SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal @samvilmadaniyat Channel on Telegram

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

@samvilmadaniyat


Ushbu kanalda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining asosiy yangiliklari yoritilib boriladi.

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal (Uzbek)

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining rasmiy Telegram kanali. Bu kanalda Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining asosiy yangiliklari, dasturlari, va faoliyatlari to'g'risida ma'lumotlar va xabarlar paydo etiladi. Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi, o'zining madaniy va san'at merosi bilan mashhur bo'lgan joy. Ular Samarqand viloyati madaniyat sohasida yuqori saviyada faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Shu sababli, bu kanal orqali ularning so'nggi yangiliklari, tadbirlari va loyiha-harakatlari haqida xabardor bo'lishingiz mumkin. SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanalga obuna bo'lish orqali siz Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasining faolliklariga doir yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bolishingiz mumkin. Madaniyat sohasiga qiziqish, Samarqand viloyati san'at va madaniyat merosini yaxshi ko'rishni istaysizmi? Unda SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal siz uchun eng maqbul manba bo'ladi. Obuna bo'ling va samarqandlik madaniyatining eng so'nggi va eng zamonaviy yangiliklaridan xabardor bo'ling!

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

11 Feb, 03:35


Bugun, 11-fevral kuni Samarqand hududida kutilayotgan ob-havo:


🌨 +4°...-3°, Qor aralash yomg'ir

Hozir: 🌫 -3°, ⬇️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ -1°
Kun: ☁️ +3°
Oqshom: ☁️ +3°
Namlik: 74%
Shamol: Sharqiy-janubi-sharq, 2.4 m/s
Bosim: 773 mm sim. ust.

Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 07:29
Quyosh botishi: 18:03

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 13:15


#Narpay_tumani

"Milliy libos – milliy iftixor!

Ajdodlarimizning bebaho merosini kiyinish madaniyati orqali targ‘ib qilaylik!

O‘zbek milliy liboslari nafaqat go‘zallik, balki urf-odatlarimizning ajralmas qismi!

Milliyligimizni asrab-avaylaylik va kelajak avlodga yetkazaylik!


Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

10 Feb, 10:03


#Tayinlov
#Teatr

⚡️ Samarqand viloyatining teatrlariga rahbarlar tayinlandi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/35561

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

09 Feb, 08:33


#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Millatimiz quyoshi


Bugun oʻzbek xalqining faxri, iftixori, gʻazaliyot mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy  bobomizning 584 yilligi yurtimiz boʻylab keng nishonlanmoqda.Bu sana munosabati bilan nafaqat Oʻzbekistonda, balki chet ellarda, xususan turkiy tilli davlatlarda ham turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilayotgani ulugʻ mutafakkir shoirning dunyo adabiyotida alohida oʻrni borligining isbotidir.

Zero oʻzining muhtasham “Xamsa”sini turkiy tilda yaratishga jazm etgan alloma oʻzidan avval besh dostonni yozib olam ahli eʼtiboriga tushgan ulugʻ shoir Nizomiy Ganjaviyning ijodiga yuksak baho berib “Oson ermas bu maydon ichra turmoq, Nizomiy panjasigʻa panja urmoq” deya oʻz ixlosu havasini bildirgan edi...
Lekin, alloma shoirimizning “Xamsa”si Alisher Navoiy ijodining  gultoji boʻlib turkiy xalqlarning adoqsiz mehrini qozondi.

Umuman oʻz asarlari bilan turkiy tilning keng imkoniyatlarini, qudratini olamga namoyish etgan oʻzbek tili va adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy oʻz ijodi bilan asrlar osha hamon quyoshdek nur taratib turibti.

Shukrki, davrimiz yoshlari  bu bebaho merosni chuqur oʻzlashtirib,  maʼnolar xazinasidan bahramand boʻlish imkoniyatiga ega. Bu yogʻdu hali necha-necha zamonlar osha avlodlar qalbiga maʼnaviyat, maʼrifat, madaniyat kabi yuksak insoniy fazilatlarni baxsh etishi muqarrar.

Barchamizga bugungi qutlugʻ kun muborak boʻlsin!

