Foydali metod @guljahon_mamtaliyeva Channel on Telegram

Foydali metod

@guljahon_mamtaliyeva


👩‍🏫 10 yillik tajribaga ega pedagog
💁‍♀️ Trener
👩‍🎓 Magistr
✍️"LIDER USTOZ" prof kursi ishtirokchisi
Guljahon Mamtaliyeva tomonidan Samarali interaktiv metodlarni qo'llash bo'yicha tavsiyalar berib boriladi.Onlayn va offlay kurslar tashkil etiladi

Foydali metod (Uzbek)

Foydali metod kanali, pedagoglik bo'yicha 10 yillik tajribaga ega bo'lgan Guljahon Mamtaliyeva tomonidan yaratilgan. Kanalda onlayn va offlay kurslar, samarali interaktiv metodlar va liderlik ustoz prof kursi ishtirokchisi haqida ma'lumotlar beriladi. Guljahon Mamtaliyeva, trener va magistr, foydali metodlar va pedagogik amallarni o'rgatishga bag'ishlangan. Agar siz ham samarali va foydali metodlardan foydalanishni istasangiz, Foydali metod kanali siz uchun ideal platforma bo'ladi.

Foydali metod

25 Jan, 16:58


❗️Муаллимини моддий бойитмаган давлат халқини маънавий қашшоқ қилади - Отто фон Бисмар

Foydali metod

25 Jan, 16:56


Шохида Нишанова сайтидан олинди.

Алишер Навоийнинг “Маҳбуб-ул-қулуб” асари 18-фаслида ўқитувчилик меҳнати машаққати хусусида шундай дейилади: “Унинг иши одам тугул, ҳатто девнинг ҳам қўлидан келмайди. Бир кучли киши бир ёш болани сақлашга ожизлик қилар эди, у эса бир тўда болага илм ва адаб ўргатади. Лекин шуниси ҳам борки, болалар орасида фаҳми идроки озлари бўлади. Муаллим бу каби ҳолларда юзлаб машаққат чекади. Шу жиҳатдан олганда, болаларда унинг ҳақи кўп, агар шогирд улғайгач, подшоҳлик мартабасига эришса ҳам унга (муаллим)га қуллуқ қилса арзийди”.

Foydali metod

20 Jan, 12:35


O'qituvchilar uchun zo'r tavsiya🤗

Foydali metod

20 Jan, 12:29


⚡️OMMALASHTIRISHNING YANGI NIZOMI.

MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i.


💰Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat

Foydali metod

20 Jan, 12:25


#Устозим

Kelajakda sun’iy intellekt qaysi kasblarni o‘rnini bosa olmaydi? 🧐

ChatGPT’dan shu savolni so‘radim va u bir qancha kasblarni sanab o‘tdi. Eng qiziq tomoni – bu kasblar orasida pedagogika fani bor edi! 🎓
Bu meni juda quvontirdi, chunki bu kasb nafaqat bilim, balki mehr, muloqot va ijodkorlikni talab qiladi.

Sizga ham bu mavzu qiziqmi? Qanday o‘ylaysiz, kelajakda pedagogikani sun’iy intellekt almashtira oladimi? Fikrlaringizni yozib qoldiring va yurakcha qo‘yishni unutmang! ❤️
📚 Kimga jo’natishni bilasiz

Foydali metod

17 Jan, 11:37


👇Manashu video meni judayam ta'sirlantirdi sizlarga ham ildim😔

Foydali metod

17 Jan, 11:37


Иш иш деб ота-оналаримизни унутиб қўймайлик
Бу дунёни иши ҳеч тугамаган, лекин ота-онамиз эса ғанимат

✿•┈┈┈┈┈••ৡ❀ৡ•┈┈┈┈┈•✿

Аъзо бўлинг👉@Ayollar_kanallari

Foydali metod

17 Jan, 07:22


Darsingizni shu tartibda rejalashtiring

Foydali metod

17 Jan, 07:16


Bu haqida nima deysizlar? 🤩

Foydali metod

17 Jan, 07:15


Zanjir metodidan🙃

Siz faningizga bog'lab o'tkazsangiz bo'ladi

Foydali metod

12 Jan, 09:21


🔖 Chexiyada eng yaxshi baho 1, eng yomoni 5 baho hisoblanadi. Mamlakat maktablarida faqat bitta fanni o'qitadigan o'qituvchilar yo'q. Ular bir vaqtning o'zida bir nechta fanlarni o'rgatishlari kerak

Foydali metod

12 Jan, 09:20


Тавсия

📚 Китоб ўқиш ўқимасликдан фойдалидир

Китоб ўқиш зеҳнни очади, ибораларни ифодали ўқиш ва ваъз-насиҳатлар қилишга йўл бошлайди, одамни ҳикмат сари ундайди, тилни равон қилади, фикрлаш малакасини юксалтиради, ҳақиқатларни юзага чиқаради, шубҳаларни ҳайдайди.

