Fan va texnologiyalar universiteti @usatuzb Channel on Telegram

Fan va texnologiyalar universiteti

@usatuzb


Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.

Fan va texnologiyalar universiteti (Uzbek)

Fan va texnologiyalar universiteti Telegram kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal, Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy kanalidir va universitetning so'nggi yangiliklarini, hujjatlarni va boshqalarini o'z ichiga olgan holda taqdim etadi. Kanalda universitet bilimdonlari tomonidan tayyorlangan onlayn arizalar va testlar haqida ma'lumotlar, aloqa uchun telefon raqami va qo'llab-quvvatlash bo'limiga murojaat qilishga doir ma'lumotlar mavjud. Agar siz savollar yoki shartnoma olishni istasangiz, @usat_admins ga murojaat qiling. Sizni universitetning eng so'nggi yangiliklari bilan ta'minlaymiz! 📲📲☎️

Fan va texnologiyalar universiteti

15 Feb, 11:05


🌍 USAT talabalari Birlashgan Arab Amirliklarida!

🔥 USAT jamoasi Birlashgan Arab Amirliklariga yetib keldi. Endi talabalarimiz nafaqat yangi bilim va tajribalar orttirishadi, balki dunyodagi eng innovatsion shaharlardan birida o‘z sohalari bo‘yicha ilhomlanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

🏗 Zamonaviy arxitektura, ilg‘or texnologiyalar va biznes muhitini o‘rganish – bu safarning asosiy maqsadi.

🚀 Oldinda Birlashgan Arab Amirligining eng qiziqarli joylari, ta’lim va tadbirkorlik sohalaridagi tajribalar kutmoqda. Talabalarimizning sayohatdagi taassurotlari va yangiliklarini kuzatib boring!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

15 Feb, 09:03


ILM OLISH ODOBDAN BOSHLANADI!

📚 Bugungi ta’lim faqatgina dars eshitish emas, balki uni anglash, qadriga yetish va kelajakni shakllantirishdir.

⚡️ Ustozning har bir so‘zi – bilim sari ochilgan eshik! Ammo ilm maqsadsiz bo‘lsa, u qanday natija beradi?

🎥 Videoni ko‘rib, fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Feb, 04:20


🎓 Tyutorning bir kuni!

USAT universiteti tyutorlari talabalar bilan ishlash, ularning dars jarayonini nazorat qilish va akademik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi.

Bu videoda tyutorning kunlik faoliyati, talabalar bilan ishlash jarayonlari va universitet hayotidagi o‘rni aks etgan.

💬 Siz tyutorlarga qanday savol bergan bo‘lar edingiz? Izohlarda qoldiring.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

13 Feb, 13:30


DARDINGIZNI ESHITAMIZ!

Hayotda sinovlar bo‘ladi… Umidsizlik, aldanish, xatolar… lekin muhim savol

ULARNI QANDAY YENGAMIZ ?

📞 Bir qo‘ng‘iroq taqdirni o‘zgartirishi mumkin!
O‘qishga kira olmagan yigit…
Firibgarga uchragan oilaning iztirobi… Umidsizlikka tushgan inson…

💡Lekin har qanday qiyinchilikdan chiqishning yo‘li bor!

Ba’zan inson oldida ikkita yo‘l bo‘ladi:
Biri – umri qisqa bo'lgan aldov yo'li, ikkinchisi – bilim bilan yuksalish yo‘li.

Fan va texnologiyalar universiteti – talaba bo‘lish uchungina emas, haqiqiy bilim olish, kasb va tajriba orttirish uchun yaratilgan maskan.

Bu yerda o‘qish natija emas, rivojlanish uchun imkoniyat!

📢 Diplom uchun emas, bilim uchun o‘qing!

❤️ Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring, do‘stlaringiz bilan ulashing!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

12 Feb, 12:06


🎓 USAT universiteti rektor stipendiyasi sohibalarini tabriklaymiz!

Bugun universitetimizda iqtidorli va faol talabalarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Rektor stipendiyasi – bu nafaqat yutuq, balki tinimsiz mehnat va intilishga berilgan munosib mukofotdir.

📌 Stipendiya sovrindorlari o‘z bilim va tashabbuskorligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib, universitet hayotida faol ishtirok etayotgan talabalar orasidan saralandi.

💡 Kelajak ilmi va innovatsiyalar sari intilgan yoshlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Kelgusida bundan-da katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

11 Feb, 13:50


🇺🇸 Welcome to USAT University!

The University of Science and Technology (USAT) is a hub of knowledge, innovation, and success, opening doors to your future.

Established in 2022, USAT offers 18 undergraduate and 6 master's programs, preparing top specialists in economics, business, IT, engineering, tourism, and more.

📚 With a library of 23,000+ books, a modern coworking space, advanced laboratories, and state-of-the-art infrastructure, students gain both theoretical knowledge and real-world experience.

🏆 USAT student achievements:
🔹 Winners of the "Zakovat" intellectual competition, receiving a 2 billion UZS Presidential grant
🔹 International partnerships and exchange programs with top universities in the USA, China, Qatar, Belarus, and Kazakhstan

USAT University – Your first step towards knowledge and success!

------------------------------------

🇺🇿 USAT universitetiga xush kelibsiz!

Kelajak ilmi va texnologiyalar markazi bo‘lgan Fan va texnologiyalar universiteti – bilim, innovatsiya va muvaffaqiyat sari yo‘lingizni ochib beradigan joy.

2022-yilda asos solingan universitet bugungi kunda 18 ta bakalavriat va 6 ta magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlamoqda. Talabalarimiz iqtisodiyot, biznes, IT, muhandislik, turizm kabi sohalarda tahsil olishmoqda.

📚 23 000+ kitobga ega kutubxona, zamonaviy kovorking hududi, ilg‘or laboratoriyalar va amaliy mashg‘ulotlar uchun maxsus jihozlangan infratuzilma – bularning barchasi talabalarga nazariy bilimlarni mustahkamlash va real tajriba orttirish imkoniyatini beradi.

🏆 USAT talabalarining yutuqlari:
🔹 "Zakovat" musobaqasida 2 milliard so‘m Prezident mukofoti
🔹 AQSH, Xitoy, Qatar, Belarus va Qozog‘iston kabi davlatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlik va almashinuv dasturlari

Fan va texnologiyalar universiteti – bilim va muvaffaqiyat sari birinchi qadam!


🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

09 Feb, 05:59


🎓 Fan va texnologiyalar universitetida iqtidorli, bilimli va tashabbuskor talaba qizlar uchun “Olima qizlar klubi”ga a’zolik suhbatlari bo‘lib o‘tdi

📅 7-fevral kuni tashkil etilgan tanlovda ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor Zumrat Talatovna Gaibnazarova klubning maqsadi va talaba qizlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.

Klub a’zolari ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar va kasbiy rivojlanish yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Universitetimizning tajribali olima ayollari esa yosh tadqiqotchilarga qimmatli maslahatlar berib, ularning kelajak rejalari bilan tanishishdi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

08 Feb, 10:00


Adabiyot va ma’rifat kechasi – USATda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur xotirasiga bag‘ishlandi!

📖 Kecha universitetimizda buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kunlari munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar sahna ko‘rinishlari orqali ulug‘ shoirlarning hayoti va ijodiy merosini jonlantirishdi, ustozlar esa ularning asarlari va ma’naviy qadriyatlari haqida so‘z yuritishdi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

06 Feb, 11:40


USAT – haqiqiy bilim va natija beruvchi universitet! 🚀

Bizning jamoamiz nafaqat talabalar, balki butun jamiyat uchun o‘rnak bo‘ladigan insonlardan iborat!

🏆 USAT universitetining 1-prorektori Farrux G‘ulomovich Tursunov farzandlari “Zayed Sustainability Prize” xalqaro tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, BAA Prezidenti tomonidan BYD avtomobili bilan taqdirlandi.

🎯 Fan va texnologiyalar universiteti farzandlaringizni kelajakka tayyorlaydi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

05 Feb, 14:49


🎥 USAT talabasining bir kuni!

Universitetimiz talabasi Isomiddinova Sitora o‘zining odatiy kunini siz bilan bo‘lishdi.

💬 Videoni ko'rib, izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

03 Feb, 11:51


🎓 USAT – ilm va innovatsiya maskani!

Bu yerda har bir kun – yangi bilimlar, ilhom va rivojlanish uchun imkoniyat.

📚 Zamonaviy auditoriyalar
💻 Innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan muhit
🤝 Do‘stona va ilhomlantiruvchi talaba hayoti

USAT’da nafaqat ta’lim, balki kelajak uchun mustahkam poydevor quramiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

30 Jan, 14:01


SMS'ni adashib boshqa odamga yuborib qo'yganingda 😁

✈️ Videoni doim adashib boshqa sms yuboradigan talaba do’stingizga yuborib qo’ying.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

24 Jan, 11:15


Fan va texnologiyalar universiteti pinned «»

Fan va texnologiyalar universiteti

23 Jan, 14:06


USAT sahifasida yangi rubrika

💬 Yangi rubrikamiz sizga yoqdimi? Videoni ko’rib, fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

23 Jan, 11:50


📢 DIQQAT TALABALAR!

🎓 USAT universiteti talabalari uchun 2-semestr darslari boshlanish arafasida!

📅 27-yanvar kuni, soat 08:30 dan boshlab kunduzgi barcha guruhlar uchun o‘quv jarayonlari rasman start oladi.

Yangi semestrda barchangizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

20 Jan, 09:11


📣 “Talant Shou” oʻtkazilmoqda

Xalqimizning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyatini, xalq an’analarini va urf-odatlarini har tomonlama rivojlantirish...

Universitetda o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Fan va texnologiyalar universitetida “Talant Shou” tanlovi oʻtkazilmoqda.

Tanlov ushbu turlar boʻyicha oʻtkaziladi:

Milliy musiqa cholgʻulari;
Milliy qoʻshiqlar;
Milliy raqs.


💰 Tanlov gʻoliblari yakkaxon va jamoaviy ishtirokchilar uchun quyidagicha taqdirlanadi:

🥇 — bazaviy stipendiyaning 3 barobari;
🥈 — bazaviy stipendiyaning 2 barobari;
🥉 — bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istasangiz,
19-yanvar kunigacha fakultet Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan
muovinlariga murojaat qilishingiz mumkin.

📄 Tanlovlar nizomlari bilan tanishing:
Milliy musiqa cholgʻulari🎶
Milliy qoʻshiqlar🎶
Milliy raqs💃

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

15 Jan, 12:28


🔥 Zakovat musobaqasi

Fan va texnologiyalar universitetida 14-yanvar kuni zakovat intellektual bellashuvi bo’lib o’tdi.

⚡️ Bellashuvda har bir guruh munosib qatnashishdi.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Jan, 13:06


🤩 USAT’da bayram muhiti

Universitetimizda vatan himoyachilari kuni ko’tarinki ruhiyatda o’tdi.

⚡️ Muhitni videoni ko’rish orqali bilib olasiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Jan, 05:53


🇺🇿14-Yanvar
Vatan himoyachilari kuni!!!


⚡️Bugun – jasorat va matonatni ulug‘laydigan kun! Sizning xalqimiz tinchligi va yurtimiz osoyishtaligi yo‘lida qo‘shayotgan hissangiz beqiyos. Sizlar Vatanimiz mustahkam qal’asi, kelajak avlodlar uchun ishonch manbaidirsizlar!

🔥Sizning qahramonligingiz va fidoyiligingiz orqali biz yurtimizda farovon hayot kechiramiz. Har biringizning xizmatlaringiz va mehnatlaringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

👑Shunday ulug‘ maqsadlar sari intiluvchi, g‘urur bilan yurt himoyasida turgan kuchli va mard insonlarga cheksiz hurmat bajo keltiramiz! Bugungi kun sizga va yaqinlaringizga baxt, kuch-quvvat va tinchlik olib kelsin.

🇺🇿Vatan himoyachilarini bayram bilan tabriklaymiz!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Jan, 04:32


🇺🇿 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!

O‘z vatanini sevib, uni himoya qilish – bu har birimiz uchun eng ulug‘ vazifalardan biridir.

🎖 Hurmatli himoyachilarimiz, sizning mardlik va fidoyiligingiz doimo yodimizda. Tinchlik va osoyishtalik sari qo‘shayotgan hissangiz uchun minnatdormiz.

Hurmat bilan USAT jamoasi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

08 Jan, 14:10


📣 2025-yil 7-yanvar kuni universitetda “Xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Seminarda Clarivate kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Diana Abdumuminova (PhD) va Innovatsion rivojlanish agentligining Ilmiy-texnik axborot markazi yetakchi mutaxassisi Davron Lutfullaev ishtirok etishdi.

📚 Asosiy mavzular:

Web of Science va Springer Nature platformalaridan foydalanish;
Xalqaro ilmiy loyihalar va Pivot-RP bazasidan samarali foydalanish;
Ilmiy ma’lumotlar bazalaridan maqolalarni qidirish va universitet miqyosidagi foydasi;
Tadbir davomida ishtirokchilar interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniga ega bo‘lishdi.

📷 Tadbirning yorqin lahzalari bilan yuqoridagi rasmlardan tanishishingiz mumkin.

💡 Bunday ilmiy tadbirlar USATda muntazam o‘tkazilib, o‘qituvchi va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

08 Jan, 11:26


⚡️ Agar siz ushbu 3 ta saytdan foydalanmayotgan bo’lsangiz…

Juda ham ko’p vaqtingizni yo’qotyapsiz.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

07 Jan, 11:45


🎉 Talabalar uchun ajoyib yangilik!

Ertadan boshlab universitetimizda oshxona faoliyatini boshlaydi.
Bu yerda siz mazali va sifatli taomlardan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

⌚️ Oshxona ish vaqti:
Dushanbadan - jumagacha
08:00 - 18:00
Shanba kuni:
08:00 - 15:00
Yakshanba dam olish kuni.

💬 Qaysi taomni ko‘proq yoqtirasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

07 Jan, 05:31


📄 Xususiy universitet diplomi o'tmaydimi?

Odamlar orasida "xususiy universitet diplomi o'tmaydimi?" degan savollar yuradi.

Aslida ham shundaymi? Batafsil bilish uchun karusel postni o'qing.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

04 Jan, 07:21


📢 Talabalar uchun ilmiy-amaliy anjuman

Fan va texnologiyalar universiteti (USAT) “Iqtisodiyot” kafedrasi sizni 22-yanvar kuni bo'lib o'tadigan "Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari" mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif qiladi.

Anjumanda universitetning “Iqtisodiyot”, “Turizm” va “Logistika” yo‘nalishida o‘qiyotgan magistr va bakalavr talabalari qatnasha olishadi.

📚 Anjuman yo‘nalishlari:
1️⃣ Innovatsiyalar – korxonalarning raqobatbardoshligini ta’minlashning muhim omili sifatida;
2️⃣ Boshqaruv tizimlarini rivojlantirish muammolari va istiqbollari;
3️⃣ Turizm sohasida zamonaviy uslub va texnologiyalarni joriy etish;
4️⃣ Raqamlashtirish texnologiyalarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri;
5️⃣ Logistikani rivojlantirish va yetkazib berish zanjirlarida dolzarb muammolar.

🎖 Eng yaxshi tezislar anjuman davomida saralab olinadi va mukofotlanadi!

📂 Batafsil ma’lumot uchun yuqoridagi faylni ko‘rib chiqing.

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

31 Dec, 19:04


🤭Yangi 2025-yil muborak bo‘lsin!

Fan va texnologiyalar universiteti

30 Dec, 12:05


🎉Yangi yil — bu orzular, imkoniyatlar va yangi marralar davri!

🗓️O‘tayotgan yilni shirin xotiralar bilan kuzatar ekanmiz, 2025-yil hammamiz uchun quvonchli va omadli yil bo‘lishini tilaymiz!

👍Baxt va quvonchga to‘la ajoyib bir yilni qarshi olaylik!

🌲Kirib kelayotgan yangi yil muborak!

🗣️Biz bilan aloqa: +998788883888

💬Admin 📍Lokatsiya

📱Instagram 📱Facebook 📱Youtube 🌐Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

24 Dec, 16:37


📣 Bugun ajoyib bayram konserti boʻlib oʻtdi!

😃 USAT talabalari 103-sonli maktab-internatida Yangi yil munosabati bilan konsert dasturi qoʻyib berishdi.

Yangi yilga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari, Qorbobo va Qorqiz chiqishlari bolajonlarga bayramona kayfiyat ulashdi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

24 Dec, 16:37


😃 Yangi yil shukuhi 103-sonli maktab-internatida 2-qism

🎞 Bayramona kayfiyat foto lavhalarda

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

23 Nov, 13:59


📣 Bizda navbatdagi sayohat.

📆Bugun, 23-noyabr kuni Fan va texnologiyalar universitetining a’lo baholarga o’qigan va faol talabalari Samarqandga tashrif buyurishdi.

