Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

@timeedu_uz


🎓 Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

📄 Davlat litsenziyasi №327608

👉 Institut haqida batafsil: timeedu.uz

👉 Aloqa uchun:
+998956824000
+998956829000

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

23 Oct, 14:16


🇺🇸 Chet elda ilmiy ish qilish yoki o'qishni davom ettirish istagidagi professor-o'qituvchilar va talabalar DIQQATIGA!

Institutimizda AQShning "University of Missouri" vakili tomonidan barcha qiziquvchilar uchun VEBINAR tashkil etilmoqda.

Vebinarda:
🎓 Missuri Universitetida magistratura dasturi bosqichi bo'yicha ta'lim olish;
👨‍🏫 PhD dasturi bo'yicha tadqiqot olib borish imkoni;
💳 Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi mutaxasisliklari bo'yicha ta'lim olish xaqida batafsil ma'lumotlar beriladi.

🗓 Sana: 21-noyabr
📍 O'tkazilish joyi: 1-o'quv binosi B zal.
Vaqti: 19:00
📝 Ro'yhatdan o'tish uchun @Ielts_tmii ga murojaat qilishingiz mumkin.

✔️ Yaratilgan imkoniyatdan foydalang va rivojlanishdan toxtamang!
_______________________________

🇺🇸 Внимание студентам и преподавателям, желающим заниматься научной работой или продолжить обучение за рубежом!

В нашем институте будет организован вебинар с представителями Университета Миссури (США) для всех заинтересованных.

На вебинаре будет представлена информация о:
🎓 возможности пройти обучение по программе магистратуры в Университете Миссури;
👨‍🏫 возможностях проведения исследований по программе PhD;
💳 обучении по специальностям в области экономики и бизнес менеджмента.

🗓 Дата: 21 ноября
📍 Место проведения: зал B, учебный корпус 1.
Время: 19:00
📝 Для регистрации обращайтесь к @Ielts_tmii.

✔️ Воспользуйтесь этой возможностью и не останавливайтесь на достигнутом!

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

23 Oct, 11:57


🎓 Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida "Kelajak bunyodkorlari" loyihasi qabul jarayoni bo'lib o'tdi!

🗓 22-oktyabr kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti Karyera markazi tomonidan talabalarga mo'ljallangan "Kelajak bunyodkorlari" loyihasi doirasida qabul jarayoni o‘tkazildi. Ushbu loyiha yoshlarning ijodiy va rahbarlik salohiyatini rivojlantirish, kelajakda yetakchi bo‘lishlariga ko‘maklashishni maqsad qilgan. Tadbirda 50 ga yaqin iqtidorli talabalar ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi.

🧑‍🎓 "Kelajak bunyodkorlari" loyihasi talabalar uchun professional va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini kengaytirish, turli soha vakillari bilan tajriba almashish, hamda kelajakda muvaffaqiyatli karyera qurish yo'lida dastlabki qadamlarni qo'yish imkonini beradi.

🧑‍💻 Karyera markazimiz talabalarga doimiy ravishda o'zlarini rivojlantirish va kelajakda yutuqlarga erishish uchun ko'mak berishni davom ettiradi.

❗️Murojaat uchun: @Tmii_20

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

23 Oct, 11:55


📢 Ixtiyoriy stajirovka!

🔖Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 4-kurs sirtqi ta'lim talabalari uchun stajirovka jarayoni boshlandi!

📈 Stajirovka jarayonida quyidagi imkoniyatlarga ega bo'lasiz:

🔹Amaliy tajriba – O'qishda olgan nazariy bilimlaringizni amalda qo'llash imkoniyatini qo'lga kiritasiz.
🔹Professional aloqalar – Sohadagi yetakchi mutaxassislar bilan tanishib, kelgusidagi hamkorliklar uchun aloqalar o'rnatasiz.
🔹Rezyume uchun muhim keyslar – Real ish jarayonida qatnashib, rezyumeni boyituvchi loyihalarda ishtirok etasiz.
🔹Yangi ko'nikmalarni o'rganish – Amaliy mashg'ulotlar orqali hozirgi mehnat bozorida talab qilinadigan yangi ko'nikmalarni o'zlashtirasiz.
🔹Korporativ madaniyatni tushunish – Tashkilot ichidagi ish madaniyati va jamoaviy hamkorlikni chuqurroq tushunasiz.
🔹Karyera va rivojlanish – Stajirovka jarayoni sizga ish beruvchilarning e'tiboriga tushish va karyerangizni rivojlantirish uchun muhim qadamlardan biri bo'ladi.
🔹Shaxsiy rivojlanish – Bu jarayon orqali siz nafaqat kasbiy jihatdan, balki shaxs sifatida ham o'sish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

‼️ Bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Sizning muvaffaqiyatli kelajagingiz yo'lida stajirovka muhim o'rin tutadi!

🌐 Murojaat uchun: @Tmii_20

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

22 Oct, 15:24


“Ўзбекистон – 2030” стратегиясида белгиланган вазифалар ижроси муҳокама қилинди (+видео)

Тошкент менежмент ва иқтисодиёт институти юртимизда дунёқараши кенг, билимли ва зукко ёш кадрларни тайёрлашга муносиб ҳисса қўшиб келмоқда. Шу билан бирга, бизнесни қўллаб-қувватлаш ва иқтисодиётни рақамлаштириш салмоғини оширишда ҳам фаоллик кўрсатмоқда.

📽 https://youtu.be/sYrTjrf5EeM

Батафсил: https://uza.uz/posts/648445

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

21 Oct, 16:23


Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining 3 yilligi!

Toshkent menejment va iqtisodiyot institutining uch yilligi munosabati bilan institutimizning barcha professor-o’qituvchilarini, xodimlarini va talabalarini muborakbod etamiz! Ushbu qisqa, shu bilan birga katta qamrovli vaqt mobaynida biz kuchli mutaxassislar va hamfikrlar jamoasini shakllantirish orqali ta'lim va ilmiy faoliyatda katta yutuqlarga erishmoqdamiz.

Barchani ushbu muhim sana bilan tabriklaymiz va institutimizning yanada rivojlanishi va gullab-yashnashiga, yetuk mutaxassis-kadrlarni tayyorlash orqali Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshishiga ishonch bildiramiz!

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

21 Oct, 13:12


🇺🇿 21-Oktabr O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

21 Oct, 06:39


#TMII
#Birinchi_Respublika_Ilmiy_Amaliy_Anjumani

🔖Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti “Biznes boshqaruvi va moliya” kafedrasi tashabbuskorligida 2024-yil 18-oktabr kuni “Biznesni qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyotni raqamlashtirish: muammolar, yechimlar va xorijiy tajriba” mavzusida birinchi respublika miqiyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi. Anjuman Biznesni qo'llab-quvvatlash va iqtisodiyotni raqamlashtirish salmog'ini oshirish, hamda "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" va "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarilishiga muayyan darajada xissa qo'shishiga yuqori ishonch bildiramiz.

Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti

19 Oct, 07:20


Toshkent menejment va iqtsodiyot instituti tomonidan 2024-yil 18-oktabr kuni “Biznesni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotni raqamlashtirish: muammolar, yechimlar va xorijiy tajriba” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

📄 Anjumanda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ma’ruzalar muhokama qilindi:
 
- Zamonaviy marketing konsepsiyalari asosida iqtisodiyotni rivojlantirish;
- Biznes taraqqiyotida innovatsion menejmentning tutgan o'rni;
- Moliya va soliq sohasidagi muammolar, yechimlar va xorijiy tajribalar;
- Buxgalteriya hisobini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish;
- Biznesni boshqarish va iqtisodiyot sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning dolzarb masalalari;
- Raqamli iqtisodiyot hamda sun’iy intellekt texnologiyalaridan biznes va boshqaruvda foydalanish.

🔖 Аnjumanning yalpi majlisida sohaning yetakchi mutaxassis va olimlari ishtirok etib, o'zlarining ilmiy maʼruzalarini taqdimot qildilar hamda muhokamalarda ishtirok etdilar. Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari 5 ta shoʻbalarga boʻlingan holda dolzarb ilmiy masalalar muhokamasini davom ettirdilar.