Китоб ёлғизга таскин, қалбга нажот, ҳамсуҳбат истаганларга суҳбат манбаи, фикрловчига роҳат, йўловчига чироқ кабидир.

Китобдаги маълумотлар кўп такрорланиб ёдлаб олинса, ўрганилса ва амалда татбиқ этилса, унинг меваси пишиб етилиб, ҳосилни йиғиш вақти келади. Бозордаги нархи ҳам юқори бўлади. Аллоҳнинг изни билан унинг мевасидан тановул қилиб, роҳатланиш учун ҳар томондан харидорлар кела бошлайди. Китоб эгасининг даражаси энг олий чўққига етади. Илмини бошқаларга улашиш асносида ўзининг билими яна ҳам пишиб боради.

Китоб ўқимаслик, унга эътиборсизлик, китобни ёлғизлатиб қўйиш оқибатида гўзал сўзлашув қобилияти йўқолади, китоблар ёйилмайди, кўлмак сувга ўхшаб тўхтаб қолади, қалбда тушкунлик ҳолати юзага келади, ақл мадорсизланади, инсон табиати ўлади, маърифат сармояси тугайди.

Китобда жуда кўп фойда, масал, турфа хил ҳикоя, хотира ва қимматли, нодир билимлар бўлади. Демак, китоб ўқиш ўқимасликдан фойдалидир.

Доктор Оиз Қарнийнинг "Ўкинма" китобидан.

Foydali metod

10 Jan, 07:43


#Tabiiy_fanlar

Muammolarni yechishda ko‘p qirrali nuqtai nazar taqdim etish: SWOT-tahlil

Ijtimoiy va iqtisodiy, ekologik muammolarni va ularning yechimlarini aniqlashda bizga muammoli ta’lim metodlari yordamga keladi.

Muammoli ta'lim metodlari o‘quvchilarga yoki talabalariga muammoni yechishga qaratilgan o‘qitish usuli bo’lib, ushbu metodda o‘quvchilar o‘z bilimlarini amaliy vaziyatlarda qo‘llashni o‘rganadilar.


SWOT qismlari quyidagi ma’nolarni bildiradi:

S (Strengths) - Kuchli tomonlar
W (Weaknesses) - Zaif tomonlar
O (Opportunities) - Imkoniyatlar
T (Threats) - Xavf-xatarlar.

Tahlil metodini "O’zbekiston iqlimi" mavzusida ko’rib chiqamiz.

Kerakli jihozlar: Interaktiv doska, kartochkalar (SWOT-tahlil uchun), O‘zbekistonning tabiiy geografik xaritasi, iqlim diagrammalari va statistik ma’lumotlar.

Mavzuga kirish uchun qisqa savol-javob va tushuntirish o‘tkaziladi:

O‘quvchilardan O‘zbekiston iqlimi haqida nimalarni bilishlarini so‘raladi.
Asosiy tushunchalarni aniqlashtiriladi: kontinental iqlim, quruqlik, qish va yoz faslining farqlari.

Qisqacha tushuntirish:

O‘zbekistonning geografik joylashuvi: kenglik, tog‘ va cho‘l hududlari.
Iqlimga ta‘sir qiluvchi omillar.

Qo‘shimcha ma’lumotlar eslatiladi:

O‘zbekistonning asosiy iqlim xususiyatlari:

Yozda issiq va quruq, qishda sovuq bo‘lishi.
O‘rtacha yillik yog‘in miqdori pastligi.
Amudaryo va Sirdaryo suv resurslariga bog‘liqligi.
Iqlimning iqtisodiyotga ta‘siri: qishloq xo‘jaligi, turizm.

O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linadi va quyidagi o’quv topshiriqlar beriladi:

1-guruh: Iqlimimizning kuchli tomonlarini aniqlash.
2-guruh: Zaif tomonlarni tahlil qilish.
3-guruh: Iqlim imkoniyatlarini o‘rganish.
4-guruh: Xavf-xatarlarni belgilash.

Har bir guruhga kartochkalar va xaritalar tarqatiladi. Guruhlar ishlaydi va natijalarni tayyorlaydi.

Guruhlar natijalarini taqdim etishi:

Har bir guruh o‘z izlanishlarini taqdim etadi.
O‘qituvchi savol-javob orqali guruhlarni rag‘batlantiradi va mavzuga yanada aniqlik kiritishga harakat qiladi.

Yakuniy qism

SWOT-tahlil natijalari umumlashtiriladi va doskaga yoziladi.
O‘quvchilar bilan quyidagi savollar muhokama qilinadi:
O‘zbekiston iqlimining qaysi tomonlari rivojlanishga ko‘proq imkon yaratadi?
Xavflarni kamaytirish uchun nimalar qilish mumkin ekan?

Foydali metod

10 Jan, 07:42


Darsni qizitish uchun o‘yin: "Warm up" metodi

Oʻquvchilarni bir fandan chiqib boshqa bir fanga kirganda, yoki "koʻcha", "uy" rejimidan "dars" rejimiga oʻtib olishlari va moslashishlari, diqqatlarini ayni shu fanga qaratishlari uchun qulay metod.