🕌Samarqandning turistik obyektlariga sayohat universitet rahbariyati tomonidan tashkillashtirildi.

Kelgusida bunday sayohatlar tez-tez o’tkazilishi rejalashtirilgan.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

22 Nov, 12:00


💐🎁 Bugun erta tongdan yaxshi kayfiyat ulashish hamda 22-noyabr – Xalqaro psixologlar kunini nishonlash maqsadida 2-kurs “psixologiya” yo’nalishi talabalari universitetimizning ustozlari va talabalarini yaxshi tilaklar va shirinliklar bilan xursand qilib, kutib olishdi.

Bayram muborak, hurmatli psixologlar! ❤️

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

22 Nov, 07:01


21-noyabr kuni Markaziy Osiyo expo markazi (CAEx)da bo’lib o’tayotgan “Ipak yo’lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida universitetning “Turizm va mehmondo’stlik” yo’nalishi 2/24 TMr, 1/23 TM va 301-guruhlari talabalari faol ishtirok etishdi.

Ushbu ko’rgazmada talabalar butun Osiyodan tashrif buyurgan turizm sohasidagi korxona va tashkilotlar faoliyati bilan tanishishdi, ulardan amaliy malaka va ko’nikmalar olishdi. Shu bilan birga, ushbu ko’rgazmada tashkil etilgan tanlovda 301-guruhi talabasi Tillayeva Robiya chet el safariga chiqish uchun maxsus vaucher yutib oldi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

20 Nov, 09:19


🟦🟦🟦

2025-yil O'zbekistonda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb
e'lon qilindi.

Yangi yilda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko‘kalamzor hududlarni keskin ko‘paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalarga alohida ahamiyat beriladi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

20 Nov, 05:01


Hurmatli talabalar! 👋

📝 5-noyabr kuni talabalar orasida so’rovnoma o’tkazilayotgani haqida e’lon qilgan edik. Ushbu so’rovnomani to’ldirib, universitet ma’muriyatiga o’z takliflarini yozgan talabalar o’rtasida 1 million so’mlik pul mukofoti o’ynalgan edi.

🤑 Ushbu mukofot egasi - 1-kurs kechki ta’lim shakli “Dasturiy injiniring” yo'nalishi talabasi To'rayeva Yulduz 18-noyabr kuni Xalqaro talabalar kuniga bag’ishlangan bayram tadbiridan oldin “Random” orqali aniqlanib, tadbir davomida taqdirlandi.

🥳 To'rayeva Yulduzni tabriklaymiz va qolgan talabalarni ham keyingi so’rovnomalarda faol ishtirok etishga undab qolamiz!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

19 Nov, 13:39


🎞 “Men talabaman” shou-konsertidan lavhalar 2-qism.

— Shou konsert sizga manzur kelgan bo'lsa izohlarda fikringizni qoldiring👇

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

19 Nov, 13:23


🎞 “Men talabaman” shou-konsertidan lavhalar

🎓 Xalqaro talabalar kuniga bagʻishlangan shou-konsert yuqori darajada boʻlib oʻtdi.

Unda yoshlarimiz orasida mashhur boʻlgan iqtidorli xonandalar oʻz qoʻshiqlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat bagʻishlashdi.

😃 USAT talabalari ham oʻz chiqishlarini namoyish etishdi.

📌 Bayram tadbiri barchaga manzur boʻlganiga ishonamiz!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

17 Nov, 12:36


📣 Universitetda hali bunday konsert bo‘lmagan!

🎤 Bugun “Men talabaman” shou-konsertining repetitsiya jarayoni bilan qisqacha tanishdik.

Tadbir rejissori Ilyos Yunusiy shu kungacha universitetda bu darajadagi konsert bo‘lmaganini aytdilar.

📌 Boshqa ishtirokchilar ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

🎉 Qisqasi, bizni oldinda ajoyib va kutilmagan chiqishlarga boy shou kutmoqda!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

17 Nov, 08:22


🎫 Shou-konsertga taklifnoma oldingizmi?

✔️ Juda yaxshi. Endi navbat — oʻsha kuni faollar zaliga borib, konsertni tomosha qilishga.

📌 Lekin talabalarimiz ichida hali u yerga bormaganlar ham bor.

🎞 Biz shuni hisobga oldik. Yuqoridagi videoni koʻrsangiz, faollar zalini topishga aslo qiynalmaysiz!

🎫 Tomoshabinlar qatorida bo‘lish uchun Usat_bot orqali bepul, onlayn taklifnomani olishni unutmang!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Nov, 11:27


Fan va texnologiyalar universiteti rektori A.N.Xamdamov va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.T.Gaibnazarovalar Toshkent shahrida 14-16 noyabr kunlari bo'lib o‘tayotgan “Innoweek 2024 - Barqaror rivojlanish uchun innovatsiyalar” deb nomlangan xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etmoqda.

Tadbirning rasmiy sayti: www.innoweek.uz

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

11 Nov, 14:46


🔖Ingliz tilida koʻp ishlatiladigan norasmiy qisqartmalarni bilasizmi?

📌 Videoda siz mazkur qisqartmalar va ularning maʼnosi bilan tanishishingiz mumkin.

🔵ASAP — As Soon As Possible — Imkon qadar tezroq;
🔵FYI — For Your Information — Ma’lumot uchun;
🔵BTW — By The Way – Aytgancha;
🔵DIY — Do It Yourself — Buni oʻzing qil (bajar);
🔵FAQ — Frequently Asked Questions — Tez-tez soʻraladigan savollar;
🔵IDK — I Don’t Know — Bilmayman;
🔵IMO — In My Opinion — Mening fikrimcha;
🔵TBA — To Be Announced — Eʼlon qilinadi;
🔵ETA — Estimated Time of Arrival — Taxminiy yetib kelish vaqti;
🔵BRB — Be Right Back — Hozir qaytaman.

Kanalimizga a'zo bo'lib qo'ying 👉 @unicum_academy

Bizda doim siz uchun foydali ma’lumotlar topiladi!

Fan va texnologiyalar universiteti

26 Oct, 07:56


Yurtimiz ravnaqi uchun saylovda ishtirok etaman.

Siz ham saylovda faol ishtirok eting.

‼️ Unutmang, sizning ovozingiz muhim ahamiyatga ega.

😃 Fan va texnologiyalar universiteti
Yoshlar Ittifoqi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

24 Oct, 14:55


⁉️ Qiziqarli so‘rovnomamiz davom etadi!

😃 Universitetga kelganda birinchi bo‘lib kimni ko‘rgingiz keladi?

🎤 Ushbu savol bilan talabalarimizga mikrofon tutdik.

🎁 Bir-birini qadrlovchilar sovg‘alardan bebahra qolishmadi!

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

21 Oct, 14:27


#Xalqaro_hamkorlik

😃 Bugun, 21-oktyabr kuni Fan va texnologiyalar universiteti dunyoning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri - QS reytingida TOP-300 talikka kirgan Pekin texnologiya instituti delegatsiyasini qabul qildi.

🤝 Tashrif davomida Pekin texnologiya instituti vitse-prezidenti janob Wang Bencong oliygoh faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi va universitetimiz bilan mustahkam aloqalar o‘rnatganidan mamnunligini bildirdi. U ushbu sheriklikni mustahkamlash va kelgusida rivojlantirish niyatida ekanini ta’kidladi.

✍️ Uchrashuvning muhim yakuni sifatida professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkillashtirish, talabalar almashinuvi dasturlarini ishga tushirish, stajirovka va malaka oshirishni tashkil etishga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

🇺🇿🇨🇳 Pekin texnologiya instituti vakillari imzolangan memorandum kelajakda ulkan maqsadlarga erishish uchun asos bo‘lishini ta’kidlashdi. Tashrif yakunida uzoq muddatli va samarali hamkorlikning boshlanishi ramzi bo‘lgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

21 Oct, 11:39


Til — millatning o‘zligi va eng muhim qadriyatlaridan biri

🗓 Bugun 21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.

🎤 Shu munosabat bilan universitetimiz tomonidan Adiblar xiyobonida bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔖 Unda “O‘zbek tili” mavzusiga oid chiqishlar, milliy o‘yinlar namoyish etildi. Qo‘shiqlar kuylandi.

⭐️ Tadbir tilimiz ahamiyatini anglashga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shganidan mamnunmiz.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

15 Oct, 13:58


🌧 Siz ham yomgʻirni sogʻinganmidingiz?

🙂 Shu kunlardagi ajoyib ob-havo barchaga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

🎥 Biz ham jim oʻtirolmadik va chiroyli atmosferani siz bilan ham boʻlishishga harakat qildik.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

15 Oct, 10:24


📣 Chegirma muddati tugashiga bir necha soat qoldi!

📌 Bugun 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalariga beriladigan chegirmaning oxirgi kuni.

🗓 Ular 15-oktyabrgacha kontraktning kamida 25% to‘lagan taqdirda yo‘nalishga qarab 3–4 mln chegirmaga ega bo‘lishlari belgilangan edi.

Hurmatli 1-kurs sirtqi ta’lim shakli talabalari! Shoshiling! Kontraktni hamyonbop narxda to‘lashga ulgurib qoling!

🔖 Eslatib o'tamiz, kontraktni Payme va Click ilovalari orqali ham to'lash mumkin.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

14 Oct, 09:01


🍁Yurtimizda oltin kuz!

Bu faslning o‘zgacha husn-tarovati bor.

🍂 Tabiat oltin libosga burkangan. Yerga to‘kilayotgan sap-sariq barglar o‘zgacha olamni yuzaga keltiradi.

😃 Albatta, bunday chiroyli ko‘rinish Fan va texnologiyalar universitetini ham chetlab o‘tmadi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

11 Oct, 13:41


Kunni xursandchilik bilan boshlash juda muhim.

😃 Xo‘sh, USAT talabalarining kayfiyatlarini nima ko‘taradi?

🎤 Buni ularning o‘zlaridan so‘radik.

⭐️Qiziqarli o‘tgan jarayon sizning ham kayfiyatingizni ko‘tarishi aniq.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt

Fan va texnologiyalar universiteti

08 Oct, 14:38


Ingliz tilida erkin gaplashishni xohlaysiz, ammo nimadan boshlashni bilmayapsizmi?
O‘quv markazlariga uzoq qatnovlardan charchadingizmi?
Ko’p joylarda ingliz tili kurslari qimmatmi?

👍 Biz sizga bu muammolarning barchasiga yechim bo’la oladigan eng zo’r taklifni taqdim etmoqchimiz – bu Unicum Academy!

Nega aynan Unicum Academy’ni tanlashingiz kerak?

Qulay joylashuv: Akademiya Fan va texnologiyalar universiteti binosida joylashgan bo‘lib, talabalar uchun juda qulay. Hech qayoqqa borish shart emas - hammasi shu yerda!

Moslashuvchan dars jadvali: O‘zingizga qulay vaqtni tanlang - ertalab, tushlikkacha, tushlikdan so‘ng yoki kechqurun. Biz sizning kundalik tartibingizga moslashamiz!

Sifatli ta’lim: IELTS bo‘yicha yuqori ball olgan o‘qituvchilar xalqaro Oksford universiteti dasturi asosida dars berishadi. Oxford Navigate darsligi va daftarlar - bepul!

Hamyonbop narx: Oktyabr oyida kursga yozilib, 3 oy uchun 50% chegirmaga ega bo’ling. Kurslarimizning narxi 688 ming so’m, chegirma bilan esa atigi 344 ming so’m!

🤳 Aksiya bo‘yicha joylar soni cheklangan - hoziroq bizning @UnicumAcademy_bot Telegram-botimiz orqali ro’yxatdan o’tishga ulguring!

Unicum Academy bilan kelajakdagi muvaffaqiyatingiz sari birinchi qadamni tashlang!

📞 Batafsil ma'lumot uchun: +99871-200-76-77

Fan va texnologiyalar universiteti

08 Oct, 05:31


#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasiga tashrif buyurgan Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaynazarova Zumrat Talatovna 3-oktyabr kuni Belarus milliy texnika universiteti "Muhandislik iqtisodiyoti" yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun "Xalqaro iqtisodiyot" fani bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi.

4-oktyabr kuni prorektorimiz Belarus davlat iqtisodiyot universiteti "Tijorat va turizm sanoati" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ham ma’ruzalar o‘tkazdi. "Ta’lim sohasida davlatning ijtimoiy siyosati" va "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzulari talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kunning o‘zida Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G.A. Korolenko hamda "Tijorat va turizm industriyasi" fakulteti dekani A.I. Yerchak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ilgari imzolangan ikki tomonlama kelishuvga asoslanib, universitetlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt