Psixologiya Dunyosi @psixologiyadunyosiuz Channel on Telegram

Psixologiya Dunyosi

@psixologiyadunyosiuz


Etika, axloq va ilmiy qadriyatlar bilan psixologiya bo‘yicha kontent yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlik tarmog‘i 🧠

Psixologiya Dunyosi (Uzbek)

Psixologiya Dunyosi kanali, etika, axloq va ilmiy qadriyatlar bilan psixologiya bo‘yicha kontent yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlik tarmog‘i. Bu kanalda psixologiya sohasida eng yangi ma'lumotlar, savollar va javoblar, tadqiqotlar va ko'p qiziqarli kontentlar bilan foydalanishingiz mumkin. Psixologiya haqida ko'proq bilim olmoqchi bo'lsangiz, Psixologiya Dunyosi kanali siz uchun eng yaxshi manzil bo'ladi. Shuningdek, bu kanaldagi guruh a'zolari bilan birga fikrlashib, savollar so'rash va fikrlar almashish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Jamiyatning psixologiya sohasiga qiziqishga ega bo'ling va Psixologiya Dunyosi kanaliga a'zo bo'ling, yangi bilimlar olishingiz uchun to'la imkoniyatlar mavjud.

Psixologiya Dunyosi

04 Feb, 12:51


Biz uchun haqiqatan ham qadrli va muhim bo‘lgan narsani yana bir bor eslash qiymatlidir. 🌱
Ba’zan to‘g‘ri bo‘lishdan ko‘ra huzurli bo‘lish, oldindan hukm chiqarishdan ko‘ra tushunish, mukammallikka intilishdan ko‘ra oldinga intilish, shoshqaloqlikdan ko‘ra sabr-toqat bilan harakat qilish yaxshiroqdir!

#qadr #muhim #haqiqat #tushuncha #baxt #ayb #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

31 Jan, 13:04


Boshqalarga yordam berish judayam ajoyib lekin biz avvalo oʻzimizga gʻamxoʻrlik qilishimiz zarur. Chunki biz oʻzimizga yetarli boʻlsakgina keyin boshqalarga yordam berolamiz. Oʻzingizni eʼtiborsiz qoldirmang va avvalo oʻzingizni qoʻllab-quvvatlang!

#etibor #shavqat #mehr #ozim #his #tuygu #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

30 Jan, 13:59


Unutmang siz oʻzingizga qanday munosabatda boʻlsangiz sizga huddi shunday munosabatda boʻladigan insonlar hayotingizga kirib keladi. Qanday qilib
oʻzimni yaxshi koʻrsam, hurmat qilsam boʻladi deysizmi? Ishni oʻzingizni tanishdan, tushunishdan, oʻzingizni boringizcha yaxshi koʻrishdan, shaxsiy chegaralaringizni
qoʻyishdan va oʻzingizni qadrlashdan boshlang…
Eng asosiysi esa, chiroyli inson muhabbatga, hurmatga, qadrlanishga loyiq ekanligiga chin qalbingizdan ishoning va bular boʻlmagan hech qaysi joyda turmang…

#qadr #mehr #muhabbat #hurmat #qalb #inson #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

29 Jan, 13:47


Insonlarning o‘zgarishga tayyorligi ularning ichki motivatsiyasi bilan bevosita bog‘liq. Agar biror kishi o‘zgarishni xohlamasa, uni o‘zgartirishga urinish odatda salbiy oqibatlarga olib keladi. Bu odamning ichki motivatsiyasini yo‘qotishiga va boshqalarga yolg‘on gapirishiga olib kelishi mumkin.

🌱Agar bir inson o‘zgarishni istamasa, qarorlarini o‘zgartirishga urinishdan ko‘ra, ularni hurmat qilgan ma’qulroqdir.

#salbiy #yolgon #qaror #motivatsiya #xohish #ozgarish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

28 Jan, 15:19


Sotsiologik koʻrinadigan narsalar aslida psixologikdir. Biz oʻzimizni yaxshi his qilishimiz uchun ba’zi tushunchalarga qarshi kurashishimiz zarur.

Xoʻsh, siz qaysi birini amalda qoʻllashda qiynalasiz?

#psixologik #kurash #zarur #his #tushuncha #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

27 Jan, 14:16


Inson uni tushunadigan insonlarni yonida gullab-yashnaydi. Doimo hayotingizda shunday insonlar uchrasin!

#hayot #zarar #inson #qutulish #ozim #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

24 Jan, 13:53


Oʻta aqlli insonlar unutuvchan, xayolparast, kech uxlash ba’zan oʻzlari bilan oʻzlari gaplashishni va yolgʻiz qolishni afzal koʻrishadi. 😉😊

Bu postni shunday xususiyatlari bor boʻlgan doʻstlaringizga yuborib qoʻyishni unutmang!

#psixolog #uyqu #gapirish #yolgizlik #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

23 Jan, 12:35


Ongostimiz tanani ruhiy davolanishning yigʻlash turini tanlaydi chunki yigʻlash stressni kamaytiradi va ham ruhiy ham jismoniy ogʻriqlarni yengillashtiruvchi endorfin gormonini ishlab chiqarishga yordam beradi.

Xoʻsh, siz ham koʻp yigʻlaysizmi yoki yoʻq?

#ongosti #tana #ruhiyat #davolanish #stress #endorfin #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

22 Jan, 14:05


Mukammal ota-ona boʻlishni imkoni yoʻq. Biz insonmiz va albatta xato qilamiz. Lekin bir xil xatoni qayta-qayta takrorlash bolalarga psixologik zarar yetkazishi mumkin.

#mukammal #otaona #inson #xato #orzu #farzand #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

21 Jan, 15:30


Oʻzgarishni istamaydigan odamlarni oʻzgartirish mumkin emas.
Lekin ular oʻzgarish xohlashadi.

Xoʻsh, siz qaysi insonlar toifasiga kirasiz oʻzgarishni xohlovchimi yoki oʻzgarish xohlovchi?

#ozgarish #xohlash #inson #farq #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

20 Jan, 14:33


Stress tili —bu stressga qarshi qanday munosabatda boʻlishimiz va uni qanday ifodalashimizning aksidir.

💭 Biz hammamiz stressga qarshi har xil yoʻllar bilan kurashamiz va ifodalaymiz. Bu usullar esa bizning stress tilimizni tashkil qiladi.

Sizning stressga qarshi tilingiz qaysi? Izohlarda yozib qoldirishni unutmang! 💬

#stress #til #urushish #qotish #taslim #qochish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

10 Jan, 13:42


Farzandlarimizga qanday tarbiya berish oʻz qoʻlimizda.

Fikrimizga qoʻshilasizmi?

#farzand #tarbiya #zoravonlik #otaona #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

09 Jan, 12:33


Ba’zida ortiqcha mustaqil boʻlish kuchli boʻlish bilan bogʻliq emas. Bu oʻtmishdagi travmalarga asoslangan “himoya” mexanizmi hisoblanadi.

Yordam soʻrashni oʻrganish ham bitta hayot yoʻlini yurgandek gap. Bu atrofimizdagilarga ishonish va bogʻlanishning bir usulidir.
Agar siz “men hamma narsani qila olaman” degan fikrdan xalos boʻlish uchun kurashayotgan boʻlsangiz shuni unutmang-ki, yordam soʻrash bu ojizlik emas jasoratdir.

#mustaqil #fikr #kurashish #ojizlik #jasorat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

08 Jan, 14:23


Oʻzimizdan uzr soʻragan edik endi navbat oʻzimizga rahmat aytishga.

Xoʻsh, siz oʻzingizga nima uchun rahmat aytasiz?

#uzr #rahmat #ozim #mano #kuch #orin #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

07 Jan, 14:27


Salbiy turdaki hamma narsadan cheklovchi muhit sizning muvaffaqiyatingizga xalaqit beradi va maqsadlaringizni oyoqosti qiladi.

Shunday ekan o‘zingiz uchun sog‘lom muhitni o‘zingizga-o‘zingiz yarating!

#muhit #salbiy #cheklash #soglom #muvafaqqiyat #maqsad #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

06 Jan, 14:23


Kelajagingiz bugun amalga oshirolganlaringizga bogʻliq. Oʻtmish oʻtib ketdi. Kelajak hali kelmadi. Siz esa hozirda borsiz…

#kelajak #otmish #hozir #ozgartirish #hayot #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

03 Jan, 13:24


Ruhiy travmalar nafaqat insonning hayotiga, balki keyingi avlodlarga ham chuqur ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shunday ekan o‘tmishdagi insonlarni ayblashni o‘rniga davom etib kelayotgan zanjirni siz uzing! Sizdan keyingi avlodlaringizga ruhiy travma emas muhabbat tuhfa eting!

#travma #ruhiyat #avlod #inson #ayblash #otmish #zanjir #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

02 Jan, 12:58


Boshlagan yangi 2025-yilimiz siz uchun qanday yil boʻlsin?

Fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.

#yangiyil #omad #muvaffaqiyat #sevinch #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

31 Dec, 11:01


🎄Psixologiya dunyosi jamoasi qadrli va aziz obunachilarini Yangi yil bilan tabriklaydi!
Yangi 2025-yil barchaga omad, baxt va tinchlik olib kelsin.

🥳Bu yilda amalga oshmagan orzu-maqsadlaringiz Yangi 2025-yilda amalga oshishini tilaymiz! 🎉

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

30 Dec, 15:09


Boshqalarni qanday idrok etishimiz aslida bizning ichki dunyomizning aksidir. Insonlar ko‘pincha atrofidagi insonlarning xususiyatlarini baholashda o‘zlarining ichki his-tuyg‘ulari va fikrlarini ongsiz ravishda ifodalaydilar. Misol uchun, doimo tanqid qiladigan insonlar o‘zlarini ham ko‘p tanqid qilishlari va qo‘pol munosabatda bo‘lishlari mumkin. Boshqalarning ijobiy tomonlarini ko‘rishga moyil bo‘lgan inson ichki xotirjamligi rivojlangan va o‘zini-o‘zi qabul qilish qobiliyati rivojlangan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun boshqalar haqida nimalarni tushunayotganimizga qarab, biz o‘zimizni chuqurroq anglay olishimiz mumkin. Bu jarayon o‘zimizni yaxshiroq o‘rganishga va hissiy jihatdan rivojlanishimizga yordam beradi.

#tanqid #idrok #tushuncha #aks #inson #fikrlash #ijobiy #salbiy #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

27 Dec, 15:04


Kichkina xursandchiliklar katta oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Gohi qushlarning sayrashi, gohi tabassum... Oʻzingizni yaxshi his qilishingiz uchun har doim ham katta oʻzgarishlar boʻlishi shart emas shunday emasmi?

#xursand #sabab #oddiy #tavsiya #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

26 Dec, 14:45


Insoniylik hodisalarga boshqalarning ko‘zi bilan ham ko‘ra olishdir. Eng muhimi insonlarni tushunishga va ular bilan empatiya qilishga harakat qilishdir.

Dunyoni shunday ko‘rinishda tasavvur qilish empatiya qobiliyatimizni rivojlantirishga yordam berishi mumkinmi?

#dunyo #empatiya #qobiliyat #insoniylik #tasavvur #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

25 Dec, 15:29


Ba’zi kasalliklaringizning sababi psixologik boʻlishi ham mumkin.

Siz qaysi kasallikni psixologik sabablarini bilishni xohlaysiz? Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz.

#kasallik #sabab #insonlar #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

24 Dec, 15:46


Bolaligimizda bizga aytilgan soʻzlar hayotimizning qolgan qismiga ta'sir qilishi mumkin boʻlgan chuqur izlarni qoldirishi mumkin. “Sen yetarli emassan”, “Sen omadsizsan” yoki “Sen loyiq emassan” kabi gaplar oʻzimizga boʻlgan ishonchimizni yoʻqotishimizga sabab boʻladi. Biz bolaligimizda aytilgan bu soʻzlarni tahlil qilmasdan oʻzimizga singdiramiz va ularni haqiqat deb qabul qilamiz va umrimiz davomida “Men sevilishga arzimaydigan insonman, qadrsizman” degan tushuncha bilan yashaymiz. Lekin unutmang siz sevilishga, qadrlanishga albatta loyiqsiz. Oʻzgarish oʻzingizning qadringizni anglab yetishdan boshlanadi.

#ozgarish #loyiq #sevgi #tahlil #bolalik #qadr #travma #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

23 Dec, 15:25


Bularning barchasi insoniylikka xosdir. Chunki biz insonmiz robot emas. Bular uchun oʻzingizni aslo va aslo ayblamang.

Siz oʻzingizni qilgan xatolaringiz yoki qarorlaringiz uchun koʻp ayblaysizmi?

#xato #qaror #ayb #robot #inson #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

20 Dec, 14:11


Texnologiyaga boʻlgan qaramlik nafaqat bolalar uchun muammo, kattalar uchun ham aslida muammodir chunki ular ham oʻz vazifalarini unutib qoʻyishmoqda.

Mavzu bilan bogʻliq fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz...

#texnologiya #bola #otaona #muammo #vazifa #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

19 Dec, 14:46


Ba’zan umuman sababini bilmaysiz va hoʻp deyishga majburdek his qilganingiz uchun hoʻp deysiz chunki hoʻp deyish siz uchun odatiy holatga aylangan boʻlishi mumkin.
Xoʻsh, sizning yoʻq deyishingizga toʻsiq boʻlgan sabab nima? Izohlarda oʻz fikringizni yozib qoldirishni unutmang.

Bu qoidalarga qoʻshimcha qilishni xohlasangiz izohlarda albatta yozib qoldiring.

#qoida #yoq #qorquv #xudbin #xafa #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

04 Dec, 15:20


Ular sizning goʻzal qalbingizni yoʻq qilishlariga yoʻq qoʻymang 🥰

To‘g‘ri muloqot qilayotganingizga ishonchingiz komil boʻlsa, sizga zarar yetkazmoqchi boʻlganlar o‘zlari bilan yolgʻiz qolsin va siz go‘zal qalbingizni ehtiyot qiling!

#muloqot #qalb #zarar #yolgiz #ehtiyot #ozim #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

03 Dec, 13:49


Agar bundan qoʻrqmaganingizda nimalarni amalga oshirgan boʻlardingiz?

#tushunish #vaqt #qorqmaslik #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

02 Dec, 14:39


Ruhiy ogʻriqlar – hayotning bizga taqdim etadigan qiyin sinovlari va bu sinovlar shaxsiy oʻsish uchun imkoniyatlar taqdim etadi.

Oʻtmishdagi ruhiy jarohatlar yoki qiyinchiliklar haqida oʻylashning oʻrniga, bu tajribalarning bizga taqdim etgan jihatlarini baholash bizni ham ruhiy, ham hissiy jihatdan kuchliroq shaxs boʻlishimizga yordam beradi.

#otmish #ruhiyat #jarohat #his #shaxs #kuch #azob #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

29 Nov, 14:13


Yigʻlash bu kuchsizlik ifodasi emas.

Xalqimiz orasida oʻgʻil bolalar yigʻlmasligi kerak degan jumla bor. Bu jumlaga qarshi fikringiz qanday?

#yiglash #ahamiyat #ehtiyoj #yordam #holat #farzand #bogliq #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

28 Nov, 15:22


Oʻzgarishga ochiq boʻlmasangiz, rivojlanishga ham ochiq boʻlolmaysiz…

Sizning hayotizda ham oʻzgarishni xohlamaydigan insonlar bormi?

#ozgarish #inson #rivojlanish #hayot #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

27 Nov, 15:31


Ba’zida “charchadim” deyish nafaqat jismoniy, balki hissiy, aqliy va ma’naviy charchoqni ham koʻrsatishi mumkin.❤️‍🩹

Bu tuygʻu aslida bizga chegaralarimizni eslatadi va e’tiborimizni oʻzimizga qaratishimiz kerak ekanligini anglatadi. Kerak boʻlganda dam olish, qayta kuch yigʻish va boshidan boshlash uchun jasorat topish yana qayta tiklana olish uchun birinchi qadamdir.

Sizni charchadim jumlangizni orqasidagi ma’no qanday?

#charchash #aql #chegara #kuch #qadam #manaviy #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

26 Nov, 14:47


O‘tmishingizni zanjirlariga bog‘lanib qolmasdan, o‘zingizning tanlovlaringizni mustaqil yaratishga va hayotingizni bu tanlovlar asosida shakllantirishga harakat qiling.

Sizningcha haqiqiy kuch nimada?

#otmish #kuch #tanlov #mustaqil #hayot #psixologiyadunyosi

Psixologiya Dunyosi

25 Nov, 15:14


Bularning hech biri sizning aybingiz emas va siz bilan bogʻliq emas.

#ayb #sevgi #xiyonat #munosabat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

22 Nov, 16:39


Qush inida koʻrganini qiladi degan maqol bejizga emas.

Mavzu bilan bogʻliq fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz.

#bola #tarbiya #oila #otaona #kelajak #zoravonlik #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

21 Nov, 15:17


Bularni oʻzimizga tez-tez eslatib turish bizni bezovta qiladigan va energiyamizni oʻgʻirlaydigan tushunchalarni oʻzgartirishga yordam beradi 👆🏼

Xoʻsh, nimalarni oʻzingizga tez-tez eslatib turasiz? Izohlarda yozib qoldiring ✍🏼

#energiya #tushuncha #esla #ozim #tuygu #his #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

20 Nov, 15:30


Bolalik travmalari — bu shaxsning rivojlanishida muhim rol oʻynaydigan tajribalar. Bunday travmalar inson munosabatlarida ma’lum qoidalarni yaratishi mumkin. Bunday harakat qilish insonning oʻz qadr-qimmatini shubha ostiga qoʻyishi va mustahkam chegaralarni belgilash qobiliyatini buzishi mumkin.

Sizning mavzu bilan bogʻliq fikrlaringiz qanday?

#xafa #bolalik #travma #shaxs #inson #munosabat #qobiliyat #chegara #rivojlanish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

19 Nov, 14:56


Oʻzimdan hammasi uchun uzr soʻrayman va bundan keyin oʻzimni xursand qilish uchun yashayman!

Xoʻsh, siz oʻzingizdan nima uchun uzr soʻragan boʻlardingiz?

#uzr #xursand #bahona #tuygu #harakat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

18 Nov, 15:55


Hammaning oʻz hayot hikoyasi bor. Chunki har bir insonning hayoti o‘ziga xos va o‘zgachadir!

Atrofingizda birovning hayotini oʻrganmasdan turib oldindan hukm chiqaradiganlar bormi?

#hukm #hayot #hikoya #ozgacha #xos #inson #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

15 Nov, 14:59


Baxtli boʻlish uchun koʻp narsaga ehtiyojimiz yoʻq aslida. Har soniyadan zavqlanib yashashga harakat qiling.

Qaysi juftlik sizga koʻproq oʻxshaydi?

#baxt #juftlik #yashash #farq #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

14 Nov, 15:07


Bu soʻzlar sizga qanchalik tanish?

Bu soʻzlarni koʻp ishlatadigan tanishingizga bu postni yuborib qoʻying...

#ehtiyoj #soz #umidsiz #poymol #mano #kuch #tuygu #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

13 Nov, 16:14


Ota-onalik davringizning har bir soniyasidan toʻliq rohatlanib yashanag. Farzandlaringizga oʻzingiz xohlagandek ota-onalik qilolyapsizmi?

#bola #otaona #mehr #etibor #insonlar #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

12 Nov, 14:57


Xoʻsh, oʻzingiz bilan yana qanday kelishuvlar tuzgansiz?

#kelishuv #ozim #hayot #ozgarish #vaqt #kamsitish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

11 Nov, 14:45


🧠🧶Terapiya – chigallashib ketgan ipni yechib, uni qaytadan yaxshilab oʻrashga oʻxshaydi.

🧶Miyangizda aylanib turadigan fikrlar sizga oʻsha muvozanatsiz his-tuygʻular bir-biriga aralashib ketgan paytda ularni qayta tartibga solish imkoniyatini beradi.

#terapiya #ip #chigal #fikr #muvozanat #tartib #imkoniyat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

08 Nov, 15:08


Bu haqiqatlar ishqiy munosabatlarda ba’zi narsalarning farqiga borishimiz uchun muhimdir.

Ishqiy munosabatlarda yana qanday turdagi haqiqatlarni bilasiz?

#ishqiymubosabat #haqiqat #mukammal #ozgarish #sevgi #uygunlik #muloqot #hurmat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

07 Nov, 14:49


Vaqt hech narsani davolamaydi, u bilan yashashga oʻrgatadi.

Biz koʻpincha “vaqt hamma narsani davolaydi” deymiz. Ammo haqiqat shuki, vaqt yaralarni davolamaydi. Vaqt oʻtishi bilan ogʻriqni yengillashtirishi mumkin, ammo uni butunlay yoʻq qilmaydi. Muhimi, vaqtimizni qanday sarflashimizdir.

#vaqt #davo #yara #ogriq #sarf #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

06 Nov, 14:21


Xoʻsh, siz ruhiy jihatdan qayerdasiz? Qaysi xususiyatlar siz uchun oddiy, qaysilarini hali-hanuz oʻrganmadingiz?

Izohlarda yozib qoldirishni unutmang!

#ruhiyat #inson #xususiyat #xayr #his #tuygu #tamoyil #maqsad #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

05 Nov, 13:53


Bitishi kerak boʻlgan munosabatingizni bitirmaganingizda siz aslida oʻzingizning haqiqatingizdan uzoqlashayotganingizni bilasizmi?

#ishqiymunosabat #inson #hislar #tuygular #uzoqlashish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

04 Nov, 14:41


Narsist insonlar oʻzlarini dunyoning markazida koʻradigan va oʻzlarini muhim, qimmatli va boshqa insonlardan ustun deb hisoblaydigan oʻziga bino qoʻygan shaxslardir. Ular magʻrur, manipulyatsiyachi va umuman kechirim soʻrashni bilmaydilar. Chunki ular oʻzlarini xato qilgan deb oʻylamaydilar. Narsist insonlar faqatgina oʻzlarini yaxshi koʻrishadi xolos. Bu insonlardan uzoqroq turganingiz ma’qul.

Xoʻsh, sizning yaqin atrofingizda shunday insonlar bormi?

#narsist #dunyo #inson #xato #uzoqlashish #achinish #chegara #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

25 Oct, 15:10


Bu hiylalarni sinab koʻrganlar bormi?

Agar sinab koʻrgan boʻlsangiz izohlarda yozib qoldirishni unutmang!

#hiyla #tana #tasir #xotirjam #energiya #uyqu #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

24 Oct, 13:35


Esingizda boʻlsin, oilada nechanchi farzand ekanligi shaxsning shaxsiyatini shakllantiradigan muhim omillardan biri boʻlishiga qaramasdan, har bir shaxs turli xil xarakterga ega va koʻplab omillar xarakterni shakllanishida muhim rol oʻynaydi.

Siz oilada nechanchi farzandsiz?

#xarakter #shaxs #farzand #omil #ortanchi #shaxsiyat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

23 Oct, 14:17


Agar siz bu alomatlarning 4-5 tasini boshingizdan oʻtkazayotgan boʻlsangiz va ular 1oydan koʻproq davom etsa siz depressiyaga tushib qolishingiz mumkin. Bu esa oʻz navbatida ish, munosabatlar va oilaning buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun siz oʻzingizning stress omillaringizni yaxshi tushunib, oʻrganib chiqishingiz zarur. Stressni qoʻzgʻatuvchi omillarni aniqlab olganingizdan keyin esa ular bilan kurashishga vaqt ajratsangiz boʻladi.

#kurashish #stress #depressiya #vaqt #tosiqlar #inson #his #tuygu #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

22 Oct, 14:40


Agar siz ham bularni yashayotgan boʻlsangiz bu normaldir. Ruhiy
yaxshilanish hech qachon bir xil davom etmaydi.

Mavzu bilan bogʻliq fikrlaringizni kutib qolamiz.

#ruhiyat #jarayon #yaxshilanish #vaqt #inson #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

21 Oct, 14:59


Ishqiy munosabat ichida oʻzingizni hech kuzatib koʻrganmisiz? Ishqiy munosabatlarda qanday insonsiz?
Sizning shaxsiy chegaralaringiz bormi?

Javoblaringizni izohlarda kutib qolamiz.

#shaxs #munosabat #ishq #dunyoqarash #tushuncha #masuliyat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

18 Oct, 14:48


Bugun boshingizdan oʻtkazayotgan qiyinchilik yoki xursandchiliklar ertangi kuningizni kafolati emas. Shuning uchun hozirgi holatimiz yakuniy manzilimiz emasligini yodda tutishimiz zarur.

#dunyo #manzil #kafolat #otkinchi #hayot #aql #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

17 Oct, 15:19


Sizning hayotingizda energiyangizni koʻtaradigan narsalar koʻpmi yoki
tushiradigan?

Fikr va mulohazalaringizni izohlarda kutib qolamiz.

#energiya #berish #tushiradi #inson #tabiat #hushkayfiyat #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

16 Oct, 14:35


Oʻtmishning arqoni...
Oʻtmishdagi lahzalar, shunday arqonga aylanadi-ki, hayotimizni oʻziga tortadi. Har qadamimizda eski xotiralar oyogʻimizga zanjir boʻlib bogʻlanadi va kelajakka qadam tashlashimizga toʻsqinlik qiladi.

#otmish #lahza #xotira #kelajak #tosiq #bog #zanjir #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

15 Oct, 15:21


Bu turdagi insonlar ichki olamlarida yetarsizlik hissi yashashadi va aslida ich-ichlaridan oʻzlarini atrofdagilar bilan doimo solishtirishadi!

Atrofingizda bu turdagi insonlar bormi? Izohlarda fikrlaringizni kutib qolamiz!

#ichki #inson #his #yetarsiz #qadrsiz #borttirish #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram

Psixologiya Dunyosi

14 Oct, 14:37


Ushbu videoni hayotingni qadriga yet deydigan doʻstingizga yuborib qoʻying.

#qadr #davo #vaqt #organish #hayot #psixologiyadunyosi

Telegram I Facebook I Instagram