Prezident maktabi |Samarqand shahri @samarqandpm Channel on Telegram

Prezident maktabi |Samarqand shahri

@samarqandpm


82, Amir Temur Street

www.instagram.com/samarqandpm
www.facebook.com/SamarqandPM
https://pm.piima.uz/

Prezident maktabi | Samarqand shahri (Uzbek)

Prezident maktabi | Samarqand shahri Telegram kanali bu sizning eng yaxshi do'stlaringiz bo'lishi uchun yaratilgan! Kanalda Samarqand shahri bo'ylab so'nggi yangiliklar, tadbirlar, va qiziqarli maqolalar paydo bo'ladi. Agar siz Samarqand shahriga oid ma'lumotlarni zamonaviy usulda olishni xohlaysiz, shuningdek yengil va do'stlar bilan aloqada bo'lishni istaysiz, ushbu kanal sizga qulayliklar taqdim etadi

Kanalda siz Samarqand Prezident maktabi to'g'risida ko'plab foydali ma'lumotlar topishingiz mumkin. Shuningdek, kanalda foydali havolalar va qulayliklar mavjud

Samarqand Prezident maktabi Telegram kanalini asosiy manzillar orqali ham kuzating: 82, Amir Temur Street. Siz shu manzilga borib kanal haqida to'liqroq ma'lumotlarga ega bo'lasiz

Kanal faoliyati bilan bog'liq qiziqishlaringiz yoki takliflar bo'lsa, bizning Instagram va Facebook sahifalarimiz orqali ham bilanishishingiz mumkin. Yoqimli ma'lumotlar uchun esa pm.piima.uz manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Boshqa foydali ma'lumotlar va yangiliklar uchun Samarqand Prezident maktabi Telegram kanaliga obuna bo'ling va hech qanday xabarlarni yo'qotmang. Sizning do'stlarizni ham kanalga taklif qiling va birgalikda doimiy ravishda ma'lumotlardan foydalaning! nn#PrezidentMaktabi #SamarqandShahri #TelegramKanal

Prezident maktabi |Samarqand shahri

13 Feb, 08:33


Prezident Shavkat Mirziyoyevning sport masalalari yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishidagi nutqidan iqtiboslar

Prezident maktabi |Samarqand shahri

13 Feb, 04:26


🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Kulolchilik-sabr, mahorat va sanʼat uyg'unligi" mavzusida Kulolchilik to'garagi taqdimoti bo'lib o'tdi.

Har bir loydan yasalgan ashyo ustaning yuragi va qo'ldagi muhabbatini aks ettirdi.

⚜️Kulolchilik mahsulotlarining asrlar davomida takomillashib borganini o'quvchilar o'zlari ko'rib, xursand bo'lishi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

12 Feb, 17:02


🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlab, 6-sinf o’quvchilari o’rtasida "Adolatli shoh va buyuk shoir" mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Adolatli Shoh va buyuk shoir Z.M.Bobur o’zining ma’lum va mashhur asarlari bilan tarixnavis adib, lirik shoir hamda ijtimoiy masalalar yechimiga o’z hissasini qo’shgan olim sifatida xalqimiz ma’naviy madaniyati tarixida o’chmas iz qoldirgan.

⚡️O’quvchi-yoshlar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida bir-biridan qimmatli ma’lumotlarga ega bo’lishdi va bir-birlari bilan fikr almashishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

07 Feb, 11:28


#Til_va_madaniyat

"Global Perspectives" loyihasi doirasida


🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabining "Global Perspectives" loyihasi doirasida o‘tkazilgan til va madaniyat tadbiri bo‘lib o'tdi!

🎭Ushbu tadbirda o‘quvchilar turli millatlarning madaniyatini interaktiv stansiyalar, an’anaviy musiqa, raqs va milliy taomlar orqali namoyish etishdi.