“Warm up” metodi avvalgi darslarni takrorlash va muhim tushunchalarni mustahkamlash, oʻquvchilarning darsdagi sinovlar yoki loyihalarni boshlash oldidan shaxsiy tashvishlari va stresslarini unutishga yordam beradi.

Batafsil: https://bit.ly/4gk58cK

Foydali metod

24 Dec, 10:48


#Atamalar_sharhi

🔹 Mentor
– samarali boshqaruv tajribasiga ega boʻlgan taʼlim tashkilotining rahbari boʻlib, bu lavozimda boshqaruv loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda va uning professional boshqaruv vakolatlarini rivojlantirishda boshqa menejer uchun maslahatchi vazifasini bajaradi.

Mentorlar bu pedogogik jamoada tan olingan, oʻz tajribalari bilan boʻlishishga tayyor va hamkasblari faoliyati sifatini oshiirishda manfatdor boʻlgan taʼlim rahbarlari.

🔹 Mentorlik – boshqaruv murabbiylik tizimi bo’lib, uning mohiyati boshqaruv qarorlari va loyihalarini ishlab chiqish tayyorlash va amalga oshirish tajribasini eng tajribali va muvaffaqiyatli hamkasblariga o’rgatishdir.

✍️ Muallif: Sevara Matkarimova

Foydali metod

23 Dec, 13:09


Farzandim dadasi bilan meni o'tkazgan kunlarimizni chizibdi🙃😅

Sizlarni ham farzandlaringiz shunday rasmlar chizib turishadimi?

Foydali metod

20 Dec, 11:22


EYZENXAUER MATRITSASI
Bu matritsa 1- bo'lib AQSH ning 34-prezidenti Duayt Eyzenxauer tomonidan ixtiro qilingan bo'lib, mas'uliyatni bajarish va mamlakatga xizmat qilish maqsadida tashkil etilgan.
Biz bu matritsadan maqsadlarimizni to'g'ri tartibga solish, samaradorlikni oshirish va vaqtni to'g'ri taqsimlash uchun foydalanamiz.
Matritsani maqsadlar daftaringizga chizib, maqsadlaringizni shu matritsa bo'yicha bo'lib oling!

1. Shoshilinch va muhim (xoziroq bajarishingiz kerak bo'lgan rejalar, vazifalar)
2. Shoshilinch emas, lekin muhim (imkoningiz bo'lishi bilan bajarishingiz kerak bo'lgan)
3. Shoshilinch, lekin muhim emas (kimgadur topshiradigan, yordam oladigan ishlar)
4. Shoshilinch ham, muhim ham emas (unutib tursa bo'ladigan ishlar)

Taqsimlab olganingizdan so'ng endi etiboringizni qaysi vazifalarga qaratishni yaxshi bilasiz........!

Albatta bajarib ko'ring! Bu matritsa samaradorligingizni oshirib, maqsadlaringizga tezroq yetishga katta yordam beradi.

Foydali metod

20 Dec, 11:13


⚡️ISH TAJRIBANI OMMALASHTIRISH QUYIDAGI TARTIBDA AMALGA OSHIRILADI.

1. maktabda ommalashtirish uchun tavsiya etilayotgan ish tajriba metodbirlashmada ko’rib chiqiladi. Ommalashtirishga loyiq deb topilsa, maktab pedagogik kengashiga tavsiya etiladi. Pedagogik kengashda, “ommalashtirilsin” deb qaror qabul qilingan taqdirda.

2. ish tajriba ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

3. ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi.

Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.

Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.

Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi.

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim.

Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Asos: MMTV ning 2024-yil 7-fevraldagi 32-sonli buyrug‘i.

@Davlat_tili_archives

Foydali metod

19 Dec, 10:24


Ustoz | Qisqa metrajli film

Ushbu hayotiy film bir oilaning 5 farzandini o’qitgan Ustoz haqida.

O’ylaymizki, bu film Ustozlar, tolibi ilmlar, Ota-onalar, yoshlar uchun juda foydali bo’ladi, In Shaa ALLOH.

Filmning to’lig’ini pastdagi linkni bosib, youtobeda ko’rishingiz mumkin.
👇
https://youtu.be/hUg-80KrQOg?si=e3VFL6BRZ3Gcemsb

Foydali metod

18 Dec, 04:57


#ijtimoiy_fanlar

Ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun: ”Tashviqot guruhi” texnologiyasi


Texnologiyaning maqsadi: o’quvchilarda muammoning mohiyatini aniqlash, o’z fikrlarini aniq va qisqa dalillar asosida bayon qilish orqali ularga ishontirish, shuningdek, targ’ibot-tashviqot qilish va uni amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Mashg’ulot dars mavzusiga ko’ra turli yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilishi mumkin.

O’tkazilishi:

1️⃣ Mashg’ulotning boshida o’quvchilar auditoriyasi oldiga bir necha muammoli mavzularni tashlaydi. O’quvchilar ushbu muammoli mavzular orasidan ixtiyoriy bittasini tanlaydilar.

O’rtaga tashlanayotgan muammoli mavzu o’quv predmeti yoki tarbiya yo’nalishida bo’lgani maqsadga muvofiq. Masalan, "Tabiat va odamlar", "Milliy qadriyatlarimizni asraymiz", "Vaqt va biz'', "Zararli odatlar" kabi mavzular tanlanishi mumkin.

2️⃣ So’ngra o’qituvchi o’quvchilarni mashg’ulotni o’tkazish tartib-qoidalari bilan tanishtiradi. Tanlangan mavzu kichik guruhlarda muhokama qilinishi uchun vaqt belgilanadi.

Kichik guruhlar tomonidan tayyorlanadigan chiqishlar adabiy-musiqiy, ko'rgazmali, plakatli va jihozlarga boy bo'lishi talab etiladi. Kichik guruhlar o'z chiqishlarini videofilm, slayd yoki klip shaklida namoyish etishlari mumkin bo’ladi.

O’qituvchining ko’rsatmasi bilan bu jarayon yakka tartibda yoki juft bo’lib amalga oshiriladi. O’quvchilar bilan birgalikda guruhlarning chiqishlari va ijodiy faoliyati muhokama qilinadi. Yakuniy xulosa qilinadi va kerakli tavsiyalar beriladi.

📌 Izoh: Tashkil etilgan targ’ibot-tashviqot ijodiy guruhlarning chiqishlari muhokama qilishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:

Tanlangan mavzuning dolzarbligi;
Mavzuning mazmuni va uni yoritilishi( so’z, sahna ko’rsatuvi, rasmlar yoki video, mimika yoki pantomimika);
Mavzuning yoritilishiga ijodiy yondashuv originalligi;
Mavzuni yoritishda ishlatilgan jihozlar va yordamchi vositalar;
Mavzu mazmunining tarbiyaviyligi va ta’sirchanligi.

O’qituvchi kichik guruhlarga bir dars avval tayyorlanishni vazifa qilib belgilashi va metodni dars mashg’ulotida qo’llashi ham mumkin.

Foydali metod

06 Dec, 16:53


Ajoyib enerjayzer😀

Foydali metod

06 Dec, 15:30


Таълим ва муаллим

📚Ўқитиш – умид уруғларини экиш демакдир.
Луи Арагон, француз ёзувчиси.

Ўқувчи фақат меҳр
қўйган кишисидангина таълим олади.
Иоганн Гёте, олмон ёзувчиси.

📗Муаллимлик санъати
ўқувчилар қалбида қизиқиш уйғотиш, сўнг бу талабни қондиришдир.
Анатол Франс, француз ёзувчиси.

манба: @oriftolib

Foydali metod

06 Dec, 15:27


Булар қизиқ!

📄 Оқ қоғозинг борми ёки нега А4 қоғозининг ўлчами 21×29,7 см?

А4 варағининг эни 210, узунлиги эса 297 миллиметрлигини кўпчилигимиз биламиз. Аммо бу сон қаердан келган? Нега у бутун эмас?

Таъкидланишича, бундай бўлишига метрик тизим айбдор. Гап шундаки,  ISO 216 халқаро қоғоз формати бир қатор ўлчамлардан иборат: А0, А1, А2, А3, А4, А5 ва ҳоказо. Улардан энг каттаси — А0, уни тенг иккига қисмга бўлсак А1 пайдо бўлади. Қолган ўлчамлар ҳам айнан шу мантиққа асосланади.

Стандартлаштириш учун А0 формати 1 квадрат метрга тенглаштирилган. Агарда инсон кўзига ёқимли бўлган 3:2 ёки 4:3 пропорцияларни олсак, ҳар кейинги бўлинишда нисбат сақланиб қолмайди. Бу эса жуда муҳим. Айнан шу сабабли ўлчам ўзгарса ҳам нисбат ўзгармаслиги учун 1:√2 пропорцияси олинган.
  Бир квадрат метр майдонга эга А0 формати шу нисбатга олиб келинганда, унинг эни 84,1 узунлиги эса 118,9 сантиметрга тенг бўлди. Буни иккига бўлсак А1, уни иккига бўлсак эса А2 ҳосил бўлади ва ҳоказо. Қуйида уларнинг ўлчамлари:

А0 — 841×1189 мм.
А1 — 594×841 мм.
А2 — 420×594 мм.
А3 — 297×420 мм.
А4 — 210×297 мм.
А5 — 210х148 мм.
А6 — 148х105 мм.


Бундай ғалати ўлчамлар келиб чиқишининг сабаби шу. Ҳаммаси 1 дан бошланган.

Манба: sinaps.uz

Foydali metod

26 Nov, 12:44


#таfakkur_uchun

ISHGA  MUNOSABATINGIZ - MARTABANGIZDIR!

Uch kishi g‘isht terayotgan edi. Ularning biridan so‘rashdi:
— Umuman olganda, bu yerda nima qilyapsan?
U peshonasidagi terni artdi-da, javob berdi:
— Men qiynalib qora mehnat qilayapman... Ishim og‘irligidan qaddim bukilib, sog‘lig‘imni yo‘qotayapman.

Ikkinchisining oldiga borib undan so‘rashdi:
— Sen nima qilyapsan?
U yenglarini shimarib, boshini ko‘tardida, g‘urur ila javob berdi:
— Pul ishlayapman. Hunarim bilan xalol rizq terayapman.

Keyin uchinchi kishidan so‘radilar:
— Sen nima ish qilyapsan?
U mamnun jilmaydi-da, javob berdi:
— Men maktab quryapman!

Ishingizga ta’rif va munosabatingiz qanday bo‘lsa Siz xam shundaysiz!
 
Lekin, maqsadingiz oliy bo‘lsa, martabangiz yuksalishi muqarrar... Shuni unutmang!

Foydali metod

26 Nov, 01:23


Krossword tayyorlashning zamonaviy usuli

Foydali metod

08 Nov, 12:14


Ajoyib enerjayzer foydalanib ko'ringlar

Foydali metod

07 Nov, 15:53


#Kulishamiz

Қизиқ, нега врачнинг медсестраси бор - у, педагогнинг педсестраси йўқ🤔
Ҳа нима, педагог дарс ўтади, педсестра эса ҳужжатлар ва қоғозбозлиги билан шуғулланади. Шунда ҳаммаси ҳаққоний ва адолатдан бўлади, тўғрими😜

📤Яқинларингизга  ҳам  улашинг

Foydali metod

07 Nov, 04:33


Shahzoda ustozimizni rag'batlantirish usullari🤗

Foydali metod

07 Nov, 04:32


Assalomu alaykum manam wularni baʼzilarini chiqartirdm qolganalri endi chiqartiramn va sertifikat tayyorlashni bilaman rasmini ham qoʻshib bermoqchiman keyin ertak kitob ham🥰🥰🥰

Foydali metod

06 Nov, 14:24


Ўқувчиларни мукофотлаш қанчалик фойдали?

Инсонга хуш келадиган — кутилмаган мақтов, ҳаракат, ҳадялар ўқувчиларнинг илм олиш жараёнига ижобий ҳисса қўшади.

Сабаби, кутилмаган совғалар болалар миясида — дофамин гормонини ишлаб чиқаради.

Бахт гормони — дофамин, нафақат ўқувчилар ўзини яхши ҳис қилишига, балки миядаги ахборот нейронларини тезроқ боғланишига ҳам сабабчи бўлади. (расмни кўринг)

Нейронларда боғлам ҳосил бўлиши = калла яхшироқ ишлайди дегани.

Хулоса

Мукофотлаб туринг — яхшироқ натижа кўрсатади.



Barbara Oakley "Uncommon Sense Teaching".

Foydali metod

06 Nov, 06:56


Mana shabloni👆

Foydali metod

06 Nov, 06:14


Uzum metodi

Bu metodni qo'llash tog'risida batafsil ☝️yuqoridagi postlarda ma'lumotlar mavjud🤗

Foydali metod

28 Oct, 11:22


Qanday qilib darslarni qiziqarli va samarali qilish mumkin?

Sinfda o‘quvchilarni jalb qilish muhitini yaratish uchun to‘g‘ri usullar va mashqlarni har bir darsga joriy qilish juda muhim.

📚 Samarali darsga olib boruvchi uch qadam:

👉 Savollarni oldindan rejalashtiring: Dars davomida o‘quvchilarning javoblarini yozib boring.

Bu sizga ularning rivojlanishini baholash va kelgusi qadamlarni sozlashga yordam beradi.

👉 Interaktiv metodlardan foydalaning: Masalan, Domino Discover kabi usullarni qo‘llang. 

Bunda o‘quvchilar faol ravishda muhokamalarda ishtirok etadilar, fikrlarini ifodalaydilar va bir-birlarini qo‘llab-quvvatlaydilar.

👉 Ta'lim jarayonini moslashtiring: O‘quvchilarning javoblariga qarab darslarni doimiy ravishda moslashtiring.

Shunda har bir o‘quvchi o‘ziga xos yondashuv va kerakli yordamni oladi.

💡 Muvaffaqiyat mezonlari:

O‘quvchilarni tinglang, savollar bering va misollar keltiring, shunda darslar haqiqiy hayot bilan bog‘liq bo‘ladi.

Har bir dars nafaqat o‘quvchilar uchun, balki siz uchun ham yangi kashfiyotlarga yo‘l ochsin.

Sinfda har bir o‘quvchi jarayonning faol ishtirokchisi bo‘lishini ta'minlang va ta'lim oddiy vazifa emas, balki qiziqarli sayohatga aylansin.

Foydali metod

26 Oct, 10:14


Azizlarim sizlar ham mening kichik bir oilamsizlar sizlarga bugun bir sirni ochaman😊

Duo qilinglar bugun men 4 bor ona bo'lish baxtiga sazovar bo'ldim Robbimga hamdu sanolar bo'lsin buning uchun🤲

Foydali metod

23 Oct, 05:01


O‘qituvchi qog‘ozga

"Agar boshqa o‘qituvchi dars o‘tishini xohlasang, kulib qo‘y", -
deb yozibdi.

O‘quvchilarning reaksiyasini bir ko‘ring🥰

Hoooo'sh buni sinab ko'rishga Kim tayyor tajribangizni biz bilan bo'lishishni unutmang😁

Foydali metod

23 Oct, 04:54


Besh kadr metodi

🍁Hozir sizga ,,besh kadr’’ metodini tushuntiraman , ( bir marta bo’lsa ham bu usuldan foydalanib ko’ring)

🍁Bu ko’rgazmali usulni jamoaviy yoki yakka tartibda qo’llashiz mumkin!

🍁Jamoaviy qo’llaganizda ,ko’proq kadrlar berasiz!

🍁Yakka tartibda qo’llaganizda kadr lentalari sonini 3 tagacha berishingiz mumkin!

🍁,,Besh kadr’’ metodini har bir lentasi uchun bir nom, yoki mavzu tanlanadi, o’quvchi tanlagan nomga ko’ra 5 ta kadrga ma’lumot yozadi.
🍁 Bu usuldan faqat darslarda emas , nazorat va imtihonlarda ham foydalanish mumkin .

Foydali metod

23 Oct, 04:54


Metod nomi: Kitobni och

Bu metod o'yin shaklida o'tkaziladi. O'yin sharti quyidagicha;

🎲 O'yinga 3.4 yoki 5 o'quvchi jalb qilinib, ularning ko'zlari bog'lanadi. Har bir o'quvchiga 1 tadan yordamchi o'quvchi hamroh beriladi. O'qituvchi o'yinchi o'quvchilarga kitob yuzasidan bitta mavzu berib vaqt belgilaydi. Ular ko'zi bog'langan holatda mavzuni topishlari kerak. Yordamchi hamroh o'quchilar esa faqatgina kitobga tegmaydi, old yoki orqaga, o'ngga yoki chapga deb qo'lini tekizmasdan yordam qilishlari mumkin halos.

❗️Qoidani buzgan o'quvchilar o'yindan chiqariladi. Kim birinchi bo'lib belgilangan vaqt ichida topsa o'sha o'quvchi g'olib sanaladi.

👩‍💻 O'yindan maqsad.
Kitobga bo'lgan o'quvchilarning mehrini uyg'otish. Mavzularni kuzatib borishga undash. Kitobni o'rganish.

Foydali metod

20 Oct, 09:07


Mana nima yasadi🤗

Foydali metod

20 Oct, 07:25


Farzandimizni bugun kulolchilik bo'yicha master klassga olib keldik POTERSS ACADEMYga

Jarayon Juda ham qiziqarli bo'lyapti😍

Turli savollari bilan hunarmandlarni boshini qotiryapmiz😁😉

Foydali metod

19 Oct, 14:05


O‘quvchiga tahdid qilish qanchalik samarali?

Psixolog Fridman bolalar tarbiyasida tahdid qilish qanchalar muhimligi haqida o‘ziga xos izlanish olib boradi.

U o‘z tadqiqotida bolaga beshta o‘yinchoq ko‘rsatib, quyidagilarni aytadi:

"Robot bilan o‘ynash yomon. Agar sen shunday qilsang, juda jahlim chiqadi va seni jazolashga majbur bo‘laman".

O‘quvchilarni chetdan kuzatar ekan — 22 ta boladan 21 tasi robotga qo‘l tekkizmadi.

Tahdid bolaga qisqa muddatda ajoyib samara beradi degan fikrga kelindi.

Endi Fridman, tahdidning keyinchalik atrofda hech kim bo‘lmaganida qanday ta’sir ko‘rsatishini bilish uchun — yordamchisini ikkinchi tadqiqot uchun yubordi.

Yordamchi ayol o‘quvchilar vazifalarini tekshirish vaqtida, xonadagi xohlagan o‘yinchoqni o‘ynab turishi mumkinligini aytdi.

Qizig‘i shundaki, bolalarning 77 foizi ilgari "taqiqlangan meva" — robot bilan o‘ynashni afzal ko‘rishdi.

Keyingi safar, Fridman xuddi shu tadqiqotni boshqa guruh o‘quvchilari bilan bajardi.

Yana robot o‘ynash yomonligini tayinladi, ammo tahdid qilmadi.

Bu safar ham 22 ta boladan 21 tasi robotga qo‘l tekkizmadi: ya’ni qisqa muddatda ham ogohlantiruvning o‘zi yetarli ekanligi ayon bo‘ldi.

Hayratlanarlisi, olti haftadan keyin atigi 33 foiz bolalargina robotga qo‘l tekkazishdi.

Xulosa

1. Tashqi bosim, qo‘rqitish, tahdid qilish — natija berganday ko‘rinsada, aslida, samarasiz.

2. Tahdidsiz ko‘rsatma berish — bola atrofida hech kim bo‘lmaganida ham samarali natija beradi.

Post Robert Chaldinining "Ta’sir psixologiyasi" kitobidan

Manba : Халқаро мактаб устози

Foydali metod

18 Oct, 12:32


Bog'cha opalarimiz uchun ajoyib enerjayzerlar toplami🤗

Foydali metod

18 Oct, 12:28


Dunyo psixologlari fikricha, bola hayotida aniq tartib o‘rnatish va unga ota-onalik mehrini bildirish uchun quyidagi amaliy odatlar muhim:

👉 Bola har kuni maktabga ketishdan avval bir xil vaqtda uyg‘onishi;

👉 Dasturxon atrofida o‘z o‘rni bo‘lishi;

👉 Maktabga har doim bir xil vaqtda borishi (kech qolmay);

👉 Uni maktabdan bir kishi olib ketishi;

👉 Qat’iy jadval asosida harakat qilishi;

👉 Haftada ikki kun bolalarni xiyobonga olib borish;

👉 Shanba kunlari ular bilan birga mashinangizni yuvish;

👉 Har kuni bir xil vaqtda tushlik qilish;

👉 Ota safarga ketsa, bolalar savollariga ona javob berishi, tunda xayrli tun tilab, ota qo‘ng‘iroq qilishi;

👉 Ona har kuni uyqudan avval ertak aytib berishi;

👉 Ota-ona xursandchilik payti qo‘shiq kuylab berishi;

👉 Uyqudan avval bola ota yoki onasi bilan maktabda o‘tgan kun haqida suhbatlashishi;

👉 Bahorda oilaviy gul sayliga borish;

👉 Yakshanba kunlari piknik;

👉 Oyda bir kun ota yoki ona bilan kunni yolg‘iz o‘tkazish.

Bularga sizni fikringiz qanday😉⁉️

Foydali metod

17 Oct, 17:36


Judayam qiziqarli maʼlumot .

🇯🇵 Yaponiyada kimlar o'qituvchi bo'la oladi?

Demak, Yaponiyada har qanday soha vakili o'qituvchi bo'la oladi, faqat sharti bor. O'qituvchilik qilish uchun litsenziya olish kerak. Aks holda pedagogika oliygohini bitirgan bo'lsangiz ham o'qituvchilik qila olmaysiz

📁 Yaponiyada o'qituvchilik litsenziyasini olishni o'zi ham murakkab jarayon, hatto litsenziya olgandan so'ng ham o'qituvchi oddiy o'qituvchi yordamchisi bo'lib ishlab yuradi

🎓Asosan yoshi katta, o'sha nafaqaga chiqqan o'qituvchilar Yaponiyada o'zi ishlagan maktabiga kelib yosh o'qituvchilarga ustozlik qilib yuradi, ularning darslarida o'tirib kuzatadi, yosh o'qituvchilar esa barchasi oldin faqat darsda kuzatuvchi bo'lishadi

➡️ Xorijliklar Yaponiyada faqat xorijiy til o'qituvchisi bo'la olishadi, boshqa fanlarga faqatgina yapon o'qituvchilar olinadi, o'ziga xos usulda ta'lim tizimini himoya qiladi

💰 Yangi oliygohni bitirib kelib litsenziya olgan o'qituvchilar 2500 dollar oylik bilan ishlarini boshlashadi, toifa degan narsa yo'q, qancha ko'p yil ishlasangiz, shuncha ko'p oylik olaverasiz

Lekin bir narsasi bor ekan, o'zi shartnoma bo'yicha 8:30 dan 17:00 gacha o'qituvchi ishlashi kerak ekan, lekin hamma o'qituvchi soat 7:00 dan maktabga kelib olishar va 20:00 - 21:00 gacha jonini berib ishlar ekan, undan ham qizig'i ularga hech kim qolib ishla demas ekan, o'zlarining tashabbusi bilan shunaqa ishlar ekan.

Foydali metod

17 Oct, 17:35


Qoida chizamiz!

Qoidani chizib bo‘larknami? Ha! Qiziqarli metodikada hamma narsa qiziq bo‘lishi kerak! ❤️

✏️Demak, o‘quvchilarni juftliklarga bo‘lib chiqasiz.

✏️Ularga turlicha qoidalar yozilgan qog‘ozlar berasiz.

✏️Shu qoida asosida juftliklar bitta varaqqa rasm chizishadi. Ya'ni, qoidani rasm ko‘rinishida ifodalashlari kerak.

✏️Keyin esa jamoalar chizgan rasmlarini o‘zaro almashadilar.

✏️Raqib guruhning rasmiga qarab qaysi qoida ekanligini to‘g‘ri topgan juftlikka ball beriladi!

Albatta, sinab ko‘ring📚

Foydali metod

15 Oct, 13:48


Tarbiya nazariyotidagi eng goʻzal nazariya qissalar bilan tarbiyalashdir.

Qurʼoni karim itoatgoʻylar, osiylar, Nabiylar, ayollar, hayvonlar, qullar va oʻtgan ummatlar qissasi bilan toʻla. Tarbiya va yoʻnalish berishda bundan oʻtadigani yoʻq.

Bu uslubdan maqsad yetkazish kerak boʻlgan fikrni nafs yaxshi koʻradigan suratda birovga yuklashdir. Inson qissaga tabiati bilan quloq tutib uni qabul qiladi. Bu katta yoshlilarda.

Ammo yosh bolalarda esa bu uslub juda ham muhim va foydalidir.

Bolalarda bu dunyo haqidagi fikrlar juda erta shakllanadi. Erta shakllangan narsani oʻzgartirish ham qiyin kechadi.

Har bir qissaning qahramonlari boʻladi. Qahramonlar bolalar uchun bir yetakchi va oʻrnak vazifasini oʻtaydi. Bolalar ularga taqlid qilishadi.

Shuning uchun hikoyalarni tanlab olish lozim boʻladi. Bu bilan biz ularga yetakchilarni tanlab bergan boʻlamiz.


Firʼavnning qizining sartaroshi haqidagi hikoya Zolushka haqidagi ertakdan goʻzalroqdir.

Bilqis haqidagi hikoya “Qorning oqligi” hikoyasidan yaxshiroqdir.

Uxud sohiblaridagi bola hikoyasi Robin Gud hikoyasidan afzaldir.

G’or sohiblarining qissasi Ali bobo va qirq qaroqchi qissasidan yaxshidir.

Adham Sharqoviy “Tongi suhbatlar”dan

Foydali metod

15 Oct, 05:44


Bu esa durbinni yasash bo'yicha video🤗

Biz uyda tamom bo'lgan salfetkaning o'rtasidagi dumaloq kartondan foydalandik😁

Foydali metod

15 Oct, 05:42


Bugun kunni o'g'lim bilan Durbin yasash bilan boshladik

Siz ham farzandlaringiz bilan yoki o'quvchilaringiz bilan yasab ko'rishingiz mumkin bu ancha zavqli jarayon😁

Foydali metod

14 Oct, 03:44


Dinamik qarsak metodidan darslaringizda foydalanib ko'rib izoxlarda fikirlaringizni yozib qoldiring

Foydali metod

14 Oct, 03:41


Qarsakning mo'jizasi haqida eshitganmisiiiz?

Foydali metod

14 Oct, 03:04


KONVERT metodi

Dastlab yangi mavzu yuzasidan o‘quvchilar 5 tadan savol tuzib, uni oq listdan konvert yasab ichiga solib kelsin(konvertga ismlarini yozishmasin.Kimniki ekani bilinmasin)
O‘quvchilar ko‘proq harakat qilishi u/n qatorlarda natijani hisoblang.Ya‘ni qaysi qatordan ko‘proq yozib kelsa shu qator g‘olib bo‘ladi (Shunda bolalar yutqazmaslik u/n bir-birini dars qilishga chorlaydi)
G‘olib qatordagi bolalarga 1 bal bering. Agar darsda 4 olsa ham 5 qo‘yasiz chunki ularda 1 bal bor
Bu darsda barcha konvertlarni yig‘ib oling stolingizga qo‘ying
Uy ishiga tayyor o‘quvchini doskaga chiqaring va o‘zingiz ularning ko‘z o‘ngida xohlagan konvertni bolaga bering. U ochib savollarga javob bersin
Nechta savolga javob berganiga qarab baho qo‘ying

📝bu metod juda qiziq
bo‘ladi. Bolalar men tuzgan savol kimga tusharkan deb kutadi

📌QO'LLAB KO'RING !

Foydali metod

14 Oct, 03:02


BOʻGʻIN OʻYINI

Ushbu oʻyinni koʻp oʻqituvchilar oʻz darslarida qoʻllagan boʻlishi kerak. Lekin bu faqat ona tili fani uchun deb oʻylash xato.

Yangi mavzuni boshlashdan oldin, psixologik iqlim yaratish uchun har bir fanga bemalol qoʻllashingiz mumkin boʻladi.

Aytaylik siz Matematika fanidan dars berasiz. Oʻquvchilarni diqqatini oshirish yoki darsga jalb etish maqsadida ushbu oʻyindan foydalanish mumkin.

Koʻp vaqtni olmaslik uchun ushbu oʻyinni juftliklarda oʻtkazish yanada yaxshiroq.

Juftliklarda ishlaganda faqat bir boʻgʻindan emas 4 yoki 5 ta boʻgʻindan foydalaning ( ma- ,ta-, de- , pi- shular kabi) va vaqtni tejash uchun 2 yoki 3 daqiqa vaqt bering. Ha aytgancha aynan sizni faningizga mos soʻzlardan yozishsa qoʻshimcha ball bering.

Tezda tekshirib olib, gʻolib oʻquvchilarga bugungi darsda qoʻshimcha ragʻbatni qoʻlga kiritganliklarini taʼkidlang.