"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK @kungradsoda Channel on Telegram

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

@kungradsoda


"Qoʻngʻirot soda zavodi" MCHJ QK Markaziy Osiyoda soda ishlab chiqaradigan yagona zavod hisoblanadi.

kungradsoda (Uzbek)

Salom! Agar sizning sevimli ichish uchun yaxshi bir ichimlikni izlashda qiyinliklaringiz bo'lsa, 'kungradsoda' Telegram kanali siz uchun! Bu kanal Markaziy Osiyoda ommaviy mashhurlikka ega 'Qo'ng'irot soda zavodi' MCHJ QK-nin eng yangi va eng qiziqarli mahsulotlari bilan sizni ta'minlaydi. Bu zavod yagona ishlab chiqaradigan soda zavodi hisoblanadi, uning mahsulotlari esa sovuq va qizdirmayotgan qulay miqdorlarda mavjud. Kanal orqali siz eng so'nggi yangiliklar, chegirmalar va mahsulotlar haqida ma'lumotlarga ega bo'ladi. Kungradsoda kanali sizning ichimlik tanlovingizni qondirish uchun eng yaxshi manzil!

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

18 Jan, 11:53


📹"Zakovat" intellektual o'yini bo'yicha o'tkazilgan “Bosh direktor kubogi”dan videorolik.

✍️ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

17 Jan, 15:21


🏆“Bosh direktor kubogi” oʻtkazildi.


  Bugun korxona majlislar zalida korxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida sex va boʻlimlardagi xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻyicha “Bosh direktori kubogi” oʻtkazildi.
Qiziqarli oʻyin yakunlariga koʻra
🥇-oʻrinni Kaltsinatsiya  sexi jamoasi
🥈-oʻrinni Ohakni kuydirish va kompressiya  sexi jamoasi
🥉-oʻrinni ADKF sexi jamoalari egalladi.

🎖 Gʻolib jamoalar korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

 
✍️ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

15 Jan, 05:47


📢 Diqqat e'lon!
Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 2024-2025-o‘quv yili 2-davra 4 oylik qayta tayyorlash o‘quv kurslarida o‘qish uchun qabul e’lon qiladi.

⚠️ Tanlovda oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan, oliy ta’limni tugatgandan so‘ng kamida 2 yil ish stajiga ega bo‘lgan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari yoki xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

📍Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar ishlari boshqarmalari hamda tuman (shahar) yoshlar ishlari bo‘limlari tomonidan 2025-yilning 8-fevral kuniga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

@yomiuz

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

14 Jan, 04:45


⚡️EʻLON

☑️ 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami va korxona xodimlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida sex va bo‘limlar xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha “Bosh direktor kubogi” o‘tkazilishini maʼlum qilamiz.
G‘olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
1-o‘rin uchun 2 500 000 so‘m
2-o‘rin uchun 1 500 000 so‘m
3-o‘rin uchun 1 000 000 so‘m
📝 Tanlovga qatnashmoqchi bo‘lgan jamoalar korxona yoshlar yetakchisi Tazabay Qazaxbayevga 15 yanvariga qadar kelib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak

O‘tkaziladigan sana:
16.01.2025 yil.
Soat 10:00
Manzil: Korxona majlislar zali

✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

14 Jan, 03:50


Assalomu aleykum aziz hamyurtlar!

🇺🇿Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi qutlug' sana-Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganligining 33 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Sizlarga mustahkam sog'lik, oilaviy tinchlik, sihat-salomatlik tilayman. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yoʻlidagi ezgu ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

Hurmat bilan,
“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK
bosh direktori
J.I.Mustafayev

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

13 Jan, 10:57


📹“Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabriklaydi.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

09 Jan, 09:25


“Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining 2025-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Mazkur mukofot jamiyatimizning turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan, mardlik, jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi yuksak fazilatlari bilan ajralib turgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

🟢Respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalar, loyihalar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan;
🟢O‘z sohasida chuqur bilim, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni namoyon etgan;
🟢14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yigitlar.

📄 Hujjatlarni topshirish muddati:
Joriy yilning 1-martiga qadar, arizalarni yashash manzilingiz bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga topshirishingiz mumkin.

🗂 Qo‘shimcha maʼlumot uchun nizom bilan tanishishingiz mumkin:
👉 Nizomni ko‘rish

Jamiyat rivojiga o‘z hissasini qo‘shayotgan iqtidorli yoshlarni eʼtirof etish va rag‘batlantirish bizning burchimiz. Mukofot uchun daʼvogarlik qilayotgan barcha nomzodlarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

#MardOʻgʻlon #MardlikVaJasorat

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

08 Jan, 10:32


🔈Xush xabar

Bugun Qo'ng'irot tumani hokimligi majlislar zalida Qo'ng'irot sport maktabida tomonidan 2024-yil davomida muvaffaqiyatga erishgan yoshlar hamda sport sohasida o'zining faolligi bilan ajralib turgan korxona rahbarlarini taqdirlash marosimi o'tkazildi.

⚡️Quvonarlisi 2024-yil yakunlari bo'yicha "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o'tkazilgan sport musobaqalari va ommaviy sport turlarini rivojlantirishda hamda aholi salomatligini ta'minlash maqsadida o'tkazilgan ommaviy sport musobaqalarini tashkillashtirishdagi faolligi uchun "Qo'ng'irot soda zavodi' MCHJ QK bosh direktori J.Mustafayev tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

"Qo'ng'irot soda zavodi" MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

08 Jan, 05:02


8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni!

🇺🇿Sizlarni bugungi 8-yanvar O'zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish va inson huquqlarini himoya qilish yo‘lidagi o‘z bilim va jasoratini namoyon etayotgan fidoyilarisiz.


⚖️Adolat va qonun ustuvorligi yo‘lida xizmatlaringiz barchamiz uchun faxr va g‘ururdir!

❇️Bugungi bayram munosabati bilan Sizlarni yana bir bor tabriklab, xonadonlaringizga tinichlik, mashaqqatli ishlaringizda kuch-g'ayrat tilayman.


Hurmat bilan
'Qo'ng'irot soda zavodi' MCHJ QK
Bosh direktori
J.I.Mustafayev

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

06 Jan, 09:04


Bugun Elabod mahallasida yashovchi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga Qoʻngʻirot tumani hokimi B.Madaminovning yangi yil sovg‘alari tarqatildi.


✍️ “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

30 Dec, 06:00


Bugun korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan va Yangi yil bayramida ishchi xodimlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida tungi smenada ishlovchi xodimlarga qorbobo va qor qiz tomonidan  shirinliklar tarqatildi.


✍️ "Qo'ng'irot soda zavodi" MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

27 Dec, 13:27


❄️ Yangi yil tabrigi

✉️ Bugun "Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK da yangi yil bayrami munosabati bilan korxonamizda ishlayotgan har bir ishchi xodimga ya'ni, 1700 nafar xodimlarga korxona bosh direktori J.Mustafaevning bayram tabriknomasi yetkazildi.


✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

27 Dec, 08:59


# Bayram dasturxoni

🎄Yangi yil bayrami munosabati bilan korxona xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Korxona oshxonasida tuzilgan bayram dasturxoni atrofida jamlangan xodimlar uchun osh tarqatilib qorbobo va qor qiz tomonidan ishchilarga bayram kayfiyati ulashilib shirinliklar tarqatildi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

05 Dec, 14:58


Odil Shukurovich Temirov “O’zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Odil Temirov “O’zbekneftegaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***
Одил Шукурович Темиров назначен председателем правления АО «Узкимёсаноат».

До назначения Одил Темиров работал заместителем председателя правления АО «Узбекнефтегаз» по переработке.

“Oʻzkimyosanoat” AJ Matbuot xizmati
——————————————————————————————
🌐 Veb-sayt ✉️ Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐 Youtube

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

01 Dec, 04:15


Húrmetli “Qońırat soda zavodı” JSHJ QK xizmetkerleri!
Sizlerdi 1-dekabr Qaraqalpaq tili qabıl etilgen kún bayramı múnásibeti menen shın júrekten qutlıqlayman !
Sizlerge uzaq ómir, jaqınlarıńızǵa amanlıq, kúsh-quwat, bekkem den sawlıq, shańaraqlarıńızda tatıwlıq hám jumıslarıńizda tabıslar tileymen.!
Ana tilime
Jıraw seni ba’ygi atınday baplag’an,
Sheshenler dawda shın’lap seni taplag’an.
Alpamıslar uran etip urısta,
Berdaq seni qural etip saplag’an.

Baytereksen’ o’sken go’ne tamırdan,
Dilwarlıg’ın’ qıl suwırg’an qamırdan.
Qaraqalpaqtın’ kewil qusı sayrasa,
So’z qıysını g’aziynen’nen tabilģan.

Húrmetli zamanlaslar!
Barsheńizdi jáne bir márte qutlı sáne 1-dekabr Qaraqalpaq tili bayramı menen qutlıqlayman !
Húrmet penen
Qonirat soda zavodı JSHJ QK Bas direktorı
J.I.Mustafayev

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

29 Nov, 05:02


1-dekabr kúni Qaraqalpaq tiline mámleketlik til biyligi berilgenliginiń 35 jıllıģı belgilenedi.

📹Bársheni “Qońırat soda zavodı” JSHJ QK jámááti "1-dekabr Qaraqalpaq tili bayramı kúni" menen qutlıqlaydı.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

27 Nov, 12:31


📌Eʻlon

Maktab o‘quvchilarining qishki taʼtilini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida korxona ishchi xodimlarning farzandlari uchun joriy yilning 2-9 yanvar kunlari Mo‘ynoq tumanida joylashgan “Oq kema” bolalar sog‘lomlashtirish markazida 7-kunlik sog‘lomlashtirish tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Sog‘lomlashtirish markazida dam olish 7-kun jami 800 000 so‘m.
Korxona kasaba uyushmasi tomonidan 50 % qoplab beriladi.
50% ota-ona hisobidan.

Shu munosabat bilan farzandini sog‘lomlashtirish markaziga yuborishni xohlovchi ishchi xodimlar korxona kasaba uyushmasiga murojaat qilishlari mumkin.


✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

27 Nov, 12:07


⚡️“Yongʻin xavfsizligi” oyligi doirasida seminar oʻtkazildi

Barchaga ma'lumki joriy yil 15-noyabridan 15-dekabrgacha “Yong‘in xavfsizligi” oyligi deb e'lon qilindi.

❇️Shu munosabat “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK OYXTTEB tomonidan korxona sex va boʻlim xodimlari uchun yong'in xavfsizligi oyligi doirasida yigʻilish oʻtkazildi.

🔥Yigʻilishda yong'inning oldini olishga doir o'tkazilayotgan tadbirlarning maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berilib, yong'inning paydo bo'lish sabablari, favqulodda vaziyatlarda qay holatda harakatlanish, oʻt oʻchirish uskunalaridan toʻgʻri foydalanish, yongʻin sodir bo'lganda dastlab nimalarga eʻtibor qaratish, hid gazidan zaharlanishning oldini olish zarurligi haqida gapirilib, hayotiy misollar orqali mavzu doirasida kerakli ma'lumotlar aytib o'tildi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

26 Nov, 10:07


Taktik o'quv mashg'ulot o'tkazildi

⚡️Bugun korxona ADKF sexida joriy yilning 15-noyabr sanasidan 15-dekabr sanasigacha qadar "Yong'in xavfsizligi oyligi " oyligi doirasida sex va bo'limlarda Favqulodda hodisalar sodir bo'lganda qanday harakatlanish yuzasidan amaliy mashg'ulot o'tkazildi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

26 Nov, 04:40


Ийс гәзи реңсиз ҳәм дәмсиз болып инсан өзиниң зәҳәрленип атырғанын дәрҳал сезбейди.

Ҳүрметли пуқаралар, егер сизлерде бас аўырыў яки кеўил айныўы сыяқлы жағдайлар ушырасып атырған
болса, дәрҳал ☎️103 Тез жәрдем, ☎️104 Гәз хызмети ҳәм☎️ 1050 Айрықша жағдайлар хызметине хабар
бериң. Себеби бундай жағдайда сизди ийис гәзи зәҳәрлеп атырған болыўы мүмкин.

❗️Ҳеш қашан өз басымшалық пенен емлениў ушын дәрилерди қабыл етпең. Ийис гәзи реңсиз ҳәм дәмсиз болып, инсан өзиниң зәҳәрленип атырғанын дәрҳал сезбейди.
Тамақтың қышыўы, бас аўырыўы, кеўилдиң айныўы сыяқлы белгилер инсанның ийс гәзинен зәҳәрленип атырғанлығының белгиси.
Бәрше газ қәўипсизлик қағыйдаларына әмел қылың.

Өз өмириңизге қәўипли болған ислерден сақланың.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

25 Nov, 10:21


🌳"Yashil makon"

Bugun korxonada "Yashil makon" loyihasi doirasida korxona hududini yanada obodonlashtirish koʻklamzorlashtirish, yovvoyi oʻtlardan tozalash, daraxtlarni parvarishlash ularga shakl berish ishlari amalga oshirilib mevali va manzarali daraxtlar ekilmoqda.


✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

22 Nov, 12:20


📢Xush xabar

🎲Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida korxona va tashkilotlardagi ishlovchi erkaklar va xotin-qizlar oʻrtasida sportning shaxmat va shashka turlaridan musobaqalar oʻtkazildi.

⚡️Quvonarlisi sportning shashka turidan korxonamiz Texnik va ichimlik suv tayyorlash sexi chilangari Sagaddinov Qayrat musobaqa davomida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib faxrli 🥇-oʻrinni egallagan boʻlsa, xotin qizlar oʻrtasida Tikuv sexi tikuvchisi Artiqbayeva Gulzada faxrli 🥉-oʻrinni egalladi.

⚡️Shaxmat turi boʻyicha erkaklar oʻrtasida Ohak kuydirish va kompressiy sexi muhandis-texnologi Japakov Gʻulam faxrli 🥉-oʻrinni egalladi.


✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:53


Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilovasi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:53


“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QK tasmali (Lentochniy) vakuum filtirini sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish boʻyicha tanlov e'lon qiladi

❇️Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilova qilinadi.

Tanlov boʻyicha korxonaning Moddiy texnik taʻminot boʻlimining quyidagi + 94 900-25-73 telefon raqamiga murojat qilishingiz mumkin.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:53


“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QK polipropilen qoplarini ishlab chiqarish linyasi uchun uskunalarini sotib olish, oʻrnatish va ishga tushirish boʻyicha tanlov e'lon qiladi

❇️Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilova qilinadi.

Tanlov boʻyicha korxonaning Moddiy texnik taʻminot boʻlimining quyidagi + 94 900-25-73 telefon raqamiga murojat qilishingiz mumkin.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:53


Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilovasi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:03


Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilovasi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

20 Nov, 07:03


“Qoʻngʻirot soda zavodi” MChJ QK mavjud osmos qurilmasining quvvatini qo'shimcha 60 m3/soatga kengaytirish loyihasi uchun uskunalarni sotib olish, o'rnatish va ishga tushirish boʻyicha tanlov eʻlon qiladi.

❇️Korxona tomonidan qoʻyilgan texnik topshiriq ilova qilinadi.

Tanlov boʻyicha korxonaning Moddiy texnik taʻminot boʻlimining quyidagi + 94 900-25-73 telefon raqamiga murojat qilishingiz mumkin.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

19 Nov, 16:28


⚽️“Qo'ng'irot soda zavodi"MCHJ QK kubog sohibi

Bugun "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida korxona va tashkilotlardagi ishlovchi xodimlar o'rtasida sportning mini futbol turidan musobaqa o'tkazildi.
⚡️Quvonarlisi korxona futbol jamoasi musobaqa davomida barcha raqiblarini mag'lubiyatga ushratib musobaqa g'oliblikni🏆 qo'lga kiritib keyingi Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichiga yo'llanma oldi.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

18 Nov, 08:28


#MINI_FUTBOL_2024
#BES_BASLAMA_OLIMPIADASÍ

⚡️Komandalar toparlarģa bólindi⚽️

🔹Sporttıń mini futbol túri boyınsha mekeme, kárxana hàm shólkemlerde islewshi 45 jasqa shekemgi xızmetkerler arasında sport jarısında, komandalar bir-biri menen kúsh sınasatuǵınlıǵı málim boldı.
⚽️Oyınlar 19-noyabr kuni saat 09-30 da Qońırat FSK Lokomotivge qaraslı sport zal hám futbol maydanshasında start beriledi.

Kanalımız👉📱@sport_kungrad

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

18 Nov, 05:02


🇺🇿18-noyabr-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

Aziz vatandoshlar, hurligimiz va mustaqilligimiz timsoli qabul qilingan kun muborak bo'lsin.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

15 Nov, 06:32


“NAVOIYAZOT” AJ JAMOASIGA!

Bugun mamlakatimiz kimyo sanoatining eng yirik korxonalaridan biri boʻlgan “Navoiyazot” Aksiyadorlik jamiyati tashkil topganligining 60 yilligi keng nishonlanmoqda.


⚡️Shu munosabat bilan korxonaning koʻp ming sonli kimyogarlar jamoasi va mehnat faxriylarini, korxona rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan barcha kasb fidoiylarini ushbu tarixiy sana bilan “Qo'ng'irot soda zavodi” MCHJ QK rahbariyati va jamoasi nomidan chin qalbdan tabriklayman!

Hurmat bilan,
"Qo'ng'irot soda zavodi"MCHJ QK
Bosh direktori
J.Mustafayev

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

14 Nov, 18:26


⚡️"Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni" bayrami keng turda nishonlandi.


Bugun korxona majlislar zalida 11-noyabr "Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni" bayrami munosabati bilan konsert dasturi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Korxona bosh muhandisi Sh.Shamuratov ochib berdi va korxona xodimlarni bayram bilan tabrikladi.
Tadbir davomida bayram arafasida oʻtkazilgan sportning basketbol, voleybol, hamda yosh oilalar o'rtasida o'tkazilgan "Biz sportchi oilamiz" sport musobaqalari gʻoliblari taqdirlanib, korxona va kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Tadbir soʻngida xodimlarning madaniy dam olishlari uchun Qo'ng'irot tumani madaniyat bo'limi tomonidan konsert dasturi yig'ilganlarga yuqori kayfiyat bag'ishladi.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

14 Nov, 11:00


#Bayram dasturxoni

⚡️ Bugun “11 noyabr-Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan korxona xodimlari uchun bayram dasturxoni tashkil etildi. Korxona oshxonasida tuzilgan bayram dasturxoni atrofida  jamlangan xodimlar uchun osh tarqatildi.

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

13 Nov, 07:28


#gender_tenglik
#LIVE

🔵“Navoiyazot”AJda ish jarayonida erkak va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratishga qaratilgan seminar oʻtkazilmoqda.

🔵Unda “Oʻzkimyosanoat”AJ tarmoq korxonalarida faoliyat yuritayotgan mas’ul xodimlar ishtirok etishyapti.

🔵Tadbir doirasida tizimdagi korxonalarda bu yoʻnalishda qabul qilingan qonun va me’yoriy hujjatlar ijrosining qay darajada ta’minlanayotgani, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi, gender tenglik, yoshlar masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Seminar ishtirokchilari mavzuga oid taqdimotlar bilan tanishib, oʻzaro fikr almashdilar.

👍"NAVOIYAZOT"AJ AXBOROT XIZMATI

🌐telegram |📱instagram |📱facebook|🌐Web-site 🌐youtube

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

12 Nov, 08:44


🏆Voleybol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

📌11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan hamda korxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, korxona sex va boʻlimlar oʻrtasidagi erkaklar o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqa yakunlariga koʻra:
🥇-oʻrinni Energotexnika sexi jamoasi
🥈-oʻrinni Nazorat oʻlchov asboblari va avtomatika boʻlimi
🥉-oʻrinni Ohak kuydirish va ohaktosh sexi jamoalari egalladi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

08 Nov, 10:04


⚡️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK hamda kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishga doim e’tibor qaratilmoqda

Har yili kuz-qish mavsumida korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi tashabbusiga bilan ishchi-xodimlar oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanmoqda.

❇️Joriy yilda ham 36 tonna kartoshka, 36 tonna piyoz, 36 tonna sabzi va 36 tonna guruch, 5,3 tonna olma mahsulotlari korxona omborxonalariga jamg‘arilib, 1 800 nafar ishchi-xodimlariga bepul tarqatilmoqda.

📌Kuz-qish mavsumida ichki bozorda mahsulotlar narxi oshishi, korxona joylashgan “Elobod” shaharcha fuqarolar yig‘inining Qo‘ng‘irot tumani markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgani hisobga olinsa, korxona va kasaba uyushmasining bu tashabbusi xodimlarga yanada qulaylik yaratmoqda.


✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

08 Nov, 05:10


⚡️Màkeme, karxana hàm shólkemlerde islewshi 45 jasqa shekemgi xizmetkerler arasında sport jarısları ótkeriledi

🔹Bes baslama olimpiadası sheńberinde màkeme, karxana hám shólkemlerde islewshi 45 jasqa shekemgi xizmetkerler arasında sporttıń mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennis hàm voleybol túrleri boyınsha Qońırat rayonlıq basqıshı usı jıldıń 18-24 noyabr kúnleri aralıģında ótkeriledi.
🏆Jeńimpazlar Qaraqalpaqstan Respublikası basqıshına jollammanı qolģa kiritedi.
Qatnasıwdı qàlewshi màkeme, kàrxana hàm shólkemler 99 333-97-89 telegram nómerine baylanısqan halda dizimnen ótseńiz boladı.

📌Sport jarısları haqqındaģı tolıq maģlıwmattı tómende keltirilgen jarıs nızamında tanısıp ótiń.


👉📱@sport_kungrad

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

06 Nov, 14:21


#Ichki turizm
#Sayohat

❇️ Bugun “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK va kasaba uyushmasi tomonidan ichki turizmni rivojlantirish hamda 11-noyabr "O'zbekiston kasaba uyushmalari kuni" bayrami munosabati bilan korxona xodimlari uchun Nukus shahriga sayohat tashkillashtirildi.
🔷Sayohat davomida Xo‘jayli tumanidagi “Nazlimxan suliw” ziyoratgohi va Nukus shahrida joylashgan Ginnes redordlar kitobiga kiritilgan “Oq qush” nomidagi “Qora uy”ga sayohat tashkil etildi.


✍️"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

06 Nov, 04:01


# Xush xabar

❇️Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari oʻtkazilgan edi.

Quvonarlisi Oʻzbekiston liberal demokratik partiyasidan nomzodi qoʻyilgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK yoshlar yetakchisi Qazaxbayev Tazabay Rejepbayevich 1-sonli “Almazar” saylov okrugidan Xalq deputatlari Qoʻngʻirot tumani Kengashi deputatligiga saylandi.

⚡️Biz ham o‘z navbatida korxona rahbariyati nomidan T.Qazaxbayevni deputatlikga saylanganligi munosabati bilan kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

06 Nov, 04:01


# Xush xabar

❇️Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari oʻtkazilgan edi.

Quvonarlisi Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasidan nomzodi qoʻyilgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Investitsiya boʻlimi yetakchi muhandisi Aytjanov Paxratdin Yuldashovich 3-sonli “Gulabad” saylov okrugidan Xalq deputatlari Qoʻngʻirot tumani Kengashi deputatligiga saylandi.

⚡️Biz ham o‘z navbatida korxona rahbariyati nomidan P.Aytjanovni deputatlikga saylanganligi munosabati bilan kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

01 Nov, 09:40


⚡️Armrestling musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

📌11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan hamda korxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, korxonada ishlovchi erkaklar oʻrtasida 3ta vazn boʻyicha sportning “Armrestling” turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqa yakunlariga koʻra:
60-75 kg vaznda 🥇-oʻrinni Qadoqlash sexidan Yuldashov Babamurat

76-90 kg vaznda 🥇-oʻrinni “Yodlangan osh tuzini ishlab chiqarish va Qaraumbet tuz koni” sexidan Aytjanov Sultan

+90 kg vaznda 🥇-oʻrinni ADKF sexidan Sherniyazov Danabeklar
egalladi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

01 Nov, 07:11


❇️Musobaqa gʻoliblari aniqlandi

📌11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan hamda korxona xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, korxonada ishlovchi erkaklar va xotin-qizlar oʻrtasida sportning “Darts” turi bo'yicha musobaqa oʻtkazildi.
Musobaqa yakuniga koʻra erkaklar oʻrtasida:
🥇-oʻrinni Qadoqlash sexidan Orinbayev Mamur
Xotin qizlar oʻrtasida
🥇-oʻrinni Havo kompressiya sexidan Ajiniyazova Goʻzzal egalladi.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

31 Oct, 12:23


⚡️# Xush xabar


❇️Xabaringiz bor joriy yilning 27-oktabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari oʻtkazilgan edi.

Quvonarlisi Oʻzbekiston ekologik partiyasidan nomzodi qoʻyilgan “Qoʻngʻirot soda zavodi” MCHJ QK Bosh direktori Mustafayev Jaxongir Ibodullaevich 50-sonli “Elabod” saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joqargʻi Kengesi deputatligiga saylandi.

⚡️Biz ham o‘z navbatida korxona xodimlari nomidan J.Mustafayevni deputatlikga saylanganligi munosabati bilan kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz.

✍️“Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK Matbuot xizmati

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

30 Oct, 06:22


EʻLON

❇️11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan korxonada ishlovchi erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasida sportning “Darts” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

☑️ Musobaqa oʻtkazilish sanasi:
31.10.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumtaʻlim maktabi sport zali

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

29 Oct, 04:56


EʻLON

📌11-noyabr “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan korxonada ishlovchi erkaklar o‘rtasida sportning “Armrestling” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Musobaqa oʻtkazilish sanasi:
31.10.2024 yil.
Vaqti:
Soat 17:00
Manzil: 52-sonli umumtaʻlim maktabi sport zali

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

28 Oct, 09:26


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловининг дастлабки натижалари

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

"Qo‘ng‘irot soda zavodi" MCHJ QK

27 Oct, 04:51


Сайлов куни овоз бериш тартиби