🏠A Y O L L A R U CH U N
Ayolga har qanday holatda ham ilk navbatda oilasi muhim bo’lishi, birinchilikka, oilasini qo’yishi lozim deb bilaman. Alloh taolo, zavjni, zurriyodlarni ayolga ehtiyojini baland qilib yaratgan. Ayolsiz, onasiz —suvsiz daraxtga aylanadilar. Xonadon barokati, fayzi ayol bilan.
Shunday ekan, ayol xoh ilm o’rganishda xoh ilm ulashish davrida bo’lsin, qat’iy nazar, oila birinchi o’rindadir. Ayol, men foydali amal bilan mashg’ul bo’lyapman deb, Alloh uni buyurgan ilk, asosiy vazifalarini unutib qo’yishi, noqislikka yo’l qo’yishi durust bo’lmaydi.
Vazifalarini unutar ekan, oila fitnaga duch kelishi, aziyat chekishi mumkin. Zavjiga qaratilmagan vaqtidagi e’tibor, oldidagi burchlari, o’rtada devor hosil qilib, erkakni fitna eshigigacha olib borishi mumkin. Bolalarga qaratilmagan e’tibor, berilmagan mehr va parvarish o’z vaqtida bo’lmasligi, oila kelajagiga qolaversa, ohirat hayoti uchun ham zarar yetkazish ehtimoli bor.
Ayol o’zidagi to’la mehr va quvvat bilan butun oilani tutib turadi biiznillah. Oilangizni sizdagi haqqini, oilangizga o’z vaqtida bering. Zotan, Alloh taolo bu xizmatlaringizdan ajringizni ko’paytirib beradi. Manfaatli amallar bilan ham mashg’ul bo’lish kerak albatta, ammo, barchasi, oiladagi vazifalaringizdan ortingan holatda, toqatingiz yetadigan darajada, sizni noshukrlikka boshlamaydigan darajada bo’lishi lozim.
Chunki, ba’zi ayollardan eshitamiz, bolalarni deb falon ishni qilolmayapman, oilam sabab falon ishdan to’sildim kabi. Birodar, oila rizq, oila bu oliy ne’mat, ne’matni qadrlab, haqqini ado etgan ayol, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, (Ramazon) ro‘zasini tutsa, farjini – iffatini (haromdan) saqlasa va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi» (Ibn Hibbon rivoyati).
Ayolning umrida turli vaqtlar bo’ladi, Ana shu umrning, ilk rafiqalik, onalik yillari mashaqqatliroq o’tadi. Oilasi bilan faqat mashg’ul bo’lishga to’g’ri keladi, bolalari kichik bo’ladi, ammo qiyin bo’lsada, g’animat davrdir bu. Ozginadan so’ng zurriyodlar katta bo’lib, sizdan ehtiyojlari kamayib, asta o’zlari bilan ovvora bo’la boshlaydilar, sabrli bo’ling.
#ayollar
@Najiyya_bilan