🚀 Telegram / 📷 Instagram

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

09 Feb, 06:53


#Navoiy_tavalludining_584_yilligi

Navoiyni bilmaganlarga…
👉 HAVOLA

🖋 Shoir Qambar Ota O’tayev

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

09 Feb, 06:19


9-fevral — buyuk mutafakkir,  g‘azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Buyuk mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Alisher Navoiy qalamiga mansub boy ma’naviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

08 Feb, 16:39


#Alisher_Navoiy_584
#Zahiriddin_Bobur_542

Yoshlar markazi binosida
Mutafakkir shoirlar Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab "Ikki buyuk siymoga ehtirom" nomli maqom kechasi boʻlib oʻtdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

04 Feb, 15:29


#OAV
#Biz_haqimizda

⚡️ Ishtixon tumanida "Namunali madaniyat markazi" foydalanishga topshirildi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

04 Feb, 10:25


#bakalavriat
#qabul_2025
#video

⚡️ Akademiya bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul qoidalari.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

04 Feb, 10:21


#e’lon
#bakalavriat
#qabul_2025

🟢 Akademiya bakalavriati “Tergov faoliyati” yo‘nalishiga qabul e’lon qilinadi.
https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2261

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

01 Feb, 09:00


#Namunali_madaniyat_markazi
#Ishtixon_tumani

⚡️ Bugun Ishtixon tumani 24-son "Xalqobod madaniyat markazi ” binosi to'liq ta'mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida mahalliy hokimiyat vakillari, mahalla faollari hamda madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etishdi. Tadbirda mahalliy san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etildi.

🪕 Hozirda madaniyat maskanining faoliyati doirasida turli to‘garaklar tashkil etilgan. Jumladan, bolalar va yoshlar uchun musiqa, raqs, tasviriy san’at, teatr va hunarmandchilik yo‘nalishlarida to‘garaklar mavjud. Bu yerda nafaqat yoshlar, balki kattalar ham o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari mumkin.

🎻 Mazkur maskan mahalla aholisi uchun muhim ijtimoiy-madaniy markaz sifatida xizmat qilib, madaniyat va ma’rifatni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

01 Feb, 07:51


📣 Diqqat diqqat!

🎭 Joriy yilning 4-fevral kuni soat 18:00 da Samarqand viloyat musiqali drama teatri sahnasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri jamoasi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston san’at arbobi Qurbanboy Zaretdinovning “Orolim mening” nomli monooperasini tomoshabinlar hukmiga havola etadi.

🟢 Chiptalar teatr kassalarida sotilmoqda!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

31 Jan, 16:06


#Live
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj

⚡️ Taqdirlash marosimi davom etmoqda....

Ayni damda Zo‘r TV telekanali “Renessans Hall” konsert zalida “Yangi O‘zbekiston yulduzlari” madaniyat va san’at milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.

Press-reliz:

🇺🇿 Ozbek tili
🇷🇺 Rus tili
🇺🇸 Ingliz tili

Bizni kuzatishda davom eting, eng qiziq voqealar oldinda…

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

26 Jan, 13:36


#konsert_2025
#jonli_ijro

⚡️ Bugun yakshanba, dam olish kuni oila davrasida O’zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi eng sara qoʻshiqlardan bahramand boʻling!

▶️ https://youtu.be/u7NMgQ4cW0Y?si=vO7E4xMddHHCfw4n

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

25 Jan, 12:41


💬 Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi eng namunali faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotiga OVOZ BERING📣

⚡️Eng koʻp ovoz toʻplagan tashkilot “Yilning eng namunali tashkiloti -2024” nominatsiyasi g'olibi sifatida taqdirlanadi. 

Soʻrovnoma 2025-yil 16-yanvar soat 17:00 dan 2025-yil 26-yanvar soat 17:00 ga qadar davom etadi.

👉 Ovoz berish uchun;

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

25 Jan, 04:02


#Iqtibos

Mayib qo’mondon bilan jangga chiqib bo’lmaydi…

Ozodbek Nazarbekov

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

24 Jan, 17:31


#Press_tur
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Qoraqalpog‘istonda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida OAV uchun press-tur bo‘lib o‘tdi

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

24 Jan, 13:24


Ta'ziya

Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi, taniqli dramaturg va ssenarist Polatbay Aytmuratov 64 yoshda vafot etdi.

U madaniyat va san'at sohasida samarali faoliyat yuritgan bo'lib, uning “Suyunchi”, “Ilk muhabbat”, “Otam aytgan afsona”, “Shayton nolasi”, “Ovulga qaytish”, “Ustoz taqdiri”, “Buyuk ipak yo‘li” va boshqa ko‘plab asarlari sahnalashtirilgan.

