Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar @talimiyuz Channel on Telegram

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

@talimiyuz


▪️Ta'limga oid eng so‘nggi xabarlar kanali

▪️Murojaat: @Talimiyuzbot

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar (Uzbek)

📚 Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar kanali – bu o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan eng so‘nggi xabarlar va maqolalar to‘plami. Kanalda o‘qitish metodikasi, yangi texnologiyalar, o‘quv jarayonini qulaylashtirish masalalari va boshqalar haqida ma'lumotlar mavjud. O'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun foydali tavsiyalar va qo'llab-quvvatlash usullari ham taqdim etiladi

Mavzular doimiy ravishda yangilanadi va o‘qituvchilarga eng foydali bilimlarni oshirishda yordam beradi. Kanalda reklama uchun xizmatlar mavjud va murojaat uchun xizmat bot orqali amalga oshiriladi. Sizga ta'limning eng so‘nggi yangiliklari va foydali ma'lumotlar taqdim etish uchun @talimiyuz kanaliga obuna bo‘ling!

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

06 Feb, 11:01


💰2025-YIL QANCHA OTPUSKNOY OLISHINGIZNI BILASIZMI???

📌 Ta’til qachon boshlanadi?

Mehnat ta’tili hisoblanadigan davr siz ish boshlagan kundan boshlab hisoblanadi.
Ishlagan vaqtingiz yillik ta’til stajiga kiritiladi.

📌 Ta’til uchun qancha pul to‘lanadi?

Siz yillik ta’tilda bo‘lganingizda o‘rtacha oylik maoshingiz asosida ta’til puli (otpusk) olasiz.

📌 O‘rindoshlik asosida ishlaganlar-chi?

Agar siz boshqa bir ish joyida o‘rindoshlik asosida ishlagan bo‘lsangiz, bu ish joyidan ta’til puli ololmaysiz.

Chunki soatbay ishlovchilarning ish haqi tarkibiga ta’til puli oldindan qo‘shib hisoblanadi.

📌 Asosiy ish joyingiz bo‘yicha ta’tilingiz to‘liq to‘lanadimi?

Ha, agar sizning asosiy ish joyingiz bor bo‘lsa, shu joydan to‘liq ta’til puli olasiz.

📌 O‘qituvchi qanday qilib o‘zining otpusknoy pulini hisoblab ko‘rishi mumkin?

Bu vaziyatda siz 👉 @Oylik_hisobchibot ga kirib, Mehnat ta’tili bo‘limini tanlaysiz va hisoblab ko‘rasiz.

Otpusknoyingizni hisoblab ko‘rishi uchun bosing 👉 @Oylik_hisobchibot

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

02 Feb, 02:35


⚡️ Attestatsiyaga bepul tayyorlanish uchun testlar va savol-javoblar to‘plamlari tuzib chiqildi

O‘z faningizdan bepul testlarni olish uchun quyidagi ko‘k yozuv ustiga bosing: 👇

🔷 Boshlang‘ich ta'lim fanidan attestatsiya testlari

🔹 Tasviriy san'at va chizmachilik fanidan attestatsiya testlari

🔷 Tarbiya fanidan attestatsiya testlari

🔹 Texnologiya fani fanidan attestatsiya testlari

🔷 Fizika fani fanidan attestatsiya testlari

🔹 Matematika fanidan attestatsiya testlari

🔷 Tarix fanidan attestatsiya testlari

🔹 Informatika fanidan attestatsiya testlari

🔷 Kimyo fanidan attestatsiya testlari

🔹 Geografiya fanidan attestatsiya testlari

🔹 Ingliz tili fanidan attestatsiya testlari

🔷 Rus tili fanidan attestatsiya testlari

🔹 Ona-tili va Adabiyot fanidan attestatsiya testlari

🔷 Biologiya fanidan attestatsiya testlari

🔷 Musiqa fanidan attestatsiya testlari

👉 @TalimiyUz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

31 Jan, 15:56


⚡️ Milliy gvardiya va MMT vazirligi qo‘shma qarori

Endilikda davomat quyidagi tartibda yuritiladi:

har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma’muriy chora ko‘riladi.

2024 yil 26 fevral 4-k/k va 5-k/k sonli

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

27 Jan, 16:00


O'quv markaz yuritgan Tajribali menejer kerak

Sizdan kutamiz:

✔️ O'quv markaz yuritish, menejerlik bo'yicha tajribaga ega bo'lish kerak ( Kamida 2 - yil )
✔️ Aratorlik qobilyati - odamlarga fikrlari chiroyli ravon yetkazib bera olishlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
✔️ Ko’p kitob o’qigan, dunyoqarashi keng bo’lishi kerak.

🏫Ish beruvchi: Behbudiy Akademiyasi
📍Ish joyi: Toshkent shahar
💰Maosh: suhbat davomida kelishiladi .
Ish vaqti: 9:00–18:00 gacha

👉 Ushbu LINK orqali o'zingiz ish tajribangiz haqida batafsil ma'lumot va resume qoldirsangiz ko'rib chiqib aloqaga chiqamiz.

Linkni to'ldirib resumeni @hr_manager_7 ga jo’natsangiz bo'ladi.

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

23 Jan, 04:42


⚡️ Har tong kunimni sinf guruhiga xabar yozishdan boshlardim. "Iltimos, bugun hamma darsga kelsin!"

Ko‘pchilik o‘quvchilar qo‘shimcha mashg‘ulotlarga borgani sababli, kech kelar, tun yarmigacha dars tayyorlab, telefon o‘ynab, tongga yaqin uxlab qolardi. Uni endi men bu yoqda qolib, ota-onasi ham zambarak otib uyg‘otolmaydi!

Faqat bitta o‘quvchim darsga kech qolmaydi, qochib ketmaydi.

Shu o‘quvchim  nufuzli oliygohga o‘qishga kiribdi. Hamma xayron. Axir u hech qachon qo‘shimcha mashg‘ulotlarga bormagan, maktabda ham a’lochi o‘quvchilardan emasdi-ku?!

Hamma dunyoni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi. Hammaning o‘z e’tiqodi bor. Ammo hech kim uning o‘qishga kirgani sababini topolmadi.
Buning sababini faqat men bilardim.

Har tong yuragimni hovuchlab ishga kelarkanman "Bugun nechta o‘quvchim darsga kelmas ekan? Qaysi biri vijdonliroq edi? Qo‘ng‘iroq qilsam ko‘tararmikan?" -degan hadik bilan xonamning eshigini ocharkanman, ortimdan o‘sha o‘quvchim kirib kelardi.
—Assalomu alaykum, ustoz!
Ko‘nglim yorishib ketardi. Ish kunimni  bir marta ham sababsiz dars qoldirmagan o‘quvchimni duo qilishdan boshlardim. " Yo, Alloh shu o‘quvchimning yo‘llarini  och, o‘zi istagan o‘qishga kirib ketsin, nima niyat qilsa orzusiga yetsin!"

Hamma  o‘zicha sabab qidirayotgan shu kunlarda men duolarim ijobatini ko‘rib turganimdan baxtiyorman.

Ustozlarning duosi saodat kalitidir

©Feruza Salxodjayeva


👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

22 Jan, 07:33


#vakansiya

Administration

🏢 Ish beruvchi: Lucid Logistics Academy

📋 Ish haqida qisqacha ma'lumot:
Ish vaqti: 9:00 dan 18:00
Talablar: Rus tilida erkin muloqot

• Only female

💰 Maosh: fixed+bonuses

📱 Bog‘lanish uchun: @charmingnazokat

🚩 Manzil: Hamid Olimjon metro

🔍 Holati: #Izlanmoqda

⚡️ Kanalga e'lon joylash — @Eduhr_support

Telegram | Instagram | Website

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

10 Jan, 10:56


⚡️ Qiziqarli ma’lumotlar
   
Dunyo aholisi 7,8 mlrd. kishini tashkil etadi.
Bu ko‘pchilik odamlar uchun katta raqam, xolos.
Biroq, agar siz dunyodagi 7.8 milliard odamni 100% deb hisoblasak yanada aniq ma’lumotni ko‘rishimiz mumkin:

Yer aholisini 100% dan
11% Yevropada
5% Shimoliy Amerikada
9% Janubiy Amerikada joylashgan
15% Afrikada,
60% Osiyoda joylashgan

49% qishloqda yashaydi
Shaharlarda esa 51%

12% Xitoy tilida  gapiradi
5%  Ispan tilida gapiradi
5% Inglizchada gapiradi
3%  ko‘proq aholi inglizcha gapirishni biladi.
3%  Hind tilida,
3%  Arab tilida gapiradi
3%  Portugal,
2%  Rus tilida
2%  ko‘prog‘i Yapon tilida gapiradi.
62% yer aholisi o‘z tilida so‘zlashadi.

Yer aholisining
77% o‘z uylariga ega,
23% o‘z uyi yo‘q.

Odamlarning
21% keragidan ortiq
63% yetarlicha yeyishi mumkin
15% ochlikda yashaydi

87% odam toza ichimlik suviga ega
13% da toza ichimlik suvi yo‘q yoki ifloslangan suv manbaiga ega.

75% mobil telefonlar bor
25% yo‘q.

30% internetga kirish imkoni bor,
70% Internetga kirish uchun sharoit yo‘q

7% oliy ma’lumotli,
93% odam kollejda o‘qimagan.

83% o‘qishda davom etishi mumkin
17% odamlarning boshlang‘ich savodi yo‘q

33% Masihiylar
22% Musulmon
Hindlar 14%
Buddiylar 7%
12% boshqa dinlar
12% diniy ye’tiqodga ega emaslar.

Axolining
26% 14 yildan kam yashaydi,
66%  15 yoshdan 64 yosh orasida vafot etdi.
8% odamlar 65 yoshdan oshgan.

Yashashga uyingiz bo‘lsa,tabiiy oziq-ovqat va toza suv ichsangiz, Mobil telefon, Internet va bilim olish uchun sharoitingiz bo‘lsa, Siz yer aholisining 7 % dan kamrog‘iga nasib etgan imtiyozlilarga egasiz.

Dunyodagi 100% odamdan faqat  8%  65 yoshgacha yashashi mumkin.

65 yoshdan oshsangiz, Allohdan minnatdor bo‘ling. Siz  92% insonlar kabi 64 yoshga yetguningizcha dunyoni tark etmadingiz. Siz  baxtli insonsiz.

Malumotlar  Karim Baxriyev sahifasidan olingan.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

10 Jan, 05:03


#vakansiya

✍️ Darslik - O'qitish dasturi  tayyorlay oladigan (yoza oladigan) ustoz kerak

👨🏻‍🎓Auditoriya : 15-20 yosh orasidagi yoshlar uchun maxsus darstur, darslik tayyorlash kerak:

📝 Darslik Mavzusi : Yoshlarni ta'lim tarbiya, odob- axloq , shaxsiy rivojlanish , ilm olish, katta maqsad sari intilishga oid mazvular.

⚠️ Darslik uchun maqola va materiallar tayyorlangan. Usha mavzularni yanada takomillashtirib o'quvchilarga moslab darslik qilish kerak.

✔️ Qiziqarli kreativ dastur qo'llanma tayyorlash tajribasiga ega ustozlar

📱 Telegramdan  @Abu_abdurrohman94 ga yozsangiz batafsil gaplashib olar edik. 

( Darslikni tayyorlash Toshkentdagi ofisimizda off-line xolatda tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi)

⚡️ Kanalga e'lon joylash — @Eduhr_support

🔎 Agentligimiz

Telegram | Instagram | Website

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

07 Jan, 15:24


⚡️ 2025-yilda O'zbekiston ta'lim sohasida bir qator muhim o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Quyida ushbu yangiliklar bilan tanishing:

1. Ta'lim to'g'risidagi yangi qonun kuchga kirdi

2025-yil 1-yanvardan boshlab yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun kuchga kirdi. Ushbu qonun ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, ta'lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga moslashtirishni maqsad qilgan.

2. Pedagoglarning maqomi belgilandi

"Pedagogning maqomi to'g'risida"gi Qonun qabul qilinib, 2025-yildan kuchga kirdi. Ushbu qonun pedagoglarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan.

3. Ta'lim tizimida raqamlashtirish jarayonlari jadallashmoqda

2025-yilda ta'lim tizimini raqamlashtirish bo'yicha yangi axborot tizimlari va elektron ta'lim resurslari (kontent) yaratish rejalashtirilgan. Bu esa ta'lim jarayonlarini yanada samarali va zamonaviy qilishga xizmat qiladi.

4. Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish davom etmoqda

2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi doirasida 2025-yilda ham bir qator tadbirlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu yoshlarning kitobga bo'lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan.

5. Ta'lim sohasidagi islohotlar yangi bosqichga ko'tarildi

2023-yil 30-aprel kuni referendum asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada ta'lim olish huquqining yanada yorqinroq aks etishi ta'lim sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. 2025-yilda ushbu islohotlar amalda keng qo'llaniladi.

6. Ta'lim tizimida yangi yondashuvlar joriy etilmoqda

So'nggi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida 2025-yilda ham yangi yondashuvlar va innovatsion usullar joriy etilishi davom etadi. Bu esa ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu o'zgarishlar ta'lim sifatini oshirish va zamonaviy talablarga moslashtirishga qaratilgan bo'lib, mamlakatimizning kelajakdagi rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

04 Jan, 08:23


⚡️ Sinf rahbarlari bilib olishi kerak!

🟢 O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari o‘quvchini maktabga qabul  qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

—1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona  (yoki  ularning  o‘rnini  bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

—2. O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;

—3. Ota-onasi (yoki  ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning  pasport (ID-karta) nusxalari;

—4. Tibbiy ma’lumotnoma;

—5. Baholar tabeli (10-11-sinf  o‘quvchilari  uchun  9-sinfda berilgan tayanch ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma).

🔰 O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har o‘quv yili boshida xatlovdan o‘tkaziladi.

🔰 O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jild  hujjatlari o‘quvchi maktabni  tamomlaganidan so‘ng 3 yil muddatda maktabda  saqlanadi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

03 Jan, 13:14


⚡️ O‘quvchilarning ta’til paytidagi xatti-harakatlari uchun ota-onalar javob beradi

Barchamizga ma’lumki, ilgari o‘quvchilarning xar qanday xatti-harakatlari uchun, xoh u ta’tilda bo‘lsin xoh darsdan tashqarida bo‘lsin, faqat sinf rahbar, direktor yoki uning o‘rinbosarlari javobgar bo‘lardi. Misol uchun o‘quvchi ta’til vaqtida qo‘shnisi bilan mushtlashib, janjallashib qolsa ham ichki ishlar organi xodimlari o‘sha o‘quvchining sinf rahbarini chaqirtirib bezovta qilardi.

Ko‘p hollarda maktab rahbariyati bilan birga sinf rahbarlari lavozim vazifalarini bajarmagan deya baholanib, ularga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilar edi. O‘quvchining ota-onasiga esa deyarli hech qanday ta’sirchan choralar ko‘rilmasdi. Hozir esa bunday holatlarning oldi olingan.

Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 22 fevral kungi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, sinf rahbari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq ta’lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi va ta’til paytidagi o‘quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ota-onalar javob beradi.

Sinf rahbarlari esa javobgarlikka tortilmaydi. Demak bunday holallarda nafaqat sinf rahbariga balki direktor o‘rinbosarlariga nisbatan ham intizomiy jazo choralari qo‘llanilmaydi.

Shuni ham unutmaslik kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarini tarbiyalashga mas'ul ekanligi bayon etilgan. Ular farzandlarining salomatligi, aqliy, jismoniy, ma’naviy va axloqiy rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

02 Jan, 15:22


⚡️O‘QITUVCHI

Halollikdir shiori,
Halol luqma tishlaydi,
Olti kun maktabda ish,
Bir kun uyda ishlaydi.
※※※
O‘zbekda ish tugamas,
Tugamas yozu, qishlar,
Yakshanbani kutishib,
Turar uydagi ishlar.
※※※
Yerni ag‘dar,ekin ek,
Uy joy ko‘tar,uy joy qur,
Shunday qizg‘in va shoshqin,
O‘taveradi  umr.
※※※
Goho yakshanbada ham,
Maktabga chorlaydilar,
Ish deb hatto yozda ham,
Hech yerga bormaydilar.
※※※
Yuguradi yeladi,
Hech tolmaydi o‘qituvchi,
Dam oladi demang siz,
Dam olmaydi o‘qituvchi.
※※※
Shiddat bilan odimlar,
O‘zgaruvchan bu zamon,
Besh yilda bir toifa,
Malaka test-imtihon.
※※※
O‘tolmasa gar testdan,
Hech qadr topmaydilar,
Ishdan kelib tunlari,
Uyda test yodlaydilar.
※※※
Qadrin bilmas hamma ham,
G‘iybatlar sotarlar bor,
Piching qilib ortidan,
Toshlar ham otarlar bor.
※※※
Ishdan ortmas o‘qituvchi,
Buni bilgan bilibdi,
Kimni uribdi ustoz,
Kimni g‘iybat qilibdi?
※※※
Bir naql bor ustoz zot,
Otangdek ulug‘ degan,
Baribir ustoz ulug‘,
Ustoz mo‘tabar ekan.
※※※
Haykal qurmang unga siz,
E’zoz ehtirom bering,
Unga ozgina hordiq,
Ozgina orom bering.
※※※
Halollikdir shiori,
Haloldan non tishlaydi,
Olti kun maktabda ish,
Bir kun uyda ishlaydi.

🖋Xurshid Karim

Barchaga ulashing!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

02 Jan, 13:12


Hurmatli o‘qituvchilar!

⚡️ Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim! Biz o‘qituvchilarga yordam berish, ularning ishini osonlashtirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish uchun yangi resurslar va materiallar tayyorlamoqdamiz. Sizning tajriba va ehtiyojlaringizni bilish bizga kerakli materiallarni yaratishda yordam beradi.

Iltimos, quyidagi so‘rovnomada ishtirok eting. Bu sizning darslaringizni yanada samarali o‘tkazishga yordam beradigan yangi resurslarni yaratishimizga ko‘maklashadi.

So‘rovnomani to‘ldirish uchun faqat bir necha daqiqa vaqt ajrating. Sizning fikrlaringiz biz uchun juda qadrli!

So‘rovnoma havolasi: https://forms.gle/mxAkPau3JEHTiMFe9

Rahmat!

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

02 Jan, 11:10


⚡️ Ona tili va tarix oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50% ustama berish toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2025-yil 1-yanvardan boshlab ona tili va tarix fani oʻqituvchilariga milliy sertifikat uchun 50 foiz ustama toʻlash toʻgʻrisida 2024-yil 19-dekabr kuni hududiy MMTVlarga yuqoridagi koʻrsatma xatni yuborgan.

❗️Eslatib oʻtamiz, ustama B+, A va A+ va eski baholash asosida 80 va undan yuqori balga ega sertifikatlar uchun qoʻllaniladi. Taʼlim nazorati

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

01 Jan, 06:09


⚡️ O‘zbekiston yilnomasi: Har bir yilga bag‘ishlangan ezgu maqsadlar

Yangi 2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”
muborak bo‘lsin!

1991-yil — Alisher Navoiy yili.
1992-yil — Hamshiralar yili.
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil — Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil — Amir Temur yili.
1997-yil — Inson manfaatlari yili.
1998-yil — Oila yili.
1999-yil — Ayollar yili.
2000-yil — Sog‘lom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili.
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil — Obod mahalla yili.
2004-yil — Mehr-muruvvat yili.
2005-yil — Sihat-salomatlik yili.
2006-yil —Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil —Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil — Yoshlar yili.
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil — Barkamol avlod yili.
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil — Mustahkam oila yili.
2013-yil — Obod turmush yili.
2014-yil — Sog‘lom bola yili.
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil — Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil — Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil — Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil — Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil — Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil — “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”
2025-yil — “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili”

📎 Saqlab qoʻying kerak boʻladi!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

25 Dec, 10:56


⚡️ Barcha fanlardan tayyorlanish uchun video darsliklar manbalari va testlarni kutib oling

O‘z faningizdan olish uchun quyidagi ko‘k yozuv ustiga bosing: 👇

👉 Tarbiya fani video darsliklar

👉 Texnologiya fani video darsliklar

👉 Fizika fanidan video darsliklar

👉 Matematika fanidan video darsliklar

👉 Tarix fanidan video darsliklar

👉 Informatika fanidan video darsliklar

👉 Kimyo fanidan video darsliklar

👉 Geografiya fanidan video darsliklar

👉 Boshlang‘ich ta'lim fanidan video darsliklar

👉 Ingliz tili fanidan video darsliklar

👉 Rus tili fanidan video darsliklar

👉 Ona tili va adabiyot fanidan video darsliklar

👉 Biologiya fanidan video darsliklar

👉 @TalimiyUz - Testlardan tashqari tadbirlar uchun ssenarylar to‘plami ham mavjud

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

19 Dec, 14:08


O'quv markaz yuritgan Tajribali menejer kerak

Sizdan kutamiz:

✔️ O'quv markaz yuritish, menejerlik bo'yicha tajribaga ega bo'lish kerak ( Kamida 2 - yil )
✔️ Aratorlik qobilyati - odamlarga fikrlari chiroyli ravon yetkazib bera olishlik qobiliyatiga ega bo’lishi kerak.
✔️ Ko’p kitob o’qigan, dunyoqarashi keng bo’lishi kerak.

Yuksalish Leaderlar akademiyasida ishlagan bo’lsa afzal ko’riladi.

🏫Ish beruvchi: Behbudiy Akademiyasi
📍Ish joyi: Toshkent shahar
💰Maosh: suhbat davomida kelishiladi .
Ish vaqti: 9:00–18:00 gacha

👉 Ushbu LINK orqali o'zingiz ish tajribangiz haqida batafsil ma'lumot va resume qoldirsangiz ko'rib chiqib aloqaga chiqamiz.

Linkni to'ldirib resumeni @Abu_abdurrohman94 ga jo’natsangiz bo'ladi.

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

13 Dec, 04:41


⚡️Rasman: Maktablarda qishki ta’til 29 dekabrdan boshlanadi

III chorak darslari esa 2025 yil 13 yanvardan boshlanadi

Ota-onalar, o‘quvchilar va pedagoglarga qulaylik yaratish hamda o‘quv jarayonlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida qishki ta’til kunlari 2024 yil 29 dekabrdan boshlanib, 2025 yil 11 yanvarga qadar davom etadi.

Bunda maktablarda 2025 yil 11 yanvar (shanba) kuniga belgilangan darslar 2024 yil 28 dekabr (shanba) kuniga o‘tkaziladi hamda o‘quv yilining 3-choragi 2025 yil 13 yanvar (dushanba)dan boshlanadi.

👉
https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

10 Dec, 06:20


⚡️ Ibratli video rolik!

Farzandlarining kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir ota ona ushbu videoni ko‘rishi shart!

Farzandlarga sarflangan har bir sarmoya vaqt o‘tib ming karra bo‘lib qaytadi...

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

10 Dec, 05:18


⚡️KUNDALIK COMDA (E MAKTABDA) HISOBOTLARNI BARCHA BO‘LIMINI 100% QILISHNING ODDIY USULI.

Kundalik comda hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘lmayaptimi? Buning uchun quyidagi ishni qiling. Google browzerdan kundalik comga kiring.

1-jurnalga kirib mavzuni yozing (agar, avvaldan mavzuni yuklamagan bo‘lsangiz. Agar mavzuni yuklagan bo‘lsangiz mavzuga tegmang)

2-o‘quvchilarga baho qo‘ying.

3-uy vazifasini yozing. Agar, avvaldan uy vazifasi yuklangan bo‘lsangiz, uni o‘zgartiring, yoki qo‘shimcha qo‘shing (hech bo‘lmasa bitta nuqta qo‘ying)

Diqqat! Shu 3 ta ishni o‘z vaqtida qiling, hisobotingizning barcha bo‘limi 100% bo‘ladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

04 Dec, 15:35


⚡️ Milliy gvardiya va MMT vazirligi qo‘shma qarori

Endilikda davomat quyidagi tartibda yuritiladi:

har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma’muriy chora ko‘riladi.

2024 yil 26 fevral 4-k/k va 5-k/k sonli

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

02 Dec, 07:05


⚡️Ta'limga oid dunyodagi eng qiziqarli faktlar

❇️ Dunyoning eng katta sinfi

🌍 Dunyodagi eng katta sinf xonasi Hindistonda joylashgan!

Hindistondagi Shri Sahjanand Girls’ Institute (SSGI) dunyodagi eng katta sinf xonasi bilan tanilgan. Ushbu sinf xonasi bir vaqtning o‘zida 12,000dan ortiq o‘quvchini qabul qilishi mumkin!

Bu rekord maktablarning katta talaba soniga ega bo‘lishi va ta’lim muassasalarining imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi eng yirik muvaffaqiyatlardan biridir.

📌 Sizningcha, bunday katta sinfda ta’lim samarali bo‘lishi mumkinmi? Yoki kichik guruhlar yaxshiroqmi?

❇️ Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi

🎓 Dunyodagi eng yosh universitet bitiruvchisi 11 yoshda!

Sebuhi Kato – Yaponiya fuqarosi, 11 yoshida universitetni bitirib, tarixga kirgan. U 2019-yilda yapon tilida falsafa fanini o‘rganib, Kinki universitetini tamomlagan.

Bu rekordning o‘ziga xosligi shundaki, Sebuhi o‘zining yoshiga qarab, nafaqat ilm-fan sohasida, balki ta’lim tizimida ham yangi yondashuvlarning mumkinligini ko‘rsatib berdi.

❇️ Ta’limdagi eng katta bilim yurtlari

🏫 Dunyodagi eng katta universitet – Indoneziyadagi Universitas Gadjah Mada!

Indoneziyaning Universitas Gadjah Mada (UGM) 2024-yilda dunyodagi eng katta universitet sifatida tanilgan. Bu universitetda 400,000dan ortiq talaba ta’lim olishmoqda. UGM, o‘zining keng kampuslari va turli xil fan yo‘nalishlari bilan nafaqat O‘zbekistondagi talabalarga, balki butun Osiyo va dunyoga ta’lim sohasida ulkan imkoniyatlar yaratib kelmoqda.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

30 Nov, 05:20


⚡️ Hammasiga vaqt topadi Muallimlar!
         
Ishdan kelib sigir sog‘ar ko‘rg‘onida,
Ovqati ham qaynab turar qozonida,
Xovlisini supuradi ozonida,
Hammasiga vaqt topadi qilib jazim,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.

Darsdan ortib chopiq qilar yerlarini,
Artishga vaqt yo‘q ,manglayda terlarini,
Usti boshin kir kilmaydi erlarini,
Hammasiga ulguradi qilib jazim,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.

Och qo‘ymaydi tovuq ,o‘rdak ,kaptarlarin,
Ora sira yo‘qlab qo‘yar singillarin,
Yarim tunda tekshiradi daftarlarin,
Hammasiga vaqt topadi qilib jazim,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.

Yumushlardan ortib husnin tuzatadi,
Balalarin bog‘chasiga kuzatadi,
O‘g‘il uylab ,qizlarini uzatadi,
Hammasiga ulguradi, qilib jazim,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.

Seminarlar o‘tkazadi maktabida,
Ezgu ishlar yozilgan ul, matlabida,
Tabassum ham arimaydi gul labida,
Hammasiga vaqt ,qilib jazim,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.

Gul bargida yaltiragan shona ular,
Kalbi kuyosh, ko‘ngli zarrin dona ular,
Ular singil ,ular opa ,ona ular,
Ular buyuk azizlar bir soling razm,
Muallima ustozlarim sizga ta’zim.
                 
© XURSHID  KARIM

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

26 Nov, 05:48


❇️ O‘qituvchilar uchun stressni kamaytirish usullari

Assalomu alaykum, qadrli ustozlar! O‘qituvchilik kasbi mashaqqatli va ko‘p kuch talab etadi. Ko‘pincha stress va charchoq sababli ish unumdorligimiz pasayib ketishi mumkin. Mana, stressni kamaytirishga yordam beruvchi ba’zi maslahatlar:

Kunlik rejalashtirish – Ish kunini rejali o‘tkazish stressni kamaytiradi. Har kuni qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yozib, vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Bu usul ishingizni yengillashtiradi.

Sog‘lom uyqu – Tanaffus va sifatli uyqu o‘qituvchining eng yaxshi do‘stidir. Uyquga to‘yish va dam olish energiya tiklanishi va stressni kamaytirish uchun juda muhim.

🤝 Yordam so‘rashdan tortinmang – Qiyin vaziyatlarda boshqalardan yordam so‘rash, maslahatlardan foydalanish ham ruhiy va jismoniy yengillik beradi. Masalan, hamkasblardan yoki do‘stlardan yordam so‘rashdan uyalmang.

Stresssiz va samarali ish kunlari tilayman! O‘z sog‘lig‘ingiz va ruhiy holatingizga e’tibor bering!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

25 Nov, 04:40


​#Eslatma
​​⚡️ Emaktab.uz da o‘quvchilarni davomat qilish bo‘yicha eslatma

S – sababsiz darsda qatnashmadi;
DQ – uzrli sabab bilan darsda qatnashmadi;
K – betobligi sababli darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;
M - surunkali dars qoldirish

Fan o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan ta’lablar!
S – sababsiz darsda qatnashmadi;
KQ – darsga kechikikib keldi;

🧠 Eslab qolish oson bo‘lishi uchun quyidagilarni tavsiya qilamiz:

N - noma’lum;
DQ - dars qoldirdi;
K - kasal;
KQ - kechga qoldi;

BARCHAGA ULASHING

👉
https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

23 Nov, 10:13


⚡️FARZAND TARBIYASIDAGI ENG MUHIM OMILLAR HAQIDA SU'NIY INTELLEKTNING FIKRI:

❇️ Farzand tarbiyasidagi eng muhim omillar ko'p va ularning barchasi bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Biroq, men eng muhim deb hisoblaydigan bir necha omillarni ta'kidlab o'tishim mumkin:

1. Muhabbat va mehr:

Shartsiz muhabbat: Farzandingizni shartsiz seving va uni qabul qiling. Uning xatolari va kamchiliklari bo'lishi mumkin, ammo uni shartsiz seving.
Mehr-muhabbat:  Farzandingizga mehr-muhabbatni his qildiring, uni quchoqlang, o'pishga harakat qiling.
Vaqt ajratish:  Farzandingizga vaqt ajrating, u bilan o'ynang, suhbatlashing, uning qiziqishlari bilan qiziqing.

2. Ijobiy muhit:

Tinchlik va xotirjamlik:  Uyda tinchlik va xotirjamlik muhitini yarating.
Hurmat:  Farzandingizga hurmat bilan munosabatda bo'ling. Uning fikrlarini tinglang va ularni qadrlang.
Ochiqlik:  Farzandingiz bilan ochiq va samimiy suhbatlashing. Uning muammolarini tinglang va unga yordam berishga harakat qiling.

3. Ta'lim va bilim:

Ta'lim:  Farzandingizni ta'limga jalb qiling. Uning bilim olishiga yordam bering.
O'qish:  Farzandingizga kitob o'qishni o'rgatish va uni kitoblar bilan tanishtirish.
Qiziqish:  Farzandingizning qiziqishlarini qo'llab-quvvatlang va unga yangi narsalarni o'rganishga yordam bering.

4. Mustaqillik va javobgarlik:

Mustaqillik:  Farzandingizni mustaqil bo'lishga o'rgatish. Uning o'z qarorlarini qabul qilishiga imkon bering.
Javobgarlik:  Farzandingizni o'z harakatlari uchun javobgar bo'lishga o'rgatish.

5. O'rnak bo'lish:

Xulq-atvor:  Farzandingizga o'rnak bo'ling. Yaxshi xulq-atvorni namoyon qiling.
Qadriyatlar:  Farzandingizga yaxshi qadriyatlarni singdiring.
Maqsadlar:  Farzandingizga maqsadlarga erishish muhimligini tushuntiring.

6. Chegara va intizom:

Chegara:  Farzandingiz uchun aniq chegaralarni belgilang.
Intizom:  Farzandingizni intizomga o'rgatish.
Adolat:  Farzandingizni intizomlashda adolatli bo'ling.

7. Jamoat va ijtimoiy hayot:

Jamoat:  Farzandingizni jamoatga jalb qiling. Uning boshqa bolalar bilan muloqot qilishiga imkon bering.
Ijtimoiy hayot:  Farzandingizning ijtimoiy hayotini qo'llab-quvvatlang. Uning do'stlari bilan vaqt o'tkazishiga imkon bering.

