ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI @isft_ks Channel on Telegram

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

@isft_ks


ISFT instituti talabalarini kompyuter savodxonligini oshirish uchun ochilgan kanal.
Savol va takliflar uchun: @uz_super_admin
YouTube: youtube.com/@isft_ks
Instagram: instagram.com/isft_ks

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI (Uzbek)

ISFT kompyuter savodxonligi talabalar uchun ochilgan Telegram kanali bo'lib, kompyuter fanatlariga eng so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar taqdim etadi. Bu kanalda kompyuter savodxonligi sohasidagi yangiliklardan ham ma'lumotlar olishingiz mumkin. Kanalda, ISFT instituti talabalariga kompyuter savodxonligi bo'yicha darslar, kurslar va ko'p yoki malumotlar jamlangan. Agar siz talabasiz yoki bu soha bilan qiziqishingizni kuchaytirishni xohlaysiz, @isft_ks kanaliga obuna bo'lishni unutmang. Kanalda sizga qiziqarli va foydali kontentlar eng yangi xabarlar bilan taqdim etiladi. Agar savollaringiz yoki takliflaringiz bo'lsa, @uz_super_admin ga yozing. Aynan shu orqali o'zingizga kerakli ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Yangiliklar va darslar o'rganish uchun @isft_ks kanaliga obuna bo'ling, ishtirok eting va kompyuter savodxonligi sohasida rivojlaning!

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

07 Feb, 07:09


#qiziqarli

🌐 ASCII Converter - istalgan tasvirni ASCII jadvalidagi belgilarga aylantirish imkonini beruvchi vosita!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

06 Feb, 04:58


⌨️ Kompyuterdan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

1️⃣ Xavfsizlik🛡
🔺Kuchli parollar ishlating va ularni hech kimga oshkor qilmang.
🔺Antivirus dasturlaridan foydalaning.
🔺Shubhali fayllarni yuklab olmang va noma’lum havolalarga bosmang.
2️⃣ Tizim va dasturlarni himoya qilish
🔺Muhim fayllarni zaxiralashni odat qiling.
🔺Foydalanmaydigan dasturlarni o‘chirib tashlang.
🔺Ishlab turgan dasturlarni to‘g‘ri yopish orqali ma’lumot yo‘qolishining oldini oling.
3️⃣ Ma’lumotlarni to‘g‘ri boshqarish
🔺Fayllarni tartibli saqlang va kerakli joyga joylashtiring.
🔺USB qurilmalarni ulashdan oldin ularni virusga tekshiring.
🔺Keraksiz ma’lumotlarni vaqtida o‘chirib turing.
4️⃣ Ishlash qulayligi va sog‘liqni saqlash
🔺Monitorni ko‘zdan 50-70 sm uzoqlikda joylashtiring.
🔺Har 30-40 daqiqada ko‘z va qo‘llar uchun mashqlar bajaring.
🔺To‘g‘ri o‘tirish qoidalariga rioya qiling.
5️⃣ Internet madaniyati
🔺Ish joyida shaxsiy maqsadlarda kompyuterdan foydalanmang.
🔺Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qiling.
🔺Spam va firibgarlik xabarlarga aldanmang.

✔️ Ushbu qoidalarga rioya qilish kompyuter bilan samarali va xavfsiz ishlashga yordam beradi!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

05 Feb, 06:05


Internet 🌐 qanday ishlashini bilasizmi

WWW nima
Internet kimga tegishli
O'zbekistonni internet bilan ta'minlovchi korxona haqida ma'lumotga egamisiz

Unda 10 daqiqa vaqt ajrating va internet haqidagi tasavvuringizni oshiring

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

04 Feb, 09:50


#word #mohirlik

Microsoft Word dasturida ishlash jarayonida so'zlar ostiga chiziladigan qizil to‘lqinsimon chiziqlar sizga yoqmaydimi

❗️Unda diqqat qiling va o'rganib oling❗️

1️⃣ "Файл" (File) menyusiga kiring.
2️⃣ "Параметры" (Options) tugmachasini bosing.
3️⃣ Chap tomondan "Правописание" (Proofing) bo‘limini tanlang.
4️⃣ "При исправлении правописания в Word" qismida quyidagilarni o‘chirib qo‘ying:
"Автоматически проверять орфографию" (Check spelling as you type)
"Помечать грамматические ошибки при вводе" (Mark grammar errors as you type)
5️⃣ "ОК" tugmachasini bosing.