Shuningdek, “Bir do‘sting bo‘lsin” ilk qoraqalpoq milliy teleseriali ssenariy muallifi edi. Shuningdek, u uzoq yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan Mustaqillik, Navro‘z bayramlari va davlat tadbirlarining ssenariy muallifi bo‘lgan.

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasi jamoasi Polatbay Aytmuratovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

23 Jan, 16:41


#OAV
#uzbekiston24

Maxsus reportaj | «Odamga yordam bering» spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 14:20


#Tashrif
#Qoraqalpogʻiston_Respublikasi

⚡️ 22-23-yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.

Tashrif davomida:

Madaniyat vazirligining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishini o'tkazadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan soha vakillarining bir guruhiga “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishonini hamda "Alg‘is―2024" mukofotini tantanali topshirish marosimida ishtirok etadi;

"Vazir va yoshlar" loyihasi doirasida 200 nafarga yaqin qoraqalpog‘istonlik yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi madaniyat va san’at sohasiga doir amalga oshirilgan ishlarni keng targ‘ib qilish maqsadida OAV uchun tashkil etilgan press-turda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bizni kuzatib boring, tashrif tafsilotlari haqida xabardor etib boramiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

22 Jan, 12:16


#Live
#Hayʻat_yigʻilishi
#Nukus

🔴 Avval xabar berilganidek, ayni damda Nukus shahrida "Madaniyat vazirligining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi" bo'lib o'tmoqda.

🗣 Yig'ilishda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi Murat Atamuratov, Qoraqalpog’iston Respublikasi madaniyat vaziri Begis Temirbayev, O‘zbekiston Madaniyat vazirligi rahbariyati hamda markaziy apparati vakillari, hududiy va tizim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, hududiy studiyalardan tizim tashkilotlari vakillari onlayn ishtirok etishmoqda.

Bizni kuzatib boring yig’ilish tafsilotlari haqida batafsil xabardor etamiz.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

18 Jan, 16:46


#PREMYERA 🎭

⚡️ Avval xabar berganimizdek, bugun Samarqand viloyati musiqali drama teatrida taniqli adib va dramaturg Qo‘chqor Norqobil qalamiga mansub "Odamga yordam bering" nomli spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi!

🟢 Bu spektakl insonning haqiqiy qadri va odamiylikni asrab qolishdagi insonparvarlik timsoli bo‘lgan shifokor va hamshiralarning fidoyiligi haqida sahnalashtirilgan.

⚡️ Ushbu spektaklda viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov, hokimlik va tashkilotlar mas'ullari hamda jamoatchilik vakillari oila a'zolari bilan ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

16 Jan, 13:12


#Foydali
#Davlat_xizmatchisi

🟢 "Obyektivka"ni haliyam qo‘lda to‘ldiryapsizmi? my.mehnat.uz da tayyori bor. 

👉Saytga OneID orqali kirib, qisqa soniyalarda yuklab olishingiz mumkin.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

16 Jan, 11:50


💬 Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi eng namunali faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotiga OVOZ BERING📣

⚡️Eng koʻp ovoz toʻplagan tashkilot “Yilning eng namunali tashkiloti -2024” nominatsiyasi g'olibi sifatida taqdirlanadi. 

Soʻrovnoma 2025-yil 16-yanvar soat 17:00 dan 2025-yil 26-yanvar soat 17:00ga qadar davom etadi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

16 Jan, 05:06


📣 Diqqat, diqqat!
#PREMYERA

🎭 Aziz teatr ixlosmandlari 18-yanvar kuni soat 17-00 da Samarqand viloyati musiqali drama teatrida sevimli yozuvchimiz Qo'chqor Norqobilning qalamiga mansub "Odamga yordam bering" spektaklining premyerasi bo'lib o'tadi.

🟢 Barchangizni ushbu yangi spektakl premyerasiga lutfan taklif etamiz.

🎫 Chiptalarni teatr kassasidan sotib olishingiz mumkin!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

14 Jan, 13:50


Sizni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Barchamiz uchun shon-sharaf timsoliga aylangan mana shu qutlug‘ ayyomda o‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan botir va dovyurak o‘g‘lonlarimizni, muhtaram faxriylarimizni tabriklab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etaman.

Sizga mustahkam salomatlik, farovon hayot va baxt-saodat yo‘ldosh bo‘lsin! Oilangiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga har doim sog‘-salomat bo‘lishingizda tilakdoshmiz! Kelgusi ishlaringizga ijodiy barkamollik va rivoj tilaymiz.

Hurmat bilan, Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

14 Jan, 09:03


#Qurolli_Kuchlar_33_yil
#Live 🎥

⚡️ 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni...

⚡️ Viloyat musiqali drama teatrida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirlaridan foto lavha.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

14 Jan, 04:30


#Qurolli_Kuchlar_33_yil

⚡️ 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni...

🇺🇿 Vatan – ulug‘ tushuncha. Uni asrab-avaylash, rivojiga munosib hissa qo‘shish, yovlardan himoya qilish har bir insonning muqaddas burchidir.

14-yanvarning yurtimizda “Vatan himoyachilari kuni” sifatida nishonlanishi zamirida ham ana shunday mard farzandlarga bo‘lgan yuksak hurmat va e‘tibor mujassam.

Vatanimiz himoyachilari bayramingiz muborak bo’lsin!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

13 Jan, 10:16


🇺🇿14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 11:11


#Vatanparvarlik_oyligi 🇺🇿

⚡️ Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiylar va kuch tuzilmalari xodimlarining jangovar yurishi bo‘lib o‘tdi.

✍️ Tadbir doirasida harbiylarning saf va qo‘l jangi bo‘yicha sahnalashtirilgan chiqishlari namoyish etildi.

⚡️ Qolaversa viloyat musiqali drama teatri ijodkorlarining badiiy chiqishlari tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 07:28


#hudud_xabarlari

🇺🇿 14-YANVAR VATAN HIMOYICHALAR KUNI!

⚡️ Ushbu sana munosabati bilan Pastdarg'om tumani 23-son Bolalar musiqa va san 'at maktabi o'quvchilari barcha vatan himoyachilarimizga o'z tabriklarini yo'lladi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 05:09


#TUG'ILGAN KUN🎉

⚡️ Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Sirojidinov G'azal Jamolovich bugun 42 yoshni qarshi oldi.

🟢 Hurmatli G'azal Jamolovich! Sizni Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi jamoasi nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Sizga metinday sog‘lik, farovon hayot va baxt-saodat yo‘ldosh bo‘lsin! Oilangiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga har doim sog‘-salomat bo‘lishingizda tilakdoshmiz! Kelgusi ishlaringizga ijodiy barkamollik va rivoj tilaymiz.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

11 Jan, 04:01


#kun_hikmati

Kishi uchun eng foydali, dilni yorituvchi narsa qanoatdir. Eng zararli va nafratli narsa hirs va gʻazabdir.

Abu Ali ibn Sino

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

10 Jan, 16:06


🟢 Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi eng namunali faoliyat yuritgan madaniyat muassasasiga ovoz bering sarlavhasi ostida onlayn soʻrovnomasi tashkil etilgan edi.

Bugun ushbu onlayn so'rovnama natijalariga ko'ra “Yilning eng namunali madaniyat bo'limi -2024” nominatsiyasi bo'yicha 1240 nafar ovoz bilan Narpay tumani Madaniyat bo'limi hamda “Yilning eng namunali ta'lim tashkiloti -2024” nominatsiyasi bo'yicha 2482 nafar ovoz bilan Samarqand shahar 1-son Bolalar musiqa va san'at maktabi g'olib deb topildi.

⚡️ Viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov ushbu onlayn so'rovnomada g'olib deb topilgan tashkilot rahbarlariga maxsus statuetka hamda esdalik sovg'alarini topshirdi.

🎶 Qolaversa ushbu rahbarlarga viloyatimiz madaniyat va san'at sohasi rivojiga qo'shayotgan hissasi uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

03 Jan, 11:32


#OAV
#yilnoma_SamTVR 🎄

⚡️ Viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov, 2024-yil yakuni bilan Samarqand viloyatida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining "Yilnoma" axborot-tahliliy dasturida ma'lumot berib o'tdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

31 Dec, 08:00


Qadrli vatandoshlar! Aziz madaniyat va san'at xodimlari, sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildiraman.

Qadrli hamkasblar, Viloyatimizda 2024-yil Madaniyat va san'at sohasida o'ta ahamiyatli yillardan biri bo'ldi deb ayta olaman. Jumladan yil davomida viloyatimiz ko'plab xalqaro ommaviy tadbirlarga mezbonlik qildi. Eng muhimi madaniyat va san'at sohasining moddiy texnik bazasi mustahkamlandi, uzoq yillar mobaynida yig'ilib qolgan muommolar o'z yechimini topdi deb hisoblayman.

