QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI @qashqadaryopensiya Channel on Telegram

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

@qashqadaryopensiya


BUDJETDAN TASHQARI PENSIYA JAMG'ARMASI QASHQADARYO VILOYATI BOSHQARMASI

Ishonch telefoni— 1271

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI (Uzbek)

Qashqadaryo Pensiya Jamg'armasi kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal Qashqadaryo viloyatining budjetdan tashqari pensiya jamg'armasi boshqarmasiga oid ma'lumotlar va yangiliklar bilan to'ldirilgan. Agar siz pensiya bo'yicha so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishni xohlaysiz, ishonch telefonini 1271 raqami orqali qo'ng'iroq qilib olishingiz mumkin. Bu kanal orqali siz Qashqadaryo viloyatining pensiya jamg'armasi boshqarmasining faoliyatiga oid eng muhim yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Ushbu maqsadga erishish uchun, kanalga obuna bo'ling va eng so'nggi va foydali ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

24 Nov, 01:56


"QASHQADARYO AXBOROTI" 

Mirishkorda Pensiya boshqarmasi boshlig'i Alisher Rajabov boshchiligida sayyor qabul o'tkazildi

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

23 Nov, 06:02


Boquvchisini yo‘qotganlik sababli pensiya olayotgan ayol kishi yangi nikohdan o‘tsa pensiyasi to‘xtatiladimi?

  🔹Qonunchilikka muvofiq, ayol kishi turmush o‘rtog‘i vafot etgan bo‘lsa va u boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olib kelayotgan vaqtda yangi nikohdan o‘tgan taqdirda ham pensiya to‘lanishi saqlanib qoladi.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

22 Nov, 04:23


Jamg'arib boriladigan pensiyani meros tariqasida olish mumkinmi?

Qonunchilikka ko'ra, fuqarolar jamg'arib boriladigan pensiya to'lovlarini davlat pensiyasiga bo'lgan huquq (umumiy asosda ayollar 55 yoshga, erkaklar 60 yoshga to'lganda) yuzaga kelgan taqdirda olishlari mumkin.

⚠️ Fuqaro vafot etgan taqdirda, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar merosga o'tadi va merosxo'rga bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

📌 Fuqaro O'zbekiston hududidan tashqariga doimiy yashashga chiqib ketayotgan bo'lsa, shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvarag'ida jamg'arilgan mablag'lar bir yo'la to'la hajmda to'lanadi.

☎️Murojaat uchun telefon: 787710457

🇺🇿 telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

21 Nov, 12:23


#Xushxabar

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan davlat tashkilotlari xodimlaridan iborat jamoalar o’rtasida “Bilimlar bellashuvi” tashkil etildi.

🔹Mazkur bellashuvda budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining “Voha” jamoasi faxrli 1️⃣-o’rinni qo’lga kiritdi.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉
telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

21 Nov, 04:12


Ishonchnoma bilan pensiyaga chiqish uchun ariza berish mumkinmi?

Qonunchilikka ko‘ra, pensiya yoshiga yetgan fuqaro pensiya tayinlanishini so‘rab o‘zi murojaat qilishi mumkin.

❗️Ishonchnoma bilan pensiya tayinlanishi mumkin emas.

Agar fuqaro pensiya yoshiga yetganda chet elda bo‘lib qolsa, pensiya tayinlashni so‘rab onlayn murojaat qilishi yoki pochta orqali pensiya tayinlanishi uchun ariza yuborish huquqiga ega.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉
telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

20 Nov, 15:02


Президент: "Ислоҳотларимиз шиддатини пасайтирмасдан, ижтимоий, иқтисодий ва сиёсий ҳаётимиздаги ўзгаришларни жадал давом эттирсак, 2030 йилга бориб иқтисодиётимиз ҳажмини 200 миллиард долларга етказа олишимизга ишонаман"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

20 Nov, 13:19


Mirishkor tumanida aholi manfaatlari uchun sayyor qabul bo'lib o'tdi

Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Alisher Rajabov tomonidan aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning murojaatlarida bayon etilgan masalalarni tezkorlik bilan joyida hal etish maqsadida Mirishkor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Unda tumanning Jeynov, Shirin, Baraka va Chandir mahallaridan kelgan 40 dan ziyod fuqarolar ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda Davlat pensiyalarini tayinlash, to‘lash, qayta hisoblash,  hamda talab etiladigan ish staji va hujjatlari yuzasidan berilgan savollarga tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, fuqarolarga o‘zini-o‘zi band qilish orqali ish stajiga ega bo‘lish afzalliklari haqida keng ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, qabulda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. 

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

👉 telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

20 Nov, 07:51


#LIVE

Ayni paytda Budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Alisher Rajabov tomonidan Mirishkor tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazilmoqda

☎️Murojaat uchun telefon: 787710457


Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook

QASHQADARYO PENSIYA JAMG'ARMASI

20 Nov, 05:08


Nogironlik pensiyasidan yoshga doir pensiyaga o‘tkazish uchun ariza berilganda, ariza necha kunda ko‘rib chiqiladi?

Qonunchilikka muvofiq, pensiyaning bir turidan pensiyaning boshqa turiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan 10 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

☎️ Murojaat uchun aloqa raqami: 787710457

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling

👉 telegram | instagram | facebook