Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali @sharqfilologiyasiofficial Channel on Telegram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

@sharqfilologiyasiofficial


OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti rasmiy kanali!

@sharqfilologiyasimurojaatlarbot

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali (Uzbek)

OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti rasmiy kanali @sharqfilologiyasiofficial - bu kanal Oʻzbekiston davlat jismoniy-texnika universitetining Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan olib boriladigan ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu kanal orqali fakultetning yangiliklari, tadbirlari, o'qituvchilar tomonidan o'quv darslari va boshqalar haqida eng so'nggi ma'lumotlarga ega bo'lishingiz mumkin. Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali fakultetning rasmiy kommunikatsiya vositasidir va fakultet faoliyatini ommaviy doimiy tarzda ko'rsatish maqsadida yaratilgan. Agar siz fakultetning yangiliklaridan xabardor bo'lishni istasangiz, @sharqfilologiyasimurojaatlarbot kanaliga murojaat qilishingiz mumkin.

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

18 Nov, 07:07


Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali pinned Deleted message

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

18 Nov, 04:15


#VatanBayrogʻi #33Yoshda

🇺🇿 18-noyabr — mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorligimiz timsoli bo‘lgan bayrog‘imiz qabul qilingan kun!

🙋 Magʻrur hilpirayotgan bayrogʻimiz yurtimizda hukm surayotgan tinchlik–obodlik, millatlararo totuvlik, qut-baraka va kelajakka boʻlgan mustahkam ishonch ramzi sifatida qalbimizga tuganmas iftixor bagʻishlaydi. Bayrog‘imiz — bizning g‘ururimiz!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 33 yilligi bilan samimiy tabriklaydi!

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

09 Nov, 07:37


4️⃣4️⃣4️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan har payshanba kunlari soat 11:50 da 517-xonada "Yosh taqdidotchi" ilmiy to‘garagi o‘z faoliyatini olib borayotganini ma'lum qilamiz.

🫥 Ilmiy maqola yozishga, ilmiy izlanish olib borishga hamda turli ilmiy va amaliy konferensiyalarda ishtirok etishni xoxlasangiz, marhamat! Biz bilan ilm yo'lini tanlang!

@sharqfilologiyasiofficial

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

08 Nov, 17:42


​​ЯПОНИЯДА БОЛАЛАРНИНГ МАЖБУРИЙ МЕҲНАТИ!

Ассалому алайкум, самимий ўқирманлар.
Бугун эрталабдан кайфиятингизни кўтариб, ишга кузатиб юборай сизларни! Бугун мана шу расмдаги нарса ҳақида ҳикоя қиламан. Бу нима деб ўйлайсиз?
Кўзингизга қиз бўлиб ёки алламбало бўлиб кўринаётган бўлса етиб келибсиз, бечора бўйдоқлар. Тезда уйланинг! Зўр қилиб, дахшат қилиб тўй қилганингизни тўйхоначидан бошқасига фойдаси йўқ. Оддийгина, яқинлар билан тўй қилиб ўтказаверинг. Ишонаверинг, сизни қилган тўйингизни бир хафтадан кейин қўшнини ити ҳам эсламайди.

Шу десангиз, расмдаги бу нарса - "Сатсумa имо" яъни ширин картошка. Шиппиллаб шолғом-ку дейишга шошилманг. Шолғом эмас. Сешанба куни боғчадан боламизни картошка даласига олиб чиқиб, картошка кавлатибди. Болачаларни ҳаммаси картошкани кавлаб, ўзларига ҳам биттадан оволишибди. Расмда кўриб турганингиздек, "Болаларинг кеча мана шу картошкаларни ўз қўллари билан терди" деб ёзиб қўйишибди. Энг қизиғи ҳеч қайси ота-она "Войдод, боламни далада ишлатишаябди" деб жар солмаябди. Шуларни кўриб, ҳукуматимизда минг қамчи бўлса, ўзимизда ҳам бир қамчи бормикан деб ўйлаб қолдим😁

Японларни боғча тизимига ҳар доим қойил қоламан. 1 йиллик режалари тайёр. Қайси кунлари нималар қилишлиги олдиндан белгилаб қўйилган. Ўша белгилаб қўйилган дарс жадвалидан ташқарига чиқишмайди. Тўсатдан "Навруз" байрами бўлиб қолса ҳам, "Мустақиллик" бўлиб қолса ҳам жадвал ўзгармайди. Ана шу 5-6 йиллик боғча давомида болаларга ҳамма нарсани ўргатишади. Ҳайвонлар, йўллар, навбатда туриш-у, экин-текинларгача. Бу галги картошка кавлаш маросими ҳам болаларга ейдиган егуликлари осмондан тушиб қолмагани, унинг учун дехқонлар қандай меҳнат қилишлари, ҳамма нарсани қадрига етиш кабиларни ўргатиш экан! Балки, шунинг учун Японлар қишлоқ одамлари, деҳқонлар жамият учун қанчалик муҳим эканлигини ҳис қилишар. Балки шунинг учун Японларда "Қишлоқи" "Колхоз" деган ахмоқона гаплар йўқдир. Эээ велиб кетсин, бу муаммоларни қайси бирига сиқиламиз. Яхшиси, картошка мавзусига қайтайлик.

Японлардаги бу "Сатсума имо" деган ширин картишка жуда муҳим аҳамиятга эга. Болалигимизда чўғни ичига картишкани кўмиб пишириб ердик-ку, худди шунақа қилиб аравада, машинада сотиб юришади. Худди "Биздаги тарвуз келди. Туз сотаман" деб эшак аравадаги сотувчиларга ўхшаб, "Сатсума имо" сотиб юришади.

Шунақа гаплар. Сизга Япония ҳақида ҳеч ким эътибор бермайдиган томонларини ёзаётган, битта картошкани атрофида, шунча фойдали маълумотларни ёзадиган менга гулдурос қарсакларингиз!

Босган ЁҚТИРМАНГИЗ, айтган самимий тилакларингиз ўзингизга ҳам бумеранг бўлсин! Келинг, шу жойида менга ўхшаб "Колхоз"дан чиққанларга бумерангни нималигини тушунтириб кетай: Бумеранг дегани- Ёмон хотин дегани. Ўчир овозингни деса, ўзинг ўчир деб турадиганлари бўлади-ку)) Ҳазилдан ташқари, нимаики қилсанг ўзинга ҳам қайтади дегани. Шундай экан бугун текин яхшиликларни бўлсада қилишга улгуриб қолинг.

Хурмат билан, бўлажак "Мактабгача таълим вазири" Баҳодир Ниппоний)

https://t.me/BahodirIskandarov

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

08 Nov, 05:38


📸 Mobilograflar, kameralaringiz tayyormi?

🤩 Biz, 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti, 🎓17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “🇺🇿 Mening Universitetim” videoroliklar tanloviga start bermoqdamiz!

📱 Siz telefonda turli xildagi estetik videolar olishga qiziqasizmi?
😶 Qobiliyatingiz bor, lekin sizga eʼtibor yetishmayaptimi?

🥳 Unda bu tanlov aynan siz uchun doʻstim!

🗓Universitetimiz haqida hikoya qiluvchi videoroliklaringizni 13-noyabr, chorshanba, soat 23:00 ga qadar qabul qilamiz!

📥 Ijodiy ishlaringizni 📱shu manzilda kutamiz.

🏆 Tanlov gʻoliblari hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanadi.

😉 Tanlovda faol ishtirok eting, gʻolib boʻling va yaxshigina 💰pul mukofotlarini yutib oling!

#videoroliklar_tanlovi #mening_universitetim #Xalqaro_talabalar_kuni #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

02 Nov, 17:27


🏆 Rektor kubogi sport musobaqalarining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

🤔 Xabaringiz bor, avvalroq 🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan universitetimiz sportchi talabalari oʻrtasida futbol va voleybol sport turlari bo‘yicha Rektor kubogi oʻtkazilinayotgani xabar qilingandi.

🔥 Bugun musobaqaning final — universitet bosqichi boʻlib oʻtdi!

⚡️ Finalda universitetimiz fakultetlaridan saralangan 10 ta eng kuchli jamoalar gʻoliblik uchun kurashdilar.

⚽️ Futbol bo‘yicha g‘oliblar:

🥇-oʻrin — 🇺🇿 Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti jamoasi;
🥈-oʻrin — 🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi;
🥉-oʻrin — 🇺🇿 Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi.

🏆 Musobaqaning final bosqichi gʻoliblari quyidagicha taqdirlanishadi:

🥇-oʻrin — 5,000,000 soʻm;
🥈-oʻrin — 4,000,000 soʻm;
🥉-oʻrin — 3,000,000 soʻm.

🎉 Gʻolib jamoalarni yana bir bor muborakbod etamiz!

🤝 Ishtirok etgan barcha jamoalarga ham oʻz minnatdorchiligimizni bildirib, keyingi musobaqalar va tadbirlarda ham faollikka chorlab qolamiz.

📸 Musoboqadan shu va boshqa sifatli kadrlar bu yerga joylanadi👇
📱@ittifoq_HD

#final #futbol #rektor_kubogi #yoshlar_ittifoqi #uzdjtu_yoshlari

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

02 Nov, 12:30


#yashil_makon

Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududda ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda.

2-noyabr kuni fakultet tyutorlari D.Xurramova, G.Odilova va talabalar universitet atrofini chiqindilardan tozalashdi. Daraxtlarga ishlov berildi, yangi ko'chatlar ekildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

02 Nov, 03:51


🏆🏆🏆

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda nomoddiy madaniy meros, maqom va baxshichilik san’atini ilmiy jihatdan o‘rganish, targ‘ib qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2024-yil 25-noyabr kuni Nomoddiy madaniy meros bo‘yicha respublika ilmiy tadqiqotlar tanlovi o‘tkaziladi.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun ilmiy maqolalar 2024-yilning 10-noyabriga qadar qabul qilinadi.

📲 Maqolalar ushbu raqamlarga Telegram orqali elektron tarzda belgilangan muddatda taqdim etilishi soʻraladi:
📱 +998946973107
📱 +998555102737

Tanlov shartlari va batafsil ma’lumotlar bilan bu yerda tanishing.

#nomoddiymadaniymeros #tanlov #konferensiya

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

01 Nov, 16:21


4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣
#terma_jamoa_uchun_kasting

🗓 2-noyabr kuni soat 14:00da Zakovat ko'chasi Ma'rifat markazi binosida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti terma jamoasi uchun yakkalik kasting bo'lib o'tadi.

Talablar:
• O'zDJTU bakalavr yoki magistr talabasi bo'lishi kerak;
• Kastingdan o'tgan taqdirda mashg'ulotlarni qoldirmay shug'ullanishi kerak;
• Keyinchalik Toshkentda bo'ladigan ligalarda, zakovat olimpiadasida ishtirok etishga tayyor bo'lishi kerak.

📌 Universitet nufuzini himoya qila oladigan talabalarni biz safimizga chorlab qolamiz.

💬 Murojaat uchun:
@Versatile_idol

@zakovat_uzdjtu

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

26 Oct, 07:11


Joriy yilning 25-oktabr sanasida
Sharq
filologiyasi fakultetida
🎭 Quvnoqlar va Zukkolar: “Rektor kubogi” o’yinining fakultet saralash bosqichi bo’lib o’tdi.

Tanlovda umumiy hisobda 3 ta jamoa qatnashdi hamda natijalariga ko’ra
“Kosmonavtlar” jamoasi 1 o’rinnni
“Farqi yo’q” jamoasi 2 o’rinni
“Millioner qizlar” 3 o’rinni qo’lga kiritishdi.

👏G’olib jamoani tabriklaymiz.

🔥Ishtirok etgan barcha talaba yoshlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.

📌 Eslatib o’tamiz “Kosmonavtlar” jamosi 2022-yil Qvz “Rektor kubogi” chempionlari.

Bizdan uzoqlashmang, zero biz siz uchun harakatdamiz
!

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

22 Oct, 06:12


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

📚 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan 📚Kitob mening doʻstim” Respublika tanlovi oʻtkazilmoqda.

📝 Tanlov 4 bosqichda oʻtkaziladi:

— fakultetlararo (guruh) bosqichi;
— oliy ta’lim muassasasi (universitet) bosqichi;
— hududiy saralash bosqichi;
— yakuniy respublika bosqichi.

📄 Tanlovning fakultetlararo (guruh), oliy ta’lim muassasasi (universitet) va hududiy bosqichlari quyidagi 3 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi:

“Bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida);
“Annotatsiya mahorati” sharti;
“Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targʻib etish” sharti.

🎁 Tanlovning universitet va hududiy bosqichi gʻoliblari faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

🏆 Tanlovning yakuniy respublika bosqichi gʻoliblari esa quyidagicha taqdirlanadi:

🥇-oʻrin - 8,000,000 (sakkiz million) so'm;

🥈-oʻrin - 6,000,000 (olti million) so'm;

🥉-oʻrin - 5,000,000 (besh million) so'm;

🏅-oʻrin - 3,000,000 (uch million) so'm;

🏅-oʻrin - 2,000,000 (ikki million) soʻm.

📊 Tanlovda ishtirok etish uchun siz fakultet bosqichida yuqori natija qayd etgan boʻlishingiz lozim.

🇺🇿 Universitet bosqichi 🗓25-oktyabr, juma kuni, 📍universitet bosh binosida (rektorat) boʻlib oʻtadi.

📑 Tanlov haqida batafsil ma’lumot olish uchun fakultetingizdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muoviniga murojaat qiling.

📚 Isteʼdodingizni koʻrsating!
💰 Gʻolib va sovrindorlar safida boʻling!

#kitob_mening_doʻstim #bilimdon_kitobxon #manaviyat_edu_uz #uzdjtu_yoshlari

🇺🇿 Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
📱@uzswlu_mmb

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

22 Oct, 03:55


📌Bugun Sharq filologiyasi fakulteti tyutori J.Ramazonov boshchiligida
🏀“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Shaxmat-shashka sport turlari bo’yicha 2408-2409 guruh talabalar o’rtasida sport musobaqalari o’tkazildi.


🌐 Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

17 Oct, 18:02


1️⃣1️⃣1️⃣ 1️⃣1️⃣1️⃣ 3️⃣3️⃣3️⃣

📌 Sportning voleybol va futbol turiga qiziquvchi talabalar yaqinroq keling!

🇺🇿 Sharq filologiyasi fakultetida “REKTOR KUBOGI” o’yinlarining o’g’il bolalar uchun futbol hamda qiz bolalar uchun voleybol sport turi bo’yicha saralash bosqichiga start beramiz.

🗓 O’tkazilish kuni 21-oktabr (dushanba)
O’tkazilish vaqti 13:00.

Ro’yxatdan o’tish muddati 21-oktabr 11:00 gacha.

🔠 Kechikib kelgan jamoalar avtomatik tarzda o’yindan chetlatilinadi (ro’yxatdan o’tgan bo’lsa ham).

✔️ Ro’yxatdan o’tish uchun siz o’zingizga jamoa yig’asiz va yuqorida keltirilgan talabnoma na’munasini to’ldirasiz uni elektron shaklda @zafar_tolliboev ga yoki qog’oz variantda fakultet yoshlar yetakchisi Z.Tolliboyev(424-xona)ga topshirasiz.

O’zingizga jamoa qidirmoqdamisiz? Unda saralash bosqichi guruhiga qo’shiling. Ushbu guruhdan siz jamoa topishingiz mumkin.

🏆 Barcha jamoalarga omad!

Telegram

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

17 Oct, 17:26


🗓 Joriy yilning 17-oktabr sanasida Universitet psixologi Z. Xayrullayeva hamda Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi P.Azimova pedagog tarbiyachi Z.Karimova hamkorligida OʻzDJTU 4-sonli TTJ talabalari bilan psixologik trening tashkil etildi.

Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan guruhiy maslahatlar va mashg’ulotlar tashkil etildi.

💭Treningda "Tanishuv",
"Sehrli so’z", "Kasb va lavozim" “Psixogimnastika” mashg’ulotlardan foydalanildi. Mashg'ulotda 1-2-3 bosqich talaba qizlar faol ishtirok etishdi.

Sharq filologiyasi fakulteti axborot kanali

17 Oct, 10:33


💫Sharq filologiyasi fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun 2024-yil 27-oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan saylov bo'yicha Sharq filologiyasu fakulteti tyutori B.Mirzayeva talabalarga 27-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan deputatlik saylovlari haqida batafsil ma'lumot berdi.

📌Shuningdek, talabalarga siyosiy partiyalar haqida tushuntirib, saylov uchastkalari va saylov tizimi bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni taqdim etdi.

⭐️Ushbu ma’lumotlar talabalar uchun nafaqat saylov jarayonlari haqida ko‘proq bilib olish imkonini berdi, balki ularni siyosiy faolliklarini oshirishga undadi.

1,823

subscribers

4,660

photos

548

videos