TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali) @tuit_online Channel on Telegram

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

@tuit_online


#qiziqarli_texnologiya
#motivatsiya
#talaba_yoshlar_hayoti
#hazillar
#TATU_hayoti
#tanqidiy_fikrlar

@TATU_topilmalar_idorasi - yo'qolgan va topib olingan buyumlar kanali

👨‍💻Faqat reklama uchun: @TUIT_reklama

🔜Savol va takliflar: @NodirUz

Perfluence

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali) (Uzbek)

TUIT ONLINE Telegram kanali - bu Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan ishlab chiqilgan norasmiy kanal. Kanalda #qiziqarli_texnologiya, #motivatsiya, #talaba_yoshlar_hayoti, #hazillar, #TATU_hayoti, #tanqidiy_fikrlar mavzulari bilan foydali ma'lumotlar va yangiliklar oqishingiz mumkin. @TATU_topilmalar_idorasi kanali orqali yo'qolgan va topib olingan buyumlar haqida ham ma'lumot olishingiz mumkin. Agar siz reklama berishni istasangiz, @TUIT_reklama ga murojaat qilishingiz mumkin. Savollar va takliflaringiz bo'lsa, @NodirUz ga yozishingiz mumkin. TUIT ONLINE kanali orqali o'zingizga foydali va qiziqarli ma'lumotlar olishingiz mumkin! Yana bir amalga oshirish uchun shuncha imkoniyatlardan foydalaning va hayotingizni o'zgartiring! Perfluence

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

11 Jan, 13:07


Hurmatli kunduzgi ta'lim shakli bakalavr va magistr talabalari!

Kuzgi semestrning yakuniy nazoratlari bo'yicha grafik (fan, sana va vaqt) sizning lms.tuit.uz profilingizga qo'yildi. lms.tuit.uz tizimidagi profilingizga kirib, "Yakuniy" menyusi orqali yakuniy nazoratlarning jadvali bilan tanishishingiz mumkin

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

10 Jan, 13:17


Hurmatli talaba-yoshlar ❗️

🇷🇺 Rossiya Federatsiyasining “IT-Planeta” innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish notijorat avtonom markazi tomonidan Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha XVI XALQARO “IT-Planeta 2025” olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiada robototexnika, dasturlash va boshqa IT-sohalar bo‘yicha tanlovlarni o‘z ichiga oladi. Olimpiadaning rasmiy tili – Rus tili deb belgilangan.

“IT-Planeta 2025” olimpiasida ishtirok etish istagi borlar 2025-yilning 10-yanvardan 20-aprelga qadar saytda ro‘yxatdan o‘tishlari zarur hamda IT olimpiada nizomi va talablari bilan rasmiy veb-saytda tanishib chiqishlari mumkin.

Ro’yxatdan o’tish

Nizom va talablar bilan tanishish

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

07 Jan, 05:05


Talabalar uchun 7-yanvar (shu kuni ham) qishki ta’tilning so‘nggi kuni

👀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bakalavr (kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli) hamda magistratura bosqichi talabalari uchun yakuniy nazoratlar 13-yanvardan 25-yanvarga qadar o‘tkaziladi.

👀 Masofaviy ta’lim shaklida ta'lim oluvchilar uchun yakuniy nazoratlar 27-yanvardan 8-fevralgacha bo‘ladi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

06 Jan, 17:48


Bir kishi kechasi uxlab yotsa, eshik taqqillab qolibdi.
— Kim u? – debdi hovliga mo‘ralab.
— Sizlarga o‘tin kerakmi? – debdi notanish odam.
— Yo‘q, kerakmas! – deb uxlashga kirib ketibdi.
Ertalab tursa, hovlida yig‘ib qo‘ygan o‘tinlari yo‘q emish.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

06 Jan, 05:00


🧠 Kam uyqu depressiyaga olib kelishi mumkin

Olimlar yomon uyqu va organizmning stressni yengish qobiliyati o’rtasida bog’liqlik borligini aniqlashdi.

Qisqa uyqu miyaning salbiy his-tuyg’ularga dosh berishini va yomon xotiralardan xalos bo’lishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun mutaxassislar 8 soat uxlashni maslahat berishadi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

02 Jan, 11:53


Yangi yilning ilk kunida 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi

2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz farzandlardir. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi. Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo viloyati (119 nafar), Toshkent shahri (112 nafar), Samarqand viloyati (101 nafar), Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.

Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

E’tiborlisi, tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizakdir.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

29 Dec, 11:43


Bular nimalarni o'ylab topishmaydiyaaa...

❗️ Diqqat ehtiyot bo'lamiz!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

26 Dec, 15:50


⚡️ Sizlar uchun olimpiada

🇷🇺Rossiya Federatsiyasining “IT-Planeta” innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish notijorat avtonom markazi tomonidan Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha XVI XALQARO “IT-Planeta 2025” olimpiadasi tashkil etilmoqda.

Mazkur olimpiada robototexnika, dasturlash va boshqa IT-sohalar bo‘yicha tanlovlarni o‘z ichiga oladi.
Olimpiadaning rasmiy tili – Rus tili deb belgilangan.

“IT-Planeta 2025” olimpiadada ishtirok etish istagi borlar saytda ro‘yxatdan o‘tishlari hamda IT Olimpiada Nizomi va talablari bilan rasmiy veb-saytda tanishib chiqishlari mumkin.
Ro’yxatdan o’tish
Nizom va talablar bilan tanishish

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

23 Dec, 09:35


Siz ham jim ketasizmi?

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

23 Dec, 07:35


Hurmatli talabalar!

22.12.2024 sana soat 23:24 da elektr tarmog‘ining o‘chib qoilshi va serverda kuzatilgan uzilishlar sababli 22.12.2024 sanadagi barcha deadlinelar mos ravishda 1 kunga ya'ni 23.12.2024 ga uzaytirildi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

21 Dec, 12:20


💰 Kontrakt to‘lovini amalga oshirish muddatlari:

🛡 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov-kontrakt muddatlari quyidagicha belgilandi:

📝 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini to'lash muddati barcha kurs talabalari uchun davlat komissiyasi tomonidan 2024-yil 1-dekabrgacha etib belgilangan;

🤔 Shuningdek: barcha kurs talabalari uchun to'lov miqdorining 50 foizini to'lash muddati 2025-yil 1-yanvar etib belgilanganini eslatib o'tamiz.

📝 Belgilangan muddatlarda to'lov-kontrakt mablag'larini o'z vaqtida amalga oshirmagan talabalar, Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt va undan tushgan mablag'larini taqsimlash tartibi to'g'risidagi 2431-sonli Nizomning 3-bob 27-bandiga binoan, o'qitish uchun belgilangan to'lov-kontrakt mablag'ini o'z vaqtida amalga oshirmaganli sababli talabalar safidan chetlatilishi haqida ma’lum qilamiz.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

21 Dec, 12:14


⚡️ Endi siz uyingiz yaqinida ish qidirishingiz mumkin

Toshkentda “joylashuv” boʻyicha ish topish xizmati paydo boʻldi.

Uyingizga yaqin joyda ish topish uchun shu havola orqari kanalga qo’shiling va ro’yxatdan o’ting 👉 https://cloz.uz

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

19 Dec, 07:06


⚡️GitHub Copilot bepul bo’ldi — endi istagan odam eng yaxshi kod generatoridan bepul foydalanishi mumkin. Buning uchun faqat VS code va Github akkaunt kerak bo’ladi.

Yana qo’shimchasiga GPT-4o va Sonnet 3.5 Pro'ga oyiga 50 ta so’rovni bepul taqdim etishadi.

👉 Sinab ko’rish uchun havola.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Dec, 08:43


💜💜💜

TATUni ijobiy va salbiy taraflari haqida fikringiz?

❗️ Haqoratlash va kamsitish bo'lmasin.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Dec, 06:45


Rossiyada xavfsizlik?

Rossiya kompaniyalarining 59% ma'lumotlarini darknetda topish mumkin. Ularning aksariyatini banklar va IT-kompaniyalar tashkil qiladi.

Bu yerda odamlar siz haqingizda nima bilishini onlayn tekshirishingiz mumkin. Shunchaki elektron pochtangizni kiriting va qayerda qanday ma'lumotlaringiz borligini tekshiring.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Dec, 03:36


WordPress roʻyxatdan oʻtgandan keyin foydalanuvchilardan ananasli pitsani yoqtirishlarini tan olishni soʻray boshladi. 😂

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Dec, 15:37


222-16 guruh talabalaridan esdalik.
#Arxiv

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Dec, 11:36


651 - 652 21 guruh talabalaridan esdalik

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Dec, 10:27


311-17  guruh
#arxiv 2021

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Dec, 10:19


114-24 guruh talabalaridan esdalik

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Dec, 10:17


Ax 714-21guruh talabalaridan esdalik

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

29 Nov, 10:23


Pul topib, aql topmagan odamlar-a

Xitoylik milliarder Jastin San devorga skotch bilan yopishtirilgan 6,2 mln dollarlik "san’at asarini" (bananni) yedi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

28 Nov, 13:42


#UPD

Seminar o'tkazilish vaqti soat 10:00dan 14:00ga o'zgaribdi!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

28 Nov, 06:54


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 30-noyabr kuni soat 10:00da A-bino 318-xonada Mastercard va Microsoft kompaniyasi dasturchisi Qudratxo'ja Musayev bilan hamkorlikda "Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan Microsoftgacha" mavzusida seminar o‘tkaziladi.

🟤Qudratxo'ja Musayev — O'zbekistonda Asaxiy.uz, Chakana.uz va Smartbank (SmartBazar) kabi loyihalarda senior backend dasturchi.

🟤Keyinchalik esa Mastercard kompaniyasi Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida jami 5 yildan ortiq davomida ish tajribasiga ega.

🟤Yangi yildan boshlab Microsoftning Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida faoliyat boshlaydi.

Loyihalari:
👉 Asaxiy.uz - backend dasturchi
👉 Chakana.uz - senior backend dasturchi
👉 Smartbazar - texnik team lead
👉 GrantGo, EventGo va MentorGo - ham asoschi, mahsulot menejeri.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

28 Nov, 06:46


JS FINANCE ACADEMY

JS Finance Academy 4 yildan buyon ACCA kurslarini muvaffaqiyatli ravishda taqdim etib kelmoqda. Akademiyamizda tajribali mutaxassislar rahbarligida quyidagi dasturlarni rus va ingliz tillarida o'rganish imkoniyatiga egasiz:
ACCA F1-F9
• DipIFR
• MCFO

Hozirda yozgi maxsus chegirmalar davom etmoqda. Bo'sh vaqtingizni unumli o'tkazib, biz bilan ACCA sertifikatlarini qo'lga kiriting.
Nega aynan bizni tanlash kerak:
🌟 Tajribali va malakali o'qituvchilar
🌟 Rus va ingliz tillarida yuqori sifatli ta'lim
🌟 Nazariy va amaliy bilimlarning uyg'unligi

Yozgi chegirmalarimizdan foydalaning va hoziroq ro'yxatdan o'ting!


@acca_academy_administrator
@JS_Finance_Academyy
+998950009232

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

27 Nov, 14:45


👨‍💻 Stenford'dagilar aniqlashi bo’yicha: Minglab IT mutaxassislar ishda deyarli hech narsa qilishmaydi

Tadqiqotchilar yuzlab kompaniyalarning yopiq repozitoriyalarini o’rganib chiqishdi.

Har bir kompaniyada o’rtacha 9,5% «arvoh dasturchilar» bor. Ularning yarmi oyiga bir marta butun koddagi faqat bitta qatorni o’zgartirishadi

Shu tufayli katta texnologik kompaniyalar bunday xodimlar tufayli yiliga taxminan $ 11 mlrd yo’qotishmoqda.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

27 Nov, 03:30


📱 iPhone 17 Air'da SIM-karta sloti bo’lmaydi — u buning uchun juda ingichka.

The Information nashrining yozishicha, iPhone 17 Air prototiplari qalinligi 5 dan 6 millimetrgacha, bu hajm SIM-karta sloti uchun yetarli bo’lmasligi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, bunday ingichka korpus tufayli batareya sig’imini kamaytirmaslik uchun ikkinchi dinamikdan ham voz kechishga to’g’ri keladi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

26 Nov, 08:45


Hurmatli talabalar!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan KOOKMIN universiteti (Janubiy Koreya) birgalikda Biznes IT yo'nalishi bo'yicha magistratura va PhD uchun grant dasturlarini e'lon qiladi.

📄 Talab qilinadigan hujjatlar:
Ariza formasi;
Diplom va baholar ilovasidan nusxa, GPA > 80%;
Shaxsiy ma'lumot (Personal statement) va
O‘quv rejasi (Study plan) ;
Tavsiyanoma (Recommendation letter);
IELTS 6.5 +;
Pasport nusxasi.

📝 Qoplab beriladigan xarajatlar:
- O‘qish to‘lovi;
- Yotoqxona;
- Ikki tomonga aviachiptalar;
- Tibbiy sug‘urta;
- Oylik stipendiya
   
📄Hujjatlar qog'oz ko'rinishida, A binoning 2-qavatida 226-xonada qabul qilinadi.

Kerakli arizalar namunasini yuklab olishingiz mumkin:
Namuna

🗓 Muddat: 2024-yil 20-dekabr.

Hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar 25-dekabr kuni suhbatga chaqiriladi.

Eslatma: ushbu grant dasturi TATU va uning hududiy filiallari uchun!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

26 Nov, 07:10


Boylar pulini nimalarga tikishadi?

Suratda boyligi 30 million dollar va undan yuqori bo'lgan shaxslar o'z boyliklarini qanday taqsimlashlari keltirilgan.

🏘 Ko'chmas mulk
📈 Aksiyalar
💸 Tijorat yo'nalishlari
📜 Obligatsiyalar
💰 Xususiy, venchur kapital
🏦 Turli tijoriy fondlar
🤹 Katta daromadli riski yuqori yo'nalishlar
💎 Oltin va qimmatbaho ma'danlar
📊 Kriptovalyutalar va boshqalar...

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

24 Nov, 10:15


👺 Satoshi Nakamoto Bitcoin o'sishi fonida Bill Geytsga yaqinlashdi

😈 Bitcoin asoschisi deya e'tirof qilinadigan Nakamoto 1 million donadan ko'proq BTC egalik qiladi. Bu taxminan 100 milliard dollar bo'ladi. Biroq bu nomning orqasida kim turgani hamon noma'lum.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

24 Nov, 07:12


👍 Kecha TATUda ASAXIY.UZ” asoschisi Firuz Allayev MASTER KLASS o'tib berdi.

🤔 Uchrashuv davomida “E-commerce sohasidagi real amaliy tajribalarni oʻrganish va soha yetakchilari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish” hamda “Davlat va jamiyat farovonligida tadbirkorning oʻrni: Asaxiy tajribalari” mavzularida ma'ruza qilib, o'zining tajribasi, tadbirkorlik sirlari hamda tavsiyalari bilan bo'lishdi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

24 Nov, 05:10


Tesla 12 yilda erishgan natijani Xiaomi 230 kunda qayd etdi

Xiaomi o‘zining 100 minginchi SU7 elektromobilini ishlab chiqarish uchun atiga 230 kun vaqt sarfladi. Bungacha rekord Huawei Aito'ga tegishli edi. Ular bu natijaga 448 kunda erishgandi. Taqqoslash uchun Tesla buncha avtomobil ishlab chiqarish uchun 12 yil sarflagan, Li Auto ga 2 yil vaqt ketgan.

Ayni vaqtda Xiaomi avtomobil bozorini egallash uchun zarariga ishlamoqda. Tahlillarga ko‘ra, kompaniya SU7 avtomobilining har biridan taxminan 9 ming dollar atrofida zarar ko‘rmoqda.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

23 Nov, 14:55


“Kamerani ko‘rib, bemorlarni tarqatib yuborishdi” – muxbirlar farg‘onalik tabib ko‘chasiga kiritilmadi

Farg‘onalik tabib Iqboljon Soliyev bilan suhbatlashish uchun borgan muxbirlar tabibning ko‘chasiga kiritilmagan. Muxbirlar bilan ko‘chada gaplashgan bemorlar tabibdan foyda ko‘rmaganini aytishgan. O‘zbekiston tabobat akademiyasi mutaxassisi tabibni Toshkentga chaqirib sinab ko‘rgani, u insult bemorni tuzata olmaganini ma’lum qilgan.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

22 Nov, 12:12


Kanadalik erkak GPS-treker yordamida multfilm chizdi

U multfilm chizish uchun deyarli bir yil davomida videodagi marshrut bo‘ylab yugurgan.

Butun davr mobaynida Dunkan 121 soatda 1105 kilometr masofani bosib o‘tdi. Va havas qiladigan maqsad hissini paydo qildi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

22 Nov, 08:30


🔤🔤🅰️🔤🔤🔤🔤🅰️ningnufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan

🌪"𝐘𝐈𝐋𝐍𝐈𝐍𝐆 𝐄𝐍𝐆 𝐘𝐀𝐗𝐒𝐇𝐈 𝐈𝐋𝐌𝐈𝐘 𝐈𝐙𝐋𝐀𝐍𝐔𝐕𝐂𝐇𝐈𝐋𝐀𝐑𝐈" 🌪nomli xalqaro ilmiy-amaliy  ko'rik tanloviga qabul boshlandi.

😀O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xonandalar, aktyorlar, san'at fidoyilari bilan  jam bo'luvchi ushbu bayram tadbiri bir umrga yodingizda qoladi!

Tanlov uchun kerakli hujjatlar:
✔️ Anketa;
✔️Ilmiy maqola yoki ( ijodiy ishlar)hikoya, she'r, ertak
✔️Pasport nusxa;

𝐌𝐀𝐐𝐎𝐋𝐀𝐋𝐀𝐑 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 𝐒𝐂𝐇𝐎𝐋𝐀𝐑 𝐓𝐈𝐙𝐈𝐌𝐈𝐃𝐀 𝟭𝟬𝟬℅ 𝐈𝐍𝐃𝐄𝐗𝐋𝐀𝐍𝐀𝐃𝐈.

Ishtirokchilarga:
🏅Esdalik ko'krak nishoni;
🏆Esdalik statuetkasi ;
⚡️Maxsus Guvohnoma;
⚡️Ilmiy maqolalar to'plami (elektron)
🙂Sertifikat, (elektron )
🤔Qabul xati, (elektron) kabi


sovg'alar tantanali ravishda Toshkent shahrida 2️⃣0️⃣🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 𝐤𝐮𝐧𝐢 Milliy Gvardiyaning "Madaniyat va ma'rifat" markazida OAV vositalari ishtirogida taqdim etiladi.😄😄😄

😎Scopus
😎Kitob
😎H-index
😎Maqola
😎Monografiya
😎Tanlovlar
😎Olimpiadalar
Hammasi bizda

𝐓𝐚𝐧𝐥𝐨𝐯 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐝𝐚 𝐛𝐚𝐭𝐚𝐟𝐬𝐢𝐥 𝐦𝐚'𝐥𝐮𝐦𝐨𝐭 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧:😄😄😄

📞@Qaqnus9497📞


📞@ilmiyguruh📞

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

20 Nov, 09:17


⚡️ Prezidentimiz 2025-yilni  “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi

El-yurtimizning fikr-mulohazalari, xohish-istaklarini atroflicha oʻrganib, bildirilgan tavsiyalardan kelib chiqqan holda, bu boradagi ishlarni yangi, yanada yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida Prezidentimiz 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Yigʻilganlar ushbu tashabbusni toʻliq qoʻllab-quvvatladilar.

Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar boʻyicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

20 Nov, 07:12


🖼️ Devorga yopishtirilgan banan 1,5 million dollarga baholanib, sotuvga qo’yildi.

Banan 60 million dollarlik Mone asari yonida kimoshdi savdosiga qo’yiladi. Eng qizig’i, xaridor bananning o’zini emas (uni almashtirish mumkin), balki yangi mevalarni abadiy devorga yopishtirish huquqini oladi — bu narxga sertifikat va yopishtirish uchun lenta ham kiradi :)

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

19 Nov, 04:05


Shu qizning gapini ba’zi o‘zbek profillari ulashdi. Ajablanarlisi, u izohda o‘zbekzabon vatandoshlarimizning ko‘pi qizning gapini tasdiqlagandek bo‘ldi. To‘g‘ri, holimizga achinish ruhida tasdiqlagandek bo‘lgandir, lekin buzuq inson har millatda bor va bir hajviya uchun fahshga bir millatni yopishtirib gapirish umuman boshqa narsa va ishning oqibati ham mudhish bo‘ladi.
Ammo mana shu xabar ostida Turk qardoshlarimiz bu chiqishning ayb va xato ekanini aytib, millatimizdan uzr so‘rashyapti. Yashang qardoshlar!..

Ikrom Sharif

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Nov, 14:50


Bugun davlatimiz ramzlaridan biri bo'lgan bayrog'imizni qabul qilingan kuni. Ijtimoiy tarmoqlarda bayroq haqida bir qancha videoroliklar va maqolalar chop etildi.

Bular ichida eng ahmoqonasi, saviyasiz va fitna kelib chiqishaga sabab bo'ladigani esa shu kadr deb o'ylayman.

Ha biz uchun bayroq muhim, ha biz uchun millat muhim, ha biz uchun davlat muhim, ammo, lekin, biroq boshqa bir millatni ezg'ilash evaziga yuksaltirish bu pastkashlik.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Nov, 04:55


Mayk Tayson 19 yil ichida ilk boks uchrashuvini blogger Jeyk Polga yutqazdi

Raqiblar o'rtasidagi yosh farqi 31 yosh. Tomoshabinlar 70 ming kishi bo'lgan va Netflix barcha 280 million obunachilar uchun bepul translyatsiya qildi. Foydalanuvchilar oqimi tufayli u doimo qotib ishladi.

Tomoshabinlarni hafsalasi pir bo'ldi. Tayson o'z formasini butunlay yo'qotgan va 8 raundning barchasida tajribasiz raqibiga deyarli qarshilik ko'rsata olmadi.

💸 Ammo Mayk Tayson bu o'yin uchun taxminan 20 million dollar olgan.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Nov, 14:31


⚡️ Ana endi aniq boshlandi

Googlening Gemini neyrotarmog’i foydalanuvchining uyga vazifasini bajarib berishdan charchab unga o’lim tiladi.

Bu feyk deb o’ylaganlar uchun foydalanuvchi suhbatni haqiqiyligini tasdiqlash uchun yozishmaga havola qoldirdi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

17 Nov, 06:26


Moro b6sin

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

14 Nov, 08:09


Biz qor yog'di deb xursand bo'lib yurgan vaqtimizda robotlar...

🤖 Boshlandi: Xitoyda kichik robot tunda ko’rgazmaga yashirincha kirib, boshqa robotlarni o’ziga ergashishga ko’ndirdi.

«Suhbatda» u boshqa robotlardan ishingizni tugatdingizmi deb so’radi. Bunga javoban «biz doimo ishlaymiz» deyishdi, shundan so’ng kichik robot ularni o’z uyiga chaqirdi.

Bu shunchaki prank deb umid qilamiz :)

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

13 Nov, 17:07


Tezroq qor haqida content qilinglar endi 😎

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

13 Nov, 16:54


Bizni uyda 1-qor 😊

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

11 Nov, 16:05


BEPUL kurs o'qib, 2 haftada 500$ daromadga chiqishingiz mumkin 👇

Bor-yo‘g‘i 2 haftada sotuvchi saytlarni qurishni o‘rganib, darhol daromad topishni boshlang! Bu maxsus videokurs sizni noldan mijoz topish va pul ishlashgacha bosqichma-bosqich olib boradi.

Kurs muallifi: 8 yillik tajribaga ega, 5,000 dan ko'p o'quvchilarga ta'lim bergan Ismoil Safarov

O'rganish narxi 997 ming so‘m, lekin 15-noyabrgacha mutlaqo BEPUL! Natijani ko‘rmoqchimisiz? Hoziroq quyidagi sayt orqali qo'shiling!

👉🏻 ismoilsafarov.uz
👉🏻 ismoilsafarov.uz
👉🏻 ismoilsafarov.uz

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

08 Nov, 06:22


ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH!

JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN 🥰

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

31 Oct, 14:08


Tojikistonda GTA va CS2 taqiqlangan

Mamlakat Madaniyat vazirligi fuqarolarni zo‘ravonlikka targ'ib qiluvchi o‘yinlarini o‘ynamaslik kerak deb hisoblaydi, chunki ular odamlarni jinoyat qilishga undaydi.

Bu oʻyinlar va videoroliklarni Tojikiston hududida tarqatish taqiqlangan. Ular, kompyuter klublarining qonun talablariga rioya etishini qattiq nazoratga olgan. Klublar o'z qurilmalaridan o'yinlarni olib tashlashlari kerak.

Mamlakat politsiyasi muntazam tekshiruvlar va reydlar o‘tkazilishi haqida ogohlantirgan.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

31 Oct, 06:31


🎓 Iqtidorli talaba boʻlishga intilayotgan yoshlar uchun e'lon !!!

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUda “Iqtidorli talabalar” boʻlimi faoliyati va amalga oshirilgan ishlar bilan talabalarni tanishtirish uchun uchrashuvlar tashkil etilmoqda!

Sizda ilm-fan va izlanishlarda o‘z izingizni qoldirish istagi bormi? U holda ushbu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🔍 Nimalar kutmoqda?

Bo‘lim faoliyati va imkoniyatlari haqida ma’lumot;
Qanday qilib o‘z ilmiy loyihalaringizni amalga oshirish haqida maslahatlar;
Iqtidorli talabalar bilan fikr almashish va hamkorlik imkoniyatlari

🗓 Uchrashuvlar jadvali:

💻 Kompyuter injiniringi
4.11.2024, soat 11:30

💻 Dasturiy injiniring
5.11.2024, soat 11:30

📶 Televizion texnologiyalar
6.11.2024, soat 11:30

🔐 Kiberxavfsizlik
7.11.2024, soat 11:30

📈 Iqtisod va menejment
11.11.2024, soat 11:30

🎓 AKT sohasida kasb ta’lim
12.11.2024, soat 11:30

📶 Telekommunikatsiya texnologiyalari
13.11.2024, soat 11:30

🗣 Radio va mobil aloqa
14.11.2024, soat 11:30

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

31 Oct, 03:15


Telegramda ham Halloween 🎃 boshlanibdi

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

31 Oct, 02:00


🟥🟥🟥 🟦🟦🟦

🎓Hurmatli TATU talabalari diqqatiga!

📆 Joriy yilning 1-noyabr kuni soat 14:30da Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU universitetida,

🎙️ Smart group asoschisi, CEO Jowi, shuningdek, mashhur tadbirkor va bloger Sanjar Maksudov ishtirokida seminar-uchrashuv bo'lib o'tadi.

🗣 Ushbu uchrashuvda siz, "IT-loyihani qanday boshlash va biznesga aylantirish" mavzusida batafsil ma'lumotlar bilan tanishasiz. Shuningdek, o'zingizni qiziqtirgan barcha savollarga ekspertdan to'g'ridan-to'g'ri javob olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🤗 Tadbirda ishtirok eting va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang❗️

📝 Tadbirda ishtirok etish uchun: Ro'yxatdan o'ting va spikerga savollar qoldiring.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun: @dihunteruz

💻 Tadbir o‘tkazish joyi:
📆 Sana: 1-noyabr, soat 14:30
📍 Manzil: TATU A-bino, Media markazi

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

28 Oct, 14:17


❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥💙💙💙💖💖💖💛💛💛

⚡️ Magistraturaga qo‘shimcha qabul qilish uchun ruxsat berildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayonida talab darajasidagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lib, qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlarni oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilanadigan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdordagi to‘lov-kontrakt asosida qabul qilishga ruxsat berildi.

❗️Qo‘shimcha qabul asosida o‘qish istagini bildirgan talabgorlar bevosita oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

28 Oct, 13:19


Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 1-dekabrga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2024/2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining quyidagi bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2024-yil 1-dekabrga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi:

bazaviy yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar (1-bosqich);
PF–213-son (31.08.2022-y.) Farmoni asosida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun ajratilgan qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) talabalar.

Bunda:
🔠 qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 25 foizi miqdorida;
🔠 tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

27 Oct, 02:59


Hamma yerni 0:4 bosib ketibdi 😂

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

25 Oct, 12:36


💛💛💛💜💜💙🩵🩵🩵💚💚💚💙💙💙

📚 Garvard noldan dasturlash bo’yicha bepul onlayn kurs taqdim qilgan. Ular IT va dasturlash tillaridagi asosiy tushunchalar, jumladan Python va JavaScript haqida.

Ularning yozishicha, barchasini taxminan 11 haftada o’rganib bo’lasiz — balki undanda tezroq bo’lishi ham mumkin.

219 dollarga Garvard universitetining rasmiy sertifikatini ham olishingiz mumkin, ammo bu ixtiyoriy.

👉 Bepul kursga havola.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

24 Oct, 08:55


Hamsterchilar hormanglar 😊

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

23 Oct, 04:20


Kichik matvatsa

Unutmang shunda yaxshi eslab qolasiz 🫠

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

22 Oct, 16:11


Juma - foydasiz ish kuni

Germaniyada to‘rt kunlik ish haftasi bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba o‘z samarasini isbotladi.

6 oy davomida 45ta korxona xodimlari maoshi o'zgarmagam holda bir kun kam ishlagan. Ularning mehnat unumdorligi oshdi, jismoniy va ruhiy salomatligi sezilarli darajada yaxshilandi.

Kompaniyalar ham foyda ko'rdi va yangi xodimlarni jalb qilish osonlashdi.

❗️ Salbiy tomoni: endi hech kim juma kuni ishlashni xohlamaydi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

21 Oct, 14:05


💛💛💛

😋 Garri Potter filmidan ilhomlanib Rossiyada kasb tanlash uchun shlyapa ishlab chiqarildi

💻 Neyron interfeysli qurilma turli sohalardagi testlarni yechish vaqtida miya faoliyatini tahlil qiladi va qaysi biri osonroq va qiziqarliroq ekanligini ko‘rsatadi. Natijada, foydalanuvchi o'ziga mos keladigan kasblar ro'yxatini oladi.

🔥 Ishlab chiqaruvchilarni ta'kidlashicha, ishlanma allaqachon "yetakchi universitetlarda" qo'llanilmoqda, ammo uning qanchalik keng tarqalishi hali ham noma'lum. Bunday tizimning ishonchliligi masalasi ham ochiq qolmoqda.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

21 Oct, 09:47


21-oktyabr o'zbek tili bayrami kuni

AQSH elchisi bozor qilmoqda.

Nega qimmat? Dollar oshdimi? Kami bormi?”

Chiroyli kadrlar

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

20 Oct, 04:15


Telegram O‘zbekistonda ofis ochishni rejalashtirmoqda

Telegram kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniyaning LinkedIn sahifasidan ma’lum bo‘lmoqda.

Kompaniya O‘zbekistondagi ofis direktori lavozimi uchun vakansiya e’lon qilgan. Ofisning qachon ochilishi haqida ma’lumot berilmagan.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Oct, 09:47


Open budget vasvasasi

Onamlar maktabda o'qituvchilar, aytishlaricha Open budget boshlanibdiyamki ularni ham tinchligi buzilibdi...

🤢 O'qituvchilar bemalol yashamasin ekanda.

🎓 Talaba.uz rasmiy kanali 👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

18 Oct, 04:14


TATU Ucell yordami bilan noyob auditoriyaga ega bo‘ldi

17-oktabr kuni Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida Ucell tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan zamonaviy auditoriya talabalar ixtiyoriga topshirildi.

Yangi hi-tech uslubidagi auditoriya 96 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, eng zamonaviy texnika bilan jihozlangan: 100 dyuymli sensorli ekran, o‘qituvchi uchun interaktiv minbar va kuchli akustik tizim.

2024-yilda Ucell davlat dasturlari va axborot texnologiyalari sohasidagi tashabbuslarni amaliy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uchta yirik loyihani amalga oshirmoqda.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

13 Oct, 08:05


❗️ Muhimi soch va soqolga qara!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

10 Oct, 05:36


❗️ Ehhhe vaqtdan buyon ingliz tilini o'rgana olmayotganlar uyalsin

“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim”67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon.

Abdug‘ofur Hotamov TATUning Samarqand filialida dars beradi. U 10 oy davomida o‘qib, ingliz tilidan B2 sertifikatini olgan. “Ko‘plab axborot texnologiyalariga aloqador terminlar ingliz tilida, talabalarning oldida uyalib qolmaslik uchun ingliz tili kursiga qatnay boshladim”, - deydi intervyusida. Abdug‘ofur ota kuniga 2-3 soat ingliz tili bilan mustaqil shug‘ullanganini aytadi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

09 Oct, 07:30


⚡️ Telegramning navbatdagi yangilanishida yuborilgan xabarlarga media qo’shish va xabarlar tahrirlangan vaqtini ko’rish imkoniyati paydo bo’ladi. Bu haqda Pavel Durov o’z kanalida e’lon qildi.

Shuningdek, Durov kecha jamoaga ilovani yaxshilash uchun 10 ta yangi funksiyalar taklifini berganini, bugun esa ushbu funksiyalar kodi tayyorligini ta’kidlab Telegram jamoasini maqtadi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

06 Oct, 09:17


⚡️ Google qidiruv natijalarida rasmiy saytlarni «galochkalari» paydo bo’ldi.

Qidiruv tizim foydalanuvchilari fishing saytlarga tushib qolmasliklari uchun tekshirilgan saytlarni belgilashni boshladi.

Microsoft, Meta va Apple saytlariga allaqachon rasmiy belgilar qo’yilgan. Biroq, funksiya hali sinov rejimida ishlamoqda va «galochkalar» faqat cheklangan miqdordagi foydalanuvchilarga ko’rinadi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

05 Oct, 08:25


Yandex Cup: mukofot jamg'armasi 130 000 dollardan ortiq bo'lgan dasturlash bo'yicha xalqaro chempionat

Dasturchilar uchun yettinchi chempionatda o'z mahoratingizni sinab ko'ring va eng yaxshilarning eng yaxshisi unvoni uchun kurashing. Chempionat uchun vazifalar tajribali Yandex xodimlari tomonidan yaratilgan va keng ko'lamli ilovalarni ishlab chiquvchilar duch keladigan haqiqiy, kundalik vazifalarga asoslangan.

O‘tgan yili tanlovga 70 mamlakatdagi dasturchilardan 16 000 ta ariza kelib tushgan.  Bu yil mukofot jamg'armasi ~ 130 000 dollarni tashkil qiladi.

Hammasi bo'lib oltita yo'nalish bo'ladi:
• algoritm
• tahlil
• backend
• mobil ilova ishlab chiqish
• foydalanuvchi interfeysi
• ML

Aksariyat yo‘nalishlar bo‘yicha final Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish boshlangan va 20-oktabrda yopiladi. Shoshiling va tanlovda ishtirok eting!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

04 Oct, 11:04


"The Squid Game" ning yangi tizeri namoyish qilindi

Premyera 26 dekabr.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

04 Oct, 08:50


⚡️ Google o’zining «ongli» sun'iy intellektini yaratish ustida ishlamoqda — bu haqda Amerikaning bir qator OAV'lari xabar berib, kompaniya qisqa vaqt ichida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishganini ta’kidlashdi.

Texnologik gigant sun’iy intellekt fikrlash darajasini oddiy odamnikiga yaqinlashtirish uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga e'tibor qaratmoqda.

SI'ni o’qitish davomida Google ham OpenAI kabi «fikrlar zanjiri» dan foydalanadi — har bir javobdan oldin SI qisqa pauza qiladi, bir qator shunga o’xshash so’rovlarni o’rganadi, ularni umumlashtiradi va eng yaxshi javobni beradi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

03 Oct, 12:57


Telegramdagi uzilish sizlarga ham bilindimi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

02 Oct, 15:45


Maqtov yorlig'i faqat bizda emas

👨‍💻 NASA veb-saytini ikki marta buzgan yigit, dasturchilarga xatolik haqida xabar berdi va buning uchun faqatgina maqtov yorlig’i oldi.

Masalan Google, Chrome brauzerida topilgan har bir xatolik uchun $ 250 000dan to’laydi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

02 Oct, 10:36


Kiberxavfsizlik tizimi haqida

Telegram asoschisi Pavel Durov yozishicha, kompaniya 2018-yildan buyon jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlarini tegishli davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga berish amaliyotini yo‘lga qo‘ygan. Durovning Fransiyada hibsga olinishi bilan bog‘liq voqeadan keyin, bu masalaga yanada jiddiy qarash boshlangan.

Masalan, 🇧🇷Braziliyada 2024-yilning 1-choragida (yanvar-mart) 75 ta, 2-choragida 63 ta va 3-choragida 65 ta huquqiy so‘rov bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilingan. 🇮🇳Hindistonda esa huquq organlarining 1-chorakda 2 ming 461 ta, 2-chorakda 2 ming 151 ta va 3-chorakda 2 ming 380 ta qonuniy talablari qondirilgan.

Yevropada ham 3-chorakda qonuniy so‘rovlar soni oshgan.

Telegram taqdim etgan statistikaga qaralsa, 🇺🇿O‘zbekiston tomoni Telegramga 2024-yil davomida bironta asosli rasmiy so‘rov yubormagan, yoki yuborgan bo‘lsa ham, birontasi qanoatlantirilmagan. Bu degani O‘zbekistonda Telegram bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘lmayapti deganimi? Yo‘q, albatta, tiqilib yotibdi.

Narkotik moddalar sotuvi deysizmi, odam savdosiyu pornografik mahsulotlar deysizmi, firibgarlik holatlari deysizmi, juda ko‘p. Shunchaki aksariyat hollarda ushbu jinoyatlarga oid Telegramdagi kanallar, guruhlar, profillar ortidagi insonlar ochilmasdan qolib ketaveradi. Chunki bu bilan jiddiy shug‘ullanadigan, to‘g‘ri rasmiylashtirilgan qonuniy so‘rovlarni Telegramga yuboradigan tashkilot kerak. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlik xizmatlari jinoyatchilardan ham aqlliroq va zamonaviyroq bo‘lishi shart va zarur.

Albatta, xakerlik yoki bosqinchilik usuli bilan kimningdir Telegramiga buzib kirish shart emas, agar rostdan jinoyat alomatlari bo‘lsa, unda rasmiy yo‘llar orqali ham jinoyatchilarning ma’lumotlarini qonuniy olish mumkin.

©️ Xushnudbek

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

01 Oct, 17:36


ChatGPTni kim bayram bilan tabrikladi?

https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

01 Oct, 01:01


Hurmatli ustozlar va murabbiylar!

1-oktyabr bu insonlar hayotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani izhor etiladigan bayramdir. Yurtimizda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz –  bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Shavkat Mirziyoyev aytganidek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar,  mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi saʼy-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy boʻlsin!

Har kuni siz yoshlarga yangi bilim ufqlarini ochasiz, ularga dunyoda oʻz yoʻllarini topishga yordam berasiz, ularning qobiliyatlarini sayqallaysiz va ularga ilhom bagʻishlaysiz. Sizning aql-zakovatingiz, professionalligingiz va mukammallikka intilishingiz tufayli zamonaviy dunyo sinovlariga tayyor mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Sizning mehnatingiz tufayli olgʻa intilmoqdamiz, xalqaro maydonda oʻz oʻrnimizni mustahkamlab, raqobatbardosh taʼlim tizimi ishlab chiqilmoqda.

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, yangi ilmiy va pedagogik gʻalabalar hamda shogirdlaringizning ulkan yutuqlarini tilaymiz!

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ

TUIT ONLINE | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (norasmiy kanali)

30 Sep, 15:40


📉 ChatGPT tufayli dasturchilar bir-birlari bilan muloqot qilmay qo’yishdi

Aytichniklarni jamlangan eng mashhur Stack Overflow forumidagi savol-javoblar soni 25%ga qisqargan.

Keskin pasayish ChatGPT chiqqan paytdan boshlandi. Ushbu tendensiya ayniqsa Python va Java Script haqidagi muhokamalarning kamayib ketishiga katta ta’sir ko’rsatdi.

Tadqiqotchilarning fikricha, bu noodatiy muammoni keltirib chiqarishi mumkin: agar forumlarda qo’llanmalar chiqmay qo’ysa, SI modelllarini o’qitish uchun manbalar qolmaydi.

🚀 Do'stlaringizga ulashing 👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