Bugun o‘quv kursi yakuni munosabati bilan prorektorlar bilan ochiq muloqot qildik. Sohada kuzatilayotgan muammolar, yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha fikr almashdik.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar uchun yetarli e’tibor yo‘qligi, targ‘ibot tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etilishi uchun zarur mablag‘lar ajratilmasligi xususida mulohazalar aytildi. Yoshlar bilan ishlashda kreativ targ‘ibot metodlariga ehtiyoj kattaligi, biroq bunday usullar yetarli darajada emasligi ta’kidlandi.
Ko‘tarilgan muammolar bo‘yicha takliflar aytildi, bu kelgusida soha faoliyatini oliy ta’lim tizimida yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Bu kabi ochiq muloqotlarimiz davom etadi.
@otabek_khasanov