O'zbek milliy musiqasi @maqomot Channel on Telegram

O'zbek milliy musiqasi

@maqomot


Ushbu kanalda o'zbek milliy musiqa san'atining, xususan, maqomlarning amaliy, tarixiy va nazariy masalalari baholi qudrat yoritiladi.

Murojaat uchun: @musicolog_uz

O'zbek milliy musiqasi (Uzbek)

O'zbek milliy musiqasi kanalimiz O'zbekistonning milliy musiqasi haqida ma'lumotlar bilan to'ldirilgan eng yangi manzillardan biridir. Kanalda, xususan, maqomlarning amaliy, tarixiy va nazariy masalalari yoritiladi. Bu kanal, o'zbek milliy musiqasi san'atining tajribali o'qituvchilar tomonidan tayyorlangan ma'lumotlar bilan to'ldirilgan. Agar siz O'zbek milliy musiqasi haqida ko'proq bilim olishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun ideal xizmatni taklif qiladi. Kanalda sifatli maqolalar, videolar va audio dasturlar sizni kutmoqda. Siz ham o'zbek milliy musiqasi haqida ko'proq ma'lumot olishni istasangiz, @musicolog_uz bo'yicha murojaat qilishingiz mumkin.

O'zbek milliy musiqasi

09 Jan, 14:18


Zumrad To‘ychiyeva – birinchi o‘zbek ayol bastakori

Ba’zi insonlar ortlaridan shunday yorqin iz qoldiradiki, boshqalar ham beixtiyor ular kabi bo‘lishga, ko‘p ishlarda ulardan o‘rnak olishga intiladi. Ana shunday insonlardan biri O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, O‘zbekiston Respublikasi kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a’zosi, birinchi o‘zbek ayol kompozitorlaridan bo‘lgan iste’dodli Zumrad To‘ychiyevadir.

Batafsil: https://uza.uz/posts/675975

Telegram I Instagram | Facebook  I YouTube

O'zbek milliy musiqasi

06 Jan, 06:18


Мақом дарғасини хотирлаб

Батафсил: https://uza.uz/posts/674774

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

O'zbek milliy musiqasi

05 Jan, 07:49


#Muhimsana

Bugun, 5-yanvar kuni, Navosoz va navobaxsh, murabbiy va rahnamo, purkor va choraxoh, ganj san’ati xazinabon va g‘amgusor alloma Yunus Rajabiy tavalludining 128 yilligi nishonlanmoqda. U xalq musiqasi va maqom san’atining buyuk fidoyisi, millat madaniyatining ulug‘ siymosi edi.

Batafsil: Havola

Video davomini Maqom markazining rasmiy YouTube sahifasida tomosha qiling: https://youtu.be/YsJkVfZgb9A

Telegram I Instagram | Facebook  I YouTube

O'zbek milliy musiqasi

04 Jan, 11:18


Аnons

Adabiyotshunos olim, professor Naim Karimov hayot yo‘liga bag‘ishlangan hujjatli filmni “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida o‘tkazib yubormang.

📺 "Ilm majnuni"
🗓  10-yanvar
  21:30

O'zbek milliy musiqasi

04 Jan, 10:06


#OAV_biz_haqimizda

⚡️ 2025-yilda Maqom sanʼatida nimalar rejalashtirilgan?

Batafsil: https://youtu.be/GwPL7yoDg2Q?si=gxyXj6KZWILgA7lA

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

03 Jan, 11:15


#OAV_biz_haqimizda
#Yil_voqeasi

⚡️ Yil voqeasi | Milliy estrada san'ati asoschisi, O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haykali ochildi
#uzbekiston24

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

03 Jan, 11:14


#OAV_biz_haqimizda
#Yil_voqeasi

⚡️ Yil voqeasi | Ikkinchi xalqaro maqom san'ati anjumani bo'lib o'tdi
#uzbekiston24

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

31 Dec, 14:56


#Inson_qadri

⚡️ Keksa avlod vakillarini qadrlash, e’zozlash, ularga ehtirom koʻrsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biridir.

Kuni kecha madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov madaniyat va san’at sohasining keksa avlod vakillarini yangi yil bayrami bilan qutlab, teatr va kino sanʼatini rivojlantirishda fidokorona xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Ularning madaniyat va san’at sohasiga qo’shgan hissasi, yosh avlodga xalqimiz anʼanalarini yetkazishdagi o’rni beqiyosligi alohida ta’kidlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

27 Dec, 19:45


Yetti yillik tanaffusdan keyin, ilk marotaba sahnaga chiqqandek hayajonlandim.