🌱Shuningdek, Ekologiya vazirligi vakillari mehmon sifatida tashrif buyurib, madaniyat va ekologiya o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida qimmatli bilimlarni baham ko‘rdilar. Ularning ishtiroki tadbirga alohida mazmun bag‘ishladi.

Tadbirni tashkillashtirishga o'zlarini hissasini qo'shgan barcha ustozlar hamda o'quvchilarga o'z minatdorchiligimizni bildiramiz!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

07 Feb, 11:04


#diqqat_eʼlon
#Buxoro_viloyati

🤩 AGENTLIK DIREKTORINING SAYYOR QABULI OʻTKAZILADI

📆 Joriy yilning 7-fevral kuni soat 16:00da Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev Buxoro shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazadi.

Sayyor qabulni tashkil etishdan maqsad, aholining Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari yoʻnalishidagi murojaatlari, taklif va shikoyatlarini oʻrganish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni vakolat doirasida tezkor hal etish choralarini koʻrishdan iborat.

🗺 Sayyor qabul oʻtkaziladigan manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko’chasi 1-uy.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

07 Feb, 05:44


#Alisher_Navoiy
#584_yilligi

🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiy ziyosi” nomli tadbir o'tkazildi.

Tadbirda o'quvchilar Hazrat Navoiy g'azallarini o'zbek va ingliz tillarida ijro etishdi.

6-sinf o'quvchilari Navoiyning "Ey sabo" g'azaliga bastalangan qo'shiqni kuylashdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

01 Feb, 14:40


#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

⚡️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🤩 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbarlik lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 30-yanvar sanasidan start beriladi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

🟢 Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

🌏Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180).

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2

Prezident maktabi |Samarqand shahri

31 Jan, 15:11


🌍 “Qayta ishlang va yarating” tanlovi – Global Perspectives loyihasi! ♻️

📹 Videoni tomosha qiling va o‘quvchilarimizning ajoyib qayta ishlangan hayvon yaratish loyihalarini ko‘ring!

🔹 Barqarorlik amalda! O‘quvchilar plastik va boshqa qayta ishlangan materiallardan hayvonlar yaratib, atrof-muhitni asrash va chiqindilardan foydali foydalanish haqida o‘rganishdi. 🌱

🔹 Ovoz berish jarayoni! Maktabimiz bo‘ylab eng ijodiy va ekologik loyihalar uchun ovoz berildi! 🗳

Dars mavzusi: Qayta ishlash ♻️
|Barqarorlik 🌍
|Plastikni qayta ishlatish 🚮

👏Ishtirok etgan barcha o‘quvchilarga ijodkorligi va atrof-muhitga bo‘lgan e’tibori uchun katta rahmat!

#QaytaIshlangvaYarating #Barqarorlik #GlobalPerspectives #PlastikniQaytaIshlatish #SamarqandPrezidentMaktabi

Prezident maktabi |Samarqand shahri

31 Jan, 09:07


Samarqand shahridagi Prezident maktabining notiqlik to'garagi a'zolari tomonidan "Jadidlar izidan" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbir o’quvchi yoshlarda, buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish orqali  kitobxonlikka jalb etish, ularda mustaqil va tanqidiy erkin fikrlashlari uchun tushunchalarni boyitishni targ'ib etadi.

Tadbir soʻngida, maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkazilgan "Mahmudxoʻja Behbudiy saboqlari"  insholar tanlovi gʻoliblari taqdirlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

31 Jan, 04:17


Bugun maktabimizda bolalar uchun kiberxavfsizlik mavzusida muhim seminar-trening oʻtkazildi. Ushbu tadbirda oʻquvchilar internetda xavfsiz harakat qilish, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, kiberzoʻravonlikdan qochish va parollarni mustahkamlash kabi muhim masalalar bilan tanishishdi.

💡 Seminar davomida quyidagi mavzular yoritildi:
Internetda xavfsizlik qoidalari
Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Kiberzoʻravonlik va firibgarlikdan qanday saqlanish kerak?
Parollarni mustahkamlash va ikkita bosqichli autentifikatsiya

Tadbir davomida bolalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy koʻnikmalar ham taqdim etildi. Ushbu tashabbus ularning kiber dunyoda xavfsiz boʻlishlari uchun bilimlarini oshirishga qaratilgan.

Kelajakda ham shunga oʻxshash tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

📩 Savollar yoki takliflar boʻlsa, maktab maʼmuriyatiga murojaat qiling.

#Kiberxavfsizlik #BolalarUchunTrening #InternetXavfsizligi #KiberZoʻravonlik #ParolXavfsizligi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

30 Jan, 16:24


#madaniy_dam_olish_vaqti
#Shum_bola

📽Samarqand shahridagi Prezident maktabida 5-sinf o'quvchilarining vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Shum bola'' filmi namoyish etildi.


🎬Shum bola G'afur G'ulomning shu nomli asari asosida 1977 - yilda suratga olingan sarguzasht filmdir.

⚜️O‘zbek kino ixlosmandalarining sevimli asariga aylangan bu film o‘quvchilar tomonidan ham qiziqish bilan tomosha qilindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

23 Jan, 01:00


#Samarqand_Prezident_maktabi
#Davra_suhbati

⚜️MAHMUDXO’JA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGI

Mahmudxo’ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlash maqsadida Samarqnd shahridagi Prezident maktabi tarix fani o’qituvchilari va maktab kutubxonachisi hamkorlikda 8-va 9-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati tashkil etishdi.

🔹Davra suhbatidan ko’zlangan maqsad yosh avlodnining intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish hamda Mahmudxo’ja Behbudiyning bebaho merosini yanada kengroq o’rganish va targ’ib etishdan iborat.

🔎Samarqand shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari

telegram|facebook

Prezident maktabi |Samarqand shahri

22 Jan, 09:20


#Ajoyib_yangilik

7-sinf o'quvchilarining “Odam Ayirish Sistemasi” loyihasi.

⚡️Bizning 7-sinf o‘quvchilarimiz Lower Secondary Science darsida insonning ayirish tizimini o‘rganish bo‘yicha ajoyib loyiha ustida qattiq mehnat qilishdi!

Ushbu loyiha inson tanasi zararli moddalardan qanday qutulishi va ichki muvozanatni saqlashi haqidagi tushunchalarni chuqurlashtirishga qaratilgan.

🔅O'quvchilar ayirish sistemasi organlari, ayirish jarayonlari va bu tizimning umumiy salomatligimizdagi ahamiyati haqida o'zlarining izlanmalarini qiziqarli vizual va modellar yasash orqali namoyish etishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

21 Jan, 17:16


🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabi tarbiyachisi tomonidan 7-sinf o'quvchilari bilan birgalikda "Jamoat joylarida odob-axloq qoidalari va muloqot madaniyati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

✔️Davra suhbati davomida o'quvchilar insoniylik fazilatlari,odob-axloq hamda jamoat joylarida o'zini tutish madaniyati haqida ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
Mavzuga doir o‘quvchilar hayotidagi qiziqarli voqealar haqida fikr almashishdi.

Bunday davra suhbatlari o'quvchilarni ma'naviy kamolotini oshirish va insoniylik fazilatlarini shakllantirishiga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

07 Dec, 05:11


Oʼzbekiston bolasi yoxud Musofir she'ri

Аfzal Rafiqov

https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

06 Dec, 16:24


Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

06 Dec, 13:44


#KONTENT
#Biz_giyohvandlikka_qarshimiz

Samarqand shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Azizova Farangizning
"BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!" mavzusida tayyorlagan videoroligi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

06 Dec, 11:49


🔸Ayol ojiza, biroq kuchli, ayol zaifa, ammo irodali! Uning irodasi oldida lozim boʻlsa buyuklar bosh egadi.

🔹Azaldan erkaklar himoyasida boʻlgan sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha eʼzoz-u, eʼtirof etilgan. Biroq soʻnggi paytlarda xotin-qizlarni kuchli jins vakillari tomonidan qadrsizlantirish, ularga tazyiq oʻtkazish, zoʻravonlik qilish holatlari ham afsuski koʻplab kuzatilmoqda.

🎨Bunday salbiy holatlarni oldini olish maqsadida Samarqand shahar Prezident maktabida "Zoʻravonlikka qarshi 16 kun" doirasida "Zoʻravonlikka qarshi kurash:Jamiyat faronligi yoʻlida"mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

06 Dec, 11:31


“Mening konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida Samarqand shahridagi Prezident maktabida huquqiy-ma’naviy tadbir bo'lib o'tdi.
Maktabning 5-sinf o'quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy qismda konstitutsiyadagi birdamlik g'oyalari ifodalangan moddalar, she’r va ashulalar aytildi.
“Turon” teatr to'garagi a’zolari tomonidan “Afsonaga aylangan jasorat” g'oyasi asosida o'quvchilarni ona Vatanimiz tarixida mardlik va fidoyilik timsoli sifatida chuqur iz qoldigan Tumaris va Spitamen singari buyuk ajdodlarimiz matonati aks ettirilgan sahna ko'rinishi namoyish etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

29 Nov, 12:51


#Mening_Konstitutsiyam
#32_yoshda
#diktantlar_tanlovi

🖌O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabining o'quvchilari o'rtasida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida diktantlar tanlovi o'tkazildi.

🏵Sinflar kesimida tanlov gʻoliblari aniqlandi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

29 Nov, 11:46


#Yangi_kitoblar

📚A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va uyushmaning Samarqand viloyat bo’limi tomonidan “Kitobsevar millat” shiori ostida “Kitobxon bolalar” va “Dunyo daholari” ruknida chop etilgan kitoblar taqdimoti tashkil etildi.

🔹Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Samarqand shahridagi Prezident maktabi, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar kutubxonachilari hamda Axborot-kutubxona markazlari kutubxonachilari ishtirok etishdi.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

29 Nov, 09:41


#ishchi_guruh
#Jizzax

AGENTLIK RAHBARIYATI TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarida boʻldi.

Mazkur maktablarda oʻquv jarayoni, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti, qish mavsumiga tayyorlik holati singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, oʻquv jamoasining taʼlim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy taʼlim usullariga oid bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qoʻllab-quvvatlab, oʻz tavsiyalarini berdi.

Ishchi guruh faoliyati boshqa hududlar boʻyicha ham davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

29 Nov, 09:31


#qiziqarli loyiha

🔹Nafas olish tizimi bo'yicha qiziqarli loyiha

🔬Maktabimizning 6-sinf o'quvchilari Tabiiy Fanlar (Lower Secondary Science) darsida nafas olish sistemasining asosiy komponentlari va vazifalarini ta'kidlab, batafsil modelni loyihalash va qurish uchun hamkorlik qildilar.

🩺Ushbu loyiha nafaqat inson biologiyasi haqidagi bilimlarini oshiradi, balki jamoada ishlash, ijodkorlik va tanqidiy fikrlashni rag'batlantiradi. Modelda nafas olish tizimining qanday ishlashini ko'rsatadigan interfaol elementlar mavjud bo'lib, u o'rganilayotgan mavzuni qiziqarli o'rganish tajribasiga aylantiradi.

Ushbu loyihada o'quvchilar o'z tushunchalari bilan o'rtoqlashdilar va nafas olish tizimining nozik tomonlarini tushuntirdilar. Bu ularning mashaqqatli mehnati va fidoiyligini amalda ko'rsatdi!

Maktabimiz jamoasida ilm-fan va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqni kuchaytirishda doimiy qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.

Kanalga ulanish 👇👇👇 https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

22 Nov, 11:32


#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi direktori Lee Young Woong tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi oʻrtasida barcha sohalar kabi taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotganligini alohida ta’kidladi.

