Endi New Yorkda student bo'lib yashash haqida gaplashadigan bo'lsak...
Professorlarim zo'r. Har bir semesterda eng kamida bitta fan uchun 30 ta professordan birini tanlash mumkin va man darsida maximal ma'lumotni ololadigan professorlarni tanlayman. NYU, Columbia va shunga o'xshash universitetlarda bunday qilish shart emas, sifat allaqachon yaxshi. Man esa tanlashga majburman agar eng yaxshisini xohlasam. Misol uchun, bir bizness kursimni professori Columbia University'da Marketing Manager sifatida ish yuritadi.
International Office'ga o'zlari ishga taklif qilgan managerim, va bu ham hayotimdagi eng zo'r hodisalardan biri bo'lgan. Man ish boshlashimdan avval alohida xalqaro studentlar uchun har xil eventlar kam edi, lekin mani taklifim bilan tashkillanishi kerak bo'lgan eventlar(sayohatlar, movide nights, workshops, bayramlar va boshqa eventlar) uchun semester uchun bizni offisga $5000 ajratildi. Managerim esa hamma eventlarni tashkillashtirish va qayerga sayohat, qanaqa workshoplar yoki boshqa narsalarni tashkillashni hammasini manga topshirdi. Misol uchun 2 haftadan keyin 15 ta o'quvchiga bepul Yale Universitetiga ertalabdan kechgacha bepul trip tashkilladim.
AQSHni poytaxti Washington DC bo'lishi mumkin, lekin dunyoni poytaxti bu New York. New Yorkda hamma narsa bo'ladi. Studentlik hayotim boshlangandan beri, o'qishdan tashqari professional and leadership development uchun ko'p loyiha va conferensiyalarda qatnashdim. Misol uchun, Harvard Club, Columbia va NYU da bo'lib o'tgan Corporate Governance konferensiyalari, HPAIR 2024, Annual Concordia Summit $2500 to'lamay, scholarship bilan qatnashdim va essayim kuchliligi uchun mani Libra Philantropies ga speaker panelist sifatida taklif qilishdi.
Universitetda bo'ladigan eventlarni juda yaxshi ko'raman. Clublar, networking eventlar, workshop, har xil bayramlar ko'p bo'ladi. Asosan ovqatlanish uchun kiraman chunki har bir eventda ovqat bo'ladi😁
New Yorkga kelganimdan beri eng qiziq bo'lgan narsalardan biri bu HPAIR da qatnashish. O'zi HPAIR Thailanddagi conference'ga grant yutib borolmagandim. Keyin yana topshirsam berishmadi. Lekin konferensiya to'lovlarini, borib kelish, yotoq va ovqat harajatlarini universitetim to'lab berdi. Bunga sababchi esa managerim. Har qanday universitet, professional development uchun support qiladi.
Qiynalgan vaqtlarim juda ko'p bo'ldi...
Eng asosiysi bu uy bilan bog'liq. Hozir $1000 to'layman oyiga, qimmat lekin sokinlikda yashayman. Amerikada o'zingiz rent qilmoqchi bo'lsangiz sizga Credit Score kerak bo'ladi lekin international studentlarda credit score bo'lmaydi, bo'lgan taqdirda ham, minimum income rent qilishga yetmaydi. Misol uchun bir xonalik apartment $1,500 deylik, rentor sizdan 40x baravardagi US income ko'rsatishni so'raydi, credit score baland bo'lsa ham, bunaqa US income ko'rsatolmaysiz. Shuning uchun, 95% o'zbeklar boshqa Rus, Ukrain, O'zbek yoki Tojiklarni uyidan xona rent qiladi. Yomon tarafi - ko'pincha chiqishish qiyin bo'lgan. Man kechasi turib o'zimdan o'zim ovqat oishirib yeyman, yoki kechasi aktivroqman - o'qish-ish qilaman, holilik bo'lmaydi. Hozir bir Georgian bitta odam bilan apartment rent qilamiz - aynan man xohlagandaqa.
Yana savollar bo'lsa kommentariyada yozib qoldirilar, orada uzun uzun qilib javob yozaman
@ssaidamirr