Bu men uchun juda katta his-tuyg‘ularni taqdim etdi.


🚀 Telegram / 📷 Instagram

O'zbek milliy musiqasi

26 Dec, 06:22


#Rubob

🎼 Rubob — torli cholgʻu asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi.

📎 Xabaringiz bor, "Rubob cholg‘usi sozgarligi va ijrochiligi san’ati" Oʻzbekiston tashabbusi bilan YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan nomoddiy madaniy merosning 16-elementi boʻlgandi.

📹 Tasvirchi - Farhod Rasulov

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

23 Dec, 08:52


💃Yangi O‘zbekiston navolari” – Maqom san’atining yangi avlodi ijrosida!

Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining yosh ijrochilari sizni jonli ijrodagi betakror musiqiy kechaga chorlaydi! Ushbu konsert dasturida milliy san’atimizning go‘zal ohanglari sizga unutilmas taassurot bag‘ishlaydi.

📆 23-24-dekabr kunlari
Vaqti: 19:00
📍“Turkiston” san’at saroyida

Chiptalar san’at saroyi kassalarida

Mumtoz maqomning barcha shinavandalarini ushbu dasturga taklif qilamiz!

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

18 Dec, 10:36


🗣 "Я счастлив, что выбрал профессию музыковеда и я служу узбекской музыке". Выдающийся музыковед Узбекистана, автор пяти томника "Узбекская музыка: фундаментальное исследование" Отаназар Матякубов рассказывает о том, что значит для него узбекская музыка, и почему он посвятил ей свою жизнь.

⚡️ Почему я выбрал профессию музыковеда

🎬 https://youtu.be/YTV76YuDHhA

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

18 Dec, 10:36


🎬 https://youtu.be/YDJpXT2YCBY

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

18 Dec, 09:58


DIQQAT, SAVOL?

🤔 "Zakovat" intellektual o‘yinida milliy musiqamiz haqida savol berildi.

🤓 Marhamat, Siz ham unga javob berishga urinib ko‘ring!

🤔 Eslatma: savol o‘qib bo‘lingandan so‘ng videoni to‘xtatib, o‘ylab, javob berasiz. Shundan so‘ng savolning javobini bilib olsangiz bo‘ladi)

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

17 Dec, 09:47


📸 O’zbekiston xalq artisti E’tibor Jalilova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan Xotira kechasidan lavha

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

16 Dec, 10:01


#Eslatma📌

📣 O’zbekiston xalq artisti E’tibor Jalilova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Xotira kechasi

⚡️ Bugun, 18.00 da
📍 Muqimiy nomidagi O’zbek Davlat musiqali drama teatrida

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

16 Dec, 05:11


📚 Bizning nashrlar

✍️ Maqola muallifi: Abduvali Abdurashidov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti "Nomoddiy madaniy merosni ilmiy tadqiq etish" bo‘limi mudiri, san'atshunoslik fanlari nomzodi

Maqola mavzusi: Об издании в новой редакции и версии книги Шашмаком в Таджикистане

🔶 Nashr etilgan jurnal: "Музыковедение" №12 2024

#olimgapirsin #elektronkutubxona

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

15 Dec, 10:04


#tarixiy_foto📸

San’atshunoslik fanlari nomzodlari, yirik musiqashunos olimlar Otanazar Matyoqubov, Aleksandr Jumayev, Abduvali Abdurashidov bir davrada. Ushbu olimlarning bari Markaziy Osiyo, xususan, o’zbek musiqasining dolzarb masalalarida ahamiyatli ilmiy izlanishlar olib borib, muhim muvaffaqiyatlarga erishganlar.

📍Toshkent, 2024-yil, dekabr.

🚀 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

15 Dec, 08:29


📣 O’zbekiston xalq artisti E’tibor Jalilova tavalludining 100 yilligi munosabati bilan Xotira kechasi

⚡️ Ertaga, 18.00 da
📍 Muqimiy nomidagi O’zbek Davlat musiqali drama teatrida

🗣 Kanalga ulanish:
👉 https://t.me/maqomot

O'zbek milliy musiqasi

15 Dec, 07:34


💥🚗 В Узбекистане подарят автомобиль Monza за самую лучшую песню о Ташкенте

Министерство культуры объявило о начале конкурса «Песня о Ташкенте», которая продолжится до 27 января 2025 года.

В конкурсе могут принять участие все артисты от 18 лет и старше. Победитель будет награжден автомобилем Monza.‌‌

Распространите сообщение👇

👉 Пресса.uz - Новости Узбекистана🇺🇿

O'zbek milliy musiqasi

22 Nov, 12:37


#Live

Ayni damda poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artistlari Furqat Ashuraliyev va Elmurod Ahmedovlarning ijodiy-ma’rifiy kechasi hamda O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnura Qodirjonovalarning xotira kechasi bo'lib o'tmoqda.

Dastur: https://gov.uz/oz/madaniyat/news/view/28286

Telegram I Instagram | Facebook  I YouTube

O'zbek milliy musiqasi

21 Nov, 06:17


📺 Ayni damda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 17.00.02 "Musiqa san’ati" ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislik fanidan malakaviy imtihon bo‘lib o‘tmoqda.

✍️ Imtihonning shaffofligini ta’minlash maqsadida jarayon O‘zMMSIning YouTube rasmiy sahifasida onlayn translaytsiya qilinmoqda.

🌐 YouTube
https://www.youtube.com/live/R38kFpWaKq0

#Malakaviy_imtihon

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

20 Nov, 11:30


Soibjon Begmatov

"Mumtoz musiqa ijro uslablari"

Toshkent-2023

@Uzmmsi_arm

O'zbek milliy musiqasi

20 Nov, 10:29


Maqom muzeyiga yangi eksponatlar qo‘shildi!

O‘zbek milliy musiqa san’atining darg‘alari merosi xalqimizning bebaho madaniy xazinasi sifatida qadrlanadi. Kecha, bastakor va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Faxriddin Sodiqovga tegishli sahna liboslari, faxriy yorliqlari, tarixiy suratlari hamda noyob gramplastinka yozuvlari muzey fondimizni boyitgan edi.

Bugun esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, professor Ravshan Yunusov tomonidan Faxriddin Sodiqovning eng noyob qo‘lyozmalari, hujjatlari va tarixiy rasmlari O‘zbek milliy maqom san’ati markazi muzey fondiga hadya qilindi.

Mazkur eksponatlar Faxriddin Sodiqov ijodiy merosining chuqur o‘rganilishi va kelajak avlodga yetkazilishida katta ahamiyat kasb etadi. Muzeyimizning ushbu boyliklari o‘zbek milliy musiqa san’ati tarixi va naqadar ulug‘ ekanligini yana bir bor namoyish etadi.

Maqom san’atini ulug‘lash va boy madaniy merosimizni asrab-avaylash yo‘lida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz!

#TarixiyEkspozitsiya

Telegram I Instagram | Facebook  I YouTube

O'zbek milliy musiqasi

20 Nov, 05:52


🇺🇿 QAROR IJROSI AMALDA

🇺🇿 Nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va targ‘ib qilishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-405-sonli Qarorida keltirilgan ustuvor yo‘nalishlarda belgilab qo‘yilgan. Mazkur Qarorga ko‘ra nomoddiy madaniy meros namunalarini yozib olish va keng targ‘ib qilish, jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilish uchun 50 ta audiovizual asarlar yaratish vazifasi ham berilgan.

🔸O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi yuqoridagi topshiriqlar ijrosini amalga oshirish uchun mas'uliyat ila harakat qilmoqda. Xususan, nomoddiy madaniy meros namunalari aks etgan 50 ta audiovizual materiallar tayyorlanib, ICRICH'ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida muntazam e'lon qilib borilmoqda:

⚡️Samarqand qog‘ozi
⚡️Yog‘och o‘ymakorligi
⚡️Ko‘pkari
⚡️Beshik yasash
⚡️Temirchilik
⚡️Dolg‘irotning tug‘ilishi
⚡️Alpomish dostoni
⚡️Davlatyorbek dostoni
⚡️Yedigey dostonidan
⚡️Arab Rayhon dostoni
⚡️Maqom nima?
⚡️Kulolchilik san'ati
⚡️Miniatyura nima?
⚡️Kelin salom marosimi
⚡️Kigiz va kigizchilik
⚡️Kandakorlik
⚡️Ganchkorlik san'ati
⚡️Gilamdo‘zlik san'ati
⚡️Dorbozlik san'ati
⚡️Katta ashula nima?
⚡️Zargarlik san'ati
⚡️Zardo‘zlik san'ati
⚡️Yedigey dostoni
⚡️Terma
⚡️Go‘ro‘g‘li dostoni (Xorazm)
⚡️Go‘ro‘g‘li dostoni (Surxondaryo)
⚡️Tandir yasash
⚡️Savat to‘qish san'ati
⚡️Sandiqsozlik san'ati
⚡️Qovun sayli
⚡️Popopchilik san'ati
⚡️Xorazm dostonchiligi
⚡️Samarqand dostonchiligi
⚡️Oshiq G‘arib dostoni

#qarorijrosiamalda #nomoddiymadaniymeros #icrich #audiovizualmateriallar #dayjest

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

19 Nov, 07:15


📚 Ozarbayjonda madaniyatshunoslikka asos solgan olim, Ozarbayjon "Semurg‘" madaniyat uyushmasi prezidenti, "Semurg‘" xalqaro madaniyatshunoslik jurnali bosh muharriri, "Yevropa-Osiyo" xalqaro gumanitar akademiyasi vitse-prezidenti, qator xalqaro akademiyalar a'zosi, tarix fanlari doktori, professor Fuad Toyyub o‘g‘li Mamedovning madaniyatshunoslik ilmiga oid tadqiqotlaridan namunalar

#elektronkutubxona #ilmiyadabiyot #madaniyatshunoslik

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

16 Nov, 13:39


#Xushxabar

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Qahramoni, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori Munojot Yo‘lchiyeva O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib tayinlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

16 Nov, 02:54


#Vazirlik_haqida

⚡️ Bugungi navbatdagi lavhamiz vazirlik huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti haqida bo'ladi.

Institut quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish;
keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash;
nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro ro‘yxatlar va reyestrlarga kiritish;
nomoddiy madaniy merosni raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash bo‘yicha yangi tashabbuslar va loyihalarni amalga oshirish.

Ma'lumot o'rnida, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti doimiy faoliyatini quyidagi havola orqali kuzatishingiz mumkin: https://t.me/icrichuzb

🎙 Muxbir - Aziza Imonberdiyeva
📹 Tasvirchi - Jasur Abdujalilov

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

O'zbek milliy musiqasi

14 Nov, 10:01


#Qabul2025

🏛 Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida 2024-yil 20-noyabr kuni 17.00.02 – “Musiqa san’ati” ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va maqsadli tayanch doktorantura (PhD)ga kirish imtihoni o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

🌐https://t.me/uzmmsi_ilmfan

O'zbek milliy musiqasi

07 Nov, 12:49


Президент Шавкат Мирзиёев мактабларда мусиқа, жисмоний тарбия ва ҳарбий ватанпарварлик фанлари сифатини ошириш бўйича тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о повышении качества преподавания музыки, физической культуры и военно-патриотического воспитания в школах.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktab

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O'zbek milliy musiqasi

31 Oct, 16:10


#afisha

📣 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida Qozoq milliy qo’shiqchilik va cholg’u ijrochilik san’ati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo’lib o’tadi.

🧑🏻‍🏫 Xalqaro ilmiy-amaliy seminarni Qurmang’azi nomidagi Qozog’iston milliy konservatoriyasi dotsenti, Qozog’iston Respublikasi madaniyat a’lochisi, PhD Amankeldi Kuzeubay o’tkazadi.

📆 1-noyabr, juma
Soat 14.00da
📍 ICRICH manzili: 100011, Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi 30-uy (4-qavat)

🔗 O’rta Osiyo xalqlarining nomoddiy madaniy merosiga befarq bo’lmagan, Qozoq milliy musiqa ijrochiligiga qiziqqan barchani taklif etamiz.

#nomoddiymadaniymeros #xalqarohamkorlik #ilmiyamaliyseminar

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

31 Oct, 07:40


🎼 O‘zbek sozining noyob ovozi

Sharqda yasalgan har bir musiqiy asbobning uzoq tarixi bor. Olimlarning fikriga ko‘ra Eron, Afg‘oniston, O‘rta Osiyo xalqlarida bu qadimiy hunar hisoblanib, o‘rta asrlardan boshlab qashqar, afg‘on va pomir ruboblari hududda keng tarqalgan.

📹 https://youtu.be/glc7duZhmiU

👉 Batafsil https://uza.uz/posts/651909

O'zbek milliy musiqasi

28 Oct, 12:05


Ulanish uchun: https://riii-conference.ktalk.ru/aqt2bpaqw3kw

O'zbek milliy musiqasi

28 Oct, 10:30


11–15-dekabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Georg Fridrih Gendelning “Tamerlano” operasi namoyishi
mashhur rejissyor Stefano Podaning zamonaviy talqinida bo‘lib o‘tadi.

Sizlarni mashhur pianinochi va bastakor Kirill Rihterning oʻzbek milliy cholgʻu asboblaridan foydalangan holda sayqallangan, mumtoz asarga oʻzgacha teranlik va asl tarovat baxsh etuvchi unutilmas musiqiy sayohat kutmoqda. Operaning musiqiy jo‘rligi Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi O‘zbekiston milliy simfonik orkestri tomonidan taqdim etiladi.

Chiptalar iticket.uzʼda mavjud.

O'zbek milliy musiqasi

27 Oct, 10:50


https://youtu.be/c1uFcjh6cZI?si=_qTi1mkAuyE4avIt

O'zbek milliy musiqasi

27 Oct, 10:34


Motsart haqida badiiy film:

http://asilmedia.org/14159-amadeus-amadey-uzbek-tilida-1984-ozbekcha-tarjima-film-full-hd-skachat.html

O'zbek milliy musiqasi

26 Oct, 05:44


#Bilasizmi

🏛O‘zbekistonning alohida va boshqa davlatlar bilan birgalikdagi tavsiyanomalari asosida 14 ta namuna YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib,

⚡️Bular:

⚡️2008-yilda Shashmaqom (Tojikiston bilan birga kiritilgan) va Boysun madaniy muhiti (bu ikki namuna 2001-yilda “Insoniyatning og‘zaki va nomoddiy madaniy merosi” sifatida e’tirof etilgan);

⚡️2009-yilda Katta ashula hamda Navro‘z (Ozarbayjon, Hindiston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston va Turkiya bilan kiritilgan bu namuna 2016-yilda Tojikiston, Afg‘oniston, Iroq, Qozog‘iston va Turkmaniston ham qo‘shilgan tarkibda qayta ro‘yxatga kiritilgan);

⚡️2014-yilda Askiya — so‘zamollik san’ati;

⚡️2016-yilda Palov madaniyati va an’analari;

⚡️2018-yilda Xorazm raqsi — Lazgi;

⚡️2021-yilda Miniatyura san’ati (Ozarbayjon, Eron, Turkiya bilan hamkorlikda);

⚡️2021-yilda Baxshi san’ati;

⚡️2022-yilda An’anaviy ipakchilik (Afg‘oniston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya, Tojikiston, Turkmaniston bilan birga) va Nasriddin Afandi latifalarini aytish an’anasi (Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston bilan birga);

⚡️2023-yilda O‘zbekiston kulolchilik maktablari, Naqqoshlik — tazhib bezak san’ati hamda Iftor va uning ijtimoiy-madaniy an’analari.

📃 Shuningdek, 2018-yilda Marg‘ilon hunarmandchilik maktabi atlas va adras to‘qish texnologiyasi YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros muhofazasi bo‘yicha eng yaxshi tajribalar reestriga kiritilgan.

#YUNESKO #nomoddiymadaniymeros #reprezentativroʻyxat

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

23 Oct, 05:46




📣 O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutida 2025-yil 1-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun mustaqil izlanuvchilik (PhD)ga tanlov asosida qabul e'lon qilinadi!

⚡️ Institutdagi ixtisosliklar shifri va nomi:

⚡️17.00.07 — “Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik”;
⚡️07.00.07 — “Etnografiya, etnologiya va antropologiya”;
⚡️10.00.08 — “Folklorshunoslik”.

🟠 Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

1. Direktor nomiga ariza;
2. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3.5 shakl boʻyicha oʻzbek va rus tillarida);
3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
4. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi;
4. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
5. Ish joyidan tavsifnoma;
6. Pasport nusxasi;
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).

🖥 Noyabr oyining 10-sanasiga qadar ushbu taʼlim bosqichiga kirish istagida boʻlgan nomzodlar tomonidan barcha hujjatlarning pdf nusxalari Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizim — http://phd.mininnovation.uz orqali roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn taqdim etiladi.

#nomoddiymadaniymeros #qabulPhD #shoshiling

🎩 ICRICHning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube

O'zbek milliy musiqasi

22 Oct, 08:49


Milliy meros: "Buxoro Shashmaqomi"ni notalashtirish ishlari

Milliy ma'naviy merosimiz bo‘lgan "Buxoro Shashmaqomi"ning zamon talqinida notaga muhrlanishi bo‘yicha amaliy ishlar faol davom etmoqda. Ushbu nodir musiqiy boylikni yozma shaklda saqlab qolish va kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining ijodiy jamoasi tomonidan notalashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Quyida ushbu jarayonning muhim bosqichlaridan lavhalar keltirilgan.

Telegram I Instagram | Facebook  I YouTube

O'zbek milliy musiqasi

21 Oct, 18:03


Bilmayman, bu yurtda ustoz sharafin
Bilib, bilmaslikka olayotgan kim?

O'zbek milliy musiqasi

21 Oct, 10:44


Bugun O‘zbekistonda o‘zbek tili kuni nishonlanmoqda. Salmoqli turkiy tillar turkumi oilasiga mansub o‘zbek tili dunyodagi eng ko‘hna va eng ko‘p qo‘llaniluvchi tillardan biridir. Bu tilda 50 millionga yaqin kishilar so‘zlashadilar.

O‘zbek og‘zaki va yozma adabiyotining zalvarli namoyandalaridan biri jadidchi Fitrat edi. Alloma musiqa va tarix fanlarini o‘rganishga katta hissa qo‘shish barobarida kalomshunoslik va tilshunoslik sohalarining ham katta bilimdoni bo‘lgan. 1924–1925-yillarda Fitrat “Sarf: o‘zbek tili qoidalari to‘g‘rusida bir tajriba” va “Nahv” nomli darsliklarni nashr etadi. Ushbu asarlar o‘sha yillardagi yangi o‘zbek adabiy ijodiyoti namunalarida faol tatbiq etilgan. Jumladan, Fitrat risolalarda kelajakni oldindan bashorat etib, yozuvda arab va kirill alifbolaridan lotin alifbosiga butkul o‘tishni taklif qiladi, gap shundaki, o‘zbek tili umumiy turkiy tilning ajralmas butog‘i hisoblanadi. Olim o‘z izlanishlarida umumturkiy hisoblangan 9 ta unli harfning o‘zbek tilida ham mavjudligiga ishora qilgan. Oliy hakam vaqt hamma narsani o‘z joyiga qo‘yadi: 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekiladi.

Fitrat va boshqa ma’rifatparvarlar qismati xususida Tashkent City Mall’da faoliyati yil oxirigacha uzaytirilgan “Jadidlar. Turkistonga maktublar” ko‘rgazmasiga tashrib buyurib, yaqindan tanishish mumkin.

O'zbek milliy musiqasi

20 Oct, 19:01


21-oktyabr — O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun!

@maqomot

O'zbek milliy musiqasi

19 Oct, 18:18


O‘zMMSIda Sayyora Gafurovaning san’atshunoslik fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi

🗣 Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida Gafurova Sayyora Akmalovnaning “Fortepiano konsertlari talqini ijrochilik san’ati fenomeni sifatida (pianist va dirijyor faoliyati kesimida)” mavzusidagi 17.00.02 – Musiqa san’ati ixtisosligidan san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoya oldi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

☑️ Ilmiy seminarda tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya mavzusining qisqacha mazmuni, mavzuning ilmiy yangiligi va dolzarbligi, mavzuning o‘rganilganlik darajasi hamda belgilangan maqsad va vazifalar haqida o‘qib eshittirildi. Taqrizchilar tadqiqot haqidagi o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, dissertatsiya mavzusi bo'yicha o'zlarining qiziqtirgan savollar bo'yicha tadqiqotchilarga savollar berildi.

☑️ Ilmiy seminar a'zolarining qaroriga ko'ra yetakchi tashkilot sifatida O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti belgilandi.

😁 O‘zMMSI matbuot xizmati:
🌍 uzmmsi.uz | 📚 ARM EK | 🌐 Telegram | 🌐 Facebook | 🌐 Instagram | 🌐 YouTube