Dastlabki manzil viloyatning chekka hududi hisoblangan Urgut tumani boʻldi. Unda ishchi guruhi tumanning “Mergancha” mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek tartibli mehnat migratsiyasi boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. Mahallada ish uslubi samarasiz tashkil etilgani, profilaktika inspektorining ishlari qoniqarsiz ekanligi, shuning uchun mahalla “qizil” toifaga tushib qolganligi tanqid qilindi.
Shundan soʻng tuman sektor rahbarlari, hamkor tashkilotlarning masʼullari, “Mergancha” “qizil” toifadagi mahalla yettiligi ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, unda mazkur qarorning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga yetkazilib, ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi.
Navbatdagi manzil Toyloq tumani “Charogʻbon” mahallasi boʻlib, tuman sektor rahbarlari ishtirokida bu yerda ham jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va “mahalla yettiligi” faoliyati, shuningdek ichkilikka ruju qoʻygan, giyohvand, ruhiy kasallar va boshqa ijtimoiy koʻmakka muhtoj shaxslarga manzilli tibbiy xizmat koʻrsatish boʻyicha taqdimot oʻtkazildi.
Tadbirda masʼullarga huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasini “Yoʻl xaritasi” asosida toʻliq ijro etilishini taʼminlash hamda ijtimoiy profilaktika tizimini samarali yoʻlga qoʻyish, yangi ish oʻrinlari yaratib, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar va ayollarni bandligini taʼminlash boʻyicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, respublika ishchi guruhi aʼzolari kichik guruhlarga boʻlinib, viloyatning barcha shahar-tumanlarida qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ijrosini taʼminlash choralarini koʻrmoqda.
Kanalimizga qoʻshiling
👇👇👇
https://t.me/samiibuz