Men Talaba @mentalaba_uz Channel on Telegram

Men Talaba

@mentalaba_uz


🎓 MenTalaba.uz - orzuingizdagi universitet talabasi bo’ling!

👇 Hujjat topshirish sayohatingizni boshlang
🌐 https://mentalaba.uz

Aloqa markazi: +998781132083
Telegram: @mentalaba_help

Men Talaba (Uzbek)

MenTalaba.uz kanali sizga universitet talabasi bo'lganlikdagi yordam beradi. Bu kanal orqali siz hujjat topshirishda yordam olishingiz mumkin. MenTalaba.uz platformasida uniwersitet talabalariga yo'naltirilgan maslahatlar, yordam va qo'llab quvvatlash usullari mavjud. Agar sizning orzuingizda yoki savollaringizda muammosi bo'lsa, bu kanal siz uchun. nnBu platformada siz universitet hayoti haqida eng so'nggi yangiliklarni ham o'qishingiz mumkin. Sizga yordam beringan bo'yni sardan olib, talaba hayotingizni qulayroq qilishda yordam beriladi. nnMenTalaba.uz kanalida aloqa markazi orqali siz istalgan vaqtga murojaat qilishingiz mumkin. Sizning savollaringiz va muammolaringizga tezda javob olishingizga yordam beriladi. nnSizga yordam berish uchun, www.mentalaba.uz saytiga murojaat qilishingiz yoki Telegram orqali @mentalaba_help nomeriga murojaat qilishingiz mumkin. nnMenTalaba.uz - Sizning universitet hayotingizni yaxshilaydigan yordam kanali!

Men Talaba

21 Nov, 12:00


📣 Milliy gvardiya xodimi bo'lish uchun qayerda o'qish kerak?

👮‍♀️ Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.

1️⃣ - bosqich:
Yoshlar o‘zlarining yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarga ariza bilan, harbiy xizmatchilar tarkibidagi nomzodlar o‘z xizmat o‘tash joyiga bildirgi bilan murojaat qiladi. Nomzodlardan arizalar (bildirgilar) qabul yilining 1-fevralidan 1-apreligacha qabul qilinadi.

2️⃣ - bosqich:
Nomzodlarni dastlabki tanlash o'tkaziladi. Bu 2 turda bo'ladi.
1- hujjatlar o'rganiladi, suhbat, tibbiy ko'rik,
2- individual-psixologik o‘rganish, jismoniy tayyorgarlikni ko'rish, takror tibbiy ko'rik bo'ladi.

3️⃣ - bosqich:
Bunda hujjatlar ko'riladi, nomzod bilan AKT savodxonligi bo'yicha suhbat, diktant o'tkaziladi.

4️⃣ - bosqich:
Test.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

21 Nov, 09:11


📣 Ikkinchi mutaxassislik nima?

2️⃣ MUTAXASSISLIK — Oliy ma’lumotga ega abituriyentning yana bir oliy ma’lumot olish uchun o‘qishi.

Bunda abituriyent imtihondan o'tsa, to‘lov-kontrakt asosida 2-kursdan o‘qiydi.
Ya’ni 2-mutaxassislik bilan kirgan talabalar boshqalardan bir yil kamroq o‘qiydi.

❗️Imtihon qanday bo‘ladi?

🏛 Hamma OTMlari 2-mutaxassislik uchun imtihon qanday bo‘lishini, baholash mezonlarini o‘zi tanlaydi. Bu degani 2-mutaxassislik uchun imtihon suhbat orqali bo‘lishi ham mumkin va kirish imtihoniga qaraganda imkoniyat ko‘proq bo‘ladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

21 Nov, 06:01


📣 "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" onlayn olimpiadasi

🇸🇱 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.

🗂 Olimpiadada 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin.

8-sinf o‘quvchilari uchun - 5️⃣-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 6️⃣-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 7️⃣-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 8️⃣-dekabr kunlari,

Soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin.

20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar onlayn olimpiada yakuniga yetgach 1 kundan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

📌 Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn

❗️ Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

20 Nov, 12:00


📣 O‘qiganni xotirada qanday saqlab qolish imkoningiz borligi haqida bilasizmi?

Afsuski abituriyentlar, talabalar o‘qilgan kitobni o‘qiganda ma’lumotlarni eslab qolish qiyin. Bu parishonxotirlik emas, tabiiy jarayon. Mutolaa xotirada saqlanishi uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin.

Mutolaa jarayonida: Mutolaaning har 20 daqiqasidan keyin pauza qilgan holda «o‘qiganimdan nimalarni tushundim?» degan savolga javob berish kerak. Eng muhim nuqtalarni xayoldan o‘tkazish, imkoni bo‘lsa, kitob chetiga belgi qo‘yish mumkin. Mutolaaning keyingi kunlari: Bunda seriallarda qo‘llaniladigan algoritmdan foydalanish mumkin. Ya’ni serialning yangi seriyasini boshlashdan avval kechagi seriyada nima bo‘lgani qisqa lavhalar bilan ko‘rsatib o‘tiladi.
Mutolaa yakunlangach: O‘qib qabul qilingan ma’lumotni amaliyotda qo‘llashni tezroq boshlash kerak.

Batafsil: 👉 HAVOLA 👈 o'tib tanishing!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

20 Nov, 09:00


📣 Ona tili va adabiyoti: Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
ommaviy axborot vositalari faoliyati jarayonlarida;
davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;
O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
idora mudiri;
metodist;
arxiv xodimi;
axborot-resusr markazlari xodimi;
metodist-maslahatchilar;
nashriyotlar va ommaviy axborot vositalarining muharriri va korrektori;
nodavlat notijorat uyushmalari va boshqa tashkilotlar hodimi

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

20 Nov, 06:01


Men Talaba pinned «»

Men Talaba

20 Nov, 06:00


📣 "Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlaganlarga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi

Prezidentning tegishli (PQ-393-son, 15.11.2024) qaroriga ko‘ra, har bir tuman (shahar)da bitta umumiy oʻrta taʼlim maktabi negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

“Jasorat maktablari”da:
matematika, CHQBT, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili, fizika fanlari chuqurlashtirilgan holda oʻqitiladi;
oʻqish uchun oʻquvchilarni saralash 5-sinfdan boshlab amalga oshiriladi;
robototexnika, kelajak oʻyinlari, tibbiy tayyorgarlik, huquqiy savodxonlik, milliy sport oʻyinlari kabi toʻgarak mashgʻulotlari oʻtkaziladi;
oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda amaliy mashgʻulotlar olib boriladi.

❗️2026/2027 oʻquv yilidan boshlab “Jasorat maktabi”ni aʼlo baholar bilan tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

19 Nov, 09:10


Xususiy universitet - NORDIK Prezident e'tirofida

Yaqinda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan COP29 sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Finlandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu uchrashuvda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston bugun mutlaqo yangilangani, maktablarimizda fin ta'lim tajribalari keng qo‘llanilayotgani, Nordik universiteti ochilgani va unda 7500 nafar talaba ta'lim olayotganini faxr bilan tilga olganida janob Stubb juda quvondi.

Shaxsan Prezident xususiy Nordik universitetini e'tirof etishi juda ham quvonarli holat va nodavlat ta'lim muassasalariga farvater sifatida katta ishonch belgisidir.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

19 Nov, 06:00


📣 O’qituvchi kech qolgan talabani darsga kirtimaslikka haqlimi?

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘qish dasturlarini ta’lim tashkilotlari joriy etishi belgilangan.

📚 O‘quv rejasida, qoida tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, muddati va davriyligi, o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestatsiya, ajratilgan haftalar soni, o‘rganiladigan fanlar va ularga ajratilgan soatlar hamda boshqa zarur parametrlar aks ettiriladi.

Qonundan ko‘rinib turibdiki, ichki tartib-qoidalarni va dars vaqtlarini oliy ta’lim muassasalarining o‘zi belgilaydi.

Demak darsga kiritish yoki kiritmaslik, davomat masalalari har bir oliy ta’lim muassasalarida ichki qoidalarga asosan amalga oshiriladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

18 Nov, 12:00


📣 Hemisda darsga kechikib kelgan va sababsiz dars qoldirgan talabaga “nb” qo‘yiladi

Talaba betob bo‘lsa, qoldirgan darsi uchun tibbiy punktdan 0,96 forma shaklida ma’lumotnoma taqdim etishi lozim.

Darsga kech qolgan talaba esa tushuntirish xati orqali tizim mutaxassisiga “nb”sini tuzattiradi.

Tizimdan yetarlicha ball to‘play olmagan talaba yakuniy nazorat imtihonlariga kiritilmaydi.

Hemis tizimi 100 ballik sistemaga moslashtirilgan bo‘lib, har bir fandan talaba yiqqan ballarni semestr oxirida hisoblab beradi.

Har bir bajarilgan mustaqil ish mavzusiga 20 balldan beriladi.

Yakuniy nazorat imtihoniga kirishi uchun talaba 24 balldan 40 ballgacha to‘plashi zarur, qolgan 60 ballni yakuniy nazorat imtihonidan to‘playdi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

18 Nov, 09:00


📣 BUXGALTERIYA hisobi va AUDIT yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

🎓 Ushbu bakalavriat yo‘nalishi buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishi o‘z ichiga davlat va xususiy tashkilotlar, xususan, aksiyadorlik jamiyatlari, moliyaviy tashkilotlar, auditorlik muassasalari, autsorsing xizmatlari, sug‘urta, soliq va bank tashkilotlari uchun mutaxassislar tayyorlaydi.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:
Hisobchi-buxgalterlik;
Auditorlik faoliyati;
Ilmiy-tadqiqot faoliyati;
Iqtisodiy hisob-kitob;
Autsorsing faoliyati va boshqalar.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

17 Nov, 05:45


📣 Barchangizni bugungi 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz!

🎓 Talabalik umrning beg‘ubor fasli, katta hayot sari qadam qo‘yish ostonasi, ulkan orzu-umidlar davri ekanligini his qilgan holda yangi maqsadlar sari harakat qilishingizga tilakdoshmiz.

🎓 Hurmat bilan Mentalaba.uz jamoasi!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

16 Nov, 12:00


📣 Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva Kitob olami majmuasida yoshlar uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va uning atrofidagi tashabbuskor yoshlarning loyihalari bilan tanishib, ularni qo‘llab-quvvatlashini hamda doimo kuzatib borishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida talaba-yoshlarning fikrlari va takliflariga alohida eʼtibor qaratilib, ularni hayotga tatbiq etish hamda kelajakda qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq va samimiy muloqotlar anʼanaga aylanib, muntazam davom ettirilishi qayd etildi.

Milliondan ortiq talabaning muammolari, tashabbuslari va takliflarini eshitish uchun bunday muloqot platformasi juda zarur edi. Buning uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Saida Mirziyoyevaga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

16 Nov, 05:00


📣 STRESS olmaslik uchun qanday tarzda o'qish-o‘rganish kerak?

🔥 Ko‘p o‘qish stressga sabab bo‘lishi, sizni charchatib qo‘yishi mumkin. Ham ko‘proq o‘qing, ham stresslarni chetlab o‘ting:

🎈 Erisha oladigan maqsadlarni oldingizga qo‘ying. O‘z potensialingizni bilasiz, lekin o‘zingiz qo‘lingizdan kelganidan ham ko‘prog‘ini o‘zingizdan talab qilmang.

👨‍💻 Keragidan ortiq narsani o‘zlashtirish uchun qisqa muddatlar qo‘ymang. Qancha muddatda qancha bilimni o‘zlashtirish mumkinligini belgilab olib, shunga amal qilgan holda o‘qing.

📚 Eng muhim manbalarni birinchi o‘rinda o‘zlashtirishga, unchalik muhim bo‘lmaganlarini keyingi o‘rinda o‘qishga harakat qiling.

👀 Diqqatingizni to'liq jamlashni o‘rganing. Bir narsani o‘qiyotganda oldingi va keyingi voqealar haqida o‘ylamay, faqat o‘qishga harakat qiling.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

15 Nov, 12:00


📣 IQTISODIYOT ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Davlat moliya boshqaruvchisi;
korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
bank xodimi;
bank hisobchisi va auditor buxgalter;
byudjet hisobchisi menejeri.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram

Men Talaba

15 Nov, 09:00


📣 Uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar 19-noyabr kuni attestatsiyadan oʻtkaziladi

Joriy yilning 29-oktabridan boshlab Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

🏛 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda pedagog kadrlar attestatsiyaning biror bosqichida uzrli sabab (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslar)ga koʻra ishtirok eta olmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, uzrli sabablarga koʻra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun joriy yilning 19-noyabr kuni attestatsiya sinovlari oʻtkaziladi.

📌 Ushbu pedagoglar malaka (test) sinovlarida ishtirok etishlari uchun vazirlikning hududiy boshqarmalarida tashkil etilgan Ishchi guruhlarga yuqorida keltirilgan sabablardan birini asos qilgan holda ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

❗️ Malaka (test) sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

Sayt | Telegram | Telegram bot | Instagram