Onalar madrasasi @onalarmadrasasii Channel on Telegram

Onalar madrasasi

@onalarmadrasasii


Onalik degan buyuk vazifani bajarishingizda yordam berolsak mamnunmiz!

Promotional Article for Onalar madrasasi Telegram Channel (Uzbek)

Salom Onalar! Sizni Onalar madrasasi Telegram kanaliga taklif qilamiz - bu joyda siz o'z onalingizni dunyoga etkazib berishning eng yaxshi yollari va buyuk vazifalarning qimmatbaho maslahatlari uchun yordam olishingiz mumkin. Kanalimizda sizga onalikga oid eng so'nggi yangiliklar, foydali maslahatlar va onalik bilimlari bo'yicha maqolalar taqdim etiladi. Onalar madrasasi kanali ota-onalar uchun so'nggi xabarlar va foydali bo'limlar qo'llanma hisoblanadi. Agar siz o'z o'zingizga va oilangizga eng yaxshi ota-onangiz bo'lishni istaysiz, onda Onalar madrasasi kanali sizga yordam bera oladi. Kanalimizda o'z fikrlaringizni, tajribalaringizni va savollaringizni yozib qoldirishingiz mumkin - bizning jamoamiz sizni yuqori darajada qadrlaydi va qo'llab-quvvatlaydi. Sizga eng yangi va foydali onalik maslahatlari bilan do'stlar va oila a'zolari bo'lish imkoniyati mavjud. Onalar madrasasi kanaliga obuna bo'ling va onalik dunyosining jilovlariga a'zo bo'ling! Onalar madrasasi kanali - eng yaxshi onalik yordamchisi!

Onalar madrasasi

07 Nov, 11:46


📚 Yilning eng foydali loyihasiga marhamat!

📌 “Mutolaa”
jamoasi tomonidan tashkil qilingan marafonda siz turli xil sohalarning eng kuchli mutaxassislari bilan olib boriladigan manfaatli suhbatlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo'lasiz!

🔥 Eng qizig'i, loyihada ishtirok etish mutlaqo BEPUL.

— Mutolaa vaqti keldi!

Havola ustiga bosing 👇
https://t.me/mutolaamarafon_bot?start=7037970372

Onalar madrasasi

29 Oct, 08:41


https://t.me/+9yAuPbFY9sM2YjBi

Onalar madrasasi

23 Oct, 18:18


Farzand inson uchun Allohning bebaho ne‘matidir. Farzand tarbiyasi esa eng muhim ishlarning avvalgisidir.

@fasiyha_m

Onalar madrasasi

22 Oct, 12:28


#savol #onalikmaktabi #odatlar

Savol: Uy ishlaridan ortib bolamga vaqt ajrata olmayapman.....

Zikr Ahlidan so'rang hay'ati javobi 👇🏻

Shariat ayollar zimmasiga hatto o‘z erini taomini pishirishni ham vojib qilgan emas. Qaynona, qaynota, erning aka-uka va singillarining xizmati u yoqda tursin. Alloh taolo ayol kishiga farzand tarbiyasini vojib qilgan va buni uddasidan chiqishi uchun unga bolaga mehr, sabr va ta’lim berish iste’dodini bergan. Bu ayol zimmasiga yuklatilgan eng mas’uliyatli va eng sharafli ishdir. Azaldan onalarimiz bu ishni a’lo darajada uddasidan chiqishgan va evaziga beriladigan sharafga ham erishishgan. O‘z onalaridan kir yuvish, ovqat qilishni o‘rganganlaridek bola tarbiya qilishni ham o‘rganganlar. Farzi ayn darajasidagi namoz ilmini, Qur’on yodlatishni ro‘za, aqoid ilmlarini farzandlarga onalar ta’lim berishgan. Hakim at-Termiziy “Balog‘at yoshiga yetgunimcha yetmishta mufassira, mahaddisa, faqiha ayollarda ilm olganman” deganlar. Hozirgi kunda esa tarbiya beruvchi ayollar o‘zlari tarbiyaga muhtoj. Chunki ular o‘sha davrlardagi cho‘rilar maqomiga tushirib qo‘yilgan. Qilishlari shart bo‘lgan eng zarur ish xizmatkorlik bo‘lib qoldi. Bir yosh qizaloq yangi xonadonga kelin bo‘lib tushsa sahardan qaynona, qaynota buyurishni boshlaydi. Kunduzi bilan erni aka-uka, opa-singillariga xizmatkor bo‘ladi. Er ishdan kelgach erning xizmatida bo‘ladi. Qilingan xizmatlar a’lo darajada bo‘lsa ham eshitgan so‘zi qo‘yilgan kamchilikka qilingan dakki bo‘ladi. Robbisining ne’matiga shukr qilmagan insonlardan kelinni xizmatiga tashakkur aytishni kutish muholga yaqin narsa. Har biridan ma’naviy zulm ko‘radi, bosim ostida hayot kechiradi, atrof muhitni zarbalariga yarasha javob qila oladigan ma’rifat taraqqiyot o‘rniga ota-onasining uyida yodlagan Qur’oni ham o‘qigan ilmi ham esidan chiqadi. Natijada xizmatkor onaning tarbiyasidan juda borsa bir xizmatkor chiqadi. Vallohu a’lam!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati

****

Yosh ona umuman bolasi bilan birga bo'la olmasligi katta fojea. Qurib ketsin tugab bitmaydigan uy ishlari va xizmatlar. Nega hamma kelinga yopishib oladi? O'zi qilsin axir, oyog'i qo'li bor, kuch-quvvati bo'lsa?

Ayol erining uyi va farzandlarining tarbiyasidan mas'ul va aynan shulardan hisob-kitob qilinadi. Boshqa ishlar keyingi darajali, imkoni bo'lsa qilsin, imkoni bo'lmasa u ishlar kutib tursin.

Ayolni oz bo'lsada ilmi bo'lsa o'z burchlarini Alloh bergan hududlar doirasida ado etsin va o'z haqqini Alloh bergan hududlar doirasida talab etsin.

Ko'pchilik bir hovlida yashasa, kelinning 'Yo'q, uzr. Men hozir bu so'ragan ishingizni qila olmayman' deyishligi oddiy holat bo'lishi kerak. Bu oiladagi kattalarning nafsiga og'ir kelsa ham, yo'q deyishlik gunohi kabira emas va biz qabullanishimiz kerak.

Bizda "Yo'q" deyish madaniyati rivojlanmagan, doim o'zining farz burchlaridan kechib bo'lsa ham "Ho'p" deydigan qullik madaniyati rivojlangan. Hurmatli ayollar, katta o'zgarishlar kichik narsalardan boshlanadi, madaniyatimizni sekin asta ilm ma'rifat bilan o'zgartirish kerak. Ilm oling, ilm bering.

Yosh onalarga, o'lib ketsam ham "Ha, hop. Albatta" deyishlik vojib degan fikrni miyyadan chiqarib tashlang. Bugun sizga "Yo'q, hozir qila olmayman. Bolamga qarab olay, ozgina kitob o'qimoqchi edik. Namozimni o'qib olay. Ozgina dars qilmoqchi edik" deyishga rasman ruxsat berildi. Farz, vojib amallar qolib sunnat ham bo'lmagan ishlarga yugurib ketishni bas qilaylik. Hamma narsada tartib bo'lishi kerak.

(Javob sharoiti va imkoniyati bo'lishiga qaramasdan bolasiga emas telefoniga tikilib o'tiradigan dangasa onalar uchun emas. Ular xizmat qilgani yaxshi)

Iroda Ahmed

https://t.me/YaqinOzbek

Onalar madrasasi

16 Oct, 12:05


Hammani imkon qadar boricha qabul qilishga harakat qiling. Agar kimdandir ayb qidirish kerak bo‘lsa, bunga eng yaxshi variant o‘zingiz. Avvalo, o‘zingizni isloh qiling. Sizga qanday muomala qilishlarini xohlasangiz, siz ham atrofingizdagilarga shunday muomalada bo‘ling. Boshingizga kelgan salbiy oqibat sabablarini ham boshqalardan qidirmang.

#eslatma

@fasiyha_m

Onalar madrasasi

21 Aug, 17:19


"🤦‍♀Ob-booo, to'g'ri ovqatlan, to'g'ri ovqatlantir deb rosa quloq-miyamizni yeding, endi to'g'ri ovqatlanish o'zi qanday bo'lishini aytmaysanmi?" deb o'ylayapsizmi😁

Sog'lom likopcha qanday shakllantiriladi?
Oqsil nima? Kletchatka nima? Foydali yog' nima?
Glyuten nima?
Qanday yo'llar bilan mazali qilish mumkin?

Shu va boshqa savollarga birga javob topamiz, in shaa Alloh❤️ Ishonavering, hech qaysi tekin manbalarda berilmagan, o'zim pul to'lab o'qigan, bir nechta kurslarimdan o'rgangan bilimlar bilan bo'lishmoqchiman. Sodda tilda, tushunarli qilib yetkazishga harakat qilaman!

Alloh umr bersa, foydali ilm bersa, qodir qilsa, hali oldimizda uzoq va mashaqqatli, ammo shu bilan birga qiziqarli va foydali safar kutmoqda🥰

Shu safarda oxirigacha men bilanmisiz🤗?

@soliha_mahmud

Onalar madrasasi

17 Aug, 17:24


#iftixor
Ekologiyamiz uchun qaygʻurayotgan yoshlar booor!
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari Boyqobilov Islom va Abdufattoxov Salohiddin iyul oyida  O'zbekiston Ekologik partiyasi bilan "Shanbalik" loyihasini boshladilar. Maqsad — jamiyatni atrof-muhit muhofazasi uchun qilinayotgan sa'y-harakatlarga jalb qilish, toza va sog'lom muhitni saqlashda jamoaviy mas'uliyat hissini uyg'otish.
Ular shior va chaqiriqlar bilan chiqishmadi, piar qilishmadi, shunchaki birgalikda irganmasdan, ogʻrinmasdan shahrimizni deyarli har qadamda uchraydigan chiqindilardan tozalashga bel bogʻladilar.
20-iyuldagi 1-shanbalikda 70ga yaqin ekofaollar Yashnoboddagi Elbek bog'ini, 3-avgustda G'afur G'ulom metro bekati Botanika va Hayvonot bog'lari atrofini obodonlashtirishdi.

Ularni qoʻllab-quvvatlash, ularga qoʻshilish kerak.

Qayerda ana shunday xolis hasharchilar mehnatiga zarurat boʻlsa, xabar bering. Bolalar shay.
t.me/shanbalik_uzbekistan

@suvaydo

Onalar madrasasi

15 Aug, 12:18


Bepul kitoblar+Canva darsi bosing
⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️
°Necha yoshdan kitob olish kerak

BEPUL KİTOBLAR
°Payg'ambarimiz s.a.v axloqlari
°Ilk tahoratim
°Hojatxona odobi
°Qachon yig'laymiz
°Quron lug'ati
°ilk namozim
°endi urushmaymizmi?
°Zikr qilaman
°Uyqu vaqti
°So'zlashuv kartalari
°İlk joynamozim
°Non qanday paydo bo'lgan
°Mevalarni o'rganaman
°Qurbon hayiti
°Mahramiyat nima
°Sevimli kunim
°Jahl qilmayman
°Hayvonlar tovushi
°Hayvonlar nomi
°Xojatxona haqida inglizcha
°Maqtanchoq bo'lmayman
°Flash kartochkalar
°Bilishni istayman
°Mahramlarim kim o'g'il bola
°Boykot qilaman
°Falastin haqida
°Tejamkor bolaman
°Mahramlarim kim qiz bola
°Masjid haqida
°Qurondagi meva anjir
°Ibn Sino bobo
°Water suvni
°Kapalaklar va gullar
°Ona, men bilan o'ynaysizmi
°Family members
°Mening ilk suram
°Bismillah deyishni o'rganamiz
°O'g'lim borligi uchun
°Bu qaysi hayvon
°Ukamni yaxshi ko'raman
°Alhamdulillah kitobim
°Azon haqidagi kitobim
°Allah made everything
°Odob plakatlari
°ilk Quron kitobim
°Sog'lom ovqatlanaman
°Mustaqil bo'laman
°mening İlk hijobim
°Usmon e'tikofda
°Mening bayramim
°Fitr zakoti haqida bilaman
°O'zbekcha plakatlar
°Bilib oldim
°Uchar joynamoz
°Hamza ro'za
°Oisha va Qadr kechasi
°Nega men.hasad qilaman
°Alloh Doim yonimda
°Salom.mehrimizni orttiradi
°Robiyaning Ramazoni
°Meni kechiring ona
°Oyat bilan sayohat
°Kitob o'qishni yaxshi koraman
°Taqvim 2024
°Mening bobom
°İlk kitobim
°Muhim duolar
°Tahorat tartibi plakat
°Hojatxona odobi plakat
°Ranglarni o'rganamiz
°chaqaloqlar uchun kitob
°Harflarni organamiz
°Arab alifbosi plakat
°Allohning 99 ismi

°Bepul Canva darslari bu yerda kök yozuv ustiga bosing


https://t.me/+KUDT6YZOnI1jYjky

Onalar madrasasi

05 Aug, 10:14


Sizda qanday manbaalar bor boshqalar bilan ulashishni istaydigan?
Psot izohida qoldirishingiz mumkin

Onalar madrasasi

05 Aug, 10:13


Assalamu alaykum va rohmatulloh
Bir opamiz o‘zlariga yoqqan yaxshilikni boshqalar bilan ulashishda bizdan yordam so'radilar.
Marhamat Qur‘on yodlashda ushbu plannerni chiqarib har yodlangan oyatlarni belgilashda foydalanishingiz mumkin💐💐💐

Onalar madrasasi

29 Jul, 14:58


#ikki_oğiz
#Juda _muhim

Qur'onni tushunmay shunchaki yodlab qo‘ymasdan, balki uning ma‘nolarini tushunish, tadabbur qilish kerak, degan gap to‘g‘ri. Ammo bu yosh bolalarga tegishli emas. Yosh bolada tushunish va fikrlash qobiliyati zaif, yodlash qobiliyati esa kuchli bo‘ladi. 10-12 yoshigacha faqat yodlatish kerak, Qur‘on yodlasin, hadis yodlasin, boshqa matn va risolalarni yodlasin, muhimi yodlasin. Chunki bu davrda yodlangan narsalar xotirada mustahkam o‘rnashadi. Tushunish, tafakkur qilish qobiliyati 10-12 yoshdan so‘ng rivojlana boshlaydi, yodlash qobiliyati esa asta-sekin zaiflashib boradi. Turli qoida va formulalarni shundan so‘ng o‘qitilsa, foydali bo‘ladi. Qur‘onni ham keyin tushunib olaveradi.

Qur‘on yodlash uslublari bo‘yicha bir necha yillardan beri tadqiqot olib boraman, o‘zimizning ta‘lim dargohlarda joriy bo‘lgan, shuningdek turli xorij davlatlarida qo‘llaniladigan bir qancha uslub va yondashuvlarni atroflicha o‘rganib chiqdim. Hozirda kelgan xulosam shuki, bolaga yoshlikdagi o‘tkir zehnidan to‘g‘ri foydalangan holda eng avval Qur‘on yodlatish kerak. Mayli, ma‘nolarini tushunmasa tushunmasin, avval puxtalab yodlab olsin. Qur‘on yodlagan bolaning zehni ham, aqli ham bir necha barobar o‘tkirlashadi, har qanday ilmni qiynalmasdan, juda oson tushunib o‘rgana oladigan bo‘lib qoladi. Ana shunda boshqa murakkabroq ilmlarni ham bosqichma-bosqich o‘rgatilaveradi.

Uslubni va vaqtni to‘gri taqsimlay olish, bor qobiliyatdan o‘rnida foydalana bilish yuqori natijalarga olib boradi. Turli shaytoniy vasvasalarga, chalg‘ituvchi fikrlarga aldanib qolmaslik kerak.

Yoʻldoshbek Ibrohim Qori

https://t.me/YaqinOzbek