"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi @sabiquunonlinemadrasa Channel on Telegram

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

@sabiquunonlinemadrasa


@SabiqunKutubxonasi

Qur'on va Arab tili gramatikasi bo'yicha online madrasa

Saabiquun Online O'zbek madrasasi (Uzbek)

Saabiquun Online O'zbek madrasasi kanalimiz ishtirok eting va islom dini bilimlarini o'rganing! Bizning kanalimiz @sabiquunonlinemadrasa sizga islom dini ustozlari tomonidan o'qitilgan darslarga, maqolalarga va maqolalarga murojaat qilishingiz mumkin. Sabiqun Kutubxonasi - bu sizning islom dini bilimlarini o'rganish uchun eng yaxshi manzil. Biz har bir kishiga ma'rifi Islom dini tarixi, shariat va boshqa muhim mavzularni o'rgatishga yordam berishni maqsadga qo'yamiz. Kanalimiz sizga o'zbek, arab va ingliz tillarida o'qilgan darslar va maqolalar taqdim etadi. Islom dini mazkur mavzularda tushunchalarini oshirish uchun ko'p yondashadi. Siz ham Sabiqun Online O'zbek madrasasida o'z bilim va ma'rifatingizni oshiring va islom diniy ma'lumotlaringizni kengaytiring! Sabiqun Online O'zbek madrasasi - bu sizning boshlang'ich nuqtangiz Islom diniy bilimlarini o'rganishda!

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

20 Nov, 19:56


Ҳаётингизда қочишингиз керак бўлган инсонлар:
▪️Доимий нолийдиган
▪️Вазиятни негатив томондан кўрадиган
▪️Ўзидан бошқа ҳаммани айблийдиган
▪️Тили ғийбат, муҳокама ва танқиддан бўшамайдиган
▪️Нафақат ўзини балки атрофидаги инсонларга умидсизлик кайфиятини берадиганлар
▪️Сизни доимо айблайдиган, қоралайдиган ва ўзингизга бўлган ишончни сўндиришга уринадиганлар

Улар яқинларингиз бўлсачи?
▫️Суҳбат сонини камайтиринг
▫️Ҳаққиларига дуо қилинг
▫️Барча негатив нарсадан узоқ эканингизни чиройли тушунтиринг
▫️Ўзингиз билан банд бўлинг
▫️Аллоҳ билан бирга бўлинг ва у билан муносабатингиз устида ишланг

Ҳаётда бир марта яшаймиз. Шундай яшайликки кетар чоғимиз қалбимиз шод бўлсин Амин🌷

Бинтул Ислам 🎓

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

19 Nov, 23:50


Yangi yodlangan bet , hali muroja(takror) qilinmagan betga jivar deyiladi. Doim jadid(yangi) betni topshirgach mutlaqo jivar qilinishi kerek.

Kopchilik jivar qilmaydi keyin 1 haftadan song orqasiga qaytganda 1 hafta oldin yodlagan betlar esidan chiqib ketgan bo'ladi. Va yana vaqt sarflanadi boshqatta takror qilinadi.
Ham vaqt isrofi ham tolibada natija kam bo'ladi.

1.Yodlangan bet ertasi kun esidan chiqmagan bo'ladi,
2.uni takrorlashga ko'p vaqt ketmaydi. Yangi dars topshirilgach u beti ham topshirishi kerek va namozlariga qoshish kerek qarabsizki murojada ham qiynalmaydi yangi bet yodlash ham vaqt yetadi.
Ham natija ham qiziqish ko'payadi insha Allah.

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

19 Nov, 05:40


Live stream finished (15 minutes)

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

19 Nov, 05:24


Live stream started

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

19 Nov, 05:07


Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Tolibalaar 15 minutdan keyin DURUS 1 dan darslarimizni davom ettiramiz.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

