Ташаббусли бюджет янгиликлари @ochiq_budjet_uz Channel on Telegram

Ташаббусли бюджет янгиликлари

@ochiq_budjet_uz


Ташаббусли бюджет жараёни тўғрисида тезкор янгиликларни ёритиб борувчи канал

Ташаббусли бюджет янгиликлари (Uzbek)

Сизнинг бюджетингизни яхшироқ қилишга ёрдам бериш учун Ташаббусли бюджет янгиликлари каналига хуш келибсиз! Бу каналда сизни бюджет ахволини яхшироқ қилиш ва самарали тўлов усуллари ҳақида тезкор ва муҳим янгиликларни топшириш билан шу кампаниялардан фойдаланиш имкониятингиз бўлади

Ташаббусли бюджет янгиликлари каналида сиз янгиликлар, тавсиялар ва сўровлар орқали бюджетингизни планировать қилишда ёрдам топасиз. Ушбу канал арқали сиз тартибга солишингиз мумкин бўлган барча буюртмалар ҳақида маълумотлар олиб топишингиз мумкин

Ташаббусли бюджет жараёни тўғрисида тезкор янгиликларни ёритиш канали билан сиз учун солиқ ва бюджет масалаларида ишончли ва муҳим маълумотларга ега бўлиш имкониятингиз бўлади. Каналга аъзо бўлиш ёккинча кадам бўлиш ва сизнинг бюджетингизни бошқаришда янгиликлар ва маслаҳатлардан фойдаланиш имкониятини беради. Сизга ёрдам бериш учун Ташаббусли бюджет янгиликлари каналига аъзо бўлишингизни тавсия этамиз!

Ташаббусли бюджет янгиликлари

27 Dec, 15:13


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi yakunlandi

“Mening maktabim” loyihasi doirasida loyiha kiritish bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Mazkur jarayonlar 18–27-dekabr kunlari o‘tkazildi.


📊 Loyiha kiritish bosqichi davomida tanlab olingan 14 ta tumandagi maktablardan jami 19 545 ta loyiha kelib tushdi. Bunda, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi maktablardan eng ko‘p — 3 593 ta loyiha kelib tushdi.

Ma’lumot uchun: 2025-yil 2–11-yanvar kunlari loyihalarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng 13–17-yanvar kunlari ovoz berish bosqichi o‘tkaziladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, loyiha doirasida har bir maktabga 50 mln so‘mdan mablag‘ ajratiladi va ushbu mablagʻ doirasida gʻoliblar aniqlanadi.

🎓Har bir maktabda kelib tushgan loyihalar soni o‘rtacha hisobda 34 tani tashkil etdi.

#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

27 Dec, 11:17


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” — amalda!

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Boyovut tumanidagi Markaz mahallasining 4 kilometrdan ziyod ichki yo‘llari ravon bo‘lmoqda;

➡️ Xiva tumani Tibbiyot birlashmasiga zamonaviy jihozlar o‘rnatildi;

➡️ Konimex tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabida yangi futbol maydoni ochildi;

➡️ G‘ijduvon tumanidagi 22-maktabga yangi jihozlar o‘rnatildi;

➡️ Bo‘ston tumanidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Tashabbusli budjet” doirasida ta’mirlandi;

➡️ Qo‘shrabot tumani Shovana mahallasidagi 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining ochilish marosimi bo’lib o’tdi;

➡️ Guliston tumanidagi Ibrat mahallasining 2,5 kilometrdan ziyod ichki yo‘llari asfaltlandi.

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

26 Dec, 13:04


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆 “Mening maktabim” doirasida loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 1 kun qoldi

“Mening maktabim” loyihasi doirasida loyiha kiritish bosqichi ertaga, 27-dekabr kuni soat 18:00 da yakunlanadi. Mazkur loyiha 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasida o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, loyiha kiritish bosqichida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi faqatgina o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktablarini jihozlash yoki qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga doir loyihalarni ilgari surishi mumkin.

O‘quvchilar quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishlari mumkin:

1️⃣ avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
2️⃣ mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.

💻 “Ochiq budjet” portali orqali o‘z maktabingiz uchun tashabbus ko‘rsatishda faol bo‘ling!

#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

24 Dec, 13:42


📙 "Менинг мактабим" лойиҳаси бўйича тез-тез бериладиган саволларга жавоблар (FAQ) бўлими ишга тушди.

🔗 Савол ва жавоблар билан қуйидаги хавола орқали танишишингиз мумкин.

https://t.me/+6Lw3Nm9mqtE0MDAy

Ташаббусли бюджет янгиликлари

18 Dec, 05:31


❗️Бугундан Менинг мактабим лойиҳасига старт берилди. Синов ўтказилаётган 14 та туманлардаги (рўйхат мана бу ерда келтирилган) мактабларнинг юқори синф ўқувчилари Очиқ бюджет порталида ўз лойиҳаларини қолдиришлари мумкин.

📩 Ушбу ўқувчиларнинг ота-оналарига СМС орқали "калит сўзлар" юборилган.

Жараёнда иштирок этиш шартлари ва қизиқарли маълумотлар билан каналимиз орқали биринчилардан бўлиб хабардор бўлинг!

https://t.me/+6Lw3Nm9mqtE0MDAy

Ташаббусли бюджет янгиликлари

17 Dec, 14:26


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📄 Oliy Majlis Senati Kengashi qarori bilan “Mening maktabim” loyihasini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi

Mazkur Nizom bilan “Mening maktabim” loyihasini oʻtkazish tartibi, jumladan, loyihalarni shakllantirish, ularni saralab olish, ovoz berish hamda gʻoliblarni aniqlash jarayonlari belgilab berildi.

📝 Yuqorida keltirilgan infografikalar orqali ushbu jarayonda qanday ishtirok etish mumkinligi haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

#mening_maktabim #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

11 Dec, 11:17


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” — amalda!

Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkazda “Tashabbusli budjet” imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda.

Monomarkaz hududida koʻzi ojiz insonlar uchun Brayl alifbosida kitob chop etish tipografiya uskunalarini xarid qilish loyihasi g‘oliblar qatoridan joy oldi.

🔆 Bunda, ajratilgan mablagʻ 1 mlrd 360 mln so‘mni, jami to‘plangan ovozlar soni 1 476 tani tashkil etdi.

📹 Batafsil ma’lumotlar bilan video orqali tanishing.

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

18 Nov, 10:11


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan “Fuqarolar uchun budjet” nashri eʼlon qilinmoqda

Ushbu nashr orqali Siz Davlat budjetining 2025-yil uchun daromad va xarajatlari prognozi, barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsadlarni amalga oshirish uchun xarajatlari, “yashil” iqtisodiyotga oʻtishga qaratilgan islohotlar, budjet taqchilligi va uni qoplash manbalari hamda davlat qarzi boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

➡️ Batafsil

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

08 Nov, 07:40


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” — amalda!

➡️ “Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Ellikqalʼa tumanidagi 8-umumtaʼlim maktabida sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

➡️ Beruniy tumanidagi 42-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida oʻzgarishlar katta

➡️ Baliqchi tumanidagi “Koʻl boʻyi” mahallasining ichki yoʻllariga asfalt yotqizish ishlari boshlanmoqda

➡️ Buxoro tumanidagi 3-IDUMda “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida zamonaviy sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

➡️ Dehqonobod tumanidagi ikki mahallani bogʻlab turuvchi yoʻlning 2,5 km qismi asfaltlandi

➡️ Gʻallaorol tumanida “Tashabbusli budjet” doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

04 Nov, 14:21


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!


📈“Ochiq budjet” axborot portalida “Mahalla budjeti” bo‘limi ishga tushirilganligini eslatib o‘tamiz.

“Mahalla budjeti” mablag‘laridan samarali foydalanishda faol ishtirok eting!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

01 Nov, 12:07


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 Mahalla budjeti mablag‘lari samarali yo‘naltirilmoqda

📝Mahalla budjeti hisobidan fuqarolar uchun qulayliklar yaratish va mahalla infratuzilmalarini yaxshilash maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyatida:

▪️Denov tumani “Buyuk ipak yo‘li” MFYda ko‘cha yoritish chiroqlari o‘rnatildi;
▪️Uzun tumani Mehnat, Nurafshon, Ulanko‘l, Fayzova, Guliston, Yangi hayot, Mustaqillik mahallariga beton ustunlar o‘rnatildi;
▪️Denov tumani “Fayzli” MFYda mahalla binosining tom qismi ta’mirlandi.

#budjet #mahalla_budjeti

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

30 Oct, 06:20


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⌛️ "Mening bog‘cham" loyihasi doirasida ovoz berish yakunlandi.

📝2025-yilgi yangi quriladigan, kapital ta’mirlanadigan yoki rekonstruksiya qilinadigan bog‘chalar ro‘yxatiga aniqlik kiritish bo‘yicha "Ochiq budjet" portalida o‘tkazilgan "Mening bog‘cham" loyihasi doirasida ovoz berish bosqichi yakunlandi.

Avval xabar berilganidek, ovoz berish jarayoni yakunlariga ko'ra har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p ovoz to‘plagan bittadan loyihalar tanlab olinadi.

Ushbu loyihalar orasidan hudud uchun ajratilgan mablag'lar doirasida g'olib loyihalar bo'yicha Iqtisodiyot va moliya hamda Maktabgacha va maktab talimi vazirliklari
tomonidan 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

📝Ma’lumot uchun, g‘olib loyihalar ro‘yxati 2025-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #mening_bogcham

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

26 Oct, 11:07


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga “Mening bog‘cham” loyihasining ovoz berish jarayonlari yakuniga ko‘ra hududlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmoqda.

#open_budget #mening_bogcham

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

25 Oct, 11:45


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” — amalda!

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Sariosiyo tumanidagi “Anorzor” mahallasining ichki yoʻllariga asfalt yotqizildi

➡️ Doʻstlik tumani “Mevazor” mahallasida “Yoshlar bogʻi” tashkil etilmoqda

➡️ Moʻynoq tumanida sport maydonchalari bunyod etilmoqda

➡️ Olmaliq shahrida Yoshlar markazi binosi foydalanishga topshirildi

➡️ Arnasoy tumanidagi koʻchalarning meʼmoriy qiyofasi zamonaviylashtirilmoqda

➡️ Xiva shahridagi 12-umumiy oʻrta taʼlim maktabida qoʻshimcha xonalar qurib bitkazildi

➡️ Qorovulbozor tumanida zamonaviy axborot-kutubxona markazi oʻz faoliyatini boshladi

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

24 Oct, 09:26


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⌛️ Ovoz berish jarayonlari yakunlanishiga 1 kun qoldi

Mening bog‘cham” loyihasi bo‘yicha 2024-yil uchun ilgari surilgan loyihalarga ovoz berish 25-oktabr soat 10:00 da toʻxtatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali ovoz berishingiz mumkin, jumladan:

1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi;
2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS).

#tashabbusli_budjet #open_budget #mening_bogcham

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

24 Oct, 07:45


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📲 “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘cham” doirasidagi loyihalarga SMS orqali ovoz berish bo‘yicha video qo‘llanma

Farzandlarimiz uchun o‘z hududingizdagi bog‘chalarni yangi holatga keltirish va qulayliklar yaratish maqsadida tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

❗️ Eslatib o‘tamiz, ovoz berish yakunlanishiga 1 kun qoldi.

#ochiq_budjet #open_budjet
#mening_bogcham

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

23 Oct, 12:08


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

✔️“Tashabbusli budjet” doirasida amalga oshirilgan loyiha natijasida fuqarolar uchun qulayliklar yaratilmoqda

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani "Ko‘rkamdiyor" mahallasi Gulchanbar qishlog‘i

🔹 To‘plangan ovozlar soni - 1️⃣5️⃣2️⃣2️⃣ ta

Loyiha natijasida:
🎯Yoshlar infratuzilmasini yaxshilash va yoshlarni sport bilan doimiy shug‘ullanishi maqsadida:
◀️Usti yopiq sun’iy qoplamali stadion;
◀️Bolalar maydonchasi qurib bitkazildi.

❗️Faqatgina munosib loyihalarga ovoz bering! Ovozingizni qadrlang!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

22 Oct, 10:12


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊 “Tashabbusli budjet” da hududlarning faolligiga ko‘ra reyting natijalari e’lon qilindi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2024-yil 3-chorak yakunlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlar asosida hududlar reytingi shakllantirildi.

📈Baholash natijalariga ko‘ra:
Hududlar bo‘yicha umumiy to‘plangan ballarga asosan Xorazm, Buxoro, Namangan viloyatlari va Toshkent shahri eng faol hududlar sifatida baholangan.

📉O‘z navbatida Andijon, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlari “qizil” hudud sifatida baholanib, eng past ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

🔍Natijalarga ko‘ra, Zarafshon, Nurafshon va Bekobod shaharlari hamda Davlatobod, Chimboy va Shumanay tumanlarida loyihalarni saralash bosqichi yakunlari bo‘yicha qayd etilgan natijalar eng past ko‘rsatkichni tashkil etgan.

💠 Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Batafsil

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

21 Oct, 10:00


"Менинг боғчам" лойиҳаси хақида билишингиз лозим бўлган фактлар:

📌 ушбу лойиҳа жорий йилда илк мартаба синов тариқасида ўтказилмоқда;

📌 лойиҳа доирасида фуқаролар Мактабгача таълим вазирлиги томонидан шакллантирилган рўйхат асосида боғчалардан бирига овоз беришлари мумкин;

📌 овоз бериш якунлари бўйича вилоятлар учун ажратилган маблағ доирасида энг кўп овоз тўплаган лойиҳалар 2025 йилги инвестиция дастурига киритилади.

❗️Шуни алоҳида қайд этиш керакки, мазкур лойиҳа доирасида ҳар бир туман ёки шаҳардан фақат битта энг юқори овоз тўплаган лойиҳа танлаб олиниши мумкин.

Ташаббусли бюджет янгиликлари

18 Oct, 14:36


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Tashabbusli budjet” — amalda!

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha hududlarda ishlar faol amalga oshirilmoqda. Ulardan ayrimlari bilan tanishishingiz mumkin:

➡️ Tashabbus natijasi: Toʻrtkoʻl tumani 22-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida qurilish ishlari yakunlandi

➡️ Konimex tumanidagi “Guliston” va “Yuksalish” mahallalari fuqarolariga tibbiy xizmat koʻrsatuvchi oilaviy shifokorlik punkti yangidan taʼmirlandi

➡️ Qamashi tumanidagi “Qoratepa” mahallasining 3 km yoʻli asfalt qilindi

➡️ Yangibozor tumanidagi “Qalandardo‘rman” oilaviy shifokorlik punkti zamonaviy binoda ish boshladi

➡️ Tashabbus natijasi: Sariosiyo tumanidagi “Terakzor” mahallasi ichki yo‘llari asfalt qilindi

➡️ Oltinsoy tumani “Qorliq” mahallasidagi 56-sonli oilaviy poliklinika kapital taʼmirlanmoqda

#open_budget #tashabbusli_budjet

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

17 Oct, 07:15


📣 Hurmatli fuqarolar!

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15–25-oktabr kunlari “Ochiq budjet” axborot portalida 2025-yil yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda kapital taʼmirlanadigan bogʻchalarni aniqlash boʻyicha “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni oʻtkazilmoqda.

➡️ Bunda, 2025-yilda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan obyektlarga aniqlik kiritish ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, quyidagi ketma-ketlik boʻyicha amalga oshiriladi:

1️⃣ har bir tuman va shaharlarda eng koʻp ovoz toʻplagan bittadan loyihalarga aniqlik kiritiladi;

2️⃣ toʻplangan ovozlar sonidan kelib chiqib, tuman va shaharlardagi eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar yuqoridan pastga saralanadi;

3️⃣ har bir hudud boʻyicha (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri) ajratilgan limit doirasida eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar tanlab olinadi.

Agar tuman (shahar)larda bir nechta loyihalar bir xil ovoz toʻplasa, eng yuqori koʻrsatkichni birinchi boʻlib qayd etgan loyiha tanlab olinadi.

📝 Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

#open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Ташаббусли бюджет янгиликлари

14 Oct, 09:41


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📈 “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni 15-oktabr soat 10:00 da boshlanadi

Joriy yilning 15-oktabridan 25-oktabrigacha “Ochiq budjet” axborot portalida “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida 2025-yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturi uchun yangi quriladigan hamda rekonstruksiya qilinadigan bogʻchalarga aniqlik kiritish boʻyicha ovoz berish jarayoni oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish jarayoni “Bir fuqaro — bir ovoz” tamoyili asosida amalga oiriladi.

Mazkur loyihaga befarq boʻlmagan holda, ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, oʻz hududingizda yangi bogʻcha barpo etilishi yoki ta’mirlanishiga hissa qoʻshing!

📝 Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х