OʻzDSMI | RASMIY @dsmi_uz Channel on Telegram

OʻzDSMI | RASMIY

@dsmi_uz


О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi.

Rasmiy sayt: dsmi.uz

Murojaat uchun: (71) 230-28-02, 230-28-15

OʻzDSMI | RASMIY (Uzbek)

OʻzDSMI | RASMIY kanali - bu Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rasmiy telegram sahifasi. Bu kanal orqali siz OʻzDSMI instituti faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishingiz mumkin.

Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti (OʻzDSMI) mashhur va yetakchi oliy ta’lim muassasalardan biri hisoblanadi. Unda san’at, madaniyat, musiqa, teatr, konservatoriya va boshqa yo‘nalishlarda o‘qish imkoniyati mavjud. Instituting rasmiy telegram sahifasida siz OʻzDSMI haqida eng so‘nggi va aham yangiliklarni olishingiz mumkin.

OʻzDSMI institutining rasmiy sayti dsmi.uz manzilida joylashgan. Agar institut faoliyatiga oid batafsil ma’lumot olishni istasangiz, unda rasmiy saytga murojaat qilishingiz mumkin.

Agar siz Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat instituti bilan yaqinroqroq bo‘lishni xohlaysiz yoki ularning faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istaysiz, ushbu rasmiy telegram sahifasiga obuna bo‘ling!

OʻzDSMI | RASMIY

15 Feb, 14:12


#Ijtimoiy_rolik

⚡️ Maslahat oshi...

"Maslahat oshi" atrofida dabdabali to‘y, ortiqcha chiqimlar haqida emas, farzandlarimizning kelajagi, ta’lim olishi, hunar o‘rganishi haqida gaplashaylik.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

OʻzDSMI | RASMIY

15 Feb, 13:01


📰 Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyati ko‘zgusi

Toshkent shahar yoshlar markazi katta zalida “Milliy qadriyatlarni anglash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati vakillari, universitet talaba-yoshlari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ijodiy jamoasining badiiy-musiqiy chiqishlariga tadbirga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi hamda Benkov nomidagi ixtisoslashtirilgan Rassomlik maktabi tomonidan tayyorlangan "Moziydan sado" milliy liboslar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin

OʻzDSMI | RASMIY

10 Feb, 16:32


#OAV_biz_haqimizda

O‘zbеkiston davlat san’at va madaniyat institutida o'tkazilgan "Yangi O‘zbekiston madaniyat va san’at menejerlari" loyihasi haqida O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanali "Yangi davr" informatsion dasturida xabar berildi

OʻzDSMI | RASMIY

10 Feb, 12:04


#Alisher_Navoiy_584

❗️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Toshshahartransxizmat”, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari bilan hamkorlikda jamoat transportlarida yoʻlovchilar bilan viktorina oʻyinlari oʻtkazildi.

Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube| Instagram

OʻzDSMI | RASMIY

26 Jan, 15:04


#konsert_2025
#jonli_ijro

⚡️ Bugun yakshanba, dam olish kuni oila davrasida O’zbekiston xalq artisti, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi eng sara qoʻshiqlardan bahramand boʻling!

▶️ https://youtu.be/u7NMgQ4cW0Y?si=vO7E4xMddHHCfw4n

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

OʻzDSMI | RASMIY

25 Jan, 12:28


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestridagi fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar davom etmoqda.

❗️Bugun institut rektori, professor Nodirbek Sayfullayev “Ashula va raqs” hamda “Folklor va etnografiya” ta’lim yo‘nalishilarida o‘tkazilgan yakuniy nazoratlarni kuzatib bordi.

✔️Shuningdek, institutda faoliyat yuritayotgan ovoz yozish studiyasidagi ijodiy jarayon bilan ham tanishdi.

📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

OʻzDSMI | RASMIY

25 Jan, 05:11


#Press_tur
#OAV_biz_haqimizda

⚡️Qoraqalpog‘istonda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligida OAV uchun press-tur bo‘lib o‘tdi

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

OʻzDSMI | RASMIY

24 Jan, 15:48


🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

❗️Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, professor Nodirbek Sayfullayev 2024/2025-o‘quv yili kuzgi semestridagi fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlarni bevosita kuzatib bordi.

📱E’tiboringizga jarayondan videolavha havola etamiz.

📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

OʻzDSMI | RASMIY

18 Jan, 13:50


🟦🟦🟦

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Mirzo Ulug’bek tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Sardor Mirzaraimov hamda o'rinbosari Bahodir Yormatov bilan uchrashuv tashkil etildi.