16 Nov, 23:45


Eng go‘zal ayollar kimlar?
– Allohning Kitobini yod olib, undagi ahkomlarni hayotiga tatbiq qilgan ayollar.
– Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobiyya ayollarini o‘ziga yo‘lboshchi va namuna qilib olgan ayollar.
– Poklik, iffat va hayo ramzi bo‘lgan ro‘molni yechish haqdagi har qanday targ‘ib va tazyiqlarga quloq solmaydigan ayollar.
– Ota onasiga itoatli, har sohadagi majburiyatlarni xolis bajaruvchi ayollar.
– Eriga itoatkor, Alloh g‘azab qilmaydigan narsalarda eriga bo‘ysunuvchi, eriga yordamchi va do‘st bo‘luvchi ayollar.
– Uyqu lazzatidan voz kechib, tahajjud namozida Allohdan ajru savobni so‘rovchi ayollar.
– Alloh taoloning roziligi, muhabbati va barakasini tilab nafl ro‘zalar tutuvchi ayollar.
– Tilini tiyib, birovning obro‘siga putur yetkazishdan saqlanuvchi ayollar.
– Alloh harom qilgan narsalarga qaramaydigan ayollar.
– Islom ravnaqi yo‘lida, Alloh yo‘lida eri, farzandi, mol mulki va jonini bag‘ishlovchi ayollar.
Mazkura ayollar haqiqiy dunyo go‘zallari tanlovining eng yuqori o‘rinlarini egallaydilar.

🔗 Allohni tanish Ayollar - kanalimizga obuna bo'ling

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

16 Nov, 00:52


Biz malum bir maqsadga erishishlik uchun shunchaki harakat qilishimiz; kechalari uhlamasdan dars qilishimiz yoki tinimsiz dars qilishligimiz kifoya emas,bizga ikki qurol kerek. Bular duo va harakat. Bularni eng avlosini qilishimiz esa
maqsadimizga borishlik yo'lini osonlashtiradi va tezlashtiradi.

•Duoni eng go'zal holatda qilish.Duo ijobat vaqtlarda duo qilish. Ikki rakat namoz o'qib, duo qilish. Allohdan yordam so'rashlik.

•Harakatda bardavom bo'lish. Sustlashmaslik, saharlari dars qilish.
Sahobalardek yashashlik....

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

14 Nov, 08:42


Live stream finished (35 minutes)

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

14 Nov, 08:07


Live stream started

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

14 Nov, 06:24


Yashayotgan joyingizga qarab Kitob suratlari har xil bo'lishi mumkin . Bu farq qilmaydi . Kitobi ichi pdf shaklida bo'lsa bo'ldi ( ranglimi Yoki Rangsiz farqi yo'q ) .

Agar siz yashayotgan hududda Bunday kitoblar umuman topilmasa chiqartirib olishingiz mumkin !

Hozirgi kunda Bu kitoblar ko'p joylarda sotuvda !

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

14 Nov, 06:19


Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

In shaa Alloh bugun uzb vaqti bilan 13:00 da DURUSUL LUG'OTUL AROBIYYADAN darsimiz bor.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

13 Nov, 18:26


Assalomu alaykum va rahmatulloh.

Ming bor uzr soraymiz.
Elonimiz boyicha ertaga kanalda ochiq dars boladi insha Allah.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

10 Nov, 01:18


#Haqiqat

Bu ummat bunday xoru zor bo'lishiga bu ummatni avvalam bor ayollari aybdor. Qanchadan qancha onalar farzandini o'qitgani uchun jazolanadi. Ummatga hizmat qilaman degan onalar qamoqda bo'ladi. Bir tarafdan ayollarni va chaqaloqlarni qatliom qilishmoqda yana bir tarafdan ayollarni nomahramlar bilan bir uyda yashashga majburlashyapti boshqa tarafdan ayollarni mahbusdek sotishyapti boshqa tarafdan kaltaklab majburlab rumollarini yechishyapti ....
Qani ayollar erkaklarga omonat ediku
Qani ana shu omonatdor erkaklar?
Mana shu erkaklarni qorqoq, kuchsiz irodasiz, farosatsiz dinoyatsiz madaniyatsiz ilmsiz qilib tarbiya qilayotgan onalar sizlar va bizlar Alloh uchun tarbiya qilayotgan har bir farzandlarimiz ustidan soralamiz.
Atrofingizda go'yo hamma tinch totuv yashayotgan dek ko'rinsada aslida pardaning orqasidan siz hayol qilolmayotgan voqealar bor. Siz tinchsiz degani barcha oilalar yoki bu ummat tinch degani emas. Nega ona bolganingizni nega aynan Alloh sizga farzand berganini bir sarxhisob qilib ko'ring.
Farzandlarimizni faqat Allohdan qorqadigan qilib hamda o'limdan hatto chochimaydigan qilib tarbiyalashimiz kerek. Haqiqi ahloqli hamda kuchli jasur omonatdor qilib tarbiyalash bizni hohishimizga boĝliq emas. Biz majburmiz fidokor onalar bolishga. Bu ummatni aziz qilishlik uchun yashashga, davolarimizga sodiq bo'lishga.

Shunchaki men qorilardaman degan erkaklar yiĝilib yodlaganlariga amal qilganlarida ham bu ummat aziz ayollari aziza bolar edi.
Qayerga boqsek islom mazlum.
Allohim bizga tezroq rahmatingni ber.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

08 Nov, 12:14


Qoriyalik kursiga qabul yopiq
Iltimos qayta qayta iltimoslar qilib yozmaylar.

Qarindosh tanish bilish qilib ham olmaymiz toĝri tushunilar.
Bilamiz o'qigilar kelayotganini.
Bu shunchaki bir guruh emas bu murakkab kurs 1000 lab tolibalarni o'qitishga bizni kuchimiz yetmaydi.

Qabul ochilganda 600 ta toliba bolsa ham ohirigacha olindi 2 marta qabul ochildi 1 hafta davom etgan.

200 ta toliba qolgan bular bilan shuĝullanishni o'zi bo'lmayapti.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

08 Nov, 01:28


Qoriyalik kursimiz yopiq
Tasxix kursi davom etmoqda
Gramatika kursi yaqinda ochiladi♻️

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

08 Nov, 01:22


Hifzdan dars beroladigan ustozalarni taklif qilamiz.
Shart👇

🌸Tajvid
🌸Mahraj
🌸1 pora yodlagan

@Mualliimah_bot

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

04 Nov, 21:28


✖️Ёш ўтгани сари ақл келади
Илм олган сари тафаккур шаклланади

Асло ва асло инсоннинг фаросати, илм даражаси, амали ва фикр доираси кенглигини ёш билан боғламаслик керак. Чунки 60 га кириб ҳам ақли жойига келмаганлар, 15 ёшида ҳаётнинг аслини англаганлар қанча)

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

03 Nov, 16:09


📌 Elon

Durusul luĝotul arabiyya bo'yicha
Bepul kurs.
Haftada 3 kun
Tajribali malakali ustoza

Bu kurs shartlar
Arab harflarini bilishi kerek.
Arab so'zlarini o'qiyolishi kerek.
Kamida 1 pora yodlagan bo'lishi kerek.
Kursga qabul

12.11.2024 sanasida boladi

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

02 Nov, 22:02


Fotima Bint Alouddin
Samarqandiyani otasi

Fotima bint Alouddin ilk fiqhiy bilimlarni davrning mashhur hanafiy faqihi bõlgan otasi Alouddin Samarqandiydan oldi . Otasining « Tuhfatul fuqaho » nomli asarini yod oldi . Õz davrining rivoji bõlgan ilm va san' at sohalarida yetuk faqih va hadis olimasi , shuningdek , husnihat ustasi bõldi . Otasining yonida fiqhdan ta'lim olish barobarida « Tuhfatul fuqaho » asarini hifz qilgandi . Hanafiy mazhabining nozik jihatlarini , turli fiqhiy masalalarni yod olgan hamda hatosiz shaklda naql qiladigan saviyaga yetgan edi . Hanafiy mazhabining fiqhiy mavzularida yetuk bilim sohibasi bõlgan gõzal qiz Fotimaga Anadõluda istiqomat qiladigan ba'zi beylar talabdor bõlganlar . Faqat otasi õzi izlagan kuyovni ular orasida topolmagani uchun qizining nikohi borasida sabr qilib , eng hayrlisini kutardi . Dardi va davosi ilm , irfon , talaba yetishtirish va ummat bõlgan bir olima ; ayni dardda bõlgan boshqa bir olimning qizi uchun talabgor bõladi . Har bir ota qizining yaxshi bir kuyov bilan oila qurishini istaydi . Qaysi ota kõz qorachiğidek qiziga hayrsiz kuyov istaydi . Ota bu borada nihoyatda e'tiborli bõlishi kerak . Buni qanday uddasidan chiqadi ? Agar ota qahvahonalardan kelmaydigan , vaqt õtkazadigan joylari faqat futbol õyinlarini tomosha qilishdan iborat bõlsa , qizini ham aynan õziga õxshash odamlar izlab keladi . Afsuslar bõlsinki , ota qizini ichkilik ichadigan , sayoqlarga berishni istamaydi , lekin õzi ham õsha õrtalardan uzoqlashmaydi . Imom Samarqandiy kabi bir olim ham uningdek bir olim qizga talabdor bõldi . Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning pokiza , muborak qiziga Alining tolib bõlgani singari . Imom Qosoniy , ustozining « Tuhfatul fuqaho » sini yod oladi va « Badoe ' us - sanoye» nomli asari bilan sharx qilib , ustoziga taqdim etadi . Samarqandiy bu holatdan nihoyatda sevinadi va Qosoniyni qizi Fotima bilan nikohlaydi . Bu sharhni ham maxr õlaroq qabul qiladi . Shu sabab bõlib õsha davrda olimlar orasida shunday sõz bilan mashhur bõladi : « Ustozining « Tuhfa » sini sharh etdi va qiziga uylandi » . Eslashning gõzalligini kõryapsizmi ? Ilm iforli bir nikoh . Bizlar qanday madaniyatning farzandlarimiz , bilasizmi ?! Xozirda esa ota - onalar , kuyov izlaganida qanday shartlar qõyishadi ? Allohim , biz qanday bu holga kelib qoldik . Shu tufayli ham avlodlarimizdan Imom A'zamlar , Imom Ahmadlar yetishib chiqmaydi . Mantiğimiz va ahloqimizga putur yetgan . Kelajakni kõra olmaymiz .Oxiri aniq bõlgan bu dunyolik bõlganmiz . Imom Samarqandiy esa maqsadimizni uluğ qilib , õzidek olim bõlgan bir kuyovni izlagan . Õzi yashagan asrning va bizlarning hayrat bilan õqiganimiz bir oila saodatini barpo etgan . Imom Qosoniy keyinchalik Fotima bilan Xalabga dars berish uchun ketadi . Imom Qosoniyning talabalari aytadiki : « Ba' zan ustozimizdan qiyin savollar sõrardik . U bizdan ruhsat sõrab uyiga ketardi . Uydan kelib , bizning savolimizga javobni aniq dalillari bilan tushuntirib berardi . Va javobi aniq , qisqa bõlardi . Keyin bildikki , Imom Qosoniy bu savollarning javobini olish uchun Fotimaning yoniga ketar , undan olgan javoblarini kelib , bizga aytardi » .
Xishom Abu Urva - Imom Abu Hanifa va Imom Molikning ustozi . Ayoli Fotima bint Munzirdan ilm õrgangan . Ilk davrlardagi Islom olimlarining hayoti mana shunday edi . Onalardan , ayollardan , qizlardan yoki boshqa ayol olimalardan saboq olishdan hayo qilmasdilar . Hatto ulardan dars olganlari uchun faxrlanardilar .

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

02 Nov, 20:08


Hayot turli hil musibatlar bilan boyitilgan, ulardan qutilish uchun ularni tashlab ketish yechim bo'lmaydi.
Balki sabr va kuchli farosat bilan bu o'ĝir kunlardan tajribalanish va foylanish kerek. Ulardan qutulsak goyo bir baxt bizni kutib turmaydi balki aksi bo'ladi. Shu musibatlardan biz baxtni paydo qilamiz. Buning uchun kuchli taqvo va Allohga bo'lgan ishonchimiz umidimiz kuchli bo'lishi kerek.
Asta sekin chigallashgan ipni yechamiz. Shunda mana shu haqiqi yutuq bo'ladi.

Dunyoda yashab, jannatni baxtini kutish axmoqlikdir.
Biz jannatda emasmiz.
Lekin oz qoldi albatta haqiqi diyorimizga abadiy kochamiz.

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

01 Nov, 22:41


Barcha ayollar va qizlar bir hildir.
Ularni faqat hayo va iffat ajratib turadi.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

