KINO INSAYDER @kino_insayder Channel on Telegram

KINO INSAYDER

@kino_insayder


Biz bilan Kino dunyosiga va dunyo kinosiga sayohat qiling.



Reklama: @kinoinsayder_reklama_uz

KINO INSAYDER (Russian)

Добро пожаловать на канал KINO INSAYDER! Этот канал посвящен миру кино и всему, что с ним связано. Здесь вы найдете свежие новости о киноиндустрии, обзоры фильмов, интересные факты о любимых актерах и режиссерах, а также рекомендации по просмотру. KINO INSAYDER - это место, где истинные ценители кинематографа могут обсуждать свои любимые фильмы, делиться впечатлениями и получать новую информацию о кино. Присоединяйтесь к нам и окунитесь в увлекательный мир кино вместе с KINO INSAYDER!

KINO INSAYDER

10 Feb, 18:08


Jessi Garsiya va Uill Yun Li Kristofer Nolanning "ODISSEY" filmining aktyorlar tarkibiga qo'shilishdi.

Shuningdek, filmda Tom Holland, Zendaya, Enn Heteuey, Mett Deymon, Jon Berntal, Benni Safdi, Sharliz Teron, Lupita Nyongo, Jon Leguizamo, Elliott Peyj va Robert Pattinson kabi aktyorlar ham rol o'ynaydi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 03:04


Aktrisa Helli Beyli rejissor Kristofer Nolanning "ODISSEY" filmi aktyorlar tarkibiga qo‘shilish uchun muzokaralar olib bormoqda.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:47


Bred Pitt ishtirokidagi "F1" filmidan yangi tizer.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:47


Super Boulga Dinozavrlar ham tashrif buyurishgan.

"YURA DAVRI DUNYOSI: QAYTA TUG‘ILISH" filmidan Super Boul uchun tizer treyler.



@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:45


"UDDALAB BO‘LMAS TOPSHIRIQ: YAKUNIY HISOB" filmidan Super Boul uchun tizer.

Moxir josus o‘z dushmanlaridan tashqari 23-may kuni kinoteatrlarda Stichga qarshi kassada ham kurash olib boradi.



@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:41


Rasmiy poster.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:39


Buzg‘unchi Stich Super Boul musobaqasida kichkina buzg‘unchilik qildi!

"LILO VA STICH" jonli filmidan Super Boul uchun maxsus tizer.


Premyera 23-mayda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:35


"AJDAR O‘RGATUVCHILAR" jonli filmidan Super Boul uchun maxsus tizer.

Katta treyler Chorshanba kuni taqdim etiladi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:32


Rasmiy posterlar.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:27


Ular Qasoskorlardan kam emas!


"MOMAQALDIROQLAR" filmidan bugun bo‘lib o‘tgan Super Boul musobaqasi uchun yangi treyler.


Premyera 3-mayda.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

10 Feb, 02:03


Kimikoning Tug'ilgan Kuni🎉

Bugun aktrisa Karen Fukuhara 33 yoshga to'ldi. Uni O'z Joniga Qasd Qilish Guruhi filmidagi Katana roli bilan ham taniymiz

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

09 Feb, 15:59


Ba’zi filmlar borki barcha u filmlarni maqtaydi,muhokama qiladi. Ammo hechkim u filmlarni overrated (ortiqcha baholangan) demaydi,deyolmaydi. Misol uchun Whiplash.

Yana qanday shunaqa misollar bor?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

09 Feb, 09:01


BIZ YANA QAYTDIK!

Tarantinoning "JIRKANCH SAKKIZLIK" filmining rasmiy treyleri ilk bor o'zbek tilida, professional dublyajda.

Bir qancha vaqt tanaffusdan keyin Kino Insayderning dublyaj ishlari yana qaytdi! O‘tgan yilgi odatga sodiq qolib, bu yilgi ilk dublyaj loyihamizni rejissor Kventin Tarantinoning "JIRKANCH SAKKIZLIK" filmi bilan boshladik. Film haqida: Qor bilan qoplangan cheksiz kenglik, shubha va yolg‘onga to‘la boshpana.
Amerika fuqarolar urushi davrida, bo‘ron ichra bir boshpanada bir guruh musofirlar to‘planadi. Har biri o‘z sirlarini yashirgan, har biri nimanidir kutmoqda. Biri do'st, biri dushman. Xoyinlik, zo‘ravonlik va qonli kecha. Tarantinoga xos uslubda qurilgan keskin dialoglar, g‘ayrioddiy qahramonlar va hayratlanarli burilishlar.

Samuel L. Jekson, Kurt Rassell, Maykl Medson, Tim Rot va boshqa mahoratli aktyorlar ishtrokidagi Tarantinoning durdonasini o'zbek tiliga professional dublyaj qilinishiga o'z hissangizni qo'shing.

Filmni dublyaj uchun donat yig'ish ishlari boshlandi. Dublyaj uchun o'z hissangizni qo'shib, maxfiy kanalga qo‘shilish uchun 20.000 so‘m to‘lov qilishingiz lozim.

💳 To‘lov uchun:

8600530462002497 R/S

To‘lovni amalga oshirgach,
@Nurbek_Insayder yoki @TheDarkBat ga chekni yuboring va sizga maxfiy kanal havolasi beriladi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

08 Feb, 18:18


"SHYOGUN" serialining 2-mavsumini ssenariysi yozib bo‘lindi.

"Biz 10 qismni tugatdik va endi finalimiz ham tayyor."


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

08 Feb, 18:14


J.K. Simmonsdan Omni-Man Homelander yoki Superman bilan jang qilsa g‘alaba qozona oladimi deb so'rashganda:

“Men Superman va Homelander bilan bemalol olishaman! Bir qo‘lim bilan bittasini, ikkinchisi bilan boshqasini ushlab, ketlarini yirtaman”


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

14 Jan, 02:41


"FANTASTIK TO‘RTLIK: BIRINCHI QADAMLAR" filminig ilk rasmiy treyleri "KAPITAN AMERIKA: JASUR DUNYO" filmining Jahon premyerasi tadbirida namoyish etiladi.

Ilk tizer Super Boul musobaqasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

14 Jan, 02:36


"MOMAQALDIROQLAR" filmidan yangi promo art.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

14 Jan, 02:36


Los-Anjelesdagi yong‘inlar sabab OSKAR ga nomzodlarni e‘lon qilish 23-yanvar kuniga ko‘chirildi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 17:39


#Game_fakt #Fakt

Fallout 3 video o'yinida xarakatlanuvchi metro simulyastiyasi mavjud. Qiziq tomoni video o'yin yaratuvchilari o'yinga metroni qo'shishni juda qattiq xohlashganu, o'sha vaqt texnologik cheklovlar sabab buni qanday kodlashni bila olishmagan. Shu tarzda ular ushbu muammoni o'ta kreativ usul bilan xal qilib, relislar bo'ylab metro vagonini emas, balki baxaybat vagon ko'rinishidagi bosh kiyim kiyib olga NPC personajni yugurtirishga qaror qilishgan.
Qolgani esa tarixga havola...🎩🚶


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 17:15


Xabarlarga qaraganda Evan MakGregor "ASOKA" serialining ikkinchi mavsumida Obi-Van Kenobi roliga qaytadi. Agar bu rost bo‘lsa Hayden Kristensen Enekin Skayuoker roliga qaytishadi va serialda yana Klonlar urushiga oid fleshbek saxnalarni ko‘ramiz.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 17:01


Lukasfilm yangi ikkita "YULDUZLAR JANGI" animatsion seriallarini ishlab chiqarmoqda!

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 16:59


Aktrisa Ariana Grinblatt "ASOKA" serialining ikkinchi mavsumida yosh Asoka roliga qaytadi!


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 16:55


Xabarlarga ko‘ra "GERKULES" jonli filmida Gerkules rolini aktyor Pol Meskal ijro etishi mumkin.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 16:52


Xabarlarga ko'ra Disney yana bir jonli "QIROL SHER" spinoff loyihasi ustida ishlamoqda.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 16:46


"KAPITAN AMERIKA: YANGI DUNYO" filmining premyerasiga bir oy qoldi.

Kutyabsizmi?


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 16:41


"BORDERLINE" filmidan ilk poster. Triller janridagi ushbu filmda Samara Uiving va Rey Nikolson bosh rollarni ijro etishgan.

Film syujeti mashhur pop yulduzining uyiga, uni telbalarcha sevgan muxlisni, bostirib borishi haqida so'zlaydi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

13 Jan, 13:36


Kanalda yangi video
https://youtu.be/22vme1k_ee4

KINO INSAYDER

12 Jan, 13:42


#kinotavsiya

Moychechak (2006)
IMDb: 7,4
Rotten Tomatoes: 79%


Koreya kinematografiyasi rang-barangdir. Koreys ijodkorlari har bir janrda ajoyib film suratga olishni uddalaydi. Men esa bugun 2006 - yilda suratga olingan uncha mashhur bo'lmagan "Moychechak" filmini tavsiya qilmoqchiman.

Film voqealari Amsterdamda sodir bo'ladi. Yung Shi ismli rassom qiz bobosining noyob mollar do'konida bobosiga yordam beradi. Bo'sh vaqtlarida esa qiz shahar xiyoboniga borib, insonlarning suratini chizadi. Kunlardan bir kuni Yung Shi oldiga Jong Vu ismli erkak kelib, qizdan uning suratini chizib berishni so'raydi...

Filmning syujeti va muhiti tomoshabinni zeriktirmaydi. Moychechak bilan burkangan chiroyli dala, yomg'irli ob-havo va yoqimli mumtoz musiqalar filmga juda ham mos tushgan. Agarda siz yakshanba kuni horror yoki triller janridan uzoq, romantik film ko'rishni rejalashtirmoqchi bo'lsangiz, bu film ayni siz bop.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

12 Jan, 06:28


Endi Musketti "FLESH" filmi muvaffaqiyatsizlikka uchrashining sabablarini tushuntirdi:

"Boshqa sabablardan tashqari, bu film barcha 4 kvadrant auditoriyaga (erkak, ayol, yosh, qari tomoshabinlar) yoqadigan darajada mos emas edi. Shunga muvaffaqiyatsizlik yuz berdi.

Agar siz film uchun 200 million dollar sarflasangiz, Warner sizning buvingizni ham kinoteatrga olib kelmoqchi bo‘ladi. Shaxsiy suhbatlardan bilib oldimki, ko‘plab odamlar, ayniqsa ikki ayol auditoriya, Flesh xarakteriga qiziqish bildirishmadi. Bu esa filmga qarshi esgan shamoldek ta’sir qildi."


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

11 Jan, 18:38


"SHREK 5" va "MUZLIK DAVRI 6" animatsion filmlari 2026-yilning dekabr oyida premyera qilinadi.

Sizningcha qaysi filmga ko'proq omad kuladi?


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

11 Jan, 18:27


"QIROLLAR QIROLI" animatsion filmidan ilk rasmiy treyler.

Film Charls Dikkens o'z o'g'liga Iso Masihning hayotini tasvirlashi haqida hikoya qiladi.

Premyera 11-aprel kinoteatrlarda.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

11 Jan, 17:21


YouTube kanalimizda 2 ming obunachiga erishdik! Bizni kuzatib, qo‘llab-quvvatlayotgan barcha obunachilarimizga katta rahmat! 🎉

YouTube kanalimizga qo‘shilish uchun:
https://youtube.com/@kinoinsayder?si=_X6NWYboel8Re5bs


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Jan, 14:50


TROPIC THUNDER (2008) FILMINI O'ZBEK TILIDA PROFESSIONAL DUBLYAJDA TOMOSHA QILING

Tropic Thunder — 2008-yilda Ben Stiller tomonidan suratga olingan komediya va parodiya janridagi film. Filmda Gollivudning bir guruh aktyorlari haqiqiy urush zonasi markazida qolib ketganini ko'rasiz. Ular buni avvaliga shunchaki film suratga olish jarayoni deb o'ylaydi, ammo haqiqat ular kutganidan butunlay boshqacha chiqadi. Film tomoshabinni kutilmagan voqealar, kulguli vaziyatlar va o‘tkir satira bilan o‘ziga jalb qiladi. Film kino sohasidagi stereotiplarni ham o‘tkir tanqid qiladi.

Filmdagi har bir aktyor – Ben Stiller, Robert Dauni Jr, Jek Blek, Tom Kruz va boshqa aktyorlar ham o‘ziga xos qahramon yaratishgan. Ayniqsa, Robert Dauni Jr o‘zining o'zgacha va jasur roli uchun Oskar nominatsiyasiga nomzod bo'lgan.

IMDbda 7.0 ball bilan yuqori baholangan va dunyodagi eng yaxshi komediya filmlardan birini o'zbek tilida tomosha qilish sizga kulgu va o'zgacha tajribani taqdim etadi.

Tepadagi videoda filmdan parchani tomosha qiling.

Ushbu film allaqachon bizning maxfiy kanalimizga joylangan. Filmni tomosha qilish va maxfiy kanalga qo'shilish uchun 20.000 so'm to'lov qilish lozim.

To'lov qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

💳
8600530462002497 R/S

To‘lov qilib bo‘lgach, adminlarimiz
@MenGrutman va @Nurbek_Insayder ga cheklarni yuboring va sizga maxfiy kanal havolasi beriladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Jan, 09:58


Oʻzbek filmlarini kelajagi qanday bilmadimu ammo shonli oʻtmishi bor...

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Jan, 08:02


#qiziqarli

"Egrilik Sari" serialidagi Uolter Uaytning uyi 4 million dollarga sotilmoqda.

Talabgorlar bormi 😁

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Jan, 08:00


Xabarlarga koʻra Mr. Freeze "Betmen: 2-Qism" ning asosiy yovuzi boʻladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 18:10


2024 yilda top 10 eng koʻp qaroqchilik yoʻllari orqali koʻrilgan televizion seriallar:

1. Ajdarho Xonadoni
2. Yigitlar
3. Syogun
4. Arkeyn
5. Pingvin
6. Fallout
7. Richer
8. Silo
9. Dyuna: Bashorat
10. Halo

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 14:18


Izox yo‘q....


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 14:15


Mana o'sha kino sahnalar ichra Oskarga munosib topilgan yagona Kino Lahza.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 13:58


#Kino_fakt

"ZAK SNAYDERNING ADOLAT LIGASI" filmidagi Fleshning vaqtni teskari aylantirib dunyoni saqlab qolish sahnasi 2022-yilgi Oskar marosimida "Tomoshabinlarning Eng Sevimli Lahzasi" nominatsiyasida Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan. Ushbu mukofot Akademiya tomonidan birinchi marta 2022-yil uchun maxsus joriy qilingan bo‘lib, unda Akademiya a'zolarining ovozlari bilan emas, oddiy kino muxlislarining bergan ovozlari orqali aniqlangan.

Fleshning yugurish sahnasi kuchli dramatik effektlari, hayratlanarli vizual tasviri va Snayderning muxlislari sabab, "Matrisa" filmidagi Neoning o‘qlardan qochish sahnasi, "Qasoskorlar: Intiho"dagi Qasoskorlarning Tanosga qarshi birlashish sahnasi hamda "O‘rgimchak Odam: Uyga Yo‘l Yo‘q" filmidagi uch O‘rgimchak Odamning birlashish sahnasini ustidan g'olib chiqqan.

Fleshning yugurish sahnasi nafaqat Zak Snayder ijodidagi cho‘qqi deb ta'riflandi, balki kino tarixida o'chmas iz qoldirdi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 08:14


Netflixning eng omadli seriallaridan biri hisoblanmish 'Gʻalati Narsalar' seriali rasman bu yili oʻz yakuniga yetadi.

Shunga qaramasdan keyinchalik maxsus spin-off va sikvel loyihalar ishlab chiqarilishi mumkin.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

03 Jan, 07:55


#birthday

Aktrisa Florens Pyu bugun oʻzining 29 yoshini qarshi oldi.

P/S: sizga Florens Pyu rol oʻynagan qaysi film koʻproq yoqadi?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

29 Dec, 10:25


Assalomu alaykum aziz obunachilar Kino Insayder va uning donatorlar jamoasi Yangi yil bayrami munosabati bilan bizning kanal tomonidan professional Ustoz aktyorlar ishtirokida dublyaj qilingan filmlarga katta chegirma e‘lon qiladi.

Bizning kanal tomondan dublyaj qilingan:

JINOIY ASAR
12 JAHLDOR ERKAK
DYUNA 2
QO‘ZICHOQLAR SUKUNATI
TAXI DRIVER
DEDPUL VA ROSOMAXA


Filmlari uchun 50 ming so‘m to‘lab barchasini tomosha qiling.

(Eslatib o‘tamiz avval har bir filmga donat qilish 20 ming so‘m edi. Hamma filmni sotib olish 120 ming bo‘lar edi)


Chegirma tugashiga 1 kun qoldi!

Ulgurib qoling.

Donat qilish uchun karta raqami:

💳
8600530462002497 R/S

Donat qilib bo'lgach adminlarimiz
@MenGrutman va @Nurbek_Insayder ga cheklarni yuboring va sizga maxfiy kanallar havolasi beriladi.

Diqqat chegirma vaqtida bittalab kinolarga to‘lov qabul qilmaymiz eng kamida 3 ta filmga 35 ming yoki 6 ta filmga 50 ming donat qilishingiz mumkin!!!


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

29 Dec, 09:09


https://www.youtube.com/watch?v=VVCKW51OGi0

KINO INSAYDER

29 Dec, 00:36


“Kalmar Oʻyini” serialining 2-mavsumini ham koʻpchilik koʻrib boʻldi. Serial haqida hamma har xil fikrda boʻlsada, ikki narsada ular haqiqatan ham ajoyib yurish qilishdi. Birinchi yurish bu “ The Salesman” nomi bilan tanish personajga e’tibor, uning shaxsiyatiga chuqur qarash boʻldi. Uning idealogiyasi ham dialogiyasi ham Kalmar Oʻyinining mohiyati nima degan savolga zoʻr javobdek edi. Umuman olganda u bilan bogʻliq barcha sahnalar serial muxlislariga eng yoqqan narsalardan biri boʻldi.

Serial ijodkorlaridan ikkinchi ajoyib yurish esa bu albatta 001 edi
. Bu fishkani ular 1-mavsumda ham takrorlagan boʻlsalarda, 2-mavsumda ham ushbu yurishning qilinishi men uchun kutilmagan boʻldi.

Xoʻsh, “Kalmar Oʻyini” 2-mavsum haqida boshlangʻich fikrlaringiz qanday?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

28 Dec, 15:37


https://youtu.be/ZPEtHoWMmPo?si=6dAk9dlipDVjWDKq

KINO INSAYDER

27 Dec, 18:44


Rayan Kuglerning "GUNOHKORLAR" va Bong Jun-honing "MIKKY 17" filmi premyera sanalari bir-biriga almashtirildi.

"MIKKY 17" — 7-mart
"GUNOHKORLAR" — 18-aprel

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 17:12


"BETMEN 2" filmining premyerasi 2026-yildan 2027-yilning 1-oktyabriga qoldirildi.

Suratga olish ishlari 2025-yil yozda boshlanadi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 16:07


"MUFASA: QIROL SHER" filmi 200 million dollar byudjet bilan hozirda dunyo bo‘ylab xuddi shuncha kassa yig'di.

Solishtirish uchun, o'tgan qismning kassasi 1 mlrd 660 mln $.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 15:49


Rayan Kuglerning "GUNOHKORLAR" nomli vampir triller filmidan yangi tizer.

Bosh rollarda Maykl B. Jordan, Heyli Stenfild.

Premyera 7-mart.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 15:45


Insayder Daniel ma'lum qilishicha, "KUNG FU PANDA 5" filmi hozirda ishlab chiqarilish bosqichida.

P.s. Beso'naqay Pandaning navbatdagi sarguzashtlarini kutyabsizmi?)

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 15:40


Xabar qilinishicha, Kristofer Nolanning "ODISSEY" filmi rejissorning karyerasi davomidagi eng qimmat filmiga aylanadi.

Hozircha, "QORA RITSAR: AFSONANING QAYTISHI" filmi rejissorning eng katta byudjetli filmidir.

Premyera 2026-yil 17-iyul.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 15:25


"KALMAR O'YINI" serialining yakuniy 3-mavsumi kutilganidan tezroq, 2025-yil yoz yoki kuz oylarida premyera qilinadi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 15:23


Xabarlarga ko'ra, Endi Muskettining "BETMEN: JASUR VA MARD" filmi ozgina kechroqqa surilgan.

Rejissorning ma'lum qilishicha, u filmdan oldin boshqa film ustida ishlamoqda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

27 Dec, 11:44


Oʻzbek kinosining shedevr komediya filmi hisoblangan “Kelinlar Qoʻzgʻoloni” filmini koʻrmagan inson boʻlmasa kerak. Ajoyib rejissor Melis Abzalov bu filmni 1984-yilda Said Ahmadning shu nomli asari asosida suratga olgan. Koʻpchilik qatori men ham bu filmni shunchaki oddiy komedik film deb oʻylardim. Ammo unda katta ramziylik borligini keyin tushinib yetdim. Filmda 7 oʻgʻil va 7 kelin bor boʻlib ular jami 14 kishi. Qaynona Farmonbibi bilan ular 15 kishini tashkil qiladi. Sobiq Sovet hukumatida ham 15 davlat bor edi. 14ta oʻgʻil kelin - mustamlakalarga , Farmonbibi esa Markaz( Rossiya)ga qiyoslangan. Farmonbibini hamma narsani nazorat qilishga intilishi Markaz(Rossiya)ning hokimiyatiga ishora hisoblanadi. Ushbu ramziylik chuqur yondashuv edi.

Xoʻsh, siz ham Kelinlar Qoʻzgʻolonidagi bunday ramziylikka qoʻshilasizmi?

KINO INSAYDER

07 Dec, 15:49


Bundan 6 yil avval 7-dekabr kuni "QASOSKORLAR: INTIXO" filmining ilk treyleri chiqqan edi.

Bu treyler yurtimizda Marvel kino olamiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshishiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan edi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 15:02


Oltin davr ❤️

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 12:19


Mett Rivzning “Betmen” olamiga kiruvchi “Pingvin” seriali yil oxirida kutilmaganda ijtimoiy tarmoqlar va reyting platformalarini portlatib yubordi. Oʻrtacha chiqishi kutilgan bu serial nega buncha olqishlarga sabab boʻlmoqda? Hozir shu haqida

Day 2 — Pingvin.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 09:23


Uayt Rassell rejissor Stiven Spilbergning NUJ haqidagi film aktyorlar tarkibiga qo‘shildi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 09:21


Filippa Boyensning xabar qilishicha agarda "ROHHIRIM UCHUN JANG" animesi va "GOLUM UCHUN OV" filmi omadli chiqsa O‘rta Yer olami uchun yangi trilogiya yaratilishi mumkin.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 09:18


Aktyorlar Mark Strong va Mark Raylens "GARRI POTTER" serialida Dambldor roliga asosiy davogarlik qilishmoqda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

07 Dec, 03:54


Tinib-tinchimagan muxlislar Warner Bros. binosining ro'parasiga #ReleaseTheAyerCut heshtegini qo‘llab-quvvatlovchi rasmlar va videolar bilan to‘ldirilgan yuk mashinasini qo‘yib, o‘z noroziliklarini namoyish qilishdi.

Ular bu bilan, Warner Brosni rejissor Devid Ayerning "O'Z JONIGA QASD QILUVCHILAR OTRYADI" filmining asl versiyasini chiqarishga undashmoqchi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 11:07


KINO INSAYDER DONATERLARI TROPIK O‘RMONLARGA YO‘L OLISHMOQDA!

10 oy davomida Kino Insayderning donaterlar jamoasi jahon kinosining tarjima qilinmagan jiddiy shedevrlarini dublyaj qildirdi. Endi esa biroz kayfiyat ko‘taruvchi loyihaga harakat qilmoqchimiz sezganizdek bu safar bizning kanal jahon kinosining hozirgi afsonalarini bir yerda jamlagan 2008-yilda chiqqan va shu kungacha dublyaj qilinmagan "OMADSIZ ASKARLAR" filmini dublyaj qildirishga donat yig‘ish boshlandi.
Orangizda ushbu filmni Ustoz aktyorlar ijrosida sinxron dublyajda ko‘rishni istaganlar bo‘lsa albatta donat qiling tomosha qiling va donaterlar safiga qo‘shiling.

Donat qilish uchun karta raqami:

8600530462002497 R/S

Donat qilish narxi 20 ming.

Donat qilib bo‘lgach to‘lov chekini
@nurbek_insayder yoki @mengrutman larga yuboring va sizga maxfiy kanal linki beriladi.



@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 05:46


#Meme

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 05:38


#Kino_fakt
Kris Evans "Red: One" filmida rol o'ynash uchun "Fly Me To The Moon" filmidagi Skarlet Yohanson bilan juftlik ijrosidan vos kechgan. Keyinroq rol Channi Tantrumga berildi.

J.K. Simmons esa 2019 -yilgi "Klaus" animatsion filmidagi Santa roli omadli chiqqach, "Red: One"da o'zini yana bir bor Santa obrazida sinab ko'rishga qaror qildi.

Dueyn Jonson esa filmdan $50mln. gonorar oldi

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 02:45


Xabarlarga ko‘ra "ONE PIECE" serialining ikkinchi mavsumi 2025-yil dekabr oxirida namoyish etiladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 02:44


Disney Jonni Depp bilan boshqa "KARIB DENGIZI QAROQCHILARI" filmi bo'yicha muzokaralar olib bormagan.

Biroq prodyuser Jerry Bryukxaymer yangi qism uchun bitta ssenariyning ikkita variantini yozdirmoqda ulardan biri mabodo Jonny Depp bilan Disney yarashsa uning qaytishi uchun.



@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 02:25


"BOSHQOTIRMA" animatsion filmi spin-off loyihasi "DREAM PRODUCTIONS" animatsion serialidan yangi video parcha.

Premyera 11-dekabr Disney+ hizmatida.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

05 Dec, 01:08


Ahmoqlikning yuqori darajasi yoki irqiy tenglik uchun adabiyotga tupurayotgan kinosanoat.

THR ning xabar qilishicha aktyor Paapa Essieduga "GARRI POTTER" serialida Severus rolini o‘ynash taklif qilindi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 15:23


Robert Pattinson "BETMEN" trilogiyasi haqida:

"Ularning oxiriga yetganimda, haqiqatan ham nafaqaga chiqayotgan bo‘lishim mumkin."

Ps: Pattinsonning gaplariga qaraganda "BETMEN 3" filmi 2050-yillarga chiqariladi)


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 15:18


Robert Pattinson yaqinda bir immigratsiya xodimi unga shunday deganini aytdi:

"Hoy, sen "Sumerki" dagi yigitsan-ku. Nega aktyorlikni tashlab qo‘yding?"

Pattinson:

"Men Betmanman!?"


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 15:11


Jon Sina va Erik Andre Netflixning "KICHKINA UKA" nomli yangi komedik filmida bosh rollarni ijro etishadi.

Film syujeti ko‘chmas mulk agenti haqida bo‘lib, uning hayoti tartib-intizomga asoslangan. Ammo bir kun uning g‘alati va kutilmagan kichik ukasi paydo bo‘ladi va hamma narsani ostin-ustun qilib yuboradi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 15:01


"WEDNESDAY" seiralining 2-mavsumidan ilk kadr.

Premyera 2025-yilda Netflix hizmatida.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 14:28


5-Dekabrdan boshlab Toshkent City Mall’dagi Cinematica kinoteatrida afsonaviy "INTERSTELLAR" filmi rus tilida IMAX formatida qayta namoyish etiladi.

Kristofer Nolan suratga olgan eng yaxshi ilmiy-fantastik filmlardan biri bo'lgan, asarni ulkan ekran va betakror ovoz sifati bilan tomosha qilish imkoniyatini boy bermang!

Chiptalar va seanslar haqida batafsil ma’lumotni kinoteatrning rasmiy veb-saytidan topishingiz mumkin.


Cinematica.uz

KINO INSAYDER

04 Dec, 13:57


Assalomu alaykum qadrli obunachilar "YAXSHI OSHNALAR" filmi bundan bir necha oy avval Kino Insayderning donaterlari tomonidan dublyaj qilingan edi.

Bugun esa sizlar uchun bizning hamkorimiz KINO BLU-RAY UZ kanaliga joylanib sizlarga ommaviy ravishda taqdim etildi.

Bundan maqsad asl dublyaj qanday bo‘lishiga baxo bering va bu kabi tarjima qilinmagan filmlarni dublyaj qilish harakatimizda bizning DONATERLAR safiga qo‘shilishizni istaymiz.

Filmni ko‘ring imkon qadar bizning kanal nomi bilan ko‘proq joyga tarqating agar donaterlar soni qancha ko‘p bo‘lsa bizning faoliyatimiz shunchalar yaxshi va tez bo‘ladi.

Hammaga omad.

Kanal o‘tish:
https://t.me/+Mxmc5hEXUxdhYzhi

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 02:50


"UZUKLAR HUKMDORI: ROHIRRIM UCHUN JANG" anime filmining ilk 8 daqiqasi taqdim etildi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 02:43


Mening malagim...

Aktyor Endi Serkis "UZUKLAR HUKMDORI: ROHIRRIM UCHUN JANG" anime filmining jahon premyerasining qizil gilamida.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

04 Dec, 02:43


Disney kompaniyasi "MOANA 3" animatsion filmini chiqarishni allaqachon reja qilgan.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

22 Nov, 05:20


Rayan Reynolds o‘zining sirli "DEDPUL" bayram loyihasi tayyorlanayotganini ma‘lum qildi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:54


Gotam va Pingvin seriallari — bir xil personajlar, ikki xil cast

Chapdan oʻngga: Oz ( Pingvin) , Sofia Falkone, Karmain Falkone, Francis va Salvator Maroni.

Xoʻsh, sizningcha qaysi cast yaxshiroq
?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:38


"MAXLUQ KOMMANDORLAR" serialidan yangi poster.

Premyera 5-dekabrda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:35


Rasman

Filip Barantini Netflixning "ENOLA HOLMS 3" filmiga rejissorlik qiladi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:33


Kevin Feygining aytishicha keyingi bir nechta MKO filmlarida siz tanib oladigan bir nechta X-Odamlar jamoasi qaxramonlari bilan uchrashamiz!!!


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:27


"KARATE BOLAKAY: AFSONALAR" filmi voqealari "KOBRA KAI" serialining so‘ngi mavsum voqealaridan 3 yil o‘tib sodir bo‘ladi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:23


Rasmiy poster.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 17:22


Pixarning "ELIO" animatsion filmidan yangi treyler.

Premyera 2025-yil iyun oyida.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:56


Maykl Fassbenderning aytishicha agar Marveldagilar undan so‘rashsa u Magneto sifatida MKO ga qaytish taklifini rad etmaydi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:52


Xabarlarga ko‘ra "AJDAR UYI" serialining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari 2025-yil mart oyining boshida boshlanadi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:38


"MOMAQALDIROQLAR" filmidan yangi kadr.

Premyera 2025-yil 2-mayda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:32


Rasmiy poster.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:32


"YOMON YIGITLAR 2" animatsion filmidan ilk rasmiy treyler.

Premyera 2025-yil 1-avgustda.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 16:18


"TEMIR YURAK" serialidan yangi kadr.

Premyera 2025-yil 24-iyunda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 15:48


Bong Joon-Ho ning "MIKKY 17" filmining suratga olish jarayonidan yangi kadr.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

21 Nov, 15:47


"YURA DAVRI DUNYOSI: QAYTA TUG‘ILISH" filmining suratga olish jarayonidan yangi kadr.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

01 Nov, 02:29


Rasman

"LEGO NINJAGO" jonli filmi ishlab chiqarilmoqda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

01 Nov, 02:26


Prodyuser Tod Garner "MORTAL KOMBAT 2" filmidan Shao Kanga ilk qarashni taqdim etdi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 20:34


"KALMAR O‘YINI" serialining ikkinchi mavsumidan yangi treyler.

Premyera 26-dekabrda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:57


Hozirda ishlab chiqarilayotgan barcha DC proyektlari.

Ushbu olamdan eng ko'p kutayotganlaringiz qay biri?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:52


2025-yil Marvelning 9 ta proyekti namoyish etiladi.

Aprel, Sentabr, Noyabr oylaridan tashqari qolgan oylarda 1tadan.

Qaysi proyektlarni intiqlik bilan kutmoqdasiz?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:42


200 million dollarlik "JOKER 2" filmi kassada ham xuddi shu natijani qayd etdi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:39


Sizningcha, Marvelning eng yoqtirgan trilogiyangiz qaysi?

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:28


Rejissor Barri Levinson ajoyib aktyorlar tarkibiga ega "ASSASINATION" triller filmini suratga oladi.

Rollarda Jessika Chasteyn, Brendan Freyzer, Brayan Kranston va Al Pachino.

Film AQShning suiqasd qilingan 35-prezidenti Jon Kennedining o'limi ortidagi sirlar, qotil Li Harvey Osvaldning yakka o'zi ishtirok etmagani va suiqasd ortidagi haqiqiy qotilni izlash to'g'risida boradi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:19


"DAREDEVIL: QAYTA TUG‘ILISH" serialidan Muse'ga ilk kadrlar.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:17


"MARVEL ZOMBILARI" serialidan Bleydga ilk qarash.

Bleyd serialda Honshu tomonidan tanlangan yangi Oy Ritsari bo'ladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:12


"DERRYGA HUSH KELIBSIZ" serialidan yangi kadrlar va ba'zi tafsilotlar:

• Serial voqealari "U" filmlaridan 27 yil oldin bo'lib o'tadi.

• Andi Musketti 9 ta qismidan 4 tasini suratga oladi.

• Bill Skarsgard Pennivayz roliga qaytadi.

Premyera 2025-yil HBO platformasida.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

31 Oct, 19:07


Xabarlarga ko'ra, Greta Gervigning "NARNIYA" filmi 2026-yil noyabrda premyera qilinishi rejalashtirilmoqda.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 11:58


#kino_fakt

"Qora Ritsar" filmining ulkan muvaffaqiyatidan so'ng, Warner Bros studiyasi filmning uchinchi qismini ham Kristofer Nolan suratga olishini xohlashadi. Bundan tashqari, studiya rejissyorga Leonardo di Kaprioni ham filmning so'nggi qismiga jalb qilishi kerak deb taklif bildirishadi, sababiki, "Muqaddima" filmidagi ajoyib roli studiya ijodkorlariga yoqib tushgandi. Ammo Nolan bu film uchun u kuchliroq, ikkala filmga qaraganda yanada youvuzroq qahramon tanlamoqchiligini aytadi va bu taklifni rad etib u filmga yovuz Beynni tanlaydi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 07:13


Marvel studiyasining 2024-2025 yillarda Disney+ hizmatida chiqishi kutilayotgan loyihalarining treyleri.

Ularning chiqish sanasi bilan tanishing:

"AGARDA" 3 mavsum- 22-dekabr.

"SIZNING DO‘STONA QO‘SHNINGIZ O‘RGIMCHAK ODAM"- 2025-yil 25-yanvar.

"DAREDEVIL: QAYTA TUG‘ILISH" - 4-mart.

"TEMIR YURAK" - 24-iyun.

"VAKANDA KO‘ZLARI" - 6-avgust.

"MARVEL ZOMBILARI" - 25-oktabr.

"G‘AROYIB ODAM" - 25-dekabr.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 04:33


Aka-Uka Ueyenslar "DAXSHATLI KINO 6" filmi uchun 18 yildan so'ng yana qaytishadi.

2025-yilda filmning suratga olish ishlari boshlanadi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 04:22


Josh Brolin “QASOSKORLAR: YASHIRIN URUSHLAR” filmida Tanos roliga qaytishga tayyor ekanligini aytdi:

“Agar Tanosni qaytarsangiz, bu voqealikka mos ravishda bo‘lishi kerak. Men Russo aka-ukalari mendan nima xohlashsa, shuni qilaman.”


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 02:34


"KOBRA KAI" serialidan yangi poster.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 02:33


"FANTASTIK MAXLUQLAR" franshizasi rasman tugatilgani e‘lon qilindi.


@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 02:32


Aka-uka Russolar "QASOSKORLAR: QIYOMAT KUNI" va "QASOSKORLAR: MAXFIY URUSHLAR" filmlari uchun kattaroq g‘oyalari borligini tasdiqlashdi!
Shu sababli ular yana MKO ga qo‘shilishga qaror qilishdi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 02:29


Fandango saytida "MOANA 2" animatsion filmining chiptalari birinchi kuni oldindan sotib olish bo‘yicha 2024-yildagi animatsion filmlar orasida rekord o‘rnatdi.

Bu borada "BOSHQOTIRMA 2" ni ortda qoldirdi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

30 Oct, 02:24


Kventin Tarantino unga "JOKER 2" yoqqanini aytdi.

"Todd Fillips - bu Joker. Joker filmni suratga olgan. U kinostudiya byudjetini Joker qanday sarflaydigan bo'lsa, shunday sarflagan. U kino tomoshabinlariga "fuck you" deydi. Gollivudga "fuck you" deydi. DC va WB aksiyalariga egalik qilayotgan barchaga "fuck you" deydi.

Ps: Tarantino biz taraf)

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

29 Oct, 15:24


"UDDALAB BO‘LMAS TOPSHIRIQ 8" filmining ilk rasmiy treyleri 11-noyabr kuni chiqadi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

29 Oct, 13:34


"RED ONE" (2024) FILMINING ILK RASMIY TREYLERI O'ZBEK TILIDA PROFESSIONAL DUBLYAJDA

Kris Evans va Dueyn Jonson ishtrokidagi treylerni bizning YouTube kanalimizda, ustoz aktyorlar ishtirokidagi yuqori sifatli, professional dublyajda hoziroq tomosha qiling.

KINO INSAYDER

29 Oct, 01:15


Rasman

Netflix hizmati ingiliz tilidagi "KALMAR O‘YINI" serialini yaratish ustida ishlayabdi.

Serial voqealari Amerikada bo‘lib o‘tadi shunday bo‘lsada bu hikoyada ham original serialdagi ba‘zi qaxramonlar ishtirok etishadi.

Serialga Devid Fincher rejissorlik qiladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

29 Oct, 01:15


Rasman

Yangi "JUMANJI" filmi 2026-yil 11-dekabrda katta ekranlarga chiqadi!

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

28 Oct, 17:11


Jeyms Gann "SUPERMEN" filmining ilk treyleri ustida ishlayotganini ma‘lum qildi.

Treyler katta extimol bilan dekabr oyida Braziliyadagi Comic Con tadbirida namoyish etiladi.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

28 Oct, 17:08


Marvel studiyasi "O‘RGIMCHAK ODAM" animatsion serialini qayta yaratishni Sony bilan muhokama qilgan.

@Kino_Insayder

KINO INSAYDER

28 Oct, 17:05


Bugun Xalqaro Animatsiya Kuni!

Sevimli animatsion filmingizni belgilab keting!

@Kino_Insayder