Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning 94-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va maʼqullash Qonunchilik palatasining mutlaq vakolati hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining bugun bo‘lib o‘tgan fraksiya yig‘ilishida Vazirlar Mahkamasi aʼzoligiga ko‘rsatilgan nomzodlar birma-bir ko‘rib chiqildi va maʼqullandi.
Yig‘ilishda fraksiya aʼzolari partiya saylovoldi dasturi hamda elektorat manfaatidan kelib chiqib, nomzodlar oldiga bir qator dolzarb masalalarni ko‘tardi va takliflarini ilgari surdilar.
ZUHRA_MIRGAZIYEVA