Esingizda bo'lsin, farzand tarbiyasi - bu uzoq va murakkab jarayon. Har bir bola boshqachadir va har bir bolaga o'ziga xos yondashuv talab etiladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

21 Nov, 15:02


⚡️ TADBIRLAR OYLIGI QUYIDAGICHA ETIB BELGILANDI

🟩 Sentyabr –O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini madh etish oyligi

🟩 Oktabr – Ustoz va murabbiylarni ulug‘lash oyligi

🟩 Noyabr – «Bag‘rikenglik»oyligi

🟩 Dekabr – «Huquqiy madaniyatni oshirish» oyligi

🟩 Yanvar – Vatanparvarlik oyligi

🟩 Fevral – Buyuk allomalar oyligi

🟩 Mart – Milliy qadriyatlar oyligi

🟩 Aprel – «Buyuk ajdodlar merosini o‘rganish oyligi»

🟩 May – Xotira va qadrlash oyligi

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

21 Nov, 11:25


⚡️2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilindi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha o‘rganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish maqsadida Prezidentimiz 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

21 Nov, 10:40


⚡️O‘QITUVCHI

Halollikdir shiori,
Halol luqma tishlaydi,
Olti kun maktabda ish,
Bir kun uyda ishlaydi.
※※※
O‘zbekda ish tugamas,
Tugamas yozu, qishlar,
Yakshanbani kutishib,
Turar uydagi ishlar.
※※※
Yerni ag‘dar,ekin ek,
Uy joy ko‘tar,uy joy qur,
Shunday qizg‘in va shoshqin,
O‘taveradi  umr.
※※※
Goho yakshanbada ham,
Maktabga chorlaydilar,
Ish deb hatto yozda ham,
Hech yerga bormaydilar.
※※※
Yuguradi yeladi,
Hech tolmaydi o‘qituvchi,
Dam oladi demang siz,
Dam olmaydi o‘qituvchi.
※※※
Shiddat bilan odimlar,
O‘zgaruvchan bu zamon,
Besh yilda bir toifa,
Malaka test-imtihon.
※※※
O‘tolmasa gar testdan,
Hech qadr topmaydilar,
Ishdan kelib tunlari,
Uyda test yodlaydilar.
※※※
Qadrin bilmas hamma ham,
G‘iybatlar sotarlar bor,
Piching qilib ortidan,
Toshlar ham otarlar bor.
※※※
Ishdan ortmas o‘qituvchi,
Buni bilgan bilibdi,
Kimni uribdi ustoz,
Kimni g‘iybat qilibdi?
※※※
Bir naql bor ustoz zot,
Otangdek ulug‘ degan,
Baribir ustoz ulug‘,
Ustoz mo‘tabar ekan.
※※※
Haykal qurmang unga siz,
E’zoz ehtirom bering,
Unga ozgina hordiq,
Ozgina orom bering.
※※※
Halollikdir shiori,
Haloldan non tishlaydi,
Olti kun maktabda ish,
Bir kun uyda ishlaydi.

🖋Xurshid Karim

Barchaga ulashing!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

13 Nov, 06:00


⚡️ Qiziqarli ma’lumotlar
   
Dunyo aholisi 7,8 mlrd. kishini tashkil etadi.
Bu ko‘pchilik odamlar uchun katta raqam, xolos.
Biroq, agar siz dunyodagi 7.8 milliard odamni 100% deb hisoblasak yanada aniq ma’lumotni ko‘rishimiz mumkin:

Yer aholisini 100% dan
11% Yevropada
5% Shimoliy Amerikada
9% Janubiy Amerikada joylashgan
15% Afrikada,
60% Osiyoda joylashgan

49% qishloqda yashaydi
Shaharlarda esa 51%

12% Xitoy tilida  gapiradi
5%  Ispan tilida gapiradi
5% Inglizchada gapiradi
3%  ko‘proq aholi inglizcha gapirishni biladi.
3%  Hind tilida,
3%  Arab tilida gapiradi
3%  Portugal,
2%  Rus tilida
2%  ko‘prog‘i Yapon tilida gapiradi.
62% yer aholisi o‘z tilida so‘zlashadi.

Yer aholisining
77% o‘z uylariga ega,
23% o‘z uyi yo‘q.

Odamlarning
21% keragidan ortiq
63% yetarlicha yeyishi mumkin
15% ochlikda yashaydi

87% odam toza ichimlik suviga ega
13% da toza ichimlik suvi yo‘q yoki ifloslangan suv manbaiga ega.

75% mobil telefonlar bor
25% yo‘q.

30% internetga kirish imkoni bor,
70% Internetga kirish uchun sharoit yo‘q

7% oliy ma’lumotli,
93% odam kollejda o‘qimagan.

83% o‘qishda davom etishi mumkin
17% odamlarning boshlang‘ich savodi yo‘q

33% Masihiylar
22% Musulmon
Hindlar 14%
Buddiylar 7%
12% boshqa dinlar
12% diniy ye’tiqodga ega emaslar.

Axolining
26% 14 yildan kam yashaydi,
66%  15 yoshdan 64 yosh orasida vafot etdi.
8% odamlar 65 yoshdan oshgan.

Yashashga uyingiz bo‘lsa,tabiiy oziq-ovqat va toza suv ichsangiz, Mobil telefon, Internet va bilim olish uchun sharoitingiz bo‘lsa, Siz yer aholisining 7 % dan kamrog‘iga nasib etgan imtiyozlilarga egasiz.

Dunyodagi 100% odamdan faqat  8%  65 yoshgacha yashashi mumkin.

65 yoshdan oshsangiz, Allohdan minnatdor bo‘ling. Siz  92% insonlar kabi 64 yoshga yetguningizcha dunyoni tark etmadingiz. Siz  baxtli insonsiz.

Malumotlar  Karim Baxriyev sahifasidan olingan.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

08 Nov, 13:13


⚡️ O‘qituvchiga oson tutmang

Rossiyalik olimning ilmiy ishida keltirilgan statistik ma’lumotlar:

🔰 O‘qituvchilar vaqtlarining 79 foizini tik oyoqda o‘tkazadilar;
🔰 Kuniga o‘rtacha 3,5-4 soat baland ovozda yoki juda baland ovozda gapirishlariga to‘g‘ri keladi;
🔰 Nominal ravishda o‘qituvchining ish kuni 6-7 soat davom etadi, lekin uning haqiqiy davomiyligi 10-12 soat;
🔰 O‘qituvchilarning 80 foizi vitaminlarning qisman yetishmasligidan aziyat chekadi, chunki ish haqi va ish tartibi to‘g‘ri ovqatlanishga imkon bermaydi;
🔰 O‘qituvchilarning 2/3 qismi doimiy stress ostida. Stressning eng yuqori darajasi - direktorlar va ularning o‘rinbosarlari orasida, o‘rtachadan yuqorisi - aniq fanlar, lingvistik fanlar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida;
🔰 O‘qituvchilar tarkibining o‘rtacha 85 foizini xotin-qizlar tashkil etadi, demak, ularning zimmasiga ta’lim yukidan tashqari uy yumushlari, bola tarbiyasi yuki ham tushadi;
🔰 O‘qituvchilarning 50 foizi kuniga sakkiz soat o‘rniga olti soatdan kam uxlaydi;
🔰 O‘qituvchilarning atigi 14 foizi ertalabki mashqlarni bajarishga imkon topadi;
🔰 Har beshinchi o‘qituvchi kuniga atigi ikki marta ovqatlanadi, har ikkinchisi - uch marta, holbuki kuniga to‘rt yoki besh marta yengil ovqatlanish to‘g‘ri deb hisoblanadi;
🔰 O‘qituvchilarning 80 foizi sanatoriy yoki dengiz bo‘yida hordiq chiqara olmaydi, aslida aynan shunday ta’til sog‘liqni to‘laqonli tiklaydi.

©️ Mumtoza Karimova

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

08 Nov, 05:37


⚡️Darsga halaqit bеrib, darsni buzadigan o'quvchilarga qanday chora ko'rish mumkin?

Assalomu alaykum. O‘quvchi darsda xulqi yomon. Dars jarayonini buzadi. Boshqa o‘quvchi va o‘qituvchi bilan janjallashadi. Shu xodisaga qanday qonun doirasida chora ko‘rish mumkin

YURIST JAVOBI:

O'quvchiga nisbatan biror ta'sir chorasi qo'llanilmaydi, aksincha bunday vaziyatda uning ota-onasiga nisbatan ma'muriy javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'iga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 14-bandiga asosan o'quvchi dars mashg'ulotlarida:


🟢 tеgishli darslik va zarur o'quv qurollari bilan ishtirok etish;

🟢 darslarda o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ishlarga chalg'imaslik;

🟢 o'qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki
savoliga javob bеrmoqchi bo'lganda qo'lini ko'tarib ruxsat so'rash;

🟢 sanitariya-gigiеna va tеxnika xavfsizlik qoidalariga to'liq amal qilishi shart.

Mana shu qoidaga binoan o'quvchi yuqoridagilarni bajarishi talab etiladi.

Agar u mazkur majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlasa, unda ota-onaga nisbatan ta'sir chorasi ko'rilishi mumkin.

Bunday holatda ota-onaga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodеks 47-modddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi. Ya'ni Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan kеyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa: bazaviy hisoblash miqdorining bеsh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

05 Nov, 04:03


⚡️ Milliy gvardiya va MMT vazirligi qo‘shma qarori

Endilikda davomat quyidagi tartibda yuritiladi:

har kuni sinf rahbar davomat qilib uni e-Maktab platformasiga kiritadi;
ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari sababsiz kelmagan o‘quvchilar ro‘yxatini Milliy gvardiyaga beradi;
maktab, inspektor-psixolog va Milliy gvardiya xodimi davomatni yuritib boradi.
Milliy gvardiya xodimi o‘quvchining ota-onasi bilan suhbat o‘tkazadi;
zarurat bo‘lsa, farzandi ta’limiga qarshilik ko‘rsatgan ota-onaga ma’muriy chora ko‘riladi.

2024 yil 26 fevral 4-k/k va 5-k/k sonli

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

01 Nov, 15:59


⚡️ Maktabda o‘quvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

Telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
Telefon akkumulatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

Telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

O‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvir ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish;
telefon orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

⭕️ Agarda tartib buzilsa:

Ushbu talablar buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga ta’lim muassasasining direktoriga yoki direktor o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga berish huquqiga ega.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

01 Nov, 09:49


#faydali_tavsiyalar

​​⚡️Pedagogik oltin tavsiyalar

🟢1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.

🟢2. Tabbasum qilishni unutmang.

🟢3. Yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga.

🟢4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.

🟢5. Har safar o‘quvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lishdan oldin, bolaligingizni eslang va har ehtimolga qarshi muz qaymoq yeb oling (qizishmang).

🟢6. Yodingizda tutung: agar ovozingiz qo‘pollashib, xirrilashib ketayotgan bo‘lsa, demak qayerdadir xato qilgansiz.

🟢7. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi.

🟢8. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.

🟢9. Agar mashg‘ulotingizga "mehmonlar" tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting.

🟢10. Ma’muriyatingizni hurmat qiling va qadrlang, shunda siz baxli, uzoq pedagogik hayot kechirasiz.

🟢11. G‘azablanganigizda milliongacha sanang.

🟢12. Xatolaringizdan hijolat bo‘lmang. Shunda ular yildan yilga kamayib boraveradi.

🟢13. Ishingizga bor kuchingizni sarflang, lekin maktabdan chiqqaningizda oddiy insoniy hayotni ham unitib qo‘ymang. "Maktab" va "Shaxsiy hayot" tugmachalarini vaqtida yoqib o‘chirib turing.

🟢14. Agar oqshomda o‘quchilaringizni eslab, yuzingizda tabbasum paydo bo‘lsa - bu baxt.

🟢15. Yodingizda tuting: yaxshi o‘qituvchilar uzoq umr ko‘radilar va deyarli hech kachon kasal bo‘lmaydilar.

© D.Rustamova tarjimasi |

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

24 Oct, 05:23


⚡️Qanday holatda o'qituvchiga emaktab.uz'da bahoni vaqtida qo'ymagani uchun haq to'lanmaydi

Darsda qatnashgan o'quvchilarni 30% ni baholanishi, dars sahifasi bo'limidagi "Dars o'tildi" qaydiga belgi qoʻyish zarur.

O'quvchilar o'z vaqtida (9.00-21.00 gacha 1 smenali maktablar uchun, joriy kundan ertasi kuni 13.00 gacha 2 smenali maktablar uchun) baholanmasligi, belgining qoʻyilmasligi oʻqituvchini dars o'tmaganligini bildiradi va ushbu dars uchun haq to'lanmaydi.

Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:

📌 s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
📌 dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
📌 k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
📌 kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
📌 ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
📌 q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
📌 ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

📌 s-"kichkina", hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;
kq- "kichik", darsga kechikishni koʻrsatish uchun.(baxolash mumkin).

⚠️ Sinf jurnallarida oʻquvchilarning familiyasi va ismi maktab ta'lim tiliga qarab kirill yoki lotin alifbosiga asoslangan yozuvlarda kiritilishi sinf rahbariga yuklatiladi.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 24-iyundagi 205-sonli buyruq

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

23 Oct, 12:30


⚡️ Yaxshi xodim topa olmayapsizmi?

— Biz sizga ta'lim sohasida osonlik bilan kerakli xodimni topishingizga yordam beramiz.
— Xususiy maktab, o‘quv markazi va boshqa muassasalari uchun minglab vakantlar taklif eta olamiz;
— Onlayn kurslaringiz uchun o‘quvchi topishda ko‘maklashamiz!

🔥 Ta'limiy yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan istalgan sohada @EduHruz kanali bo‘lishi lozim.

Talimiy ish e'lonlarini joylab boradigan eng yirik va aktiv kanalda qiynalmasdan xodim topishingiz mumkin!

🚩 Vakansiya berish uchun: 👉 @EduHr_support

👉 @EduHRuz — Ta'limga oid bo‘sh ish o‘rinlari

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

21 Oct, 04:46


📌 21-oktabr - O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi jamoasidan maxsus videorolik

Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib o’z tilimda gapirmadim,
Bir eslasam eziladi bag’ri-dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Sen bo’lmasang nima bizga sillik she’rlar,
Bu dunyoda tili yo’kda dil yo’q derlar,
Bahoing-ku berib ketgan Alisherlar,
Yuragimning to’ridagi so’lmas gulim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.

Bir qarasam har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar.
Qodiriylar, Cho’lponlar-u, Abdullolar,
Sening qaytgan kuning men tug’ilgan yilim,
Ona tilim, ey muqaddas Ona tilim

🇺🇿 Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!!!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

20 Oct, 16:40


📌 Koreya maktablarida manaviyat soati

O‘quvchilarga telefonning o‘qishga qanday salbiy tasiri borligini va kelgusida uning zararlarini ajoyib tarzda tushintirishmoqda.

Bizda ham tarbiyaviy soatlar shu tarzda tashkil etilsa, yanada samarali bo‘ladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

20 Oct, 15:01


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💟💟💟💛💛💛
ATTESTATSIYA tashvishidagi ustozlar qayerdasiz⁉️
Sizlar uchun bitta ZO'R yangilik olib keldim:
✏️ 7 yillik sohadagi tajriba
✏️2000 dan ortiq online ustozlar va 1000 dan ortiq abituriyentlar ustozi
⚡️Respublika bosqichidagi olimpiada ishtirokchisi
🥇Kuchli matematik va kuchli metod egasi

Ustoz Buronov Asom👨‍🏫
MATEMATIKA fanidan ATTESTATSIYA imtihoniga tayyorlanayotgan ustozlar uchun
📈"10 kunlik INTENSIV dars"
nomli marofoniga taklif etadi.
Bu marofonda siz:
1️⃣ EKUB VA EKUK
2️⃣ KOMBINATORIKA VA EHTIMOLLAR NAZARIYASI
3️⃣ STREOMETRIYA
4️⃣ TRIGONOMETRIK TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR
5️⃣ HOSILA VA INTEGRAL
mavzularini eng oson usulda urganasiz
Darslar online va jonli ravishda videochatda BEPUL olib boriladi.
Mana bu kanallari

🩵🩵🩵⤵️
t.me/matematika_geometriya1
t.me/matematika_geometriya1
t.me/matematika_geometriya1
tezda ulanib olib imtihongacha bilimingizni oshiring va imtihondan yaxshi natija bilan o'ting.

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

13 Oct, 17:30


⚡️2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari oʻrnatilib, biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilinadi

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hududining xavfsizligini taʼminlash, oʻquvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur»da nazarda tutilgan.

Dastlab umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikatsiya tizimlarini oʻrnatish bilan bogʻliq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi kamida 130 ta umumiy oʻrta taʼlim muassasasida joriy etiladi.

2025 yil 1 sentyabrga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy etiladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

13 Oct, 16:00


➡️Matematikadan Attestatsiya imtihoniga tayyormisiz?

Sizga ajoyib yangilik bor! Sizlar bilan 15 kunlik BEPUL attestatsiya mafarfoni tashkil qilamiz🎉

➡️Bu yerda siz quyidagilarni oʻrganib takrorlab olasiz👇

🟢Hosila boʻlimi toʻliq.
🟢Pedagokikadan ekspert ustoz tomonidan dars.
🟢Umumiy Attestatsiya imtihoni boʻyicha test va tahlili
🟢Integral, Ferma teoremasi,Trigonometriya
🟢Streonometriya

➡️Siz ustozlarni marafonda kutaman😊

https://t.me/fayziev_attestatsiya
https://t.me/fayziev_attestatsiya
https://t.me/fayziev_attestatsiya

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

04 Oct, 06:18


​​⚡️ Dars jadvali qanday tuziladi?

📌 Dars jadvalini tuzishda fanlarning qiyinlik darajasi quyidagicha (ushbu roʻyxat qiyin fanlardan boshlanib, osonigacha tartiblandi):

✦ 1–Matematika va informatika

✦ 2–Ona tili va adabiyot, xorijiy tillar (rus, ingliz, fransuz, nemis tillari)

✦ 3–Fizika, kimyo, astronomiya

✦ 4–Tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari

✦ 5–Tabiiy fanlar, geografiya, biologiya

✦ 6–Tarbiya va maʼnaviyat asoslari

✦ 7–Jismoniy tarbiya

✦ 8–Texnalogiya

✦ 9–Chizmachilik

✦ 10–Tasviriy sanʼat

✦ 11–Musiqa

Dars jadvalini tuzishda ushbu fanlarning qiyinlik darajasini hisobga olish tavsiya etiladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

04 Oct, 05:16


👋 MAKTAB LUG‘ATINI BILASIZMI?

❇️ DIREKTOR - bir qo‘lida qamchi va bir qo‘li bilan xodimlari boshini silab turguvchi jon kuyar rahbar.

❇️ ZAVUCH - dars o‘tilmay qolsa, hech kimni ayamaydigan haqiqat noziri.

❇️ ZAM DIREKTOR - urmaydi, so‘kmaydi, ammo vaziyatga ko‘ra ish tutuvchi  donolar donosi.

❇️ QOROVUL - ofarin, tinchlik posbonlari.

❇️ FARROSHLAR - siz borsizki, maktab sarishta.

❇️ KUTUBXOHACHI - devon bekasi.

❇️ PSIXOLOG - hali bir to‘xtamga kelinmagan soha.

❇️ O‘QITUVCHI - manaviyat va ma’rifat, ongu-tafakkurning Sulton va malikalari.

❇️ O‘QUVCHI- hamma gapni teskarisini qiladigan

❇️ OCHIQ DARS - ustozlar diydolashuvi.

❇️ DARS JADVALI - kelishuvga asosan tuziladigan bitim.

❇️ USTAMA - toshga sol, baxtingdan ko‘r.

❇️ TEKSHIRUV - nogahon tushgan tarsaki.

Kun davomida yaxshi kayfiyat hamrohingiz bo‘lsin 🫶

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

01 Oct, 01:01


1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni! 🎉

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin hurmatli ustozlar!

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

28 Sep, 05:10


​​⚡️ OʻQITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga ta'lim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-"Darsimda pashsha uchsa bilinadi"-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

--Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas'uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini "tashlab" yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uning-ku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz--ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda a'lochi bo'lishlari uchun ko'mak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat ta'lim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta'lim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra,shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

BARCHAGA ULASHING

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

26 Sep, 05:10


⚡️ Qadrli til ixlosmandlari, “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi barcha darslar havolalarini bir e’londa jamladik!

🇬🇧 Ingliz tilini 0 dan oʻrganish

🇷🇺 Rus tilini 0 dan oʻrganish

🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish

🇺🇿 Oʻzbek tilini 0 dan oʻrganish (ingliz)

🇹🇷 Turk tilini 0 dan oʻrganish

🇩🇪 Nemis tilini 0 dan oʻrganish

🇩🇪 Nemis tilidan intensiv darslar

🇪🇸 Ispan tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇹 Italyan tilini 0 dan oʻrganish

🇫🇷 Fransuz tilini 0 dan oʻrganish

🇨🇳 Xitoy tilini 0 dan oʻrganish

🇯🇵 Yapon tilini 0 dan oʻrganish

🇹🇷 Turk tili so'zlashuv

🇰🇷 Koreys tilini 0 dan oʻrganish

🇸🇦 Arab tilini 0 dan oʻrganish

🇮🇳 Hindiy tilini 0 dan oʻrganish

🇬🇧 Ingliz tili so'zlashuv

Marhamat, zavq bilan chet tillarini bepul o’rganing.


👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

26 Sep, 04:55


⚡️ Sinf rahbari bu...

Yil-o‘n ikki oy o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni hali u shaklda, hali bu shaklda shakllantirib, bu ro‘yxatning qayoqqa ketayotganini o‘zi ham bilmaydigan qog‘ozboz.

O‘zi bir kunda bir marta kiradigan sinf xonasining ozodaligiga  javob beruvchi farrosh.

O‘quvchilari janjallashsa,  adolatli qozi.

Ota-onalar istalgan ustozning ustidan shikoyat qilishi mumkin bo‘lgan, lekin qo‘lidan hech narsa kelmaydigan shaxs.

O‘zining vakolatidan ko‘proq narsani bo‘yniga oladigan mard.

O‘quvchilari 11-sinfni bitirib ketganidan keyin bir yil o‘tib ham ularni yo ishga, yo o‘qishga joylab, yo uzatib FHDYO qog‘ozining nusxasini topshirib qutuladigan buyuk matonat egasi.

O‘quvchilarini yozda ham suvga cho‘kmasligini, o‘tda yonmasligini, uyidan qochmasligini, kechasi sang‘imasligini, hech kim bilan janjallashmasligini  nazorat qiluvchi inspektor.

Ota-onasi jo‘natolmagan maktabga amallab olib keladigan, imtihonlarda uxlab qolmasligi uchun qo‘ng‘iroq qilib uyg‘otadigan, kech qolsa o‘rniga gap eshitadigan, ammo shu mehnatlari evaziga bitirib ketgach, bitta yo‘qlab qo‘yishga ham arzimaydigan o‘quvchilarini ortidan «bolam», deb gapiradigan hokisor...

Aslida, bu zahmatlarning ortida bolajonlarning bir og‘iz «Ustoz!» deb chaqirgan lutfi oldida yuvilib ketadigan quvonch ham bor...

Siz nima deb o‘ylaysiz?

©Feruza Salxodjayeva

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

20 Sep, 13:27


⚡️ Repititorlar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi farqlar

Quyida Saxob Aripovning fikrlari:
1) Repetitor tayyor bolani oladi, maktab o‘qituvchisi esa bolani unga tayyorlab beradi.

2) Repetitor pul oladi, maktab o‘qituvchisi esa bepul o‘qitadi.

3) Repetitor 10-15 ta bola bilan ishlaydi, maktab o‘qituvchisi esa 30-35 tadan sinfdagi bolalar bilan ishlaydi.

4) Repetitorda davlat ta’lim standarti yo‘q, maktab o‘qituvchisidan esa davlat ta’lim standarti talab etiladi.

5) Repetitorda o‘quv reja yo‘q, maktab o‘qituvchisi esa yuqoridan belgilab berilgan o‘quv reja asosida dars o‘tishga majbur.

6) Repetitor darsini istagan vaqtga qo‘yadi, maktab o‘qituvchisi esa ma’lum bir vaqtda darsini o‘tishi zarur.

7) Repetitor bolalarni kuchli, kuchsiz, o‘rtacha bilimli guruhlarga bo‘lib o‘tadi, maktab o‘qituvchisi esa bir sinfdagi xar xil bilimli bolalarga bir xil yondoshishga majbur.

8) Repetitorni xech kim tekshirmaydi, maktab o‘qituvchisini maktab raxbariyatidan tortib, katta kichik tekshiruvchilar, natijasini so‘rovchilar ko‘p.

9) Repetitorga aniq maqsadni ko‘zlab murojaat qilishadi, masalan, chet elga ishga ketish uchun, chet eldagi oliygoxga kirish uchun, o‘zimizdagi oliygoxga kirish uchun, bir tilni yoki fanni o‘rganish uchun.
Maktab o‘qituvchisi xam o‘quvchisi xam majburiyatdan boradi.

10) Repetitor talabiga javob bera olmaydigan bolani xaydab yubora oladi,  maktab o‘qituvchisini esa bunga xaqqi yo‘q.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

19 Sep, 15:36


#eslatma

⚡️2024-2025-Oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy rejasiga ko'ra tadbirlar oyligi quyidagicha etib belgilandi.