01 Nov, 13:34


3-qism


Kichkina qizlarning bozorlarda, do'konlardagi ko'ylaklarini ko'rasizmi? Kalta tor liboslar ekanini koʻrasiz. Qizchalar TB va ijtimoiy tarmoqlarning taʼsiri ostida axloqsiz kishilarga taqlid qiladilar😔😔😔. Ularni rahbar, yo'l boshchi sifatida ko'rishadi. Atrofingizga boqib ko'rgandirsiz. Hayotga oid axloqsiz bo'lgan qanday narsa yoyilsa, bu qizlar vositasida amalga oshirilmoqda. Misol uchun kiyim masalasini olaylik. Faqat bir jumla bilan ʼʼ erkaklar qizlardan ko'ra yopiq kiyinadilarʼʼ. Ijtimoiy tarmoqlarda buning yanada yaqqol isbotini ko'ramiz. So'zda islomiy mavzularda bahs qiladigan xonim qizlarning profil rasmida islomiy mavzuda suhbatlashadigan erkak hatiblarning yoki dasturchilarning rasmi bor. Faqat bu holat uning nazarida me'yoriy holat. Chunki u islomiy shaxslarning suratini qo'ygan, boshqa guruhlardagi biror erkak emas-ku. Shayton bu holatni ularga qanchalik to'g'ri va haq deb koʻrsatadi, shunday emasmi?!

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

01 Nov, 13:26


2-qism

Dinimiz va urfimizda ʼʼ uyatchanlik ʼʼ taʼbiri ʼʼyosh qizʼʼ, ʼʼ yangi kelinʼʼ jumlalari bilan birga keladi. Ibrat uchun takidlash joiz boʻlsa, Rosululloh sallalohu alayhi vasallamni tanitgan bir rivoyatda Abu Sayd Hudriy shunday deydi: ʼʼ Rosululloh sallalohu alayhi vasallam chimildiqqa kirgan yosh qizdan ham uyatchan edilar. Hushlamagan narsalarini esa yuzlariga qarab bilib olar edikʼʼ.
Uyatchanlik holati yosh qizlarda yigitlardan ko'ra koʻproq ekanini bilamiz. Bu hol qizlarning fitratida bor. Alloh taolo bu holatni ularning yaratilishi tabiatlariga uygʻun o'laroq, baxsh etgan. Faqat hozir qizlarimizni bu fitratdan ayirishga urinadilar.....

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

01 Nov, 13:23


Xazrati Shuaybning qizlar
(Madyanlik ikki qiz)
1-qism

Muso Madyan tarafga qarab yoʻl olganida: ʼʼ Umid qilamanki, Alloh meni toʻgʻri yoʻlga boshladiʼʼ ,- dedi. Madyan quduqlarining yoniga borganida hayvonlarini sugʻorayotgan bir jamoaga duch keldi. Ulardan sal narida hayvonlarini suvdan uzoqlashtirishga harakat qilayotgan ikki qizni koʻrdi. ʼʼ Siz nega hayvonlaringizni suĝormayapsiz?ʼʼ - deb soʻradi. Ular esa: ʼʼ Choʻponlar hayvonlarini sugʻorib ketmasidan biz sugʻorolmaymiz. Otamiz qarib qolgani sabab ish bizning zimmamizda ʼʼ - deyishdi. Muso ularning hayvonlarini sugʻorib berdi. Soʻngra soyaga oʻtdi va:ʼʼ Robbim beradigan har hayringga muxtojmanʼʼ - dedi. Ikkala qizdan biri tortinib yoniga keldi va: ʼʼ Hayvonlarni sugʻoradigan navbatingni bizga berganing uchun otam seni uyga taklif qildi ʼʼ , - dedi. Muso uning oldiga borib, boshidan oʻtganlarini gapirib berganida u: ʼʼ Qoʻrqma zolimlar jamoasidan qutilibsanʼʼ - dedi....

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

01 Nov, 12:47


📌Botga yozganlarga albatta javob berilardi.
Hecham havotir olmanglar moychcheklarim.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

31 Oct, 03:00


Fotima bint Sulaymonning otasi

Qiroat va hadis olimi bo'lgan bir otaning farzandi Fortima bint Sulaymon, otasining izidan borib, muhaddis bir xonim sharafiga muyassar bo'ldi. Otasi qizini juda barvaqt Damashqning taniqli muhaddislaridan Muslim ibn Ahmad Maziniy, Karima bint Abdulvahhob va Ibn Ravoha kabi taniqli olimlarning darslariga tinglovchi sifatida olib bordi. Bir hadis olimiga munosib o'zgacha hayajon bilan qiziga ham ilm o'rgatgan bu muborak inson, qizi bilan birgalikda Shom, Iroq va Hijoz shaharlariga ilmiy sayohatlar qildi. Qizining ushbu yerlarda yashaydigan 100 dan ortiq muhaddislardan ilm olishini ta'minladi.

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

30 Oct, 23:12


Quron yo'dlashda nima bo'lsa ham tohtab qolmaslik kerek. Tohtagandan keyin yana shu holatga qaytish qiyin bo'ladi. Shuning uchun doim hamhol bo'lish kerek, tolibaga qanday qiyinchilik kelmasin kuniga 2 qator bo'lsa ham davom etishi kerek hatto 2 qator ko'plik qilsa yarim qatordan yani 3 ta kalimadan 1 oyatdan bo'lsa ham davom etishi kerek. Shunda mana bu haqiqi sodiqlik bo'ladi.
Iymon kuchayganda yo'dlab , zaiflashganda tashlab qo'yish hammani ham qo'lida keladigan amaldir. Lekin davomi amal hammani ham qo'lidan kelavermaydi.
Mana shu Alloh uchun suyukli amaldir.

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 18:45


Biz yodlaganlarimizdan mas'ulmiz.
Shunday ekan ularga jiddi yondashishimiz kerek.
1⃣Yodlangan suralar yoki betlar mutlaqo dars topshirgan kundan keyingi kun ham qayta topshiriladi.(jivar qilinadi muroja qilinmagan lekin yodlangan)
2⃣ Yanayam esda qolishi uchun 50 ta dan 100 tagacham sanoq qilinadi (sanoq qilishda etibor berish kerek bo'lgan yodlangan va topshirilgan joylar bo'lishi shart. Yodlangan va yodlanmagan betni sanoq qilishlikda farq kattadir.)
Sanoq qilishlik uchun agar vaqt bo'lmasa,
3⃣ Namozda yoddan o'qiladi. (Namozda o'qishdan avval albatta takror va mutlaqo birortasiga topshiriladi yoki zapis qilib eshitiladi undan keyin namozda o'qiladi.)
Robbimiz o'ta Rahimli zotdir.

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 18:38


Shayton albatta bosh o'tirmaydi bir amallab bizga amal qildirmaslik ĝamida bo'ladi.
Buni unutmaylik.
Iloji bolsa darsdan oldin tahorat yangilansin va 2 rakat nafl o'qigach Allohdan yordam so'raladi.
Keyin dars qilish boshlaniladi.
Biz harakat qilsak usullari bilan Allohni yo'lida yursak Alloh bizni tashlab qoyadi deb o'ylaysizmi ?!

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 13:07


Live stream finished (1 hour)

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 11:52


Qoriyalik imtihoni emas


"Tasxix" Quroni toĝri o'qish.
Imtihoni

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 11:51


🔴🔴🔴
Link shu botda beriladi

Men ayol kishiman
Yoki
Men qizbolaman
deb yozishilar kifoya

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 11:32


Live stream started

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 11:24


Imtihondan keyin link beriladigan shaxslar guruhdan chiqmasdan o'qishga so'z berolsa keyin imtihonga qatnashishsin.

Ayol yoki qiz bolaligini aytilsin.
Chunki guruhlarni alohida qilamiz.

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

28 Oct, 03:00


Live stream scheduled for

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

27 Oct, 18:21


📌

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

27 Oct, 18:20


📌Elon
28.10.2024 sanasining
🇺🇿Soat 08.00 tasxixdan ( quroni toĝri o'qish) imtihoni bo'ladi.

Imtihondan o'tganlarga guruh linki beriladi.

Faqat 100 ta toliba qabul qilinadi.


Imtihon ovozli chatda bolib o'tadi

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

26 Oct, 22:18


Bir-hil amal qilgan ikki shaxsni jannati va jahannami qilgan bu "ixlos" bo'ladi.
Demek bu oddigina bir amal emas ekan. Yodlagan va o'qigan quronimizga qarab huddiki juda a'lo ish qilgandekmiz. Aslida bu amallarimiz qabul bo'layaptimi yoki Alloh amallarimizdan rozimi ?!
Toliba doim, darsdan oldin niyyatini yangilashi va o'ziga u Allohning roziligi uchun Allohni hursand qilishlik uchun u Allohni suyukli bandasi bo'lishlik uchun yodlayotganligini o'ziga eslatishi kerek.

Umm ismail

@SabiquunOnlineMadrasa

"Saabiquun" Online O'zbek madrasasi

26 Oct, 13:00


Qoriyalik kursimiz qabuli yopiq.
Malum vaqtgacha qabuldagi tolibalarni natijaga chiqarish bilan band bo'lamiz.