Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi @pmm_uz Channel on Telegram

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

@pmm_uz


Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

👉https://piima.uz/
👉https://www.instagram.com/pmm_uz
👉https://www.facebook.com/mahoratmarkaz
👉 t.me/piimasavollar_bot

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Uzbek)

Mahorat o'zgaruvchilikdir! Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi sizga o'z mahoratingizni rivojlantirish va dunyoviy darajalash uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taklif qiladi. Kanalda eng so'nggi pedagogik yangiliklar, texnologiyalar va ko'nikmalar bilan tanishishingiz mumkin. Siz uchun mahalliy va xalqaro kurslar, vebinarlar va seminarlar tashkil etiladi. Agar sizning o'quv-tadqiqot faoliyatingizni rivojlantirishni xohlaysiz, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga a'zo bo'ling! Albatta, mahoratning xalqaro miqdorda baholanishiga yordam berish uchun biz Instagram va Facebook sahifalarimizda ham mavjudmiz. Biz bilan aloqada bo'lish uchun web-saytimizni ham ziyorat qiling! Mahoratingizni oshiring va dunyoga ovoz bering! 📚🌎

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

14 Nov, 08:57


#Attestaciya_2024
#joqarı_nátiyje_menen_tanısıń

Pedagoglar attestaciyasında Ámiwdáriyalı oqıtıwshı 98 ball aldı

Ámiwdáriya rayonı 7-sanlı mekteptiń Texnologiya páni muǵallimi Jumatova Nazokat Shavkatovna búgingi pedagoglar attestaciyasında 98 ball menen  joqarı kategoriyaǵa iye boldı.

#Attestaciya_2024
#yuqori_natija_bilan_tanishing

Amudaryolik o‘qituvchi pedagoglar attestatsiyasida 98 ball oldi

Amudaryo tumanidagi 7-maktabning Texnologiya fani o‘qituvchisi Jumatova Nazokat Shavkatovna pedagoglar attestatsiyasida 98 ball bilan yuqori toifaga ega bo‘ldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

13 Nov, 10:18


#Jonli_efir

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot boshlandi.

👉 Jonli efirni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

12 Nov, 14:07


📣 Hurmatli pedagoglar!

Ertaga — 13-noyabr kuni soat 15:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.

❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan ushbu mavzularga doir savollarga batafsil javob beriladi.

Savollaringizni ushbu havola izohida qoldirishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

12 Nov, 13:04


#Attestatsiya

Bugun xushxabarlar kuni bo’ldi. Ustozlarimiz malaka toifasi uchun o‘tkazilgan test jarayonlarida ketma-ket yuqori natijalar qayd etishdi.

Xususan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani 3-sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nodira Ametova attestatsiyada muvaffaqiyatli ishtirok etib, 96 ballni qo‘lga kiritdi.

Xorazm viloyati, Urganch shahar 17-son maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Aziza Rahmonova ham malaka sinovlarida qatnashib, 96 ballik natija ko‘rsatdi.

Sirdaryo viloyati, Oqoltin tuman 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Mamatqulova Kumushoy malaka toifa sinovidan 96 ball to‘plab, oliy toifali pedagoglarimiz safini yana bittaga oshirdi.

Navoiy viloyati, Navoiy  shahridagi 23-sonli umumta’lim maktabi Ingliz tili fani o‘qituvchisi  Tohirova Mahliyo Bahriddinovna 96 ball bilan oliy toifali o‘qituvchi maqomiga ega bo‘ldi.

❗️Ustozlarni ushbu natijalari bilan samimiy tabriklaymiz va ularning keyingi faoliyatlarida ham omad tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

12 Nov, 12:02


#Attestatsiya
#Kun_natijasi

Buxorolik ustoz 100 foizlik natija bilan oliy toifaga ega bo’ldi

Romitan tumanidagi 7-IDUMning ingliz tili fani o‘qituvchisi Muhayyo Kamolova malaka test sinovlarida 100 foizlik natija bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.

Ustozni ushbu muvafaqqiyat bilan qutlaymiz!

Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

11 Nov, 09:44


#Attestatsiya_2024

Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanidagi 69-umumta’lim maktabining ingliz tili fani  o‘qituvchisi Oyimgul Sadinova attestatsiya test sinovlarida 98 ball qayd etib, oliy toifani uchinchi bor himoya qildi.

Shuningdek, Samarqand shahridagi 34-umumta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Xayrullayeva Rayhona attestatsiyada birinchi bor qatnashib, (u joriy yilda o'qituvchilik faoliyatini boshlagan) 94 ballik natija korsatdi va ikkinchi toifani qolga kiritdi.

Ustozlarimizni ushbu yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz!

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati         

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

06 Nov, 13:46


#Attestatsiya

O'zbekistonning olis hududi — So‘x tumanida joylashgan 29-maktabning o‘zbek tili o‘qituvchisi Shohro‘z Mo‘minzoda attestatsiya jarayonlarida 100 ballni qo‘lga kiritib, oliy toifaga ega bo‘ldi.

Ustozni ushbu natija bilan samimiy tabriklaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

06 Nov, 11:01


#Attestatsiya

Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 3-umumta’lim maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Billura Zayniyeva malaka test sinovlarida ishtirok etib, 98 ball bilan oliy malaka toifasiga ega bo‘ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

06 Nov, 06:21


#Attestatsiya_2024

📍 Malaka toifasi uchun sinov jarayonlarida ustozlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan Toshkent shahri misolida tanishtiramiz.

❗️
Respublikamizning barcha hududlaridagi imtihon markazlari xuddi shunday sharoitlar bilan ta'minlangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

05 Nov, 13:02


#Attestatsiya

Xorazm viloyati, Urganch tumanidagi 13-umumta‘lim maktabining 2 yillik ish satjiga ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'qituvchisi Munisa Rahimboyeva attestatsiya sinovlarida ishtirok qilib, 96 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo'ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

04 Nov, 14:39


#attestatsiya

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani 57-sonli umumtaʼlim maktabining Boshlangʻich taʼlim fani oʻqituvchisi Gulshoda Homidova attestatsiya sinovlarida 96 balni qoʻlga kiritdi.

Ustozni bu yutuq bilan tabriklaymiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

04 Nov, 10:05


#Ustozlar_fikri

ATTESTATSIYA NATIJALARIGA KO'RA OLIY TOIFAGA O'TGAN USTOZLAR


"Halol va shaffof o'tayotgan test sinovlarda qatnashib, oliy toifaga ega bo'ldim",- deya ta’kidladi, attestatsiya jarayonlarida yuqori natija qayd etgan Qo'rg'ontepa tumani 16-umumta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sayyora Sultonova

Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati

Telegram | Facebook | Web sayt

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

04 Nov, 05:09


#Attestatsiya

Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi 23-umumta‘lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sokina Murodova attestatsiyasida 92 ball bilan birinchi malaka toifasiga ega bo'ldi.

Ustozni ushbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

02 Nov, 07:04


#Attestatsiya

Zarafshon shahridagi 4-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi Nurova Rayxan Beknazarovna bugungi attestatsiya sinovida 94 ball bilan oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.

👉 Ustozni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

01 Nov, 09:29


#attestatsiya

Xorazm viloyati, Xonqa tumani 1-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining boshlang‘ich ta'lim fani o‘qituvchisi Sabohat Abdrimova bugungi attestatsiya sinovida 90 ball bilan oliy malaka toifasini qo‘lga kiritdi.

👉 Ustozni ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

01 Nov, 05:51


Press-tur: Surxondaryo viloyatida malaka sinovlari qizgʻin pallaga kirdi

Termiz shahridagi 26-umumtaʼlim maktabida vazirlik tizimidagi taʼlim muassasalari pedagoglari ishtirokida oʻtkazilayotgan malaka sinovlariga jarayonlariga bagʻishlangan press-tur tashkil etildi.

🔹 Tadbir doirasida OAV va keng jamoatchilik vakillariga ishtirokchi pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sinov jarayonlari haqida atroflicha maʼlumot berildi.

👉 Maʼlumot uchun: joriy malaka sinovlarida hududdagi 12 ming 553 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

01 Nov, 04:19


#Attestatsiya

📣 Diqqat, e’lon!!!

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari pedagog kadrlari attestatsiyadan oʻtkazilmoqda.

🔹 Sinov jarayonlarini shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida vazirlik tomonidan barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

Qadrli pedagoglar!

❗️ Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bu haqida attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 97 352 09 09 yoki quyidagi bot manziliga xabar yuborishingizni soʻraymiz.

👉 Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

24 Oct, 07:08


❗️Diqqat!❗️

25-oktabr kuni soat 18:00 da “Yangilangan baholash tizimi” mavzusida @marifatziyo telegram kanalida ovozli chat o‘tkaziladi.

Mavzu yuzasidan savollarga Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovadan javob olinadi.

Baholash tizimiga oid savollaringizni @zilola_muhammadali ga yuborishingiz mumkin. Savol yuborish muddati 24-oktabr 18:00 ga qadar.

@marifatziyo
Fikrlaringizni yozib qoldiring👇

📱 Telegram      📱 Instagram
📱 Facebook     📱 Mobil ilova

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:42


21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin qalbdan qutlaymiz.

1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi. Bu esa ajdodlarimiz orzu qilgan milliy o‘zlik, hurlik uchun tashlangan ilk qadam bo‘ldi. Mana 35 yildirki, ona tilimiz millat ma’naviyatimizning mustahkam poydevoriga aylandi. Zero, ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oyinai hayoti – bu uning milliy tili va adabiyotidir”.

Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimiz bo‘lishi kerak.

Azizlar! Yana bir bor bayram muborak bo‘lsin!

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:34


#Kun_hikmati

🔷Ko‘ngil maxzanining qulfi til va ul maxzanning kalitin so‘z bil.

✍️Alisher Navoiy

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:32


Aziz ustozlar, qadrli vatandoshlar!

Avvalo, barchangizni milliy gʻururimiz — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun, ona tilimiz bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Albatta, har bir inson uchun tugʻilib oʻsgan oʻz uyi va Vatani qanchalik aziz boʻlsa, ilk bor tili chiqqanda aytiladigan soʻzlarni ifodalovchi ona tili ham shu kabi muqaddas va qadrlidir.

Shu maʼnoda biz bugun moʻtabar sanovchi oʻz ona tilimiz — oʻzbek tilining hayotimizda tutgan oʻrni har qachongidan ham muhim ahamiyatga egadir.

Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni milliy oʻzligimiz va gʻururimiz timsoli boʻlgan ona tilimizning bugungi muhim sanasi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Jonajon ona tilimizning mehrli ziyosi doimo tafakkurimiz va qalblarimizni yoritib tursin!


Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

21 Oct, 03:32


#iqtibos

Bizning yoshlar, albatta, boshqa tillarni bilish uchun sa’y-harakat qilsinlar, lekin avval o‘z ona tilini ko‘zlariga to‘tiyo qilib, ehtirom ko‘rsatsinlar. Zero, o‘z tiliga sadoqat – bu vataniy ishdir.

Ishoqxon Ibrat

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

19 Oct, 08:44


#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

16 Oct, 06:39


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan 10-11 hamda 14-15-oktyabr kunlari Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida "Mezonlarga asoslangan baholash" va "Zamonaviy ta'lim" mavzularida seminar-treninglar o'tkazildi. Seminarning birinchi kuni mezonlarga asoslangan baholash tizimining an'anaviy baholashdan farqli tomonlari, formativ hamda summativ baholashning maqsad va vazifalari haqida qatnashchilarga batafsil ma'lumotlar berildi. Seminarning ikkinchi kuni esa zamonaviy ta'lim berish orqali o'quvchilarda ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil bilim olish, loyiha ishini hamkorlikda bajarish ko'nikmalarini rivojlantirish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

11 Oct, 05:13


📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, Sanʻat tarixi, Amaliy sanʻat, Etika va estetika, Akademik xonandalik, Anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik), Anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik sanʼati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholgʻular ijrochiligi, Damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholgʻulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik sanʼati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniya rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Joʻrnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi, Tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr sanʻati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr sanʼati butafori rassomi, Texnogen sanʼati, Torli cholgʻular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal sanʻati, Xalq cholgʻulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholgʻular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi

08 Oct, 13:50


#xorijiy_hamkorlik

🤩 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi delegatsiyasi malaka oshirish uchun Buyuk Britaniyada bo’lib turibdi.

Mazkur tashrif davomida delegatsiya a’zolari OxfordAQA hamda Cambridje International Assessment tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan dasturlarda ishtirok etib, xalqaro tajribani o'rganishadi, baholash tizimini yaratish, milliy baholash tizimi dasturni ishlab chiqish, takomillashtirish va rejalashtirish bo’yicha malaka oshiradilar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube