Malika Tavfiq Sheʼriyati @malika_tavfiq_sherlari Channel on Telegram

Malika Tavfiq Sheʼriyati

@malika_tavfiq_sherlari


FAN CLUB

Sahifa Malika Tavfiq ijodi muxlisasi tomonidan yuritilmoqda🤍

Sheʼrlar manbaasi: @Malika_Salimova_Sheriyati

Malika Tavfiq Sheʼriyati (Uzbek)

Malika Tavfiq Sheʼriyati kanali - bu Malika Tavfiqning eng zamonaviy, eng yangi sheʼrlari va ijodiy ishlarini bir joyda ulashish uchun yaratilgan. Kanalda Malika Tavfiq moslashuvi bilan ijodiy ishlar, sheʼrlar, va uning hayotidagi voqealar haqida maʼlumotlar paydo boʻladi

Malika Tavfiq - bu Oʻzbekistonning mashhur sheʼr-turk maslahatchisi, u qadriyatli sheʼr ustadining yaratgan eng zamonaviy va eng maʼnaviy sheʼrlarini ijod qiladi. Uning sheʼrlari, ijodiy ishlari hamda hikoyalari shuningdek kanalda ommaga taqdim etiladi

Malika Tavfiq Sheʼriyati kanalida Malika Tavfiqning eng zamonaviy va qiziqarli sheʼrlariga doimiy ravishda ega boʻlasiz. Agar siz ham Malika Tavfiqning sheʼrlarini va ijodiy ishlarini sevib, uning eng soʻngi maqolalaridan xabardor boʻlishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun ideal variant boʻladi

Kanalda Malika Tavfiqning eng maqbul va eng koʻp oʻqiladigan sheʼrlari va hikoyalari sizni kutmoqda. Ushbu kanalda Malika Tavfiqning sheʼrlari ijodiy muxlislari tomonidan tahlil qilinadi va tajribalar oʻrtasida oʻzgacha fikrlar ilgari suriladi

Siz ham Malika Tavfiqning ijodiy jamiyatiga qoʻshiling va uning eng soʻngi sheʼrlarini, hikoyalarni, va maqolalarini puzaq tutib oling! Kanalga obuna boʻling va ijodiy yangiliklar dunyosiga kirib qolganingizni his qiling!

Malika Tavfiq Sheʼriyati

28 Jan, 17:23


❤️❤️❤️ Ijodkorlar uchun yana aksiya ✔️

Eng sifatli svideniyalarni narxi 15.000 sum 😳 agar 2 ta buyurtma berilsa

She'r monolog Tabriklarni montaj qildirmoqchi bo'lsangiz chegirmalarga ega bo'ling ✔️

Shoshiling Aksiya faqat 29.01.25

Murojat uchun: @Xander_music1 ga yozing

Kanalimiz⬇️
https://t.me/+VGDbcyXxI8JhNTVi

Malika Tavfiq Sheʼriyati

28 Jan, 09:58


Vanihoyat, tugadi,
Tamom...
Ikki qoʼldan uchdi ikki qush.
Ayrilishku ogʼir ish emas,
Unutmoqlik eng ogʼir yumush!

Yoʼq, oʼylama, noliydi dema,
Ketma deya choʼkadi ham tiz.
Menku ishqim bilan qolyapman,
Sen ketyapsan mutlaqo yolgʼiz.

Jim koʼnmogʼim koʼrib qolgin lol,
Va ortingdan chiqmam kuzatib.
Foydasi yoʼq, nosoz yurakni,
Berolmaysan axir tuzatib.

Yigʼlamayman, tomchi toʼkmam yosh,
Yuz-koʼzimdan gʼam boʼlmas ayon.
Sevishinga ishonmagandim,
Shu fikrda turibman hamon.

Bilar edim, turardim tayyor,
Bu oʼyinning tugashin bir kun.
Ikkilanmay, ammo bir lahza,
Jon berishim mumkin sen uchun.

Endi ketsang, ketaqol,
Shoshil,
Ogʼir ekan demak gunohim.
Ikkimizga xislati bilan,
Hayirlisin bersin Allohim!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

25 Jan, 11:58


Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!
Birga bordik to oʻzlari istaguncha.
Chaqalar ham yaraqlaydi, fursat kelib,
Mis yuzidan tilla suvi oʻchmaguncha!

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Bab-barobar tashlayverdik qadamlarni.
Ming yil qadar umid bilan izlab-izlab,
To soʻngicha bizga hamroh odamlarni.

Biz hech kimni yarim yoʻlda...
Bu ne tuxmat?
Oʻzingizku oʻzingizga bitgan hukum.
Siz tomondan gar kelmasa ishq, muxabbat,
Oʻzimizni sevmaymizku sizlar uchun.

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik,
Taʼnalarning toshboʻroni teshdi tanni!
Bilasizki qozi, hakam, qonuni bor,
Koʻngil deya ataluvchi shu vatanni.

Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik.
Habardormiz qaytar dunyo hikmatidan.
Bu yurakda qoʻrquv degan bir tuygʻu bor,
Huzurida javob bermoq fursatidan!

Shunday ekan dilozorlik bizlarga yot,
Bizni vayron qilsalar ham bildirmadik.
Oʻrnimizga qaror qilar goho hayot,
Biz hech kimni yarim yoʻlda qoldirmadik!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

24 Jan, 09:32


👍👍👍 Ijodkorlarga tavsiya

Tanlovlar uchun sizga sifatli montaj talab qilinsa , ovozingizni yuqori sifatda svideniya qilib beramiz ✔️

Buning uchun ; @Xander_music1 ga yozing

Xizmat narxi 30.000 sum

Kanalimiz ⬇️

https://t.me/+VGDbcyXxI8JhNTVi

Malika Tavfiq Sheʼriyati

21 Jan, 18:46


Oʻtmishga qaytishga ijozat boʻlsa,
Bir bora berilsa bundayin imkon.
Men oʻsha sen bilan uchrashgan kunni,
Qismatdan oʻchirib kelardim,ishon.

Oʻshal kun men oʻshal yoʻldan yurmasdim,
Kiymagan boʻlardim oʻsha koʻylakni.
Juda yarashibdi demas eding sen,
Oʻshal kun sochimda boʻlgan turmakni.

Sen salom bermasding,olmasdim alik,
Titroq kirmas edi tizzalarimga,
Va sen aylanmasding butun umrlik,
Hammadan chiroyli gʻussalarimga.

Qaniydi ijozat boʻlganda bir bor,
Sendan ayiblarni topib kelardim,
Sen izn soʻramay,bir tepib kirgan,
Koʻngil eshiklarin yopib kelardim.

Tutdek toʻkilmasdim hasratlaringda,
Kuyib ketmasmidi kutishlarda jon.
Sen bor qum qasrli mamlakatingda,
Sen bor sayyorada boʻlmasdim,ishon.

Qaniydi,bir bora berilsa imkon...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

20 Jan, 08:02


❗️❗️❗️❗️#Ovoz montajlar : sizning 1⃣.Ovozingiz Professional darajada o'zgaradi

2⃣ Siz she'r, monologlar yoki Tabriklaringizni shunchaki telegram golosda yozib bizga yuborasiz

3⃣. Agar siz 5 ta ovoz montajni birdaniga qildirsangiz , 50% chegirma qilib beriladi ( masalan 50 ming sumli Svideniyalar sizga 20 ming sumdan to'gri keladi )

4⃣. Ijrolarni siz @Xander_music1 ga yuborasiz 😀

Shoshiling sizlar uchun ajoyib chegirmalar
....⚡️⚡️

Kanalimiz
https://t.me/+VGDbcyXxI8JhNTVi

Malika Tavfiq Sheʼriyati

19 Jan, 16:47


Yaxshi bo’ldi- sendan ayrildim, 
Ketmog’im uchun topib berding yo’l. 
Bu dunyoda seni topdim deb, 
Yo’qotibman o’zimni butkul. 

Yaxshi bo’ldi, yechildi bugun, 
Oyog’imdan bu zanjir, bu g’ul. 
Ikki dunyo seni shohim deb, 
Qul qilibman o’zimni butkul. 

Yaxshi bo’ldi, yomon bo’lsa ham, 
Yuragimni ezsa ham darding. 
Men aqlini topgan telbaday, 
Poylaringdan boshim ko’tardim. 

Kechir, ozor berib mehrim-la, 
Zeriktirdim men-sodda, men- go’l. 
Bu dunyoda seni borsan deb, 
Boshqalardan kechibman butkul. 

Xudoyimning jazosi qutlug’ 
Sendan ketdim, ey qahrli gul. 
Shukr, shukr…Seni yod etib, 
Unutibman Xudoni butkul. 

Shuning chun ham omon bo’l endi, 
Men bariga silkib qo’ydim qo’l. 
Angladimki, seni yo’qotsam, 
Xudoyimni topaman butkul. 

Endi xayr, endi alvido.! 
Bari ro’yo, bari sarob, kul. 
Dargohingga sig’maganimday, 
Yuragimga sig’masman butkul. 

Men mehrmand, telba go’dakday, 
Ko’z yoshimga yomon toyrildim. 
Yaxshi edi… seni topganim, 
Yaxshi bo’ldi-sendan ayrildim. 

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

17 Jan, 14:07


Sen qoʻngʻiroq qilmaysan...
Men ham.
Sen yozmaysan,menda ham subut.
Senga sogʻinch qiladi alam,
Men sabrla saqlayman sukut!

Sen kibrli,men oʻta magʻrur,
Sen osmonda,men undan baland
Sen kibrga,men gʻururga qul,
Faqat mehr qahat,muhabbat qahat!

Unutdim deysanu,ammo parishon,
Gʻarq boʻlib ketasan hayolimga goh.
Unutdim deymanu,tunlari hamon.
Hayoling bagʻridan topaman panoh.

Istab kelolmaysan, ming bitta sabab,
Men boraman desam yoʻlim unmaydi.
Ayt,nega bir umr Xudodan soʻrab,
Bir umr shu ishqdan ketib boʻlmaydi.

Seni koʻribdilar sochlaringda oq,
Faqat men haqimda soʻrar emishsan.
Keyin lablaringa tarqalib titroq,
Jimgina ovozsiz yigʻlar emishsan.

Menchi,men, oʻzimni koyib charchadim,
Taslim boʻlganligim ehe,qachonlar.
Kamondek egilib boʻlsa ham qaddim,
Gʻurur gerdayishin qoʻymas,oqpadar!

Umrimiz oʻtmoqda,oʻtib boʻldiyam.
Necha kun yashashga qoldi haqqimiz.
Balki xaq dunyoda tanib olishchun,
Birrovga sevishib oldik ikkimiz!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

15 Jan, 15:34


Devor yorigʻida yashaydi shamol,
Qoraygan shiftlarda nigohlar qotgan.
Kambagʻal degan soʻz xunuk ehtimol,
Ehtimol shu soʻz ham koʻngilga botgan.

Sovuqqina uyda tebranar beshik,
Onaning pinjida yana beshovlon.
Bori tirqichlarga aylangan eshik,
Siniq kesakida saqlayapdi jon.

Yostiqqa yigʻlashga yana bir imkon,
Ovozi boʻgʻilib qolgan nolalar.
Tushida qaymoqqa botiradi non,
Qorni och uxlashga yotgan bolalar.

Taqir toʻshaklarga toʻkilgan vujud,
Umiddan oʻzga bir ilinjga haqsiz.
Umr soʻngigacha faqat taraddud,
Umr soʻngigacha shu azob...
Essiz...

Ammo bu goʻshaga isyon begona,
Qadarning qoshiga boradilar jim.
Kalta qoʻl yaralgan ota va ona,
Ularning ichini bilmagan hech kim.

Sovuqqina uyda tebranar beshik,
Shu uydan boshlanar tongning otishi.
Koʻngilni yoritmas faqat bir hadik,
Qorni toʻq vijdonning uxlab yotishi...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

12 Jan, 18:28


#премьера

Yashamaylik ekanda endi!

Yashamaylik ekanda endi,
Tinchligimiz qayga yo‘qoldi.
Dunyo edi dunyolarimiz,
Sog‘inchlarga aylanib qoldi.

Yashamaylik ekanda endi,
O‘g‘rimisiz, ko‘ngil o‘g‘risi.
Ustamonlar ko‘pdiru, ammo,
Bunchalari  yo‘qdir,  to‘g‘risi.

Yashamaylik ekanda endi,
Siz deb uxlab, siz deb uyg‘ondik.
Bir ko‘rdigu, sho‘rimiz qurib,
Qarang, rosa baloga qoldik.

Yashamaylik ekanda endi,
Bahorsizdek  yoz-qishlarimiz.
Sizdan boshqa dunyoda yo‘qdek,
Tirikchilik,  tashvishlarimiz.

Yashamaylik ekanda endi,
Suyak borib etga yopishdi.
Otangizu-onangiz ayting,
Sizdaqasin qaydan topishdi.

Yashamaylik ekanda endi,
So‘zga ko‘nmas bu qaysar yurak.
Tik yurarmiz sizsiz ham, illo,
Tirik yura olmasak kerak.

Yashamaylik ekanda endi...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

11 Jan, 13:33


@Shaxnoza_Ibragimova
Yangi blogim qo'shilvolamiz 🌹

Malika Tavfiq Sheʼriyati

11 Jan, 13:04


Live stream started

Malika Tavfiq Sheʼriyati

10 Jan, 16:02


Mendan kecholmaydi qayg‘ular, g‘amlar,
Bemalol sen kechib ketganing kabi,
Dog‘lari yuvsa ham ketmaydimilar.
Qalbimga to‘kilgan ishqing gulobin.

Diydilar sog‘inchning sovug‘i urgan,
Ko‘ngilning ko‘kargan kurtakchalari,
Huddi faqat senga atab yozilgan.
Yomg‘irning to‘kilgan “yurakchalari”.

Tomirlar zarbidan taralgan ism,
Ibodat, duolar boshida takror.
Mahkam suratingni quchoqlab ko‘zim,
Qaytmas visollardan yashar umidvor.

Mendan kecholmaydi qayg‘ular, g‘amlar,
Faqir kunlarimni ko‘raveraman.
Teshik ko‘za bilan buloq boshida,
Ollohdan mo‘jiza so‘rayveraman.

Mendan hech kechmaydi qayg‘ular, g‘amlar.
Qilni qirq bo‘lakka bo‘lar bitta oh,
Bukilgan bo‘yimga bardoshim kamar.
Yog‘ar ozorlarga qanoat panoh!

Do‘stlar unutarlar, qadrdonlar yot,
Siynamga singadi sarhil sitamlar.
Yorim sevgisidan kechadi, hayhot,
Faqat hech kechmaydi qayg‘ular, g‘amlar.

✍🏻 Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

09 Jan, 18:56


* * *


Salom bersang olmaydi alik,
Farosat yo‘q yosh bolachalik,
Savlati ham sariq chaqalik,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar!

Qizil ko‘ylak, tizzasi yirtiq,
Yarashmabdi o‘zbekka shortik,
Sharmandalik yo‘q bundan ortiq,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar.

Qadam bossa zirillamas yer,
Xotin, nima ovqat qilay der,
Xurmatini bilmaydimi er,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar!

Ishlamasdan topsam deydi pul,
Shaytonga ham uzatadi qo‘l,
Ajnabiyning modasiga qul,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar!

Yaktagini taxlab tokchaga,
Mayka kiyib chiqar ko‘chaga,
Faqat jiyak kamdir pochaga,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar,

Or qiladi ona tilidan,
Uyaladi o‘zbekligidan,
Zirak taqib naqd kindigidan,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar!

Onasiga ko‘taradi qo‘l,
Otalarga bo‘shatmaydi yo‘l,
Afting qursin, odam bo‘lmay o‘l,
Do‘ppi kiymay qo‘ygan yigitlar.

Hatto maymun ustidan kular,
Bebismillo tug‘ilganmilar,
Millatimning dog‘idir ular,
Do‘ppi kiymay qo‘gan yigitlar!

O‘z yurtida mudom arzanda!
O‘zbegimning asl farzandi,
Har kun emas, kezi kelganda,
Do‘ppi kiyib qo‘ygan yigitlar!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

07 Jan, 16:51


Yaxshi koʻrmay qoʻyding meni negadir,
Shunday ham boʻlishi mumkinmi, sen ayt.
Shuncha qizgʻandimi shodlikni taqdir,
Shuncha oz qildimi baxtimni qismat.

Yaxshi koʻrmay qoʻyding meni, voajab,
Shundayin yakundan karaxtu, lolman.
Yashin urib kuygan daraxtga oʻxshab,
Tutab tugayotgan aftodaholman.

Yaxshi koʻrmay qoʻyish mumkinmi, birdan,
Axir ishq hech qachon tuzalmas dardku,
Sevib qoldim seni deya aytmasdan,
Avvalo rostdan ham sevmoqlik shart-ku!

Yaxshi koʻrmay qoʻydim deya olsang ayt,
Kimnidir tiriklay oʻldirsang, oʻldir.
Yongan koʻpriklardan oʻtib ortga qayt,
Illo ishq soʻngicha olovli yoʻldir!

Yaxshi koʻrmay qolish eng oliy farmon,
Hakam qonunlarni yoddan bilgandek.
Bu ham til uchida aytilgan yolgʻon,
- Seni yaxshi koʻrib qoldim! - degandek.

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

05 Jan, 15:24


SEN...

Bir kitob oʻqidim, sarlavhasi sen,
Va sening haqingda boshdan oyogʻi.
Mazmunini yaxshi tushunmadimu,
Ammo koʻz yoshlarning yoʻqdir adogʻi.

Har varogʻ soʻngida choʻkaverdi tun,
Har yangi varogʻda porlar oftobing,
Balki men ming bora oʻqishim uchun,
Chiroyli yaratgan Alloh kitobing!

Oʻtgan kunlaringda kezdim faromush,
Aralashmoq boʻldim muammolarga.
Qancha sahifasin oʻqidim homush,
Quvonsang shod boʻldim sen bilan birga!

Tugatdim,
Va qaytdim boshiga yana,
Yana har misraga ketdim toʻkilib.
Oʻqilmagan betlar qilardi gina,
Oʻsha sahifaning cheti bukilib.

Kunduzlar qoʻlimdan qoʻymasdim bir zum,
Yostigʻim ostida tunlar kitobing,
Men undan oʻqidim sevaman degan,
Hech kimga bermayman degan xitobing!

Harflar tizilib dedilar bu chin,
Ishon soʻzlarimga, begumon ishon.
Odamlardan koʻnglim qolib ketganu,
Nahot kitoblar ham soʻzlasa yolgʻon?!

Bir kitob oʻqidim, Sarlavhasi "SEN"...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

04 Jan, 20:17


Malika Tavfiq Sheʼriyati pinned «Men bor hayollarni qancha etma rad, Va aniq bilaman, kelar u fursat, Oddiygina mehr boʻlganda qaxat, Yuraging ustiga mushtuming urib, Gʻurur deganiga oʻqirsan laʼnat! Dunyoda yurarsan, kamlar, gʻamlarsiz, Sogʻinch iztirobga solgan damlarsiz, "Qachon?", "Qayerdasan?"…»

Malika Tavfiq Sheʼriyati

04 Jan, 15:41


* * *

Sen kelding...
Osuda kunlarim topdilar barham,
Halovatlarimga yasading yakun.
Bogʻimni tark etdi qumri qushlar ham,
Men yashay boshladim borliging uchun!

Sen kelding...
Yo xushmi, noxushmi edi bu tashrif.
Alloh izn berdi!
Biz etdik qaror!
Ishqning kitobiga boʻlding muallif,
Muhabbat kuyiga boʻlding bastakor!

Sen kelding...
Oʻt purkab borardi sen bosgan qadam,
Jumla-jahonimni  burkab olovga,
Yuzingga toʻkilgan kiprigingni ham,
Bergim kelmas edi birovga!

Sen kelding...
Nigohing qonimga qorishib ketdi,
Jonimga joylanib ketdi nigohing!
Soʻng mehring qanchalar intizor etdi,
Menga jazo boʻldi sening gunohing!

Sen kelding...
Vulqonlar koʻz ochdi jismu-tanimda,
Men seni ming yillar axtardim deding.
Men seni million yil axtarganimda,
Qay dilning muhtasham makoni eding?!

Sen kelding...
Sen kelding, ooo bu kelishning,
Keyin ketishlari qarormi, qasdmi?
Qumdan hashamatli saroy qurishning,
Vayrona boʻlishning fursati  basmi?

Soʻng ketding...
Badar ketishlarni etding ixtiyor,
Hozir men bir dunyo ozorga tengman!
Ketib xato qilayotgan emassan, ammo,
Seni keldi deya adashgan menman!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

03 Jan, 19:58


Kimda premium bor

Malika Tavfiq Sheʼriyati

03 Jan, 19:34


https://t.me/boost/Shaxnoza_Ibragimova

Premium bor obunachilarimiz Kanalmi qo'llavoringlar🥰

Malika Tavfiq Sheʼriyati

03 Jan, 17:47


@Shaxnoza_Ibragimova

Rasmiy kanal endi siz bilan birga❣️🫀
Tez qo'shilib olamiz💠

Malika Tavfiq Sheʼriyati

02 Jan, 15:05


Men bor hayollarni qancha etma rad,
Va aniq bilaman, kelar u fursat,
Oddiygina mehr boʻlganda qaxat,
Yuraging ustiga mushtuming urib,
Gʻurur deganiga oʻqirsan laʼnat!

Dunyoda yurarsan, kamlar, gʻamlarsiz,
Sogʻinch iztirobga solgan damlarsiz,
"Qachon?", "Qayerdasan?", degan janglarsiz.
Tunda Oy izlaysan, kunduzlar Quyosh,
Goʻyo kamalaklar qolgan ranglarsiz!

Dunyo iltifotin sotganda narxlab,
Koʻnglingni bir chetga qoʻyasan taxlab.
Choʻllarda adashgan karvonga oʻxshab,
Yaltirab koʻringan saroblar bilan,
Pushaymonlar bilan oʻtasan yashab!

Qargʻaysan!
Soʻkasan!
Urasan qah-qah,
Shodmon kuningdan ham ketganda farah.
Goʻyo bahorda ham gullamas daraxt,
Toʻrtta faslingda ham qish isi kelib,
Beshinchi faslni kutasan karaxt!

Sochlaring soʻrasa qoʻllarim taftin,
Koʻzingga yoqmasa hech kimning afti,
Yuraging bir cheti ogʻrigan payti,
Hech qanday bahona, hech bir sababsiz,
Men yashar shaxarga kelasan qaytib!

Kezasan, koʻchalar ketar qartayb,
Baxting bor, negadir bir yeri mayb,
Sevasan, sevging ham goʻyoki gʻarib,
Befarq, bemuxabbat odamlar aro,
Kimni yurganingni bilmay axtarib!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

02 Jan, 14:49


Ijodkorlar diqqatiga ❗️
Siz bu yerda o'z ijodingizni yanada kop rivojlantirishingiz mumkin

https://t.me/+VGDbcyXxI8JhNTVi

Malika Tavfiq Sheʼriyati

31 Dec, 11:10


Reaksiyaaa

Malika Tavfiq Sheʼriyati

31 Dec, 10:40


Mana... 2024-yil ham ortda qolmoqda, va bu yil kanal uchun ajoyib bo'ldi deya aytsam ham bo'ladi...
Kimlardir obuna boʼlib kuzatdi...💭 kimlardir obuna boʼlmay...Va yana kimlardir esa bu "серьёзные"auditoriyani, miyyasiga ogʼirlik qilishini bilib kanalni tark etdi. 😉
Kanal faoliyati boshlanganiga deyarli 2 yil boʼladi va hozirgi kungacha kanalda bilmadim qancha post bor, buning barchasi – auditoriya uchun maqbul boʻlgan deb oʼylayman! 💙

Har bir reaktsiyalar uchun tashakkur!.😇 Sizning ishonchingiz yangi g'oyalar yaratishga va yanada yaxshiroq bo'lishga undaydi.🪐

Yangi 2025-yilda ham birga bo'lib, Malika Tavfiq she'rlari bilan birgalikda, sizga quvonch ulashishda davom etamiz🫀 Sizga baxt, sog'lik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolovchi Kanal adminlari...!

Malika Tavfiq Sheʼriyati

30 Dec, 15:56


* * *


Robbim, bardoshimni osmonga mengzit,
Sabrimni qiyosla sokin dengizga.
Illo berahmlik yolg‘iz senga zid,
Illo mehribon yo‘q o‘zingdan !

Toshlar suv bo‘ldilar nolamni tinglab,
Tog‘lar to‘kildilar elangan undek.
Noshukurlik qildim, sendan ishq tilab,
Qoya bo‘lmoq istar kuldek, kukundek!

Qolmadi boshimga tushmagan hech ish,
Dunyoda yurmoqlik erkan mashaqqat.
Ziynatmi, hikmatmi bariga ko‘nish,
Yashashga ko‘nishni o‘rgandim faqat.

Necha odamlaring quvondi qiynab,
Qonimni zulukdek so‘rgani qancha.
Qanchasi qahrla qo‘yarkin siylab,
Sening huzuringa yetib olguncha.

Kimningdir hattoki yig‘isi yolg‘on,
Kimlar qon qaqshadi quvongan sarim.
Sendan o‘zga kimga aytay Xudojon,
Kurakka tig‘ sanchsa suyanganlarim!

Oshiqman deganning ko‘zi to‘la xirs,
Makkor shaytonlardan izladim panoh.
Boshimga ne kunni solsang, solginu,
O‘zingdan o‘zgani suydirma, Alloh!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

28 Dec, 15:12


* * *


Adashding!
Men senga:
"BAS!",
"KЕT!," -degan on,
Portlagan yurakning hujayralari!
Bu johil kalomga  ko‘nganing hamon,
Singanman,tosh tekkan oyna singari!

Adashding!
Yo‘q bo‘lsang yaxshiroq dedim,
Ko‘zlar YOLG‘OOOOON!, deya jovdiradilar!
O‘shal on eng buyuk yolg‘onchi edim!
Hislarim kuz kabi qovjiradilar!

Adashding!
Sen shuni kutgandek,nahot,
Mendan kechishlarga ko‘nolding,yo Rab!
Tarsaki ursang ham rozi edim,dod!
Ko‘nglimdan birgina rost so‘zni so‘rab!?

Adashding!
So‘rasang,bir bor so‘rasang!
Sensiz yasholmayman degan bo‘lardim!
Qolishing haqqiga agar istasang,
Yo‘linga boshimni qo‘yib o‘lardim!

Sen esa adashding, men ham adashdim!
Keta olmasinga ishonib qoldim!
Sen qo‘yib yuborgan qo‘llarim bilan,
Mag‘rur sevgimizning jonini oldim!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

26 Dec, 10:15


* * *

Koshki bilmasaydim sening borliging,
Koshki begonalar boʻlsaydik mutloq.
Ammo, oʻrtayverar bevafoliging,
Jondek azizliging qiynaydi biroq!

Koshki topolmagan boʻlsayding izlab,
Koshki xotiramdan ketsayding oʻchib.
Shunday boʻlishini bilsaydim...
Yigʻlab,
Sening sayyorangdan ketardim koʻchib.

Oʻsha kun davonda yopilsaydi yoʻl,
Lola sotuvchiga tushmay nigohing.
Yomgʻir yogʻib qolsa, yogʻsamidi doʻl,
Lashkar tortmasaydi qalbga sipohing!

Oʻsha kun tomogʻing boʻlsayu hasta,
Ovozing eshitib boʻlmasaydim lol.
Endi nima qilsang, qilginu, asta,
Oʻzingni qalbimdan oʻchirtirib ol!

Qaniydi, sen erta kelib dunyoga,
Meni soʻramasa edi Xudodan onam.
Qaniydi, mendek shu baxtiqaroga,
Sen hali tugʻilmay tutilsa motam.

Endi kech...
Foydasiz...
Boʻlar ish boʻldi,
Ishonsang, Allohga koʻrdim yalinib.
Chashmi-javlonimdan bir daryo toʻldi,
Va men qarmogʻinga qoldim ilinib.

Biron bir rejamda yoʻq edi bu ish,
Boshim balolarga yoʻq edi istak.
Sogʻinib yashashdek eng ogʻir yumush,
Bundan ortiqroq baxt boʻlmasa kerak!

Endi kech...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

25 Dec, 08:14


* * *

Oʻksinsangiz sogʻinchlarimda,
Qorlar bilan siylanadi kuz.
Bitta tomchi koʻz yosh haqqiga,
Duv toʻkilib berardim holsiz.
Quchib, suyib ovutardimu,
Ammo men deb yigʻlamaysiz siz...

Yaratgandan tilab, oʻtinib,
Hayolingiz nurga belardim,
Oʻylaringiz ilkidan tutib,
Gul bogʻlarga olib ketardim
Ammo, afsus,
Biron lahza ham,
Men haqimda oʻylamaysiz siz!

Agar ming yil berilsa umr,
Ming yil sizga oʻqirdim duo,
Agar qisqa boʻlsa umringiz,
Bor umrimni aylardim fido.
Baxtga qarshi, qoʻlingiz ochib,
Menga umr tilamaysiz siz!

Tongni kutgan bedor misoli,
Visol boʻlsa yorning hayoli,
Uzilmoqlik yulduzdek har tun,
Oshiqligim kelar maloli.
Umrim borki mahtal boʻlsam ham,
Yoʻllarimga qaramaysiz siz!

Sizga yetmas yurakning zori,
Bosilmas hech dilning xumori.
Oʻzimizku sizga mubtalo,
Javobi yoʻq ishq giriftori!
Sevdirishga mohirsiz, ammo,
Sevilishga yaramaysiz siz...

Oʻksinsangiz sogʻinchlarimda,
Qorlar bilan siylanadi kuz.
Bitta tomchi koʻz yosh haqqiga,
Duv toʻkilib berardim holsiz.
Quchib, suyib ovutardimu,
Ammo men deb yigʻlamaysiz siz...


Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

24 Dec, 08:13


* * *

Shodon bolaligim orzularida,
Yashagan sehrli, mehrli bobo.
Uzoq oʻrmonlardan uzoq yoʻl yurib,
Yana qop koʻtarib keling, Qorbobo.

Kimga nima kerak, kimda ne istak,
Ertakka ishonmoq hohlaydi yurak,
Menda bitta tilak, birgina tilak,
Yana qop koʻtarib keling, Qorbobo!

Bilaman qopingiz toʻla oʻyinchoq,
Kimga mashinayu, kimga qoʻgʻirchoq,
Menga mehr bering, bobo, bir quchoq,
Yana qop koʻtarib keling, Qorbobo.

Qancha mehr sigʻar bir qopga solsa,
Chanangizga orting qopingiz toʻlsa,
Hammaga ulashing iloji boʻlsa,
Yana qop koʻtarib keling, Qorbobo!

Dasturxonlar toʻla, pista-bodomlar,
Hamma yoq badastir, dadil qadamlar,
Faqat mehrga zor mudom odamlar,
Yana qop koʻtarib keling, Qorbobo!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

23 Dec, 09:12


* * *


Narxlar oshib borar,
Odamlar esa,
Arzonlab borarlar kun oʻtgan sayin.
Buyumlarning narxi osmonda boʻlsa,
Qadrlar buyumga oʻtishi tayin!

Kimning yogʻ ustida oʻynar pichogʻi,
Kimning qozonini bosayapdi zang.
Kimning yirtiladi solgan yamogʻi,
Kimning javonlari yopilar arang!

Joning ogʻrimasin kambagʻal shoʻrlik,
Domiga yutilma roʻzgʻorning gʻorin.
Ancha qimmat turar oddiy gʻamxoʻrlik,
Boshingni tosh qilsin Parvardigorim.

Oʻzidan oʻzgadan kutma muruvvat.
Pulingni sanaydi hatto paymona!
Narxin arzonlaydi kunda haqiqat,
Ishqni ham qadoqlab sotar zamona.

Narxlar oshib borar, odamlar esa,
Arzonlab borarlar kun oʻtgan sayin...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

22 Dec, 11:11


BUGUN ShU ShEʼRNING TUGʻILGAN KUNI!


Faqat tasodifan uchrashamiz biz.
Gul sotib olmaysiz menga ataylab.
Sogʻinchingiz toʻkkan kipriklarimni,
Yuzimdan termaysiz asta avaylab.

Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Bitta tabassumdan topamiz taskin,
Va har gal koʻngilni qult etib yutib,
Hamma oʻz yoʻliga ketadi sekin.

Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Bir siqib qoʻyamiz qoʻllarimizni,
Va ikki koʻchada qoldiramiz iz,
Ming yil poylasak ham yoʻllarimizni.

Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Men salom beraman, olasiz alik.
Nigohlar telbadek termular, ammo,
Tillar soʻzlashadi begonalardek.

Faqat tasodifan uchrashamiz biz.
Na sizda jurʼat bor, na menda yurak.
Balki shu alfozda oʻtadi umr,
Balki shundan baxtli yashasak kerak.

Faqat tasodifan uchrashamiz biz,
Ikkita gʻururi egilmas nodon,
Shunisi yaxshidir,birga emasmiz,
Demak ayrilmaymiz bizlar hech qachon!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

21 Dec, 08:38


* * *

Seni sira tushunmadim men,
Qaysi tilda soʻzlar yuraging.
Goh joninga joylaysan suyib,
Goh boʻlmaydi aslo keragim.

Soʻzlaringdan junbushga kelib,
Agʻdar-toʻntar boʻladi borim.
Goh yonimdan shamoldek yelib,
Qayoqlarga ketasan, zolim.

Kutishlardan bezib boʻzlasam,
Tosh boʻlasan qismatim otgan.
Baxtga borar yoʻlni izlasam,
Yoʻl boʻlasan ilonlar yotgan.

Meni ozod qilasan qachon,
Zindoninga aylangan Dunyo.
Na yashashga berasan imkon,
Biratoʻla oʻldirmaysan yo! 

Seni sira tushunmadim...
Ayt!
Arosatdan ketaylik, yetar.
Yuragimni olsang mana, ol,
Kerakmasmi, oʻzimga qaytar.

Sevsang sevgin odamga oʻxshab,
Sevolmasang, murodinga yet.
Butunlakka kelmagan boʻlsang,
Boshqa manzil topib  koʻchib ket.

Indamayman, qilmayman isyon,
Oʻchib-yonib koʻzimni olding.
Chin tuygʻular istayman, ishon,
Sen sarobga aylanib qolding.

Seni sira tushunmadim men...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

20 Dec, 08:39


* * *


Onajon,  sen kabi jafokashim yoʻq,
Sendan boshqasiga qiziqmas holim.
Boshimga balolar yogʻdirganda oʻq,
Xanjarin tirasa bu dunyo zolim.

Yurakka  avaylab malham qoʻyasan,
Ogʻrisa dunyoning malomatiga.
Bolalikda puflab dori surgandek,
Qonagan tizzamning jaroxatiga.

Sendan oʻzga birov gʻamim yemaydi,
Bir dona kiprigi qilt etmas kuysam.
Kel, shuni ozgina ayay demaydi,
Qismat qilichining qaxrini tuysam.

Borki tirik zotga qadrim qilchalik,
Kerak boʻlganimda kerakman xolos.
Onajon,  tizzamku tuzalib ketar,
Qalbim yarasiga  biron malham bos.

Ogʻrisam boshimda tunni tong qilib,
Qoqilsam yiqilib men bilan birga.
Bugun ham onajon iltifot bilib,
Biron dori bergin dil ogʻrigʻiga....

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

19 Dec, 08:23


* * *


Bilinmasdi sen boringda gʻamlarim ham,
Duo bilan but boʻlardi kamlarim ham,
Xozir nechun zimistondek yorugʻ olam,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!

Turmush toshi botib borar tovonimga,
Doʻstlarim doʻst menga emas hamyonimga,
Kim jim koʻnar ham yaxshi, ham yomonimga!
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!

Har soniya holim soʻrar giryonim yoʻq,
Dunyosida na davr na davronim yoʻq,
Senga yetar bir mehribon insonim yoʻq,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!

Hech kim rayhon ekmayapdi hovlimga ham,
Biron kimsa qaray demas koʻnglimga ham
Sogʻinchlaring buncha azob, buncha alam,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!

Kunda oʻn bor holim soʻrab tolmas eding,
Hasta boʻlsam halovatni bilmas eding,
Yana ozroq dunyosida yurmasmiding,
Qadring yomon oʻtayapdi sening ona!


Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

18 Dec, 08:04


* * *

Yiroqlarga ketmoqchiman koʻngil uzib,
Allaqachon rejalarni qoʻydim tuzib.
Hayollarim sirli imo qilmoqdalar,
Goʻzal ammo makr toʻla koʻzin suzib!

Yiroqlarga ketmoqchiman,
Qaytmas boʻlib.
Hech narsasiz...
Faqatgina koʻnglim olib.
Egalari koʻchgan uydek huvillagan,
Boʻm - boʻsh qora jomadonga dilni solib.

Ketmoqchiman,
Chipta, pasport, yana nedir,
Kiymlarim taxlayapdi yigʻlab qadr.
Eshikkacha kuzatib qoʻy endi meni,
Qol deyishga yaramagan zolim taqdir!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

17 Dec, 08:31


* * *

Tun boʻyi tentirab tolar izgʻirin,
Yalaydi eshiklar tutqichlarini.
Bir koʻring, xoʻmrayib turgan atayin,
Olovsiz oʻchoqdek qish tonglarini.

Yoʻllar uvishadi yolgʻiz ayoldek,
Hech kim yoʻqlamagan koʻngildek gʻarib.
Ushoqlar sochilsa gʻamgin hayoldek,
Ochiqqan chumchuqlar yeydilar terib.

Dir-dir qaltiraydi daraxtlar shoxi,
Bevafo yor yangligʻ  mehrsiz quyosh.
Goʻyoki uylarning koʻpu gunohi,
Yuzlaridan oqib muzlayapdi yosh!

Qishning qiliqlari sovuqki biram,
Hatto suyaklarda muzlaydi ilik.
Ammo jondan oʻtar hammasidan ham,
Qahri qahratondan qattiq SENSIZLIK...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

16 Dec, 10:51


* * *


Qaysidir zamonda, qaysidir yurtda,
Yashab oʻtgan ekan bir dono kishi.
Oʻyinchoq yasarkan u bolalarga,
Shundan yaxshi ekan topish-tutishi.

Oʻz ishin ustasi, mohir ekan u,
Bir-biridan goʻzal qoʻgʻirchoqlari.
Lekin nima sabab, hamma lol, hayron,
Juda moʻrt boʻlarkan oʻyinchoqlari.

Qimmat turar ekan uning mehnati,
Bola deb ayting kim topmaydi imkon.
Lekin bir kun oʻtmay oʻyinchoq sinib,
Qolmas ekan oʻsha shodlikdan nishon.

Yana yigʻi-sigʻi, yana dil siyoh,
Bola harhashasi yoqardi kimga.
Bu ne malomatki falon pul matah,
Turib berolmasa loaqal bir kunga.

Ancha chidabdilar bu ajib holga,
Lek bir kun toʻlibdi sabr kosasi.
Soʻngra boribdilar qozi yoniga,
Oʻsha haridorlar birga hammasi.

Qozi ham topmabdi bu sirga javob,
To usta kelguncha qashlabdi boshin.
U kelgach, soʻrabdi:
-Aytingchi menga,
Nechun oqizasiz bola koʻz yoshin?

Nega rozi emas sizdan haridor,
Nega puhta emas yasalgan buyum?!
Qarang, ustingizdan shuncha shikoyat,
Siniq oʻyinchoqlar qarang, bir uyum.

Asta soʻz boshlabdi usta jilmayib,
-AGAR AVAYLASA, YeTAR KOʻP KUNGA!
ShU BOLA ULGʻAYGACh, SEVIB, IShONIB,
KIMDIR YuRAGINI BERSAChI UNGA...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

16 Dec, 03:31


Assalomu aleykum Malika Tavfiq Fan Club kanalining sevimli Obunachilari🥰
Sizlarga a'lo kayfiyat tilagan xolda bitta narsani Iltimos qilmoqchiman....🤍

‼️Kanalga Tashlangan Xar bitta she'rga reaksiya va Izoh qoldrshni unutmang...

Bu men uchun katta ishtyoq va xursandchlik bo'ladi e'tbor uchun rahmat barchaga...🫶🏻

Malika Tavfiq Sheʼriyati

15 Dec, 08:50


* * *


Bizlar koʻrishamiz bugun nihoyat,
Qoʻllaring taftidan eriydi yurak.
Shu kunni kutgandim bilsang bagʻoyat,
Mendan baxtiyori boʻlmasa kerak.

Yomgʻir yogʻib oʻtdi...
Goʻyo tabiat,
Kelar yoʻllaringni bosdi gʻuborin.
Soʻng quyosh misoli qaynoq  muxabbat,
Bezanar,  goʻyoki kutgandek yorin!

Soatga termulib oʻtmoqda kunim,
Muncha imillaydi vaqt degani, ayt.
Biron yumishim ham topmaydi unum,
Men sening yoʻllaring kutayotgan payt!

Bizlar koʻrishamiz bugun azizim,
Bagʻringa botaman toʻlin oy misol.
Qaynoq choy tutaman qoʻlinga oʻzim,
Aytar har soʻzimdan tomizdirib bol...

Kelaqol, kel endi, paysalga solmay,
Yelkanga ishqimdan bogʻlagin qanot.
Hali biron marta koʻzlaring koʻrmay,
Shunchalar sogʻinish mumkinmi, nahot...

Kelaqol...
Kel endi...


Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

14 Dec, 08:18


* * *


Sen bor sayyorada qolmogʻim gumon,
Sen yutar havodan ololmam nafas.
Sening boshingdagi mana shu osmon,
Sen yurgan shu zamin meniki emas.

Darvozam zulfida yoʻq qoʻl izlaring,
Labing kuydirmaydi men uzatgan choy.
Buncha tor boʻlmasa sening koʻzlaring,
Bitta nigohimga topilmaydi joy.

Ipak hayolimga oʻrandi Dunyo,
Mustar koʻzlarimning nurlarin yeding.
Ayt, senga zulmlar doyamidi yo,
Yo menga qastma-qast yaralganmiding?!

Ividi tomirda qoraygan qonim,
Alxazar,tiriklik maloldir,rosti.
Tosh boʻlib tiqildi boʻgʻzimga jonim.
Zamin osmoniga oʻzini osdi.

Qayga qadam qoʻymay, botar oyogʻim,
Kimga yoʻliqmasam sendan savoli.
Falakni qulatsa behos titrogʻim,
Kimga yoziladi uning uvoli?!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

13 Dec, 13:17


* * *

Soʻngi nurlarini tashlab xonaga,
Qaygadir badargʻa boʻladi oftob.
Oqshom oʻxshab ketar bemor bolaga,
Tinmay onasiga oʻqitgan kitob.

Qora pardalarin tushiradi tun,
Tirilib ketadi chigirtgazorlar.
Yana bitta tongga yetmogʻim uchun,
Mendan haq soʻraydi zolim ozorlar.

Olifta shaharning tinmaydi jagʻi,
Qondek yoʻllarida oqadi hayot.
Yigitning koʻylakdan oʻtgan titrogʻi,
Qizning qulogʻiga quyar qasamyod!

Raqsxonalarga koʻchar gunohlar,
Dorisin kaplaydi uzilmagan jon.
Chaqindek sachraydi lojuvard ohlar,
Yulduzlarin toʻkib yigʻlaydi osmon.

Qora pardalarin tushiradi tun...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

10 Dec, 20:10


Vujudimda yashar bir bemor,
Siz kuydirgan olov yondirmay.
Bilasizmi,
Bunda ham zavq bor,
Sizni sevmoq sizga bildirmay!

Vujudimda yashar bir vujud,
Tomirlari titilib ketgan.
O‘zi unut, borligi unut,
Tushlarida diydorga yetgan!

Yo‘q!
Kim aytdi?
Sevgani tuxmat!
Mahviy hislar osmon qadarlar.
Ko‘zlariga sig‘maydi faqat,
Yuborilmay qolgan xabarlar!

Vujudimda urar bir yurak,
Ko‘nglim bilan arazda doim!
Biri sizdan kecholmay halak,
Birin sizga bergan Xudoyim!

Taqdir dardlar ulashib yursa,
Qiynoqlarni tilab olibman!
Butun borliq sizni deb tursa,
Siznikimas bir men qolibman!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

09 Dec, 09:09


* * *


Pech yonardi xona chetida,
Raqs tushardi uchqunlar shodon.
Dirgizlashib uyga kirardik,
Biz besh bola qor oʻynab obdon.

Xoʻl etiklar tortardilar saf,
Qoʻlqoplarga qurilardi dor.
Oʻsha eski uy devorida,
Hali hanuz ikkita mix bor.

Koyir edi har safar onam,
Jaxlin bosib turgandek arang.
Paypogʻing xoʻl, koʻylaklaring nam,
Dadang kelsin, koʻrasan hammang!

Yolgʻon edi tugulgan mushti,
Jaxli edi tez ketar mehmon.
Issiq shoʻrva suzib kelardi,
Toʻgʻrar edi kosamizga non.

Goʻshtsiz oʻsha tuxum shoʻrvadan,
To kechgacha yurar edik toʻq.
Oʻta qimmat restoranda ham,
Oʻshandayin shirin taom yoʻq.

Bir kungina bola boʻlsamu,
To kechgacha oʻynasaydim qor.
Axir endi havotir olib,
Hech kim kutmas issiq uyim bor...

Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq-qoʻling muzlabdiku, deb,
Bir bor koyib bersayding, ona...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

08 Dec, 14:45


sogʻinganlar uchun...

Koʻramiz...
Xozircha bayroqlarim oq,
Qoʻllarim koʻtarib, turibman taslim!
Menku sogʻinchlarga yengildim!
Biroq,
Sening koʻzlaringa nima toʻlgan lim?

Koʻramiz...
Xozircha,
Sen butkul gʻolib,
Qamalga olingan mening yuragim.
Nigoh qurolingdan haqqimni olib,
Oʻqlaring gullagan bogʻdir kuragim!

Koʻramiz...
Aslida oliy hakam - vaqt,
Men sabr soʻngidan uzmayman umid,
Bir kuni kuch toʻplab qaytmoqligim naqd,
Bu safar yengilish navbatini kut!

Koʻramiz...
Xozircha bayram qilib tur,
Yetti yurt eliga bergin ziyofat!
Lek bir kun xizmatdan ketganda  gʻurur,
Izlarim izlanib yasha toabad!

Koʻramiz...
Boshidan boshlaymiz bir kun,
Muxabbat keladi menga koʻmakka.
Qaytish yoʻq, to senga erishmoq uchun
Xatto  oʻlimga ham boraman tikka!

Koʻramiz...
Ammo men senga yov emas,
Shunchaki sevmasing sabrimga toʻldi.
Istarim sen ham bir magʻlub boʻlsang  bas!
Qalbim zindoniga qamalsang boʻldi!

Koʻramiz...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

07 Dec, 12:16


* * *

Mening sayyoramni tark etgan kuning,
Bulutga aylandim yogʻib bermoqqa!
Sevmading deyishga haqqing yoʻq sening,
Haqqim boʻlmagandek seni sevmoqqa!

Vijdoning gapirsa xoziroq aytsin,
Qadrim huzuringda kulmi, kukunmi...
Ichimga har kuni oʻt ketsa ketsin,
Ammo qoʻllaringdan tutmoq mumkinmi?

Qalbing qaroriga shoshilmay tursin,
Bir kuni anglaysan barin nihoyat.
Seni baxtim deyish bir yoqda tursin,
Hatto sogʻinmoq ham ogʻir jinoyat!

Sogʻinchlar bir kuni haddidan oshib,
Meni ajdarhodek yutmaydilarmi...
Tilimga ololmas ismingni qoʻshib,
Sheʼr bitsam malomat etmaydilarmi?

Ishqing yuragimni yubordi yorib,
Oshiq boʻlganlarning hammasi xormi?
Bir bor nigohingdan poʻlatdek erib,
Soʻng muzlab qolmoqqa ijozat bormi?!

Ketib, ne koʻylarga qoʻyding...
Kelib koʻr,
Meni qay kunlarda qoldirganingni.
Qaraya, tuproqni kuydirmasin deb,
Yer ham olmayapdi oʻldirganingni!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

06 Dec, 12:21


🥺🥺🥺🥺

Malika Tavfiq Sheʼriyati

06 Dec, 12:16


ILTIJO

Alloh, boʻgʻzimgacha toshib keldi choʻgʻ,
Istasang jonimni jafoga qondir.
Boshqa hech narsaga ehtiyojim yoʻq,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Sitamlar choʻktirsin, ado qilsin gʻam,
Rizoman, oʻldirsang, kunda bir oʻldir,
Ammo tirikligim bir kun boʻlsa ham,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Borki daryolarni, ummonlarni ham,
Ikkala koʻzimning yogʻiga toʻldir.
Ammo oʻtinaman, nima boʻlsa ham,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Hali biron tirik tatib koʻrmagan,
Chidab boʻlmas ranjlar borligin bildir,
Koʻnaman, faqat sen Yaratgan Egam,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Qahhorim!
Bariga qilurman toqat!
Dod dedir, bas dedir, ogʻular yedir.
Birgina oʻtinchim boʻlib ijobat,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Aslo nolimayman zaqqumlarni yeb,
Qoqiltiravergin, tilantir, toldir.
Soʻngra, rahm aylab, shu ham bandam  deb,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

Ishqingdan biron ishq boʻlolmas ustun,
Sarvarim, dildagi otashni soʻndir!
Qalbimda faqat sen boʻlmogʻing uchun,
Oʻsha yomoningdan koʻnglimni qoldir!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

03 Dec, 07:21


* * *

Hayolingdan oʻtamanmi hech,
Hech oʻrtanib sogʻinch ohida.
Qilamanmi holing faromush,
Tushlaringa kirib gohida.

Sheʼrlarimni oʻqiysanmi, ayt,
Satirlardan izlab oʻzingni.
Yigʻladingmi bir martagina,
Yoʻllarimga tikib koʻzingni.

Hech tilinga oldingmi ismim,
Koʻz oldinga keldimmi bot-bot.
Yoki seni allaqachonlar,
Unutishla siyladi hayot.

Ovozimni eshitging kelib,
Yomgʻirlarga tutdingmi quloq.
Shamol boʻlib soching silasam,
Sezmadingmi tanangda titroq.

Suratimga qarab, jilmayib,
Tirikku deb ovunmadingmi,
Rostini ayt, faqat rost soʻzla,
Oz boʻlsa ham sogʻinmadingmi?

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

01 Dec, 08:41


* * *


Kechib oliy farmonlaridan,
Tushib gʻurur osmonlaridan,
Qaytib xijron tomonlaridan,
Bizginani sogʻindilarmi?

Turnalardek qaygadir  uchib,
Ishqimizdan butunlay kechib,
Sogʻinmaymiz deya ont ichib,
Yana bizni sogʻindilarmi?

Mehrimizning tutib xumori,
Dardlariga topmayin dori,
Boʻlolmayin oʻzganing yori,
Nahot bizni sogʻindilarmi?

Ketgandilar orani uzib,
Orzularning qasrini buzib,
Endi qaytish rejasin tuzib,
Bizginani sogʻindilarmi?

Biz oʻtinsak, qilgandilar noz,
Sevgimizni bilgandilar oz,
Oʻtmay bir qish, oʻtmay bitta yoz,
Darrov bizni sogʻindilarmi?

Singan shisha boʻlarmi butun,
Olov oʻchib,  qolganda tutun,
Biz sogʻinmay qoʻyganda nechun,
Endi bizni sogʻindilarmi?


Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

30 Nov, 08:57


Kuzning soʻngi kuni...
Oxirgi kuni.
Oxirgi uchrashuv misoli maʼyus,
Sendek orqasiga bir bor oʻgrilmay,
Koʻz yoshin berkitib ketayapdi Kuz.

Sening gʻururingdek daraxtlari tik.
Soʻngi soʻzlaringdek titragan, maʼsum.
Kuzning isitolmas Quyoshi yangligʻ,
Hazin yuzlaringda soxta tabassum.

Kuzning soʻnggi kuni,
Oxirgi visol,
Ertadan sogʻinchlar fasli boshlanar.
Bizku yigʻlamaymiz,faqat sovuqdan,
Yanoqlar qizarib,koʻzlar yoshlanar.

Kuzga oʻxshadiyu, ketdi muxabbat,
Endi kunlarimiz qoladi Qishga.
Oooozgina vaqt bersang, ozgina fursat,
Toʻyib yuzlaringga qarab olishga!

✍🏻 Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

29 Nov, 10:46


* * *

Asli gul sen uchun yaralgan,
Kimlardir poyinga sochsin deb.
Majnuntol sochlari taralgan,
Visolda bagʻrini ochsin deb.

Necha mard, necha alp qomatlar,
Tiz choʻkkan bir goʻzal qoshida.
Men degan necha dev kelbatlar,
Girgitton hur - pari boshida!

Senmasmi notavon maskanni,
Istasa bir zumda bogʻ etgan.
Istasa yigitni chil-parchin,
Istasa koʻksini togʻ etgan.

Senmasmi sochlari mushk-anbar,
Til bilan labida boli bor.
Koʻrgandan jon soʻrar muqarrar,
Yuzida bir dona holi bor!

Senmasmi farosat, ong bilan,
Necha qalb rishtasin bogʻlagan.
Senmasmi kaftdayin koʻksiga,
Ollohim ikki jon joylagan.

Purviqor togʻlar ham tiz choʻkar,
Zabt etsa yigitning mardiga.
Lek oʻsha mardi ham dosh bermas,
Toʻlgʻoqning oniylik dardiga.

Oʻsha sen hofizni sayratib,
Shoirning soʻzini sheʼr qilgan.
Chin sevsa bagʻringda yayratib,
Aldasa qadrini yer qilgan!

Ibosan, vafosan, hayosan,
Sehrning qudrati sendan kam.
Ne ajab bir boʻlak suyakdan,
Ollohim moʻjiza yaratgan!

Sen bilan bu olam munavvar,
Navosan, sabosan, hayolsan.
Hamisha mukarram, moʻtabar,
AYoLSAN azizam, AYoLSAN!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

28 Nov, 16:44


Shu koʻngilning dastidan dod demas bormi,
Yo mendami faqat uning ozorlari.
Alloh aslo unutmaydi umidvorni,
Omon boʻling muxabbatning bemorlari!

Sevganlarga togʻdan ulkan yurak kerak,
Koʻz yosh kerak yana bitta ummonchalik.
Oʻshalardek baxtiyori balki yoʻqdur,
Qadri ham yoʻq bir bor kelar mehmonchalik!

Sevganlaru, va shul sabab zaifdirlar,
Oʻtdan olib, sovuq suvga solar qismat.
Balki faqat shu ishq deya omondirlar,
Kunda ming bor oʻldiradi oʻsha neʼmat!

Alloh faqat suyganiga berar sinov,
Suyganini sogʻinadi nidolarin.
Aziz tutar kimdir uchun joni garov,
Kimdir uchun bor jahoni fidolarin!

Tugab borar adolati armon Dunyo,
Nurab borar koʻnglimizning devorlari.
Shifosi yoʻq shu muxtasham ogʻriq aro,
Omon boʻling muxabbatning bemorlari!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

27 Nov, 04:46


* * *

Siz meni sevmaysiz.
Bilaman.
Shunchaki qolgansiz yoqtirib.
Shunchaki yuribsiz yonimda,
Buyuk bir yolgʻonni uqtirib!

Siz meni sevmaysiz.
Nachora.
Ustimdan kulyapdi muxabbat.
Yur endi, ishqginam,bechora,
Qaysarlik qilmagin sen faqat.

Siz meni sevmaysiz,
Shunda ham,
Tilimda ming takror siz nodon.
Nazarga ilmaysiz,
Mayliga,
Nazardan qoʻymasin Xudojon!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

24 Nov, 08:17


* * *

Sizning koʻchalarga yogʻmadimi qor,
Qadrimdek qadamda yanchilmadimi?
Siz deb bir bechora chekkanda ozor,
Sizga zirapcha ham sanchilmadimi?

Qish qaxr qoʻshigʻin kuylagan tunda,
Tomga sumbulalar ilinmadimi?
Siz deb ming boʻlakka boʻlinganimda,
Sizga bir ozgina bilinmadimi?

Bugun koʻz yoshingiz sababkori kim?
Oʻsha mendan afzal koʻringan qizmi?
Sogʻinib,yettiga bukilsa qaddim,
Ayting,hecham meni sogʻinmaysizmi?

Gurzilar urilib,ortga qaytgan chogʻ,
Chaqindek chor taraf sachramaysizmi?
Siz sabab qurisa yashnagan bir bogʻ,
Xudoning qaxriga uchramaysizmi?

Yoki sizning yurta yogʻmaydimi qor,
Koʻllar muzlamasmi misoli koʻzgu?
Nega siz tomonda abadiy bahor,
Biz bitta osmonning ostidamizku.

Ana yuzingizni silar muzdek qoʻl,
Men chora axtarib toldim oʻlgani.
Faqat oppoq qorli iz tushmagan yoʻl,
Sizga armon boʻlib qolsa boʻlgani!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

23 Nov, 07:01


* * *


Turfa sogʻinchlarda umrimiz sarson,
Kutishlar, kutishlar kushanda jonga.
Nega shuncha sabr berding Xudojon?
Juda oz fursatga kelgan mehmonga.

Ertaga, ertadan yashaymiz har kun,
Erta ham bugunga aylanar kunda.
Ketishga taraddud koʻrmoqlik uchun,
Odamzot dunyoga kelar ekanda!

Hajmi yoʻq koʻnglimiz toʻlmaydi sira,
Umr kam, havo kam, mehr doim kam.
Faqat tonglargina qolar bokira,
Tunlar oqarmaydi yuvgan bilan ham!

Kun kelib tuproqqa aylanamizu,
Negadir osmonga qarayveramiz.
Bizdan soʻrasalar qizgʻanamizu,
Xudodan tinimsiz soʻrayveramiz.

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

22 Nov, 10:57


* * *


Qayda qoldi arzanda qizing,
Qalbini tosh qildilar, ona.
Gard yuqtirmay oʻstirganingni,
Koʻzlarin yosh qildilar, ona!

Mehring bilan ulgʻaygan nihol,
Qovjiradi, soʻldi, toʻkildi.
Tuz bosilgan peshonasining,
Bitiklari hayron oʻqildi!

Yeru-koʻkka ishonmaganing,
Tuproq bosgan dillarga toʻldi.
Onajonim, yolgʻizing, qizing,
Yolgʻonlarning nishoni boʻldi.

Ona, qara, bolangni bir koʻr,
Qanoti yoʻq qushga oʻxshaydi.
Odamlari toʻla shaxarda,
Musofirdek yolgʻiz yashaydi.

Oh, sogʻindim seni qanchalar,
Kelsang edi mayli bir kunga.
"Mehribonlar" koʻpdiru, ammo,
Sendan oʻzga mehr yoʻq unga!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

18 Nov, 16:47


* * *


Sizning oʻrningizga endi onajon,
Bu uyda sogʻinchlar kutmoqda meni.
Ostonani hatlab kirganim zamon,
Yamlamay xonalar yutmoqda meni!

Bari oʻsha-oʻsha...
Kitoblar,
javon,
Yostuqdan isingiz kelib turibdi.
Sizni oʻzingizni topolmay, hayron,
Bechora qizingiz nolon yuribdi.

Buncha huvilladi hayhotdek bu uy,
Shuncha fayz bormidi sizda onajon.
Goʻyo rayhonlari yoʻqotgandek boʻy,
Goʻyo atirgullar berib boʻlgan jon!

Mening istiqbolim kimga hush endi,
Kimdir termularmi yoʻllarimga zor?
Mehrli bagʻringiz shirin tush endi,
Sizdek menga mushtoq endi qayda bor?

Endi bu uylarning bolishlari tosh,
Ichilmay soviydi piyolada choy.
Yotsam, yetti qavat toʻshalar bardosh,
Ketsam, kuzatmaydi hech kim, hoynahoy!

Endi bu uylarning tambalari zich,
Onam bor kunlarda qadrim qoldida...
Boshlab kelaverar shu uyga sogʻinch,
"Kim booor", deb turibman eshik oldida.

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

16 Nov, 18:26


https://t.me/kuzni_sevaman?livestream=21780dad12ca92c2e4

Malika Tavfiq Sheʼriyati

13 Nov, 15:25


#premera


Kechirib boʻlganman seni qachonlar,
Yaxshi koʻrganlardan ranjirlar bilsang.
Kelmasang koʻnaman yurakni yutib,
Yurakka yutilib ketaman kelsang.

Koʻz yoshim ummonning duridek terib,
Zoxir tuygʻularim ustidan kulsang.
Kelmasang jonimni Jabborga berib,
Jonimni qaytarib olaman kelsang.

Kimga hos, kimlarga behos bu tuygʻu,
Koʻnglimni ozgina nazarga ilsang.
Kelmasang hech narsa oʻzgarmaydiyu,
Daryolar ortiga oqadi kelsang.

Mening borligim ham senga muammo,
Meni hammasiga ayibdor qilsang.
Kelmasang koʻnishga koʻnaman, ammo,
Boshimga balolar keladi kelsang.

Kelmasang dunyosi dunyodir xolos,
Ketishni unutib kel, agar kelsang....

Malika Tavfiq Sheʼriyati

11 Nov, 03:50


* * *


Dunyoning tashvishi tugamadi hech,
Roʻzgʻor, kishanlaring oyogʻimdan yech,
Koʻzlarim ochildi boʻlganida kech,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Qoʻngʻiroqlar qilmas hech kim betinim,
Hech kim yoʻllarimga ketmas toʻkilib,
Sizni izlayapman yigʻlab, oʻkinib,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Sogʻinchning izmiga bogʻlanib ipsiz,
Yetim yuragimni koʻtarib sizsiz,
Nega tushlarimda yigʻlab yuribsiz,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Borib qoʻllaringiz koʻzimga bossam,
Sizga kitob-kitob sheʼrimni yozsam,
Pushmon, doringni qur, oʻzimni ossam,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Doʻstlarim doʻst topib ketgan kun bugun,
Agʻyorim chogʻ qazib kutgan kun bugun,
Birgina mehribon boʻlgan men uchun,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Vafosiz dunyoning ishqida yurdim,
Goho yulduzlarni narvonsiz urdim,
Bolam deb yugurdim, qasrlar qurdim,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Siz yashar makonning darvozasi tosh,
Na tunda Oyi bor, na kunduz Quyosh,
Sogʻinchdan tugadi jonimda bardosh,
Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona?

Yoʻqlab bormoqchiman, qaydasiz ona...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

04 Nov, 17:15


Shamol boʻlib eshiginga ochgum urush,
Lashkar boʻlib tushlaringa qilgum yurish.
Seni desa ishon, menga mushkul emas
Oqayotgan daryolarni ortga burish.

Kulgich boʻlib joy olaman yanogʻingdan,
Lola boʻlib rang olaman dudogʻingdan,
Qarab turgin sanayman deb sogʻinchlaring,
Shak-shubhasiz adashasan sanogʻingdan!

Soʻzing boʻlib otilaman zaboningdan,
Yulduz boʻlib toʻkilaman osmoningdan.
Yetti kecha, yetti kunduz toʻy berarman,
Visol degan darak kelsa tamoningdan!

Sanchilaman xanjar boʻlib yuraginga,
Tomiringda koʻpiraman qoning boʻlib,
Sogʻinganda tiqilaman tomogʻinga,
Soʻng tananga taralaman joning boʻlib.

Yurar boʻlsang poying oʻpar garding boʻlib,
Yuragingda kishi bilmas darding boʻlib.
Oʻzga yorga koʻngil bersang baxting uchun,
Oʻz baxtidan kechurman men marding boʻlib!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

02 Nov, 15:07


* * *

Men shunday ketayki, bosgan izimdan,
Ohlar unib chiqsin, alamlar unsin.
Ortimdan termulgan nigohlaringa,
Sogʻinchlar oʻrgimchak inini qursin.

Men shunday ketayki, togʻdek gʻururing,
Sahroi Kabrga qumdek qoʻshilsin,
Mensiz kunlaringda kipriklaringa,
Pushaymon yoshlari toshdek osilsin.

Men shunday ketayki joning charh urib,
Tanangdan bir sokin maskan izlasin,
Senku kulib  yurib bahtiyorman de,
Koʻksingda mushtdek goʻsht tinmay boʻzlasin.

Men shunday ketayki, qilgan gunohing,
Har tun tushlaringa kirib qiynasin.
Bir lahza halovot topgan zahoting,
Uvolim chaqaloq boʻlib yigʻlasin.

Men shunday ketayki, keyin afsuslar,
Izingdan ergashib quvaversinlar,
Yursang ham, tursang ham koʻzing oldida,
Mening qarashlarim turaversinlar.

Men shunday ketayki...

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

01 Nov, 10:03


Yo, Xudo!
Bilurman, karaming kengdur,
Nolishdan yaralsa mudom nidolar,
Nonim bor, boshimda bordur panohim,
Alloh ayt, kechirsin meni gadolar.

Quchogʻim toʻldirgan nur diydalarim,
Oyogʻu-qoʻlim but, koʻzim charogʻon.
Nogiron, koʻzlari koʻrmaslarga ayt,
Meni kechirsinlar ular, Xudojon.

Magar faryod chiqsa koʻksimdan bir on,
Yonimda boʻlsa ham doʻst, yaqinlarim.
Balki kechirmassiz meni hech qachon,
Hastadil, hastaqalb musofirlarim!

Har zamon bir borib onam qoshiga,
Sogʻinch yaralarin kelsam koʻchirib.
Choʻmilib yurganlar armon yoshiga,
Onasi yoʻqlarim, qoʻying kechirib.

Oxirat kunini yiroq deb bilgan,
Men yolgʻon dunyoga oshiqman goʻyo!
Qarshingda yiqilib yotmay yuztuban,
Meni kechirsang bas, Xudoyo!

Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

31 Oct, 06:01


Bugun kuzning kayfiyati yoʻq,
Ertalabdan uygan qovogʻin.
Hazonlarni toʻkdi tun boʻyi,
Qoʻlga olib qaxr tayogʻin!

Kuzman axir, deydi doʻq urib,
Ohlaridan yaralar shamol.
(Qaysarligim uchun bahorlar turib,
Kuzda tugʻilganman, ehtimol!)

Bugun kuzning asabi tarang,
Nimanidir izlar betoqat.
Toʻzgʻib ketgan bogʻlarni qarang,
(Yolgʻiz menga farqi yoʻq faqat)

Bugun kuzning avzoyi buzuq,
Uy-uyiga quvdi hammani.
Poyondozlar sochdi yoʻllarga,
Erkalanib  kezib yurgani!

Bugun kuzning chimrilgan qoshi,
Nima boʻlgan unga, voajab!
Kulga oʻxshab borar yuragi,
Yonib bitgan hazonga oʻxshab.

Kuni bilan ana shu ahvol,
Kuz jaxldor boʻlib oladi.
Hazonlardan koʻrpa yopib soʻng,
Yigʻlab-yigʻlab uhlab qoladi.

✍🏻 Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

29 Oct, 20:12


Yoping hiyobonning eshiklarini,
Derazalarini yopib qoʻying tez.
Hazonga toʻldirib etaklarini,
Yalmogʻiz kampirdek kelayapdi Kuz.

Artilgan oynadek yaltirar anhor,
Qarovsiz qabrdek kimsasiz yoʻlak.
Muzqaymoqxonada yozning isi bor,
Hamma daraxtlarda tilla rang koʻylak.

Mungli moʻltiraydi skameykalar,
Sogʻinib oshiqlar pichir-pichirin.
Quyoshning nurlari mayin erkalar,
Yomgʻirlar ketarlar qasam ichirib.

Daraxtlar joʻr boʻlar armon kuyiga,
Barglarni ayamas qismat pakkisi.
Kuz esa hammani haydab uyga,
Argʻimchoq uchadi Shamol ikkisi.

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

27 Oct, 13:27


Yana senga otdilarmi tosh,
Yana senmi bo‘xtonga nishon.
Nega turgan bitganing bardosh,
Nega turgan bitganing vijdon?!

Kimsan o‘zi, odammisan sen,
Yo odamning bitta suyagi.
Pul topmasang, mehnat qilmasang,
Kimga ham bor sening keraging!

Tashla endi to‘rva xaltangni,
Tirnoq o‘stir, labinga qo‘sh lab.
Zora shunda har qalbi so‘qir,
So‘kolmasa seni taxqirlab!

Tunlar kechma uyqularingdan,
Bolamga deb tashmalama non.
Qaydan ma’ni topsin odamlar,
Tinmay ochaversa qorinjon!

Gunohing ne? Bilmaysanmi yo?
Aybing onang qiz qib tuqqani,
Yana bir kun sho‘rginang qurib,
Tanbalgina erga tekkaning!

Birov kelib so‘rarmi holing,
Orzularing so‘rarmi kimdir,
Nahot dunyo shunchalar zolim,
Bor alami faqat sendadir!

Kimga havas bozorma-bozor,
Qishda muzlab, yozda kuygani,
Hoy siz "ma’ni", "ma’no"lari bor,
Tilingizga joy yo‘q qo‘ygani.

Tovon yoriq, qo‘llari qadoq,
Tegma shunga, bag‘rini tilma!
Yaxshilikku qilolmaysanmi,
Jilla bo‘lsa yomonlik qilma!

Bilmaysanku minbardan turib,
Oddiy ayol dil dardlarini.
Balki piyoz sotib o‘tirib,
O‘qir Rumiy g‘azallarini?!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

24 Oct, 11:39


Bilasanmi nega ayrildik?!
Sabab sevar edim ziyoda.
Seni ishq otiga mindirib,
Oʻz qadrimni qoʻydim piyoda.

Bilasanmi ayrildik nega?!
Haq boʻlsam ham uzr soʻrardim.
Seni hoqon qilib dunyoga,
Men tizzamga choʻkib turardim!

Biz ayrildik, sababi seni,
Osmonlardan balandga qoʻydim.
Axir zarur boʻlsa oʻylamay,
Sen deb jondan kechgan boʻlardim!

Ayrilmoqlik qismat aslida,
Ozi shirin boʻlar asalni.
Parvardigor hukmi ostida,
Ichib, soʻngra qusding qasamni!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

22 Oct, 03:15


Koʻrdingmi, qoʻlimdan nimalar keldi,
Koʻrdingmi, koʻnglimga bora oldim zid!
Ichim zardob toʻla bir makon boʻldi,
Sirtimda bayramlar boʻldi bemavrid!

Qaraya, toʻkilmay qoʻydim yoʻlinga,
Yurakka zil-zambil yuklarni ortdim.
Oy boʻldim, uzilib tushdim qoʻlinga,
Quyoshdek ollanib qalbinga botdim!

Oʻziga oʻt qoʻyar insonga oʻxshab,
Yalang oyoq bilan choʻgʻlarni bosdim!
Har bir kipriginga bitta dor yasab,
Oʻzimni ming boʻlak qildimu, osdim!

Oʻtinchlar oʻtdilar, ilinjlar oʻtdi,
Devlarga yedirdim ozorlaringni!
Hamma rastalari buzilib ketdi,
Ishqni chaqqon sotgan bozorlaringni!

Qadrimni jarohat yerlarin bogʻlab,
Osmonga, sen yetmas yerlarga eltim.
Hajringda hastadil jonimni dogʻlab,
Tigʻli alamlarni ichimga yutdim!

Endi sen tomonga essiz bir qadam,
Biz birga biron yoʻl etmaydi davom.
Toʻgʻri, birozgina mushkul boʻlsa ham,
Seni sevmay qoʻydim, tamom-vassalom!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

19 Oct, 14:28


Baxtli bo‘larmidik bizlar ehtimol,
Bunchalar berahm bo‘lmasa qismat.
Javobin toparmi boqiy bir savol,
Qiziq, bormi o‘zi o‘sha muxabbat...

Avval ishq yaralgan, va yoki osmon,
Yana o‘sha jumboq, yana shu savol.
Yurak qayerda deb yashardim hamon,
Dudog‘ing bunchalar bo‘lmaganda ol...

Kimning siqib suvin ichardi xijron,
Men sho‘rlik dunyoga kelmaganida.
Tomoqqa tiqilmay turarmidi jon,
Ko‘zingni jodusi bo‘lmaganida.

Sevmasam bo‘lmasding baxtimga vatan,
Baxtsizlik neligin anglamasdim lek,
Dunyoning haybati olinmasdi tan,
Tubsizlik bo‘lmasa kulgichlaringdek.

Visoling yo‘lini to‘siqlari zich,
Oshiqlar baloga qolganlar doim.
Eng baland avjini bilmasdi sog‘inch,
Seni yaratmasa edi Xudoyim...


✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

16 Oct, 07:00


Senga yetsam,
Baxtdan oʻlib qolsam kerak,
Yulduzlar duv yogʻilsalar kerak koʻkdan.
Shodlik sigʻmay, yorilay deb ursa yurak,
Tomirlarda toʻfon turib ketsa shul dam.

Senga yetsam, rahm aylab Parvardigor,
Yakun yasab ming asrlik nolishimga.
Koʻzlaringa koʻzim tushgan zaxot bir bor,
Kim kafolat berar omon qolishimga?!

Senga yetsam,
Toshlar mumdek erib oqib,
Gullar unsa koʻksimdagi tikanlardan
Quvonchlarim koʻzlarimda olov yoqib,
Yongʻin olib ketmasmikan dilni birdan?

Men oʻz qadrin bilolmagan bir betayin,
Muzyurakdan ishq tilangan xor tilamchi,
Senga yetgach,
Moʻjiza roʻy bergach, Keyin,
Seni mudom sogʻinmoqni sogʻinsamchi?!

Qoʻy, yaxshisi shu ahvolda yuraveray,
Suratlardan kulib qarab turaver jim.
Baxtdan balki oʻlib qolish mumkindiru,
Sogʻinchlardan oʻlgan emas hali hech kim!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

15 Oct, 06:58


Men oshiqqan Dunyo shumidi, ona,
Shumidi yorugʻ deb nom olgan makon.
Koʻrdimku, odamlar zulmlar aro,
Zulmatlar ichida saqlayapdi jon.

Men oshiqqan dunyo shumi, onajon,
Chirkin havosidan boʻgʻzim kuyyapdi.
Bir yuzda ikkita afti borlari,
Mening nafasimni toʻsib qoʻyyapdi.

Borib yoʻqlamaydi jigarni jigar,
Qoʻli quruqlarga uzatmaslar qoʻl.
Shumidi odamlar qiyomat qadar,
Bir-birin qulatib ketayotgan yoʻl.

Shumidi, onajon, Dunyosi shumi,
Kelganlar ketarin qoʻygan unutib.
Xaqning xuzuriga borsa boʻlarmi,
Shaytonning qoʻlini, yoʻlini tutib.

Odamni qirishga oshiqsa odam,
Och qolgan kimsani koʻrmaydi toʻqlar.
Faqat vaʼz oʻqisa qilarkan alam,
Oriyat haqida nomusi yoʻqlar.

Men oshiqqan dunyo shumi, onajon,
Aytmagan edingmi oqu-qorasin.
Kim pulga choʻmilib yuradi handon,
Kim ichga yutadi mudom nolasin.

Men oshiqqan dunyo shumidi ona...



✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

13 Oct, 10:43


Koʻnglim koʻchasida boshlandi yomgʻir,
Uvishgan tuygʻular panoh istaydi.
Qaniydi holimni koʻrsayu kimdir,
Kelib soyabonin ochsaydi!

Koʻnglim koʻchasida boshlandi yomgʻir,
Yurak bulut bosgan tunga oʻxshaydi.
Qoʻlida fonusin koʻtarib kimdir,
Yoʻlimni charogʻon etib tursaydi.

Koʻnglim koʻchasida boshlandi yomgʻir,
Shalabbo ust boshim, vujud qaqshaydi.
Uyning eshiklarin ochgancha kimdir,
Mening kelishimni kutib tursaydi.

Koʻnglim koʻchasida boshlandi yomgʻir,
Uvishgan tuygʻular panoh istaydi.
Qaniydi, holimni sezsayu kimdir,
Kelib, soyabonin ochsaydi...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

13 Oct, 08:50


https://www.instagram.com/reel/DBDuaGxMBJc/?igsh=c2phYjd2bjh5MzUy

Malika Tavfiq Sheʼriyati

12 Oct, 13:13


Malika Tavfiq Sheʼriyati:
Joylangan She'rlarda Reaksiyalar judayam kam🥹
Aktevlikni tushurmaylik doʻstlar

Malika Tavfiq Sheʼriyati

12 Oct, 13:03


SENI QANChA SUYSAM...

Seni qancha suymoqlik mumkin,
Qancha suymay, koʻnglim toʻlmaydi.
Achchiq sogʻinchingni amallaymanu,
Ammo visolinga chidab boʻlmaydi!

Huzuringda  shamday porpirab,
Titroqlarim boʻladi oshkor.
Nigohlaring turar jon soʻrab,
Boʻylaringda lol etar viqor!

Sogʻinchingda yashash osonroq,
Koʻrsam, mutloq boʻlaman ado.
Seni yasash uchun olganda tuproq,
Jannatni bogʻidan olganmi Xudo?

Soʻzlaring xanjardek, hayot yo mamot,
Ovozing eshitsam, kalimam unut!
Koʻzinga bir bora toʻqnashgan zaxot,
Qoyadan oʻzini tashlaydi burgut!

Yoqimli sabrla diydor kutmoqlik.
Shirin kulchasini kutgan bolaman.
Kelsang, salominga olaman alik,
Soʻngra  qochgani joy izlab qolaman!

Choʻgʻdek lovullaydi ikki yanogʻim,
Zumda kulamanu, zum oʻtmay homush.
Mashaqqat yoningda bir zum turmogʻim,
Biron nima demoq eng ogʻir yumush!

Seni qancha suymoqlik mumkin,
Qancha suysam kamga oʻxshaydi...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

11 Oct, 17:34


Mening osmonimning rangisan moviy,
Koʻnglimning hush ifor nastarinlari.
Hayotim uzundan-uzoq tun boʻlsa,
Sen uning munavvar, yorugʻ kunlari.

Sen Olloh tomondan yuborilgan baxt,
Sen dardsan tabiblar shifo topmagan.
Kuz kelib boʻlganda gullagan daraxt,
Va yo ishq, yuzidan hech kim oʻpmagan.

Sen rashksan, pichoqdek koʻksimga botgan,
Va yana yashashga berilgan imkon.
Men yerman poyingda yastanib yotgan,
Sen esa osmonsan, moviy rang osmon!

Sen choʻgʻsan, uchquning boshimga balo,
Hoʻl-quruq bagʻrimda barobar yongay.
Dutordan taralgan navosan, navo.
Va yo munojotni kuylayotgan nay!

Kimsan?
Sen koʻnglimning nafis tuygʻusi,
Toʻfonsan, borimni koʻkka sovurgan.
Shirin jonginamning achchiq qaygʻusi
Otashsan, sabrimni toʻgʻrab, qovurgan.

Taʼmi tilni yorgan totli bir tuygʻu,
Hammadan yaxshisan, hammadan yomon!
Kimliging unchalar muhim emasu,
Sensiz yashamogʻim aniq dargumon!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

08 Oct, 16:04


Shunchalar yoʻqsanki, har soniyamda,
Sogʻinching ming bora olar jonimni.
Ammo bir umrga alishmayman men,
Oʻsha azob bilan oʻtar onimni!

Shunchalar yoʻqsanki, koʻrgan kunimning,
Bahoru-yozida birdek yogʻar qor!
Hoh ishon-ishonma xijron yurtining,
Faqat menga qular osmonlari bor!

Shunchalar yoʻqsanki, qayga yuz tutmay,
Qay gulga boqsam ham sening iforing.
Qanchalar voz kechmay, qancha unutmay,
Tinmay tutaverar meni xumoring!

Shunchalar yoʻqsanki, ismingni aytib,
Borliqni boshiga koʻtarar shamol.
Bir kuni dunyoga kelsam men qaytib,
Seni zor izlashim koʻproq ehtimol!

Shunchalar yoʻqsanki, biron soʻz uqmay,
Seni soʻrayverar bebosh yuragim,
Shunchalar yoʻqsanki Xudodan boshqa,
Hech kimga yoʻq endi mening keragim!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

07 Oct, 12:15


Har lahzangda, har daqiqangda,
Har oningda boʻlmoqligim shart!
Ishqing bilan hastadurman men,
Va sen bilan malham topar dard.

Tonglar, kunlar, subhlar, shomlar,
Vaqting bormi, yoʻqmi, qiziqmas.
Gar holimdan xabar olmasang,
Bil, holinga qilmayman havas!

Ishda, uyda, qayerda boʻlmay,
Mustar etar bir shirin kalom.
Eslamasang arazlab qolmay,
Sen keraksan, tamom-vassalom.

Sogʻinchlaring yamlab yutmasin,
Vaqtim yoʻq deb qoʻyma nogohon.
Dunyoni oʻt olib ketmasin,
Jang-jadalda qolmasin jaxon!

Kunda yuz bor qilgin qoʻngʻiroq,
Xabarlaring kelsin tinimsiz.
Zulmat degin sen berar firoq,
Hayot emas hayot seningsiz!

Menga yetmay qolmasin havo,
Hijron degan ogʻuni tatib.
Yaxshi koʻrsang, koʻr telbanamo,
Sevasanmi, sev qoyillatib!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

05 Oct, 09:48


https://www.instagram.com/reel/DAvOikoMr03/?igsh=MXVjMDF5aGY0NDU3dg==

Malika Tavfiq Sheʼriyati

04 Oct, 17:08


Kechir!
Seni demoq asli jinoyat!
Gunoh tunlardagi sirli hayoling!
Bilaman, sevasan uni bag‘oyat,
Seni ham jon qadar suyar ayoling!

Kechir!
Noshudgina baxti qaroni!
Achinma, achinsang yanchilaman chin.
Ishonsang, o‘rtaga qo‘ydim Xudoni,
Tirikman dunyoda borliging uchun!

Kechir!
Va amin bo‘l,
Umidlar bejon,
Qachonlar qismatla tuzganmiz bitm!
Faqat bermayapsan o‘lishga imkon,
Borsanki tugamay borar hayotim!

Kechir!
Tilamayman senga zarra g‘am,
Soyam to‘kilmaydi umr yo‘linga.
Netayki yuragim yasagan Egam,
Mendan ijozatsiz bergan qo‘linga!

Kechir,
bir gadoni, kunda tilangan!
Eshiging zulfiga sho‘rlik ishqiboz.
Jilla sabr qilsang, bari o‘lchangan,
Oz qoldi azizim, ishon, juda oz!

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

01 Oct, 13:53


Koshki bilmasaydim sening borliging,
Koshki begonalar boʻlsaydik mutloq.
Ammo, oʻrtayverar bevafoliging,
Jondek azizliging qiynaydi biroq!

Koshki topolmagan boʻlsayding izlab,
Koshki xotiramdan ketsayding oʻchib.
Shunday boʻlishini bilsaydim...
Yigʻlab,
Sening sayyorangdan ketardim koʻchib.

Oʻsha kun davonda yopilsaydi yoʻl,
Lola sotuvchiga tushmay nigohing.
Yomgʻir yogʻib qolsa, yogʻsamidi doʻl,
Lashkar tortmasaydi qalbga sipohing!

Oʻsha kun tomogʻing boʻlsayu hasta,
Ovozing eshitib boʻlmasaydim lol.
Endi nima qilsang, qilginu, asta,
Oʻzingni qalbimdan oʻchirtirib ol!

Qaniydi, sen erta kelib dunyoga,
Meni soʻramasa edi Xudodan onam.
Qaniydi, mendek shu baxtiqaroga,
Sen hali tugʻilmay tutilsa motam.

Endi kech...
Foydasiz...
Boʻlar ish boʻldi,
Ishonsang, Allohga koʻrdim yalinib.
Chashmi-javlonimdan bir daryo toʻldi,
Va men qarmogʻinga qoldim ilinib.

Biron bir rejamda yoʻq edi bu ish,
Boshim balolarga yoʻq edi istak.
Sogʻinib yashashdek eng ogʻir yumush,
Bundan ortiqroq baxt boʻlmasa kerak!

Endi kech...

✍🏻Malika Tavfiq

Malika Tavfiq Sheʼriyati

28 Sep, 17:51


Sevgingiz sevgi emas, ko‘ksim teshgan o‘qmidi,
Zulmlarning ko‘zi och, armonniki to‘qmidi.
O‘ynab-o‘ynab bir kuni uloqtirib ketarga,
Mening ko‘nglimdan bo‘lak sizga ermak yo‘qmidi.

Alvon-alvon olovlar kul qoldirib o‘charmi,
Muxabbat qushmidiki, bir qo‘nib, bir ucharmi.
Yigit deganning asli qasamin qadri qancha,
Yo labzini bemalol oddiy suvdek icharmi.

Ko‘ksim to‘la alamlar, sira so‘nay demaydi,
Olov yoqqan kimsalar kuygan g‘amin yemaydi.
Bahosi yo‘q ishq edi, pullab arzon-garovga,
Zargardan boshqa birov zar qadrini bilmaydi.

Bu ne dardki, og‘rig‘i, tugamasmi, bitmasmi,
Sog‘inchlarning azobi jondan o‘tib ketmasmi,
Yerda yotgan hasning ham so‘rog‘i bor, so‘rog‘i,
Sizga yetmas nolalar bir kun Xaqqa yetmasmi.

Aybimizga iqrormiz, ixtiyorni berdik boy,
Ko‘nglingizdan topmadik, ko‘nglimizni qo‘yar joy.
Siz ozodsiz, biz esa, asirlikka olindik,
Xokisor ishq oldida javobgarmiz hoynaxoy.


✍🏻Malika Tavfiq