🎄 Aziz vatandoshlar! Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli lahzalarda sizlarni, butun xalqimizni yangi – 2025-yil bilan yana bir bor chin dildan muborakbod etaman.

⚡️ Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxtu saodat tilayman. Yangi yilning qadami qutlug‘ kelsin, barcha ezgu niyatlarimiz amalga oshsin, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Orif Xaitov.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

31 Dec, 04:00


#kun_hikmati 🎄

🧠 Bir lahza - bir kunni, bir kun - bir hayotni, bir hayot esa - butun olamni o‘zgartirishi mumkin.

🟢 Konfutsiy

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

29 Dec, 07:37


🎄Samarqandda yangi yil shukuhi

🔴 Samarqand shahriga 500 ga yaqin Qorbobo va Qorqiz keldi...

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

29 Dec, 05:07


#Vazirlik_haqida
#Matbuot_xizmati

⚡️ Bugungi kunda har bir davlat organlari va tashkilotlari o’z faoliyati haqida OAVlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, rasmiy veb-saytlarda, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar orqali aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borishi belgilangan bo’lib, ushbu ishlarni amalga oshirish tashkilot Matbuot xizmatining vazifasidir.  

2024-yilni sarhisob qiladigan bo’lsak, Madaniyat vazirligi Matbuot xizmati hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar matbuot xizmatlari tomonidan yil davomida umumiy hisobda 51 173 ta material ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

29 Dec, 04:00


#kun_hikmati

🟢 Yomon do‘st soyaga o‘xshaydi. Peshonangga kun tug‘sa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut to‘plansa, izlab topa olmaysan.

Abay

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

28 Dec, 15:56


Samarqand bayram og‘ushida 🔴

⚡️ Ayni vaqta Samarqand viloyatining asosiy archasi viloyat musiqali darama teatri hududida bo'lib o'tayotgan bayram tadbirlaridan video lavha.

🎄 Barcha yurtdoshlarimiz va viloyatimiz mehmonlarini bayramona tadbirlarda miriqib hordiq chiqarishga taklif etamiz!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

28 Dec, 07:47


#Yangi_yil_tomoshalari 🎄

🔴 Samarqand viloyati musiqali drama teatrida Yangi yil tomoshalari turkumidan "Quvnoq shaharcha" spektakli bolajonlarga namoyish etilmoqda.

⚡️ Bolalarga  xushnudlik baxsh etayotgan ushbu spektakl teatr bosh rejissori Shuhrat Sanaqulov tomonidan sahnalashtirilgan.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

28 Dec, 05:00


📣 Diqqat, diqqat!

✍️ Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi tomonidan "Eng namunali madaniyat bo'limi -2024” hamda “Eng namunali ta'lim tashkiloti -2024" onlayn soʻrovnomasi tashkil etilgan edi.

⚡️ Bugun 28-dekabr soat 10:00 da ushbu onlayn so'rovnomaga ovoz berish yakunlanadi.

⚡️ Eng koʻp ovoz toʻplagan madaniyat muassasai “Eng namunali madaniyat bo'limi -2024” hamda “Eng namunali ta'lim tashkiloti -2024"  nominatsiyasi g'olibi aniqlanadi. 

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

28 Dec, 04:00


#kun_hikmati

Agar maqsad yuksalmoq bo‘lsa kamtar ko‘ngilli bo‘lmoq zarur.

➡️ Jaloliddin Rumiy

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 13:34


#Hudud_xabarlari

🎄 Maktabimizda yangi yil!

⚡️ Ishtixon tumani 21-son Bolalar musiqa va san'at maktabida yangi yil bayrami o'tkazildi.

🟢 Ushbu tadbirda tuman aholisi hamda maktab o'quvchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

⚡️ Maktabning o’qituvchi va o’quvchilari ishtirokida tayyorlangan shou-konsert dasturi tomoshabinlarga ko'taringki kayfiyat bag'ishladi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 11:18


#OAV_biz_haqimizda

⚡️ Inson qadri uchun | YUNESKO shafeligida 25-30-avgust kunlari “Yer yuzining sayqali” deb nom olgan qadimiy va betakror Samarqandda “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali haqida

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

27 Dec, 09:56


#Kino
#Oltin_humo_2024

⚡️ "Oltin humo - 2024" milliy kinotaqdimotida Bahodir Yalangto‘sh filmi "Eng yaxshi film" nominatsiyasiga ega bo‘ldi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/31549

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

08 Dec, 06:02


🇺🇿 Bugun, 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, davlat suvereniteti, jamiyatda tinchlik va totuvlik tamoyillariga rioya etish, hayotimizning barcha jabhalarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishning kafolatidir.

Ushbu xujjat O‘zbekiston davlatchiligi shakllanishining eng yangi bosqichini boshlab berdi va bugungi kunda u har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddima, 6 ta bo‘lim, 27 ta bob, 155 ta moddadan iborat.

Sana munosabati bilan butun xalqimizni mamlakatimiz  Bosh Qomusi qabul qilinganligining 32 yillik shodiyonasi bilan samimiy qutlaymiz.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Dec, 16:19


#Yashil_makon ☘️

⚡️ Vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida Ohangaron tumanida 2 ming tup nihollar o‘tqazildi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/29686

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Dec, 12:16


#Konstitutsiya_32

"Konstitutsiya xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayotimiz asosi"
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi.

Jomboy tumani 19-son Bolalar Musiqa va san'at maktabi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Dec, 08:32


“Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi!”

Bugun, Samarqand shahridagi yoshlar markazida tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan tantanali tadbir ko‘tarinki ruhda nishonlandi.

Tadbirda viloyat tashkilotlari rahbarlari, ta’lim muassasalari va korxonalarda mehnat qilayotgan xodimlar, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Dec, 07:12


Ta’ziya

Teatr va kino aktrisasi Halima Ibragimova 45 yoshda vafot etdi.

U ko‘p yillar davomida Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyada faoliyat yuritib kelgan. Shuningdek, kinofilmlarda turli rollarni ijro etgan.

U o‘zining yorqin va mazmunli rollari orqali tomoshabinlar qalbidan o‘rin olgan.

Halima Ibragimova teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi Halima Ibragimovaning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Dec, 06:15


Samarqand shahridagi yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazilmoqda.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi. Viloyat rahbari oʻz maʼruzasida viloyatimiz koʻrsatkichlari, kelgusi rejalar haqida toʻxtaldi.

Ayni paytda tadbir sanʼat ustalari, isteʼdodli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom etmoqda.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

26 Nov, 05:01


#uchrashuv

Samarqandda madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28544

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

25 Nov, 10:18


#Xalq_ijodiyoti_karvoni

Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasiga start berilgan edi.

Unga ko'ra, Samarqand viloyatining tumanlarida konsert-tomosha dasturlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq havaskorlik unvoniga ega bo‘lgan folklor-etnografik jamoalar hamda ashula va raqs ansambllarining milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz targ‘ibotlariga qaratilgan qiziqarli musiqiy dasturlar tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Samarqand tumani aholisi uchun Andijon, Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining folklor-etnografik jamoalari, ashula va raqs ansambllari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

Ma'lumot o'rnida, Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasi noyabr-dekabr oylari davomida bo'lib o'tadi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

25 Nov, 09:51


#TUG'ILGAN KUN

Samarqand shahar 4-son bolalar musiqa va san'at maktabi direktori Shakirova Eroda Yunusovna bugun 44 yoshni qarshi oldi.

Hurmatli Eroda Yunusovna! Sizni Samarqand viloyat Madaniyat boshqarmasi jamoasi nomidan tavallud kuningiz munosabati bilan muborakbod etamiz! Sizga metinday sog‘lik, farovon hayot va baxt-saodat yo‘ldosh bo‘lsin! Oilangiz va barcha yaqinlaringiz baxtiga har doim sog‘-salomat bo‘lishingizda tilakdoshmiz! Kelgusi ishlaringizga ijodiy barkamollik va rivoj tilaymiz.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

25 Nov, 05:52


#anons

Maxsus film namoyishi…

🇺🇿 🇶🇦 O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivoji haqida

"Madaniyat.uz"da birgalikda ko’ramiz…

📱 "Yorqin izlar"
📆26-noyabr, seshanba
20:00

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 12:22


Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga ma`qullandi

Batafsil: https://president.uz/uz/lists/view/7719

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 10:32


#Jarayon

Kuni kecha 20-noyabr kuni Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig’i Orif Xaitov O’zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo’linmasining yil yakuni bo'yicha tashkil qilinayotgan hisobot konsert dasturiga tayyorgarlik jarayoni blan tanishdi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 07:48


“Samarqand shahar 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Xayrullo Niyozqulov nega ko‘zi ojiz ayolni xafa qildi?” sarlavhali maqolasida Samarqand shahrida yashovchi ko‘zi ojiz ayol S.Xamdamova qo‘ng‘iroq qilib arzini aytdi.

“Meni 7 yoshli qizim Shahrizoda Xushimovani 6-son bolalar musiqa va san’at maktabiga fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga berdim. Har oyda uni o‘qishi uchun 170 ming so‘mdan pul to‘ladim. Ammo bu maktabda qizimga solfedjio (musiqiy atama) 45 daqiqa o‘tiladigan fortepiano darsi ham hech qachon belgilangan vaqt bo‘yicha o‘tilmagan.

Maqolada, shuningdek, maktabdagi kuzatuv kameralari hamda maktab xodimlarning fuqarolarga bo‘lgan xurmatsizligi hamda boshqa bir qator masalalar tilga olingan.

Viloyat madaniyat boshqarmasi dolzarb muammolar tahlili uchun muallifga minnatdorchilik bildirib, maqolada ko‘tarilgan, masalalar to‘liq boshqarma tomonidan nazorat ostiga olinganligi hamda natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ma’lum qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 06:57


TA’ZIYA

Samarqand viloyat musiqali drama teatrining ustoz san’atkori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zuhra Turg‘unboyeva 74 yoshida vafot etdi.

Zuhra Turg‘unboyeva 1950-yilning 8-mart kuni Toshkent viloyatida tavallud topgan. A.N.Ostrovskiy nomli Toshkent teatr va rassomchilik san’at institutini tamomlab, o‘z ijodiy faoliyatini 1973-yilda Samarqand viloyat musiqali drama teatrida boshlagan.

Ustoz san’atkor o‘zining uzoq yillik samarali faoliyati davomida ko‘plab spektakl va telenovellarda turli qahramonlar obrazini yaratdi.

Umrini teatr san’atiga bag‘ishlagan mahoratli aktrisaga 1999-yilda O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist faxriy unvoni berildi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi jamoasi marhumaning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

21 Nov, 06:29


#Xalq_ijodiyoti_karvoni

Viloyatining barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targ‘ib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasiga start berilgan edi.

Unga ko'ra, viloyatimizning shahar va tumanlarida konsert-tomosha dasturlari doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq havaskorlik unvoniga ega bo‘lgan folklor-etnografik jamoalar hamda ashula va raqs ansambllarining milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz targ‘ibotlariga qaratilgan qiziqarli musiqiy dasturlar tashkil etilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Narpay tumani aholisi uchun Andijon va Jizzax viloyatlarining folklor-etnografik jamoalari, ashula va raqs ansambllari ishtirokida konsert dasturlari namoyish etildi.

Ma'lumot o'rnida, Samarqand viloyatining barcha tumanlarida “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasi noyabr-dekabr oylari davomida bo'lib o'tadi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

19 Nov, 16:35


Yashil makon-xayotga imkon!

"Yashil makon" umummilliy harakati doirasida viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov boshchiligida Ko'k-Saroy maydoni hududida 10 ta tuya archasi 5 ta qirim sosnasi ko'chatlari ekildi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

18 Nov, 09:12


#Sayyor_qabul
#Murojaat_va_yechim

Kuni kecha madaniyat vaziri o’rinbosari Murodjon Majidov Samarqand viloyatida xizmat safarida bo'lib, Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Hayitov bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qildi. Qabul davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish yuzasidan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi hamda murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal qilindi.

Qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan muammolarni qisqa fursatlarda hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ma'lumot o'rnida, fuqarolar madaniyat sohasiga oid murojaatlarini https://t.me/MurojaatSammadaniyat_bot orqali ham yuborishlari mumkin.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 08:31


Tez kunda… Maxsus film namoyishi…

🇺🇿 🇶🇦 O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi madaniy aloqalar rivoji haqida

Qatar amirligi 1991-yil 30-dekabrda O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan arab davlatlaridan biridir. Biroq ikki mamlakat o‘rtasidagi faol va samarali muloqotlar asosan 2018-yildan boshlangan.

Filmda shu va boshqa faktlar haqida suhbatlashamiz…

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

17 Nov, 07:38


#Millat_bayrog‘i

Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Bayrog‘imiz— bizning g‘ururimiz!

🇺🇿 #Millat_bayrog‘i chellenjida siz ham faol ishtirok eting!

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Nov, 07:15


#Xalqaro_tetar_festivali
#Qozog'iston

Jumat Shanin nomidagi qozoq Akademik drama teatrida “O‘rta Osiyo xalqlarining IX–Xalqaro teatr festivali” ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu festivalda Samarqand viloyati musiqali drama teatri jamoasi “Layli va Majnun” spektakli bilan ishtirok etadi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

07 Nov, 06:15


Avval xabar berganimizdek, Viloyatimiz bo'ylab “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasiga start berildi

👉 Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/26689

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

05 Nov, 06:10


#Repertuar_teatr

Kattaqo'rg'on shahar drama teatrida noyabr oyi uchun namoyish etilishi kutulayotgan spektakllar repertuari e'lon qilindi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

03 Nov, 08:51


#Namunali_madaniyat_markazi
#Narpay_tumani

Bugun viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov Narpay tumanidagi 37-son Madaniyat markazida olib borilayotgan qurilish-tamirlash ishlari bilan tanishdi.

Eslatib o'tamiz, Ushbu markaz Prezidentimizning 2023-yil 22- dekabrdagi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat  kengash yigʻilishida “Namunali” madaniyat markazlarini taʼmirlash, ularni moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy kinoteatrlarni tashkil etish bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida tuman hokimligi hamda mahalliy homiylar mablag'lari hisobidan qayta tamirlash ishlari olib borilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, 37-son "Namunali" madaniyat markazi joriy yil yakuni bilan foydalanishga topshirilib, 16 ta mahalla ya'ni 32 ming aholiga xizmat ko'rsatishi rejalashtirilgan.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

02 Nov, 08:07


Kuni kecha 1-noyabr kuni viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Orif Xaitov O'zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati bo'linmasiga tashrif buyurdi.

Ushbu tashkilotda yil boshidan va hozirgi vaqtga qadar amalga oshirilgan ishlar hamda yil yakuni bo'yicha rejalashtirilayotgan ishlar to'g'risida fikr almashdi.

Unda bo‘linmalar hisobotlari va konsert dasturlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Shundan so‘ng ijodiy va ishchi xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat jarayonida uchrayotgan muammolar tahlil qilindi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram |Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 05:40


#Mahorat_darsi

Joriy yilning 30-oktyabr kuni Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o‘qituvchi hamda o‘quvchilari uchun O‘zbekiston xalq hofizi Isroiljon Vaxobov, O‘zbekiston xalq artisti Matluba Dadaboyeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ahmadjon Dadayev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjonovlar ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

Bu jarayonda o‘qituvchi hamda o‘quvchilar bilan bevosita muloqotda boʻlib, ularning ijro mahoratini yanada yuksaltirish, shuningdek, musiqa san’atining nozik va nafis jihatlarini yanada chuqurroq anglashlari uchun maxsus mahorat darslari o'tildi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

01 Nov, 05:21


Diqqat, diqqat!

Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida milliy qadriyatlar va urf-odatlarni targʻib etishga qaratilgan “Xalq ijodiyoti karvoni” loyihasi tashkil etiladi.

Konsert-tomosha dasturlari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq havaskorlik unvoniga ega boʻlgan folklor-etnografik jamoalar, ashula va raqs ansambllari, namunaviy bolalar jamoalarining milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz targʻibotlariga qaratilgan qiziqarli musiqiy dasturlar tashkil etiladi.

Konsert-tomosha dasturlariga tashrif buyurish bepul.

Hurmatli Samarqand mehmonlari hamda samarqandliklar, millatimiz qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan konret-tomosha dasturlariga barchangizni taklif etamiz. Zero, qadriyatlarni ulugʻlash millatni qadrlashni ta'minlaydi.

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

31 Oct, 14:08


#Live
#Vazir

🎥 Avval xabar berilganidek, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xizmat safari bilan Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi.

Ayni damda Ozodbek Nazarbekov ishtirokida Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi faollar zalida “Vazir va yoshlar ichrashuvi” bo’lib o’tmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

SamMadaniyat.uz | Rasmiy kanal

31 Oct, 10:57


Diqqat tanlov!

Bastakorlar o‘rtasida “Maqom yo‘llarida yaratilgan eng yaxshi asar” VI Respublika tanlovini e’lon qiladi!

Batafsil: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/25138

Samarqand viloyati Madaniyat boshqarmasi axborot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook