Abituriyentga Xos @abituriyentga_xos Channel on Telegram

Abituriyentga Xos

@abituriyentga_xos


Abituriyentlarga xos barcha yangiliklar bizning kanalda

Reklama uchun: t.me/m/71pwwlFEMzYy
@talim_admin

Abituriyentga Xos (Uzbek)

Abituriyentga Xos kanali siz uchun o'zaro almashinuv va yangiliklar bilan ta'minlash uchun yaratilgan. Bu kanalda o'quvchi bo'lib hayotini o'rganayotgan har bir abituriyent uchun foydali ma'lumotlar va qiziqarli yangiliklar mavjud. Kanalda o'z fikrlarini almashish, savollaringizga javob topish va o'z bilim va tajribalaringizni boshqalar bilan baham ko'rish imkoniyati mavjud. Agar siz ham abituriyent bo'lsangiz, bu kanal siz uchun juda foydali bo'ladi. Sizning mustaqil o'rganishingizni oshirish, nima qancha o'rganishingizni aniqlash va yangi do'stlar bilan tanishish uchun, Abituriyentga Xos kanaliga a'zo bo'ling! Sizni kutib qolamiz!

Abituriyentga Xos

26 Sep, 08:58


⚡️«Yosh ziyokor» uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat OTMlar reytingi

Xotin-qizlar tanlovi katta bo‘lgan OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba):
Urganch Innovatsion Universiteti - 91
Xalqaro Nordik universiteti - 88
Profi University Navoiy filliali - 86
Yangi Asr Universiteti - 85
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 80

O‘qituvchilar soni bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi):
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 43
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti - 25
Toshkent xalqaro universiteti - 12
British Management University in Tashkent - 10
IMPULS tibbiyot instituti - 10

Grantlar taqdim etish ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yaxshi natija ega OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari):
Toshkent xalqaro universiteti - 15
British Management University in Tashkent - 13
Japan Digital University - 13
Samarqand Xalqaro Texnologiya Universiteti - 10
Acharya Universiteti - 10

Boshqa viloyatlardan kelib o‘qish ko‘rsatkichi bo‘yicha yuqori OTMlar (100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar):
Nukus innovatsion instituti - 100
Ipak yo‘li innovatsiyalar universiteti - 99
Xalqaro innovatsion universitet - 99
Toshkent gumanitar fanlar universiteti - 95
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti - 94

Nodavlat OTMlar orasida sirtqi ta’limga e’tibor kuchli bo‘lishiga qaramay, ularning 20 tasida sirtqi ta’lim shaklida ta’lim olayotgan talabalar mavjud emas.

Xorijiy talabalar ta’lim olishi ko‘rsatkichi bo‘yicha holat ijobiy emas. Masalan, Andijon iqtisodiyot va pedagogika universitetida 100 ta talabaga bor yo‘g‘i 1 ta xorijiy talaba to‘g‘ri kelsa, boshqa nodavlat OTMlarda bu qiymat nolga teng.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!

Abituriyentga Xos

23 Sep, 18:15


Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi.

Hukumatning 2024-yil 16-sentabrda bu haqida qarori qabul qilindi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

19 Sep, 10:05


⚡️Kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish tartibi.

Kontrakt.edu.uz sayti orqali shartnomalarni onlayn ravishda qanday ariza yuborish tartibi to'g'risida ushbu videoda tushuntirilgan.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

17 Sep, 13:50


⁉️Qaysi banklardan imtiyozli ta'lim krediti olsa bo'ladi?

Taʼlim krediti axborot tizimida (talim-krediti.mf.uz) taʼlim kreditini ushbu banklar orqali rasmiylashtirish mumkinligi koʻrsatilgan.

Kredit shartlari quyidagicha:
Miqdori — Shartnoma asosida;
Muddati — oʻqish davri + 7.5 yil;
Foiz stavkasi — 13.5% (xotin-qizlar uchun 0%);

Kredit miqdori:
︎Birinchi kurs talabalari uchun - toʻlov-shartnoma summasi;
︎Ikkinchi va yuqori kurs talabalari uchun: fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichidan kelib chiqib belgilanadi.

Banklarning call-markaz raqamlari:

● SQB bank - 1180
●Hamkorbank - 1256
● Agrobank - 1216
● O‘zmilliybank - 1344
● Xalq banki - 1106
● BRB bank - 1254
● OFB bank - 4004

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

12 Sep, 08:14


⚡️Prezident har bir kambag‘al oilada, ayniqsa, xotin-qizlar orasidan kamida 1 nafar oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratilishini e’lon qildi. Bunda:

- oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti beriladi;

- oliygoh, kollej yoki texnikumga kirishda grant uchun yetarli ballni 80 foizini to‘plagan kambag‘al oila farzandlariga qo‘shimcha grant ajratiladi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqil bo‘lgan oliygohlarni har biri yiliga kamida 1 milliard so‘mlik grant e’lon qiladi.

Bu grantlar hisobidan, fanlarni o‘zlashtirishidan kelib chiqib, kambag‘al oila farzandlari kontraktining 20 foizdan 80 foizgacha qismi qoplab beriladi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

10 Sep, 13:44


🎓📚 Talabalar uchun: OTMlarda kontraktni bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi

Joriy yildan boshlab O‘zbekiston OTMlarida talabalarga kontraktni qismlarga bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi. Birinchi 25% to‘lovni 15-sentabrgacha amalga oshirish lozim.

payme’da siz shartnomani bir zumda, qulaygina to‘lashingiz mumkin:

1. "Xizmatlar to‘lovi" bo‘limiga o‘ting va "Ta’lim" bandini tanlang.
2. "OTMlar uchun kontrakt to‘lovi"ni toping va to‘lov turini tanlang
3. JSHSHIR hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni tasdiqlang.

Tayyor! 15-sentabrgacha o‘qish uchun kontraktning 25% ni to‘lashga shoshiling

Abituriyentga Xos

06 Sep, 18:52


#eslatma #ijara_kompensatsiya

⚡️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

🔹 kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
🔹 shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
🔹 “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

31 Aug, 09:20


⚡️Xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan (15.08.2022-yildagi 447-son), magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Bunda talabgorlar har yili 15-sentabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15-oktabrga qadar tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

28 Aug, 09:29


⚡️Aloqa xati berish tartibi va Oliygohga taqdim qilinadigan hujjatlar

O'qishni ko'chirish imtihonlarida yetarli ball to'plagan talabgorlar endilikda o'qishlari ko'chirishga tavsiya etilgan oliygoh telegram kanalini kuzatib borishlari tavsiya etiladi.

Sababi oliygohlar qachondan boshlab aloqa xati berishlarini rasmiy sahifalarida e'lon qilishadi va o'sha sanadan boshlab aloqa xatini olish uchun oliygohga borishingiz lozim bo'ladi.

Shuningdek, aloqa xatida qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi ko'rsatilgan bo'ladi, jumladan:

Diplom yoki attest asl nusxasi;
Transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;
Akademik ma'lumotnoma;
1-kursga qabul qilinganlik bo'yicha buyruqdan ko'chirma;
Kursdan-kursga o'tganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
Talabalar safidan chetlashtirilganligi to'g'risida buyruqdan ko'chirma;
Oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlari


Aloqa xatini olganidan so'ng, talabgor talab qilingan hujjatlarni to'liq holatda o'z vaqtida o'qishini ko'chirgan oliygohga taqdim eta olmasa, uning "perevodi" rad etiladi.

@abituriyentga_xos — Bu sizga xos!

Abituriyentga Xos

27 Aug, 12:08


DIQQAT!

Agar siz 17-28 yosh orasida bo'lsangiz:
Pastda sizga bir havola qoldiramiz, siz uni to'ldirib shaxsiy rivojlanish va INTIZOM orqali o'z darajangizni bilib olasiz va "Intizom motivatsiyadan ustun" nomli kursimizni yutib olish imkoniyatini qo'lga kiriting!

So'rab qolamiz-ki, savollarga rostgo'ylik bilan javob berishingizni, oldindan rahmat 🤩
Siz ham o'z darajangizni bilib oling!

👉 So'rovnomaga qatnashish:
https://forms.gle/jYVUTcMemSzRjLkP6