🌸 Ona - madrasadir @onalar_madrasadir Channel on Telegram

🌸 Ona - madrasadir

@onalar_madrasadir


🌸 Ona - madrasadir (Uzbek)

🌸 Ona - madrasadir kanali o'zbek tilida oila va bolalar haqida maslahatlar, fikrlar, va tajribalarni almashish uchun yaratilgan. Bu kanalda onalar va uyalar haqida foydali ma'lumotlar, onalik bilimlari, yaxshi ota-onalar qanday bo'lishi kerakligi, bolalar bilan qanday muomala qilish, va o'quvchilarga yordam berish uchun maslahatlar mavjud. Onalar va otalar uchun foydali tavsiyalar va oilaviy munosabatlar haqida ma'lumotlar ham mavjud. Sizga oilangizda omonlik va farovonlik olaolmaydigan har kuni uchun yordam beradigan Ona - madrasadir kanaliga obuna bo'ling!

🌸 Ona - madrasadir

18 Aug, 12:55


Vodiyni ko'p solishtirasiz deyishadi....

Vohaliklardan kechirim so'ragan holda Toshkent shahar esa mendan umuman hafa bo'lmasa bo'ladi degan umidda vodiyimning Islom tafti ufurib turadigan go'zalligidan so'zlasam:

Vodiyda ko'p farzand sizlanadi. Bu ham sunnat ham Muhammad ismlilar ko'pligi sababidandir. Ham sizlangan farzand tarbiyasi senlab chaqirilgan farzand tarbiyasidan ancha farqli bo'ladi (shaxsiy fikrlarim)

Farzand ismi sizlanishdagi hikmatlar:

1. Ismi sizlangan bola o'ziga nisbatan yaqinlarini mehrini his qiladi, uzoqlik emas yaqinlik tuyadi.

2. Ismi sizlangan bola hurmatda ekanini bilib xuddi shu hurmatni qaytarishga harakat qiladi.

3. Ismi sizlanishi bu oqlanishini kerak bo'lgan ishonch. Bola ma'suliyat his qiladi.

4. Ismi sizlanishi farzandga u kichik bo'lsa ham u ahamiyatli mavjudot ekanini bildiradi. Sizlanish bu hayotda u himoya qilishi kerak bo'lgan lavozim deganidir.

5. Sizlanish bu madaniyat va halimlik namunasidir

6. Sizlanish bu o'zga bo'lgan kuchli ishonch deganidir. Atrofizdagilar sizga ishonib sizlamoqda. Demak uning ortida katta jamoa va kuch bor deganidir.

7. Sizlash bu onalar sunnatidir.

8. Sizlash bu muomola odobidir.

9. Sizlash ilmning saviyasi va nutqning bezagidir. Demakki unday oilada kitob va ilm saviyasi yuqori bo'lish ehtimoli ko'proq.

10. Sizlash og'izdan chiquvchi illatlarni oldini oladi. Insonni hovuridan tushiradi. Jahlni bosadi. Vaziyatni yumshatadi. Mehr-muruvat ulashadi. Janjalni oldini oladi.

Va aynan shu maqsadda sizlayotganimizni farzanglarimizga yetkiza bilishimiz kerak. Aks holda sizlash erkalanish va maqsaddan chalg'ishga olib kelishi mumkin.

@Onalar_madrasadir

🌸 Ona - madrasadir

18 Aug, 09:24


Ko'pchilikning kuchi nimalarga qodirligining isboti

Bugun shaharga aylanib yana yo'lim tushdi. Va endi sal shoshmasdan ko'cha-koyga nazar solishga imkon bo'ldi. Va bunda sezdimki eng katta yaxshi o'zgarish bu Islom, musulmonlar va hijob sababidan shahardagi ko'p ruslar va rus zabon Yevropa madaniyati odamlari o'z liboslarida go'zal satrlanishga o'tishibdi. Ya'ni oldin (5 yil oldin) kalta, ochiq kiyinishlar juda ko'p bo'lgan bo'lsa hozirda bu ko'rsatkich kamayib deyarli yo'q bo'libdi.

Indamagan taqdirda shunday o'zgarish tasavvur qilyapsizmi 😊

Toshkent shahrida bundek go'zallarni ko'raman deb o'ylamagandim. Demak oz qoldi

🌸 Ona - madrasadir

18 Aug, 06:25


O'zbekistonda juda chiroyli yomg'ir yog'moqda:

Jannati suv — yomg'irlar yuvsa yerning dog'ini,
Tovbadagi ko'z yoshlar yuvar banda ohini,
Qani edi yomg'ir yo zam-zam bo'lsam, suv bo'lsam !
Yorning iymon yomg'iri asragan nur gul bo'lsam !

✍️ Ozoda Temurova

🌸 Ona - madrasadir

18 Aug, 00:55


Ne'matning hikmati

Shu vaqtgacha biror marta qattiq kasal bo'lmagan va immuniteti kuchli bo'lgan men 53kg vazndan 38 kg ga tushib qolganimning sababini bilish uchun 2 yildan beri izlanaman.

O'tgan yili O'zbekistonda 4 marotaba analiz topshirgandim. Hammasida natijalar yaxshi, immunitet kuchli deyishgan edi.

Va kuni-kecha yarim tirik qoldim deb o'ylagan vaqtdan boshlab endi tekshiruvga jiddiy kirishdim. Bu yil UZI ko'rigi endi asl sababini aniqlab berdi:

- oshqozonda muommolarga
- o't qopi kengayib ketganiga
- ichaklar damlanganiga
- ishtaha yo'qolishiga
- holsizlik
- va boshqa ichki kasalliklarga bir kichkinagina stresscha sabab deyishdi.

Va natijada ukol buyurishdi. Men esa yoshligimdan to hozirgacha osma ukol olmagan inson ukoldan juda-juda qo'rqaman.

Xullas, da'volanishni boshladim. Haligi ukol endi, birinchi marttaligiga jonni oladigan og'riqdek tuyilarkan. Lekin alamlisi, bunda hayolga keladigani, shu og'riq bolamga yo yorimda bo'lganda-chi deb ikki barobar og'rirkansiz.

🌸 Ona - madrasadir

17 Aug, 00:06


Muhabbatdan so'zlama dil, ishq bir Oliy ne'mat erur,
Ani bandalardan asrash, Islomimda avrat erur

🌸 Ona - madrasadir

16 Aug, 00:00


So'zloma yor, so'zloringni qizg'onaman,
Ko'zloma yor, ko'zloringga hamxonaman,
Bir tabassum qilsang base, shodmonaman,
O'zgasiga etma nazar, voh yonaman !

🌸 Ona - madrasadir

15 Aug, 16:51


Ey sarbon, ohista yur, qalbda paymonim boradur,
Tandan dil-u jonim olib, qo'lda iymonim boradur
....

🌸 Ona - madrasadir

15 Aug, 13:33


Ikki dunyo orasida turibman yor,
Jonim ijob qabulinga mushtoqi zor !

🌸 Ona - madrasadir

15 Aug, 09:07


🌸 Ona - madrasadir pinned «— "Og'ling bo'lsa shunday bo'lsa-da !" Tarbiya yohud "Erkak kishiga xos xarizma" haqida Kechagina meni tarbiya qilib katta qilgan tog'amlarnikida to'y edi. Shunga har doimgidek qarindoshlar ahillikni ushlab xizmatga yig'ildik. Va bunda men 16 yil oldin to'ylarida…»

🌸 Ona - madrasadir

10 Aug, 13:51


"Islom va ilm haqidagi suhbatlarda barokat va sakinat bor. Boshqa mavzudagi suhbatlar xuddi tuzsiz taom yeyish kabidek"

@Onalar_madrasadir

🌸 Ona - madrasadir

10 Aug, 02:28


O'zbekistonda nima gaplar (2-qism)

1. SSSR va mustaqillik davri odamlari Islom va ibodatdan yiroqdaligi sababli halollik, lafz, o'z ustida ishlash qilishdan ham yiroqda

2. Yoshlarga asosiy o'rinda o'rnak bo'ladigan erkaklarning tili so'kinishdan bo'shamaydi. Hatto ayol kishini yonida so'kinishni o'zlariga avtoritet deb bilishadi. Erkaklik sifatidan mosuvo "erkaklar"

3. Va yana o'sha erkaklarning asosiy suhbat mavzusi biro'vni g'iybati, to'yda nima bo'lgani va shu kabi o'ta mayda mavzular. Maydakashlik mayda insonlarni tarbiyalayapdi.

4. Erkaklarda lafsizlik: moshina gaplashdik. Lafzini oldik. Unga yanada foydaliroq taklif chiqib qolganda lafzini buzdi. Bunday erkaklar xonadonida barokat bo'lmaydi.

5. Muomola, madaniyat va farosat Islom unutilgani sayin ularni tark etyapti. Lekin qizig'i o'zlari o'zlaridagi shu xatolarni sezishmasligi.

Shu sababdan ham:
"Sayohat qilingiz salomat bo'lasiz"
"Musofir bo'lmasdan musulmon bo'lolmaysan" deyilinsa kerak. Ya'ni inson o'z botqoqligidan tashqariga, toza suvga chiqib turishi kerak.

6. To'ylarda yashirib aroq ichishlar haliham bor ekan. Bu illat yo'qolishi uchun qanchadur davr almashishi kerakligidan ko'ra effektiv yechim bir davlat rahbarning taqvosi rahbarligida bilinishi bo'lsa kerak.

Nima deysiz? Odamlar Islomsiz qanday nafas olishyapti ekan?

🌸 Ona - madrasadir

10 Aug, 00:01


Sevaman deb aytmoqligim ersa qarz,
Sunnatida rizolikdur sizdan farz
:)

✍️Ozoda Temurova

(Alloh bizni sevib bizga hidoyat berganda biz labbay deb javob qaytarishimiz kerakligini qancha odam anglamayapti ekana)

🌸 Ona - madrasadir

09 Aug, 17:05


"Robbiy inni massaniy ya durru va anta arhamar rohimiyn"

Bizning qo'shinimiz duodir 🙂

🌸 Ona - madrasadir

09 Aug, 04:09


Eshigingdaman ey yor, hidoyatga mushtoqman,
Sen bo'l desang bir umr ibodatga peshtoqman !

🌸 Ona - madrasadir

06 Aug, 04:26


Tog'a jiyanimiz haqida yozdik

🌸 Ona - madrasadir

06 Aug, 04:26


(Qishlog'imizni oddiy holatiga kulmaysiz. Buyerda meni yoshligim o'tgan va juda qadrli)

🌸 Ona - madrasadir

06 Aug, 04:26


— "Og'ling bo'lsa shunday bo'lsa-da !"

Tarbiya yohud "Erkak kishiga xos xarizma" haqida

Kechagina meni tarbiya qilib katta qilgan tog'amlarnikida to'y edi. Shunga har doimgidek qarindoshlar ahillikni ushlab xizmatga yig'ildik. Va bunda men 16 yil oldin to'ylarida (yosh bo'lsak ham) xizmat qilganim tog'amning o'g'lini to'yi edi. Bugun esa shu tog'amning o'g'lini o'g'li bilan (videodagi tog'a jiyanim) bilan yana bir tog'amning o'g'lini to'yida xizmatdamiz :) Ya'ni vaqtni o'tganini qarangki, kechaginadek tuyilgan kun o'tib endi farzandlar katta bo'lib qolishibdi.

Bugun esa bu haqida emas "erkakkka xos xarizma" haqida yozmoqchiman. Men o'z farzandlarim uchun havas qilgan insonlarimga o'xshashligiga harakat qilib tarbiyaning eng maqbul yo'llari, va farzandlarga xos (qiz bolaga va og'il bolaga) xos o'ziga mos xarakterlarni o'rganaman.

Shu vaqtgacha 5000 dan ortiq o'quvchi, tanish va do'st insonlar, qarindoshlarim va ustozlarimda shunday sifat bo'lsa albatta chuqurroq o'rganishga harakat qilaman. Bundan maqsad albattaki, o'z farzandlarimni ham shunday xarizmaga ega etib tarbiyalash. Lekin keling avval xarizma nima aniqlashtiramiz:

Xarizma bu insonni boshqalardan ajratib turadigan chiroyli xislatlari. Ular kamtarlik, oddiylik, harakatchanlik, zehn o'tkirligi, xotira, bir lafzlilik, kam gaplik eng muhimi esa odobning go'zalligi, haddi va haqqining chegarasini bilish va bunga qattiq amal qilish. Boshqa insonlarga gapirmasdan ham ta'sir o'tkiza olish, amallarining chiroyli va yutuqli bo'lishi, yuzidan nur yog'ilib turishi, lag'udan uzoq yurishi, yuzi jiddiy va yo tabassumli bo'lishi, muomolasi halim bo'lishidir. Boshqacharoq aytsam men xarizmani "Islomiy viqor" deb atayman.

Bu sifatlar insonga nimaga kerak dersiz? Bu avvalo Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning siyratlari bo'lsa, demakki xarizma musulmon kishining go'zal libosi bo'lishi kerak. Bu libos bilan esa juda ko'p hayrlarga erishish mumkin. Va buning eng yorqin namunasi Shayx Hazratimiz bo'ladilar. Ularning gavdasidagi viqori, so'zlarining zarvori, qadamlarning qadrini o'lchay olmaymiz, shunday emasmi? Xuddi shu Islomiy viqorga har bir musulmon kishi ega bo'lishi kerak deb o'ylayman.

Lekin, meni eng hayron qoldirgani, bu jiyanim (videodagi yigit) adashmasam 6-7 yil oldin mahallasini eng bezori yigit edi 😶‍🌫️ hozir esa 180° ga o'zgargan. Ya'ni:

- maktabni oltin medal bilan tugatibdi (butun tumanda 47 ta berilgan xolos)
- o'qishga grantga kiribdi
- Xalqaro olimpiadada g'olib bo'libdi
- menga yoqqan qismi esa: juda og'ir-bosiqqa aylanibdi
- kamtar va kam gap
- mehnatsevar va o'z chegarasini biladigan
- farosatli va zehnli (buyurmasam ham ish qilishga rosa usta)
- kattalarga juda go'zal hurmatda, odam ajratmaydi, insonlar bilan nizoli holatga bormaydi.

Bu o'zgarishlarga nima sabab bo'ldi dersiz? To'g'risi men ham hozir shuni tadqiq qilish davomidaman. Lekin bilishimcha omillar:

● katta farzand ekani
● otasining qattiqqo'lligi (bizni kichik vodiy ya'ni Bekobodlik qarindoshlarimiz tarbiyaga juda qattiq turishadi, esimdaki, mahallada to'y bo'lsa aka bilan borib 15 daqiqa ko'rib keyin qaytish shart edi)
● ota ilmlimidi? Yo'q otani ilmidan bexabarman. Lekin ota aniq ko'p qiyinchilik ko'rgan edi. Qiyinchilik bu tog'a jiyanimni juda chiniqtiribdi
● mehnatga esa dehqonchilik ko'p qilishlari sabab bo'libdi
● va oilaviy muommolar ham. Qaranga: oilaviy muommolar qayerdadur hayotni sinishiga olib kelsa, qayerdadur o'sishiga olib kelgan. Ya'ni sino'vni jazo yo imkoniyat deb qarash sizning tanlo'vingizda.

Bularni barchasini nima uchin aytdim? Albatta bu jiyanim uchun duo olish uchun ham lekin eng muhimi men <<bu kabi xarizmani shuncha insonni tanisam ham juda kamdan-kam uchrataman>>

Farzandlarimizni shu kabi xarizma bilan o'stirishimiz kerak. Chunki bu kabi insonlardan Islomga kuch-quvvat bo'ladigan liderlar va oilalar barpo bo'ladi. Og'ling bo'lsa shunday bo'lsa-da !

Niyat qildim. Farzandimga ustozim va shu jiyanim kabi go'zal sifatlarni o'rgatish va singdirish nasib etsin. Omin

🌸 Ona - madrasadir

29 Jul, 00:49


Barchaga O'zbekistondan salomlar.

Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barakatuh.

🌸 Ona - madrasadir

26 Jul, 21:23


Tafsir bo'yicha bir o'yinni juda yoqtiraman:

Qur'onning ma'nolar tarjimasidan biror oyat aytilsa shuni arab tilidagi tarjimasini Qur'on oyati bilan aytish o'yini. Va bugun dugonamiz bilan shu o'yinni o'ynagandik. Birorta ham xato qilmadim.

Alloh bu ne'matni shukrini ado etishni nasib qilsin.