Joriy yilda Agentlik va Koreya ta’lim markazi hamkorligida "Incheon ta’lim festivali", "Tabiiy fanlar festivali", koreys tili bo‘yicha Respublika olimpiadalari kabi qator loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablar oʻqituvchilari va oʻquvchilari Koreya Respublikasida tashkil etilgan ta’lim festivallari, malaka oshirish dasturlarida ishtirok etdi. Xususan, 19-xalqaro standartlar olimpiadasida oʻquvchilarimiz ilk bor qatnashib 3 ta oltin va 3 ta kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvda Agentlik tizimidagi maktablar ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi oʻqituvchilarni jalb qilish, xalqaro olimpiadalarga oʻquvchilarni tayyorlash, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni koʻzda tutuvchi seminar-treninglarni tizimli tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Tashrif doirasida mehmonlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham boʻlib, bu yerda yaratilgan zamonaviy ta’lim sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

22 Nov, 02:45


🔅20-NOYABR “XALQARO BOLALARGA GʻAMXOʻRLIK QILISH KUNI!“

🗓20-noyabr “Xalqaro bolalarga gʻamxoʻrlik qilish kuni!“ ushbu sana munosabati bilan Samarqand shahridagi Prezident maktabining bir guruh o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazida davolanayotgan bolajonlar va ularning onalari uchun hayriya tadbiri tashkillashtirildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan musiqali chiqishlar, har xil o‘yinlar namoyish etishdi bundan tashqari ularga sovg‘a salomlar ulashishdi.

Bunday tadbirlar oʻquvchilarda mehr- muruvvat, qadrlash, insonlarga yordam qoʻlini choʻzish kabi milliy qadriyatlarga asoslangan tarbiya koʻnikmalarini shakllantirishda hizmat qiladi.

⚡️Ushbu hayriya tadbiriga homiylik qilib, qoʻllab-quvvatlaganlarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

22 Nov, 01:23


Prezident Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga Hilola Umarovaning nomzodi koʻrib chiqildi.

Majlisda Hilola Umarova maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi islohotlarning samaradorligini yanada oshirish borasidagi kelgusida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha oʻz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar Hilola Umarova nomzodini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga maʼqulladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-noyabrdagi tegishli Farmoni bilan Hilola Umarova Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlandi.

Vazir oʻtgan vaqt davomida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimini rivojlantirish, taʼlim sifati va pedagoglar malakasini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali ish olib bormoqda.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi jamoasi Hilola Umarovani Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan tabriklagan holda, kelgusi faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tilaydi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Prezident maktabi |Samarqand shahri

02 Nov, 05:53


Bugun Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashuv o‘tkazdik.

O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik.

Ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.

_

Сегодня состоялась встреча с заместителем Председателя Правительства Российской Федерации Дмитрием Чернышенко.

Мы обменялись мнениями по актуальным аспектам развития узбекско-российского сотрудничества, уделив особое внимание социальной сфере и эффективной реализации договорённостей, достигнутых по итогам встреч глав наших государств.

С удовлетворением отметили результаты плодотворного взаимодействия в области образования, в частности открытие в ближайшем будущем филиала очередного российского вуза — Московского государственного технического университета имени Баумана.

Prezident maktabi |Samarqand shahri

01 Nov, 14:53


Prezidentning Navoiyga tashrifi: viloyat iqtisodiyotni o‘stirish, investitsiya, eksport va pirovardida odamlarning daromadini ko‘paytirish va ma’naviyatini yukslatirishda namuna bo‘lishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

🌐Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

01 Nov, 14:17


#Shukronalik_omad_kaliti

🔹Samarqand shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilariga "Shukronalik omad kaliti" mavzusida psixologik seminar trening mashgʻuloti oʻtkazildi.

❇️Seminarda shukronalik fazilati mehr-oqibat, qanoat,sabr-toqat kabi fazilatlar bilan chamchars bogʻliqligi, ushbu hislatlar bir-birini toqoza etib turishi haqida tushunchalar berish bilan qatorda oʻquvchilar bilan birgalikda "Shukronalik daraxti" hamda ajoyib trening mashgʻuloti tashkil etildi.

🌐Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

01 Nov, 10:25


SAMARQAND SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI KUTUBXONASI

📚Maktabimizda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitobxonlarning sifatli ta’lim olishida ko’makchi bo’lish Samarqand shahar Prezident maktabi kutubxonasining bosh vazifasi bo’lib qoladi.

Telegram kanal👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

31 Oct, 13:02


#Kuzgi_yaproqlar

☀️Bugun Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan "Kuzgi yaproqlar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

🍂Kuzni sarg‘aygan yaproqlar, yomg‘irli havo va issiqqina kiyimlar bilan kutib olishimiz, bu vaqtda ko‘pchilik sabzavot va mevalar hosilini yig‘ib, uyga olib kelinishi haqida suhbat bo'lib o'tdi, o'quvchilar tomonidan kuz fasli haqidagi she'rlar aytildi.

🖼O'quvchilar tomonidan chizilgan rasmlar namoyish etildi.

🌐Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

29 Oct, 03:57


Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Korrupsiya-adolat kushandasi" mavzusida o'quvchilar o'rtasida insholar tanlovi bo'lib o'tdi. Ushbu tanlovda 8-sinf o'quvchilari faol ishtirok etishdi.

⚜️O'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

🔅1-o'rin Nasimov Otabek
🔅2-o'rin Oralova Muslima
🔅3-o'rin Eshpo'latova Dilnoza


🌐Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

28 Oct, 16:26


⚡️🖋Samarqand shahridagi Prezident maktabida imtihonlar haftaligi davom etmoqda.
O'quvchilar darsdan tashqari vaqtlarida imtihonlarga puxta tayyorgarlik ko'rishmoqda.

🌐Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/SamarqandPM

Prezident maktabi |Samarqand shahri

25 Oct, 12:55


#xushxabar

🤩 Xabar berganimizdek, Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida Agentlik tizimidagi Prezident maktablarining 10 nafar o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

🏆 Mazkur festival yakunlariga koʻra:

🥇Nukus shahridagi Prezident maktabining jamoasi Lego yoʻnalishida oltin medalni;

🥈Buxoro shahridagi Prezident maktabi jamoasi FlyTech yoʻnalishida kumush medalni;

🥉Toshkent shahridagi Prezident maktabi jamoasi Green initiatives yoʻnalishida bronza medalini qoʻlga kiritdi.

💫 Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

25 Oct, 12:55


#ishchi_guruh
#Qashqadaryo

🤩 AGENTLIK RAHBARIYATINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining maslahatchisi Eʼzozxon Karimova boshchiligidagi ishchi guruh Agentlikning Qashqadaryo viloyatida joylashgan 16 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida boʻldi.

Mazkur maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorlik holati, "yashil makon" umummilliy harakati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yuritilishi, harbiy-vatanparvarlik targʻiboti yoʻnalishida amalga oshirilgan ishlar singari bir qator yoʻnalishlar oʻrganildi.

Ishchi guruh oʻrganilgan maktablar rahbariyati, o‘quv jamoasining ta'lim maskanidagi shart-sharoitlarini yanada yaxshilash, pedagoglarning xalqaro tajriba va zamonaviy ta'lim usullariga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan takliflarini qo‘llab-quvvatlab, o‘z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Prezident maktabi |Samarqand shahri

25 Oct, 05:03


#xalqaro_hamkorlik

🤩 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Ixtisoslashtirilgan maktabiga dunyoda ta’lim sohasida yuqori nufuzga ega, innovatsion o‘qitish metodlari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yetakchi dasturlari bilan mashhur St Peter's Schooldan mehmonlar tashrif buyurishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube