7.Ko'k choy
Ko‘k choy — yog‘larning "qotili". Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘k choy ekstrakti moddalar almashinuvini tezlashtiradi va vazn tashlashga yordam beradi. Bu choy kayfiyatni yaxshilaydi va ehtimol, antikanserogen xususiyatlarga ega, shuningdek yurak kasalliklarini oldini olishda yordam beradi. Ko‘k choy yulduzlar orasida juda urf bo‘lgan ichimlikdir. U organizmda moddalar almashinuvini 15-20 foizga tezlashtiruvchi katta miqdordagi tabiiy kofeinga ega. Ko‘k choy nafaqat teri ostidagi yog‘larni, balki eng xavfli hisoblangan vistseral - ichki yog‘ni ham osonlikcha yuvadi. Kuniga uch piyola ko‘k choy ichilsa, hatto juda semiz kishilar ham ozadi.
8. Suv
Yangi tadqiqot suv vaznni kamaytirish jarayonini tezlashtirishidan dalolat bermoqda. Germaniyalik olimlar kuniga 500 ml suv ichgan tadqiqot ishtirokchilari kaloriyalarni parchalash tezligini 30 foizga oshirganini aniqlashdi. Suv shuningdek organizmdan tuz va toksinlarni yuvib chiqarib, ishtahani tabiiy so‘ndiruvchi hisoblanadi. Yetarli miqdorda suv ichib, siz shuningdek tashnalikni ochlik sifatida qabul qilishdek xatolarni chetlab o‘tishingiz mumkin.
9. Malina
Malina yog‘larni parchalashga turtki beruvchi meva enzimlariga ega. Yarim soatda iste'mol qilingan yarim stakan malina oshqozonga ko‘p ovqatni o‘zlashtirishga yordam beradi. Bu meva metabolizmni tezlashtiradi. Boz ustiga, 100 gramm malinada atigi 44 kaloriya mavjud.
10. Xantal
Xantal oshqozon suvi sekretsiyasini rag‘batlantiradi va oshqozon-ichak trakti faoliyatini yaxshilaydi.
11. Apelsin
Yog‘larni parchalovchi mahsulotlar albatta qandaydir bemaza narsa bo‘lishi kerak, deb kim aytdi? Bir apelsin 70-90 kaloriya "vazn"ga ega. Asosiysi, bu meva iste'mol qilingandan keyin to‘qlik hissi 4 soatgacha saqlanib qoladi.
12. Bodom
Bodomda mavjud yog‘larning faqat 40 foizi hazm bo‘ladi. Qolgan 60 foizi to‘yinish va ajralishga ulgurmay organizmdan chiqadi, ya'ni bodom to‘yintiradi va bunda o‘zidan keyin keraksiz kaloriyalarni qoldirmaydi.
13. Yerqalampir
Yerqalampir (tarkibida efir moyi bo‘lgan va ovqatga dorivor sifatida ishlatiladigan achchiq o‘simlik) ildizida mavjud fermentlar yog‘larning parchalanishiga olib keladi. Baliq va go‘shtli taomlarga yerqalampir bilan ishlov bering.
14. Loviya
Dukkaklilar — organizmimiz uchun juda zarur bo‘lgan o‘simlik oqsili manbai. Oqsil o‘z-o‘zidan metabolik, bu unga yog‘ hujayralarini ortiqcha qiyinchiliksiz parchalash imkonini beradi. Boshqacha aytganda, oqsil mahsulotlarini o‘zlashtirish uchun organizm ko‘p quvvat sarflaydi, uni esa yog‘ zaxiralaridan oladi. Parhezshunoslar garnir o‘rniga loviya iste'mol qilishni yoki uni salatga qo‘shishni tavsiya qilishadi.
15. Kokos suti
Kokos sutida moddalar almashinuvini tezlashtiruvchi yog‘lar mavjud.
16. Ananas
Ananas yaqin vaqtgacha yog‘larni faol parchalovchi va ortiqcha vaznga qarshi kurashda yordam beruvchi mahsulotlarda keng reklama qilingan bromelayn fermentiga ega. Afsuski, olimlar uning oshqozon shirasi ta'siri ostida o‘z fermentativ xususiyatlarini yo‘qotishini aniqlashdi. Shunday bo‘lsa-da, ananas ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va ochlik hissini muvaffaqiyatli kamaytiradi.
17. Papayya
Papayya lipidlarga ta'sir qiluvchi va oqsillarni ajratuvchi fermentlarga ega. Biroq papayya parhezida o‘tirishdan ma'no yo‘q, chunki fermentlar organizmga tushganidan 2-3 soat o‘tib o‘z faolligini yo‘qotadi. Istalgan ta'sirga erishish uchun papayyani bevosita taom iste'mol qilishdan avval, ovqat vaqtida yoki undan keyin yeyish kerak.
Davomi:👇
https://t.me/soglombulayli
https://t.me/soglombulayli