Sentabr –Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini madh etish oyligi

Oktabr – Ustoz va murabbiylarni ulugʻlash oyligi

Noyabr – “Bagʻrikenglik”oyligi

Dekabr – “Huquqiy madaniyatni oshirish” oyligi

Yanvar – Vatanparvarlik oyligi

Fevral – Buyuk allomalar oyligi

Mart – Milliy qadriyatlar oyligi

Aprel – “Buyuk ajdodlar merosini oʻrganish oyligi”

May – Xotira va qadrlash oyligi

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

16 Sep, 10:36


​​⚡️ OʻQITUVCHILAR HAQIDA HAQIQATLAR

-Dunyoda bitta kasb bor: oʻqituvchilik. Qolgan kasblar uning hosilasidir.

-Millatning ertasi maktablardan boshlanadi.

-Oʻqituvchi bir umr bola boʻlib qoladi.

-Oʻqituvchi bir vaqtning oʻzida ona, ota, bobo, buvi, aka, opa, doʻst boʻla oladi.

-Oʻqituvchida otaning qattiqqoʻlligi, onaning mehri boʻlishi kerak.

-Hech kimning 30 nafar farzandi yoʻq. Oʻqituvchida esa bor.

-Hamma oʻz bolasini sevadi. Oʻzganing bolasini sevish, unga ta'lim-tarbiya berish esa har kimning ham qoʻlidan kelmaydi.
Buning uchun insonda katta yurak kerak boʻlishi kerak.

-Bolalarni seva olmagan kishidan oʻqituvchi chiqmaydi.

-Oʻqituvchilik--bu hali ustozlik degani emas.

-Oʻqituvchilik--bu kasb.
Ustozlik esa baxtdir.

-Hayotingiz davomida hech boʻlmasa bitta shogirdingiz sizni ustoz sifatida tan olmasa, umringiz shamollarga sovrilibdi.

-Oʻquvchilarim meni ustoz sifatida emas, avvalo, inson sifatida yaxshi koʻrishlarini istayman.

-"Darsimda pashsha uchsa bilinadi"-deydigan oʻqituvchilar rost gapiradi. Ularni faqat pashsha qiziqtiradi.

-Amir Timur dunyoni tigʻ bilan, Navoiy qalam bilan olgan boʻlsa, ustozlar dunyoni boʻr bilan oladi.

--Bu hayotda oddiy sinf rahbar boʻlmaydi. Sinf rahbar boʻldingmi, chida. Mushtni mushtga tugib chida, tishni tishga qoʻyib chida.Sinf rahbarlikni chidaganga chiqargan.

-Bugun sinf rahbarlik olib, uning mas'uliyatiga chidolmay, ertaga tashlab yuboradigan oʻqituvchining oʻzini "tashlab" yuborish kerak.

-Ustoz yaqinmi, ota?
-Ota. Agar u ustoz boʻlsa.

-Haqiqiy oʻqituvchining qahrida ham bolaga nisbatan mehr ufurib turishi kerak.

-Eng yomon oʻquvchimni boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi oʻquvchiga alishmayman.

-Oʻquvchingiz hayotiy masalada sizdan maslahat,yordam soʻrayapdimi, demak, ustoz darajasiga yetibsiz, muborak boʻlsin.

-Hech qachon oʻquvchilaringizga odam boʻlmaysan, demang. Uning-ku tanlash imkoniyati bor. Sizda esa hatto shu ham yoʻq.

-Bugungi jinoyat kechagi tarbiyaning mahsulidir.

-Biz--ustozlar oʻquvchilarimizga maktabda emas, hayotda a'lochi bo'lishlari uchun ko'mak berishimiz kerak.

-Ustozning hattoki qadam tashlashi ham tarbiya boʻlishi kerak.

-Shogirdlariga faqat ta'lim bergan oʻqituvchi mutaxassis tayyorlaydi.Shogirdlariga ta'lim-tarbiya bergan oʻqituvchi insonni yetishtiradi.

-Oʻquvchingiz sizni ota-onasining nooʻrin aybidan himoya qilayapdimi, demak siz uning qalbidan joy olibsiz.

-Ustozlar farzandlarining yutuqlaridan koʻra,shogirdlarining yutuqlariga koʻproq quvonadi.

-Yuksaklarga chiqmoqchi boʻlsangiz, pastga tushib oʻquvchilar bilan birga boʻling. Kun kelib ularning oʻzi sizni yuksaklarga olib chiqadi.

BARCHAGA ULASHING

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

11 Sep, 17:20


​​⚡️Pedagogik oltin tavsiyalar

1. Maktabga xursandchilik bilan kirib boring, maktabdan yoqimli charchoq bilan chiqib keting.

2. Tabbasum qilishni unutmang.

3. Yodingizda tuting: e’tiborsiz shifokor bemorning badaniga shikast yetkazishi mumkin, e’tibosiz o‘qituvchi esa - bolaning qalbiga.

4. Darsga kirishdan oldin hozir nima uchun bu yerda ekanligingizni va nima qilishingizni aniq biling.

5. Har safar o‘quvchiga qo‘pol munosabatda bo‘lishdan oldin, bolaligingizni eslang va har ehtimolga qarshi muz qaymoq yeb oling (qizishmang).

6. Yodingizda tutung: agar ovozingiz qo‘pollashib, xirrilashib ketayotgan bo‘lsa, demak qayerdadir xato qilgansiz.

7. Eng oliy pedagogik muvaffaqiyat ― o‘quvchilarning tabbasumi.

8. Agar oddiy faktni katta kashfiyot kabi taqdim eta olsangiz va o‘quvchilaringizni hayratlantira olsangiz, asosiy vazifangiz bajarildi deb hisoblashingiz mumkin.

9. Agar mashg‘ulotingizga "mehmonlar" tashrif buyurgan bo‘lsa, o‘zingizni mamlakatning eng qobiliyatli pedagogi va eng zo‘r aktrisasi (aktyori) kabi tuting.

10. Ma’muriyatingizni hurmat qiling va qadrlang, shunda siz baxli, uzoq pedagogik hayot kechirasiz.

11. G‘azablanganigizda milliongacha sanang.

12. Xatolaringizdan hijolat bo‘lmang. Shunda ular yildan yilga kamayib boraveradi.

13. Ishingizga bor kuchingizni sarflang, lekin maktabdan chiqqaningizda oddiy insoniy hayotni ham unitib qo‘ymang. "Maktab" va "Shaxsiy hayot" tugmachalarini vaqtida yoqib o‘chirib turing.

14. Agar oqshomda o‘quchilaringizni eslab, yuzingizda tabbasum paydo bo‘lsa - bu baxt.

15. Yodingizda tuting: yaxshi o‘qituvchilar uzoq umr ko‘radilar va deyarli hech kachon kasal bo‘lmaydilar.

© D.Rustamova tarjimasi |

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali

Ta'limiy.uz | O‘qituvchilar

09 Sep, 05:31


#eslatma #tavsiya

⚡️​️O‘qituvchilarning formasi bo‘yicha quyidagi talablar mavjud

- jamoa a’zolari ish vaqtida erkin harakatlanish uchun qulay va estetik did bilan kasbga mos holda kiyinishlari

- kiyimlarning toza va dazmollangan bo‘lishi hamda kiyimlarning o‘ta tor yoki o‘ta keng bichimda bo‘lmasligi

✦ erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), ko‘ylak (oq, havorang va shu kabi), bo‘yinbog‘, poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi

✦ ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim (imkon qadar qora, to‘q ko‘k rangdagi), tanani ochiq ko‘rsatib turmaydigan kofta (oq, havorang va shu kabi), ko‘ylak, past poshnali poyabzal (qora rangda bo‘lishi tavsiya etiladi) kiyishi (Muassasa ustavi bilan ta’lim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining rangi va qo‘shimcha belgilariga mazkur nizom talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.)

- umume’tirof etilgan milliy an’analarga, shakllarga va ma’naviy-axloqiy tarbiyaga zid kelmaydigan yoki sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanlari o‘qituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, ta’lim muassasasi hududida o‘tkaziladigan turli sport va ko‘ngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida bo‘lmasligi talab etiladi.

❇️ Xodimlarning tashqi ko‘rinishi bo‘yicha quyidagi talablar belgilanadi:

- tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan bo‘lishi, sochi tartibga keltirilgan va yorqin (g‘ayrioddiy) ranglarga bo‘yalmagan bo‘lishi

✦ ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurmasligi, yuzini ko‘zga tashlanadigan darajada pardoz qilmasligi, tirnog‘ini uzun qilib o‘stirmasligi talab etiladi.

👉 https://t.me/Talimiyuz - Ta'limga oid xabarlar kanali