ритмини ўзгариши
Сурункали қабзият

🩺Магний етишмовчилигини даволашда қўлланиладиган препаратлар
💊Магне Б6
💊Магне Б6 форте
💊Магнелис
💊Магнефар Б6
💊Маг Б6
💊Магнез Б6

Магний етишмовчилигини олдини олмоқчи бўлсангиз, қуйидаги маҳсулотлар кундалик рациондан ўрин олиши лозим. Булар:
ёнғоқ, писта, банан, табиий йогурт, қора шоколад, авокадо, ловия, яшил сабзавотлар

Pharmacology.uz

06 Dec, 15:55


​​💊 GROPRINOSIN

❇️ Dori shakli: tabletkalar

♻️ Tarkibi:
faol modda: metizoprinol (inozin pranobeks) - 500 mg
• yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon K-25, magniy stearati, etanol.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Viruslarga qarshi vosita.

Qoʻllanilishi:

— I yoki II tip gerpes viruslari va Varicella zoster virusi (suvchechak va oʻrab oluvchi temiratki virusi) chaqirgan teri va shilliq qavati infeksiyalarida
– anogenital sohadagi papilloma virusi infeksiyasi, oʻtkir uchli kondiloma, CO2 lazer dekstruksiya va podofillin bilan davolashga qoʻshimcha sifatida
– nimoʻtkir osti sklerozlanuvchi panensefalitda
– immun tizimi susaygan patsiyentlardagi virusli infeksiyalar chaqirgan immuntanqislik holatlarida qoʻllaniladi
.

Qòllash usuli va dozalari:

🔺Ovqatdan keyin, teng vaqt oraligʻida sutkada 3-4 marta ichga qabul qilinadi,
zarurati boʻlganida tabletkani chaynash, bevosita qoʻllashdan oldin maydalash va/yoki koʻp boʻlmagan miqdordagi suvda eritish mumkin (6 yoshdan kichik bolalarda aspiratsiyadan saqlanish uchun)
🔺Immuniteti susaygan patsiyentlar (majmuaviy davolashda):
kattalar
- 2 tabletkadan sutkada - 3-4 marta, davolash kursi 2 haftadan 3 oygacha
bolalar
- sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg hisobidan 3-4 qabul qilishda 21 kun (yoki 3 kurs 7-10 kun davomida xuddi shunday interval bilan)

🚷 Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik
– podagra, siydik tosh kasalligi
– lll darajali oģir buyrak yetishmovchiligi
– 1 yoshgacha boʻlgan bolalar

🚫 Nojòya ta'sirlari:

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani pasayishi, baʼzida qusishga olib keluvchi koʻngil aynishi, qorin sohasida ogʻriq, diareya, qabziyat
jigar tomonidan: qonda aminotransferazalar, ishqoriy fosfataza faolligini va karbamid azotini oshishi
teridagi oʻzgarishlari: qichishish, toshma
nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi va bosh aylanishi, charchoqlik, oʻzini yomon his qilish, asabiylik, uyquchanlik yoki uyqusizlik
siydik tanosil tizimi aʼzolari tomonidan: poliuriya (siydik hajmini oshishi)
allergik reaksiyalar – dogʻli-papullez toshma, eshakyemi, qichishish, angionevrotik shish.


🚨👉@Pharmacology_uz👈

Pharmacology.uz

01 Dec, 13:36


@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

01 Dec, 08:54


💠 FARMAKOLOGIYA.

📋Mavzu: Ionotrop & Enzimatik retseptorlar!

🔗https://youtu.be/T72k0PQpT-M?si=5x-ZhaOsDW2xsKVS

Bizni kuzatishda davom eting!
🔵 Telegram |🟥 You tube

Pharmacology.uz

29 Nov, 12:58


🚨 Yalligʻlanishga qarshi dori vositalari.

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

28 Nov, 12:42


Клотримазол маз 

🔱 DORI SHAKLI :😇

maz ( surtma )

♻️TARKIBI :
100 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 🔱

Klotrimazol 100% moddaga qayta hisoblanganda – 1 g.

Yordamchi moddalar:
-- Propilenglikol – 12,5 g, 
-- Metilparagidroksibenzoat (nipagin) – 0,2 g,
-- Qahrabo kislotasi – 0,5 g, 
-- Natriy benzoati – 6 g, 
-- Emulsion mum – 3 g, 
-- Kanakunjut moyi – 14 g, 
-- Metilsellyuloza – 3 g, 
-- Distillangan monoglitseridlar – 1,5 g, 
--Tozalangan suv – 100 g gacha.
♻️TA'RIFI: ♻️
Oq yoki deyarli oq rangli, kuchsiz oʻziga xos hidli surtma.

🔱TA'SIR QILISHIGA KO'RA 🔱
 Zamburugʻlarga qarshi vosita.

♻️PREPARAT XUSUSIYATLARI♻️
Sirtga qoʻllash uchun imidazol hosilalari guruhiga mansub zamburugʻlarga qarshi vosita, mikrob devorining hujayra membranasining tarkibiy qismi boʻlgan ergosterolning sintezini pasaytiradi va uning strukturasi va xususiyatlarini oʻzgarishiga olib keladi.

Kichik konsentratsiyalarda fungistatik, katta (20 mg/ml dan ortiq) konsentratsiyalarda esa – fungitsid, ayni paytda nafaqat proliferatsiyalanuvchi xujayralarga taʼsir qiladi.
Fungitsid konsentratsiyalarda mitaxondrial va peroksidaz fermentlar bilan oʻzaro taʼsir qiladi, buning natijasida vodorod peroksidining konsentratsiyasini toksik darajagacha oshishi yuz beradi, bu ham zamburugʻ hujayralarining parchalanishga yordam beradi.

Patogen dermatofitlar (Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis), achitqisimon va mogʻor zamburugʻlari (Candida spp., Torulopsis glabrata, Rhodotorula spp., Pityrosporum orbiculare) ga nisbatan faol.
TA'SIR QILISH MEXANIZMI
Klotrimazol teri va shilliq qavatlar orqali yomon soʻriladi va deyarli tizimli taʼsir koʻrsatmaydi. Epidermisning shox qavatida toʻplanadi, tirnoqlarning keratiniga kiradi. Epidermisning chuqur qavatlaridagi konsentratsiyasi dermatofitlar uchun minimal bostiruvchi konsentratsiyasidan yuqoriroq.
♻️QO'LLANILISHI
-- Terining, shu jumladan teri burmalari va oyoq panjasining dermatofitlar, achitqisimon (Candida spp.), mogʻor va boshqa zamburugʻlar va klotrimazolga sezgir boʻlgan qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan kasalliklarida .

-- Dermatomikoz, dermatofitiya, trixofitiya, epidermofitiya, mikrosporiya, kandidomikoz kasalliklarida 

 -- Barmoqlar orasining zamburugʻli eroziyasi, zamburugʻli paronixiya.
ikkilamchi piodermiyalar bilan asoratlangan mikozlar, majmuaviy davolash tarkibida.

-- Kepaksimon temiratki, rang-barang temiratki, eritrazmada qoʻllanadi.

-- Zamburug'li teri infeksiyasida qo'llaniladi.

Sirtga surtiladi.

Kattalarga boshqa tavsiyalar boʻlmasa, surtmani bir kunda 2-3 marta oldindan tozalangan va terining quruq jarohatlangan sohalariga yupqa qilib surtish tavsiya qilinadi. Kaft oʻlchamiga teng yuzasi maydoniga bir martalik doza – 5 mm uzunlikdagi surtmaning ustunchasi. Muvaffaqiyatli davolash uchun surtmani muntazam qoʻllash lozim.

Davolashning davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi va kasallikning ogʻirligi va joylashishiga bogʻliq. Toʻliq sogʻayishga erishish uchun surtma bilan davolashni yalligʻlanishning oʻtkir simptomlarini yoʻqolishi yoki subyektiv shikoyatlarni kamayishi bilan darrov toʻxtatish tavsiya etilmaydi. Davolashning davomiyligi oʻrtacha taxminan 4 haftani tashkil qilishi lozim.

Kepaksimon temiratki asosan 1-3 hafta davomida, eritrazma esa 2-4 hafta davomida tuzaladi.

Oyoq terisidagi zamburugʻli kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf qilingandan keyin taxminan 2 hafta davom ettirish tavsiya qilinadi.

Bolalarda 2 yoshdan boshlab qo'llaniladi.

🔴NOJO'YA TA'SIRI 😞
Mahalliy reaksiyalar: 😳
Achishish, shish, terini taʼsirlanishi va qipiqlanishi, paresteziyalar, eritematoz toshmalar, qavariqlarni paydo boʻlishi.

Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.

-- Klotrimazolga yoki yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlik.
-- Homiladorlikning birinchi uch oyligida mumkin emas .
--  2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Pharmacology.uz

27 Nov, 12:47


Эмкор таблетка
🔱🔱🔱Dori shakli :
Tabletka -- 2,5 mg , 5 mg va 10 mg dozalarda chiqadi.
TARKIBI
Bisoprolol fumarat moddasi -- 2,5 mg , 5 mg va 10 mg dozada.

♻️TA'SIRIGA KO'RA ♻️

Qon bosimini tushiruvchi vosita. Betta 1 adrenoblokator.

🔱🔱🔱QO'LLANILISHI 🔱

-- Yurak ishemik kasalliklarida
-- Qon bosimi baland bo'lganda ,ya'ni arterial gipertoniyada qabul qilinadi
-- Stenokardiyada qabul qilinadi
-- Yurak yetishmovchiligini davolash uchun qabul qilinadi.

QABUL QILISH USULI
Preparatni ertalab , ovqat bilan birga qabul qilsa bo'ladi.
Preparat sutkasiga 10 mg lik dozadagisi 1 tabletka qabul qilinadi. 
5 mg lik dozasini esa sutkasiga 1 tabletka qabul qilinadi , agar ta'sir qilmasa 2 tabletka qabul qilsa bo'ladi. 
2,5 mg dozaligini esa kasallik holatiga qarab qabul qilinadi.

🚫NOJO'YA TA'SIRI 

-- Uyquni buzilishi va qon bosimini tushib ketishi ( doza oshirilib yuborilganda ).
-- Depressiya holatlari va holsizlik kuzatilishi mumkin.
-- Bosh aylanishi va bosh og'rig'i kuzatiladi 
-- Yurak kasalligi bor bemorlarda bradikardiya kuzatiladi.
-- Qo'l oyoqlar sovqotishi kuzatiladi.
-- Bronxospazm kuzatiladi. Bronxial astma si borlarda kasallik biroz kuchayadi.
-- Ko'ngil aynish, qusish 

QO'LLASH MUMKIN EMAS HOLATLAR
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda
-- O'tkir yurak kasalliklarida va yurak yetishmovchiligida
-- Kardiogen shokda 
-- Bradikardiyada ( yurak urish soni kam bo'lganlarda)
-- Qon bosimi past yuradiganlarda va qon bosimi past bo'lganda .
-- Bronxial astmaning o'tkir shaklida 
-- Homiladorlik va emizish davrida mumkin emas.
-- Yurak blokada kasalligi borlarda mumkin emas.

Epilepsiya kasalligi og'ir davrda bo'lgan bemorlarda mumkin emas. Ya'ni kuniga bir necha marta yoki haftasiga bir necha marta epilepsiya ( tutqanoq, sudorgi ) xuruji yuz beradigan bemorlar qabul qilishi mumkin emas.

Pharmacology.uz

26 Nov, 17:00


#Левомицетиннинг хомилага таъсири:

Левомицетиннинг ҳомила организмидан секин чиқиб кетади, тератоген таъсир(боланинг турли нуксонлар билан тугилиши) кўрсатиб янги тугилган чақалоқларда:

- камқонлик
- «кул ранг» синдроми — цианоз
- тутқаноқ ва ўлим ҳолатини ривожланишини келтириб чиқариши мумкин.


@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

23 Nov, 15:55


Mavzu: Yurak yetishmovchiligida ishlatiladigan vositalar

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

21 Nov, 17:31


####################

Bugun men koʻrgan eng taʼsirli viedo

Pharmacology.uz

18 Nov, 16:34


🏷 Fundamental Farmakologiya 2020 (o'zbekcha)

https://t.me/Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

18 Nov, 16:34


https://t.me/Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

16 Nov, 15:12


Mavzu: Nafas farmakologiyasi

Muallif: Sabina Sultonova

💊Kanalimiz: @Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

13 Nov, 15:55


ФЕРАМИН

Қўлланилиши:
Темир танқислиги анемияси
Фолат етишмовчилиги
Б12 витамини етишмовчилиги  
Сурункали қон йўқотиш
Хомиладорлик ва лактация даврида анемия
Хомиладорликда ва эмизишда темир ва фолий кислотаси етишмовчилигининг олдини олиш.

Қўллаш усули ва дозалари:
Анемия билан - кунига 1 таб × 2 махал.
Профилактика мақсадида - кунига 1 таб × 1 махал
Ҳомиладорлик даврида - 1 таб × 2 махал.

@Pharmacology_uz
@FARMAKOLOGIYA_BOT

Pharmacology.uz

13 Nov, 13:52


​​Меъда ости бези ферментларини тутувчи препаратлар
Бу гуруҳ ферментатив препаратлари таркибида меъда ости безининг овқат ҳазм қилувчи ферментларини тутади( жадвалга каранг)
Меъда ости бези ферментларини тутувчи ёки уларга ўхшаш ферменгларга киради:


панкреатин (трипсин, амилаза, липаза тутади)
креон 10000, креон 25000 (панкреатин тутади)
ораза (амилаза, протеаза, мальтаза, липаза тутади)
солизим (Penicillium solitumjian олинадиган липолитик фермент)
сомилаза (солизим, амилаза тутади)
панзинорм форте Н (ўт экстракта, панкреатин, аминокислоталар)
панкурмен (амилаза, липаза, протеаза, кукурма экстракта)
фестал (амилаза, липаза, протеаза, гемицеллюлоза ва ўт компонентлари)
дигестал (панкреатин, ўт экстракта, гемицеллюлоза)
энзистал (панкреатин, гемицеллюлоза, ўт экстракта)
мезим-форте (панкреатин, амилаза, липаза, протеаза)

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

10 Nov, 16:39


Миокард инфарктда ёрдам кўрсатиш.

◾️Клиника: юрак соҳасида ачишувчи, куйишувчи кучли оғриқ.
Оғриқни чап қўл, чап жағ, курак ва баьзан ўнг қўлга узатилиши.
Ҳаво етмаслик.
Совуқ тер босиши.
Ўлим ҳисси билан кечади.

◾️Текшириш: албатта ЭКГ орқали ЭКГ да миокард инфаркти босқичига қараб турли шаклда бўлади. ST сегмент элевация ёки дипрессия фонида бўлади. ST элевация хавфли ҳисобланади чунки миокардда кўпроғ ўчоқли шикастланиш бўлади.

◾️Кўрсатилган ёрдам:

Беморга қулай жойлашув таьминланади дераза ва эшиклар очилади.

1. Оксигенотерапия

2. Морфин 1,0 мл + натрий хлор 0,9%-9,0 мл в/в жуда секин (тахикардияни ҳисобга олинг)

3. Аспирин 325 мг чайнашга ва Клопедогрил 300 мг (4 таб) ичишга берилади.

4. Гепарин 5000 эд-10000 эд +натрий хлор 0,9%-9,0 мл в/в секин.

5. Нитроглицерин 1 таб ҳар 5 минда тилостига максимал 3 таб (АД назоратида).

◾️Реанимация бўлимига госпитилизация.

Бу ҳолат аҳволи нисбатан енгил ҳолатдаги беморлар учун ёзилди бемор оғирлашга тактикага қўшимчалар бўлади.
https://t.me/Shifokor_Jonibek_Panjiyev

Pharmacology.uz

03 Nov, 16:05


​​💊 Pantokalsin
250 - 500 mg dozada chiqariladi.

❇️ Dori shakli: Tabletka

Ta‘sir etuvchi modda: Gopanten kislota.

Tarkibi: Gopanten kislota 250 mg yoki 500 mg va yordamchi moddalar;

💠 Farmakoterapevtik guruhi: Nootrop vosita.

Qòllanilishi:

🔸bosh miyani shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlaridagi kognitiv buzilishlar
🔸shizofreniya bòlgan bemorlardagi serebral organik yetishmovchilik(antidepressant va neyroleptiklar bilan majmuada)
🔸nerv sistemasining nasliy kasalliklari bòlgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda( Gentington xoreyasi, gepatoserebral distrofiya, Parkinson kasalligida)
🔸ruhiy jarayonlarning sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy)
🔸psixoemotsional zòriqish, aqliy va jismoniy ish qobilyati pasayishi, diqqatni va eslab qolishni yaxshilash uchun
🔸siyishni buzilishi: eneurez, pollakiuriya, siydikni tutib turaolmaslik, imperativ siydik qistashi
🔸bolalarda aqliy qoloqlikda, serebral falajda, duduqlanishda, kichik tutqanoqlarda


Qòllash usuli va dozalari:

— kattalarga bir martalik doza 0,5-1 g sutkalik 1,5-3 g
— bolalarga bir martalik doza 0,25-0,5 g sutkalik doza-0,75-3 g
Davo kurs davomiyligi 1-4 oygacha bazi hollarda 6 oygacha, davo kursi har 3-6 oydan sòng takroriy òtkazilishi mumkin
.

🚷 Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

— òta yuqori sezuvchanlikda
— òtkir buyrak yetishmovchiligida
— homiladorlik ( l uch oyligi ).


🚫 Nojòya ta'sirlari:

Allergik reaksiyalar :
— rinit
— konyuktivit
— teri toshmalari


👨‍⚕ Bu yerda berilayotgan ma'lumotlar qisqacha, yòriqnoma bilan tòliq tanishib chiqing

💊👉@Pharmacology_uz 👈

Pharmacology.uz

03 Nov, 06:11


#hazil
😂

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

30 Oct, 10:01


​​💊 GROPRINOSIN

❇️ Dori shakli: tabletkalar

♻️ Tarkibi:
faol modda: metizoprinol (inozin pranobeks) - 500 mg
• yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, povidon K-25, magniy stearati, etanol.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Viruslarga qarshi vosita.

Qoʻllanilishi:

— I yoki II tip gerpes viruslari va Varicella zoster virusi (suvchechak va oʻrab oluvchi temiratki virusi) chaqirgan teri va shilliq qavati infeksiyalarida
– anogenital sohadagi papilloma virusi infeksiyasi, oʻtkir uchli kondiloma, CO2 lazer dekstruksiya va podofillin bilan davolashga qoʻshimcha sifatida
– nimoʻtkir osti sklerozlanuvchi panensefalitda
– immun tizimi susaygan patsiyentlardagi virusli infeksiyalar chaqirgan immuntanqislik holatlarida qoʻllaniladi
.

Qòllash usuli va dozalari:

🔺Ovqatdan keyin, teng vaqt oraligʻida sutkada 3-4 marta ichga qabul qilinadi,
zarurati boʻlganida tabletkani chaynash, bevosita qoʻllashdan oldin maydalash va/yoki koʻp boʻlmagan miqdordagi suvda eritish mumkin (6 yoshdan kichik bolalarda aspiratsiyadan saqlanish uchun)
🔺Immuniteti susaygan patsiyentlar (majmuaviy davolashda):
kattalar
- 2 tabletkadan sutkada - 3-4 marta, davolash kursi 2 haftadan 3 oygacha
bolalar
- sutkalik doza tana vazniga 50 mg/kg hisobidan 3-4 qabul qilishda 21 kun (yoki 3 kurs 7-10 kun davomida xuddi shunday interval bilan)

🚷 Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik
– podagra, siydik tosh kasalligi
– lll darajali oģir buyrak yetishmovchiligi
– 1 yoshgacha boʻlgan bolalar

🚫 Nojòya ta'sirlari:

ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtahani pasayishi, baʼzida qusishga olib keluvchi koʻngil aynishi, qorin sohasida ogʻriq, diareya, qabziyat
jigar tomonidan: qonda aminotransferazalar, ishqoriy fosfataza faolligini va karbamid azotini oshishi
teridagi oʻzgarishlari: qichishish, toshma
nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi va bosh aylanishi, charchoqlik, oʻzini yomon his qilish, asabiylik, uyquchanlik yoki uyqusizlik
siydik tanosil tizimi aʼzolari tomonidan: poliuriya (siydik hajmini oshishi)
allergik reaksiyalar – dogʻli-papullez toshma, eshakyemi, qichishish, angionevrotik shish.


🚨👉@Pharmacology_uz👈

Pharmacology.uz

28 Oct, 07:14


🧠 Uyda bir kurs davolanish uchun shifokor natriy xlorning 0,9% eritmasiga qo'shib, venadan tomchilab dori yuborishni ham tavsiya qiladi.

Natriy xlorning 0,9% infuziyasi (kapelnitsasi) ichiga qaysi dori vositalarini qo'shsa bo'ladi:

-- magniy sulfat (magneziya)
-- riboksin ineksiya
-- piratsetam ineksiya
-- askorbinka ineksiya
-- sitikolin tarkibli ineksiyalar
-- meldoniy tarkibli ineksiyalar (mildronat, ripronat va boshqa)
-- panangin ineksiyasi
-- tiotriazolin ineksiyasi
-- furosemid ineksiyasi
-- trental ineksiyasi
-- aktovegin ineksiyasi
-- kavinton ineksiyasi
-- kalsiy xlorid ineksiyasi
-- deksametazon ineksiyasi
-- ketorolak ineksiyasi
-- seftriakson va uning gruppasi
-- dibazol ineksiyasi
-- noshpa ineksiyasi

Ko'pgina ineksiyalarni infuzion (kapelnitsa) eritma ichiga qo'shsa bo'ladi. Albatta, shifokor tavsiyasi asosida.

Natriy xlorning 0,9% li infuziyasi (kapelnitsasi) ichiga qaysi dori vositalarini qo'shib bo'lmaydi:

-- Diklofenak va shu tarkibli ineksiyalar
-- Bitsillin antibiotiki
-- Lidokain ineksiyasi
-- Novokain ineksiyasi
-- Demoton B12 ineksiyasi
-- Kleksan, flenoks va enoksiparin dori vositalari
-- Dikloberil ineksiyasi
-- Alflutop ineksiyasi
-- Artogistan ineksiyasi
-- Ferrum lek ampulasi
-- Papaverin ineksiyasi.

Bu dori vositalari mushak orasiga qo'llaniladi.👆

©Bambuk med

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

24 Oct, 09:28


​​💊 KONTRATUBEKS GEL

❇️ Dori shakli: Surtma gel

♻️ Tarkibi:
faol modda: natriy geparin, allantoin, piyoz‌‌ ekstrakti

💠 Klinik farmakologik guruh: tashqi foydalanish uchun keloid chandiqlarini rezorbsiyasiga yordam beruvchi proteolitik faollikka ega dori.

Qòllanilishi:

jarrohlik, amputatsiyalar, kuyishlar va jarohatlardan so'ng paydo bo'ladigan gipertrofik va keloid chandiqlar
– homiladorlikdan keyin cho'zilish
belgilari, atrofik chandiqlar
– operatsiyadan keyingi davrda yoki
jarohatlardan keyin patologik
chandiqlar paydo bo'lishining oldini
olish.

Qòllash usuli va dozalari:

🔺20-25 sm² maydon yuzali chandiq sirtiga bir qo'llashga preparatning sarfi
o'rtacha 0,5 sm gel. Sutkada 2-3 marta, chandiq to'qimasiga yengil ishqalab qo'llanadi. Yangi chandiqlarda davolash kursi o'rtacha 4 haftani tashkil qiladi.


🚷 Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar:

preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– homiladorlik va laktasiya davrida
– 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda


🚫 Nojo‘ya ta‘sirlari:

mahalliy teri reaksiyalari

🚨Obuna bo'lish👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

23 Oct, 14:03


Sizlar uchun hamma narsa tayyor joylab qoʻyilgan bot obuna boʻling qoʻying!!
👇👇

@FARMAKOLOGIYA_BOT

Pharmacology.uz

22 Oct, 16:09


Mavzu: Nootrop vositalar

━━━━━━━━━━━━
@tibbiy_ppt - тиббиётга оид презентациялар канали

Pharmacology.uz

16 Oct, 16:16


​​💊 NO-SHPA

❇️ Dori shakli: tabletka

♻️ Tarkibi: faol modda:
drotaverin gidroxloridi.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
spazmolitik vosita

Qòllanilishi:

– xolesistolitiaz, xolangolitiaz, xolesistit, perixolesistit, xolangit, papillit bilan bog‘liq bo‘lgan silliq mushaklarning spazmlari

– siydik yo‘llarining silliq mushaklarining spazmlari: nefrolitiaz, uretrolitiaz, pielit, sistit, qovuqning tenezmlari
– me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, me‘daning kardial va privratnik qismini spazmi, enterit, kolit, qabziyat bilan bo‘lgan spastik kolit va ichak shilliq qavati kolitining meteoristik shakllari
– bosh og‘rig‘i (mushak zo‘riqishi oqibatidagi bosh og‘riqlari, psixogen, stressli, surunkali kundalik bosh og‘rig‘i, transformasiyalangan migren), og‘riqli hayz ko‘rishlarda


Qòllash usuli va dozalari:

– Kattalar: òrtacha kuniga 3-6 tabletkani tashkil qiladi, bir martalik doza 40-80 mg (1-2 tabletka).
– Drotaverinni bolalarda qabul qilishning zarurati tug‘ilgan hollarda:
6-12 yoshli bolalar: 6 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza 80 mg, kuniga 2 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2 martada qabul qilish kerak. 6-12 yoshli bolalar uchun bir martalik doza – 40 mg (1 tabletka).
12 yoshdan oshgan bolalar: 12 yoshdan katta bolalar uchun tavsiya qilingan sutkalik doza
160 mg, kuniga 4 tabletkani tashkil qiladi, ularni 2-4 martada qabul qilish kerak. 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza 40-80 mg ni, ya‘ni 1-2 tabletkani tashkil qiladi.

🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi;
– og‘ir yurak yetishmovchiligi
– 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar



🚫 Nojòya ta'sirlari:

– ko‘ngil aynishi, qabziyat
– bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyqusizlik
– yurak tez urishi, arterial bosimni pasayishi
– allergik reaksiyalar (angionevrotik
shish, eshakemi, toshma, qichishish).

🚨Obuna bòlish👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

15 Oct, 13:04


#farmakologiya_kitob

Pharmacology.uz

15 Oct, 13:04


#retseptura_full

Pharmacology.uz

15 Oct, 13:04


#farmakologiya_kitob


Pharmacology.uz

15 Oct, 13:04


#pharmacology_book

Pharmacology.uz

14 Oct, 04:08


Канефрон 
♻️♻️DORI SHAKLI : tabletka
TARKIBI :
 Tabiiy mahsulotlar va glukoza, laktoza, saxaroza, magniy stearat , kalsiy karbonat va boshqa ....
TA'SIRIGA KO'RA ♻️
Urologik kasalliklarni davolash uchun , yallig'lanishga qarshi , antioksidant , spazmolitik va og'riq qoldiruvchi ta'sirga ega.
Qo'shimcha yana antibakterial va siydik haydovchi ta'sirga ega.
♻️QO'LLANILISHI
-- Qovuqning o'tkir va surunkali infeksion kasalliklarini , ya'ni sistitni davolashda qo'llaniladi.
-- Pielonefritni davolash uchun 
-- Glomerulonefritni davolash uchun 
-- Nefrit kabi buyrak kasalliklarini.
-- Siydik yo'llarida tosh hosil bo'lishini oldini olish maqsadida va siydik toshlarini olib tashlagandan keyin ham qo'llaniladi.
-- Buyrak va siydik yo'llaridagi yallig'lanish holatlarida
-- Buyrak va siydik yo'llari va qovuq og'rig'ida qabul qilinadi.
-- Buyrak shamollash holatlarida qabul qilinadi.
♻️QO'LLASH USULI
Kattalar va 12 yoshdan kattalarga kuniga 2 tabletkadan 3 mahal ( ertalab , tushlik va kechqurun ) ya'ni kuniga 6 tabletka qabul qilish buyuriladi.
Maktab yoshdagi bolalar uchun 1 tabletkadan  kuniga 3 mahal qabul qilinadi.
Tabletkani chaynamasdan suv bilan qabul qilish kerak.
🔴NOJO'YA TA'SIRI
-- Teri toshmalari va teri qichishishi 
-- Ko'ngil aynish va yengil diareya kuzatilishi mumkin.
QO'LLASH MUMKINMAS ⛔️
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda
-- Oshqozon va 12 barmoq ichak yarasining o'tkir davrida mumkin emas
-- 6 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.
♻️♻️♻️♻️
Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo'llash mumkin.
💥Kanefron tarkibida glyukoza , saxaroza va laktoza saqlaydi. Shu sababli qandli diabeti bor kishilarga mumkin emas . 
🔱Buyrak va boshqa urologik kasalliklarni davolashda kanefronni qabul qilishni o'zim ham tavsiya qilaman. Juda yaxshi vosita 👌👍

Pharmacology.uz

12 Oct, 05:59


Граммидин 
🔱DORI SHAKLI :

Shimish uchun tabletka
🔆TARKIBI 🔅
Grammidin C digidroxlorid , setilpiridin xlorid , etil spirti 96 % va glitserol .
🔆TA'SIRIGA KO'RA 🔆
Antibiotik va antiseptik vosita.
QO'LLANILISHI ❇️❇️
-- Og'iz bo'shlig'ining infeksion yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Hiqildoq infeksion yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Angina , faringit va tonzillitda qo'llaniladi. 
-- Parodontoz , gingivit kabi milkning yallig'lanish kasalligida qo'llaniladi.
-- Stomatitda qo'llaniladi.
-- Tomoq og'rig'ida , tomoqning shamollash oqibatidagi asoratlarida va tomoqning infeksion yalliglanish xolatlarida qo'llaniladi.

💊QO'LLASH USULI
Kuniga 1 - 4 martagacha shimish mumkin. Ovqatlanishdan keyin .

🔴NOJO'YA TA'SIRI ‼️
Allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin ( xavfsiz ).
QO'LLASH MUMKINMAS ⛔️
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
-- 4 yoshdan kichik bolaga mumkin emas .
👌👌👌👌
🌟Grammidinni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo'llash mumkin emas ( esda saqlang). 
🌟Grammidinni 4 yoshdan keyin qo'llaniladi. 
🌟Yana bir ma'lumot grammidinni og'izda shimib bolgach 1 soatcha ovqatlanish ,  suv yoki boshqa suyuqlik ichish kerakmas.

Pharmacology.uz

10 Oct, 14:12


Bolalar isitma qilgan paytda parasetamol(Sefekon D) shamchalarini qanday dozalarda qo‘llash kerak?

Shamchani bir martalik qo‘llash dozalari:

-1 oylikdan 3 oylikgacha - 50 mg
-3 oylikdan 3 yoshgacha - 100 mg
-3 yoshdan kattalarga - 250 mg

❗️Bir kunda 3 tagacha shamcha qo‘llash mumkin!
https://t.me/Shifokor_Jonibek_Panjiyev

Pharmacology.uz

07 Oct, 14:44


Диакарб таблетка
💊Dori shakli : tabletka 
💊TARKIBI : 👀
Atsetazolamid 
💊TA'SIR QILISHIGA KO'RA : 👀
 Glaukoma va miotikani davollash uchun vosita. Karboangidraza ingibitori.
🧐TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA ?
Asetazolamid kuchsiz diuretik faollikka ega boʻlgan karboangidrazaning kuchli ingibitoridir. Taʼsir mexanizmi karbonat kislotasidagi Na+ va N+ ionlarining ajralib chiqishini to'xtatish bilan bogʻliq. Karboangidraza faolligini atsetazolamid tomonidan susaytirilishi (ingibitsiya qilinishi) nefronning proksimal naychasida koʻmir kislotasining sintezini bostiradi. Na+ ionlarining oʻrnini egallash uchun zarur boʻlgan N+ ionlarining manbai boʻlgan karbonat kislotasining yetishmovchiligi, buyraklar tomonidan natriy va suvni chiqarilishini oshiradi. Nefronning distal qismida atsetazolamidning taʼsiri oqibatidagi katta miqdorda natriyni chiqarilishi natijasida, Na+ ionlarini oʻrnini K+ ionlarini egallashi oshadi, bu kaliyni katta yoʻqotilishiga va gipokaliyemiyaga olib keladi. Asetazolamid bikarbonatlarni chiqarilishini oshiradi, bu metabolik atsidozni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Asetazolamid siydik bilan fosfatlar, magniy, kalsiyni chiqarilishini chaqiradi, bu ham metabolik buzilishlarga olib kelishi mumkin.
Qoʻllash boshlanganidan keyin 3 kun oʻtgach, atsetazolamid oʻzining diuretik xususiyatlarini yoʻqotadi. Davolashdagi bir necha kunlik tanaffusdan keyin qaytatdan buyurilgan atsetazolamid, karboangidrazaning normal faolligi tiklanganligi tufayli, diuretik taʼsirini qaytadan boshlaydi.
Asetazolamidning ekstrarenal taʼsiri glaukomani davolash uchun ishlatiladi. Kipriksimon tananing karboangidrazasini susayishi koʻzning oldi kamerasi suyuqligining sekretsiyasini kamaytiradi, bu koʻz ichki bosimini pasaytiradi.
Preparat tutqanoqni davolashda yordamchi vosita sifatida qoʻllanadi. Nerv xujayralaridagi karboangidrazani susaytirishi patologik qoʻzgʻaluvchanlikni tormozlaydi.
Asetazolamid likvordinamik buzilishlar va bosh miya ichki gipertenziyasini davolash uchun qoʻllanadi. Preparat bosh miyada xususan, bosh miya qorinchalarining nerv chigallarida orqa miya suyuqligini ishlab chiqarilishini kamaytirib, karboangidrazaning faolligini susaytiradi.
Asetazolamid kislota-ishqor holatini metabolik atsidoz tomonga oʻzgartiradi, bu nafasni buzilishlarini davolash uchun, shu jumladan uyqudagi markaziy genezli apnoe sindromini davolash uchun ishlatiladi.
Asetazolamid meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. 500 mg dozada ichga qabul qilinganidan keyin plazmadagi maksimal konsentratsiyasi  1-3 soatdan soʻng erishiladi. Yuborilgan vaqtdan boshlab, minimal konsentratsiyalarda qonda 24 soat davomida tutib turiladi. Asetazolamid yoʻldosh orqali oʻtadi, oz miqdorda ko'ʻkrak sutiga kiradi. Toʻqimalarda toʻplanmaydi va organizmda metabolizmga uchramaydi. Buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan soʻng qabul qilingan dozaning taxminan 90 % 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi.
🧐QO'LLANILISHI 🧐🧐🧐
-- Yurak yetishmovchiligidagi yoki dori vositalarini qabul qilish bilan boğliq bólgan shishlarda.
-- Surunkali ochiq burchakli glaukoma, yopiq burchakli glaukoma kasalligida.
-- Tutqanoq , ya'ni epilepsiya kasalligida.
-- Balandlikka kótarilish bilan boğliq kasallik
-- Bosh miya ichki bosimini oshishi va ko'z ichki bosimini oshishi kabi xolatlarda qabul qilinadi.
♻️QABUL QILISH USULI VA DOZASI ♻️
Diakarbni kuniga 1 tabletkadan 2 mahal qabul qilinadi.
Epilepsiya kasalligida esa shifokor belgilagan dozada qabul qiling ( esda saqlang ).
Aslida bu tabletkani shifokor belgilagan dozada qabul qilinadi. Shu sabab kasallik xolatiga qarab shifokor retsepti bilan qo'llaniladi.
🚫NOJO'YA TA'SIRI
-- Ishtahaning buzilishi va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Poliuriya ( ko'p siydik ajralishi).
-- Ko"ngil aynish ,qusish 
-- Metabolik atsidozni kuchaytiradi.

QABUL QILISH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇

Pharmacology.uz

07 Oct, 14:44


⬆️⬆️⬆️⬆️
-- Qon zardobida natriy , kaliy , magniy,kalsiy va fosfatlar darajasini kamayishi
-- Jigar va buyrak faoliyati buzilishida.
-- Buyrak usti bezi etishmovchiligida. 
-- Giperxloremik atsidoz
-- Surunkali dekompensatsiyalangan yopiq burchakli glaukoma ( uzoq muddatli davolashda) mumkin emas.
-- Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiya bo'lganda.
-- Addison kasalligida
-- Homiladorlik va laktasiya davrida mumkin emas.
🔱🔱🔱🔱🔱
Diakarbni bolalarga epilepsiyada ham buyuriladi. Faqat shifokor maslahati bilan qo'llaniladi. Epilepsiyada bu dori faqat qo'shimcha yordamchi  davo sifatida qo'llaniladi.

Qandli diabet kasalligi bor bemorlar ham shifokor bilan maslahatlashib qabul qilisinlar. 

Preparatni qabul qilganda organizmda kaliy va natriy moddasi kamayib ketadi. Siydik bilan esa kalsiy , magniy va fosfatlar chiqib ketadi. Shu sabab shu moddalar bor mahsulotlar qabul qilish yoki shu yoqotilgan elektrolitlar o'rnini to'ldiruvchi dori preparatlarini ham qabul qilish kerak.

Pharmacology.uz

06 Oct, 14:55


#Enterojermin suspenziyasi
#Энтерожермин суспензияси 
💊DORI SHAKLI 🔱
Ichish uchun suspenziya ( suyuqlik ) -- 5 ml flakonda chiqadi.
💊TARKIBI
Bacillus clausi sporalari -- 2 milliard miqdorda va tozalangan suv.
💊TA'SIRIGA KO'RA
Ichakning buzilgan mikroflorasini tiklaydi va diareyaga qarshi ta'sirga ega.
🔅QO'LLANILISHI 🧐🧐🧐
-- Ichakning buzilgan mikroflrasini tiklaydi va diareyaga qarshi vosita hisoblanadi.
-- Antibiotiklar qabul qilish oqibatida kelib chiqqan disbakterioz va vitaminlar tanqisligida juda ham yaxshi davolash vositasi sifatida ta'sir qiladi.
-- Oziq ovqat bilan zaharlanish yoki ichak mikroflorasning buzilishlari va oshqozon ichak tizimida vitaminlarning so'rilishi buzilganda qabul qilinadi.
-- Disbakteriozni davolash va oldini olish uchun profilaktika maqsadida qo'llaniladi.

-- Antibiotiklar va kimyoterapevtik vositalar bilan davolash vaqtida o'zgargan ichak mikroflorasini tiklash uchun qabul qilinadi.
-- Kattalar va bolalarda o'tkir me'da ichak buzilishlarida , shu jumladan bakteriya va viruslar chaqirgan infeksiyalarda qabul qilinadi.
-- Me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligida , pankreatit , xolesistitda , jigar va safro chiqarish yo'llarining surunkali kasalliklarida qo'llaniladi.

💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI
Faqatgina ichish uchun buyuriladi.  
Ineksiya holida yuborish mumkin emas.
Kattalar kuniga 2 - 3 flakon qabul qilish mumkin. Har 3 - 4 soat oralig'ida qabul qilish buyuriladi. 
Go'daklar 3 haftalikdan boshlab qabul qilish mumkin. Go'daklar va yosh bolalarga kuniga 1 - 2 flakon qabul qilish buyuriladi. 
🚫NOJO"YA TA'SIRI
Teri toshmalari va eshakyemi kabi allergik holatlar kuzatilishi mumkin ( kam xollarda ro'y beradi ).
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda mumkin emas.

Enterojermin kapsulasi ham bor. Kattalar kuniga 2 - 3 kapsula qabul qilishlari mumkin. Kichiklar esa faqat 6 yoshdan katta bolalar kuniga 1 - 2 kapsula qabul qilishi mumkin. 6 yoshdan kichik bolalar esa enterojermin suspenziyasi ( suyug'ini ) qabul qilishlari kerak.
♻️♻️♻️♻️
Homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin.

@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

05 Oct, 14:24


​​💊 RIBOKSIN

❇️ Dori shakli: 2% li inyeksiya uchun eritma

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
metabolik vosita

♻️ Tarkibi:
• faol modda: inozin – 20 mg
• yordamchi moddalar: geksametilentetramin, natriy gidroksidi, inyeksiya uchun suv.


Qoʻllanilishi:

Oʻtkazilgan miokard infarkti, yurak ishemik kasalligi, yurak glikozidlarini qabul qilish oqibatidagi yurak ritmining buzilishi, infeksion kasalliklarni oʻtkazgandan keyingi miokardiodistrofiyani kompleks davolashda ishlatiladi. Shuningdek, preparat jigar kasalliklari (gepatitlar, sirrozlar, jigar distrofiyasi), undan tashqari, riboksin ajratilgan buyrakdagi jarrohlik operatsiyalarda, operatsiya qilinayotgan aʼzoda qon aylanishi vaqtincha toʻxtatilganida farmakologik himoya vositasi sifatida ishlatiladi.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Preparat v/i asta-sekin oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Davolash kuniga bir marta 200 mg (10 ml 2% li eritma) dan yuborish bilan boshlanadi.
Davolash davomiyligi 10-15 kun.
Kasallik kechishiga qarab dozani
shifokor belgilaydi.


🚷 Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparatga yuqori sezuvchanlik
– podagrada qoʻllash mumkin emas
– 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda
– homiladorlik va laktasiya davrida
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak
yetishmovchiligida


🚫 Nojòya ta'sirlari:

qichishish, terining qizarishi
– kamdan-kam hollarda: siydik kislotasining konsentratsiyasini oshishi kuzatiladi
– uzoq vaqt qoʻllanganida podagrani
zoʻrayishi mumkin.


🚨👉@Pharmacology_uz👈

Pharmacology.uz

02 Oct, 13:12


​​​​💊 PIRASETAM

❇️ Dori shakli: inyeksiya uchun eritma

♻️ Tarkibi:

*faol modda*: pirasetam
*yordamchi moddalar*: natriy asetati
trigidrati, suyultirilgan sirka kislotasi,
inyeksiya uchun su
v.

💠 Farmakoterapevtik guruhi:
Nootrop vosita

Qòllanilishi:

🔹Kattalarda xotira pasayishi, diqqatni jamlash va faollikni pasayishi, kayfiyatni òzgarishi, xulq-atvorni òzgarishi, harakatni buzilishi bilan kechuvchi psixoorganik sndromni simptomatik davolash;
Bosh aylanishi va u bilan bog‘liq muvozanatni buzilishini davolash

🔹Bolalarda: 8 yoshdan boshlab
disleksiyani boshqa usullar, shu jumladan logopedik davolash bilan majmuada davolash, òroqsimon-hujayrali vazooklyuzion xurujni bartaraf etishda



Qòllash usuli: vena yoki mushak
ichiga


Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

òta yuqori sezuvchanlik
– Gentington xoreyasi
– gemorragik insult
– oģir darajadagi buyrak
yetishmovchiligi
– preparatni buyurish vaqtida
psixomotor qòzģalish
– homiladorlik va laktasiya davrida
*Ehtiyotkorlik bilan *
– gemosatazni buzilishi
– oģir darajadagi qon ketish
– katta hajmli jarrohlik aralashuvlar
– surunkali buyrak yetishmovchiligi
da
ehtiyotkorlik bilan qòllaniladi

🚫 Nojòya ta'sirlari:

🔸Nerv tizimi tomonidan: ruhiy
qo‘zg‘alish, harakatni to‘xtab qolishi,
ta‘sirchanlik, o‘zini tutib turaolmaslik,
diqqatni jamlay olmaslik, xavotirlik,
uyqusizlik yoki uyquchanlik,
depressiya, ataksiya, bosh aylanishi,
bosh og‘rig‘i
🔸Ovqat hazm qilish tomonidan:
kòngil aynishi, qusish, diareya
abdominal oģriq
🔸Moddalar almashinuvi tizimida: tana
vazni oshishi
🔸Sezgi a'zolari tomonidan: vertigo
( bosh aylanishi )
🔸Terida qichishish, dermatit,
eshakemi
🔸Mahalliy reaksiyalar: yuborish joyida
oģriq, tromboflebit


🚨Obuna bòlish 👉@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

30 Sep, 10:57


Natriy xlor osmasi
#Натрий хлор осмаси
DORI SHAKLI : 🔱
0,9 % li infuziya uchun eritma ( osma ).
👀👀👀TARKIBI : 🧐
Natriy xlorid va suv . 1 litr infuziya -- 9 gr natriy xlorid saqlaydi. 
TA'SIR QILISHIGA KO'RA 🔅
Tuzli eritma. 

TA'SIR QILISH MEXANIZMI QANAQA
Izotonik eritma bo'lib , organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to'ldiradi. Natriy xloridi o'zi organizmga ovqat bilan kiradi. Odatda odam kuniga 10 gr ( 170 mmol) ga yaqin natriy xloridni iste'mol qiladi va uning bu miqdori organizmning elektrolit muvozanatini ta'minlaydi. Bu eritma inson qon plazmasiga izotonik bo'lib , tibbiyotda o'rni beqiyos. Natriy xlor eritmasi qitiqlovchi ta'sir ko'rsatmasligi tufayli parenteral yuborilishi va yara , shilliq qavatlarni yuvish uchun ham qo'llanilishi mumkin. Qon tomirlardan tez chiqib ketadi va qon tomirlardagi suyuqlik miqdorini vaqtinchalik oshiradi. 
Bu dezintoksikatsiya qiluvchi va regidratatsion ta'sirga ega. Tananing turli xil patologik holatlarida natriy etishmovchiligini to'ldiradi va tomirlarda aylanib yuradigan suyuqlik hajmini vaqtincha oshiradi.
Eritmaning farmakodinamik xususiyatlari natriy va xlor ionlari mavjudligidan kelib chiqadi. Natriy ionlarini o'z ichiga olgan bir qator ionlar hujayra membranasiga turli xil transport mexanizmlari yordamida kirib boradi, ular orasida natriy-kaliyli nasos (Na-K-ATPaza) katta ahamiyatga ega. Natriy neyronlarda, yurakning elektrofiziologik jarayonlarida, shuningdek buyraklardagi metabolik jarayonlarda signallarni uzatishda muhim rol o'ynaydi.
Natriy asosan buyraklar orqali chiqariladi, ammo ko'p miqdorda natriy qayta so'riladi (buyrak reabsorbsiyasi). Natriyning oz miqdori najas bilan va terlash paytida ajraladi.
-- Qon plazmasi o'rnini bosuvchi suyulik sifatida qo'llaniladi.
-- Ichki va tashqi zaharlanishlarda qo'llaniladi. 
-- Organizmning suvsizlanishini tiklash uchun qo'llaniladi.
-- Diareyada va toksik dispepsiyada qo'llaniladi.
-- Ichak tutilishida va xlor kamlik kabi alkalozda qo'llaniladi.
-- Dori vositalarini eritish va suyultirish uchun qo'llaniladi.
-- Organizmda natriy kamligida qo'llaniladi.
Yosh bolalarga sutkalik 100 ml flakondagi miqdori qo'llaniladi. Kattalarga esa katta hajmdagi flakonlari qo'llanilishi mumkin. Kattalarga kuniga 500 ml gacha tomchilab yuborish mumkin. Vaziyatga qarab shifokor yana qo'llashi mumkin.
🛑⛔️⛔️NOJO'YA TA'SIRI 🫢
-- Ko'ngil aynish , qusish va diareya kuzatilishi mumkin.
-- Me'da spazmlari va chanqoqlik kuzatilishi mumkin.
-- Ko'z yosh oqishi , terlash va isitma kuzatilishi mumkin.
-- Taxikardiya va qon bosimini oshiradi. 
-- Buyrak funksiyasi buziladi va shish , xansirash kuzatilishi mumkin.
-- Mushaklar taranglik tonusi oshadi.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR ❗️
-- gipernatriyemiyada , ya'ni natriy ortiqchaligida mumkin emas.
-- Atsidoz da mumkin emas .
-- Giperxloremiya , ya'ni xlorning ortiqchaligida mumkin emas.
-- Gipokaliyemiya da , ya'ni organizmda kaliy kamligida mumkin emas.
-- Hujayradan tashqari gipergidratatsiyada mumkin emas.
-- Miya va o'pkaning shishishi bilan tahdid qiladigan qon aylanishining buzilishida mumkin emas 
-- Miya shishi va o'pka shishida mumkin emas. 
-- Surunkali buyrak yetishmovchiligida mumkin emas.
10 % li natriy xlor eritmasi ham bor.
ADMIN MASLAHATI
💥Bu eritmani ko'p qabul qilganda natriy moddasi organizmda ko'payib , kaliy moddasi kamayib ketadi. Shu sabab surunkali yurak kasalliklarida mumkin emas.
💥Juda kam siyadigan va umuman siydik chiqara olmaydigan surunkali buyrak kasalliklari xolatida ham ushbu eritmani qo'llash kerak emas. Sababi organizmda suyuqlikni ushlab qoladi. 
💥Qon bosimi baland bo'lganda va taxikardiya bo'lganda qo'llash kerakmas. 
💥Homiladorlik va emizish davrida mumkin.
💥 Inson umuman tuzsiz ovqatni iste'mol qilsa ham kuniga 2 gr natriy xlor organizmdan peshob bilan chiqib ketadi.
💥Eritma 100 , 200 , 250 , 400 va 500 ml flakonlarda chiqadi.
Narxi 👉 miqdoriga qarab .

Pharmacology.uz

28 Sep, 10:22


Angiosept 
#Ангиосепт 
DORI SHAKLI  :
og'iz chayish uchun  eritma 
🔅TARKIBI : 🧐
Xlorgeksidin , shalfey ekstrakti , romashka 
👀TA'SIRIGA KO'RA  👀
Og'iz bo'shlig'idagi yallig'lanishni va infeksion holatlarda antiseptik va yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega.
QO'LLANILISHI ♻️
-- Og'iz bo'shligi infeksion yallig'lanish kasalliklarida qo'llaniladi
-- Tomoq ning infeksion va yallig'lanish holatlarida qo'llaniladi
-- Tonzillit , laringit va faringitda qo'llaniladi.
-- Og'iz bo'shligidagi yarali stomatitda buyuriladi
-- Profilaktika sifatida tish kariyes bo'lishini oldini olish uchun , parodontozda ( milk kasalligida) va boshqa og'iz bo'shligi infeksion va yalliglanish holatlarida qo'llaniladi.
🧐QO'LLASH USULI👀
Kuniga 2 - 3 marta 5 - 10 ml suyuqlik olib og'iz bo'shligi 1 - 3 minut davomida chayiladi. 
Yutish mumkin emas
🚫NOJO'YA TA'SIRI  QANAQA 👇
Kam kuzatilgan😎😎😎
QO'LLASH MUMKINMAS HOLATLAR 
-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda
-- Yosh bolalarda qo'llash mumkinmas
Angiosept -- og'iz chayish uchun preparat.

♻️♻️♻️
Homladorlar va emiziklilar qo'llashlari mumkin.
Preparat bilan faqat og'iz bo'shligi chayiladi. Yutish mumkin emas.

Pharmacology.uz

26 Sep, 11:16


Женавит капсула 
🔱DORI SHAKLI : kapsula 
🔱TARKIBI : 👀
Tabiiy mikronlashtirilgan progesteron -- 100 mg.
🔅TA'SIRIGA KO'RA
Progestagen vosita.
💊QACHON QO'LLANILADI
-- Bachadon va bachadon naylarining mushaklarini qo'zgaluvchanligini va qisqaruvchanligini kamaytiradi ( oksitotsinga teskari ta'sirga ega ).
-- Bachadonning ichki birinchi qavatini , ya'ni endomatriy qavatini normal shakllantirishga yordam beradi.
-- Sut bezlariga ijobiy , yaxshi ta'sir qiladi.
-- Ayollarda progesteron tanqisligi holatlarida qabul qilinadi.
-- Xayzdan oldingi holatlarda qo'llaniladi.
-- Ovulyatsiyani buzilishi va umuman ovulyatsiya yuz bermaydigan holatlar oqibatida yuzaga kelgan xayz siklining buzilishida qabul qilinadi.
-- Xavf soluvchi abort yoki progesteron yetishmovchiligi oqibatidagi odatdagi abortni oldini olish maqsadida qo'llaniladi.
-- Lyutein yetishmovchiligi oqibatidagi bepushtlikda qo'llaniladi.
-- Fibroz kistoz mastopatiyada
-- Menopauzal o'tish davrida qo'llaniladi va menopauzadan oldingi va keyingi davrlarda gormonal davolash maqsadida esterogen saqlovchi preparatlar bilan birga qo'llaniladi.
-- Muddatidan oldin tug'ruqni oldini olish maqsadida qabul qilish mumkin ( chunki jenavit bachadon qisqarishini kamaytiradi va oksititsinga teskari ta'sirga ega).
-- Ayollarda muddatidan oldingi menopauzada qo'llaniladi.
QO'LLASH USULI VA QO'LLASH DOZASI ♻️
Preparat uyqudan oldin suv bilan ichga qabul qilinadi. Kechasi uxlashdan oldin 1 kapsula ichib uxlash kerak.
Yana bir ma'lumotni aytib o'taman. Jenavitni kasallik turi va holatiga qarab sutkalik doza kuniga 2 - 3 kapsula ham qabul qilish mumkin. Qabul qilishdan oldin shifokor ginekolog bilan maslahatlashib qabul qiling. 
🔴NOJO'YA TA'SIRI ⛔️
-- Xayz siklini buzilishi , qon ketishlar.
-- Bosh og'rigi va uyqusizlik kuzatiladi.
-- Qorinni dam bo'lishi kuzatiladi.
-- Eshakyemi va teri qichishish kuzatiladi ko'pincha.
-- Sut bezlarida taranglik , qindan ajralmalar kelishi va bo'g'imlarda og'riq kuzatilishi mumkin.
-- Tunda ko'p terlash va isitma holati kuzatiladi.
-- Qon bosimni oshishi kuzatilishi mumkin.
QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR
-- Preparatga allergik reaksiya bo'lganda.
-- Venalarda tromblar bo'lsa , tromboemboliyada, o'pka arteriyasida tromboemboliya bo'lganda mumkin emas.
-- Qon quyuqlashgan paytda va qoni quyuq insonlarda mumkinmas.
-- Miokard infarkti va insultda mumkin emas.
-- Sababi nomalum bo'lgan qindan qon ketishda mumkin emas.
-- Sut bezi va jinsiy a'zolar o'smalarida mumkin emas.
-- Jigar og'ir kasalliklarida, gepatitda va jigar o'smalarida mumkin emas.
-- 18 yoshdan kichik yoshdagilarga mumkin emas.
-- Emizish davrida mumkin emas.
♻️♻️♻️♻️
💥Jenavitni homiladorlikning birinchi 3 oyligida qo'llash mumkin emas ( esda saqlang ).
 Homiladorlikning 2 chi va 3 chi oyliklarida ehtiyotkorlik bilan shifokor maslahati bilan qo'llash mumkin.
💥Jenavit qon bosimini oshiradi. Davleniyasi baland yuradigan kishilar qabul qilishi mumkin emas. Qon bosimi oshgan vaqtda ham mumkin emas.
💥Emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
💥Og'ir yurak, jigar va buyrak kasalliklarida mumkin emas.
💥Bronxial astma , epilepsiya va migren kabi kasalligi bor kishilar shu kasallikning og'ir davrida bo'lsa jenavitni qabul qilish mumkin emas. Yengilroq davrida bo'lsa ehtiyot bo'lib shifokordan so'rab foydalansa bo'ladi.
💥Jenavit qondagi qand miqdorini oshiradi. Shu sabab qandli diabeti bor bemorlar , qondagi qand miqdori normadan oshib ketgan bo'lsa qabul qilish mumkin emas.Agar qondagi qand miqdori past bo'lsa yoki normada bo'lsa ehtiyot bolib qo'llasa bo'ladi.
💥Jenavitni qabul qilishdan oldin shifokoringizdan xayz siklining qaysi kunidan boshlab qabul qilishni ham so'rang ( Anniq so'rang ahamiyati katta buni ).
💉Qo'llash -- retsept bilan albatta .
💉Ishlab chiqaruvchi -- Xitoy 

Pharmacology.uz

26 Sep, 10:52


📌Farmakologiyadan eng kerakli audio ma‘ruzalar:

🔗 1. Og‘riq qoldiruvchi preparatlar-1

🔗 2. Og‘riq qoldiruvchi preparatlar-2

🔗 3. Xolinergik dorilar-1

🔗 4. Xolinergik dorilar-2

🔗 5. Vitaminlar-1

🔗 6. Vitaminlar-2

🔗 7. Yurak glikozidlari-1

🔗 8. Yurak glikozidlari-2

🔗 9. Narkoz paydo qiluvchi moddalar-1

🔗 10. Narkoz paydo qiluvchi moddalar-2

🔗 11. Antibiotiklar-1

🔗 12. Antibiotiklar-2

🔗 13. Qon ivishiga ta’sir qiluvchi moddalar-1

🔗 14. Qon ivishiga ta’sir qiluvchi moddalar-2

🔗 15. Qon bosimini pasaytiruvchi dorilar

🔗 16. Qon bosimini oshiruvchi dorilar

🔗 17. Gormonal moddalar

🔗 18. Uxlatuvchi dorilar

🔗 19. Neyroleptiklar • Trankvilizatorlar

🔗 20. Antiseptik moddalar

🔗 21. Antidepressantlar

🔗 22. Aritmiyaga qarshi dorilar

🔗 23. Sedativ preparatlar

🔗 24. Diuretiklar

🔗 25. Sulfanilamidlar

🔗 26. Silga, zahmga qarshi dorilar

🔗 27. Qon ko‘paytiruvchi dorilar

🔗 28. Psixostimulyatorlar

🔗 29. Nerv sistemasiga ta‘sir etuvchi dorilar

🔗 30. Adrenergik dorilar

🔗 31. Nafas sistemasiga ta‘sir qiluvchi moddalar

🔗 32. Yallig‘lanish va allergiyaga qarshi dorilar

🔗 33. Bachadonga ta‘sir qiluvchi dorilar

🔗 34. Stenokardiyada qo‘llaniladigan dorilar

🔗 35. Hazm sistemasiga ta‘sir qiluvchi dorilar


Ma‘lumot qidirayotgan do‘stlaringizga yuboring.

💊👉
@Pharmacology_uz

Pharmacology.uz

26 Sep, 05:23


👉 Rejali emlash qo‘llanma

👉 Bolalarni emlash kalendari to‘liq

👉
"Tib qonunlar" asl varianti

👉 Farmakologiya kitoblari to‘plami

👉 Germaniyada shifokor bo‘lish

👉 MRT haqida batafsil ma'lumot

👉 Kim nimani davolaydi

👉 Parhez stollar to‘liq ro‘yxati

👉 Hiqichoqni to‘xtatish usullari

👉 Tibbiyotga oid kitoblar

👉 Tibbiyotga oid kinolar

👉 G‘alati qo‘rquvlar (fobiyalar)

👉
Psixiatrik sindromlar

👉 Antibiotiklarni bir-biriga ta'siri

👉 12 juft nervlar batafsil
.....

❇️ 👉 @Doctor_Haus_1

Pharmacology.uz

18 Sep, 10:59


🔅⬆️⬆️
☀️Бонджигар сахароза сақлайди, буни қандли диабет касаллиги бор кишилар қабул қилишлари тавсия қилинмайди .Мабодо қабул қилишга тўғри келса қандли диабетга қарши ичиладиган дори дозасини бироз ошириш ва бонжигарни камроқ дозада қабул қилиш керак.

☀️Бонжигар капсула , гранула пакетча ва сироп шаклларида чиқади.

☀️Бонжигар капсуласи хомиладорлик ва эмизиш даврида мумкинмас.  Грануласи хам шунақа. Яна капсуласи ва грануласи 18 ёшдан кичикларга мумкинмас.

☀️Бонжигар сиропи эса хомиладорликнинг биринчи 3 ойлигида мумкин эмас. Бошқа вақт эса мумкин.  Сиропини 3 ёшдан бошлаб қўлласа бўлади. 3 ёшдан кичикларга сиропи хам мумкин эмас.


☀️Жигарни ёғ босганда бу препарат самарали таьсирга эга.

Pharmacology.uz

18 Sep, 10:59


Bonjigar siropi
#Бонжигар сиропи
♻️ДОРИ ШАКЛИ ♻️
Сироп 
♻️ТАСИРИГА КЎРА♻️
Gepatoprotektor .
♻️TАЬСИР МЕХАНИЗМИ ҚАНАҚА ВА ТАРКИБИДАГИ МАХСУЛОТНИ ТАЬСИРИ ХАҚИДА  ♻️
Бонджигар жигарни зарарсизлантириш қобилиятини кучайтиради, учкарбон кислоталари циклини тезлаштиради ва шундай қилиб оқсиллар алмашинуви оқибатида тўпланган маҳсулотларини (аммиак) мочевина шаклида чиқаришга ёрдам беради. Жигарни ҳимояловчи ва заҳарли моддаларни чиқариб юборувчи восита сифатида таъсир қилади. Ўзининг липотроп таъсири орқали Бонджигар ёғларнинг (асаосан триглицеридларни) тўпланишини олдини олади ва жигардан ёғларнинг йўқотилиши тезлигини оширади. Ўзининг сафро ҳайдовчи таъсири ёрдамида жигардан сафрони чиқишини рағбатлантиради ва бу билан жигарнинг тозаловчи фаолиятини яхшилайди ва организмдан заҳарли метаболитларни йўқотади. У шунингдек жигарнинг катталашган ўлчамларини қисқартиради ва гистологик тузилишини сақлайди.

Шундай қилиб, Бонджигар заҳарли таъсирдан жигарни химоя қилади ва унинг метаболик, заҳарларни чиқарувчи ва иммунитетни бошқарувчи фаолиятини фаоллаштириб, унинг фаолиятини кучайтиради. Бунинг натижасида жигарнинг турли бузилишларидаги қон зардобидаги ошган билирубин, итшқорий фосфотазалар, транаминазалар миқдори нормаллашади.
🟡БОНЖИГАР ТАРКИБИ НИМА ? ♻️
🔷Оқ вербизина -- жигарнинг катталашган оғирлигини нормаллашишига ёрдам беради. Қон зардобдаги ишқорий фосфатаза даражасини нормаллаштиради. Жигар микросомал ферментларни бошқаради.
🔷Пикрориза курроа-- жигарнинг ўткир ва сурункали алкоголли заҳарланишини зарарсизлантиради.
🔷Оддий сачратқи : 
Сафро оқиб чиқишини кўпайтиради. Жигарда ёғлар тўпланишини олдинги олади ва уларни жигардан йўқолишини тезлаштиради. Жигарда кимёвий заҳарларни зарарсизлантиради.
🔷Дала турупи -- антиоксидант. Жигарнинг тозаловчи фаолиятини яхшилайди, организмда тўпланган азотли чиқиндиларни йўқ қилади.
🔷Серқилтиқ зирк -- жигарнинг метаболик фаолиятини нормаллаштиради.
🔷Тожли тамарикс -- Галоктозамин заҳарлилигини зарарсизлантиради.
🔷Сершох Берхавия -- антигепатотоксик восита. Сурги воситаси.
🔷Доғли Расторопша -- Алкоголь ва бошқа тур заҳарларни қабул қилиш чақирган шикастланишлардан жигарни ҳимоя қилади. Жигарнинг регенерациясига ёрдам беради.
🔷Ҳинд чучукмия -- тонусни оширади, овқат ҳазм бўлишини рағбатлантиради.
🔷Яланғоч чучукмия -- ушбу компонент иммун тизимини мустаҳкамлашга ёрдам беради. Гепатит каби вирусли яллиғланиш ҳолатларида фойдали. Меъда ярасини олдини олиш ва даволаш учун ишлатилади.
♻️ҚЎЛЛАНИЛИШИ♻️
-- Жигарнинг ўткир ва сурункали бузилишлари .
-- Ўткир ва суринкали гепатитда.
-- Инфекцион гепатитларда қабул қилинади.
-- Ёғли дегенерацияси, жигарнинг ёғли инфильтрацияси.
-- Гепатоцеллюляр сариқлик ва яширин жигар касалликлари.
-- Бўшашган жигар холатида қўллаш мумкин.
-- Гепатотоксик медикаментлар, саноат киёвий моддалари ва инфекциялар чақирган жигар фаолиятининг бузилишларида.
-- Сурункали тошсиз холециститда қўлланади.
ҚЎЛЛАШ УСУЛИ ВА ДОЗАСИ
Катталар:👉 икки чой қошиқдан кунига уч марта овқатдан кейин буюрилади.
Болалар: 👉бир чой қошиқдан кунига уч марта овқатдан кейин буюрилади.
⭕️НОЖЎЯ ТАЬСИРИ
Кам аниқланган .
ҚЎЛЛАШ МУМКИН БЎЛМАГАН ХОЛАТЛАР
 -- Препаратга юқори аллергик реакция бўлганда. 
-- Ҳомиладорликнинг биринчи 3 ойлигида мумкин эмас .
-- Аллергик касалликларда мумкин эмас.
Бонжигар пакетчали гранула шакли хам бор.
Бонжигар капсуласи хам бор. Кунига 1 капсуладан 3 махал овқатдан кейин қабул қилинади.

☀️Бонжигар ўт-сафро оқиб чиқишини  кўпайтиради. Жигарда ёғлар тўпланишининг олдини олади ва уларнинг жигардан йўқотилишини  тезлаштиради. Жигарда кимёвий заҳарларни зарарсизлантиради. 
☀️Жигарнинг ўткир ва сурункали алкоголли заҳарланишини зарарсизлантиради. Кўп алкоголь ичадиганлар қабул қилса яхши самара беради жигарни ҳимоя қилишга. 
☀️Жигар катталашганда ўлчамларини қисқартиради ва тузилишини сақлайди.
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️