Open Budget | Ochiq Budget @open_budjet_ochiq_budjet_rasmiy Channel on Telegram

Open Budget | Ochiq Budget

@open_budjet_ochiq_budjet_rasmiy


Open budjet | Tashabbusli budjet

Oʼz mahalangizga ovoz yig'moqchi va biz bilan birinchi oʼrini olmoqchi  bolsangiz unda bizga murojaat qiling joylar soni cheklangan

Open Budget | Ochiq Budget (Uzbek)

Ochiq budjet | Tashabbusli budjet

O'z mahalangizga ovoz yig' moqchi va biz bilan birinchi o'rini olmoqchi bolsangiz unda bizga murojaat qiling joylar soni cheklangan

Ochiq Budjet kanalimiz o'z mahallangiz uchun ochiq budjetning qanday qilib yaratilishi, uni qanday to'g'ri qo'lish, pulni qanday samarali sarflashni o'rganish uchun yaratilgan. Bu kanal o'z bunday masalalarga echim topish va yechish uchun qulay va foydali maslahatlar, tavsiyalar va ko'rsatmalar taqdim etadi. Agar siz ham zamonaviy savdo va moliya bilan shug'ullanib, shaxsiy moliyangizni boshqarish uchun qulay bo'lgan vaqtli ma'lumotlarga ega bo'lishni xohlaysiz, unda shunday bo'lsin, Ochiq Budjet kanalini obuna bo'lib, yangiliklar bilan xabardor bo'ling! Ochiq Budjet kanali sizning pulingizni boshqarishda yordam berish, moliya savdo sohasida rivojlanish uchun qo'llanuvchilar va mahalliy kasblarni o'rganish uchun moslangan, amalda o'zi sinovdan o'tgan maslahatchilar tomonidan yo'qotiladi. Kanalimizni obuna bo'lib, o'z moliyangizni samarali boshqarish va daromad olishda muvaffaqiyatingizga yeting!

Open Budget | Ochiq Budget

17 Oct, 07:29


📣 Hurmatli fuqarolar!

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 15–25-oktabr kunlari “Ochiq budjet” axborot portalida 2025-yil yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan hamda kapital taʼmirlanadigan bogʻchalarni aniqlash boʻyicha “Mening bogʻcham” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni oʻtkazilmoqda.

➡️ Bunda, 2025-yilda yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan obyektlarga aniqlik kiritish ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, quyidagi ketma-ketlik boʻyicha amalga oshiriladi:

1️⃣ har bir tuman va shaharlarda eng koʻp ovoz toʻplagan bittadan loyihalarga aniqlik kiritiladi;

2️⃣ toʻplangan ovozlar sonidan kelib chiqib, tuman va shaharlardagi eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar yuqoridan pastga saralanadi;

3️⃣ har bir hudud boʻyicha (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri) ajratilgan limit doirasida eng koʻp ovoz toʻplagan loyihalar tanlab olinadi.

Agar tuman (shahar)larda bir nechta loyihalar bir xil ovoz toʻplasa, eng yuqori koʻrsatkichni birinchi boʻlib qayd etgan loyiha tanlab olinadi.

📝 Loyihalar roʻyxati bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

#open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Open Budget | Ochiq Budget

15 Oct, 21:26


"Mening bogʻcham" loyihasiga ovoz yigʻib beraman loyihasi borlar

@Nomozov_Boysoat ga yozing

Open Budget | Ochiq Budget

19 Aug, 12:02


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

☎️ “Tashabbusli budjet”da majburiy ovoz berishga jalb qilish holatlari toʻgʻrisida xabar berish uchun ishonch telefoni ishga tushdi

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlari yuzasidan xabar berish uchun “1282” qisqa raqamli ishonch telefoni ishga tushirildi.

⚡️ Endilikda fuqarolarimiz ovoz berishda uchrayotgan majburlash holatlari boʻyicha yuqorida qayd etilgan ishonch raqamiga murojaat qilishlari mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

18 Aug, 08:52


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Ovoz berish jarayoni boshlanishiga 4 kun qoldi!

⌛️ “Tashabbusli budjet” jarayonlari doirasida ovoz berish bosqichiga 4 kundan keyin start beriladi.

Eslatib oʻtamiz, ovoz berish bosqichi 22-avgustdan 1-sentabrga qadar — 10 kun davomida oʻtkaziladi.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

16 Aug, 04:25


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

💠 “Tashabbusli budjet” jarayoni 2024-yil 2-mavsumining saralash bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

📲Bunga ko‘ra, hududiy ishchi komissiyalar tomonidan 23 276 ta loyihalar yoki jami kelib tushgan loyihalarning 85 foizi ovoz berish jarayoniga o‘tkazildi.

📌Eslatib o‘tamiz, 15-avgustdan 22-avgustga qadar yetti kun davomida ovoz berishga o‘tkazilgan loyihalarni targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

14 Aug, 08:13


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🖊 “Tashabbusli budjet”da ilgari surilgan loyiha asossiz rad etilsa, qanday yoʻl tutish kerak?

Ushbu savolga video orqali batafsil javob olishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

02 Aug, 09:53


‼️"Пепси, ёғ тарқатманг! Жавобгарлик бор!" "Опен бюджет"да ғирромлик йўқ энди

Вазирлар Маҳкамасининг мана шу қарорига мувофиқ эндиликда "Ташаббусли бюджет" лойиҳасида овоз йиғиш учун жамоат жойларида бепул "Пепси" ёки ёғ тарқатганлар маъмурий жавобгарликка тортиладилар.

Бу борада ИИВ ва Миллий гвардия тузилмалари ходимлари ва профилактика инспекторларига аниқ кўрсатма берилган.

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

01 Aug, 15:44


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Hurmatli fuqarolar!

📈 Avval xabar berilganidek, “Tashabbusli budjet” jarayoniga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda so‘nggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba g‘olib deb topilgan mahalla (tashkilot)lar uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi.

Mazkur tartib bo‘yicha keng jamoatchilikda yuzaga kelgan savollar yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-787-IV sonli qarori joriy yilning 29-iyul kuni tasdiqlangan bo‘lib, kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar shu kundan boshlab kuchga kiradi hamda kelgusi davr uchun amal qiladi.

🤔 Bunda, mahalla yoki tashkilotlarning g‘olib loyihalari soni “Tashabbusli budjet”ning joriy yil 2-mavsumidan boshlab hisoblab boriladi hamda o‘tkazilgan ikki mavsum (2024-yil 2-mavsum va 2025-yil 1-mavsum) natijalaridan kelib chiqib, 2025-yil 2-mavsumdan boshlab cheklovlar qo‘llanadi.

Shuni alohida qayd etish joizki, joriy yilgi 2-mavsumda avvalgi mavsumlarda ketma-ket g‘olib bo‘lgan loyihalar uchun mazkur tartib qo‘llanilmaydi.

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

01 Aug, 05:49


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi KQ -787-IV sonli qaroriga asosan “Tashabbusli budjet” jarayonini oʻtkazish boʻyicha amaldagi tartibga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

☑️Bunda, kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bevosita keng jamoatchilik jumladan faol fuqarolar, OAV vakillari hamda deputatlarning takliflarini inobatga olgan holda ishlab chiqildi.

Kiritilgan asosiy oʻzgartirishlardan:

◀️barcha mahallalar uchun gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida endilikda “Tashabbusli budjet” doirasida soʻnggi mavsumlarda ketma-ket ikki marotaba gʻolib deb topilgan mahalla (tashkilot)lar uchun navbatdagi ikkita mavsum doirasida tanaffus eʼlon qilinadi (yaʼni ushbu mahallalar uchun loyiha kiritish imkoniyati cheklanadi).

↪️Bu esa oʻz navbatida bir necha mavsumdan beri ishtirok etib kelayotgan lekin, toʻplagan ovoz soni aholi soni katta mahallalarning toʻplagan ovoz sonidan kam boʻlgan mahallalarga gʻolib boʻlish imkoniyatini beradi.

🔗Qarorning to'liq matni bilan mazkur
havola orqali tanishishingiz mumkin.

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

25 Jul, 08:30


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga
25-iyul 10:00 holatiga kora, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumi doirasida hududlar miqyosidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

23 Jul, 17:09


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📆 “Tashabbusli budjet”da loyiha kiritish bosqichi yakunlanishiga 3 kun qoldi

Mazkur videoda “Tashabbusli budjet” orqali qanday loyihalarni ilgari surish mumkinligi bo‘yicha batafsil javob berilgan.


‼️ O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling!

#tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

23 Jul, 06:30


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga
23-iyul 10:00 holatiga kora, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumi doirasida hududlar miqyosidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

22 Jul, 13:54


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📊 “Tashabbusli budjet” jarayonlari bo‘yicha hududlar reytingi tuzildi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2024-yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlar asosida hududlar reytingi shakllantirildi.

💠 Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Batafsil

#tashabbusli_budjet #open_budget

&&&&&

& “Tashabbusli budjet” jarayonlari bo‘yicha hududlar reytingi tuzildi

“Tashabbusli budjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2024-yil 2-chorak yakunlariga ko‘ra erishilgan ko‘rsatkichlar asosida hududlar reytingi shakllantirildi.

& Reyting natijalari bilan batafsil quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

➡️ Batafsil

#tashabbusli_budjet #open_budget

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy

Open Budget | Ochiq Budget

22 Jul, 05:45


1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

📣 Hurmatli fuqarolar!

📲 E’tiboringizga
22-iyul 10:00 holatiga kora, “Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yil 2-mavsumi doirasida hududlar miqyosidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.

#tashabbusli_budjet #ochiq_budjet

@Open_Budjet_Ochiq_Budjet_Rasmiy