Agar barcha avtomatik to'g'irlashlarni o'chirib qo'ymoqchi bo'lsangiz❗️

1️⃣ "Файл" → "Параметры" → "Правописание" bo‘limiga o‘ting.
2️⃣ "При исправлении правописания в Word" bo‘limida barcha variantlarni o‘chirib qo‘ying.
3️⃣ "ОК" ni bosing.

⭐️ Bu sozlamalar qizil to‘lqinsimon chiziqlarni butunlay o‘chiradi. Agar keyinchalik qayta yoqmoqchi bo‘lsangiz, xuddi shu joydan yana yoqishingiz mumkin.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

03 Feb, 06:23


📱 Kompyuterda Google Chrome brouzeridan foydalanasizmi

Unda quyidagi tugmalar kombinatsiyasini o'rganib oling:

Yangi varaqa va oynalar uchun:

Ctrl + T
: Yangi varaqa ochish
Ctrl + N: Yangi oynani ochish

Varaqani yopish va qayta ochish:

Ctrl + W yoki Ctrl + F4: Joriy varaqani yopish.
Ctrl + Shift + T: Oxirgi yopilgan varaqani qayta ochish.

Varaqalar o‘rtasida o‘tish:

Ctrl + Tab: Keyingi varaqaga o‘tish.
Ctrl + Shift + Tab: Oldingi varaqaga o‘tish.
Ctrl + 1, 2, …, 8: Mos ravishda tegishli raqamdagi varaqaga o‘tish.
Ctrl + 9: Oxirgi varaqaga o‘tish

Sahifani yangilash va to‘xtatish:

F5 yoki Ctrl + R: Sahifani yangilash.
Ctrl + Shift + R: Keshlanmagan holda sahifani yangilash.
Esc: Sahifa yuklanishini to‘xtatish.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

01 Feb, 07:13


Kredit tarixini cheklashni bilasizmi

Xo'sh nega bunday qilishimiz zarur:

Maxfiylik – Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
Firibgarlikning oldini olish – Noqonuniy kredit olish xavfini kamaytirish
Huquqlarni himoya qilish – Kredit oluvchi ma’lumotlari ustidan nazorat o‘rnatishi uchun

Izoh: Bu xizmat my.gov orqali amalga oshiriladi va 11340 so'mni tashkil etadi.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

30 Jan, 08:03


💖 Telegramda matn formatlashning bir necha usuli bor. Ko‘pchilik bilmaydigan, ammo foydali bo‘lgan imkoniyatlar 👆
Izoh: Ushbu formatlash usullari shaxsiy xabarlarda, guruhlarda va kanallarda ishlaydi.

Matnga havola qo‘shish
Agar matn ichida havola joylashtirmoqchi bo‘lsangiz:
📌 Markdown usuli: [Matn](https://example.com)
📌 HTML usuli: <a href="https://example.com">Matn</a>
Izoh: HTML format faqat botlar va ba'zi maxsus holatlarda ishlaydi.

Spoiler (yashirin matn)
🔒 Yashirin matn yaratish uchun:| |Matn || Natija: Matn
👀 Foydalanuvchi ustiga bosmaguncha, matn ko‘rinmaydi.

Tepadagi yoki pastdagi kichik harflar
📍 Superscript (tepaga kichik harflar) → 2^10^ → 2¹⁰
📍 Subscript (pastga kichik harflar) → H~2~O → H₂O

Yangi satrdan yozish
Telegramda oddiy "Enter" bosish yangi qatorga o‘tmaydi. Lekin:
Shift + Enter → Yangi qator
Ctrl + Enter → Yangi qator (ba'zi qurilmalarda)

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

28 Jan, 07:25


🇨🇳Xitoyliklar yangi sun'iy intellekt asosida ishlovchi chat tizimni ishga tushirdi. Ushbu tizim 🇺🇸AQSHning ChatGPT tizimiga raqobatchi sifatida chiqarilgan.

Taqqoslash uchun ChatGPT bu tizim haqida hali ma'lumotga ega emas, lekin DeepSeek ChatGPT tizimi haqida ma'lumotlarga ega va undan ba'zi ustun jihatlari borligini aytmoqda o'zi 🧐

Foydalanib ko'ring: deepseek.com

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

27 Jan, 05:56


🔎 Mikroskop ostida telefon qanday ko'rinishga ega...

🌟 Shubhasiz, siz ovqatlanishingizga e'tibor berishingiz kerak.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

24 Jan, 10:40


⚡️Biror kerakli kitobni o'qishingiz kerak ammo u o'zbek tilida emas. Endi muomo emas, istalgan tildagi kitobni o'zbekchaga o'girib beradigan sayt bor.

Ingliz tilida bo'ladimi, rus tilida bo'ladimi farqi yo'q siz uni istalgan tildan istalgan tilga tarjima qilsangiz bo'ladi.

Sayt manzili: translate.yandex

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

23 Jan, 06:02


#tarix

💻1943-yil Jon Mochli va Presper Ekkert tomonidan ENIAK (Electronical Numirical Integrator and Calculator – elektron raqamli jamlagich va hisoblagich) deb nomlangan kompyuter yaratish ishlari boshlab yuborildi va 1945 yil bu kompyuter ishga tushirildi. Bu kompyuter butkul elektron va magnit qurilmalarda yaratilgan birinchi kompyuter bo‘lib, bunday kompyuterlar keyinchalik kompyuterlarning birinchi avlodi deb atala boshlandi.

💡ENIAK 18000 ta elektron lampa trioddan va bir necha mingta relelardan yasalgan bo‘lib, 300 kvadrat metrdan kattaroq yuzaga ega xonaga joylangan edi. Uning lampalari tez qizib ketar va ishdan chiqar edi. Shu sababli bu kompyuter bir necha minut ishlab to‘xtab qolar edi. Bundan tashqari, bu kompyuterni dasturlash uchun turli registrlar bir-biri bilan simlar yordamida birlashtirib chiqilar edi. Oradan to‘rt yil o‘tib, kompyuterning xotirasida ma’lumotlar bilan birga dasturlar ham saqlana boshlandi.

🚀Telegram l 👚Instagram l 🎬 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

22 Jan, 06:34


#qiziqarli

Dunyo bo'yicha eng mashhur mobil telefon brendlari (1992-2024)

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

21 Jan, 05:10


⭐️Hozirgi kundagi eng ommalashgan sun'iy intellekt texnologiyalari, o'rganing, foydalaning, ish unumdorligingizni oshiring!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

20 Jan, 06:07


Ushbu oʻquv qoʻllanma foydalanuvchilar Microsot Office dasturining Microsoft Excel
2010
dastur paketini mustaqil ravishda oʻzlashtirishlarida yaqindan yordam beradi

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

18 Jan, 04:43


Qo'lda chizilgan eskizni Adobe Illustrator dasturida yasash

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

17 Jan, 10:13


Kompyuter harid qilmoqchisiz, lekin qaysi firma ishlab chiqargan kompyuter yaxshi ekanligini bilmaysizmi

💻 Ushbu video orqali 1996-2023 gacha qaysi brendlar eng ko'p foydalanganini aniqlab olishingiz mumkin.

❗️Kompyuter tanlashda nafaqat firmaga balki ichki qurilmalarga va nima maqsadda ishlatilishini ham inobatga olgan ma'qul.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

16 Jan, 05:36


2G, 3G, 4G va 5G internet tezliklari o'ztasida qanday farq borligini bilarmidingiz.

EDGE texnologiyasidan foydalangan holda 2G GSM tarmoqlari uchun ma'lumotlarni yuklab olishning o'rtacha tezligi 30-50 kbps ni tashkil qiladi; Evolved HSPA (HSPA+) da 3G UMTS tarmoqlari uchun o‘rtacha tezlik 5-8 Mbit/s; 4G LTE Advanced tarmoqlari uchun o'rtacha tezlik 50 -80 Mbit / s; 5G NR tarmoqlari uchun o'rtacha tezlik 150-200 Mbit / s ni tashkil qiladi.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

14 Jan, 04:51


𝐇𝐮𝐫𝐦𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐕𝐚𝐭𝐚𝐧 𝐡𝐢𝐦𝐨𝐲𝐚𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐢!

𝐒𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢 14-𝐲𝐚𝐧𝐯𝐚𝐫 – 𝐕𝐚𝐭𝐚𝐧 𝐡𝐢𝐦𝐨𝐲𝐚𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐤𝐮𝐧𝐢 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐜𝐡𝐢𝐧 𝐪𝐚𝐥𝐛𝐢𝐦𝐝𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐛𝐫𝐢𝐤𝐥𝐚𝐲𝐦𝐚𝐧!
𝐁𝐮 𝐬𝐚𝐧𝐚 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐪𝐚𝐭 𝐲𝐮𝐫𝐭𝐢𝐦𝐢𝐳 𝐭𝐢𝐧𝐜𝐡𝐥𝐢𝐠𝐢 𝐯𝐚 𝐦𝐮𝐬𝐭𝐚𝐡𝐤𝐚𝐦𝐥𝐢𝐠𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐚'𝐦𝐢𝐧𝐥𝐨𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐞𝐡𝐧𝐚𝐭𝐢𝐧𝐢 𝐞'𝐭𝐢𝐫𝐨𝐟 𝐞𝐭𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐤𝐮𝐧, 𝐛𝐚𝐥𝐤𝐢 𝐡𝐚𝐫 𝐛𝐢𝐫𝐢𝐦𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐕𝐚𝐭𝐚𝐧𝐢𝐦𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐮𝐡𝐚𝐛𝐛𝐚𝐭𝐢𝐦𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐧𝐚𝐝𝐚 𝐦𝐮𝐬𝐭𝐚𝐡𝐤𝐚𝐦𝐥𝐚𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐜𝐡𝐨𝐫𝐥𝐚𝐲𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐛𝐚𝐲𝐫𝐚𝐦𝐝𝐢𝐫.

𝐒𝐢𝐳𝐥𝐚𝐫𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐦𝐚𝐫𝐝𝐥𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐣𝐚𝐬𝐨𝐫𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳, 𝐲𝐮𝐫𝐭 𝐫𝐚𝐯𝐧𝐚𝐪𝐢 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐟𝐢𝐝𝐨𝐲𝐢𝐥𝐢𝐠𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐫 𝐝𝐨𝐢𝐦 𝐲𝐮𝐤𝐬𝐚𝐤 𝐪𝐚𝐝𝐫𝐥𝐚𝐧𝐚𝐝𝐢. 𝐓𝐢𝐧𝐜𝐡𝐥𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐨𝐬𝐨𝐲𝐢𝐬𝐡𝐭𝐚𝐥𝐢𝐤𝐧𝐢 𝐬𝐚𝐪𝐥𝐚𝐬𝐡 𝐲𝐨'𝐥𝐢𝐝𝐚 𝐤𝐨'𝐫𝐬𝐚𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐭𝐨𝐧𝐚𝐭𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐢𝐧𝐧𝐚𝐭𝐝𝐨𝐫𝐦𝐢𝐳.

𝐒𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐯𝐚 𝐨𝐢𝐥𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐬𝐢𝐡𝐚𝐭-𝐬𝐚𝐥𝐨𝐦𝐚𝐭𝐥𝐢𝐤, 𝐛𝐚𝐱𝐭 𝐯𝐚 𝐟𝐚𝐫𝐨𝐯𝐨𝐧𝐥𝐢𝐤, 𝐕𝐚𝐭𝐚𝐧𝐢𝐦𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐞𝐬𝐚 𝐝𝐨𝐢𝐦𝐨 𝐭𝐢𝐧𝐜𝐡𝐥𝐢𝐤 𝐯𝐚 𝐫𝐚𝐯𝐧𝐚𝐪 𝐭𝐢𝐥𝐚𝐲𝐦𝐚𝐧. 𝐘𝐚𝐬𝐡𝐚𝐬𝐢𝐧 𝐕𝐚𝐭𝐚𝐧 𝐡𝐢𝐦𝐨𝐲𝐚𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫𝐢!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

13 Jan, 07:04


Kompyuter uchun mo'ljallangan ba'zi versiyalari

Izoh: CS5 yengilroq versiyasi

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

13 Jan, 06:04


Photoshopda nima qilsa bo'ladi o'zi?

Photoshop – bu Adobe kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan grafik muharriri bo‘lib, rasm va grafikalarni tahrirlash, dizayn yaratish va tasvirlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. U asosan fotosuratlarni retush qilish, qatlamlar bilan ishlash, effektlar qo‘shish va professional grafik dizayn yaratishda keng qo‘llaniladi.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

12 Jan, 17:10


Bepul sun'iy intellekt yordamida taqtimot tayyolash imkoni borligini bilasizmi?

Gamma – bu sun'iy intellekt yordamida taqdimotlar, hujjatlar va veb-saytlar yaratishga mo'ljallangan onlayn platforma. U foydalanuvchilarga dizayn yoki kodlash ko'nikmalarisiz chiroyli va interaktiv kontent yaratish imkonini beradi. Undan foydalanish uchun 👉https://gamma.app/👈 manziliga kiring.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

11 Jan, 09:42


Total Commander – bu fayllarni boshqarish uchun mo‘ljallangan, Windows operatsion tizimida ishlaydigan ko‘p funksiyali dastur. Dastur foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
1. Ikki panel interfeysi: Fayllarni boshqarishni osonlashtiruvchi ikki oyna rejimi (chap va o‘ng panel).
2. Fayllarni ko‘chirish va nusxalash: Oddiy va tezkor fayl operatsiyalari (ko‘chirish, nusxalash, o‘chirish, qayta nomlash).
3. Fayllarni arxivlash: ZIP, RAR, TAR kabi arxiv formatlarini yaratish va o‘qish.
4. FTP mijoz: Masofaviy serverlar bilan ishlash uchun FTP/SFTP ulanishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
5. Kengaytirilgan qidiruv: Fayllarni nomi, hajmi, turi yoki tarkibiga qarab izlash funksiyasi.
6. Plaginlarni qo‘llab-quvvatlash: Qo‘shimcha imkoniyatlar uchun uchinchi tomon plaginlari orqali kengaytirish.
7. Fayllarni ko‘rish: Ichki ko‘rish funksiyasi bilan matnli va grafik fayllarni tezkor ochish.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

10 Jan, 12:07


Kopyuteringizda biror Wi-Fi ga ulanib olgansiz lekin paroli esingizdan chiqdimi unda quyidagi ketma-ketlikni amalga oshiring:

1. "Пуск" menyusini oching va "Панель управления" (Boshqaruv paneli)ni izlang.
2. "Центр управления сетями и общим доступом" (Tarmoq va umumiy foydalanish markazi) ga o‘ting.
3. Hozirda ulanib turgan Wi-Fi tarmog‘ingiz nomini bosing.
4. "Свойства беспроводной сети" (Simsiz tarmoq xususiyatlari) tugmasini tanlang.
5. "Безопасность" (Xavfsizlik) bo‘limiga o‘ting va "Ключ безопасности сети" (Tarmoq xavfsizligi tugmasi) maydonida "Показать символы" (Simvollarni ko'rsatish) opsiyasini yoqing.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

09 Jan, 06:59


Kompyuter uchun mo'ljallangan dastur bo'lib, uning yordami bilan Word yoki PDF formatdagi hujjatlaringizni kitobcha shaklida chiqarish uchun sahifalar ketma-ketligini yaratib beradi.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

06 Jan, 09:11


FileHorse – bu dasturlarni yuklab olishga mo‘ljallangan veb-sayt bo‘lib, Windows va macOS uchun turli dasturiy ta'minotlarni taklif etadi. Ushbu sayt xavfsiz va oson foydalanish imkonini beruvchi platforma sifatida tanilgan.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

16 Dec, 05:28


Qiziqarli taqqoslash: agar siz 10 yil oldin yirik IT kompaniyalarga 100 dollar sarmoya qilganingizda, qancha daromad olgan bo‘lardingiz!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

13 Dec, 12:55


Microsoft Word dasturida ishlash davomida tezligingizni oshirmoqchimisiz, unda ushbu faylda tezkor tugmalar kombinatsiyasini o'rganib oling!

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

03 Oct, 02:01


Yaxshi bir loyiha boshladik qōllab turasiz degan umiddamiz 😊

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

03 Oct, 02:00


https://www.instagram.com/reel/DAjHtqlt8tN/?igsh=cjhjd3M1aGV3bGhy

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

27 Sep, 16:17


⚡️Beeline 18 yoshda shu munosabat bilan barcha abanentlariga bonus e'lon qildi.

Qanchalik ko’p vaqtdan davomida beeline sim kartasidan foydalanayotgan bo’lsangiz, bonus ham shunchalik ko’p bo'ladi!

Bonus hajmi Beeline raqamingizni qancha vaqtdan beri ishlatayotganingizni ko'rsatib turadi. Masalan, agar Beeline'ga 18 yil oldin ulangan bo'lsangiz, sizga 18 GB paket, agar 5 yil oldin ulangan bo'lsangiz - 5 GB, agar 1 yildan kam vaqt oldin ulangan bo'lsangiz - 500 MB taqdim etiladi.

Qancha bonus GB olishingizni bilmoqchimisiz? Unda:
1. Beeline Uzbekistan ilovasini so‘nggi versiyasigacha yangilang.
2. Ilovaga kirib, bosh sahifada “18 yil” bannerini bosing.

🗓 Aksiya 2024-yil 18-sentabrdan 30-sentabrgacha davom etadi. Bonuslar aloqa xizmatlaridan 30 kundan ortiq foydalanayotgan abonentlar uchun taqdim etiladi.

🛍Bonusni oling va yaqinlaringizga ham ulashing

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

16 Sep, 17:27


🧠 Inson miyasi 2,5 petabayt sig‘imga ega, bu 2,5 million GB degani.

Buni to‘liqroq tasavvur qilishingiz uchun inson miyasi 13 yillik to‘xtovsiz HD formatidagi videoni yoki 5 milliard dona kitobni sig‘dira oladi.

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

14 Aug, 17:11


Dunyo bo'yicha eng boy insonlar ro'yxati 2024-yil uchun e'lon qilindi.

Unga ko'ra dunyodagi eng boy inson Ilon Mask bo'lib turibdi. Uning asosiy daromad keltiruvchi kompaniyalari Tesla, SpaceX hisoblanadi.

Siz uchun qiziq bo'lsa quyidagi havola orqali kirib ro'yxatni to'liq ko'rishingiz mumkin:
👉https://www.forbes.com/real-time-billionaires/#21e0a26c3d78👈

📝Telegram l 💻Instagram l 🎞 YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

29 Jul, 07:00


Kompyuterning asosiy qurilmalari deyilganda kompyuterdan foydalanish uchun talab etiladigan minimum qurilariga aytiladi. Bular quyidagilar:
1. Sistema blok - kompyuterning eng asosiy qurilmasi bo'lib, korpus, ona plata, elektr ta'ninot bloki, mikroprotsessor, xotira, tezkor xotira, videokarta va sovutish kabi fizik qurilmalari o'zida jamlaydi.
2. Monitor - kompyuterni ishlashi davomida qayta ishlanayotgan axborotlari bizga ko'rsatib berish uchun xizmat qiladi.
3. Klaviatura - ma'lumotlarni va buyruqlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun xizmat qiladi.
4. Sichqoncha - kompyuterni boshqarish uchun ishlatiluvchi asosiy qurilmadir. Ko'pchilik sichqonchani yordamchi deb hisoblaydi, ammo hozirgi kunda sichonchasiz kompyuterni boshqarish juda qiyin bo'ladi.

Shu 4 ta qurilma kompyuterning asosiy qurilmasi, qolgan barcha kompyuterga ulash mumkin bo'lgani qo'shimcha qurilmalardir.

Telegram l Instagram l YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

25 Jul, 06:08


#mohirlik

Telegramda yopiq guruh va kanallardan video, audio va boshqa fayllarni yuklab olish

Izoh: Ushbu usul redmi telefonlar uchun

Telegram l Instagram l YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

24 Jul, 18:50


❗️Uzumdan ajoyib yangilik
Uzum Bos o‘yinini ishga tushirdi 🤩

Asosiy maqsad — qahramoningizga maqomini oshirishga haqiqiy boss bo‘lishga yordam berish.

Tugmachani bosing, topshiriqlarni bajaring va mukofotlar — Hurmat*ni oling. Qanchalik ko‘p to‘plasangiz, shunchalik tezroq mahorat kartalarini sotib olishingiz va qahramoningizning maqomini oshirishingiz mumkin.

Ogohlantiramiz: o‘yin shunchalik qiziqarliki, uni o‘ynashdan to‘xtay olmaysiz. Vaqtni qiziqarli va zavq bilan o‘tkazishga tayyormisiz?

Sarguzashtni boshlash uchun tugmani bosing, batafsil qoidalarni havola bo‘yicha o‘qing.

*Hurmat — o‘yin valyutasi bo‘lib, haqiqiy pul yoki uning analogi emas.

🍇 BOSHLASH 🍇

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

24 Jul, 17:27


Ko'pchilik biladiki dasturchining oyligi boshqa kasblarga nisbatan ancha yuqori bo'ladi🤑.

Lekin yuqoridagi videodan ko'rishingiz mumkinki dasurchi qancha ko'p pul olsa qiladigan ishi ham shuncha qiyinlashadi.

😎Gap pulda emas, uning barakasida!

Telegram l Instagram l YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

24 Jul, 17:13


📚 turi #kitob
📗 fan #informatika
🇺🇿 tili #uz
📢 Kanalga ulanish

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

23 Jul, 17:57


💻 Windows operatsion sistemasida nosozliklar kuzatilgan. Buning asosiy sababi tizim yangilanishi bo'lgan.

Xo'sh sizning kompyuteringizda ham shunday bo'ldimi😢?

Windows yangilanishini o'chirib qo'yish mumkin, buni qanday qilish haqida video tayyorlashimizni istasangiz 👍 qoldiring.

Telegram l Instagram l YouTube

ISFT KOMPYUTER SAVODXONLIGI

22 Jul, 11:43


KMSAutoNet dasturi orqali Windows 10 va Microsoft Office dasturlarini aktivatsiya qilish.

https://youtu.be/GN0vm1F-2BM