QIZIQARLI XARITA @qiziqarli_xarita Channel on Telegram

QIZIQARLI XARITA

@qiziqarli_xarita


Geografiya va tarix kitoblarida yozilmagan turli faktlar, raqamlar va statistik ma‘lumotlar xaritalar bilan birga taqdim etiladi

Боғланиш учун @XaritaAloqa_Bot

QIZIQARLI XARITA (Uzbek)

QIZIQARLI XARITA kanalimiz sizga geografiya va tarix kitoblarida yozilmagan turli faktlar, raqamlar va statistik ma‘lumotlar xaritalar bilan birga taqdim etadi. Bu kanalda dunyodagi unikal ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin, yangi bilimlar o'rganishingiz, dunyo mamlakatlarini va ularning tabiiy resurslarini o'rganishingiz mumkin. Sizga dunyo geografiyasi va tarixi boyicha zamonaviy ma'lumotlar, o'zgaruvchanliklar va yangiliklar taqdim etiladi. Agar siz ham bu qiziqarli dunyo bilimlarini o'rganishni istasangiz, bizning QIZIQARLI XARITA kanaliga obuna bo'ling! Bo'lgan maqolalarimizni o'qishingizdan oldin, xaritalar orqali dunyo haqida yangi narsalarni o'rganishingizda sizga yordam beradi. Biz bilan birga dunyo tarixi va geografiyasi haqida ajoyib va qiziqarli ma'lumotlar bilib chiqing! Agar sizga boshqa savollar bo'lsa yoki kanalimiz haqida ko'proq ma'lumot olishni xohlasangiz, @XaritaAloqa_Bot orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.

QIZIQARLI XARITA

22 Mar, 05:57


Osiyoning topografik xaritasi. Bo‘rtma joylar tog‘lar.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

21 Mar, 05:00


Ushbu xaritada har bir qit‘adagi sayyohlar ko‘p boradigan davlar ko‘rsatilgan. O‘zbekiston hali bularga yaqinlashishiga ko‘o‘o‘p yillar kerak.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

20 Mar, 09:00


Ushbu xaritada Yevropa davlatlarida poyezdlarning eng yuqori tezligi qanchaligi ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

20 Mar, 06:01


Yevropa qit‘asida joylashgan Niderlandiya hududi juda kichik. Niderlandlar o‘zlariga tegishli yerning bir qismini dengizdan tortib olishgan. Yuqoridagi xaritada niderlandiyaliklar qancha yerni dengizdan tortib olgani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

16 Mar, 07:00


Ushbu xaritada dunyodagi yadro qurollarga ega davlatlarda qancha yadro kallaklar borligi ko‘rsatilgan

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

14 Mar, 11:00


So‘nggi paytlarda Moldaviyaning bir qismi bo‘lgan, biroq Kishinyovga bo‘ysunmasdan Rossiya ta‘siri ostida qolayotgan Dnestrbo‘yi o‘lkasi haqida ko‘p xabarlar chiqayapti.

Bu o‘lka urush boshlangancha Rossiyadan yordam olardi. Urush boshlangach yordam to‘xtab qoldi. Chunki Moldova va Ukraina o‘rtasida joylashgan o‘lkaga Rossiya na quruqlikdan, na havodan yordam bera olmaydi.

Ana shu joyda Rossiya 2022 yil 24 fevral kuni Donetsk yo‘nalshida emas, balki Ukrainaning Qora dengiz sohillariga tutash hududlariga hujum boshlagani oydinlashadi.

Rossiya bu ishdan 2ta maqsadni ko‘zlagan. Birinchisi Ukrainani Qora dengizga umuman chiqa olmaydigan qilish. Ikkinchidan Odessani ham qo‘lga kiritib Rossiya chegaralarini Dnestrbo‘yi o‘lkasiga olib borib tutashtirish.

Agar bu ish amalga oshganda Rossiya Ukrainani 3 tomonini o‘rab olardi. Biroq reja amalga oshmadi va Rossiya armiyasi Xersonni olgach Nikolayev shahri yaqinida to‘xratib qolindi. Keyinroq Xersondan ham quvildi.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

14 Mar, 07:25


Ushbu xaritada Kanada ko‘rsatilgan. Bu davlat aholisining yarmi xaritadagi qizil bilan belgilangan joyda, qolgan yarmi ko‘k bilan belgilangan joyda yashaydi.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

13 Mar, 05:00


Dunyodagi eng kuchli pasport qaysi davlatga tegishli? Birinchi o‘rinda Yaponiya va Singapur joylashgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

12 Mar, 11:00


Ikkinchi jahon so‘ngida Yaponiya 🇯🇵 ham taslim bo‘ladi. Shundan so‘ng ittifoqchilar Kunchiqar yurtni taqsimlab olmoqchi bo‘lishadi. Yuqoridagi xaritada ittifoqchilar Yaponiyani qay tarzda taqsimlab olmoqchi bo‘lgani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

12 Mar, 05:00


Garchi Yevropa davlatlari yuksak taraqqiyotga ega bo‘lib ulgurgan bo‘lsa ham bu qit‘ada jinoyatchilik yetarlicha bor. Ayniqsa avtomobil o‘g‘irlash keng tarqalgan.

O‘g‘irlangan avtomobillarni nima qilishadi deysizmi? Sharqiy Yevropa davlatlari orqali sobiq ittifoq respublikalariga yuboriladi. O‘z davrida Rossiya, Ukraina, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga ham ko‘plab o‘g‘irlangan mashinalarni olib kelib sotishgan.

Yuqoridagi xaritada Yevropaning turli davlatlarida har 100 ming kishiga nechta avtomobil o‘g‘irlanishi ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

11 Mar, 14:42


Ushbu xaritada Afrika qit‘asidagi eng yirik iqtisodiyotga ega davlatlar ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:


👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

10 Mar, 06:10


#Bilasizmi

Avstraliya konstitutsiyasiga ko‘ra mamlakat poytaxti Yangi Uels shtatida, Sidneydan 100 mil uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak.

Konstitutsiyada bunday modda kiritilishiga bir paytlar Sidney va Melburn shaharlari poytaxt bo‘lish uchun raqobat olib borgani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng poytaxtni ikki shahardan biriga bermay konstitutsiyada belgilan hududda yangi shahar — Kanberra tiklangan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

09 Mar, 15:20


Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiya ham Germaniyadan kam joyni bosib olmagan. Yuqoridagi xaritada 1945 yil 15 avgust kuni Yaponiya taslim bo‘lguncha Osiyoning qancha qismiga egalik qilgani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

08 Mar, 11:00


Ushbu xaritada Yevropa qit‘asining qaysi davlatlarida yadro qurollari joylashtirilgani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

08 Mar, 05:00


Ushbu xaritada 1799 yilda Xitoyda chizilgan xarita ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

07 Mar, 11:00


Ushbu xaritada Rim imperiyasida zarb etilgan tangalar topilgan joylar ko‘rsatilgan. E'tibor berib qarasangiz ular O‘zbekiston hududidan ham topilganini ko‘radiz.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

07 Mar, 05:00


Zilzilalar nega sodir bo‘lishini bilasizmi? Yer yuzi tektonik bo‘laklardan (platolardan) iborat va Xudoning qudrati bilan turli sabablarga ko‘ra bo‘laklar ba‘zida siljiydi. Ana shunda zilzila sodir bo‘ladi. Yuqoridagi xaritada Yer yuzidagi tektonik yoriqlarning chegarasi ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

06 Mar, 11:00


Ushbu xaritada dunyodagi turli davlatlarida joylashgan shaharlarning markazlari qanday reja asosida tiklangani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

06 Mar, 05:00


Ushbu xaritada Ikkinchi jahon urushida qaysi davlat qancha odam yo‘qotgani ko‘rsatilgan.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita

QIZIQARLI XARITA

05 Mar, 14:54


Ushbu xaritada qizil chiziq bilan ko‘rsatilgan joy Indoneziyadagi Yava oroli.

Mazkur orolda 150 million atrofida odam yashaydi va u Yer yuzidagi odamlar eng tiqilinch yashaydigan hudud hisoblanadi.

▶️ Kanalga obuna bo‘ling:

👉 @Qiziqarli_xarita