QASHQADARYO ZIYOSI @qashqadaryo_ziyo Channel on Telegram

QASHQADARYO ZIYOSI

@qashqadaryo_ziyo


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali.

QASHQADARYO ZIYOSI (Uzbek)

QASHQADARYO ZIYOSI Telegram kanalining rasmiy maqomi bilan tanishing! Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rasmiy kanali bu yerda! Bu kanal orqali Qashqadaryo viloyatingizdagi eng so‘nggi yangiliklarni va ma’qullarini o‘qishingiz mumkin. Kanalda ma’naviyat va ma’rifat sohasida eng yangi ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu kanal sizni Qashqadaryo viloyati haqida eng zamonaviy va foydali ma'lumotlar bilan ta’minlaydi. Agar sizning ma’rifatingizni o'ngaytirish, yangi narsalarni o‘rganish va viloyatdagi yangiliklar bilan xabarlashishni xohlagan bo‘lsangiz, QASHQADARYO ZIYOSI kanali siz uchun eng yaxshi manba bo‘ladi. Aynan shu erdan eng so‘nggi xabarlar va yangiliklar bilan xabardor bo‘ling! Obuna bo‘ling va ilgari bilan eng zamonaviy ma’lumotlarga ega bo‘ling!

QASHQADARYO ZIYOSI

11 Jan, 07:56


#OAV

Qashqadaryoda "Armiya va yoshlar" shiori ostida o‘tkazilgan harbiy vatanparvarlik sayli Sevimli telekanali nigohida

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

11 Jan, 04:37


#OAVda_biz

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

10 Jan, 11:42


“Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida onlayn videomuloqot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shahrisabz tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism, Yoshlar ishlari agentligi, tuman madaniyat bo‘limi hamda maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi bilan hamkorlikda “Askar onalarini sharaflaymiz!” mavzusida onlayn videomuloqot bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiyada Andijon viloyatining Paxtaobod tuman DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda xizmat vazifasini o‘tayotgan shahrisabzlik harbiy askarlar hamda Shahrisabz DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismda xizmat qilayotgan andijonlik askarlar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 13:19


#Kitoblararo_80_kun

‼️ Loyihaning navbatdagi bosqichi 15-yanvar kuni soat 17:00 da Alber Kamyu "Begona" asari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Loyihaning barcha bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan ishtirokchilar final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

8 ta kitob o‘qib, 10 million so‘mga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:36


#Kitoblararo_80_kun

12-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobida qayd etilishicha, Teodor Ruzveltda bu raqamlar 1091 tani tashkil qilgan. Bu raqam Ruzveltgacha 25 prezidentnikini qo‘shib hisoblaganda, 1259 ta bo‘lgan, xolos. Gap nima haqida bormoqda?

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:33


#Kitoblararo_80_kun

11-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobiga ko‘ra, 1902 yilda amerikalik konchilarning ish tashlashi vaqtida Teodor Ruzvelt “U odamlarga xizmat qilishi kerak, odamlar unga emas”, deganda, nimani aytgan?

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:29


#Kitoblararo_80_kun

10-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobida Ruzveltning ta’kidlashicha, U – fe’lingni tiyishni o‘rganish uchun aynan mos o‘rin. Nima?

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:26


#Kitoblararo_80_kun

9-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobiga ko‘ra, Ruzvelt 1906 yilda qaysi xizmati uchun tinchlik sohasidagi Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan?

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:23


#Kitoblararo_80_kun

8-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobiga ko‘ra, Teodor Ruzvelt Nyu-York polisiyasida ishlagan yillari qabul qilinganiga 38 yil bo‘lgan, biroq amalda ishlamaydigan qaysi qonun ijrosiga e’tibor qaratadi?

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Jan, 12:19


#Kitoblararo_80_kun

7-savol:

“Liderlik qonunlari” kitobiga ko‘ra, Ruzvelt “U mening qahramonim! U odamlarni sevardi va ular uchun ishlardi. Unda bir tomchiyam safsatabozlik yo‘q”, deganda, kimni nazarda tutgan?

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Jan, 12:48


Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri!

O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya institutida Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakatimiz tayanchi, xalqimiz faxri!" mavzusida tadbir tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limi rahbari, Oliy Majlis Senati a’zosi Komila Karamova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Muzaffar Turopov Qurolli Kuchlarni isloh qilish, mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, kasbiy mahorati yuqori darajada bo‘lgan, burchiga sodiq harbiylarni tarbiyalashning samarali mexanizmini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini qayd etishdi.

Tadbir yakunida institut kutubxonasiga kitoblar to‘plami hamda bir guruh faol ofitserlar va kursantlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Jan, 11:26


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko`ring: https://www.youtube.com/watch?v=RUDffGZ_rpc

@otabek_khasanov

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Jan, 06:48


Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 33 yilligi hamda 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan viloyat Maʼnaviyat maskanida "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri" shiori ostida "Vatanparvarlik darsi" o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Shayxali qo‘rg‘onidagi harbiy qism harbiylari ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Komila Karamova hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Gʻulom Abdiyevning mavzuga oid ma’ruzalari tinglandi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Jan, 12:32


"Liderlik qonunlari" elektron shaklini shu yerda oʻqing.

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Jan, 12:32


Teodor Ruzvelt
Liderlik qonunlari📚

DOIMO yaxshilik tilab xolis niyat sari
@jahon_adabiyoti_kitoblari telegram kanali.

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Jan, 09:57


#Kitoblararo_80_kun

‼️ Loyihaning navbatdagi bosqichi 8-yanvar kuni soat 17:00 da Teodor Ruzvelt qalamiga mansub “Liderlik qonunlari” kitobi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Loyihaning barcha bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va faol qatnashgan ishtirokchilar final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

8 ta kitob o‘qib, 10 million so‘mga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqarmang!

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Jan, 09:41


#Kitoblararo_80_kun

12-savol:

“Ultontoz” romanida keltirilgan “shapoq” nima?

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Dec, 11:29


Loyihasi eng yaxshi deb topilgan 3 ishtirokchi Respublika bosqichida qatnashadi

“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovi yoshlarning ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish, intellektual salohiyatini rivojlantirish, g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash kabi maqsadlarni ko‘zlagani bilan ahamiyatli.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, tanlov viloyat bosqichida 3 ta yo‘nalishda quyidagi ishtirokchilar 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida qatnashadigan bo‘ldi:

Javlon Rustamov, “Kimyo International University in Tashkent” talabasi (Chiroqchi tumani);

Shahribonu Qo‘ziyeva, Shahrisabz davlat pedagogika instituti talabasi (Mirishkor tumani);

Doston Gʻaniyev, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti talabasi (Qamashi tumani).

QASHQADARYO ZIYOSI

04 Dec, 10:42


“Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” tanlovi viloyat bosqichi o‘tkazildi

Qarshi shahridagi Ma’naviyat maskanida “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” loyihalar tanlovi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga o‘tkazilgan tanlovda tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yigit-qizlar intellektual salohiyatlarini namoyish etishdi.

Ishtirokchilar 3 yo‘nalish: ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovasion yondashuv; maktab va oliygohda sifatli bilim olishdan o‘quvchilar manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirish uchun o‘quv jarayoni va metodikasini o‘zgartirish yo‘llari; yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noan’anaviy usullari bo‘yicha taqdimot qilishdi.

Loyihani hayotga tatbiq etish samaradorligi, muammo va aniq yechim ko‘rsatilganiga qarab chiqishlar baholab borildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

03 Dec, 07:45


Hech kim mehr va e‘tibordan chetda emas

3-dekabr "Xalqaro nogironligi bo’lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish kuni" munosabati bilan Qarshi shahridagi "Toy bola" o'yinchoqlar ishlab chiqarish korxonasida tadbir tashkil etildi.

Korxona mas'ullari, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi vakillari ishtirok etgan tadbirda, korxonada faoliyat yuritayotgan 20 nafar nogironligi bo'lgan shaxslarga esdalik sovg'alari topshirilib, ular uchun bayram dasturxoni yozildi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

QASHQADARYO ZIYOSI

03 Dec, 07:14


Senator bojxona xodimlari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 18-20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar mazmun-mohiyati to‘g‘risida viloyat bojxona boshqarmasida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari, senator Komila Karamova ishtirok etib, bu yilgi parlament saylovi yangilangan Konstitutsiyamizga muvofiq o‘tkazilgan ilk saylov sifatida tarixga kirgani, bu jarayon birinchi marta aralash saylov tizimida o‘tgani xususida alohida to‘xtaldi. Ta’kidlandiki, yig‘ilishda iqtisodiyot va aholi daromadlarini yuksaltirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Ushbu maqsadlarni samarali amalga oshirishda bojxona xodimlarining ham alohida o‘rni bor.

Shuningdek, yig‘ilishda bojxona boshqarmasi boshlig‘i Jasurbek Fayzullayev tegishli vazifalar bo‘yicha mulohazalarini bildirdi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

29 Nov, 12:49


#diqqat

📢Respublikamiz bo‘ylab 3-dekabr kuni “Maʼrifat karvoni” loyihasiga start beriladi!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

QASHQADARYO ZIYOSI

29 Nov, 10:04


Ichki ishlar vazirligi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga asosan bo‘lib o‘tgan musobaqada viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Batafsil
— — —
Ички ишлар вазирлиги “Динамо” жисмоний тарбия-спорт жамияти Қашқадарё вилояти кенгашининг тақвимий режасига асосан бўлиб ўтган мусобақада вилоят ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар ходимларидан иборат жамоалар иштирок этишди.

Батафсил
— — —
Telegram | Website | Facebook | Youtube

QASHQADARYO ZIYOSI

28 Nov, 05:21


#Iqtibos

Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli:  sog‘lom  jism-u tan, o‘tkir aql va yaxshi axloqdir!

✍🏻 Ғitrat


https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

27 Nov, 06:53


Ikki tayanch ustunimiz yoxud iqtisodiyoti va ma’naviyati yuksak mamlakat qanday qurilmoqdа?

Qay bir alloma-yu mutafakkirlarimiz asarini o‘qimaylik, har birida katta bir armon, ulkan bir orzuni ko‘ramiz. Bu xalq dardini eshitadigan davlat, ma’rifati yuksak, axloqi baland jamiyat orzusidir.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/3248

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | YouTube | X

QASHQADARYO ZIYOSI

26 Nov, 11:32


Internet – zamonaviy dunyomizning ajralmas bo‘lagiga aylangan.

Xabarlar oqimi, kontentlar virtual olamni tinmay bezab turadi.

Albatta, foydasi ko‘p, lekin bugun ko‘rinmas bu olam hayotimizni, o‘y fikrlarimizni o‘z manfaati yo‘lida boshqarishni istaganlar uchun qulay vosita ham.

Bu haqida esa tahlil, tadqiq, fikrlar orqali qancha bong ursak, shuncha kam.

“Bong” ko‘rsatuvini ota-onalar, pedagog, tarbiyachilarimiz, yoshlarimiz – hamma ko‘rishini tavsiya qilaman.


@otabek_khasanov

QASHQADARYO ZIYOSI

25 Nov, 09:47


🌐 O‘zbek adabiyoti
✍️ Olim Toshboyev
📚 Ultontoz
🔎 Toshkent 2019-yil
📖 368 bet
💾 pdf, 136.8 Mb

🕊 @Kitoboqiuz 📖

QASHQADARYO ZIYOSI

25 Nov, 08:52


“KITOBLARARO 80 KUN” LOYIHASIDA QATNASHING VA 10 MILLION SO‘MGA EGA BO‘LING!

Kitob o‘qib, mo‘may daromadli bo‘lganlar yodingizdami?

“Kitoblararo 80 kun” marafonini endi Qashqadaryo bo‘ylab o‘tkazamiz!

💠 Bugundan to 12 fevralgacha bor-yo‘g‘i 8 ta kitob o‘qing hamda 10 million so‘m pul mukofoti va boshqa qimmatbaho sovg‘alar sohibiga aylaning!

‼️ So‘zni muxtasar etamiz: boshlanishiga savol-javob Olim Toshboyevning “Ultontoz” romanidan bo‘ladi – o‘qib-chiqishga o‘n kun muddat yetib-ortadi!

Qolganini yo‘l-yo‘lakay gaplashaveramiz. Marafon haqida kitob muhiblarini boxabar etib qo‘ysangiz, ayni muddao bo‘lardi.

Shu manzildan uzoqlashmang:

👉👉 @qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

22 Nov, 11:23


🎥 Davlat xizmatchilari o‘rtasidagi “Bilimlar bellashuvi” intellektual musobaqasi tafsilotlari “QASHQADARYO AXBOROTI” dasturida.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

22 Nov, 11:18


Davlat xizmatchilari o‘rtasida “Bilimlar bellashuvi” tashkil etildi

Prezidentning 2022-yil 20-yanvardagi qarori ijrosini ta’minlash, davlat fuqarolik xizmatchilarining intellektual salohiyatini yanada oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qashqadaryo viloyati filiali, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamkorligida “Bilimlar bellashuvi” intellektual musobaqasi o‘tkazildi.

Unda viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining “Moliyachilar”, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining “Farovonlik”, sog‘liqni saqlash boshqarmasining “Tafakkur”, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasining “Ijtimoiy himoya zukkolari”, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasining “Voha” jamoalaridan iborat 25 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari ishtirok etishdi.

Umumiy natijalar bo‘yicha “Voha” jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Gʻolib va faol jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

17 Nov, 16:11


#Qashqadaryo

🇺🇿 Mag‘rur hilpiragin yurtim bayrog'i!

18-noyabr - O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Qashqadaryo yoshlari tomonidan viloyatimiz bo’ylab, ulkan bayrog’imiz xalqimizga bayram kayfiyatini ulashmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

QASHQADARYO ZIYOSI

14 Nov, 12:02


TASADDUQ
“Boburnoma”ni o‘qib


Xasta Humoyunning poyida — o‘lim,
boshida Boburshoh — kaftda tutar jon:
“Qancha darding bo‘lsa, ko‘tardim, o‘g‘lim,
qancha darding bo‘lsa, ko‘tardim, o‘g‘lon!”

Badaxshon bahridan o‘tib Humoyun,
ota diydoridan kechmagan bilga —
bo‘yla o‘g‘il bersang, barhaq xudoyim,
jonni fido qilgum unday o‘g‘ilga.

Dard bersa, darmonlik padar uchun tan,
g‘am bersa, g‘amlari muborak g‘amdir —
o‘g‘liga jonini tasadduq qilgan
Zahiriddin Mirzo Bobur — og‘amdir.

Senga ham bir dardkash shartmi, ey gulshan,
senga ham tasadduq kerakdir balkim:
qancha darding bo‘lsa, ko‘tardim, Vatan,
qancha darding bo‘lsa, ko‘tardim, Xalqim!

✍️ Mansur Jumayev

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

14 Nov, 09:34


Xabaringiz bor, joriy yilning 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Saylov yakunlariga ko‘ra, mavjud beshta partiyadan eng munosib nomzodlar deputatlikka saylandi.

Shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari ham shakllantirildi. E’tiborlisi, ular orasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Karamova Komila Zaydullayevna ham bor.

Komila Karamovaga senatorlik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 12:02


#Viktorina

Andrey Platonovning “Jon” romanida “Baayni borsa-kelmas manzil tomon bir izdihom olomon gurros chopib o‘tgandek”, deganda, nima nazarda tutilgan?

Mazkur savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchi viktorina g‘olibi bo‘ladi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 11:39


#Millat_bayrogʻi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hududiy bo‘limi bilan hamkorlikda Xonobod qo‘rg‘onidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Millat bayrog‘i” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Tadbir doirasida maktab o‘quvchilarining sayohati tashkil qilinib, harbiy qism faoliyati bilan tanishtirildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi IsoqTo‘rayev ham ishtirok etib, yoshlarga o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 11:02


Bugun #Viktorina

🎁 Sovrin: "Chingizxon yasog‘i va Temur tuzuklari"

Tarix ixlosmandlari orasida Chingizxon va Amir Temur harbiy san’ati, ular yuritgan siyosat hamda istilolari tarixi, o‘zaro bog‘liqlik va farqlarni anglashga bo‘lgan qiziqish baland. Mazkur kitob bu borada muhim ma’lumotlarni taqdim etadi.

Viktorina bugun soat 17:00 da boshlanadi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 10:53


To‘g‘ri javob: ISMOIL GASPRALI BILAN YOZISHMALAR

Millat ma’rifatparvari Mahmudxo‘ja Behbudiy “Qashqardan Londongacha, Sankt-Peterburgdan Bombeygacha” tanilgan, “jadidlar otasi” deya ta’riflangan Ismoil Gasprali bilan mustahkam aloqalar o‘rnatgan, ular orasidagi yozma almashuvlar soni 26 xabar, 4 ta maktub, 2 maqola, 1 telegramma va 1 taqrizdan iborat edi.

Javobni birinchi bo‘lib @NARZULLO0607 nomli ishtirokchi topdi.

🎁 Gʻolibga Den Braun “Farishtalar va iblislar” kitobi yetkazib beriladi.

Viktorina esa davom etadi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 09:51


Uning jinoyat ishi 12 ming 192 varaqni tashkil etgan – Usmon Nosir qanday shaxs bo‘lgan?

SSSR Yozuvchilar uyushmasi raisi Bezimenskiy minbarga chiqib maʼruza qilayotganida Pushkin nemis ijodkori Gyotening sheʼrlarini tarjima qilgani haqida soʻz yuritib, oʻsha tarjimadan misollar keltiradi. Shunda eng orqadagi oʻrindiqda oʻtirgan Usmon Nosir shartta oʻrnidan turib, “Kechirasiz, Nikolay Aleksandrovich, bu Gyotening emas, Shillerning misralari!” deydi. Shunda uyushma raisi dovdirab qoladi va uni sahnaga taklif qiladi.

Batafsil:
https://oyina.uz/uz/article/3200

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram | Facebook | X | Instagram

QASHQADARYO ZIYOSI

13 Nov, 05:52


#Millat_bayrogʻi

18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

11 Nov, 12:00


#Viktorina

Yusuf xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida geometriya “handasa” deyiladi.

Xo‘sh, asarda matematika qanday atalgan?


Mazkur savolga birinchi bo‘lib to‘g‘ri javob yo‘llagan ishtirokchi viktorina g‘olibi bo‘ladi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

11 Nov, 09:45


Bugun #Viktorina

🎁 Sovrin: Murod Muhammad Do‘st "Lolazor"

"Lolazor" romani 80-yillar o‘zbek romanchiligining eng jiddiy yutuqlaridan biri sifatida tilga olinadi. Asarda turg‘unlik davrining ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzuli haqida hikoya qilinadi. Yangicha tafakkur tig‘idan yemirila boshlagan kommunistik mafkuraning chirishi, istiqlol shamchirog‘ining yona boshlaganliga ishoralar bor. Murod Muhammad Do‘stga 1990-yilda ayni shu romani uchun Hamza mukofoti berilgan.

Viktorina bugun soat 17:00 da boshlanadi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

11 Nov, 06:57


“Eng yaxshi kitobxon” viktorinasini qayta o‘tkazsak, nima deysizlar?!

Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz...


https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

10 Nov, 04:01


🌱 Kelajak uchun nihol eking!

Hurmatli yurtdoshlar! 10-20-noyabr kunlari “dolzarb 10 kunlik” tadbirlarida faol ishtirok eting!

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube | Instagram

QASHQADARYO ZIYOSI

09 Nov, 19:21


“Насаф” ўз тарихида илк бор Ўзбекистон суперлигаси соҳиби!

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Nov, 18:13


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Тиббиёт ходимлари куни муносабати билан соҳа ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Nov, 12:35


#zakovat

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Muborak tuman bo‘linmasi tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazida Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda N-sonli harbiy qism jamoalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Chuqur mushohada, mantiqiy tafakkur talab qilinadigan savollarga eng ko‘p javob topgan Muborak gazni qayta ishlash zavodi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

08 Nov, 05:05


#10fakt

O‘rta asrlarda mukammal hisoblangan ilmlar tasnifini yaratgan, 70 dan ortiq tilni bilgan, “Sharq Arastusi” nomiga sazovor bo‘lgan – “10 fakt” loyihasi bu gal Abu Nasr Fоrobiy haqida ma’lumotlarni ulashmoqda.

Aziz yoshlar, sun’iy intellekt yordamida yaratilayotgan mazkur loyiha orqali siz yana kimlar haqida ma’lumot olishni xohlar edingiz?

Xoja Bahouddin Naqshband;
Mahmud Zamaxshariy;
Alisher Navoiy;
Al-Farg‘oniy;
Abu Rayhon Beruniy;
Abu Ali ibn Sino;
Najmiddin Kubro;
Muhammad al-Xorazmiy;
Mirzo Ulug‘bek.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Nov, 10:15


#ogohlik

🚭Yoshlar chekishni internetdan o‘rganishmoqda(mi?)

👍 Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabasi ishtirokida ijtimoiy videorolik

📺 HD formatda ko‘rish

📲 Manba

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Nov, 07:59


Har kimning o‘z demokratiyasi bor

Ilon aytadi: “Demokratiya. Chaqish huquqimni cheklamanglar”.

Quturgan it deydi: “Demokratiya. Qopish huquqimni hurmat qilinglar”.

Sassiqqo‘ng‘iz hammayoqqa badbo‘y taratish huquqini eslatadi.

Uyini baland devor bilan o‘rayotganlarga o‘g‘rining e’tirozi bor: “Baland devordan oshib o‘tish turgan-bitgani mashaqqat!”

Yana bir g‘anim toifa buyuklarimiz yuziga loy chaplaydi-da, “Demokratiya. Fikr erkinligiga to‘sqinlik qilmanglar!” deya shovqin soladi.

Bu – demokratiya emas.

Millat ma’naviyatiga qarshi agressiya bu!

Sigir ham demokratik qadriyatlardan bebahra qolmay deb hamma yuradigan yo‘lga tezak tashlaydi. Mushukning demokratiyasi jo‘jalarga qiron keltirishdir. Mayli, har kasning joyini e’tirof etamiz, lekin u demokratiya deb dasturxonga qo‘l cho‘zsa – ahvoli chatoq!

✍️ Rahimjon RAHMAT

📚 Manba: “Tafakkur” jurnali 1/2024

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Nov, 05:49


#Axborot_24

Saylovdan keyin davlat hokimiyati organlarini shakllantirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari sessiyalari bo‘lib o‘tdi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

07 Nov, 04:05


#Iqtibos

“Sohibqiron Temurning yerlariga Hindiston, Rum, Gruziya, Iroq, Xuroson… Yana shunday yuzlab shaharlar kiradi. Ammo yozsam, sig‘dirolmayman.”

✍️ Sultoniyalik Ioann


https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

06 Nov, 09:01


Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish departamenti 4-mintaqaviy hududidagi 2-son jazoni ijro etish koloniyasida “Ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda jaholat nafaqat diniy shaklda, balki dunyoviy, dahriylik ko‘rinishida ham namoyon bo‘lishi, bunday illatlarga qarshi ma’rifat asosida kurash olib borish, ayniqsa, yoshlarning ilm-ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy mezonini yuksaltirish, fuqarolarning diniy erkinligini taʼminlash, bagʻrikenglik, maʼrifiy islom gʻoyalarini targʻib qilish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

24 Oct, 07:41


Belni mahkam boylaylik,
Yurt kelajagin o'ylaylik.
Baralla ovoz berib ,
Bobolardan bo'ylaylik.
Saylovda biz, og'alar
Keling faol bo'laylik.


🔍O'zbekiston xalq baxshisi Erkin O'rolov yurtdoshlarimizni saylovda faol bo'lishga chorlamoqda!

#Mahallalaruyushmasi #saylov

Facebook | Instagram | X | Telegram | You tube

QASHQADARYO ZIYOSI

23 Oct, 06:39


#OAV_biz_haqimizda

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida madaniy-ma’rify tadbir tashkil etildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

22 Oct, 13:17


Tadbirdan lavhalar.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

22 Oct, 13:15


QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

21-oktabr - O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi hamkorligida Abdulla Oripov ijod maktabida tashkil etilgan asosiy bayram tantanalari “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” degan ezgu maqsadni o‘zida mujassam etdi.

Dastlab atoqli shoir, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali poyiga gullar qo'yildi. So‘ng tadbir ishtirokchilari shoir hayoti va ijodi aks etgan muzey faoliyati bilan tanishishdi.

Asosiy adabiy-badiiy dastur avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrigi o'qib eshittirildi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari ijrosida sahna ko‘rinishi, maqomchilar jamoasi chiqishlari, Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti talabalari, Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilari ijrosidagi badiiy kompozitsiyalar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Vohamizda ona tilimiz nufuzini yuksaltirishga salmoqli hissa qo‘shayotgan bir guruh faollarga viloyat hokimligining “Faxriy yorliq”lari, “Tashakkurnoma”lari va sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan ona tilimizning beqiyos imkoniyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan viktorina g‘oliblari ham rag‘batlantirildi.

https://t.me/qashqadaryo_ziyo

QASHQADARYO ZIYOSI

22 Oct, 13:13


#Iqtibos

Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda unga xazina bersang ham u qaramaydi. So‘z bilan el o‘limdan najot topadi; so‘z bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi; so‘z bilan hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf bo‘ladi; qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi.

✍️ “Hayrat ul-abror”

QASHQADARYO ZIYOSI

21 Oct, 15:04


21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan ona tilimiz maqomini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkazilgan viktorinadan lavhalar.