Bugun Nurobod tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi bo'limida tuman hokimi S.Berdiqulov rahbarligida tumandagi maktab direktorlari, maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari va soha mas'ullari ishtirokida muhokama yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda umumta'lim maktablari va MTTlarda ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, kuz-qish mavsumini betalafot o'tkazish, maktablardagi davomat, fan va sport to'garaklarining muntazam faoliyat yuritishi, maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar va ulardagi sanitariya-gigiyena holati batafsil tahlil etildi.
Tuman rahbari maktab bitiruvchilarining OTMlarga kirish ko'rsatkichlariga alohida to'xtalib, barcha pedagoglarni ertamiz egalari bo'lgan yetuk kadrlarni tayyorlab berishdek mas'uliyatli vazifani yanada fidoyilik bilan bajarishga chaqirdi.
Shuningdek, ta'lim tashkilotlari rahbarlarining mavjud kamchilik va muammolar yuzasidan mulohaza va takliflari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
©️ @nur_press