English E-Book Club @englishebookclub Channel on Telegram

English E-Book Club

@englishebookclub


My aim is to teach the language by reading in context through different texts,short stories and books.

English E-Book Club (English)

Are you looking to improve your English language skills while enjoying a good read? Look no further than the English E-Book Club on Telegram! This channel, with the username @englishebookclub, is dedicated to helping individuals learn English through the power of reading. The main goal of this channel is to provide users with a fun and interactive way to enhance their language skills by reading in context. By sharing various texts, short stories, and books, the English E-Book Club aims to immerse its members in the language and improve their comprehension and vocabulary. Who is it for? The English E-Book Club is perfect for anyone looking to improve their English language skills, whether you are a beginner or an advanced learner. The channel offers a wide range of reading materials, so there is something for everyone to enjoy and learn from. What is it? The English E-Book Club is a platform where language enthusiasts can come together to read and discuss various texts, short stories, and books in English. By engaging with the content provided, users can improve their language skills in a fun and engaging way. Join the English E-Book Club today and start your journey towards language proficiency through reading! Whether you are looking to expand your vocabulary, improve your comprehension, or simply enjoy a good book, this channel has something for you. Don't miss out on this fantastic opportunity to learn English in a unique and effective way. See you there!

English E-Book Club

16 Jan, 10:44


📢 Азиз дўстлар, муҳим янгилик!

"EZGU AMAL" фонди онкологик касалликлар билан оғриган болаларнинг хориждаги даволанишини молиялаштириш учун аризалар қабул қила бошлайди.

👆 Ариза топшириш шартлари билан танишиш мумкин.

📞 Маълумот учун телефон: +99895 888-87-47

📍 Манзил: Мирабод тумани, Тарас Шевченко кўчаси, 23-уй (БЦ "NEW LEVEL", 2-қават).

@grants_hunter - join us!

English E-Book Club

11 Jan, 04:12


Ingliz tilida insho yozishni yaxshilash uchun, turli mavzularda ko'p o'qish zarur.

Many new parents often underestimate the impact of handing over shiny screens to their babies, thinking it’s just harmless fun. Gradually, however, this habit becomes a part of the baby’s routine and, before long, turns into a dependency. The key to avoiding this is prevention
Numerous studies have highlighted the physical, cognitive, and emotional consequences of prolonged screen exposure in infants.
However, the most alarming finding is that screen exposure during infancy can significantly disrupt the natural development of the baby’s brain, altering how neural pathways are formed during this critical period of growth. Prolonged screen exposure during infancy might lead to abnormal wiring of neural circuits that are forming at this critical age.
Studies have shown that excess screen time may lead to reduced gray matter density in brain regions associated with language, executive function, and impulse control
.

English E-Book Club

10 Jan, 07:50


⚡️Ko'pchilik yoshlar xalqaro imtihon xarajatlarini qaytarib olishda muammolar yuzaga kelganini bizga ma'lum qilishgan edi. Bugun Xalq Banki mutasaddilari bilan hamkorlikda kompensatsiya to'lovlarini amalga oshirishni boshladik.

O'z o'rnida Xalq Banki vakillariga yoshlarni qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Yoshlarimizni esa avvalo o'z ona tilimizni mukammal o'zlashtirib, shu bilan birga xorijiy tillar hamda xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijalarni qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz.

Eslatib o'tamiz,18 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini "Xazna" ilovasi orqali kompensatsiya qilib qaytarib olishlari mumkin.

English E-Book Club

08 Jan, 06:55


https://dictionary.cambridge.org/ Ingliz tili grammatikasi va so'z boyligingiz ustida shug'ullanishingiz uchun ajoyib sayt.

English E-Book Club

31 Dec, 13:52


https://t.me/EnglishEBookClub

English E-Book Club

31 Dec, 13:51


Assalomu aleykum!
Yangi 2025 yil sizga va xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, qut-baraka va xursandchilik olib kelsin.
Barcha o'ylagan niyatlaringizga yetishishingizda Alloh yor bo'lsin!

English E-Book Club

24 Dec, 03:46


Qo'shimcha o'qish uchun...
Bo'g'irsoq ertagining boshqacha varianti ekan.

English E-Book Club

21 Dec, 03:06


Yangi Yil yaqinlashib kelmoqda.
Yaqinlarimizni va do'stlarimizni tabriklab eng yaxshi tilaklarni ingliz tilida yozmoqchi bo'lsangiz, sizga mana shularni olib keldim.
Enjoy.

English E-Book Club

20 Dec, 05:47


Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganish uchun bolalar uchun quyidagi 10 ta maslahatlar:
1. O'yinlar orqali o'rganish: Tilni o'rganish jarayonini qiziqarli qilish uchun maxsus o'yinlardan foydalaning. Masalan, so'z o'yinlari yoki interaktiv ilovalar.
2. Vizual materiallar: Rasm, video va grafiklardan foydalaning. Bolalar ko‘rish orqali ko‘proq o‘rganadilar.
3. Qisqa va sodda so‘zlar: Darslarni qisqa va sodda so‘zlar bilan boshlang. Bolalar murakkab iboralar o‘rniga oddiy so‘zlarni osonroq o‘zlashtiradilar.
4. Har kuni amaliyot: Har kuni ingliz tilida bir necha daqiqa mashq qiling. Bu tilni qunt bilan o‘rganishga yordam beradi.
5. Kitob o'qish: Bolalar uchun mo‘ljallangan ingliz tilidagi kitoblarni tanlang. Oson va qiziqarli hikoyalar orqali tilni o‘rganish osonroq bo‘ladi.
6. Qo'shiqlar va she'rlar: Ingliz tilidagi bolalar qo'shiqlarini yoki she'rlarini o‘rganish. Musiqa orqali til o‘rganish ko‘proq qiziqarli bo'ladi.
7. Raqamli resurslar: Onlayn kurslar yoki mobil ilovalardan foydalaning. Ko‘plab ilovalar bolalar uchun til o‘rganishni qiziqarli qiladi.
8. Suhbatga jalb qilish: Bolalarga ingliz tilida suhbatlashishni rag'batlantiring. Shu bilan birga, ularga ko‘proq savollar berishga imkon bering.
9. Madaniyatni o‘rganish: Ingliz tilini o‘rganish bilan birga, ingliz tilida so'zlashadigan mamlakatlarning madaniyatini tanitish. Bu tilni o‘rganish motivatsiyasini oshiradi.
10. Ijobiy munosabat: Har bir muvaffaqiyatni nishonlang va bolalarga o‘rganish jarayonida motivatsiya bering. Ijobiy munosabat til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
Ushbu maslahatlar bolalarga ingliz tilini o‘rganishda yordam beradi va jarayonni qiziqarli qiladi.

English E-Book Club

16 Dec, 03:49


Yangi Yilga farzandlaringizga yoki o'quvchilaringizga osongina she'rlar kerakmi, mana marhamat

English E-Book Club

12 Dec, 13:15


AQSh elchixonasidan ayol-qizlar navbatdagi o'zini himoya qilish kurslariga start beriladi.

Batafsil

English E-Book Club

12 Dec, 10:07


Places in town worksheets.

English E-Book Club

11 Dec, 07:53


lingua.com xazina saytlardan biri bo'lib turli tillarni bepul versiyasida, yoki Premium versiyada o'rganishingiz mumkin. Tavsiya qilaman. Bu haqda avval ham yozgan edim. Biz 10 $ to'lov qilib, bir yillik Premium versiyasini sotib olgan edik. Foydalanib yuribmiz.😍😊😊👍

English E-Book Club

11 Dec, 02:00


Markaziy Park, Nyu-York, AQSH.

Siz Nyu-Yorkda joylashgan Markaziy Park sun'iy park ekanligini bilarmidingiz?
Bundan qariyb 170 yil avval Manxettenda aholi tobora zichlashib borayotganida, "Katta Olma" uchun yashil o'pka bo'lib xizmat qiladigan park qurish kerak deb qaror qilindi. 1857 yilda Frederik Loy Olmsted va Kalvet Voks ommaviy tanlovda g'olib kelib, "Markaziy Park" loyihasini o'z zimmalariga olishdi.
Garchi ular buni to'liq yaxshi bajarmagan bo'lsalar-da, ular o'zlari oldin qilgan xatolarini takrorlamaslikka harakat qilishdilat. Xatolar bo'lsin yoki bo'lmasin, ular yomon qilmagan ko'rinadi, shubhasiz, u dunyodagi eng mashhur parklardan biridir.

Kredit: Para Pensar

English E-Book Club

07 Dec, 13:00


Keyingi paytlarda 5 yoshli qizimni kuzatishim natijasida kelgan xulosalarim.
1. Qancha ko'p muddat youtube ko'rsa shuncha ko'p asabiylashadi.
2. Qancha ko'p boshqa mashg'ulotlar (rasm chizish, bo'yash, raqs, parkda sayr qilish)ni bajarsa shuncha kayfiyati yaxshilanadi.
3. Har doim birga o'ynashni, birgalikda bajarishni istaydi.

Gadjetlardagi turli videolar har qanday inson miyasiga dofamin garmonini ko'p miqdorda ishlab chiqarishga sabab bo'ladi. Gadjetlarga yanada bog'lanib qolishning asosiy sababi shudir.
Taomni meyorida yeganimizdek xonadonimizdagi gadjetlarni tunu-kun farzandlarimizga berib qo'yib, mehmonga ketishimiz, mehmon kutishimiz, yoki shunchaki e'tiborsiz o'tirishimiz ularni bunga yanada qaramlikka olib keladi.
O'zim onlayn dars bersamda, bolalarni internetdan faqat to'g'ri va samarali foydalanishiga ota-onalarning nazorati juda muhim deb o'ylayman.
Sizning fikringiz qanday.

English E-Book Club

06 Dec, 03:55


Ingliz tilini endi boshlaganlar uchun talaffuz qoidalari.


1. Fonetik transkripsiya bilan tanishing: Har bir so'zning talaffuzini tushunish uchun fonetik transkripsiyani o'rganing. Bu sizga so'zlarni qanday talaffuz qilishni aniqroq bilishga yordam beradi.
2. Tovushlarni ajrating: Har bir so'zdagi tovushlarni alohida talaffuz qilishga harakat qiling. Tovushlarni alohida-eslatib, so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni osonlashtiradi.
3. Talaffuz qilishni takrorlang: Yangi so'zlarni o'rganganingizda, ularni baland ovozda takrorlang. Bu sizning og'zaki ko'nikmalaringizni rivojlantiradi.
4. Audio manbalardan foydalaning: Inglizcha tillarni o‘rganish uchun audio materiallar, masalan, podkastlar yordamida to‘g‘ri talaffuzni eshitib, o‘rganishga harakat qiling.
5. Video va interaktiv dasturlardan foydalaning: Ingliz tilini o'rganish uchun mo'ljallangan video darslar yoki mobil ilovalar orqali talaffuzni yaxshilashga yordam beradigan interaktiv mashqlarni bajaring.

English E-Book Club

05 Dec, 03:49


1.Ingliz tilida maqollar
2.Do/Does ni yaxshilab farqlab olish uchun mashq.

English E-Book Club

01 Dec, 11:32


Sometimes, we’re quick to judge others without understanding their battles. In this touching short film, a student is punished for being late to class every day, and no one knows why. But behind the scenes, his daily tardiness hides a beautiful act of kindness—helping a friend in a wheelchair reach the hospital before heading to school.
This story is a reminder to look beyond what’s on the surface.

Ba'zida, biz boshqalarni ularning kurashlarini tushunmasdan baholashga shoshilamiz. Ushbu ta'sirli qisqa filmda, bir o'quvchini har kuni darsga kech qolganligi uchun jazolaydilar, lekin hech kim sababini bilmaydi. Aslida, uning har kunlik kechikishi go'zal bir saxiylik harakatini yashiradi — nogiron do'stini kasalxonaga olib borish.
Bu hikoya, yuzaki narsalardan nariga qarashni eslatadi. Har kim ko'rinmaydigan kurashlar olib bormoqda, va ba'zida ularning harakatlari rahm-shafqat va o'zini bag'ishlash bilan bog'liq.

English E-Book Club

30 Nov, 14:50


Assalomu alaykum Zebo opa yaxshimisiz. Sizga kattadan katta raxmat aytish uchun yozyapman😍 Oʻquvchiz oʻgʻlim Dilshodjon
Registon oʻquv markazi tomonidan oʻtqizilgan 3 va 11 sinflar oʻrtasidagi ,,MUDIR,, olimpiyadasida Ingliz tili va Matematikadan faxrli 3- oʻrin oldi va 10 ta badiiy kitob yutib oldi. Ona sifatida juda xursand boʻldim. Sizga raxmat sizni mehnatlariz samarasi😘 Yaxshiyam sizdek ustozi bor. Borizga shukur😘😘😘🫰
Oʻgʻlim badiiy kitoblarga qiziqadi va har kuni kitob oʻqishni yulga quygan. Yutib olgan kitoblarini ham mazza qilib oʻqiyapdi.🥰

P.S O'quvchilarimning yutuqlari bilan har doim faxrlanaman va chin ko'nglimdan suyunaman. Davomli bo'laversin.

English E-Book Club

28 Nov, 12:40


⚡️Matematika fani bilimdonlarini musobaqaga chorlaymiz!

Bolalar ombudsmani, viloyat hokimliklari, Xalqaro Nordik universiteti, IDC ta’lim markazi hamda "UzReport " telekanali bilan hamkorlikda Respublikamiz bo‘ylab yosh matematiklarning xalqaro musobaqasi - TasIMO-2025 bellashuviga start berdi☑️.

🧠Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari 3-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan onlayn musobaqa o‘tkaziladi.

Aziz bilimdonlar

Matematika bo‘yicha xalqaro darajadagi bellashuvni o‘tkazib yubormang. Qobiliyat va imkoniyatlaringizni bilimlar maydonida kengaytirish sari qadam tashlang.

💰Sovrin jamg‘armasi 450 million so‘mni tashkil etadi.

👇🏻 Musobaqada ishtirok etish uchun quyidagi botlardan birida ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi:

@tasimo3_bot
@tasimo2_bot
@tasimo1_bot
@tasimo_bot

📞Batafsil ma’lumot uchun:
+998555084400, @Tashkent_imo

English E-Book Club

27 Nov, 15:29


🆘🆘🆘🆘🆘
🆘🆘🆘🆘🆘 SIZ PULINGIZNI TEJAMOQCHIMISIZ?💵💵💵
💵💵💵💵💵💵💵💵💵💵💵


ENG QIMMATLI BOLGAN VAQTDAN YUTMOQCHIMISIZ?



UNDA ONLAYN-MATEMATIKA KURSIMIZGA MARXAMAT🤩🤩🤩❗️❗️❗️


📌guruxlarimizda 6 yoshda 17 yoshgacha oquvchilar talim olishlari mumkin.


📌maktabga tayyorlov guriximiz bor 4 oy oqish. Tez orada OQUVCHINING ozlashtirish samaradorligi oshadi. Fanlarning boshi bolgan matematika hayotining yarmiga aylanadi😊😊


📌oliy talimga tayyorlov guruximizga abyuturent qabul qilamiz. Gurximizda oquvchi qisqa vaqtda mustaqil misol-masalalarni ishlashni boshlaydi. Darslar axborotnoma boyicha olib boriladi. Òqish muddati oquvchining harakatiga qarab 1 yilgacha davom
etishi mumkin. Bu kitobni tugatgan, kirish imtixonida, ishontirib aytamanki yuqori ball oladi🤩🤩🤩.


📌Har bir mavzu tugagach test olinadi. Oquvchini ozlashtirishini baholash uchun🏆🏆🏆🏆🏆🏆🏆


📌Xoxlovchi oquvchi ustoz-shogird uslubida yakka tartibda ilm olishi mumkin



📌Darslarimiz talabga qarab rus tilida ham olib boriladi😍😍😍😍


🎊🎊🎊
🎊🎊🎊Qoidalarimiz sizga maqul bolsa sizni guruximizda kutib qolamiz❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️


Talim olish pullik💸💸💸💸💸💸💸

https://t.me/xan14014

🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉

English E-Book Club

26 Nov, 11:13


⚠️ Ota-onalar diqqatiga!

Aziz farzandlarimiz uchun Ibrat Kids jamoasidan yangi loyiha - Kids Academy | Art

⭐️ Loyiha doirasida 1-dekabr kuni bolajonlar uchun o'yinlar, har xil intellektual mashg'ulotlarni o'z ichiga olgan tadbir bo'lib o'tadi.

Agar siz ham farzandingizni telefondan uzoqlashtirib, foydali mashg'ulotlarga qiziqtirishni istasangiz, tadbirimizga sizlarni taklif qilamiz.

Batafsil ma'lumot olish yoki qatnashish uchun pastdagi link orqali ro'yxatdan o'ting!

👉 https://forms.gle/Uwj43bSHt49MzHgdA

Yoki telegramdan murojaat qiling - @kidsenglishibrat

@ibratfarzandlari

English E-Book Club

26 Nov, 10:44


Ingliz tilini 0 dan o'rganmoqchi bo'lgan yoshi kattalar uchun quyidagi 10 maslahatni beraman:

1. Maqsadni belgilash: O'rganish sabablaringizni aniqlang. Masalan, sayohat, ish yoki shaxsiy rivojlanish.

2. Kundalik rejim tuzing: Har kuni ma'lum vaqt ajrating – hatto 15-30 daqiqa ham foydali bo'lishi mumkin. Doimiylik muhim.

3. Mavzularni tanlang: Ingliz tilini o'rganishda qiziqarli mavzularni tanlang. O'zingizni qiziqtiradigan kitoblar yoki filmlar orqali boshlang.

4. Sohalar bo'yicha o'rganing: Grammatika, lug'at va talaffuzni alohida o'qishga harakat qiling. Har bir sohani mustaqil ravishda o'zlashtirish foydali.

5. Audiovizual materiallardan foydalaning: Film, serial yoki podkastlar tomosha qiling. Bu sizga tilni tushunishga va talaffuzni yaxshilashga yordam beradi.

6. Amaliy mashqlar qiling: O'rganilgan materialni amaliyotga tadbiq eting. Ingliz tilida yozish, o'qish yoki gapirish mashqlarini bajaring.

7. Til kurslariga qo'shiling: Mahalliy yoki onlayn til kurslariga yoziling. O'qituvchilar va boshqa o'quvchilar bilan muloqot qilish foydali.

8. Kichik maqsadlar qo'ying: Har bir hafta yoki oyda o'z oldingizga kichik maqsadlar qo'ying. Masalan, 50 ta yangi so'z o'rganish yoki bir necha jumla yozish.

9. Tilni amalda qo'llang: Ingliz tilida do'stlar bilan suhbatlashing, forumlarda faol bo'ling yoki til almashish dasturlarida qatnashing.

10. Sabrlilik va ijobiy fikr: O'rganish jarayoni davomida sabrli bo'ling. Xatolar qilishdan qo'rqmang, ular orqali o'rganasiz.

Bu maslahatlar yordamida ingliz tilini o'rganish jarayoningizni qulay va samarali qilish mumkin. Omad!

English E-Book Club

26 Nov, 05:10


Ingliz tilida eng ko'p ishlatiladigan fe'llarning 30 tasi va ularning o'zbekcha tarjimasi:
1. be - bo'lish 2. have - ega bo'lish
3. do - qilish 4. say - aytmoq
5. get - olish 6. make - yaratmoq
7. go - borish 8. know - bilmoq
9. take - olib ketmoq 10. see - ko'rmoq
11. come - kelmoq 12. think - o'ylamoq
13. look - qaramoq 14. want - xohlamoq
15. give - bermoq 16. use - ishlatmoq
17. find - topmoq 18. tell - aytmoq
19. ask - so'ramoq 20. work - ishlamoq
21. seem - ko'rinmoq 22. feel - his qilmoq
23. try - urinmoq 24. leave - tark etmoq
25. call - chaqirmoq 26. keep - saqlamoq
27. help - yordam bermoq 28. talk - gaplashmoq
29. turn - burmoq 30. start - boshlamoq
Bu fe'llar ingliz tilida juda keng tarqalgan va ko'plab kontekstlarda ishlatiladi.

English E-Book Club

24 Nov, 10:36


Readingni rivojlantirish uchun foydali manba.
Rasmlarga va savollarga boy kitob.

English E-Book Club

21 Nov, 13:55


⚡️Yoshlar uchun zo'r imkoniyat!

Respublika bo'ylab "Registan" LC 1000 nafar iqtidorli yoshlarga IELTS grantlarini taqdim qilishmoqchi (jami 3,1 mlrd so'mlik grant).

Batafsil: https://t.me/Registan_LC/18113

Albatta, biz yoshlarga bunday grantlar taqdim etilayotganidan juda xursandmiz.

⚡️Yaqinda, Namangan viloyati, Chortoq tumanidagi "Stanford" o'quv markazi ham 800 million so'mlik grant e'lon qilishgandi. Eng muhimi, o'rganuvchilarga "Spark" avtomobilini ham sovg'a qilishmoqchi.

Batafsil: https://t.me/stanfordschooluz/95827

Yana qaysi o'quv markazlari grantlar e'lon qilishini xohlar edingiz?

English E-Book Club

20 Nov, 10:53


Yosh bolalar uchun bepul virtual kutubxonalar juda ko'p. Quyida ularning ba'zilari keltirilgan:

1. Open Library: Bu platforma orqali millionlab kitoblarni bepul o'qish mumkin. Bolalar uchun maxsus bo'limlar mavjud.

2. Project Gutenberg: Bu kutubxonada klassik adabiyotning bepul elektron nusxalari mavjud. Bolalar uchun mos asarlar topishingiz mumkin.

3. LibriVox: Bu sayt orqali bepul audiokitoblarni tinglash mumkin. Bolalar uchun mo'ljallangan ko'plab asarlar mavjud.

4. Storyline Online: Bu platformada mashhur kitoblarni professional aktyorlar o'qib berishadi. Bolalar uchun juda qiziqarli.

5. National Geographic Kids: Bu sayt bolalar uchun qiziqarli va ta'limiy materiallar, maqolalar va rasmlar taqdim etadi.

6. Scholastic: Bu platformada bolalar uchun turli xil bepul kitoblar va o'yinlar mavjud.

7. TumbleBookLibrary: Bu elektron kutubxona bolalar uchun interaktiv kitoblar, video va o'yinlarni taklif etadi. Ba'zi materiallar bepul, lekin to'liq foydalanish uchun obuna kerak bo'lishi mumkin.

Ushbu resurslar bolalarga o'qish qiziqishini oshirish va bilimlarini kengaytirishga yordam beradi.

English E-Book Club

15 Nov, 05:56


Yaqinda kanalim obunachisi menga murojaat qilib, ortiqcha kitoblarini qayerga hadya qilishi mumkinligi haqida so'radilar. O'zbekistonda bo'lganimda menga bering derdim, keyin mana shu yuqoridagi bepul kutubxona esimga tushib, shu kutubxonaga topshirsangiz, juda ko'pchilik o'qiydi deb maslahat berdim.

English E-Book Club

15 Nov, 05:52


📚Hadya qilingan kitoblar

01.10.2024 dan 09.11.2024 gacha kutubxona uchun hadya qilingan kitoblarni koʻrishingiz mumkin

Bu kitoblar ko‘pchilikning bepul ilm olishiga sababchi bo‘ladi inshaalloh

Ehson egalaridan Alloh rozi bo‘lsin.

Quyidagi havola orqali barchasini ko'rishingiz mumkin

👉
Bepul kutubxona

Foydali deb topgan bo‘lsangiz, yaqinlaringizga ham ulashing
Telegram | Instagram  | mehrkutubxonasi.uz

English E-Book Club

15 Nov, 03:46


Ona tilimiz-o'zbek tilida so'z turkumlari deb nomlanadigan atamalar ingliz tilida parts of speech deyiladi.
Ona tilini yaxshi o'qigan bo'lsangiz boshqa xorijiy tillarni o'rganish qiyin bo'lmaydi.

English E-Book Club

14 Nov, 03:48


Xalqaro ta'lim ko'rgazmasi

🧑‍🎓 Kimlar uchun?
Maktab o'quvchilari, talabalar va ularning ota-onalari uchun.

🏆 Ko'rgazmada kimlar ishtirok etadi?
Buyuk Britaniya, AQSh, BAA, Shveytsariya, Tailand va boshqa mamlakatlarning 25 ta eng yaxshi universitetlari va maktablari.

Tashkilotchi
🏢 marketing.uz

📆 23-noyabr 2024 (shanba), 12:00-16:00
Toshkent shahri, International mexmonxonasi
💰 Bepul
🌐 Ruscha

🔗 Batafsil
🔗 Ro'yxatdan o'tish
🔗 Rasmiy havola

#oliy_talim #talim_korgazmasi #xorijda_oqish

@eventgouz

English E-Book Club

14 Nov, 02:13


Assalomu alaykum

Tajribali IELTS instructor kerak.

Tayyor standard guruh bor (12kishi). Darajasi B2.

Dars haftada 5 kun (dushanbadan jumagacha), soat 9:30-11:30oraliqda o'tilishi kk.

Manzil: Afruz chorrahasi, Chilonzor
Mo'ljal: Jahon tillari universiteti

Oylik va boshqa masalalar bo'yicha murojaat uchun kontakt:
@become_leader

English E-Book Club

13 Nov, 10:06


Yaqinda o'qigan kitobni sizlar bilan bo'lishmoqdaman.
Pop musiqasi qiroli Maykl Jekson haqida ko'p ma'lumot bilmas edim.
Bu kitobni o'qib, uning hayoti va ijodi haqida ancha narsa o'rgandim.
Menga Mayklning yangilikka intilishi, iste'dodini namoyon qilishdan tortinmasdan maqsadi sari harakat qilishi yo'qdi.
Mayklning otasi farzandlariga yoshligidan ko'p e'tibor bergan ekan.

English E-Book Club

11 Nov, 09:26


Ingliz tilini o'rganish uchun manbalar
@grants_hunter

EnglishDom
EnglishGrammar
Speaky
Justvocabulary
Splendid speaking
ELSA: Learn and Speak English
Oxford Academic
English Films
«Книги на Английском |Аудиокниги»
English Podcasts
Harvard Business Review
TinyCards

@grants_hunter - join us!

English E-Book Club

11 Nov, 05:05


Nemis, Koreys, Yapon, Turk, Arab tillarida ravon so’zlasha olsangiz Sizni yuqori maoshli ishga taklif qilamiz!

Chet el kapitali ishtirokidagi IT Park rezidenti bo'lgan kompaniyalar soni ortishi bilan birga ularning yurtimizdagi chet tillarini biladigan kadrlarga talabi ortmoqda.

Quyidagi tillarda ravon so‘zlasha oladigan iqtidorli kadrlarni izlamoqdamiz:
🔹Nemis tili (800+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Koreys tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Yapon tili (300+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Turk tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)
🔹Arab tili (200+ bo‘sh ish o‘rni)

Agar siz ushbu tillardan birini bilsangiz va ingliz tilini kamida B1 darajasida o‘zlashtirgan bo‘lsangiz, bu yetakchi xalqaro kompaniyalarda karyerangizni boshlash uchun noyob imkoniyatdir. Moslashuvchan ish jadvali, martaba o‘sishi va muvaffaqiyatga yetaklovchi lavozimdan bahramand bo‘ling.

Bu shunchaki ish emas, balki kasbiy imkoniyatlar dunyosiga ochilgan eshikdir! 🌐

Arizangizni topshirishga tayyormisiz? Boshlash uchun havola orqali o‘ting: https://forms.gle/FNcjS6ZPtZgqoDoeA

Jahonning eng yaxshi ish beruvchi kompaniyalarining O’zbekistondagi ofislarida yuqori maoshli, moslashuvchan karyerangiz sari birinchi qadamni qo‘ying!

English E-Book Club

09 Nov, 15:31


"Kitob-najot" loyihasi tadbiri

Spiker - Jasur Muhammad!

🖇️@jm_kitobchi sahifasi muallifi;
🖇️”Mindset” va “Nega o’zgardim” loyihasi asoschisi;
🖇️Shaxsiy rivojlanish va kitobxonlik boʻyicha targ’ibotchi.

Keling, taqdimotlarini tinglang, savollaringizga javob oling! Eng zoʻr taqdimotlardan biri boʻlishiga ishonamiz.😉🤝
O’zingiz bilan kitob ayirboshlash uchun 1 ta kitob olib kelishni ham unutmang!

Tashkilotchi
🏢 Yosh Maslahatchilar Kengashi

📆 10-noyabr 2024 (yakshanba), 14:00
Toshkent shahri, Yoshlar Ijod Saroyi
💰 Bepul
🌐 O'zbekcha

🔗 Batafsil
🔗 Ro'yxatdan o'tish
🔗 Rasmiy havola

#kitobxonlik #netvorking #shaxsiy_rivojlanish

@eventgouz

English E-Book Club

09 Nov, 03:36


Amerika va Britaniyadagi ingliz tilidagi farqlar bir necha sohalarda ko'rinadi. Quyida asosiy farqlarni keltirib o'taman:

1. Lug'at
- Oddiy so'zlar:
- Britaniya: lorry (mashina), biscuit (pechene), flat (kvartira), lift (ko'taruvchi)
- Amerika: truck (mashina), cookie (pechene), apartment (kvartira), elevator (ko'taruvchi)

2. Imlo
- -or va -our:
- Britaniya: colour, flavour, honour
- Amerika: color, flavor, honor
- -re va -er:
- Britaniya: centre, metre, theatre
- Amerika: center, meter, theater

3.Grammatika

- Kollektiv otlar:
- Britaniya: bir nechta shaklda ishlatilishi mumkin (masalan, "The team are winning.")
- Amerika: odatda bitta shaklda (masalan, "The team is winning.")

4. Talaffuz
- Unli tovushlar: Talaffuzda farqlar mavjud bo'lib, bu turli aksentlarga olib keladi.
- Roticlik: Amerika ingliz tilida 'r' tovushi ko'proq talaffuz qilinadi, Britaniya aksentlarida esa ko'pincha talaffuz qilinmaydi.

5. Idyomlar va ifodalar
- Turli ifodalar bir xil fikrni ifodalash uchun ishlatilishi mumkin, bu esa tushunmovchiliklarga olib keladi. Masalan:
- Britaniya: “I’m knackered” (Men charchadim)
- Amerika: “I’m wiped out” (Men charchadim)

6. Sana formatlari
- Britaniya: Kun/Oy/Yil (masalan, 09/11/2024)
- Amerika: Oy/Kun/Yil (masalan, 11/09/2024)

7. Imlo belgilari
- Taqsimot belgilari:
- Britaniya: Odatda bitta qo'shtirnoq (' ')
- Amerika: Odatda ikki qo'shtirnoq (" ")


Amerika va Britaniya ingliz tillari bir-birini tushunishga qodir bo'lsa-da, bu farqlar tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin. Har ikki shakl o'ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.

English E-Book Club

06 Nov, 16:56


Dunyodagi eng chiroyli tillar haqida fikrlar shaxsiy va madaniy kontekstga bog'liq bo'lishi mumkin. Biroq, ko'pchilik e'tirof etadigan ba'zi tillar quyidagilar:

1. Fransuz tili: Sifatli va romantik tovushlari bilan mashhur. Ko'p odamlar uni "sevgi tili" deb atashadi.

2. Italyan tili: Musiqiy va ritmik tovushi bilan tanilgan. San'at va madaniyat bilan bog'liq ko'plab ifodalar mavjud.

3. Ispan tili: Melodiyali va jozibali. Ispan tilida ko'plab she'riy asarlar va musiqa mavjud.

4. Arab tili: O'ziga xos yozuvi va tovushlari bilan mashhur. Arab tilining go'zalligi uning adabiyoti va madaniyatidagi boylikda aks etadi.

5. Yapon tili: Muayyan tovushlar va yozuv tizimlari bilan ajralib turadi. Yapon tilida ko'plab estetik ifodalar va an'anaviy san'atlar mavjud.

Bu tillar o'zlarining madaniyati va tarixi bilan birga, ko'plab odamlar uchun chiroyli hisoblanadi. Sizning fikringizcha, qaysi tillar chiroyli?

English E-Book Club

02 Nov, 14:53


Ota-onalar uchun ajoyib yangilik! 🎉👶

Farzandingizni mustaqil, baxtli va o‘ziga ishongan qilib tarbiyalashni xohlaysizmi?

Rivojlantiruvchi o'yinlar, foydali maslahatlar va hayotiy ko‘nikmalarni o‘rgatish bo‘yicha eng kerakli va qiziqarli resurslar endi bir joyda! 🌱🎥

Shu vaqtgacha quyidagi mavzularni yoritib ulgurdik:

- Hech qachon bu so'zni farzandiingizga aytmang 🚫👶

- Qancha masofa yura olishimni bilasizmi? 👣

- 1-3 yoshgacha bolalar harakatlarini rivojlantirish: Nimalar yordam beradi, nimalar to‘siq bo‘ladi? 🌟

Bundan tashqari, Youtube platformasida bir qancha mavzularda tahlillar, podkast va intervyular kutib turibdi. Allaqachon birinchi video tizerlari joylandi. Shu havola ustiga bosgan holda tomosha qilishingiz mumkin!

Obuna bo‘ling va farzandingizning baxtli va mustaqil kelajagini birga quraylik! 🌱

👉 Sahifaga o‘tish: @bambini_rasmiy

English E-Book Club

02 Nov, 12:57


Ajoyib imkoniyat.
Albatta bu ko'rgazmaga tashrif buyurib, universitetlar va imkoniyatlar haqida bilib oling.

English E-Book Club

31 Oct, 07:58


Ba'zi insonlarga til o'rganish oson deb o'ylashining bir necha sabablari bor:
1. Tabiiy qobiliyat: Ba'zi odamlar til o'rganishga tabiiy qobiliyatga ega. Ular tilning tovushlarini va grammatik qoidalarini tezda o'zlashtiradilar.
2. Motivatsiya: O'z maqsadlari va qiziqishlari bo'lgan insonlar, masalan, sayohat qilish yoki yangi madaniyatni o'rganish uchun til o'rganishdan ko'proq motivatsiyaga ega bo'lishadi.
3. Yosh: Yosh bolalarda til o'rganish jarayoni ko'proq oson o'tadi. Ular ko'proq tez o'rganadilar va yangi tillarni o'zlashtirishda tez moslashuvchanlik ko'rsatadilar.
4. O'rganish usullari: Odamlar o'zlariga mos o'rganish usullarini topishlari mumkin. Misol uchun, ko'proq amaliy mashqlar, interaktiv o'yinlar yoki ko'proq so'zlashish orqali tilni o'rganish.
5. Muomala va holat: Agar inson tilni o'rganayotgan joyi yoki muhitida o'sha tilda gaplashayotgan insonlar ko'p bo'lsa, bu o'rganishni osonlashtiradi.
6. Tilning soddaligi: Ba'zi tillar boshqa tillarga nisbatan osonroq grammatik qoidalar va so'z boyligiga ega bo'lishi mumkin.
Umuman olganda, har bir insonning til o'rganish jarayoni individualdir va har xil omillarga bog'liq.

English E-Book Club

30 Oct, 04:39


Assalam alaykum🔥
ESl teacher required

Must have at least 2 years of teaching experience

Ability to use technologies in the classroom

Be passionate about teaching and love working with children

! ‼️Exclusively looking for teachers who can teach English for Russian students, therefore at least intermediate or above in Russian is also a must requirement

Competitive salary
Suits part- time teachers as well 3 days a week afternoon

📲Write to me at @maftunacompass
Or +998935065115
Please, share with the ones you think can benefit

English E-Book Club

29 Oct, 08:53


Yo'qolib ketishi xavfi bo'lganligi uchun tipratikanlar ham Qizil kitobga kiritildi.
Ularning yashash joylari inson faktorlari sabab buzilmoqda, avtomobillar tagida qolib o'lmoqda va hk.
Farzandlarimning farzandlariga mana shunaqangi hayvon avval bizning sayyoramizda yashagan deb hikoya qilishlarini istamagan bo'lardim.

English E-Book Club

29 Oct, 05:30


O'tgan safar vaqt intervallari haqida yozaman degandim.
Meni kitob o'qishga vaqtim yo'q, lekin vaqt intervallarim bor.
Jamoat transportida, biron idoraga ish bilan borganimda navbatda turgan paytimda, ishxonada elektr toki o'chib qolganda, farzandlarim mashg'uloti payti kutib turgan paytlarimda o'qiyman.
Ishoning, bu eng foydali va samarali vaqt. Hozirda shu kitobni o'qimoqdaman.
Har doim sumkamda kitob bo'lishi kerak, shunga o'rganib qolganman.
Sizda qanday vaqt intervallari bor?
Kommentlarda yozib qoldiring.

English E-Book Club

26 Oct, 05:52


People (1) _____ longer. Thirty minutes a day is good. Reading (2) ___ busy. It lowers our stress. Books (3) ___ newspapers and magazines. Researchers (4) ___ lifestyles and (5) ___ 3,500 men and women for 12 years. Everyone was over 50 years old (6) _____ the research.

People who (7) _____ 3.5 hours a week are 17 per cent (8) ___ die than people who do not read. Older people live longer (9) ___. A researcher said (10) ___ if you were male or female, healthy, rich or (11) ___ school. People over 65 years old (12) _____ TV. They should read more.

English E-Book Club

26 Oct, 05:50


Matnni o'qing va mashqni bajaring.

People who read live longer. Thirty minutes a day is good. Reading keeps our mind busy. It lowers our stress. Books are better than newspapers and magazines. Researchers looked at the lifestyles and reading habits of 3,500 men and women for 12 years. Everyone was over 50 years old at the start of the research.

People who read for up to 3.5 hours a week are 17 per cent less likely to die than people who do not read. Older people live longer when they read. A researcher said it didn't matter if you were male or female, healthy, rich or went to a good school. People over 65 years old watch too much TV. They should read more.

English E-Book Club

23 Oct, 12:13


We have great news! The application deadline for the "Academy of Women Entrepreneurs" (AWE 2.0) program has been extended to November 5, 2024!

If you haven't submitted your application yet, you now have extra time to take advantage of this unique opportunity:

Program for women entrepreneurs from the Fergana Valley:

World-class online course from the Thunderbird School of Global Management at Arizona State University;
Mentorship support from leading business leaders in Uzbekistan;
Networking opportunities and membership in a global alumni network.

🚀 Don’t miss your chance to gain knowledge that will help you grow and scale your business!

Apply now using this link.

The deadline is November 5, 2024!

-------

У нас отличные новости! Подача заявок на участие в программе «Академия женщин-предпринимательниц» (AWE 2.0) продлена до 5 ноября 2024 года!

Если вы еще не успели подать заявку, у вас есть дополнительное время, чтобы воспользоваться этой уникальной возможностью:

Программа для женщин-предпринимательниц из Ферганской долины:

Онлайн-курс мирового уровня от Школы глобального управления Thunderbird Университета штата Аризона
Менторская поддержка ведущих бизнес-лидеров Узбекистана
Возможности для нетворкинга и членство в глобальной сети выпускников

🚀 Не упустите шанс получить знания, которые помогут вам развивать и масштабировать ваш бизнес!

Подавайте заявку прямо сейчас по этой ссылке.

Дедлайн — 5 ноября 2024 года!

English E-Book Club

21 Oct, 09:32


Assalomu aleykum barchaga
21 oktyabr O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan barchangizni tabriklayman.
O'zbek tili ona tilimiz.
Ota-onamiz, ajdodlarimizning tili.
Biz ko'p vaqt va mehnat sarflab bir necha tillarni o'rganishimiz mumkin.
Ammo, o'z tilimizga bo'lgan e'tibor va hurmatni hech qachon yo'qotmaylik.

English E-Book Club

16 Oct, 09:44


https://t.me/eslpodcast


Podcastlar eshitish judayam foydali va buni siz uyda boshqa ish bilan band paytingiz ham amalga oshiringiz mumkin.
Masalan men hozir taom tayyorlamoqdaman va shu podcastlarni eshityapman.
Enjoy👍😊

P.S Keyinroq vaqt intervallarida kitob o'qish bo'yicha postimni joylayman.

English E-Book Club

15 Oct, 01:05


Assalomu aleykum barchaga.
Hurmatli ustozimiz Nodira opa Isamukhammedova va ularning suhbatdoshlarining youtubedagi chiqishlari tomosha qiling va o'zingizga kerakli maslahatlarlarni olishingiz mumkin.
Qachongacha biz shou-biznes, yoki piar mavzularni tinglashimiz kerak, bizga yaxshi va foydali kontent judayam kerak.

English E-Book Club

15 Oct, 01:03


https://www.youtube.com/watch?v=Z2Ykom2Omlg

English E-Book Club

13 Oct, 12:20


Bolalarga maqtovlar berish ularning o'ziga bo'lgan ishonchini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Quyida bolalarga aytish mumkin bo'lgan eng yaxshi maqtovlar keltirilgan:

1. "Seni juda yaxshi ko'raman!" - Bu oddiy, lekin kuchli so'zlar bolaga sevgini his qiladi.
2. "Sening fikring juda muhim!" - Bolaning fikrini qadrlashini ko'rsatadi.
3. "Sen juda aqlli va iste'dodlisan!" - Ularning qobiliyatini tan olish.
4. "Sen har doim o'zini yaxshi tutasan!" - Ijobiy xulq-atvorini rag'batlantirish.
5. "O'z maqsadlaringga erishish uchun juda mehnatkashsan!" - Mehnatini qadrlash.
6. "Seni ko'rganimda, yuragim quvonchga to'ladi!" - Ular bilan bo'lgan munosabatni ifodalaydi.
7. "Har doim yangi narsalarni o'rganishga tayyorsan!" - O'rganishga bo'lgan qiziqishni rag'batlantirish.
8. "Sening kulging meni xursand qiladi!" - Ularning tabassumiga e'tibor berish.
9. "Sen juda ijodkor va tashabbuskor bolasan!" - Ijodiy qobiliyatini qadrlash.
10. "Seni ko'p odamlar sevadi va qadrlaydi!" - Ijtimoiy aloqalarni mustahkamlash.

English E-Book Club

09 Oct, 07:37


https://www.readingbear.org/ Ko'pchilik onalar menga murojaat qilib 5-6 yosh farzandlariga onlayn dars o'tishimni so'rashadi. Men 9 yoshdan katta bolalar bilan shugullanishga ko'proq tajribam bor. To'g'risi bu yoshdagilarga onalar 3-4 ta yaxshi websaytni bilib olib kuniga 15 daqiqa o'zlari yoki yoshi kattaroq farzandlari kichik uka-singillari bilan shug'ullansalar bo'ladilar. Mana bu sayt aynan shunday kichik bolajonlar uchun, yoki yoshidan qat'iy nazar endi boshlayotganlar uchun foydali.

English E-Book Club

09 Oct, 02:48


Assalomu alaykum.
Toshkent shahar Shayhontoxur tumani Ibn Sinoda joylashgan Xususiy maktabga Ingliz tili o'qituvchisi kerak. Rus sinflarga dars o'tiladi. 25 soat dars bor.
Oylik sertifikat, toifa, stajga qarab hisoblanadi.

@DilnozaIsmoilova

https://t.me/EnglishEBookClub

English E-Book Club

08 Oct, 13:36


🔎 The U.S. Embassy in Tashkent is seeking eligible and qualified applicants for a position of Translator/Administrative Assistant in the Defense Attache Office.

*The position is temporary for up to 1 year (with possible extension).


📆 Deadline: October 21, 2024

🔗 Follow the link to view vacancies and apply.

English E-Book Club

08 Oct, 10:50


Эълон!

Ўзбек классик ва жадид шеъриятидан, жумладан Навоий, Бердақ, Нодира, Чўлпон ижодидан намуналарни инглиз тилига таржима қилиб, ўз ҳисобидан Буюк Британияда нашр эттирган ажойиб шоир ва таржимон дўстим ЭНДРЮ СТАНИЛАНД билан танишиб, шеър ва таржималарини эшитишни кутиб юрган дўстлар, барчангизни 9 октябрь, чоршанба куни соат 17:00 да Ойбек уй-музейига таклиф этамиз!

Манзил: Тошкент шаҳар Юнусобод тумани, Ифтихор 1-тор кучаси, 26-уй

English E-Book Club

08 Oct, 10:10


Qiziq ma'lumot ekan

Avval 1-rasmdagi ma'lumotga duch keldim va uni siz bilan bo'lishishni istadim.
Lekin factchecking qilib ma'lumot haqiqatdan ham to'g'rimi, yo'qmi ishonch hosil qilish uchun ChatGPTdan so'radim.
ChatGPT ham shunday javob berdi.
Samolyotni boshqarayotgan ikki nafar uchuvchiga ikki xil taom berishar ekan.
Food poisoning ya'ni ovqatlanishdan zaharlanish holati yuz bersa, boshqa uchuvchi samolyotni boshqarishi kerak-ku, axir.

English E-Book Club

07 Oct, 01:36


Farzandimizni va o'quvchilarimizni maqtab, ularga yanada ko'proq motivatsiya beramiz.
Men eng ko'p ishlatadiganlarim
Excellent, Good job, va o'zbekcha sening o'qishing, tinglashing yanada yaxshilanyapti kabi iboralar.
Kuningiz hayrli bo'lsin.

English E-Book Club

03 Oct, 04:31


Yuqoridagi kitoblar avvalo o'qituvchilar uchun juda yaxshi manba. Kerakli sahifasini printerdan chiqarib, kesib guruhlarda shug'ullaniladigan activitylar uchun mo'ljallangan. Lekin mustaqil o'rganuvchilar ham foydalansa bo'ladi albatta.