📱E’tiboringizga jarayondan videolavha havola etamiz.

📱Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram

OʻzDSMI | RASMIY

09 Jan, 13:11


#jarayon #davra_suhbati

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutida Yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish kabi tuyg’ularni shakllantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.

📱E’tiboringizga jarayondan videolavha havola etamiz.

OʻzDSMI | RASMIY

08 Jan, 12:34


#Taʻlim

⚡️ Madaniyat vazirligi tasarrufidagi Oliy ta'lim muassasalari jarayonlaridan boxabar bo'lishni istaysizmi?

Unda, quyidagi havolalar orqali xabardor bo'ling:

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

O'zbekiston davlat konservatoriyasi

O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

O'zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti

Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Eslatib o'tamiz, Madaniyat vazirligi tasarrufida 9 ta Oliy ta'lim muassasalari mavjud.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

OʻzDSMI | RASMIY

08 Jan, 05:52


🎙#UzDSMI_music

🎤O‘zbekiston davlat san'at madaniyat institutida 🎵"UzDSMi music" ovoz yozish studiyasi faoliyat yuritmoqda.

🌐#ovozingizni_dunyo_eshitsin
📈#ovozda_yangi_daraja
💯#ijodingiz_uchun_professionla_yondashuv

OʻzDSMI | RASMIY

07 Jan, 13:18


#Yil_sarhisobi_2024
#Vazirlik_haqida

⚡️ 2024-yil davomida vazirlikning Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida

🎙 Konsert-tomosha faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i - Usmonov Bahrom Abdinazarovich

Ma'lumot o'rnida, konsert - tomosha yo‘nalishida, 2024-yilda 7 255 ta konsert-tomosha tadbirlari tashkil etilib, 10 mln 37 ming 200 nafar aholi qamrab olindi.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt

OʻzDSMI | RASMIY

07 Jan, 12:42


Barchaga va’da qilgan animatsion filmimiz premyeraga tayyor. Tomosha qilib, fikr-mulohazalaringizni bildirsangiz xursand bo‘lamiz.

Boisi hali bu kabi dolzarb mavzularda yana animatsion filmlar yaratiladi, takliflaringiz esa faoliyatimiz uchun zarurdir.

Albatta, ko‘ring: https://youtu.be/Fbb9ORcLHpI

@otabek_khasanov

OʻzDSMI | RASMIY

07 Jan, 11:00


🎙#UzDSMI_music

🎤O‘zbekiston davlat san'at madaniyat institutida 🎵"UzDSMi music" ovoz yozish studiyasi faoliyat yuritmoqda.

🌐#ovozingizni_dunyo_eshitsin
📈#ovozda_yangi_daraja
💯#ijodingiz_uchun_professionla_yondashuv

OʻzDSMI | RASMIY

07 Jan, 06:36


OʻzDSMI | RASMIY pinned «»

OʻzDSMI | RASMIY

06 Jan, 12:58


🍀2025-yil "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot yili"ga bag'ishlangan "Yashil makonda - yashil iqtisodiyot" nomli videoroliklar tanlovi NIZOMI

Tanlov haqida qo'shimcha ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishiningiz mumkin:

+998 99 878 98 38
+998 97 265 16 61
+998 94 636 07 28


#Yashil_makonda_yashil_iqtisodiyot
#videoroliklar_tanlovi
#UzDSMI

OʻzDSMI | RASMIY

30 Nov, 13:13


🟦🟦🟦

❗️Bugun institut O’quv teatrida bo'lib o'tgan Musiqali teatr san’ati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan “O‘tov teatri” loyihasi va ijodiy jaroyoni taqdimotidan videolavhalar

OʻzDSMI | RASMIY

29 Nov, 12:48


O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Din ishlari bo'yicha qo'mita raisining matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Ilhom Marupov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Ushbu jarayondan videolavha

OʻzDSMI | RASMIY

19 Nov, 05:40


2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

#online

Ayni damda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasi o’qituvchisi Maftuna To’rayeva Turkiyaning Anqara shahrida TRT kanalining "BIZIM YIRLAR" ko’rsatuvini suratga olish jarayonida o’zbek folklor qo’shiqlarini ijro qilmoqda.

OʻzDSMI | RASMIY

15 Nov, 15:56


🟦🟦🟦

O'zDSMI Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan "Zakovat" intellektual o'yini Noyabr oyi 3-tur bahslari boʻlib oʻtadi

3-tur bahslari 16-noyabr kuni soat 14-00 da ARM binosida o'tkaziladi.

🔔 Eslatma: "Zakovat" turniri har haftaning shanba kuni bo'lib o'tadi. Jamoalar soni chegaralanmagan, barcha talabalarni faol ishtirok etishga chorlaymiz.

OʻzDSMI | RASMIY

15 Nov, 11:44


Ватанни севиш нима?

Миллатни севиш нима?

Бу фақат байроқ ҳилпиратиб, тантанавор шеър ўқиш эмас.

Ватанни жимгина туриб ҳам севиш мумкин.

Кафт ҳарорати ила лойдан гўзаллик қориб...

Темирни қизиғида босмоқ учун юрак ўчоғига ўт қалаб...

Ҳар қатим ипни туйғулар рангига бўяб... ҳар чок ила муҳаббатни кашталаб...

Инжа фикратни чўнг тоқат ила ёғочга нақшлаб...

Дунё тамаддунида
саҳифа очган кашфиёт ила...

Боболар борини, ОРИНИ достон қилиб...

Чайир бедовларни пишқиртириб... Ҳало-о-ол! дея ҳайқирган  чавандозлар шаҳду шиддатига дўниб...
ВАТАН дейсан, ЎЗБЕГИМ дейсан, ЎЗЛИГИМ дейсан. 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Қадриятинг, удуминг бори учун ҳам юксаласан. Миллатинг дунё аро иззатли миллатлардан эканига шукр қиласан.

Telegram | Instagram | Facebook

OʻzDSMI | RASMIY

03 Nov, 07:18


🟦🟦🟦

Joriy yilning 2-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi О‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi, professor Baxtiyor Sayfullayevning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Baxtiyor Sayfullayev. Sо‘ngi nafasgacha” deb nomlangan hujjatli film taqdimoti bо‘lib о‘tdi.

Unda ustozning dо‘stlari, yaqinlari, hamkasblari, shogirdlari hamda keng jamoatchilik vakillari, jumladan, u kishi uzoq yillar faoliyat yuritgan hamda rahbarlik qilgan O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi Narimon Umarov va boshqalar Baxtiyor Sayfullayev haqidagi iliq xotiralari bilan o'rtoqlashishdi.

Taqdimotda ta’kidlanganidek, yurtimizda san’at va madaniyat sohasida mehnat qilayotgan har bir xodim, о‘z ijodi bilan xalqimizga xizmat qilib kelayotgan har bir san’atkor qay bir ma’noda Baxtiyor Sayfullayevning shogirdi, deyish mumkin.

Film ijodkorlari Baxtiyor Sayfullayevning hayot faoliyatini bitta filmda jamlash imkonsiz ekanligini ta’kidlab o'tishdi.

Chunki "Baxtiyor Sayfullayev. Sо‘ngi nafasgacha" filmi Respublikamiz hududlarida hamda Moskva, Sankt-Peterburg va Bishkek kabi xorijiy shaharlarda suratga olindi. Natijada juda ulkan material yig'ilgani bois filmda qahramonning insoniy fazilatlarini namoyon etishga urg'u berilgan.

Ushbu hujjatli film О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, О‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan hamda Poytaxt radiosi hamkorligida suratga olindi.

Davlat va jamoat arbobi sifatida Baxtiyor Sayfullayev hayotlik chog'ida Yangi О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarga о‘z hissasini qо‘shib keldi.

О‘zlarining ta’biri bilan aytganda, islohotlarning har bir mahallaga, har bir oilaga kirib borishi uchun Muhtaram Yurtboshimizga kamarbasta bо‘ldi.

Mazkur taqdimotda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Masalahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.

Film barchada iliq taassurot qoldirdi.

OʻzDSMI | RASMIY

25 Oct, 04:13


Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва маҳаллий Кенгашлар депутатлари сайловига 1 кун қолди

Saylov.uz | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Ok.ru | YouTube

OʻzDSMI | RASMIY

24 Oct, 17:24


TAʼZIYA

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Kutubxona-axborot faoliyati kafedrasi dotsenti Narzullayev G'ulom Asadovich vafot etdi.

Institut jamoasi nomidan marhum ustozning oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

OʻzDSMI | RASMIY

24 Oct, 15:21


#saylov2024 #targ‘ibot #chorlov


Saylovda faol ishtirok eting!